Научная статья на тему 'EGAT OCHKICHLARNING KELIB CHIQISH TARIXI VA ADABIYOTLAR TAHLILI'

EGAT OCHKICHLARNING KELIB CHIQISH TARIXI VA ADABIYOTLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Egat / korpus / mehanizm / mashina / lemex / tuproq / egri chiziq / geometrik. / Егат / корпус / механизм / машина / плуг / почва / кривая / геометрическая

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Turaev Nosirjon Sobirjonovich, Soliev Doniyor Zokirjonovich

Maqolada egatochkichlarning kelib chiqish tarixi, jahonda qanday ishlar olib borilmoqda, dunyoning yetakchi olimlari egat ochkichning geometrik tuzilishi bo‘yicha qo‘shgan hissalari, olib borgan ilmiy ishlar bilan tanishib chiqilgan. Natijada egat ochkichlarning adabiyotlar tahlili o‘tkazildi va o‘rganildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

History of origin of egat openers and literature analysis

In the article, the history of the origin of egat keys, what works are being carried out in the world, the contributions made by the world's leading scientists on the geometric structure of the egat key, and the scientific works carried out are introduced. As a result, a literature analysis of egate openers was conducted and studied

Текст научной работы на тему «EGAT OCHKICHLARNING KELIB CHIQISH TARIXI VA ADABIYOTLAR TAHLILI»

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

UDK. 631.347.2

EGAT OCHKICHLARNING KELIB CHIQISH TARIXI VA ADABIYOTLAR TAHLILI

Turaev Nosirjon Sobirjonovich NamMQI, t.f.f.d, (PhD) dotsent nosirjonturayev1986@gmail.com

Soliev Doniyor Zokirjonovich NamMQI, tadqiqotchi doniyorso liyev1978@gmail.com

Annotatsiya. Maqolada egatochkichlarning kelib chiqish tarixi, jahonda qanday ishlar olib borilmoqda, dunyoning yetakchi olimlari egat ochkichning geometrik tuzilishi bo'yicha qo'shgan hissalari, olib borgan ilmiy ishlar bilan tanishib chiqilgan.

Natijada egat ochkichlarning adabiyotlar tahlili o'tkazildi va o'rganildi.

Abstract. In the article, the history of the origin of egat keys, what works are being carried out in the world, the contributions made by the world's leading scientists on the geometric structure of the egat key, and the scientific works carried out are introduced. As a result, a literature analysis of egate openers was conducted and studied

Аннотация. В статье представлена история происхождения егатных ключей, какие работы ведутся в мире, вклады ведущих ученых мира по геометрическому строению егатного ключа, а также проведенные научные работы.

Kalit so'zlar: Egat, korpus, mehanizm, mashina, lemex, tuproq, egri chiziq, geometrik.

В результате был проведен и изучен литературный анализ открывателей эгатов.

Ключевые слова: Егат, корпус, механизм, машина, плуг, почва, кривая, геометрическая.

Key words: Egat, body, mechanism, machine, plow, soil, curve, geometric.

Kirish. Hozirgi kunda butun dunyoda insonlar soni ko'paygan sari dehqon xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan ehtiyoj oshib bormoqda bundan kelib chiqgan holda kam energiya sarflaydigan resurstejamkor, qulay, sifatli, kombinatsiyalashgan qishloq xo'jaligi mashinalariga ehtiyoj oshib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2020-yil 9-sentyabrdagi PQ-4821-son qarorida mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish va ularni diversifikatsiya qilish, hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslaridan unumli foydalanish asosida oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishning strategiya va modellarini ishlab chiqish belgilangan [1].

Ushbu vazifalarni amalga oshirishda, qishloq ho'jaligi mahsulotlarini yetishtirishdagi muammolarni bartaraf etish, shudgorlash ishlarini o'z vaqtida bajarilishi, shudgolangan dalalarda erta bahorda va takroriy ekinlarga shudgorlarni tayyorlashda ekiladigan ekinlarning turi va navlaridan kelib chiqan holda egatlarni hosil qilish lozim.

Yurtimizda hozirgi kunga qadar mavjud resurslardan kelib chiqib egatlarini ochish va pushta hosil qilish ishlari olib borilmoqda lekin egat ochkichlarning ishchi yuzalari yetarlicha ilmiy asoslanmagan. Biz tomonimizdan olib borilayotgan tadqiqot ishlarimizda egat ochkichning ishchi yuzasini geometrik asoslanmoqda va adabiyotlar tahlili olib bormoqdamiz.

