'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIY ATNI YUKSALTIRISH DAVR
TALABI
Abdullayeva Feruza Sharipovna Saidjonova Zulfizar Sobirjon qizi Buxoro Davlat Universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada huquqiy davlat qurishda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning o'rni kattaligi va buning uchun avvalo har bir shaxsning huquqiy immunitetini, huquqiy savodxonlik darajasini yaxshilash masalalari yoritib o'tilgan.
Tayanch so’zlar: davlat, huquq, qonun, huquqiyong, huquqiymadaniyat, partiya, shaxs, farmon, jamiyat, demokratiya, siyosat, norma.
ПОВЫШЕНИЕ ПРАВОВОГО СОЗНАНИЯ И ПРАВОВОЙ КУЛЬТУРЫ -
ТРЕБОВАНИЕ ВРЕМЕНИ
Абдуллаева Феруза Шариповна Саиджонова Зульфизар Собиржон кизи Бухарский государственный университет
Аннотация: В данной статье освещается роль правового сознания и правовой культуры в построении правового государства и, прежде всего, повышения правового иммунитета и уровня правовой грамотности каждого человека.
Ключевые слова: государство, право, закон, правовое сознание, правовая культура, партия, личность, указ, общество, демократия, политика, норма.
RAISING THE LEGAL AWARENESS AND LEGAL CULTURE THE
REQUIREMENT OF THE TIME
Abdullayeva Feruza Sharipovna Saidjonova Zulfizar Sobirjon qizi Bukhara State University
Abstract: This article highlights the role of legal awareness and legal culture in building a law - governed state and, above all, improving the legal literacy of rach person’s legal immunity
Ш
405
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
Key words: State, right, law, legal awareness, legal culture, party, person, decree, society, democracy, policy, norm
Kirish. Huquqiy madaniyat xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslangan holda insof va iymon, adolat va qonuniylik, insonga yuksak hurmat va e’tibor, sabr-toqat kabi ma’rifat va haqiqat tuygularini ongimizga singdirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham kishilarning fikrini, dunyoqarashini mustaqilligimiz yo'lida fidokorona mehnat qilishga yo'naltirilgan huquqiy madaniyatni yuksaltirish hayotiy zaruriyatdir.Aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini yuksaltirish, huquqiy ta’lim va ma’rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar tartibotini tubdan yaxshilash, inson huquq va erkinlariga chuqur hurmat va ehtiromga asoslangan munosabatni, odamlarda qonunga itoatkorlik tuygusini, qonunlarni bilish va unga qat’iy amal qilish saodatmandligini qaror toptirish bugungi kunning zaruriy talabi bolib kelmoqda.[1]
Huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish jarayonida, avvalo, har bir fuqaroning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirib borish asosiy va muhim vazifa hisoblanadi. Huquqiy davlat qurishning zaruriy sharti - bu qonunlarning sozsiz bajarilishidir. Qonunlarning bir xilda va sozsiz bajarilishi har bir shaxsning oz vazifasiga munosabati va zimmasidagi mas’uliyatni his qilishiga bog'liqdir[2]
Avvalo huquqiy ong va huquqiy madaniyatga olimlar tomonidan berilgan turlicha ta’riflar bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi, jumladan, professor Islomov huquqiy ongga shunday ta’rif beradi: “Huquqiy ongni mamlakat fuqarolarining ham amaldagi huquqqa, yuridik amaliyotga, fuqarolar huquqlari, erkinliklari, majburiyatlariga, ham orzu qilingan huquqqa va boshqa huquqiy hodisalarga munosabatini ifodalovchi huquqiy sezgilar, g' oyalar, baholar, tasavvurlar tizimi sifatida ta’riflash mumkin”.[3] Professor Dmitrievning ta’rificha: “Huquqiy ong bu insonlarning va ularning turli birliklarining hamda butun jamiyatning amaldagi huquq va huquqiy hodisalarga nisbatan qarashlari,g'oyalari, tasavvurlari yig’indisidir”[4] Huquqiy madaniyatga berilgan ta’riflarga kelsak, U.Tajixanov va
A.Saidovlar o'zlarining Huquqiy madaniyat nazariyasi nomli kitobida huquqiy madaniyatga shunday ta’rif berishadi: “Huquqiy madaniyat deganda jamiyatda qaror topgan huquqiy tizimning darajasini, xalqning bu huquq tizimidan xabardorlik darajasini, fuqarolarning qonunga bo'lgan hurmati, huquqiy normalarning ijro etilish darajasi, huquqqa rioya qilmaganlarga murosasiz bo'lish, qonunga itoatkorlik darajasini tushunamiz”[5]
Demak, yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo'lsak, qabul qilinayotgan qonunlar, har qanday normativ-huquqiy hujjatlar, huquq sohasida bo'ladigan o'zgarishlardan toliq tarzda xabardor bolib, o'rganib chiqilishi natijasida huquqiy ong va tushunib yetib unga amal qilinishi esa huquqiy madaniyatni shakllantiradi. Huquqiy
г<м
406
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
madaniyatning yuksak darajada bo'lishi huquqiy davlatning o'ziga xos xususiyatidir. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish sharoitida huquqiy madaniyatni oshirish muhim vazifa sanaladi.
