TEXNOLOGIYA
TOR JOYLARDA GRUNTLAR YORDAMIDA QAYTA KO'MISH JARAYONLARIDA ISHLATILADIGAN MASHINALAR TAHLILI
Xankelov T.K.
Toshkent davlat transport universiteti, professor, E-mail: [email protected]
Norqo'ziyev A.B.
Toshkent davlat transport universiteti, doktorant, E-mail: [email protected]
Annoatsiya. Maqolada ish hajmi katta bo'lmagan tor joylarda gruntlar yordamida qayta ko'mish jarayonlarida qo'llaniladigan mashinalar tahlili, turli xil mashinalarning imkoniyatlari va cheklovlari haqida ma'lumotlar keltirib o'tilgan. Ish turlari va hajmlaridan kelib chiqqan holda ekskavator ishchi jihoziga almashinuvchi segmentli ishchi jihoz konstruksiyasi taklif qilingan.
Аннотация. B статье дан анализ конструкций, их виды, а также требования предявляемые к таким машинам используемых в процессах уплотнения грунтами обратной засыпки в труднодоступных местах и малых объемах работ.Исходя из видов и объемов работ, для рабочего оборудования экскаватора предлагается конструкция рабочего оборудования со сменными сегментами.
Annotation. the article, the analysis of the machines used in the processes of reburial with the help of soil in narrow places without a floor, information about the capabilities and limitations of various machines is given.Based on the types and volumes of work, the construction of the working equipment with interchangeable segments is proposed for the working equipment of the excavator.
Kalit so'zlar: gruntlar, gruntlarni zichlash, vibroplita, tebranish plitasi, katoklar, ekskovatorga alamshinuvchi ishchi jihozi.
Ключевые слова: грунт, уплотнение грунта, виброплита, виброплита, каток, сменный рабочий орган к экскаватору.
Key words: soil, soil compaction, vibrating plate, vibration plate, rollers, working equipment for excavator, compaction machines.
KIRISH
Qurilishda bajariladigan grunt ishlarining salmoqli ulushi qayta ko'mish gruntlariga to'g'ri keladi. Katta hajmdagi ishlar ishlar fundament chetlarini zichlashda, quvurlarni joylashtirish uchun qazilgan handaklarni ko'mishda va turli xil muhandislik kommunikatsiyalarini barpo etishda katta hajmdagi gruntlarni ko'mishga to'g'ri keladi.
Ko'p holatlarda bunday ishlar tor joylarda amalga oshiriladi, shuning uchun ish unumdorligi past bo'lgan qo'lda ishlaydigan mashinalardan foydalaniladi [1,2].
Gruntlarni zichlash jarayonlarida muhit xossalari doimiy ravishda o'zgarib turadi, bu esa o'z navbatida osma zichlovchi qurilma ish jarayoni optimal rejimlari va qo'llanilish joyi va sharoitlariga qarab jihoz turini tanlashni talab etadi. Zichlashning oltin qoidasi, bu- bosqichma-bosqich ta'sirlashish yuzasidagi bosim qiymatini oshirib boorish, bunda bosim qiymati grunt mustahkamlik chegarasi qiymatidan oshmasligi zarur. Aks holda, gruntning yuqori qatlamida eltish pizmasi, zichlash chuqurligi notekis zichlanish va to'lqinsimon yuzalar paydo bo'lishi mumkin. Bu esa qo'shimcha vaqt va sarf-harajatlarni talab qiladi.
Tor joylarda ekskavator osma ishchi jihozi yordamida gruntlarni zichlash jarayoni kam o'rganilgan bo'lib; ishchi jihoz konstruktiv va kinematic parametrlarini tanlash masalasi nazariy jihatdan asoslanmagan. Tor va ish hajmlari uncha kata bo'lmagan joylarda gruntlarni almashinuvchi osma jihoz yordamida zichlash jarayonlarini optimizatsiya qilish dolzarb masala hisoblanadi.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
Qurilishda olib boriladigan yer qazish ishlarining katta qismi gruntlarni qayta ko'mish joylarida gruntlarni zichlash bilan bog'liq. Quvurlar, kollektorlar va har xil turdagi kommunikatsiyalar uchun xandaqlarni to'ldirishda poydevor bo'shliqlarida katta hajmdagi grunt zichlanishi kerak (1-rasm). Ko'pincha bu ish tor, borish qiyin bo'lgan joylarda amalga oshiriladi, shuning uchun ko'p hollarda past unumdorlikka ega qo'lda zichlash mashinalari qo'llaniladi.
