Научная статья на тему 'AVTOMOBIL YO‘LLARI YO‘L POYI KO‘TARMASINI BARPO ETISHNING TEXNOLOGIK JARAYONLARI, BOSQICHLARI VA MEZONLARI'

AVTOMOBIL YO‘LLARI YO‘L POYI KO‘TARMASINI BARPO ETISHNING TEXNOLOGIK JARAYONLARI, BOSQICHLARI VA MEZONLARI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
301
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yo‗l poyi / buldozer / avtogreyderdan foydalanish / zichlashtirish mashinalari / muqobil namlik / zichlashtirish koeffitsiyenti / mashinalar komplekti. / земляное полотно / бульдозер / эксплуатация автогрейдеров / уплотняющие машины / оптимальный влажность / коэффициент уплотнения / комплект машин.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Xankelov Tavbay Qarshiyevich, Xudaykulov Rashidbek Mansurjonovich, Komilov Samandar Iskandarovich

Maqolada avtomobil yo‗llari yo‗l poyini barpo etishda ishlatiladigan mashinalar, ular tomonidan bajariladigan texnologik jarayonlar ketma ketligi, qurilish ishlariga bo‗lgan talablar va mezon ko‗rsatkichlari keltirib o‗tilgan. Jumladan, har bir mashina to‗g‗risida qisqacha ma‘lumot, asosiy bajaradigan ish turlari, ish tsikli, shuningdek avtomobil yo‗llari yo‗l tuzilma elementlarini barpo etishdagi harakatlanish sxemalari keltirilgan. Shu bilan birga barpo etilayotgan avtomobil yo‗l tuzilma obyektlari tarkibiy elementlar sifatini ta‘minlashga hissa qo‗shuvchi mutaxassislar faoliyati, ular tomonidan qat‘iy nazoratga olinishi lozim bo‗lgan ko‗rsatkichlar va talablar izohlab berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Technological processes, stages and criteria for the construction of the subgrade of the embankment of automobile roads

В статье приведены машины, используемые при строительстве земляного полотна, последовательность выполняемых ими технологических процессов, требования при проведения строительных работ. В частности, представлены краткие сведения о каждой машине, основных видах выполняемых ею работ, рабочем цикле, а также схемах движения при строительстве элементов дорожной конструкции автомобильных дорог. При этом поясняется деятельность специалистов, способствующих обеспечению качества конструктивных элементов строящейся дорожной инфраструктуры, показатели и требования, которые должны ими строго контролироваться

Текст научной работы на тему «AVTOMOBIL YO‘LLARI YO‘L POYI KO‘TARMASINI BARPO ETISHNING TEXNOLOGIK JARAYONLARI, BOSQICHLARI VA MEZONLARI»

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI UDK 625.084. UDK 625.76.031

AVTOMOBIL YO'LLARI YO'L POYI KO'TARMASINI BARPO ETISHNING TEXNOLOGIK JARAYONLARI, BOSQICHLARI VA MEZONLARI

Xankelov Tavbay Qarshiyevich Toshkent davlat transport universiteti, t.f.d. (DSc), professor v.b. [email protected].

Xudaykulov Rashidbek Mansurjonovich Toshkent davlat transport universiteti, (PhD), professor, Rashidbek 19 [email protected].

Komilov Samandar Iskandarovich Toshkent davlat transport universiteti, (PhD), dotsent, skomilov [email protected]

Annotatsiya. Maqolada avtomobil yo'llari yo'l poyini barpo etishda ishlatiladigan mashinalar, ular tomonidan bajariladigan texnologik jarayonlar ketma ketligi, qurilish ishlariga bo'lgan talablar va mezon ko'rsatkichlari keltirib o'tilgan. Jumladan, har bir mashina to'g'risida qisqacha ma'lumot, asosiy bajaradigan ish turlari, ish tsikli, shuningdek avtomobil yo'llari yo'l tuzilma elementlarini barpo etishdagi harakatlanish sxemalari keltirilgan. Shu bilan birga barpo etilayotgan avtomobil yo'l tuzilma obyektlari tarkibiy elementlar sifatini ta'minlashga hissa qo'shuvchi mutaxassislar faoliyati, ular tomonidan qat'iy nazoratga olinishi lozim bo'lgan ko'rsatkichlar va talablar izohlab berilgan.

