AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
UDK 621.22
KO'P MAQSADLI MASHINA ISH JARAYONLARINI TATBIQ ETISH
Rustamov Kamoliddin Jo'rboyevich Toshkent davlat transport universiteti kafedra mudiri, PhD, dosent, [email protected]
Muhitdinov Akobir Sidikovich Toshkent davlat transport universiteti kafedra dosenti, t.f.n., dosent, [email protected]
Usmanov Ilhomjon Ikromjanovich Toshkent davlat transport universiteti «Transport energetik qurilmalar» kafedrasi assistenti, [email protected]
Annotasiya. Maqolada zamonaviy qurilish va yo'l mashinasozligi ishlab chiqarishning yuqori darajada zichlashishi, yo'l texnikasini asosiy turlarini ko'plab ishlab chiqarilishi bilan ajralib turadi. Qurilish va yo'l mashinasozligining rivojlanish darajasi, texnik darajasi va ishlab chiqarilayotgan jihozlarning sifati doimiy o'sib borayotgan qurilish talablari va ish hajmini qoplashga, avtomobil yo'llari va aerodromlarni saqlash va ta'mirlash ishlarini, hamda qishloq xo'jaligi bilan ishlab chiqarish, kapital qurilishlarda ish hajmlarini to'ldirishni, korxonalarni qayta qurilishini nazarga olgan holda rejalashtiriladi.
Abstract. In the article, modern construction and road engineering is characterized by a high concentration of production, the production of many main types of road equipment. The level of development of construction and road engineering, the technical level and the quality of the manufactured equipment are able to cover the ever-increasing construction requirements and volume of work, the maintenance and repair of highways and airfields, as well as agricultural production, it is planned taking into account the completion of work volumes in capital constructions, reconstruction of enterprises.
Аннотация. В статье современное строительство и дорожное машиностроение характеризуется высокой концентрацией производства, выпуском многих основных видов дорожной техники. Уровень развития строительства и дорожного машиностроения, технический уровень и качество выпускаемой техники способны покрыть постоянно растущие потребности строительства и объемы работ, содержание и ремонт автомобильных дорог и аэродромов, а также сельскохозяйственное производство. планируется с учетом завершения объемов работ по капитальному строительству, реконструкции предприятий.
Kalit so'zlar: gidrouzatma, hajmiy uzatma, ishchi suyuqlik, jihoz, cho'mich, qazish jarayonlari.
Key words: hydraulic transmission, volumetric transmission, working fluid, equipment, tub, excavation processes.
Ключевые слова: гидропередача, объемная передача, рабочая жидкость, оборудование, ванна, процессы земляных работ.
Fan, texnika va ilg'or tajriba yutuqlaridan foydalangan holda dastgoh ishlab chiqarish va uning texnologik sifatini sezilarli darajada yaxshilash maqsadida ishchi organlarni harakatga keltiruvchi mashinalar va ularning ishchi organlarini samaradorligini yanada oshirish muammolarini hal qilish - gruntga an'anaviy ta'sir ko'rsatish usullari va yangi resurslarni tejovchi ta'sirlardan foydalanib, ular asosida takomillashtirishdir [1]. Birinchi yo'l katta quvvatli 400-1500 kVt quvvatga ega bo'lgan yer qazuvchi mashinalarini yaratish bo'yicha bir qator muammolarni va rekonstruktsiya qilish uchun tarqalib ketgan, siqilgan va turli xil grunt ko'chirish ishlari hajmining ko'payishi natijasida 5-30 kVt quvvatga ega kichik o'lchamli yer
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI qazish texnikalarini yaratish muammolarini hal qilishni o'z ichiga oladi. Avtomatlashtirilgan tizimlar, mehnat resurslari bilan jihozlangan mashinalarga bo'lgan ehtiyojning oshib borishi, ko'p maqsadli ishchi organlar va qurilish manipulyatorlari yordamida yerga ishlov beradigan mashinalarni universallashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Hozirgi kunlarda gidroyuritmalar yo'l qurilish mashinalarida keng qo'llaniladi va ular ko'p vazifalarga mo'ljallangan zamonaviy mashinalar hamda sanoat uskunalarining ajralmas qismiga aylangan. Rivojlangan mamlakatlarda mashinalarni gidroyuritmasiz tasavvur qilib bo'lmaydi. U harakat tezligini pog'onalarsiz, ravon rostlash, yuritma dvigatelining quvvatidan to'la foydalanish, foydalanish koeffitsiyentini yaxshilash va mashina unumdorligini oshirish imkonini beradi [2]. Inertsiyasining kamligi yuritmaning dinamik xususiyatlarini buzmaydi, ish tsikli vaqtini qisqartiradi.