Fuqarolarning yuksak huquqiy ongi va huquqiy faolligi ma’rifiy jamiyatda huquq ustuvorligining, huquqiy davlatning poydevoridir. Fuqarolarning huquqiy ongini shakllantirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashishning zarururiy talabidir. Haqiqattan ham shunday, huquqiy immunitet shakllangan shaxsga tashqaridan kirib keladigan yot goyalar, qarashlar, qonunga xilof xatti-harakatlar oz ta’siriga ega bo’lmay qoladi. Ijtimoiylashuv natijasida shaxslar ezgulik va adolat, inson sha’ni va uning toptalishi hamda erkinlik va qullik kabi qonuniyatning mavjudligini anglab idrok etishadi. “Nima yaxshi-yu nima yomonligini” tushunib yetishda esa ularga aynan huquqiy savodxonlik, huquqiy yetuklik yordam beradi.
Mamlakatimizda mustaqillikka erishganimizdan song aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga katta e’tibor berib kelinmoqda. Jumladan, 1997-yil 29-avgustda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi” qabul qilingan edi. Unda aholi huquqiy madaniyat darajasining oshirilishi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimyati xodimlarining bilimdonligiga kop jihatdan bogliqligi, huquqiy madaniyatning ilmiy asoslarini tadqiq etishni ragbatlantirish, ijtimoiy - huquqiy tadqiqotlarni tashkil etish[6] norm.uz va boshqa masalalar oz aksini topgan. Biroq bugungi kunga kelib zamon ozgarishi, fuqarolarning fikr yuritish darajasi ozgarganligi sababli ushbu milliy dasturni yangilash vazifasi qoyilmoqda. Bundan tashqari 2017 -yil 7- fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategyasi to'g'risida”gi Prezident farmoni, 2017-yil 7- sentabrda qabul qilingan “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to'g'risida”gi qonun, 2018- yil 13- apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya orgnlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora -tadbirlari to'g'risida”gi Prezident farmoni, 2019- yil 9- yanvardag “ Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida”gi Prezident farmoni va boshqa me’yoriy - huquqiy hujjatlarning qabul qilinganligini ko'rish mumkin.[7]
Aholining qonunlarga huquqiy jarayonlarga ishtirokini va ularning xabardorlik darajasini aniqlash uchun alohida jamoatchilik fikri so'rovlari ham o'tkazilib turiladi. Misol tariqasida 2017-yilda “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o'rganish Markazi tomonidan “O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi “ mavzusida jamoatchilik fikri so'rovi o’tkazilgan edi. O'tkazilgan so'rov ma’lumotlariga kora, fuqarolarning mutlaq ko’pchiligi, ya’ni 90,5 foizi O'zbekiston Konstitutsiyasini “mamalakatdagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi bosh hujjat”, deb
г<м
407
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
hisoblaydi, unda suveren davlat va adolatli jamiyatni shakllantirishning fundamental asoslari, inson huquqlarini himoya qilish va mustahkamlashga, demokratiya va ijtimoiy adolat ideallariga, fuqarolar osudaligi va millatlararo totuvlikni ta’minlashga sodiqlik mustahkamlab qo'yilgan. Mutlaq ko'pchilik fuqarolarning - 86,3 foizining fikricha , asosiy qonun nafaqat davrning zamonaviy talablariga javob beradi, balki istiqbolga mo’ljallangandir deya fikr bildirishgan. Mazkur so'rovda aholining o'z fuqarolik huquqlari to'g'risida xabardorlik darajasi aniqlandi. “Siz o'z fuqarolik huquqlaringizni bilasizmi?”, degan savolga fuqarolarning mutlaq ko'pchiligi - 92,6 foizi tasdiqlovchi ovoz berdi.[8] xuddi shunday ijtimoiy so'rovlar tez-tez o’tkazilib turilishi aholining fikrini o’rganish va ularda mavjud bo'lgan kamchiliklarni bartaraf etishga katta yordam beradi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo'lishi kerak” nomli ma’ruzasida siyosiy partiyalar,ularning parlamentdagi fraksiyalari va deputatlarning faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, quyidagi fikrlarni bayon etdi: “Deputatlarning ish uslubini takomillashtirish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida siyosiy partiyalar orqali: “Markaz - viloyat - tuman” tartibida ishlaydigan yangi tizimni joriy etish ayni muddao bo'lar edi”[9],- degan