Аннотация. В статье приведены машины, используемые при строительстве земляного полотна, последовательность выполняемых ими технологических процессов, требования при проведения строительных работ. В частности, представлены краткие сведения о каждой машине, основных видах выполняемых ею работ, рабочем цикле, а также схемах движения при строительстве элементов дорожной конструкции автомобильных дорог. При этом поясняется деятельность специалистов, способствующих обеспечению качества конструктивных элементов строящейся дорожной инфраструктуры, показатели и требования, которые должны ими строго контролироваться

Abstract. In the article, the machines used in the construction of road pavements, the sequence of technological processes performed by them, the requirements and criteria for construction work are mentioned. In particular, brief information about each machine, the main types of work it performs, the work cycle, as well as the movement schemes for the construction of road structure elements of highways are presented. At the same time, the activities of specialists who contribute to the quality assurance of the structural elements of the under construction road infrastructure, the indicators and requirements that must be strictly controlled by them are explained.

Kalit so'zlar: yo'l poyi, buldozer, avtogreyderdan foydalanish, zichlashtirish mashinalari, muqobil namlik, zichlashtirish koeffitsiyenti, mashinalar komplekti.

Ключевые слова: земляное полотно, бульдозер, эксплуатация автогрейдеров, уплотняющие машины, оптимальный влажность, коэффициент уплотнения, комплект машин.

Key words:roadbed, bulldozer, motor grader operation, compaction machines, optimum moisture content, compaction coefficient, set of machines.

KIRISH

Barchaga ma'lumki, keyingi yillarda mamlakatimiz dunyoning ko'plab davlatlari bilan

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI iqtisodiy munosabatlarni o'rnatdi. Bu o'zaro hamkorlik aloqalari, bevosita tovar mahsulotlarini ayirboshlash, savdo, logistika va iqtisodiy integratsiyaning turli munosabatlarida o'z aksini topmoqda. O'z navbatida ishlab chiqarilgan tovar mahsulotlarni sifatli tarzda, o'z vaqtida yetkazish hozirda mavjud bo'lgan avtomobil yo'llarining sifat ko'rsatkichlariga bevosita bog'liq bo'ladi. Shu jihatdan avtomobil yo'llarini zamonaviy dasturlarda loyihalash, innovatsion texnologiyalarni qo'llagan holda qurish, va ulardan foydalanishga bo'lgan talab yildan yilga ortib bormoqda. Mazkur sohada muammolarni o'z vaqtida bartaraf etish va istiqbolda amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirish maqsadida hukumatimiz tomonidan bir necha farmon va qarorlar chiqarilmoqda [1, 2, 3]. Pirovard maqsad, avtomobil yo'llarini xizmat muddatini oshirish, yo'l tuzilma qatlamlari sifatini yaxshilash va yo'llarda qulay, xavfsiz harakatlanish tizimini tashkil etishdan iboratdir.

ASOSIY QISM

Transport kommunikatsiya qurilishida sun'iy inshootlarni qurish muhim ahamiyatga ega. Bu esa o'z navbatida obyektlarning muhimlik darajasi va ishlatilish xususiyatlari bilan bog'liq. Umuman olganda gruntli inshootlar turli ko'rinishdabarpo etiladi (1-rasm) [4].

1-bino (inshoot); 2-qayta ko'mish; a-ochiq kotlovan, ko'ndalang profil; b-yopiq kotlovan, ko'ndalang profil; v-transheya, ko'ndalang profil; g-rejali ko'tarma; d-avtomobil yo'lining yo'l

poyi; ye-er osti grunt ishlari, kesim.

1-rasm. Gruntli inshootlar ko'rinishi:

Keltirilgan sun'iy inshootlarni qurishda yer qazish, tashish, yo'l qurilish mashinalari va maxsus texnikalardan foydalaniladi. Xususan, avtomobil yo'llari yo'l poyini barpo etishda amalga oshiriladigan tashkiliy-texnik ishlar bir necha bosqichlardan iborat. Qo'yilgan masala mohiyatidan kelib chiqqan holda yo'l poyi tuzilma gruntlarini bosqichma-bosqich qurish ishlarini bajarishda ishlatiladigan texnologik mashinalarning ish jarayoni to'g'risida to'xtalib o'tamiz. Mazkur qurilish jarayonida ishlatiladigan mashinalar quyidagilardan iborat:

- ko'tarma uchun ishlatiladigan gruntni yuklashda ishlatiladigan bir cho'michli ekskavatorlar;

- yo'l poyi uchun gruntlarni tashib keltirish va yetkazishdagi yuk tashuvchi mashinalar (avtomobil samosvallar);

- keltirilgan gruntni surish va qisman tekislash ishlarini amalga oshiruvchi (otvali buriladigan va burilmaydigan) buldozerlardan foydalaniladi;

- gruntlarni tekislash, profilirovka shuningdek planirovka qilish va ishchi belgilarni qurishda asosan otvallari buriluvchi avtogreyderlar qo'llaniladi;

- yo'l tuzilma tarkibidagi yo'l poyi gruntlarini qatlam-qatlam bo'yicha zichlashtirishga mo'ljallangan katoklar ishlatiladi;

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI Yo'l poyini qurishda ishlatiladigan yer qazish, tashish va zichlashtirish mashinalari bajaradigan ishlarning ketma ketligini ko'rib chiqamiz.

