Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDAGI SIYOSIY O‘ZGARISHLARNING MARKAZIY OSIYONING BARQAROR RIVOJLANISHIGA TA’SIRI'

O‘ZBEKISTONDAGI SIYOSIY O‘ZGARISHLARNING MARKAZIY OSIYONING BARQAROR RIVOJLANISHIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
4384
208
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘zbekiston / Markaziy Osiyo / siyosiy hokimiyat transformatsiyasi / barqaror rivojlanish / modernizatsiya / siyosiy jarayon / Uzbekistan / Central Asia / transformation of political power / sustainable development / modernization / political process

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Nazirov, Mukhtor

Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi umumiy vaziyatga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan siyosiy jarayonlarning rivojlanishi, uning o‘ziga xos xususiyatlari institutsional va tashkiliy-funksional yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Maqolada ko‘tarilgan masalalar ko‘lami keng bo‘lgani uchun asosiy e’tibor keyingi yillarda O‘zbekistonda siyosiy hokimiyat transformatsiyasining dolzarb masalalari, barqaror rivojlanishga ta’sir etuvchi omillar tahliliga qaratildi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistondagi siyosiy jarayonlarning yangi bosqichining strategik yo‘nalishlari tahlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPACT OF POLITICAL TRANSFORMATIONS IN UZBEKISTAN ON SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF CENTRAL ASIA

This scientific article analyzes the evolution of political processes in Uzbekistan, which had a significant impact on the overall situation in Central Asia, and its specific features on the basis of institutional and organizational-functional approaches. Due to the wide range of issues raised in the article, the main focus was on the current issues of the transformation of political power in Uzbekistan in recent years, the analysis of factors affecting sustainable development. In this context, the strategic directions of the new stage of the political process in Uzbekistan were analyzed.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDAGI SIYOSIY O‘ZGARISHLARNING MARKAZIY OSIYONING BARQAROR RIVOJLANISHIGA TA’SIRI»

O'ZBEKISTONDAGI SIYOSIY O'ZGARISHLARNING MARKAZIY OSIYONING BARQAROR RIVOJLANISHIGA TA'SIRI

Mukhtor Nazirov

Siyosiy fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD), O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o'qituvchisi.

Email: m.nazirov@iiau.uz ORCID: 0000-0002-6516-8264

ANNOTATSIYA

Mazkur ilmiy maqolada O 'zbekistonda Markaziy Osiyodagi umumiy vaziyatga sezilarli ta'sir ko'rsatgan siyosiy jarayonlarning rivojlanishi, uning o'ziga xos xususiyatlari institutsional va tashkiliy-funksional yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Maqolada ko 'tarilgan masalalar ko 'lami keng bo 'Igani uchun asosiy e'tibor keyingi yillarda O'zbekistonda siyosiy hokimiyat transformatsiyasining dolzarb masalalari, barqaror rivojlanishga ta'sir etuvchi omillar tahliliga qaratildi. Shu nuqtai nazardan, O'zbekistondagi siyosiy jarayonlarning yangi bosqichining strategik yo 'nalishlari tahlil qilindi.

Kalit so'zlar: O'zbekiston, Markaziy Osiyo, siyosiy hokimiyat transformatsiyasi, barqaror rivojlanish, modernizatsiya, siyosiy jarayon

ВЛИЯНИЕ ПОЛИТИЧЕСКИХ ПРЕОБРАЗОВАНИЙ В УЗБЕКИСТАНЕ НА УСТОЙЧИВОЕ РАЗВИТИЕ ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ

Мухтор Назиров

Доктор философии по политическим наукам (PhD), старший преподаватель Международной исламской академии Узбекистана.

Электронная почта: m.nazirov@iiau.uz ORCID: 0000-0002-6516-8264

АННОТАЦИЯ

В данной научной статье анализируется эволюция политических процессов в Узбекистане, оказавших существенное влияние на общую ситуацию в Центральной Азии, и ее особенности на основе институционального и организационно-функционального подходов. В связи с широким кругом вопросов, поднятых в статье, основное внимание было уделено актуальным вопросам трансформации политической власти в Узбекистане в последние годы, анализу факторов, влияющих на устойчивое

Scientific Journal Impact Factor

развитие. В этом контексте были проанализированы стратегические направления нового этапа политического процесса в Узбекистане.

Ключевые слова: Узбекистан, Центральная Азия, трансформация политической власти, устойчивое развитие, модернизация, политический процесс.

