KONSTITUTSIYA - MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN DEMOKRATIK YANGILANISHLAR POYDEVORI
Olim Poyanov
O 'quv ishlari bo 'yicha direktor o'rinbosari, ikkinchi darajali yurist Toshkent shahar yuridik texnikumi Maqsudova Gulbahor "Ommaviy-huquqiy fanlar" kafedrasi o 'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola Mustaqil O 'zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi, milliy qadriyatlarimiz, adolatli fuqarolik jamiyati, demokratik huquqiy davlat qurish, bozor munosabatlariga o 'tish yo 'llari, Konstitutsiyamizning bosh yo 'nalishi - insonni va uning hayotini ulug'lash ekanligini, inson va uning hayoti, eriknligi, sha'ni, qadr-qimmati hamda boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishini yoritishga bag 'ishlanadi.
Kalit so'zlar: Demokratiya, Konstitutsiya, qadr-qimmat, erkinlik, huquq, burch, qonun, jamiyat.
CONSTITUTION - THE FOUNDATION OF DEMOCRATIC REFORM
IN OUR COUNTRY
Olim Poyanov
Deputy Director of Academic Affairs, Secondary Lawyer Tashkent city law technical school Maqsudova Gulbahor Lecturer at the Department of Public Law
ABSTRACT
This article states that the adoption of the Constitution of Independent Uzbekistan, our national values, a just civil society, building a democratic state governed by the rule of law, the transition to market relations, the main direction of our Constitution is to glorify man and his life. his life, liberty, honor, dignity and other inalienable rights are devoted to illuminating the highest value.
Keywords: Democracy, Constitution, dignity, freedom, law, duty, legislation, society.
КОНСТИТУЦИЯ - ОСНОВА ДЕМОКРАТИЧЕСКОЙ РЕФОРМЫ В НАШЕЙ СТРАНЕ Олим Поянов
Заместитель директора по учебной работе, юрист по вторичному праву Ташкентский городской юридический техникум Максудова Гульбахор
Преподаватель кафедры публичного права
АННОТАЦИЯ
В этой статье говорится, что принятие Конституции Независимого Узбекистана, наши национальные ценности, справедливое гражданское общество, построение демократического правового государства, переход к рыночным отношениям, главное направление нашей Конституции -прославление человека и его жизнь, его жизнь, свобода, честь, достоинство и другие неотъемлемые права посвящены освещению высших ценностей.
Ключевые слова: Демократия, Конституция, достоинство, свобода, закон, долг, законодателство, общество.
KIRISH
Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi ayni milliy qadriyatlarimizni, adolatli fuqarolik jamiyati, demokratik huquqiy davlat qurish, bozor munosabatlariga o'tish yo'llarini belgilab berdi.
O'zbekiston Konstitutsiyasi huquqiy tizimimizning tayanch poydevoridir. Uning barcha qonunlarimiz uchun asos sifatida xizmat qilishi barchamizga ma'lum. Shu kunga qadar qabul qilingan qonunlar, qonunosti hujjatlari Konstitutsiyamiz ilg'or qoidalarining ifodasidir.
Konstitutsiyaning muqaddimasida O'zbekiston xalqi: inson huquqlariga va davlat suvereniteti g'oyalariga sodiqligini tantanavor e'lon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas'uliyatni anglagan holda tarixiy, milliy qadriyatlarimizga tayanib, shuningdek xalqaro huquq sohasidagi umume'tirof etilgan prinsiplar asosida insonparvar demokratik huquqiy davlatni barpo etish maqsadida ushbu Konstitutsiyani qabul qilganligi e'tirof etilgan. Darhaqiqat, mustaqillik tufayli vujudga kelgan Qomusimiz bizga tilimizni, dinimizni, tariximizni, ma'naviyatimizni, insoniy huquqlarimizni qaytarib berdi va ularni o'zining hayotbaxsh normalarida mustahkamlab qo'ydi. Shu bilan birga u siyosiy qadriyatlarimizni-davlat hokimiyatini boshqarishdagi xalqning ishtirokini ta'minlab berdi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta'lim to'g'risida qonun, Sh.Mirziyoev asarlari hamda internet manbalaridan foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo'llanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Konstitutsiyaning ikkinchi bobi xalq hokimiyatchiligiga doir munosabatlrni tartibga soluvchi normalarni o'z ichiga oladi. Binobarin, 7-modada "Xalq davlat hokimiyatining birdan -bir manbaidir", deyiladi. Ya'ni, davlat hokimiyatining chinakam egasi-O'zbekiston xalqi. O'zbekistonda davlat hokimiyati xalq manfaatini ko'zlab va Konstitutsiyamiz hamda qonunlarimiz vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. O'zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Oliy Majlis va Prezidenti ish olib borishi mumkin.