O'tgan asrning 80 yillariga kelib Rossiyaning Qishloq xo'jaligi mashinasozligi bo'yicha ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi olimlari V.A.Erofeev, N.D.Keller, Yu.S.Efremov va A.F.Rasstanaevlar tomonidan egat ochkichning konstruktsiyasi taklif etildi. Egat ochkich sektsiyasi ikkita qarama-qarshi ko'muvchi korpuslar tashkil topgan bo'lib, uni motobloklarga agregatlab kichik o'lchamli egatlarni hosil qilish mumkin. Egat ochikich harakatlanganda lemex tuproqqa kiradi va tuproq palaxsasi uning tanasi bo'ylab yuqoriga ko'tariladi hamda korpusning

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

o'rtasi bo'ylab harakatlanib maydalanadi va yon tarafga uloqtiradi (1-rasm).

1 - lemex; 2 - tana; 3 - korpus; 4 - ustunko'muvchi ish organlar; 5 - tayanch; 6 - mahkamlash

kronshteyni; 7 - stopor

1-rasm. V.A.Erofeev, N.D.Keller, Yu.S.Efremov va A.F.Rasstanaevlar tomonidan taklif etilgan egat ochkichning konstruktiv sxemasi

Egat ochkichning lemexi va tanasidan hosil bo'lgan egri chiziqning profili quyidagi tenglama bilan tavsiflanadi

H=219,3-3,15L+0,011L2 (1)

bunda N - profil balandligi, m;

L - profil uzunligi, m.

90 yillarga kelib Ukraina Kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti olimlari N.Ya.Moskov va L.V.Moskovalar tomonidan kultivatorlar uchun egat ochkich konstruktsiyasi taklif etildi. Bu egat ochkich (2-rasm) ish organi egri chiziqli ustunga mahkamlangan kesuvchi pichoq hamda sharnirli o'rnatilgan o'ng va chap qanotlardan tashkil topgan bo'lib, uning har biri 4 tadan qanotlari bir-biriga nisbatan yarus shaklida o'rnatilgan. Ushbu egat ochkichning ustunida o'yiq mavjud bo'lib qanotlarini turli xil balandlikka o'rnatish imkonini beradi.

LI

1 - egri chiziqli ustun; 2 - kesuvchi pichoq; 3 - transportyor; 4 - shox yotqizgich; 5 - tayanch

g'ildirak; 6 - pnevmatik tayanch g'ildirak 2-rasm. N.Ya.Moskov va L.V.Moskovalar tomonidan taklif etilgan kultivatorlar uchun

egat ochkichning konstruktiv sxemasi

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024

https://mextex.uz/

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

M.Gorkov nomidagi Qozon qishloq xo'jaligi instituti olimlari A.X.Zimagulov va SH.N.Asaevlar tomonidan tuproqni kam zichlaydigan egat ochkich konstruktsiyasi taklif etildi. Ushbu egat ochkich (3-rasm) konus shaklidagi juft valli ishchi qismdan va unga shaxmat shaklida o'rnatilgan tishlardan tashkil topgan. Konus shaklidagi juft vallar gorizontga nisbatan burchak ostida o'rnatilgan bo'lib, ular harakatni reduktor orqali traktorning quvvat olish validan oladi. Qurilma konstruktsiyasining juda murakkabligi, gabarit o'lchamlarining kattaligi, metal va energiya sarfining ko'pligi uning asosiy kamchiligi hisoblanadi.

1 - rama; 2 - osish qurilmasi; 3 - tayanch g'ildirak; 4 - pichoq; 5 - uyumlovchi korpuslar; 6 -yotqizgich; 7 - sharnir-richagli ilgak; 8 - ko'muvchi korpuslar; 9 - gidrotsilindr 3-rasm. A.X.Zimagulov va SH.N.Asaevlar tomonidan taklif etilgan tuproqni kam zichlaydigan egat ochkichning konstruktiv sxemasi

Belorusiya qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash instituti olimlari Z.V.Lovkis, P.P.Krasnolutskiy, G.P.Krasnolutskiy, M.B.Uglanov va V.S.Laxmakovlar tomonidan yuqorida keltirilgan texnologiya takomillashtirib, yangi egat ochkich konstruktsiyasi taklif etildi. Ushbu qurilma (4-rasm) konus shaklidagi rotatsion ish organ, uning uchida almashtirish imkoniga ega bo'lgan uchlikdan tashkil topgan. Rotatsion ish organi valiga pichoqlar karkas shaklida va radial o'rnatilgan. Gidrotsilindr yordamida egat ochkichning gorizontga nisbatan o'rnatilish burchagini sozlash imkoni mavjud. Ushbu rotatsion egat ochkich harakatni gidromotordan olganligi sababli ish organ pichoqlari orasiga turli begona o'tlarning ildizlari yoki katta o'lchamli kesaklar tiqilib qolishi natijasida egatlar sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