IMPACT OF POLITICAL TRANSFORMATIONS IN UZBEKISTAN ON SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF CENTRAL ASIA

Mukhtor Nazirov

Ph.D. in Political Sciences, Senior Lecturer, International Islamic Academy of

This scientific article analyzes the evolution of political processes in Uzbekistan, which had a significant impact on the overall situation in Central Asia, and its specific features on the basis of institutional and organizational-functional approaches. Due to the wide range of issues raised in the article, the main focus was on the current issues of the transformation of political power in Uzbekistan in recent years, the analysis of factors affecting sustainable development. In this context, the strategic directions of the new stage of the political process in Uzbekistan were analyzed.

Keywords: Uzbekistan, Central Asia, transformation of political power, sustainable development, modernization, political process

Istiqlol yillarida O'zbekistonda milliy davlatchilikning yangi demokratik asoslarini shakllantirish, mamlakatimizni yanada faol demokratik yangilash va modemizatsiya qilish bilan bog'liq taraqqiyot davriari bosib o'tildi.

Jamiyatimizda ra'y berayotgan demokratlashuv jarayonlarining hozirgi bosqichida xalq manfaat va ehtiyojlaridan kelib chiqib uning konseptual asoslari ham uzluksiz ravishda rivojlantirib kelinmoqda. Buning natijasida mamlakatimizda demokratik islohotlarning izchilligini ta'minlashning zamonaviy manbalarini yaratish jarayonlari muttasil ravishda ra'y bernoqda.

O'zbekistonning XXI as^a mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi g'oyalarini o'zida mujassam etgan ushbu konsepsiya zamonaviy fuqaralik jamiyatini barpo etish modeli sifatida demokratik islohotlami chuquriashtirishda asos bo'lib xizmat qildi.

Uzbekistan. Email: m.nazirov@iiau.uz

ORCID: 0000-0002-6516-8264

ABSTRACT

KIRISH

Biroq, shuni alohida ta'kidlash joizki, globallashuv sharoitida butun dunyo bo'ylab barcha jabhalarda kechayotgan taraqqiyot jarayonlari hamda shunga mos ravishda tashqi muhitning keskin o'zgarib borayotgani bugungi kunda mamlakatimiz oldiga yangidan-yangi talablarni qo'ymoqda. Endilikda istiqlol yillarida zamonaviy demokratik davlatni barpo etish, inson huquq va manfaatlari eng oliy qadriyat darajasiga yetgan jamiyatni shakllantirish yo'lida erishilgan yutuqlar, mavjud kamchilik va xatolarni hamda bu borada orttirilgan tajribani tanqidiy tahlil qilib, rivojlangan mamlakatlar tajribasini chuqur o'rganish asnosida demokratik taraqqiyotini yanada jadallashtirishning eng muhim yo'nalishlari va aniq marralarini belgilab olish zarurati paydo bo'lmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish jarayonlarini yanada yuksak pog'onaga ko'tarish, mazkur maqsadlarga erishishning siyosiy mexanizmlari va yondashuvlari bo'yicha prinsipial jihatdan yangi siyosiy g'oyalar ilgari surilmoqda va izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Xususan, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 7 fevraldagi farmoni bilan qabul qilingan "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi" buning yorqin misoli bo'ldi. Harakatlar strategiyasida yurtimizda olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatni har tomonlama jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirish bo'yicha beshta ustuvor yo'nalish tasdiqlandi. [1]

Unga muvofiq, "Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish", "Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish", "Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish", "Ijtimoiy sohani rivojlantirish", "Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash, chuqur o'ylangan va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish" kabi muhim yo'nalishlarda aniq vazifalar belgilab olindi.

Bugungi kunda mamlakatimizda Harakatlar strategiyasining ustuvor yo'nalishlari bo'yicha qabul qilinayotgan meyoriy-huquqiy hujjatlardan aholining keng qatlamlari xabardorligini oshirish hamda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning ochiqligi va shaffofligini ta'minlash uchun jamoatchilik

muhokamalarini tashkil etish amaliyoti yo'lga qo'yildi.