Konstitutsiyaning 32-moddasida O'zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega ekanliklari qonuniy ravishda belgilab qo'yildi. Ushbu normaga ko'ra fuqarolar o'z siyosiy faolliklarini saylovlar va referendumlarda ovoz berib, shuningdek davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo'li bilan davlat hokimiyati ishlarini boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari orqali ishtirok etadilar.
Fuqarolarimizning Konstitutsiyaning 35-moddasida belgilab qo'yilgan vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqini ta'minlash maqsadida murojaatlarni ommaviy uchrashuvlar orqali qabul qilish jarayoni keng miqyosda amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda fuqarolarimiz mansabdorlar oldiga emas, balki mansabdor shaxslarning o'zlari xalqimiz oldiga borib, mahallalarda, ular istiqomat qilayotgan hududlarda vujudga kelgan muammolarni echimini topib, ularni ijobiy hal qilib berishmoqda. "Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak" degan prinsip barcha bo'g'indagi rahbarlar faoliyatida asosiy shiorga aylanmoqda.
Asosiy Qonunimizning 36 moddasidagi "Har bir shaxs mulkdor bo'lishga haqli" yoki 53-moddasida mustahkamlab qo'yilgan " Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir" degan normalari hayotga tadbiq etilib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil instituti o'z faoliyatini amalga oshirilmoqda.
Qomusimizning uchinchi bobida Konstitutsiya va qonunning ustunligi haqidagi norma o'z ifodasini topgan. Bu esa, mamalakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari, shuningdek jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish: qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasidagi ustuvor yo'nalishlarining qonuniy ifodasidir.
Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar. Bu qoidaga ko'ra qonun oldida barcha barobar. Mamlakat qonunlariga yoshidan, mansabidan qat'i nazar -barcha fuqaro bo'ysunmog'i shart. Jamiyatda bunga erishi uchun davlat idoralari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar o'z ish faoliyatlarida Konstitutsiya va qonunlarga amal qiladilar. O'zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning e'tirof etilgan umumiy maqomlari ustunligini tan oladi. Birorta qonun ham, me'yoriy huquqiy hujjat ham Konstitutsiya va qonunlarga zid bo'lmasligi kerak.
Ma'lumki, huquqiy demokratik davlatning eng muhim shartlaridan biri shaxs manfaatlarining muhofaza qilinishidir. Boshqacha qilib aytganda, davlat davlatligini ko'rsatmoqchi bo'lsa, fuqarolarini o'z muhofazasiga olishi zarur. Binobarin, Bosh qomusimizda ham inson, uning hayoti, erki, sha'ni, qadr-qimmati oliy qadriyat sifatida ulug'lanadi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Shu nuqtai nazardan olib qaraganda davlatimizning bosh maqsadi, bu aynan Harakatlar strategiyasi ustuvor yo'nalishlarida belgilangan. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta'minlash, sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash, yuridik yordam va xizmat ko'rsatish tizimini takomillashtirish, aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, sog'liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siesiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish kabi vazifalarni bajara borib, insonni farovon yashashini ta'minlash, uni ijtimoiy muhofaza qilish, bir so'z bilan aytganda "Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari" degan tamoyil asosida "Inson-jamiyat-davlat" degan yangi tamoyilni hayotga keng tadbiq qilishdan iborat.
Konstitutsiyaning hayotimizdagi o'rni va ahamiyati nihoyatda kattadir. Rivojlangan demokratik davlatlarda hech bir fuqaro, hech bir shaxs o'z ijtimoiy
shaxsiy hayotini, o'z qonuniy manfaatlarini himoya qilishni Konstitutsiyasiz tasavvur eta olmaydi. Barchamiz kundalik hayotimizda Konstitutsiya belgilab bergan normalarga tez-tez murojaat qilib turamiz. Chunki, aynan Qomusimizdagina insonnig haq-huquqlarini himoya qilish ishonchli ravishda kafolatlangan. Shuning uchun Konstitutsiya qoidalarini puxta o'rganish, uni bilish va hurmat qilish zarur.
Yangi O'zbekistonda erkin va mustaqil fikrlaydigan, uning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etadigan, o'z so'zini aytishga qodir yoshlarimiz uchun ham bu Qomus kundalik hayotlarida asosiy dasturulamal bo'lib xizmat qiladi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston, 2020.
2. Davlat tili haqida (yangi tahriri). O'zbekiston Respublikasining Qonuni.- T.: O'zbekiston, 1997.
3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. - T.: Sharq, 1997.
4. Ta'lim to'g'risida. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. - T.: O'zbekiston,
5. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - T.: O'zbekiston, 2016.
6. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.-T.:O'zbekiston, 2017.
7. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. - T.:O'zbekiston, 2017.
8. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha harakatlar strategiyasi// https://www.lex. Uz