1 - rama; 2, 3 - zvenolar; 4 - richag; 5 - gidrotsilindr; 6 - osish qurilmasi; 7 - tayanch g'ildirak; 8, 10 - o'ng va chap ko'muvchi korpuslar; 9 - uyumlagich 4-rasm. Z.V.Lovkis, P.P.Krasnolutskiy, G.P. Krasnolutskiy, M.B.Uglanov va V.S.Laxmakovlar tomonidan taklif etilgan rotatsion egat ochkichning konstruktiv sxemasi

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 1-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

Qozog'iston Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi hamda V.DJurin nomidagi O'rta Osiyo irrigatsiya ilmiy tadqiqot instituti olimlari N.T.Laktaev, P.Ya.Saruxanov, V.F.Perman, M.G.Xorst va O.Yu.Naganovalar tomonidan birgalikda sug'orish egatlarini ochadigan qurilma konstruktsiyasi taklif etildi. Bu qurilma (5-rasm) rama, unga o'rnatilgan tayanch g'ildirak, egilgan ustun, lemex, tyaga, richag, yulduzcha, zanjir va revers reduktordan tashkil topgan. Metal sarfi yuqoriligi sababli ushbu qurilmadan keng foydalanilmagan.

a) yon tomondan ko'rinishi; b) yuqori tomondan ko'rinishi 1 - osish qurilmasi; 2 - o'rnatgich; 3 - rama; 4 - disk ustuni; 5 - sferik tishli disk; 6 - lemex; 7 -

boshmoq; 8 - tishli pichoq; 9 - tayanch g'ildirak 5-rasm. V.D.Jurin nomidagi O'rta Osiyo irrigatsiya ilmiy tadqiqot instituti olimlari taklif

etgan egat ochkichning konstruktiv sxemasi 1975 yilda Ozarbayjon qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot instituti olimlari M.K.Babaev, A.A.Bagiev va I.I.Axmedovlar tomonidan qamrash kengligini o'zgartirish imkoniga ega bo'lgan va qanotlari sharnirli o'rnatilgan egat ochkich yaratildi. Ushbu egat ochkich (6-rasm) o'qyoysimon panja, sharnirli o'rnatilgan o'ng va chap qanotlar, tyaga, koromisla, gidrotsilindr va vertikal ustundan tashkil topgan. Ushbu qurilmaning afzalligi uning ravon harakatlanishidir.

a) yon tomondan ko'rinishi; b) yuqori tomondan ko'rinishi 1 - tayanch g'ildirak; 2 - bo'luvchi baraban; 3 - rama; 4 - vintli mexanizm; 5 - ishlov berish chuqurligini sozlagich; 6, 10 - prujina; 7 - ko'muvchi ish organlar; 8 - rolik 6-rasm. M.K.Babaev, A.A.Bagiev va I.I.Axmedovlar tomonidan yaratgan egat ochkichning

konstruktiv sxemasi

Uzoq SHarq qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy tadqiqot instituti olimlari

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 1-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

A.I.Donets, V.I.Lukyanov va N.D.Sisorovlar tomonidan yenergiyaresurstejamkor diskli egat ochkich qurilmasining konstruktsiyasi taklif etilgan. Bu qurilma (7-rasm) bir-biriga qarama-qarshi o'rnatilgan sferik diskli ish organlardan tashkil topgan. Diskli egat ochkich quyidagicha ishlaydi, agregat harakatlanganda sferik disklar tuproq palahsalarini kesib uning yuzasi bo'ylab harakatlantirib yuqoriga ko'taradi va yon tarafga tashlaydi. Sferik diskli ish organlarni yasash bir muncha murakkabligi uning asosiy kamchiligi hisoblanadi.

a) orqa tomondan ko'rinishi; b) yuqori tomondan ko'rinishi 1 - shnek shaklidagi uyumlagich; 2 - bo'ylama brus; 3 - traktor; 4, 11 - kardanli uzatma; 5 -rama; 6 - ko'muvchi korpus; 7 - korpus; 8, 9 - tayanch g'ildiraklar; 10, 13 - shnek harakatini

boshqaruvchi mexanizm; 12 - reduktor 7-rasm. Uzoq SHarq qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan taklif etilgan egat ochkichning konstruktiv sxemasi Xitoy qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash fanlari akademiyasi hamda Qingdao qishloq xo'jaligi universiteti olimlari Xinyu Chen, Xinyu Chen, Mingdong Chen, Mengmeng Liu va boshqalar tomonidan shirin kartoshka ekish qurilmasining egat ochkichining ishchi yuzasining geometrik parametrlari o'rganilgan. Ushbu egat ochkich (8-rasm) ustun 1, egat yuzasi 2 va qanotli plastinalar 3 dan tashkil topgan.