Tayanch mashina sifatida, pnevmog'ildirakli traktor tanlanildi, unga almashinuvchi jihozlar osiladi va qazish, burg'ulash, kran ishchi jihozi hamda qo'shimcha - bulbdozer surish jihozi bilan jihozlanadi. Ishlaydigan jihozlar tez almashinuvchan bo'lishi kerak. Asosiy ishchi jihozlarning quyidagi turlari ishlab chiqariladi: to'g'ri va teskari cho'michlar. Surish jihozi mashinaning oldiga osiladi [3].
Ishchi suyuqlikning energiya oqimi mexanik ish turiga o'tkazilganda, uning ishlashiga qarab, gidravlik uzatmalar, gidrodinamik va hajmiy turlarga bo'linadi. Gidrodinamik va hajmiy uzatishlarda ishlaydigan suyuqlik mineral moylar hisoblanadi. Gidrodinamik uzatish umumiy ish bo'shlig'iga ega bo'lgan parraklardan iborat bo'lib, ularda ishchi suyuqlik momentining o'zgarishi natijasida ishchi suyuqligi uzatiladi. Gidrodinamik uzatishning asosiy elementlari suyuqlik muftalari yoki suyuqlik transformatorlaridir. Suyuqlik transformatorlarini mexanik uzatmalar qutisi bilan birga o'rnatilishi gidromexanik uzatma deb ataladi [4, 5].
Hajmiy gidravlik yuritmalar katta uzatmalarni oddiy usullar bilan amalga oshiradi, aylanma harakat ilgarilanma harakatga aylantiradi va yetaklanuvchi bo'g'indan yetakchi bo'g'inni oson ajratib beradi.
Hajmiy gidravlik yuritmalar - bu ishlaydigan suyuqlikni bosim ostida harakatlantirish orqali mashinalarning ishchi jismlarini harakatga keltiradigan bir yoki bir nechta hajmli gidravlik dvigatellarning birikmasidir [6].
Tegishli boshqaruv asbob-uskunalariga ega bo'lgan gidronasos va gidravlik dvigatelni o'z ichiga olgan gidravlik yuritma energiyani masofadan ishchi suyuqlik yordamida yetkazib berish uchun xizmat qiladi hamda ishchi suyuqlikning turli potentsial energiyalari va ishchi suyuqlikni bosim energiyasi gidravlik dvigatellar yordamida mexanik energiyaga aylantiriladi. Ko'p hollarda suyuqlik oqimi manbai, gidrodvigatel nasosining ilgarilanma-qaytma yoki aylanma harakatiga xizmat qilib, boshqaruv bloklari va suyuqlik liniyalar (quvurlar)ida sarflanadi [7].
Ko'rib chiqilayotgan hajmiy uzatmalarda holatning potentsial energiyasi odatda e'tiborga olinmaydi, chunki balandlikdagi farq ish bo'shlig'ida bir vaqtning o'zida minimal bosim 3-5 kg/sm ni tashkil qiladi. Bu almashtirish texnikani baholashda va nasos g'ildiragiga kirish joyida kavitatsiyaning oldini olish uchun kerak.
Parrak tizimlarida ishlash uchun yuqori issiqlik almashuvchanligiga ega bo'lgan past qovushqoq suyuqlik kerak. Bu oqim tezligini oshiradi va natijada samaradorlik oshadi va ish harorati pasayadi. Biroq bunday suyuqliklar (masalan, suv) harakatlanuvchi bo'g'inlarni moylashni ta'minlamaydi, ularni ishchi tizimdan tashqariga olib tashlash va alohida moylash tizimini yaratishni talab qiladi. Shuning uchun, gidromexanik uzatmalarda, bitta suyuqlik qo'llaniladi, undan yuqori haroratda va pastroq qovushqoqlikda parrak tizimlarini ishlatish va mexanik transmissiyani past haroratda moylash uchun foydalaniladi. Odatda bu 50°C haroratda 10-20 cst qovushqoqligidagi mineral moylardir.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024
AVTOMOBlL VA QlSHLOQXO'JALlKMASHlNALARl
Gidrouzatmalardan foydalanish qo'llaniladigan uskunalarning qiymatini oshiradi. Gidrouzatmadagi yo'qotishlar tufayli energiya qiymati ham oshadi. Shu bilan birga, gidrouzatmalar rejalashtirilgan murakkab ish sharoitida, ushbu qo'shimcha xarajatlar dvigatel quvvatidan yaxshiroq foydalanish, ulardan foydalanishning yanada tejamkor usullarini tanlash va xizmat muddatini uzaytirish hisobiga mashinalarning mahsuldorligi oshishi hisobiga ko'p marta afzaldir [5].