235

Scientific Journal Impact Factor

2017 yildan buyon yurtimizda belgilab olingan islohotlar strategiyasini izchillik bilan davom ettirgan holda, yangi sifat darajasiga ko'tarish jarayoni kechmoqda. YA'ni mamlakatimizni taraqqiy ettirish, demokratlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish yurtimiz aholisi uchun farovon hayot asoslarini mustahkamlash uchun muhim bo'lgan navbatdagi strategik zaminlar vujudga keltirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Oliy Majlisga ilk tarixiy Murojaatnomasida ta'kidlaganidek: "xalqimiz ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun o Z hayotida ijobiy o 'zgarishlarni ko 'rishni istaydi ". [2: 10]

Darhaqiqat yurtimizda har bir inson hayotdan rozi bo'lib yashashiga erishish -hozirda davlat siyosatining bosh maqsadiga aylandi. Aynan mamlakatimiz ko'p millatli xalqining bunyodkorlik salohiyatiga tayanib, yuksak marralarga sari odimlab bormoqda. Bu borada Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan konseptual g'oyalar yurtimizda islohotlarning asosiy tamoyillariga aylanmoqda. Jumladan, "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz" degan tamoyilga asosan mamlakatimizni modernizatsiya qilish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, parlament va siyosiy partiyalarning rolini, davlat boshqaruvi tizimining sifati va samarasini yanada oshirish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish orqali davlat va jamiyat boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

"Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak" degan tamoyil asosida joylarda davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan xalq bilan ochiq va samarali muloqot olib borish tizimi yo'lga qo'yilmoqda, buning natijasida fuqarolarning ko'plab murojaat va muammolari qonuniy hal etilmoqda. [3]

Buning natijasida davlat tuzilmalari faoliyatining metodologiyasi va ish uslubi tubdan o'zgartirilmoqda. Odamlar davlatga o'z muammolarining yechimini topishda eng ishonchli institut deb qaray boshlashdi. Aholining turli tabaqa vakillarida davlatga bo'lgan ishonch tobora o'sib bormoqda.

Boshqaruv tizimida insoniy yondashuv ustuvor talabga aylanmoqda. Xalq bilan muloqot tizimli ish boshladi, uyma-uy, xonadonma-xonadon yurib odamlarning muammolarini yechish, hamkorlik va real ko'mak taklif etish amaliyoti yo'lga qo'yildi.[4: 20-21]

Shu nuqtai nazardan, mamlakatimizda inson manfaatlarini ro'yobga chiqarish masalalari har yili ishlab chiqilayotgan maqsadli dasturlarda muhim o'rin tutmoqda. So'nggi yilllarda Harakatlar strategiyasida ko'zda tutilgan maqsad va vazifalarni davlat dasturlari doirasida bosqichma-bosqich ro'yobga chiqarish uchun davlatimiz

Scientific Journal Impact Factor

va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlari safarbar etilmoqda. Mamlakatimizda odamlarni rozi qilish, ularning turmush darajasi va sifatini yanada oshirishni ta'minlash kabi ijtimoiy masalalar yechimi kun tartibiga chiqmoqda. Mamlakatimizda taraqqiyot sur'atlari hamda iqtisodiy salohiyatining oshib borishi o'z-o'zidan ijtimoiy soha rivojiga bevosita ta'sir ko'rsatmoqda.

Harakatlar strategiyasi doirasida davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini tubdan yaxshilash, siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish nazarda tutilmoqda. Jumladan, davlatimiz rahbari taklifi hamda Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo'shma qaroriga muvofiq, har oyda 10-12 kun davomida deputat va senatorlar o'zlari saylangan hududlarda davlat hokimiyati organlari faoliyatini o'rganib, tegishli rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari Kengashlari sessiyasida muhokama qilish mexanizmi joriy etildi.

Ma'lumki, xalq bilan samarali muloqotni ta'minlashning mutlaqo zamonaviy mexanizmlarini joriy etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash borasida muhim qadam bo'ldi. [5]

Mazkur farmon to'g'ridan-to'g'ri muloqotlar orqali fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta'minlashning zamonaviy demokratik shakllarini joriy etishga xizmat qilmoqda. Farmonga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ishlar boshqarmasining Fuqarolar qabulxonasi negizida respublikamizning barcha hududlarida Prezident Xalq qabulxonalari tashkil etildi, shuningdek, internet sahifasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi faoliyat boshladi.

Sirasini aytganda, odamlarning dardini eshitish, ular bilan ochiq muloqotda bo'lish, og'irini yengil qilish albatta aholining davlat va jamiyatga ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi. "Bizning asosiy maqsadimiz "Xalq qabulxonalari"ga qilingan hech bir murojaat e'tiborsiz qolmaydigan tizimni yaratishdan iborat" deb, ta'kidlaydi davlatimiz rahbari. [6: 17]

Ta'kidlash joizki, birinchi ustuvor yo'nalishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini joriy qilish, ijtimoiy sheriklikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, fuqarolik jamiyati institutlari salohiyatini yuksaltirish, jamiyat hayotida mahallaning ijtimoiy-siyosiy faolligini, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish,

Scientific Journal Impact Factor

jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qilish borasida galdagi muhim vazifalar o'z ifodasini topmoqda.

"Davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida"gi, "Ijtimoiy sheriklik to'g'risida"gi qonunlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining muhim masalalarini muhokama qilishga fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb etishni, davlat boshqaruvi organlari tomonidan ijtimoiy foydali vazifalarni amalga oshirish uchun Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondidan tashqari nodavlat notijorat tashkilotlariga ham bevosita ijtimoiy buyurtma berilishini tartibga soluvchi yangi normalar bilan takomillashtirilmoqda. Bundan tashqari, huquqni muhofaza qiluvchi va davlat boshqaruvi organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyati yo'lga qo'yilmoqda.

Harakatlar strategiyasining birinchi ustuvor yo'nalishi bo'yicha bir qator mutlaqo yangi qonunlar, shu jumladan:

- davlat organlarining o'z vakolatlari doirasida fuqarolarning talabiga ko'ra yuridik faktlar bilan bog'liq faoliyatini tartibga soluvchi "Ma 'muriy tartib-taomillar to 'g 'risida "gi qonun (08.01.2018);

- davlat organlari, ularning rahbarlari tomonidan aholining murojaatlari bilan ishlash tartibi ustidan samarali va ta'sirchan jamoatchilik nazoratini o'rnatishga imkon beruvchi "Jamoatchiliknazorati to'g'risida"gi qonun (12.04.2018);

- davlat va xususiy sheriklik shakllarini kengaytirishga qaratilgan "Davlat va xususiy sheriklik to 'g'risida"gi qonun (10.05.2019) qabul qilindi.

Prezident Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "zamonaviy, oqilona boshqaruv tizimini joriy etish - oldimizga qo'ygan vazifalarni bajarishning asosiy shartidir" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 sentabrdagi farmoni bilan O 'zbekiston Respublikasida ma 'muriy islohotlar Konsepsiyasi tasdiqlandi. [7: 14]

Bunda davlat boshqaruvi organlarining faoliyati samaradorligini oshirish, davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, takrorlanuvchi funksiyalarni bajaradigan komissiyalarni bekor qilish orqali davlat boshqaruvi va xizmatini tubdan isloh etilmoqda.

Bu borada davlatimiz rahbari tomonidan quyidagi vazifalar belgilab berilmoqda:

- parlamentning muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini kuchaytirish;

- ijro hokimiyati tizimini optimallashtirish, ma'muriy islohotlarni davom ettirish va davlat boshqaruvida zamonaviy menejment usullarini keng qo'llash;

- davlat xizmatiga malakali mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan yagona kadrlar siyosatini shakllantirish;

Scientific Journal Impact Factor

- mahalliy hokimiyat organlarining vakolat va mas'uliyatini qayta ko'rib chiqish, ularning mustaqilligini yanada oshirish;

- xalq bilan uzluksiz muloqot va inson manfaatlari uchun xizmat qilish, barcha darajadagi rahbarlar uchun hayotiy tamoyilga aylanishi. [8]

Shu o'rinda ta'kidlash jizki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning eng oliy mezoni xalqning roziligi, uning talab va manfaatlarini ro'yobga chiqarish, deb e'tirof etilmoqda.

So'nggi yillarda Harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yo'nalishi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ochiq, amaliy, o'zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan faol tashqi siyosat olib borilmoqda. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilk rasmiy tashriflar ham aynan mintaqa mamlakatlariga amalga oshirildi. Tashriflar davomida O'zbekiston mintaqada to'planib qolgan barcha og'riqli masalalar bo'yicha o'zaro konstruktiv muloqotlarga tayyor ekanligini namoyon qildi. Qozog'iston Qirg'iziston Tojikiston, Turkmaniston bilan strategik sheriklik munosabatlari yangi huquqiy asoslar bilan mustahkamlandi.