Yo'lpoyi uchun gruntlarni qazish va mashinalarga yuklashdagi ekskavatorlar.

Ekskavator - o'ziyurar yer qazish mashinasi bo'lib, ishchi organi yordamida massivdan gruntni ajratib oladi, ko'chiradi va transport vositasiga yuklaydi. Sanoat va fuqaro qurilishida cho'mich sig'imi 0,15....2 m3 ba'zan 4 m gacha bo'lgan ekskavatorlar ishlatiladi [5, 6,

7]. Ularda almashinuvchi jihozlar bo'lib,to'g'ri va teskari kurak, draglayn va greyfer ko'rinishida bo'ladi. O'yma, kotlovanlar va transheyalarga ishlov berishda bir cho'michli ekskavatorlarni asosiy ko'rsatkichlari quyidagilardan iborat: qazishning maksimal chuqurligi - N; qazish balandligi + N; ekskavator devori sathiga nisbatan qazishning eng kichik va katta radiusi Rmax va Rmin; yuklash radiusi - Ryu; yuklash balandligi - Hyu. Bir cho'michli ekskavatorning ish tsikli cho'michni to'ldirish, yuklash joyiga ko'chirish, otval yoki transport vositasiga bo'shatish va dastlabki holatga qaytishdan iborat (2-rasm).

a) 6)

a-yon tomonlama; b-yuzma yuz; 1-yuklash joyini ko'rsatuvchi veshka-ko'rsatkich; R -kesish radiusi; Rst-to'xtab turish sathidagi kesish radiusi; V -ekskavator aylanish o'qidan yon qiyalikning yuqori nuqtasigacha bo'lgan masofa; b -ekskavator aylanish o'qidan yon qiyalikning pastki nuqtasigacha bo'lgan masofa; bi- tushirishning eng kichik radiusi; N3-xandaq balandligi.

2-rasm. Gruntni avtomobil-samosvalga yuklashdagi xandaq sxemasi:

Avtomobil yo'llari yo'l poyini qurish uchun mo'ljallangan gruntlarni tashishda avtomobil-samosvallardan foydalanish.

Barpo etilayotgan hududdagi gruntlar (supes, suglinok, glina) me'yoriy hujjatlarda keltirilgan talabga javob bermagan hollarda avtomobil yo'l tuzilmasidagi yo'l poyini qurish talablariga mos keluvchi gruntlar yuk avtomobillarida tashib keltiriladi [8]. Tashib keltiriladigan gruntlarga qo'yilgan talab mezonlari quyidagilardan iborat: - granulometrik tarkibi; - gruntning fizik xossalari; - mexanik xususiyatlari; - mustahkamlik ko'rsatkichlari; - sho'rlanish darajasi (tuz miqdori) va hokazo.

Qurilish materiallari uchun mo'ljallangan mashina turlarini tanlash va ulardan foydalanish, smeta hujjatlarida keltirilgan bo'lib, asosan mashinalarning texnik iqtisodiy ko'rsatkichlar samaradorligi asosida olib boriladi.

Joy relyefi, yo'l poyi tuzilmasi, asosning yuk ko'tarish qobiliyati kabi ko'plab omillarga ko'ra yo'l poyi ko'tarmasini barpo etish uchta usulda amalga oshiriladi: a-qatlam - qatlam ko'rinishida to'kish; b - bosh qismidan to'kish; v - kombinatsiyalashgan usulda (3-rasm).

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALAR!

H

a-qatlamli; b-bosh qismidan; v-kombinatsiyalashgan usul. 3-rasm. Ko'tarmalarni to'kish sxemasi:

Yo'l poyi gruntlarini qatlam ko'rinishida barpo etishda asosan aylanma va boshi berk sxemadan foydalaniladi. Aylanma sxema balandligi 5 metrdan yuqori bo'lgan ko'tarmalarda, shuningdek yo'l poyidan tashqari avtosamosvallarni harakatlanishiga qiyinchilik tug'dirmagan hollarda va shuningdek grunt tashish uchun mo'ljallangan ishlarga sezilarli harajatlar talab qilinmaydigan sharoitlarda bu sxemadan foydalaniladi. Bunday hollarda yuklangan avtosamosvallar to'kilgan qatlam bo'yicha harakatlanadi, teskari yurishda esa ko'tarmadan tashqari harakatlanadi. Ko'tarma kengligi bo'yicha ikki polosaga bo'linadi. Bitta polosa harakat uchun, boshqasi esa ko'tarmani balandlik bo'ylab oshirish bo'yicha ishlatiladi. Ishchi polosa ikkita qamrab olishda uzunligi bo'yicha bo'linadi. Birinchisida gruntni bo'shatib, buldozer yordamida tekislanadi, boshqasida esa - gruntni zichlashtirish amalga oshiriladi (4-rasm).