Mashinasozlikning barcha sohalarida gidroyuritamalarga ehtiyojning jadal o'sishi atrof-muhit harorati +50°S dan -50°S gacha bo'lgan, chang va tebranish sharoitida ishlaydigan, 10 MPa va undan yuqori bosimli gidravlika jihozlarini yaratish imkonini berdi.
Gidravlik yuritmadan foydalanish tufayli mashinaning og'irligi 15-20% ga, tez yediriladigan detallar soni ikki baravarga, rangli metallar va elektr po'latlarni iste'mol qilish kamayadi. Gidravlik yuritma mashina elementlarini hamda mashinalar guruhini avtomatik va dasturlashtirilgan boshqarish imkoniyatini beradi [7].
Mashinist boshqaruvisiz gidravlik taqsimlagichning "suzuvchi" holati bo'lgan bajaruvchi mexanizmdagi ishchi organlar porshenini yurish yo'li o'zgarib turadi.
Ishchi suyuqlik har qanday ruxsat etilgan haroratda va barcha yuklanish sharoitida gidravlik boshqaruv tizimining normal ishlashini ta'minlashi kerak. Energiyani uzatish uchun ishlaydigan suyuqlik gidravlik tizimdagi deyarli har qanday bosimga uzoq vaqt bardosh bera olishi kerak. Gidravlik uzatma tizimidagi energiya yo'qotishlari asosan ishchi suyuqlikning oqishi, harakatlanuvchi bo'g'inlardagi ishqalanish natijasida yuzaga keladi. Ushbu yo'qotishlar imkon qadar past bo'lishi uchun ishchi suyuqlik ma'lum bir qovushqoqlikka ega bo'lishi kerak, issiqlikka chidamli, yonmaydigan va qismlari korroziyadan himoya qilinadigan bo'lishi kerak. Ushbu shartlar neft fraktsiyalariga asoslangan mineral moylar bilan qondiriladi.
Gidravlik ekskavatorlarni qo'llash sohalarini kengaytirish tendensiyasi, asosan almashtiriluvchi ish jihozlaridan foydalanish hisobiga amalga oshiriladi. Asosiy ekskavator ishlab chiqaruvchilari tomonidan turli ishlarni bajarish uchun mo'ljallangan bir qator yangi almashtiriluvchi ishchi qismlar yaratildi. hamda qo'l mehnati jarayonida amalga oshiriladigan texnologik operatsiyalarni mexanizatsiyalash imkonini yaratadi. Almashtiriluvchi jihozlar hamda ishchi organlar turlari sonini oshirish borasida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. AQSH, Fransiya, Italiya, Angliya, Finlyandiya, Yaponiya davlatlarining yetakchi ekskavator ishlab chiqarish firmalari to'g'ri va teskari kurak, greyfer, ilmoqli osmalar, yer yumshatgichlari, gidroto'qmoqlar, gidroburlar, yer yumshatgichli cho'michlar, yo'l qoplamasini buzish uskunalari, rotorli yer yumshatgichlari va transheya qazuvchilari, yog'och yuklash mexanizmlari, profillash va tekislash cho'michlari, yuklar, quvurlar va xodalarni yuklovchi va taxlovchi mexanizmlar, ko'p jag'li greyfer va b. kabi 20-40 almashtiriluvchi ishchi organlari bo'lgan almashtiriluvchi ishchi jihozlarning 5-10 xili bilan o'zlari chiqaradigan gidravlik ekskavatorlarni ta'minlaydilar [3].
KM-1 mashina universal va ixcham. Bu mashina o'ta harakatchanligi va ko'p funktsionalligi bois an'anaviy yo'l qurish mashinalari bajara olmaydigan ishlarning ko'pchiligini bajarish imkoniga ega. Bunday mashinalarga yuklovchining ko'p funktsionalligini ta'minlaydigan o'nlab almashtiriluvchi jihozlarni o'rnatish mumkin (1-rasm).