Natijada qisqa davr mobaynida qo'shni mamlakatlar bilan munosabatlarda tamomila yangi siyosiy muhit qaror toptirishga, siyosiy ishonch darajasini yanada oshirishga erishildi. Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanishi uchun yangi asoslar yaratildi. Prezidentimiz rahnamoligida qo'shni mamlakatlar bilan davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish, suv-energetika muammolarini bartaraf etish bo'yicha muzokaralar jarayoni ancha jonlandi. [9]

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev mintaqaning dolzarb masalalarini birgalikda hal etish bo'yicha sa'y-harakatlarni mutlaqo yangi darajaga ko'tarish maqsadida 2017 yil sentabr oyida bo'lib o'tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi, 2017 yilning noyabr oyida Samarqandda BMT shafeligida o'tkazilgan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo'lidagi hamkorlik" mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi nutqlarida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam norasmiy, alohida kun tartibi belgilanmaydigan Maslahat uchrashuvini o'tkazish formatini taklif etgan edi. [10]

Ushbu tashabbusni mintaqa davlatlari qo'llab-quvvatladi. Birinchi Maslahat uchrashuvi 2018 yil 15 martda Qozog'istonda, ikkinchisi 2019 yil 29 noyabrda Toshkentda bo'lib o'tdi.

Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvining munatazam ravishda o'tkazilishi natijasida mintaqalar davlatlari o'rtasidagi o'zaro do'stona siyosiy muloqot maydoni tashkil tashkil etildi, bu esa savdo-iqtisodiy, madaniy-

Scientific Journal Impact Factor

gumanitar aloqalar yanada chuqurlashtirib borish uchun zarur bo'ladigan platforma yuzaga keldi.

Mamlakatimiz o'zining zamonaviy taraqqiyoti davrida Markaziy Osiyo mintaqasining barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo'shnichilik hududiga aylanishidan bevosita manfaatdordir. O'zbekistonning taraqqiyoti mintaqaning umumiy taraqqiyoti bilan chambarchas bog'liqdir. Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo - biz intiladigan eng muhim maqsad va asosiy vazifadir".

Davlatimiz rahbari tashabbusining amaliy ijrosi sifatida 2018 yil 22 iyunda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan "Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta'minlash bo'yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash" rezolyutsiyasi qabul qilingani mintaqada yaxshi qo'shnichilik muhitini, o'zaro do'stlikni yanada mustahkamlashga mustahkam zamin yaratgani bilan tarixiy ahamiyat kasb edi. Rezolyutsiyada Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqada tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta'minlash, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi muhim roli e'tirof etiladi. [11]

Zero, Markaziy Osiyoning "yuragida" joylashgan, mintaqaning barcha davlatlari bilan umumiy chegaraga ega bo'lgan yagona davlat sifatida O'zbekistonning taraqqiyoti ko'p jihatdan mintaqaning umumiy taraqqiyoti bilan chambarchas bog'liq. Shu nuqtai nazardan O'zbekiston tomonidan olib borilayotgan faol sa'y-harakatlar mintaqada tinchlik va barqaror taraqqiyotni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ikki tomonlama munosabatlarning yaqin qo'shnichilik va qardoshlik ruhini kuchaytirish, faol savdo-iqtisodiy aloqalar, transport va gummanitar sohalardagi loyihalarni izchil amalga oshirish orqali strategik sheriklikni yanada mustahkamlash O'zbekistonning insonparvarlik mohiyatiga ega, yangi yondashuvlarga asoslangan tashqi siyosatida ustuvor tendensiyaga aylanmoqda.

2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimizning iqtisodiy qudratini, xalqaro hamjamiyatdagi o'rnini mustahkamlash, xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish borasidagi izchil islohotlarni keyingi besh yilda yangi bosqichga ko'tarishga qaratilgan muhim dasturiy hujjatdir. Ushbu strategiya jamiyatimiz taraqqiyoti bilan bog'liq yangi marralarni egallash, ijtimoiy-siyosiy hayotning ko'plab sohalarini erkinlashtirish va modernizatsiya qilish bilan vazifalarini namoyon qilmoqda. Shu

XULOSA

bilan bir qatorda, ushbu o'zgarishlar Markaziy Osiyoda yaqin qo'shnichilik munosabatlari muhiti shakllanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Shu o'rinda quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

1. 2017 yildan O'zbekistonda sifat jihatdan yangi siyosiy taraqqiyot jarayonlari amalga oshmoqda. Bugungi kunda Harakatlar strategiyasi asosida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar intensiv tus olmoqda, faol demokratik yangilanishlarda yuqori darajali shaffoflik kuzatilmoqda. Bu esa mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash, xalq bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilish, uning huquq va erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularni ro'yobga chiqarish kabi eng dolzarb muammolarini hal etish, dunyo hamjamiyati bilan ochiq, amaliy hamkorlikka intilayotgan yangi O'zbekiston imijini shakllantirishga qaratilgan, demokratik mohiyatga ega bo'lgan zamonaviy siyosiy tizim shakllanayotganidan dalolat beradi.