8-rasm. Xitoy qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash fanlari akademiyasi olimlari taklif

etgan egat ochkich

2

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 1-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

Egat yuzasi yo'naltiruvchi egri chiziq harakati bo'ylab hosil bo'lgan gorizontal to'g'ri chiziq sifatida qaraladi va gorizontal to'g'ri chiziq bilan yo'naltiruvchi egri chiziq orasidagi burchak ma'lum bir o'zgarish qoidasidir, yo'naltiruvchi egri chiziq AB to'g'ri chiziqning boshlanishidan iborat. BC tuproq ostidagi va CD tuproq ustidagi egri chiziqlari [2]. Yo'naltiruvchi egri chiziqning nuqtalari A(0, 0), B(Xb, Zb), C(Xc, Zc), D(Xd, Zd) 9-rasmda ko'rsatilgan.

L1 - CB kesmaning eni; lAB - boshlang'ich to'g'ri chiziqning uzunligi; s - o'rnatilish burchagi; H1 - BC kesmaning balandligi; H2 - CD kesmaning balandligi 9-rasm. Yo'naltiruvchi egri chiziqning sxemasi

Xulosa: SHunday qilib, hozirgi kunga qadar egat ochkichlarning ishchi yuzasining geometrik asoslash bo'yicha yetarlicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmagan va tadqiq etilmagan, egat ochkichlarning ishchi yuzasi geometrik shakli qaytartibda aniqlanishi va ishlash sharoitidan kelib chiqib qaysiturdagi egat ochkichlar ishlatilishi o'rganilmagan.

ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 09.09.2020 yildagi PQ-4821-son.

2. https://www.mdpi.com/2077-0472/13/8/1641

3. Wеи, Г.; Зхднг, Лиу, Л.; Хиао, W.; Сун, W.; Лиао, Десигн анд Ехперимент оф Плоwинг анд Ротарй Тиллаге Бускле Девисе фор Рапесеед Дирест Сеедер. Транс. Сх,ин. Сос. Агрис. Мас*. 2020, 51, 38-46.

4. Sobirjonovich, T. N. (2021). The Influence of the Angle of Entrance of the Blade of the Device For Semi-Opening of Pomegranate Busts on its Performance Indicators. In Euro-Asia Conferences (Vol. 1, No. 1, pp. 390-393).

5. Turaev N., Imomqulov Q Q. S. Ko'milgan anor tuplarini yarim ochadigan qurilmaning korpuslari orasidagi ko'ndalang masofani uning ish ko'rsatkichlariga ta'siri //Mexanika va texnologiya ilmiy jurnali.-Farg'ona. - 2020. - №. 2. - S. 94-99.

6. Turaev N. S. ANOR TUPLARINI YaRIM OCHADIGAN MASHINA LEMEXLARINING TUPROQQA KIRISH VA UVALASH BURCHAKLARINI ANIQLASH //Journal of new century innovations. - 2022. - T. 19. - №. 1. - S. 6-11.

7. kuziev Abdusalim T. et al. Definition Optimal Values Of Device Parameters That Semi-Open Pomegranate Trees //Solid State Technology. - 2020. - Т. 63. - №. 6. - С. 9778-

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

9787.

8. https://scholar.google.com/citations?view op=view_citation&hl=ru&user=iYeGiTMA AAAJ&citation for view=iYeGiTMAAAAJ:7PzlFSSx8tAC

9. https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=iYeGiTMA AAAJ&citation for view=iYeGiTMAAAAJ:4TOpqqG69KYC

10. Abdunazarov E., Ortiqov N. Takomillashtirilgan anor tuplarini ko'madigan mashina //Investitsiyalarni diversifikatsiyalash asosida sanoat korxonalari samaradorligini oshirish: Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi tuplami. - 2019. - S. 284-287.

11. Abdunazarov E. A Anor tuplarini ko'madigan mashina tayanch tekisligidan pastki osish nuqtalarigacha bo'lgan tik masofani asoslash //Uzbekistan Journal of Engineering and Technology. - 2021.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.