Hozirgi kunda ishchi organlarni tez almashtirish usullarining bir nechta konstruktiv yechimlari ma'lum. KM-1 mashinasi cho'michning orqa devorida o'rnatilgan sharnir tortqilari 5, halqasimon bo'rtmalar 7 va sharnirli bog'lanishlar 6 orqali cho'mich orqa o'yiq 3 larga qadar kiritiladigan dastak 1 bilan sharnir yordamida tutashtirilgan ramka 2 dan tashkil topadi (2, a-rasm). Sharnir tortqilari va ramka birlashtirilgan o'yiqlar 3 ga o'rnatiladigan ko'ndalang taxtacha (plastina) yordamida qotiriladi [4].
Yaratilgan tez olinadigan qurilmaning o'ziga xosligi cho'michlarni o'rnatish va olib qo'yish ishlarini qo'l mehnatidan foydalanmasdan amalga oshirish rejalashtirilgandir, bu esa
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI ishchi organlarni almashtirish vaqtini ancha qisqarishiga olib keladi [8-17]. Bunday qurilma 4 (2, b-rasm) o'q 10 ga sharnir yordamida mahkamlanib, cho'mich 7 ning olti zvenodan iborat mexanizmi bilan birlashtirilgan. Dastak 1 sharnir yordamida shu o'qga mahkamlab qo'yilgan.
bunkerli yig'uvchi shyotka
buldozer otvali
Qor tozalagich
o'rmon materiallari uchun ushlagich
yumshatgich
o'rmon ishlari uchun grabllar
tebranma plita
transheyani zichlagich
yonboshga siljiydigan teskari cho'mich
ekskavator-yuklagich
grabllar
landshaft jihozlari qurilmasi
daraxtlarni o'tkazish uchun jihozlar
vibrokatoglar
asfaltni loyihalagich
Kosilka
freza
to'nkalarni ko'chirish
Burg'u kultivatsiyalar
1-rasm. Almashtiriladigan osma jihozlar
Mahkamlovchi qurilma yon devorlarida zaxvat 9 joylashgan bikir qutisimon rama 2, taxtacha (plastina)ni qulflovchi prujinogidravlik qulf 6 hamda plunjerga taqalib turuvchi likopchasimon prujinadan tashkil topadi. Cho'michning orqa devorini yuqori qismidagi cho'mich ishchi organi 7 yo'naltiruvchi plankali aylana kesimli to'sin 8 hamda qiya yonbag'irli orqa xari 5 larni ushlab turadi. Cho'mich 7 bilan dastak 1 tutashuvi cho'michning burish mexanizmi harakatlanishida sodir bo'ladi. Shu vaqtda zaxvat 9 ning halqumi quvur 8 ushlab oladi, zaxvat qurilmasining orqa qismi esa to'sin 5 ga taqalib, qulflovchi qurilma ishga tushadi. Shunda oddiy cho'michni yig'ish (montaj) va sochib tashlash (demontaj) ishlari 1 daqiqadan kam vaqt ichida bajariladi.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
a-ishchi organni tez almashtirish uchun qurilma; b-konstruktsiyaning tez almashuvchanlik tuzilmasi. 2-rasm. a va b. Ko'p maqsadga mo'ljallangan KM-1 mashinasining cho'mich ishchi organi.
Er va yuklash ishlarini mexanizatsiyalash uchun KM-1 mashinalardan foydalaniladi. KM-1 mashinalari grunt qazish hamda sochma va mayda parchalangan materiallarni yuklash uchun mo'ljallangan. Ular sig'imi 0.25 m3 li cho'mich bilan jihozlanadi [18].
KM-1 mashinasi ham yoz, ham qish faslida minus 20° dan plyus 40° haroratlarda ishlashi mumkin. Bu mashinalar o'ta harakatchan (manyovrli) bo'ladi. Kichik gabarit o'lchamlari esa tor joylarda ham ishlashga imkon beradi. KM-1 mashinaning buzilmasdan uzoq muddatlar davomida ishlashi va yuqori unumdorligiga quyidagi sharoitlarda erishish mumkin:
- texnik xizmat ko'rsatish ishlarini muntazam ravishda va puxtalik bilan amalga oshirish [19, 20]
- eskirgan detallarni o'z vaqtida almashtirish;
- rejaviy-ehtiyot ta'mirlov ishlarini o'z vaqtida bajarilishi;
- tegishli malakaga ega shaxslar mashinalarni boshqarishi.
3-rasm. TTZ-80.10 traktor asosidagi gruntni qazish va surish jihozlarining umumiy
ko'rinishi.