I-ko'tarma qatlamini to'kish zonasi; II-yuklangan avtosamosvallarni harakatlanish zonasi; 1-yuklangan avtosamosvallarni harakatlanish yo'nalishi; 2-avtosamosvalni bo'shatishga yo'naltirish; 3-bo'sh avtosamasvallarni handaqqa yo'naltirish; 4-gruntni buldozer bilan tekislash; 5-gruntni grunt zichlovchi mashinalar bilan zichlashtirish 4-rasm. Avtosamosvalni aylanma harakatlanib ko'tarma gruntini to'kish sxemasi:

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 3-son, 2024

A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI

To'kishning boshi berk sxema bo'yicha ko'tarmada mashinani qayrilib olishi, ko'tarmadan tashqarida qiyinchilik tug'dirsa va ko'tarma sezilarli baland bo'lganda, shu bilan birga kirish jihozlari ko'prikka tutash joylarida qo'llaniladi (5-rasm). Ko'tarma kengligi 11-12 metrdan kam bo'lmasligi kerak.

1-avtosamasvallar; 2-buldozer bilan uyumni tekislash; 3-gruntni grunt zichlovchi mashinalar bilan zichlashtirish; 4 va 5-yuklangan va bo'sh avtosmasvallarni harakati yo'nalishi.

5-rasm. Yo'l poyi ko'tarmasida avtosamosvallarni qayrilib qatlamlarni to'kish sxemasi:

Ko'tarmani boshidan to'kish usuli jarlar orqali tik qiyaliklarda yoki botqoqliklar bilan kesishishda yo'l poyini barpo etishda qo'llaniladi. (6-rasm). Bu usulda boshidan boshlab ko'tarma loyiha belgisigacha yotqiziladi, asta sekinlik bilan oshirib boriladi qachonki, botqoqlik yoki jarni to'liq kesib o'tmaguncha davom ettiriladi. Bu usulni kamchiligi shundan iboratki ko'tarmani butun qismi bo'yicha gruntlarni zichlashtirish murakkabligi hisoblanadi.

Kombinatsiyalashgan usulda mavud usullardagi kamchiliklarni kamaytirish maqsadida o'zidan ko'tarmani boshidan va qatlam ko'rinishida amalga oshiriladi.

Buldozerlar yordamida grunt ishlarni tashkil etish.

Avtosamasvallarda tashib keltirilgan gruntlar buldozerlar yordamida suriladi va ma'lum masofagacha tekislanadi. Buldozerni asosiy bajaradigan sikl operatsiyalaridan biri kesish hisoblanadi, bu jarayon shunday amalga oshiriladiki, juda kam vaqt mobaynida otval oldida ko'p hajmdagi grunt to'planishi lozim. Buldozerlar yordamida gruntlarni kesish quyidagi sxemada keltirilgan (7-rasm).

Buldozer yetakchi mashina sifatida yon zahira rezerv gruntlardan balandligi 1,5-2 m bo'lgan ko'tarmalarni barpo etishda, chuqurligi 1 m bo'lgan o'ymalarga ishlov berishda, qo'shni ko'tarmalarga gruntlarni ko'chirgan holda o'ymalarga ishlov berish ishlarida ishlatiladi. Gruntni ratsional ko'chirish masofasi - 100 m, gruntni ko'chirish optimalb uzoqligi - 150 metrni tashkil etadi. Buldozerni asosiy ishchi tsikli 4 ta elementdan iborat bo'lib, gruntni yig'ish, gruntni transportirovka qilish, gruntni bo'shatish va teskari yurish kabi texnologik jarayonlardan iborat

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024

6-rasm. Ko'tarmani boshidan to'kish

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

[9, 10].

Ish sharoitlariga bog'liq holda gruntlarni ko'chirish ishlari ikki sxema asosida amalga oshiriladi:

1. Ilgarilanma-qaytma (bir tomonlmama yon zahira gruntlaridan ko'tarmani barpo etish).

2. Elliptik (qo'shni ko'tarmalarga gruntlarni ko'chirish bilan birga o'ymalarga ishlov

berish).

a-taroq ko'rinishida; b-xanjar; v-bir tekis. L-gruntni bir tekis kesishdagi yig'ish yo'li.