1-Rasm. Muhandislik kommunikatsiyalarini o'tkazish jarayonidan lavha
Ma'lumki, hajm birligi ichidagi gruntning tarkibida uni asosiy qismini tashkil qiluvchi gruntning modda minerallari, suv va havo mavjud. Strukturasi buzilgan va buzilmagan gruntlarni zichlash uchun uning tarkibidagi havo va suvni hajmini qisqartirish zarur. Buning uchun, grunt zarralarining o'zaro qarshiligini, uning namligidan foydalanib, unga qo'yilgan bosim kuchi orqali kamaytirish kerak. Odatda qazib chiqarilgan va yumshatilgan gruntlarning zichligi 1,1...1,3 t/m oraliqda bo'ladi. Bunday gruntlarda yoki ularni tashib keltirib, ulardan qurilgan gidrotexnik inshootlar va ularning poydevori bo'lgan gruntning zichligi 1,45...1,85 t/m3 oraliqda bo'lishi kerak. Gruntlarni bu darajada zichlash uchun unga kerakli bosim kuchi q o'yilishi kerak. Bunday kuchlarni hosil qilishda mashina va mexanizmlardan foydalaniladi. Gruntlarni zichlash uchun maxsus ish jihozlari yaratilgan bo'lib, ular mashinalarga osma, tirkama va o'zi yurar qilib o'rnatiladi va bu mashinalarni gruntni zichlovchi mashinalar deb yuritiladi. Qayta ko'mish gruntlari ulushining ish turlari bo'yicha taqsimlanishi 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Qayta ko'mish gruntlarini ish turlari boyicha taqsimlanishi
Ish turlari %
Aloqa xandaqlarida gruntlarni zichlash 29
To'kilgan va qazilgan inshootlarning qirg'oqlari va yuzalarini zichlash 31
Yo'l yonbag'irlari va ko'prik tayanchlarini zichlash 40
Tor sharoitlar uchun barcha grunt zichlagichlari ichida o'ziyurar vibratsiyali roliklar va o'ziyurar tebranish plitalari eng yuqori unumdor mashinalar va mashinani almashtirish xarajatlari bo'yicha eng arzon hisoblanadi. Ba'zi hollarda, masalan, tor xandaqlarda va murakkab chuqurliklarga ega bo'lgan joylarda grunt siqilganda, tebranish roliklari va tebranish plitalaridan foydalanish deyarli imkonsiz bo'lganda, siqishni asosan qo'ldaYuqorida keltirilgan ishlar katta
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
hajmlarda amalga oshirilganda foydalaniladigan mashinalar kompletlarini tanlash va mashinalar samaradorligini oshirish bo 'yicha ko 'pla ishlar qilingan [3,4]. Ammo, tor va ish hajmi katta bo'lmagan joylarda qayta ko'mish gruntlarini zichlash ishlari asosan qo'lda amalga oshiriladi. Tor va ish hajmi katta bo 'lmagan joylarda gruntlarni qo'l mashinalari yordamida zichlash jarayonlari 2-rasmda keltirilgan.
a) b)
2-rasm.Gruntlarni zichlovchi qo'l mashinalari : a) - poydevor va ushlab turuvchi devorlarni zichlash uchun o'z-o'zidan harakatlanuvchi tebranish plitasi; b) - xandaklarni zichlovchi vibratsiyon plita; c) xandaqdagi o'ziyurar vibratsion plita; d) - masofadan
boshqariladigan valetsli mini katok
2-rasmda keltirilgan qo'l yordamida zichlash mashinalarini turli muhandislik kommunikatsiyalarni qurish jarayonida, yu-joy va sanoat binolarini qurishda ishlatish jarayonida alohida zichlash mashinasi operator jalb qilinadi, bu esa ish tannarhini oshishiga olib keladi.