fikrni bildirganlar, chunki barcha qonunlarning yaratilishi, ishlab chiqilishi deputatlar tomonidan amalga oshiriladi. Ular xalqning orasida bo'lib barcha taklif va tavsiyalar, kamchiliklarni o'rganib chiqib xalq manfaatlaridan, xalq ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qonunlarni yaratishlari shart va zarur. Bekorga “Markaz-viloyat-tuman” tartibida ishlaydigan tizim deb aytmaganlar, har qanday siyosatda bo’ladigan o'zgarish va qo'shimchalar markazdan viloyatga undan tuman va boshqa chekka hududlargacha yetib borishi xalq xabardor bo'lishi va o'z fikr -mulohazalarini yetkazishi kerak ekanligini hisobga olib bunday tizim yartish kerakligini aytib o'tganlar. Mamlakatimizda ijroga yo'naltirilgan har bir qonun, amaldagi huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan o’zgartish va qo’shimchalardan aholini izchil hamda keng xabardor qilishda jamoatchilik ishtiroki va faolligi muhim. Kommunikatsiya texnologiyalari, davlat organlari bilan ijtimoiy sherikchilik imkoniyatlaridan samarali foydalanish lozim.[10]
2019-yilda aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yaxshilash maqsadida “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonda: jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish uchun qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisobanadi, [11] deya ta’kidlab o'tilgangan.
Shu o'rinda aytib o'tish joizki, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish sohasida
г<м
408
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020 ISSN 2181-063X
muvofiqlashtiruvchi davlat organi bo'lib hisoblanadi. Hozirda farmonga asosan shaxsan Adliya vaziri Ruslanbek Davletov boshchiligida Advice.uz huquqiy axborot tizimi faoliyat ko'rsatmoqda, xususan mamalakamiz ko'plab fuqarolari ushbu tizimdan bir necha bor foydalanib savollariga yetarlicha javob olishmoqda. Bundan tashqari huquqiy targ'ibot-tashviqot olib borish ishlari ham bir muncha yaxshilangan. Mahallalarda, joylarda malakali huquqshunoslar tomonidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Qonun ijodkorligi faoliyatiga aholining keng qatlamini jalb etish maqsadida “Telegram” messendjeridagi Huuqiy axborot kanalida maxsus “Qonunchilikka taklif” boti ishga tushirilgan. Mazkur bot orqali fuqarolardan minglab takliflar kelib tushadi va ko'rib chiqilib inobatga olinadi. Ushbu loyiha Prezidentimizning qonunlarning bevositai jodkori xalq bo'lishi kerak”[12],-degan so'zlarining amalda tadbiq etilishining korinishidir. Huquqiy targ'ibot -tashviqot sohsini yaxshilashga munosib hissa qo' shgan davlat organlari va tashkilotlar xodimlariga aholining huquqiy savodxonligini oshirishda ko'rsatgan xizmatlari uchun “Huquqiy targibot ishlari a’lochisi” ko'krak nishoni ta’sis etildi. Yana huquqiy mavzularni tizimli va tahliliy yoritib berish hamda aholini qonunga hurmat ruhida tarbiyalashga doir teleko'rsatuvlar ko'lami kengaytirilmoqda. O'zbekistonda demokratik huquqiy davlatni shakllantirish jamiyat, mansabdor shaxslar, va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishni talab qiladi. Shuning uchun huquqiy davlatning muhim belgisi - huuqiy madaniyatdir. Bugungi kunda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylandi. Mamlakatimizning rivojlanishi va islohotlarning muvaffaqiyati ko'p jihatdan aholining huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyati darajasiga bog'liqdir. Shaxsning siyosiy - huquqiy faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga nisbatan daxldorlik hissi davlatimiz o'z oldiga qo'ygan buyuk maqsadlarga erishishning muhim omilidir. Harakatlar strategyasida “aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini yuksaltirish, bu borada davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o’zaro samarali hukmronligini tashkil etish samarali va ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki ushbu qonunlarning barcha darajalarda ijro etilishi bilan belgilanadi. Ushbu muhim ishda fuqarolarning qpnunlarga va normativ -huquqiy hujjatlarga nisbatan chuqur hurmat hissini tarbiyalash alohida ahamiyatga egadir. Bunda g'oyat muhim jihat - jamoatchilikka davlat hokimyati va boshqaruv idoralari faoliyati haqida ma’lumot berish, davlat hokimyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlardan, birinchi navbatda, inson huquq va erkinliklari, fuqarolarning qonuniy manfaatlariga doir qarorlardan aholini keng xabardor qilib borish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bilan bog'liq.[13]