7-rasm. Gruntni buldozer yordamida kesish sxemasi:

Birinchi sxema bo'yicha barpo etilayotgan inshootga gruntni buldozer harakati bilan oldiga suriladi, qaytishda esa orqa yurish bilan gruntni yig'ish joyiga yetib boradi. Shuning uchun gruntni transportirovka masofasi 50 metrdan oshmasligi shart. Ushbu rasmda buldozer harakatining ilgarilanma - qaytma harakatining sxemasi keltirilgan (8-rasm).

1-buldozer; 2-tirkamali katok; ln-gruntni yig'ish yo'li uzunligi; lr -gruntni bo'shatish yo'li uzunligi; li va l2-gruntlarga ishlov berish va zichlashtirishdagi mos qamrash uzunligi. 8-rasm. Buldozer harakatining ilgarilanma - qaytma sxemasi:

Yo'lpoyi ko'tarmasini barpo etishda avtogreyderlardan foydalanish.

Yengil va o'rtacha gruntlarga ishlov berishda tekis hududlarda juda ko'p hajmdagi

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024

A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI

ishlarni bajarishda avtogreyderlar ishlatiladi. Zahiradan ko'tarmalarni barpo etishda avtogreyderlar ishchi qamrash bo'ylab gruntni kesish, ko'chirish, yotqizish va profilirovka (tekislash) kabi ketma ket jarayonni bajarib aylanma yurishlarni amalga oshiradi. Agar bu ishlarni bajarish uchun bitta avtogreyder bajarsa, bu ko'rsatilgan operatsiyalarni biridan boshqasiga o'tganda otval holatini o'zgartirgan holatda ketma-ket bajaradi [11]. Bir necha avtogreylardan foydalanilganda ishchi operatsiyalar ketma-ket bajariladi va otval holatini to'g'irlash zarurati yo'qoladi. Eng ko'p mehnat talab qiladigan jarayon bu - gruntlarni kesish jarayonidir. Bu ishlarni birinchi uzatmadagi otval uzunligini yarmida og'ir avtogreyderlar yordamida bajariladi [12]. O'rta va yengil turdagi avtogreyderlar birinchi greyder ketidan harakatlanib kesilgan gruntni ko'ndalang yo'nalishda ko'tarma jismiga ko'chiradi. Gruntga

ishlov berishda otval kesuvchi qirrasi sirt yuzasiga paralel 10......15o burchak ostida otvalning

yoki kenglik bo'yicha uning bir qismini chuqur tushishi bilan o'rnatiladi. Og'ir va yengil gruntlarga ishlov berishda kesish burchagi mos ravishda 35o dan 45o ni tashkil etadi.

Ishlov beriladigan uchastka o'lchamlari, mahalliy relefga bog'liq bo'lib, sun'iy inshootlar mavjudligidan kelib chiqqan holda avtogreyderlardan foydalanib, grunt ishlari doira va moki sxemasi bo'yicha amalga oshiriladi. Ishlov beriladigan uchastka 400....1500 m uzunlikda avtogreyder doiraviy texnologik sxema bo'yicha (9-rasm), undan kichik masofalarda moki usulida (10-rasm) ya'ni bir tomonga oldinga, teskarisiga esa orqa yurish bilan bajariladi.

9-rasm. Yo'l poyi qatlamlaraini moki usulida profilirovka sxemasi

10-rasm. Yo'l poyi qatlamlarini doiraviy usulida profilirovka sxemasi

Yo'l poyi inshootlari yon qiyaliklarga ishlov berish va zahira tubini planirovkasi bilan tugaydi. Balandligi 1 m gacha bo'lgan zahiralarning ichki va tashqi yon qiyaliklari avtogreyderning otvaliga o'rnatilgan yon qiyalagich (otkosnik) bilan ishlov beriladi.

Bunda mashina bir ikki bo'ylama yurishlarni bajaradi. Qirqilgan grunt zahirani tubi bo'yicha tekislanadi yoki ko'tarmaga ko'chiriladi. 0,6 m bo'lgan balandlikdagi yon qiyaliklar kerakli qiyalik burchagi bo'yicha o'rnatilgan avtogreyder otvali bilan rejalashtiriladi. 25-70° yon qiyaliklarda 1-1,5 m chuqurlikdagi o'ymalar va zahiralarning tashqi yon qiyaligini planirovkasi va ishlov berilishi avtogreyder ramasi chegarasidan tashqariga chiqarilgan asosiy

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI otval yordamida ta'minlanadi (11-rasm).

a) 25-70° qiyalikda; b)1:3 tiklik bo'yicha.