2. Harakatlar strategiyasida belgilangan konseptual g'oyalar, maqsad va vazifalarning izchil ravishda amalga oshirilishi natijasida mamlakatimiz taraqqiyoti, barqarorligi va xavfsizligini ta'minlashning beqiyos katta shart-sharoitlari va imkoniyatlari yaratib beriladi.

3. Bu jarayonlar istiqbolda yuksak demokratik talablarga javob beradigan davlat, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat bo'lgan, qonun ustuvorligini amalda ta'minlanadigan jamiyat barpo etishga xizmat qilishi shubhasizdir.

4. Markaziy Osiyoning "yuragida" joylashgan O'zbekiston tanlagan tadrijiy demokratik taraqqiyot yo'li xalqimizning siyosiy madaniyatiga mos keladi, shuningdek mintaqada barqarorlashtiruvchi omil sifatida muhim rol o'ynamoqda.

5. O'zbekiston o'zining zamonaviy taraqqiyoti davrida Markaziy Osiyo mintaqasining barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo'shnichilik hududiga aylanishidan bevosita manfaatdordir.

REFERENCES

1. "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. / Rasmiy nashr. Tashkent: Adolat, 2017, 112.

2. Mirziyoyev, Sh.M. (2018). O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Tashkent: O'zbekiston, 10.

3. "Xalq so'zi" gazetasining 2017 yil 28 iyundagi soni.

4. Bekmurodov, M., Quronboyev, Q., Tangriyev, L. (2017). Harakatlar strategiyasi asosida taraqqiyot va yangilanish sari. Tashkent: G'ofur G'ulom, 20-21.

241

Scientific Journal Impact Factor

5. "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Xalq so 'zi, 2016 yil 29 dekabr

6. Mirziyoyev, Sh.M. (2017). Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash -yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Tashkent: O'zbekiston, 17.

7. 2017 yil - shiddatli islohotlar yili. Tashkent: Adolat, 2018, 14.

8. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Xalq so 'zi. 2018 yil 29 dekabr. №271-272 (7229-7230)

9. Senatda tashqi ishlar vaziri axborot berdi. 21.12.2017. Available at: http://uza.uz/oz/politics/senatda-tash-i-ishlar-vaziri-akhborot-berdi-21-12-2017

10. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi. 20.09.2017. Available at: http://president.uz/uz/lists/view/1063; O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqand shahrida o'tgan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo'lidagi hamkorlik" mavzusidagi xalqaro konferensiyada so'zlagan nutqi. 10.11.2017. Available at: http://president.uz/uz/lists/view/1227

11. BMT Bosh Assambleyasining "Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta'minlash bo'yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash" rezolyusiyasi qabul qilinishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti. 2018 yil 23 iyun. Available at: http://uza.uz/oz/politics/bmt-bosh-assambleyasining-markaziy-osie-minta-asida-tinchli-23-06-2018

12. Berdiyev, B. (2020). Central Asia: international relations as a factor of regional stability and integration. The American Journal of Political Science Law and Criminology. Vol. 02. Iss.10, 118-122.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

13. Nazirov, M., Mukhammadsidiqov, M. (2020). Central Asia: Involvement of Afghanistan in Regional Development Processes. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(12), 266-272.

14. Nazirov, M. (2020). Processes of forming new centers of power in the SCO space. The American Journal of Political Science, Law and Criminology. Vol 2, 11, 26-32.

15. Nazirov, M.M. (2014). O konseptualnix voprosax politicheskix issledovaniy. In Sovremenniye podxodi k transformatsii konsepsiy gosudarstvennogo regulirovaniya i upravleniya v sotsialno-ekonomicheskix sistemax, Kursk (pp. 243-246). Available at: https://www.elibrary.ru/item.asp?id=21546286

Scientific Journal Impact Factor

16. Saydaliyeva, N., Nazirov, M. (2020). Youth policy as a priority area of development. Sociosphere. 3, 104-111.

17. Nazirov, M. (2020). Processes of Forming New Centers of Power in the SCO Space. The American Journal of Political Science, Law and Criminology, 2(11), 26-

18. Nazirov, M. (2020). Youth as a leading power of Uzbekistan. Light of Islam. 4, 107-116.

19. Idirov, U., Nazirov, M. (2021). Uzbekistan: Modern Strategic Directions of Development of Ideas and Values of Democracy. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(02), 147-154.

32.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.