г<м
409
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimidagi ma’ruzasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati masalasiga ham alohida to'xtalib o'tdilar,- “Biz qanchalik mukammal qonunlar yaratmaylik, qanday islohotlar o'tkazmaylik agar fuqarolarimizning huquqiy bilimi, ongi va madaniyati yetarli bo'lmasa kutilgan natijalarga erishish mushkul bo’ladi. Huquqshunos olimlarning bundan bir necha asr avval “Huquqni anglash mas’uliyat hissini rivojlantiradi”, deb aytgan hikmatli so'zlari hech qachon o'z dolzarbligini yo'qotmaydi. Boshqacha aytganda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat, huquqiy ong va huquqiy madaniyat har bir fuqaroning, har bir mansabdor shaxsning hayot va faoliyat tarziga aylanmog’i kerak. Biz huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarimizni uzliksiz davom ettirishimiz zarur. Huquqiy tarbiyani maktabgacha ta’lim tizimidan boshlashimiz, bu boradagi ilk ko'nikmalar ona allasi kabi farzandlarimiz qalbidan umrbod joy olishi darkor. Konstitutsiyamiz har bir fuqaroning ongi va qalbidan chuqur joy olgan, ularning huquq va erkinliklarini to' liq kafolatlaydigan haqiqiy hayot qomusiga aylanmog'i lozim. Har bir soha va yo'nalish, ta’limning barcha bosqichlari uchun huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslangan dasturi tayyorlanishi kerak. Bunda, avvalambor, Konstitutsiyani o'rganishga jiddiy yondashish lozim. Umumta’lim maktablari uchun “Konstitutsiya alifbosi”, “Konstitutsiya saboqlari”, “ Konstitutsiya asoslari” kabi darsliklarni yaratish zarur deb hisoblayman. Ushbu fanlardan dars beradigan o'qituvchilarni tayyorlashda ularning siyosiy, huquqiy va ma’naviy saviyasiga alohida ahamiyat berish lozim. Shuningdek, hayotdagi adolat tantanasi, qonuniy haq-huquqlar tiklangani haqida qiziqarli ko'rsatuvlar, seriallar, badiiy filmlar, teatr asarlari yaratish ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega”, deya ta’kidlab o'tganlar[14]. Va yana “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari To'g'risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarorida ham yoshlarda vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr - oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag'rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni bolalikdan boshlab bosqichma - bosqich shakllantirish zarurligi aytib o'tilgan.[15]
O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o'tish uchun keng ko'lamli demokratik islohotlarni amalga oshirmoqda. Bu esa, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini rivojlantirishni nazarda tutadi. Jamiyatda kishilar qanchalik yuqori huquqiy madaniyatli bo’lsa, huquq normalarini bilsa, qonunlarni, yurdik adabiyotlarni o'qib ularga amal qilsa huquq buzulishi ham shunchalik kam bo'ladi. Aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishi, mustahkam irodali, o'z huquqini biladigan va qonunlarni hurmat qiladigan, huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo'llay oladigan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lgan va
г<м
410
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatda bo'ladigan fuqarolarni tarbiyalashning keng qamrovli muntazam tizimi yaratilmoqda. Tarbiya avvalo, oila ostonasidan boshlanadi, shunday ekan har-bir ota-onaga katta mas’uliayat yuklatilgan. “Qush uyasida ko'rganini qiladi “,- degan naql bekorga aytilmagan. Oila a’zolari kundalik hayotida qonunlarga, belgilangan normalarga qanday amal qilsa, yosh avlod shunday holatni ko'rib va unga moslashib boradi. Kundalik siyosiy,ijtimoiy,iqtisodiy hayotda bo'ladigan yangiliklarni ko'rib borish, saylovlarga to' liq tarzda qatnashish, mahalla yig’inlarida doimiy ishtirok etish shular jumlasidandir.