11-rasm. Ko'tarma yon qiyaliklarini avtogreyderlar bilan planirovka qilish:

Katoklarning yo'l poyi gruntlarini zichlashtirishdagi roli. Zichlashtirish koeffitsiyentini ta'minlash.

Zichlashtirish jarayoni - yo'l tuzilma asosi, yo'l poyi, yo'l to'shamasini barpo etishda bajariladigan eng mas'uliyatli texnologik jarayonlardan biridir [13, 14, 15]. Avtomobil yo'llarida zichlashtirishning texnologik jarayoni uning tarkibiy elementlarida jumladan, yo'l tuzilma asosi, yo'l poyi, shag'al-chaqiq toshli asos va asfaltbeton qoplamalarini katoklar va trambovka mashinalari bilan zichlashtirish, asosan shibbalash, trambovkalash va vibratsiya usulida amalga oshiriladi (12-rasm).

1 2 3

12-rasm. Zichlashtiruvchi niashinalarning ta'sir sxemasi:

1-shibbalash; 2-trambovkalash; vibratsiyalash.

Yo'l poyi va yo'l to'shama qatlamlarini quyidagi usullarni qo'llagan holda zichlashtirish amalga oshiriladi:

- valetslarni statik bosimi orqali (statik katoklar);

- zichlanayotgan sirt yuzasiga vibratsion ta'sir yuklamasi tarzida (vibrokatoklar);

- zarbiy ta'sirda.

-trambovkalash bilan (trambovka plitalari, trambovka maydonlari); -kombinatsiyalashgan ta'sir ko'rinishida ya'ni vibratsiya bilan shibbalash yoki trambovka

bilan vibratsiya (kombinatsiyalashgan katoklar). Zichlashtiruvchi mashinalar valets turi bo'yicha quyidagicha: - pnevmog'ildirakli; - mushtumchali; - to'rsimon; - silliq valetsli; - kombinatsiyalashgan. Pnevmokatoklar-universal katoklar bo'lib, turli xil gruntlarni va asfalbtbeton qoplamalarini, shuningdek, yo'l to'shama qatlamlarini zichlashtirish imkoniyatini beradi. Gruntga bo'lgan bosim kattaligini shinadagi havo bosimini o'zgartirish orqali variatsiya qilish mumkin (13 va 14-rasmlar).

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024

A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI

13-rasm. O'ziyurar pnevmokatok DU-101 14-rasm.Mushtumli katok

Mushtumli katoklar loysimon gruntlar, bo'lakli yoki muzlagan gruntlarni zichlashtirish uchun mo'ljallangan.

Mushtumchali katoklar bilan gruntlarni zichlashtirish jarayoni ikki bosqichda olib boriladi:

1. Gruntga faqat mushtumchalar bilan ta'sir etadi. Zichlanayotgan gruntning lokal qismiga yuqori bosimni uzatish orqali yirik bo'laklar maydalanadi va joylashadi;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. Mushtumchali katoklar ishi tugagandan so'ng pnevmokatoklar yordamida zichlashtirish yakunlanadi. Mushtumchali valetslar almashuvchan valetslar ko'rininishida bo'lib, bandaj ko'rinishida silliq valetsga kiygiziladi. To'rsimon katoklar konstruksiyasi va ishlatilishi bo'yicha mushtumchali katoklarga o'xshaydi, ular birinchi bosqichda valetsga joylashgan qovurg'alar hisobiga gruntlarni oldindan zichlashtiradi.

Ikkinchi bosqichda zichlashtirish mushtumchali katoklar ishlatilishi holatida pnevmokatoklar ishlatiladi.

Silliq valetsli katoklar (15-rasm) - silliq metall valetslardagi o'ziyurar va tirkamali yo'l mashinasi bo'lib, ular yordamida asfaltbeton qorishmasi va yo'l to'shamasini konstruktiv qatlamlarini qatlam-qatlam ko'rinishida zichlashtiradi. Bunday katoklarning metalli valetslari ko'pincha yarim sig'im ko'rinishida bo'lib, zichlashtirish kuchini oshirish davomida, katok massasini oshirish uchun ballast bilan to'ldiriladi. Birinchi bosqichda zichlashtirishda yengil katoklar, ikkinchisida o'rta va og'ir katoklar ishlatiladi. Katokning zichlashtirish jarayonida katokning har bir bo'ylama ko'chishi ishchi yurish hisoblanadi.