KM-1 mashinasi detallari va mexanizmlari majmui bir-biriga bog'liqligi asosida tuzilgan kinematik sxemasi. Bu sxema bo'yicha harakat kuch qurilmasidan yurish qurilmasi va ishchi jihozlariga qanday uzatilishini aniqlash mumkin (3-rasm).
Mashinaning ma'lum operatsiyalarni bajarish uchun mo'ljallangan ishchi jihozlari qazib olinadigan, qayta yuklanadigan yoki ko'chiriladigan materiallar va yuklar bilan bevosita ishlovchi ishchi organidan, shu organning belgilangan harakatlarini ta'minlovchi ijro mexanizmlaridan, hamda ishchi organdan yuklarni o'ziga qabul qiluvchi va asosiy mashinaning o'ziga uzatib beruvchi ko'taruvchi konstruksiyalardan tashkil topadi.
Cho'michni burish mexanizmida uzatuvchi gidrotsilindrlar yoki cho'michga bevosita ta'sir etishi, yoki tortqi va richaglar tizimi orqali uni harakatlantirishi mumkin.
Mashinaning samaradorligi ko'p jihatdan ishchi organining harakat traektoriyasiga
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 4-son, 2024
A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI
bog'liq. Ma'lumki, agar materialni kavlash va ko'tarib olish jarayonida cho'michning kesuvchi qirrasini faol uchastkada harakatlanish trayektoriyasi material zarrachalari siljishining eng kam qarshilik tekisliklari yo'nalishiga yaqin bo'lsa, bunday hollarda kavlash qarshiligi ancha kamayadi va cho'michni to'latilishi yaxshilanib boradi.
Shunday qilib, ishchi jihozlar oqilona tanlab olingan strukturaviy sxema, ayrim zvenolar o'lchamlari orasidagi to'g'ri belgilangan nisbatlari mashinaning asosiy texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari va uning yordamida bajariladigan ishlar sifatini belgilab beradi.
4-rasmda ishlab chiqilayotgan ekskavator ishchi organi ekskavatsion jarayoni harakat traektoriyasi ko'rsatilgan, ekskavator ishchi organi harakati yo'nalishlari strelkalar bilan belgilab qo'yilgan. Bundan tashqari, bu rasmda strela ko'tarilishi, strelaga nisbatan dastakni burish va cho'mich burilishini boshqaruvchi gidrosilindrlarning turli holatlarida ekskavatsion jihozlari kinematik sxemalari ko'rsatilgan. Bu mexanizmda strelani ko'tarish gidrosilindri flyuger ramasiga mahkamlab qo'yilgan, uning shtoki esa bevosita strelaga ulangan; dastakni burish gidrosilindri strelaga, shtok dastakka mahkamlab qo'yilgan; cho'mich burilishlarini unga tyaga va richaglar tizimi orqali ta'sir etuvchi dastakka biriktirilgan gidrosilindr boshqaradi [18, 19, 20].
4-rasm. KM-1 mashinasining qazish jarayonini kinematik sxemasi
Xulosalar. 1. Avtomobil yo'llarini saqlash va ta'mirlash inshootlarida ishlatiladigan, og'ir qo'l mehnatining o'rnini bosadigan chet el jihozlarilari bu ishlar uchun talabga javob bermaydi, shuningdek ularning narxi va katta valyuta talablarini hisobga olgan holda iqtisodiy jihatdan qimmatdir.
2. Mahalliy TTZ traktorlari bazasida tez ajratib olinadigan ishchi organlar shleyflari bilan va ko'p miqdordagi KM-1 mashinasini ishlab chiqish, material hamda energiya sarfi, shuningdek ko'rsatkichlari mehnat xarajatlarini qisqartiruvchi, O'zbekiston iste'mol bozorida raqobatdosh, jihoz resurslarini tejaydigan ko'p maqsadli mashinaning ishonchliligini ta'minlaydigan aniq nazariy va eksperimental tadqiqotlar asosida ishlab chiqish salmoqli jarayon bo'lib, o'ta muhim hisoblanadi.
3. Ko'p maqsadli mashina ishlashi davomida amalga oshirilgan jarayonlar o'rganildi. Turli konstruktsiyali qazish, burg'ulash, kran va surish jihozlarini tahlil qilishdan ma'lum bo'ldiki, KM-1 mashinasi osma jihozlar yordamida turli amallarni bajarishga qo'yilgan talablarning aksarini ta'minlaydi.
4. Hisoblardan ma'lum bo'ldiki, TTZ-80.10 traktorini qazish (teskari cho'michli), kran, burg'u va buldozer surish jihozlari bilan qo'shib ishlatish mumkin ekan.