Davlat va jamiyatning huquqiy rivojlanganligini belgilaydigan bir qator muhim omillar bor, biz buning bir necha jihatlarini sanab o'tamiz:
Birinchidan, rivojlangan jamiyat a’zolarining, davlat fuqarolarining ijtimoiy-siyosiy faolligi yuksak bo'lishi kerak;
Ikkinchidan, huquqiy ongi, huquqiy madaniyati, huquqiy savodxonlik darajasi baland bo'lishi lozim;
Uchinchidan, ularning o'sha jamiyatdagi islohotlarga nisbatan daxldorlik tuyg'usi bor bo'lishligi talab etiladi[16]
To'g'risini aytganda, huquqiy ong, huquqiy madaniyat haqida gap ketganda ko'pchiligimizda faqat qonunlarni bilish yoki ulardan boxabarlik darajasi tushuniladi. Aslida bu juda keng tushuncha bo'lib, yuqorida sanab o'tganimiz davlat va jamiyatning rivojlanganligini belgilaydigan uchta muhim omilni ham o'z ichiga oladi. Huquqiy madaniyati yuksak inson qonunlarga itoatkor bo'ladi, hamisha unga bo'ysunadi va qonunlarga hurmat bilan qaraydi. Bunday insonlar qonunlarda belgilangan qoidalarga zid xatti-harakat qilmaydi, aksincha boshqalarni ham shunga da’vat etadi. Ijtimoiy-siyosiy faol fuqaro jamiyatda ro'y berayotgan voqea -hodisalarga ongli munosabatda bo'lib, islohotlarga daxldorligini sezib, davlat va jamiyat oldidagi mas’uliyatini his qilib yashaydi. Eng muhimi, u mamlakat taraqqiyotiga amaliy hissa qo'shishga harakat qiladi.
Jamiyatda huquqiy madaniyatning shakllanganligi yoshlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o'rni, maqsadlarni boshqarishdagi ishtiroki va mas’uliyati, yangiliklarga daxldorlik tuyg'usining o'zgarishi jamiyat, huquqiy davlat ravnaqi uchun qarorlar qabul qilish jarayonida ularning faollik darajasini belgilaydi.