15-rasm. Silliq valetsli kombinatsiyalashgan katok

Katoklarni bitta iz bo'yicha yurish soni urinma qamrash bo'yicha aniqlanadi. Tirkamali katoklar bilan gruntlarni va yo'l to'shamalarini zichlashtirish aylanma sxema bo'yicha bajariladi. Shibbalash ko'tarma qoshidan yoki yo'l to'shama chetidan boshlanib, zichlashtirish polosalari

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024

https://mextex.uz/

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI to'sma o'rtasigacha 0,15...0,25 m gacha zichlanadi (16-rasm).

1, 2, 3, 4,...........10 katok yurishlari soni.

16-rasm. Zichlashtirishning aylana sxemasi:

O'z navbatida gruntlarni va yo'l to'shama qatlamlarini o'ziyurar katoklar yordamida moki sxemasi bo'yicha zichlashtiriluvchi polosalarni 0,1...0,3 m to'sgan holatda zichlashtiriladi.

Yo'l tuzilmasining tuzilmaviy qatlamlari tarkibidagi gruntlar tarkibi turli qurilish materiallaridan tarkib topganligini inobatga olsak, har bir qatlam elementlarini zichlashtirish bo'yicha alohida talablar va mezonlar kiritilgan [16]. Shu jihatdan tuzilmadagi yo'l poyi gruntlaridan iborat qatlam turg'unligi, mustahkamligi va yuk ko'tarish qobiliyatini talab etilgan ko'rsatkichlarga mos ravishda ta'minlash butun bir avtomobil yo'llarini uzoq muddat ishlashini ta'minlaydi (17-rasm).

17-rasm. Zichlashtirishning moki sxemasi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, zichlashtirish mashinalari ishtirokida bajariladigan jarayonlar nafaqat yo'l tuzilmasining yo'l poyi ko'tarmasi gruntlarida, balki avtomobil yo'lining boshqa qatlamlarida ham amalga oshiriladi. Zero avtomobil yo'lining har bir tarkibiy element qatlam gruntlari uchun talab etilgan zichlashtirish koeffitsiyentlari mavjud bo'lib, bu ko'rsatkichlar laboratoriya xulosalari asosida tasdiqlanib, nazorat qilinib boriladi.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI XULOSA

Avtomobil yo'llari yo'l tuzilma qatlamlarini barpo etishda sifat ko'rsatkichlarga erishish ko'p jihatdan mazkur sohada faoliyat yurituvchi muhandis quruvchi va muhandis mexanik kasb egalarining o'zaro hamjihatlikda tashkil etadigan qurilish ishlarini texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlariga bevosita bog'liq. Zero mustahkam asosda barpo etilayotgan yo'l poyi ko'tarmasi gruntlarini zichlashtirishdagi texnologik jarayonlarning to'g'ri tashkil etilishi ko'p jihatdan yo'l tuzilma tarkibiy elementlarning uzoq muddat ishlashini ta'minlaydi.

O'z navbatida loyihachilar tomonidan ko'tarma va o'ymalarni ko'ndalang va bo'ylama profillarining geometrik o'lchamlariga tegishli talablariga [17], quruvchi nazoratchilar tomonidan yo'l tuzilma qatlamlarini muqobil namligi, maksimal zichligi va zichlashtirish koeffitsiyenti [18] kabi ko'rsatkichlarga e'tibor qaratilsa, muhandislar esa ishlatilayotgan yer qazish, yer qazish-tashish va yo'l qurilish mashinalarining quvvati, yoqilg'i sarfi, ish unumdorligi, universalligi [19], shuningdek ularning texnologik jarayonda bajaradigan ish tsikli, yurish tezligi, ta'sir zarbasi va mashinadan foydalanishdagi mezon ko'rsatkichlarni ta'minlashga e'tibor qaratilsa, barpo etilayotgan avtomobil yo'llarining sifat ko'rsatkichlari yaxshilanadi.

Jumladan, avtomobil yo'llarini qurishda tashkiliy ishlar yakunlangan so'ng (tender, loyihani rasmiylashtirish ishlari va loyiha qidiruv ishlari) transport va texnologik mashinalar (ekskavator, avtosamosval, buldozer, avtogreyder va katok) ishtirokida yo'l poyi ko'tarma qatlamlarini qurish ketma-ket, izchil va bir birini to'ldirgan holda amalga oshiriladi. Bu texnikalarni tanlashda ish unumdorligi yuqori, universallik darajasi yuqoriroq, texnik-iqtisodiy jihatdan samaraliroq bo'lgan texnologik mashinalardan foydalanish tavsiya etiladi.