Tor va ish hajmi uncha katta bo'lmagan joylarda gruntlarni qazish ishlarini odatda ekskavatorlar yordamida amalga oshiriladi. Qazilb olingan gruntlarni qayta ko'mishda ish turidan kelib chiqqan holda agar mavjud bo'lsa ekskavator osma jihozidan foydalanish maqsadga muvofiq. Agarda ma'lum ish turi uchun almashinuvchi ishchi jihoz mavjud bo'lmasa
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
uni yaratish zarur.
ASOSIY QISM
Ekskavatorlar o'ziyurar yer qazish mashinalari bo'lib, ular gruntni qazish va uni bir joydan ikkinchi joyga surish va yuklash uchun xizmat qiladi. Ular ish jihozi ma'lum sig'imga ega bo'lgan cho'michdan iborat sikl bo'yicha ishlaydigan bir kovshli ekskavatorlarga va ko'p cho'michli, kurakli va frezali (cho'michsiz) ish jihoziga ega bo'lgan uzluksiz ishlaydigan ekskavatorlarga bo'linadi. Bir cho'michli ekskavatorlar ishni alohida, ko'p m arta takrorlanadigan sikllar bilan bajaradi, buning natijasida yernii qazish va uni siljitish jarayoni alohida va ketma-ket bajariladi. Ish jarayonida m ashina vaqti-vaqti bilan navbatdagi grunt hajmini ishlash uchun joyidan jilib turadi. Uzluksiz ishlaydigan ekskavatorlar esa gruntni qazish va uni siljitish jarayonini bir vaqtning o'zida va uzluksiz bajaradi.
Bunday ekskavator larning ish unumi bir cho'michlilarnikiga nisbatan yuqori, chunki ular grunt va ish jihozlarini jildirish uchun ish vaqtining 2/3 qismini sarf qiladi. Bir cho'michli ekskavatorlar vazifasiga ko'ra qurilishda yer qazish va yuklash-tushirish ishlari uchun mo'ljallangan universal qurilish ekskavatorlariga, qurilish materiallari, ruda va ko'mir qazib olish, ochik usulda foydali qazilmalarni qazib olish,yuklash uchun mo'ljallangan kon ekskavatoriga bo'linadi.Uzluksiz ishlaydigan ekskavatorlar esa vazifasiga ko'ra bo'ylamasiga truboprovod va turli xil kommunikatsiyalar uchun xandaklar qaziydigan (xandak ekskavatorlari), kanallar va suv yo'llari qaziydigan (kanal kovlagichlar) hamda kon tekislash va meliaratsiyaish lari uchun mo'ljallangan ko'ndalangiga kovlaydigan mashinalarga va radial kovlaydigan mashinalar -katta hajmdagi ochish va kon ishlari uchun mo'ljallangan turlarga bo'linadi. Shahar, sanoat va gidroinshootlar qurilishida ko'proq bir cho'm ichli universal qurilish va xandak ekskavatorlari qo'llaniladi. 3-rasmda ekskavatorga almashinuvchi ishchi jihozlar ko'rsatilgan.
3-rasm. Almashinuvchi ekskavator ishchi jihozlari.
O'zgaruvchan ishchi organlar sifatida oddiy grunt ishlarini bajarishda gidravlik ekskavatorlardan foydalanib kelinadi. 3-rasmning 1,2,3 va 4 pozitsiyalarida turli xil yer qazish ishlarni bajarishga moslashgan kovshlar keltirilgan. 5-sochiluvchan yuklarni qamrash uchun mo'ljallangan greyfer osma jihozi; 6- shibbalovchi bolg'a; 7-yuklagich kovshi; 8-zichlagich; 9- kirka (o'ygich); 10- ko'p maqsadli bolg'a; 11-qisqich; 12.-vibratsiyon plita; 13-jag'li tosh maydalagich; 14-kichik yo'l frezasi
Hozirgi kunga kelib ish unumdorligini oshirish va ish vaqtini qisqartirish uchun ekskavatorlardan tor sharoitlarda tuproqni siqish uchun ekskavator uchun tebranish plitasi
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
o'zgartiriladigan uskunalar bilan foydalanish taklif qilinmoqda (4-rasm)
4-rasm. Ekskovatorlar uchun gruntni zichlash uchun o'zgartiriladigan tebranish plitasi
ishchi jixozi
Ekskovatoir uchun gruntni zichlovchi tebranish plitali almashinuvchi ishchi jixozi ish unumdorligini va ish vaqtini qisqartiradi lekin ushbu ishchi jihozning kamchiligi tannarxining juda yuqoriligi va bundan tashqari ushbu qo'shimcha jihozning murakkab konstruksiyadan tashkil topganligidir.5-rasmda ekskavatorga silindr shaklidagi almashinuvchi ishchi jihoz keltirilgan
5-rasm. Silindr shaklidagi dinamik zichlovchi ishchi jihoz ekskavator kovushi o'rniga
o'rnatilgan.