Jamiyatda huquqiy ongni rivojlantirishda, huquqiy normalarni qabul qilishda huquqiy mafkura asosiy hal qiluvchi rol o'ynaydi, chunki huquqiy mafkura jamiyatdagi huquqiy ustqartmaning mavjudligini, talabga javob berishini, huquqiy normalarning kishilar o'rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib mustahkamlashga va rivojlantirishga katta yordam beradi.[17]Yuksak huquqiy madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim yetukligining ifodasidir. U jamiyatdagi turli xil hayotiy jarayonlarga faol ta’sir ko'rsatuvchi,
г<м
411
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
fuqarolaming, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga komaklashuvchi, jamiyatning yaxlitligi hamda batartibligini ta’minlovchi va mustahkamlovchi omildir. Qonunni hurmat qilish huquqiy jamiyatning, siyosiy va huquqiy tizimlar samarali faoliyat ko'rsatishining asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar barcha ishtirokshilarining huquqiy madaniyatini, huquqiy savodxonligini har tomonlama oshirishni talab qilmoqda. Huquqiy madaniyat huquqiy bilim, huquqiy e’tiqod va izchil amaliy faoliyat majmui sifatida jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishini ta’minlaydi.Huquqiy savodxonlikning belgilaridan biri bu - huquqiy targibotdir. Huquqiy targibot va fuqarolarning huquqiy ongini oshirishning zamonaviy va ta’sirchan uslublarini joriy qilish, ularga qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ - huquqiy hujjatlar mazmun - mohiyati va ahamiyatini yetkazish, aholining huquqiy savodxonligini yaxshilash boyicha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Huquqiy targ' ibot-tashviqot ishlarida:
- Axborot-resurs markazlari hamda axborot-kutubxona fondlaridagi yuridik adabiyotlarni huquqshunoslar tomonidan puxta o'rganilib har xil shaklda xalqqa yetkazish va tushuntirish;
- Buyuk fiqhshunos alloma Marg'inoniy nomidagi maxsus huquqiy targ'ibot-tashviqot markazini tashkil etish.
Xalqni huquq sohasida madaniyatli qilishning yana bir tomoni Oliy Yuridik ma’lumotli kadrlarni sonini ko'paytirish va sifatini oshirish. Buning uchun Oliy Yuridik ta’lim beruvchi ta’lim muassasalarini sonini ko'paytirish, yetuk malakali huquqshunos kadrlarni tayyorlash. Shu o'rinda Abu Nasr Farobiyning fikrlarini esga olaylik. Mashhur faylasuf har bir mansabdor shaxs qonunlarni chuqur o'rganishi, ularga rioya qilishda shaxsan namuna bo'lishi, aholi o'rtasida qonunlarni keng targ'ib qilish , uni takomillashtirish boyicha takliflar kirita bilishi, joiz bo'lsa, qonun yoza olishi shartligini ilgari surgan
Ayni shu mezonlardan kelib chiqib Prezidentimiz 2019- yildagi farmonlarida fuqarolar ongida “Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish- demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!”,- degan hayotiy g'oyani mustahkamlash, aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil yetkazish tizimini shakllantirish birlamchi vazifalardan etib belgilandi.[18]
Shunday ekan, bugun biz ana shu qoidalarga hammamiz va hamma vaqt ham rioya etyapmizmi, degan haqli savol tug’iladi. Zero, qonun normalari odamlar ongiga singgan va ular orqali amal qilgan taqdirdagina yashaydi va ro'yobga chiqadi. Qonun esa xalqning xohish irodasidir.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagi takliflarni berib o'tmoqchimiz:
г<м
412
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
Birinchidan, aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish uchun mazkur yo'’nalishdagi davra suhbati hamda oquv seminarlari yoki ilmiy-amaliy konferensiyalarni muntazam ravishda otkazib borishni yo'lga qo'yish;
Ikkinchidan, umumiy o'rta ta’lim, o'rta-maxsus kasb-hunar ta’limida oily ta’limda huquq sohasida koplab ko'rik tanlovlar yo'lga qo'yilgan. Endilikda shunday korik tanlovlarni nafaqat ta’lim muassasalarida balki, mahallalar o'rtasida “Huquqiy madaniyat yetakchisi” nomi ostida tashkil qilish. Mahallalar orasidan saralanganlarini viloyatlar ortasida musobaqa va korik tanlovlarni amalga oshirish;
Uchinchidan, jamoat joylarida Konstitutsiya maydonlarini yaratish va uni Konstitutsiya va qonunlar aks ettirilgan zamonaviy targ'ibot vositalari bilan ta’minlash, unda aholining huquqiy ongini yaxshilaydigan, huquqiy madaniyatini oshiradigan lavhalarni keltirish zarur deb hisoblayman
To'rtinchidan, ta’lim muassasalarida huquqiy savodxonlikni oshirish eng dolzarb masala hisoblanadi, shu sababli umumta’lim maktablarida boshlang'ich ta’lim tizimidan boshlab bolalar va oquvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, huquqiy ong qonunva huquqiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan Konstitutsiya va inson huquqlarini organish boyicha darslar va darsliklar tashkil qilish, yoshlarning huquqiy bilim va savodxonlik darajasini yuksaltirib borish;
Beshinchidan, qonunchilikga, huquq normalariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritib boriladi. Bular eski yilgi huquq darsliklarida mavjud bolmaydi, shuning uchun barcha huquq sohalaridagi darsliklarni to'liq, uzluksiz, o’zgarishlar kiritilgan holda, kop sonli adadda har yil qayta nashr qilish.