5. Hisoblash natijalaridan ma'lum bo'ldiki, bazaviy mashina sifatida tortish kuchi 14000
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 4-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI N bo'lgan TTZ-80.10 traktorini qabul qilish mumkin.
ADABIYOTLAR
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 4 martdagi 4707-son "2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o'zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni ta'minlash chora-tadbirlari dasturi to'g'risida"gi farmoni. WWW.lex.uz.
2. Аскарходжаев Т.И., Рустамов К.Ж. Особенности гидропривода многоцелевой машины ММ-1. XII Московская международная межвузовская научно-техническая конференция студентов, аспирантов и молодых ученых. Москва, 3 апреля 2008.
3. Аскарходжаев Т.И., Рустамов К.Ж. Обоснование выбора рабочего оборудования и анализ рабочего процесса многоцелевой машины ММ-1. Автомобил-йул комплексида замонавий технологиялар, Республика илмий-амалий анжуман дастури, 2006й., с3.
4. Asqarxo'jaev T.E., Rustamov K.J., Raimqulov A. Ko'p funktsiyali mashinaning gidrotizimini oddiy mashina gidrotizimidan afzalligi. Jurnal "TAYIXabamomasi", 2012yil №1-.
5. Рустамов К.Ж. Особенности гидросистемы многоцелевой машины ММ-1. // Ер усти траспорт тизимлари муаммоларига багишланган илмий-техник конференция 17-19 май 2007 й. Б.37-41.
6. Алексеев В. С., Гаманюк Д. Н., Гордиенко М. Д., Жагрин С. Г., Зотов В. В., Иванова Т. В., Кагис Н. Я., Карлыганова Н. В., Лиманский С. Н., Липатова Г. А., Матвеенко Г. В., Матлахова М. С., Микульская Д. Г., Палагин Е. В., Рахно М. О., Сергеев А. В., Тихонова Е. О., Федотов А. А., Шнайдер Д. Д. Большая энциклопедия техники. Литагент «Научная книга». 2520 стр. https://www.libfox.ru/532605-kollektiv-avtorov-bolshaya-entsiklopediya-tehniki.html
7. Rustamov K.J. Yo'l qurilish mashinalarida gidroyuritmaning ahamiyati. "Innovatsion g'oya, texnologiya va loyihalarni ishlab chiqarishga tadbiq etish muammolari" mavzuidagi IV Respublika ilmiy-texnik konferentsiyasi., 2012 y. aprel. Jizzax politextika instituti., s3.
8. Баловнев В.И., Хмара Л.А. Интенсификация земляных работ в дорожном строительстве. М.: Транспорт, -1983. 3-9 с.
9. Крутиков И.П. Экскаваторы. М.: Машиностроение, -1984. -392 с.
10. Проспект гидравлического экскаватора ЭО-2621ВЗ. Михновский ремонтно-механический завод. -2000.
11. Проспект гидравлического экскаватора ЭО-2625. Экскаваторный завод «Ударник», Минск. -1986.
12. Проспект гидравлического экскаватора ЭО-2626.ОАО «САРЭКС».Саранск
13. Проспект машины ОЭН-1. Великолукский завод «Лесхозмаш». -1990.
14. Проспект машины ПК-301. ОАО «Муроммашзавод». Муромск. - 1998.
15. Проспект неполноповоротного экскаватора ЭО-2621 МСТ.
16. Проспект экскаватора ЭО-2101. Боровский экскаваторный завод. -1988.
17. Экскаватор одноковшовый с ковшом 0,25 м3 на тракторе «Беларусь» ЮМЗ-6АЛ/6АМ гидравлический ЭО-2621А. Техническое описание и инструкция по эксплуатации ТО. Саранский экскаваторный завод. Саранск. -1978. -94 с.
18. Rustamov K.J. (2020). Technical solutions and experiment to create a multipurpose machine. International Journal of Scientific and Technology Research, 9(3), 2007-2013.
19. Rustamov K.J. TTZ-100-10K traktori asosidagi EO-2621 ekskavatorining strelaga ta'sir etuvchi kuchlarni aniqlash. Jurnal "TAYI Xabarnomasi", 2012 yil №1-2, s5.
20. Rustamov K.J. TTZ-80.10VK traktori bazasidagi EO-2621 ekskavatorining teskari kurak uskunasi elementlarini hisoblash. Jurnal "TAYI Xabarnomasi", 2010 yil №1, s7.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024