Ushbu ishchi jihoz afzalligi tor joylarda va ish hajmi uncha katta bo'lmagan obyektlarda ikkita mashina o'rniga bitta mashinadan foydalanish imkonini beradi, bu esa o'z navbatida sarf-harajatlarni kaskin kamaytirish imkonini beradi.
Ammo, olib borilgan birlamchi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki silindrik almashinuvchi ishchi jihozga qaraganda segment shaklidagi ishchi jihoz ancha samaraliroqdir[5,6].
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, tor sharoitda va katta bo'lmagan ish hajmlarida ekskavator qo'shimcha almashtiriladigan ishchi jihoz yordamida gruntni zichlash ish jarayoni kam o'rganilgan; ratsional konstruksiya va kinematik parametrlarni tanlash masalalari nazariy asosga ega emas. Shunday qilib,tor joylarda gruntlarni qayta ko'mish jarayonlarida zichlash
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
ishlari hajmidan kelib chiqib hozirgi kundagi zichlovchi mashinlarning ishlash unumdorligi va mehnat hajmi yetali darajada samarali emas. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar tahlilida shuni ko'rsatadiki bir cho'michli ekskavatorga segment ko'rinishidagi almashinuvchi ishchi jihoz asosiy paramtrlarini asoslash va taajriba namunasini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu turdagi ishlarni mexanizatsiyalashga qodir bo'lgan yangi uskunalarni arzonroq texnika va texnologiyalar va boshqa moddiy resurslar bilan ta'minlashi zarur.
ADABIYOTLAR
1. Babaskin Ю.Г. Технология дорожного строительства: Учебное пособие -Минск.: БНТУ, 2003.-345с.
2. Ушаков В.В. Ольховский.В.М. Строительство автомобильных дорог: М: 2013.376 c.
3. Komilov S.I.. Geosintetik materiallar bilan kuchaytirilgan yo'l poyi ko'tarmalarining ustuvorligi monografiya- T.: TDTrU, 2022. - 87-90 b.
4.Tavbay Khankelov, Tulkun Askarkhodzaev, Norqul Aslanov. (2023).Modeling of segmental excavator working tool for soil compaction.E3S Web of Conferences 401(826),1-11, doi: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202340102052
5. Xaнкелов Т.К.,Мирхоли;ов С.М., Асланов Н.Р. Бир чумичли экскаватор сегментли ишчи жих,ози иш жараёнини физик моделлаштириш учун ухшашлик мезонларини ишлаб чикиш.Механика ва технология. Илмий журнал.2022.-№4, 7-11 бетлар.
P.A. Fonaryova. Geotexnicheskiye svoystva gruntov: uchebno-metodicheskoye posobiye - M.: MADI, 2017. - 56 s.
6. Rustamov K.J., Komilov S.I. Yer qazish va yo'l qurilish mashinalari konstruksiyasi. 2-modul. Hisoblash va loyihalash. o'quv qo'llanma. Toshkent. Complex print nashriyoti 2022 y.-237 b.
7. Sultanov T.Z., Vafoyev S.T., Vafoyeva O.S. Gruntlarni zichlashning nazariy asoslari. «Irrigasiya va meliorasiya» jurnali № 2(16), 2019 g, 38 -42 b.
8. N.Ya. Xarxuta, M.I. Kapustin, V.P. Semenov, I.M. Eventov. — Oliy maktablar uchun darslik.. —Izd. 2-e, dop. i pererabot. — L.: «Mashinostroyeniye» (Leningr. otd-niye), 1976. — 472 s.
9. https ://www.autostat.ru/news/41081/
10. www.stat.uz -Davlat statistika qо'mitasi rasmiy veb sayti.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son