Xulosa qilib aytganda, huquqiy ong va huquqiy madaniyat bosqichma- bosqich shakllanib boradigan jarayon hisoblanadi. Huquqiy madaniyatning yuksalishi esa qonunga itoat tuyg’usini rivojlanishiga olib keldi. Hozirgi kunda mazkur masala davlat siyosati darajasiga kotarilmoqda, shu maqsadda fuqarolarning huquqiy ongi, huquqiy madaniyati, ta’lim-tarbiyasi, huquqiy savodxonligini yanada yuksaltirish, yoshlarning huquq sohasiga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, ularni huquqiy jihatdan yetuk va barkamol avlod etib tarbiyalash asosiy maqsad va muddaolardan biri hisoblanadi. Jamiyatda ozhaq-huquqini biladigan va qonun-qoidalarga ogishmay amal qiladigan fuqarolar huquqiy davlatning poydevoridir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Gulnora Inomjonova. “Nikoh shartnomasi-oila mustahkamligining huquqiy kafolati “ ilmiy-amaliy qo'llanma, -T.: Intellekt Ekspert, 2015, 10-b
2. Huquqiy yetuklik - barkamollikka eltadi“ Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.-T.: Adolat 2011, 7-b
3. Islomov.Z.M.Davlat va huquq nazariyasi.-T.: Adolat, 2007.-537-b
413
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
4. Ю.А.Дмитриев.Правосознание и правовая культураю / Теория государства и права.Под.ред.Пиголкина. - Москва:Юрайт - Издат, 2006.- C. 547
5. U.Tajixanov, A,Saidov. Huquqiy madaniyat nazariyasi 1-tom.- Toshkent. 1998, 11-b
6. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 29.08.1997-yil 466-I son qarori bilan tasdiqlangan.Nrm.uz
7. Aholining huquq va erkiliklarini himoya qilish, jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni yanada yuksaltirishning huquqiy asoslari. E.Qodirov //Aholining huquq va erkinliklarini himoya qilish, huquqiy ongni oshirish, jamiyatda inson huquqlari madaniyatini shakllantirish hamda rivojlantirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining o'rni va roli mavzusida tashkil etilgan davra suhbati materiallari. - T.:Toshkent tezkor bosmaxonasi, 2015, 20-b
8. “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o'rganish Markazi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi” mavzusida jamoatchilik fikri so'rovi. Kun.uz 24.11.2017
9. Odilqoriyev X.T Davlat va huquq nazariyasi (darslik). - T.: “Adolat”, 2018, 287-b
10. Zakirova Sevara. “ Xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining o'rni va roli”. // Fuqarolik jamiyati. 2017, №4, 49-b
11. PF-5618. lex.uz
12. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o'n to'rtinchi yalpi majlisida Adliya vaziri Ruslan Davletovning huquqiy targ'ibot va ma’rifatni yuksaltirish borasidagi axborotidan // Inson va Qonun,2018 3-aprel, № 13
13. 2017-2021- yilarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid davlat dasturini o'rganish bo'yicha ilmiy -uslubiy risola. - T.: Ma’naviyat, 2017, 143-b
14. Prezident Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qaqbul qilinganligining 27 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimidagi ma’ruzasi. www.Zarnews.uz
15. “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora- tadbirlari to'g'risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori 1059-son, 2019-yil 31-dekabr.nrm.uz
16. Xudoyor Mamatov” Huquqiy ong, huquqiy madaniayt davlat va jamiyat taraqqiyotini belgilaydi” uza.uz
17. Diyorova SHaxloxon. “Pedagogika oily o’quv yurtlari talabalarining huquqiy madaniyatini rivojlantirish omillari tog'risida” // Pedagogika,2019, №2 134-b.
414
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
18. Abdukamol Rahmonov. “Yuksak huquqiy madaniyat- demokratik jamiyat poydevori”. // Huquqshunos, 2019,№1. 8-9-b
415
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