Shuningdek mazkur qurilish obyektlarini qurishda, muhandis-quruvchi va yo'l ustalarining ko'p yillik ish tajribasiga ega bo'lishi, mahalliy xom ashyo va qurilish materiallaridan ko'proq foydalanish, transport va texnologik mashinalarni boshqaruvchi operator va haydovchilarni yuqori malakaga ega ekanligi, barpo etilayotgan yo'l tuzilma qatlamlarini tejamkor narxlarda qurishga olib keladi. Bu esa o'z navbatida avtomobil yo'llarini qurish [20] uchun har yili ajratiladigan mablag'larni iqtisod qilinishiga olib keladi.

ADABIYOTLAR

1. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyoti Strategiyasi to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60 sonli Farmoni. Toshkent 137 b.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 15.04.2024 y. PF-64. Yo'l xo'jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari belgilanganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o'zgartirishlar kiritish shuningdek, ba'zilarini o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblash to'g'risida.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini ekspluatatsiya qilish ishlarini autsorsing asosida xususiy sektor tomonidan amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari" to'g'risidagi 2024 yil 24-apreldagi qarori. № VQ 233.

4. Т.Ф.Чередниченко, В.Д.Тухарели. Технологическое проектирование процессов устройства земляных сооружений: учебное пособие. - Волгоград: ВолгГАСУ, 2015 7-8 с.

5. О.А. Лукашук, А.П.Комиссаров, К.Ю.Летнев. Машины для разработки грунтов. Проектирование и расчет: учебное пособие.- Екатеринбург : Изд-во Урал. ун-та, 2018. -128 с.

6. Дроздова Л.Г. Одноковшовые экскаваторы: конструкция, монтах и ремонт.учеб. пос. -Владивосток: Издательства ДВГТУ , 2007.-235 с.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

7. К. К. Шестопалов, Машины для земляных работ: учеб. пос.; МАДИ - М., 2011. 112-128 с.

8. S.T. Vafoev Qurilish mashinalari .darslik.; Toshkent. -2012 y .343-346 b.

9. В.В. Ушакова, В.М. Ольховиков. Строительство автомобильных дорог: учеб.-М.: 2013. 49-52 с.

10. Токар Н.И., Мевлидинов З.А., Левкович Т.И., Фоевцов А.А. Повышение эффективности производства рассредоточенных подготовительных и земляных работ в дорожном строительстве с применением бульдозеров с универсальным рабочим оборудованием // Интернет-журнал «Транспортные сооружения», 2019 №3.

11. Бандаков Б.Ф.Автогрейдеры.Учебник.-М.:Транспорт,1988.-129-136 стр.

12. R.M. Xudayqulov, D.A Maxmudova. Avtomobil yo'llari, darslik- Toshkent: «MALIK PRINT CO», 2022.- 161-162 b.

13. R.M. Xudoyqulov, S.I. Komilov, T.Q. Xankelov. Avtomobil yo'l poyida ishlatiladigan gruntlarni zichlashtirishda foydalaniladigan katoklarning o'rni. Mexanika va texnologiya ilmiy texnik jurnali,Namangan, 2023 y., №1, 205-212 b.

14. Ana Heitor, Buddhima Indraratna and Cholachat Rujikiatkamjorn. Small Strain Behaviour of a Compacted Subgrade Soil. Advances in Transportation Geotechnics 3. The 3 rd International Conference on Transportation Geotechnics (ICTG 2016). Volume 143, 2016, Pages 260-267.

15. С. В. Носов, Г. М. Бутузов. Принципы развития теории уплотнения и концептуальная модель формирования технологий уплотнения дорожно-строительных материалов. Вестник ВолгГАСУ. Сер.: Стр-во и архит. 2012. Вып. 27 (46) стр.16-21.

16. SHNQ 2.05.02.22."Avtomobil yo'llari shaharsozlik normalari va qoidalari.Toshkent 2022 y.-130 b.

17. И.К.Яцевич, Е.И.Кононова Основы проектирования автомобильных дорог: учебно-методическое пособие. - Минск : БНТУ, 2016. - 104 с.

18. С.А. Пьянков, З. К. Азизов. Механика грунтов: учебное пособие Ульян. гос. техн. ун-т. - Ульяновск: УлГТУ, 2008. - 103 с.

19. Шепелина П.В., Чалова М.Ю., Мишин А.В. Строительные и дорожные машины. Учебное пособие. - М.: РУТ (МИИТ), 2017. - 151 с.

20. В.В. Ушакова, В.М. Ольховикова. Строительство автомобильных дорог: учебник- М.:, 2013. -576 с.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.