DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-167-172
JAMIYATNING DEMOKRATIK YANGILANISHIDA XOTIN -QIZLARNING HUQUQIY MADANIYATINING YUKSALTIRISHNING SAMARALI USUL VA VOSITALARI
Ashirali Mexmonboevich Azimov
Andijon davlat tibbiyot instituti Ijtimoiy gumanitar fanlari kafedrasi o'qituvchisi
Bugungi yangilanayotgan O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar demokratik huquqiy davlat qurishning tamal toshini qo'ygan, kuchli fuqarolik jamiyati takomillashtirishni maqsad qilgan. Asl demokratiyaning mohiyati ham shundaki, u barcha insonlarga, shu bilan birga, har bir shaxsga uning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, teng huquqlar va erkinliklar bilan birga teng imkoniyatlarni taqdim etadi, huquqlar tengligi himoyasi davlat tomonidan kafolatlanadi. Maqolada xotin-qizlarning bu boradagi huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalari muhokama etiladi.
Kalit so'zlar: xotin-qizlar huquqlari, ta'lim, teng huquqlilik, gender, kambag'allikni kamaytirish.
Реформы, проводимые в сегодняшнем обновленном Узбекистане, закладывают фундамент для построения демократического правового государства, направленного на совершенствование сильного гражданского общества. Суть настоящей демократии в том, что она предоставляет равные права и свободы всем людям, и в то же время каждому человеку, независимо от пола, расы, национальности, языка, религии, социального происхождения, убеждений, личности и социального положения. равные возможности, защита равных прав гарантируется государством. В статье рассматриваются вопросы повышения правовой культуры женщин в связи с этим.
Ключевые слова: права женщин, образование, равенство, гендер, сокращение бедности.
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
The reforms implemented in today's renewed Uzbekistan lay the foundation stone for building a democratic legal state,
April, 2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-167-172
aiming to improve a strong civil society. The essence of real democracy is that it provides equal rights and freedoms to all people, and at the same time, to every individual, regardless of gender, race, nationality, language, religion, social origin, belief, personality and social status. provides equal opportunities, the protection of equal rights is guaranteed by the state. The article discusses issues of raising the legal culture of women in this regard.
Keywords: women's rights, education, equality, gender, poverty reduction.
Mamlakatimiz o'z mustaqilligini qo'lga kiritib, huquqiy, demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayoni ketayotgan hozirgi kunda boshlab, siyosatning bosh yo'nalishi inson, uning manfaatini himoya qilishga bag'ishlandi, shu maqsadda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy e'tibor berildi. Bu o'rinda yuqorida tilga olingan huquqiy xujjatlarni qabul qilish bilan bir qatorda, ularni amaliyotga tatbiq etishni ta'minlash maqsadida mamlakatda turli huquqiy institutlar tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasidagi inson huquqlari buzilganligi to'g'risidagi ma'lumot to'plash va huquqi kamsitilgan insonlarga yordam berish uchun O'zbekiston Respublikasida inson huquqlari bo'yicha Oliy Majlis Vakili -Ombudsman, O'zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo'yicha Milliy markazi shular jumlasidandir. Ushbu hujjatlar va huquqiy institutlarda aholi barcha qatlamlarining huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy bilimlari hamda ularni kundalik hayotda qo'llay olishlari uchun huquqiy madaniyatni shakllantirishning keng qamrovli muntazam tizimi yaratilgan.
ADABIYOTLAR SHARHI
Xususan davlatimiz rahbari tomonidan chiqarilayotgan farmonlar, farmoyishlar hamda qonun hujjatlari zamirida O'zbekiston Respublikasida aholini barcha qatlamlariga e'tibor qaratilinayotganligi hamda bevosita qo'llab-quvvatlanayotganligini ko'rishimiz mumkin. Xususan ayollarning ijtimoiy himoyasiga doir Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning quyidagi so'zlaridan bilishimiz mumkin; "Barchamiz uchun aziz va mo'tabar bo'lgan ayol zoti haqida so'z yuritar ekanmiz, avvalambor, bizni dunyoga keltirgan, oq sut berib voyaga yetkazgan Ona siymosi oldida bosh egib ta'zim qilamiz. Yer yuzida muqaddas degan so'zga eng munosib zot bu - avvalo, Onadir. Xalqimiz ona siymosini doimo ulug'lab, ardoqlab yashaydi. Yurtimizda onalarni sharaflab
KIRISH
April, 2023
National University of Uzbekistan
Google Scholar indexed
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-167-172
muhtasham haykallar bunyod etilgani ham shundan dalolat beradi[1].
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
O'zbekiston Respublikasi insonparvar huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo'lidan dadil bormoqda. Ushbu olijanob, ammo, murakkab vazifani amalga oshirish Respublikamizda yashovchi har bir kishidan ijtimoiy faol bo'lishni, erkin va farovon hayot, ozod va obod Vatan barpo etish uchun fidoyilik ko'rsatib yashash va mehnat qilishni talab etadi. Milliy demokratik taraqqiyot kun tartibiga qo'yayotgan mazkur talab xotin-qizlarga ham bevosita taalluqlidir. Bugun ma'rifiy dunyoda - xotin-qizlar manfaati degan alohida masala bor va uni o'rganish, yechimini topishga juda katta ahamiyat berilishi bejizga emas. Agar ayollarga yetarli e'tibor berilmasa, bunday jamiyatning kelajagi bo'lmasligini barchamiz aniq tushinib yetamiz, har qanday mamlakat o'z rivojlanish strategiyasi yani uzoq muddatli davlat dasturlari orqali iqtisodiy,ijtimoiy va siyosiy tizimlarni birga olib boradi.
"Hozirgi vaqtda mamlakatimiz xotin-qizlari orasida 514 nafar fan doktori, 6 nafar akademik, 15 nafar O'zbekiston Qahramoni, 17 nafar senator, 15 nafar Qonunchilik nalatasi deputati borligini, shuningdek, mahalliy kengashlar deputatlarining 23 foizidan ziyodini aynan ayollarimiz tashkil etishini alohida ta'kidlash lozim. Bugungi kunda mamlakatimizda ilm-fan, ta'lim-tarbiya, sog'liqni saqlash, madaniyat va san'at sohalarida mehnat qilayotganlarning 72 % - shunga e'tibor bering, 72 % - aynan xotin-qizlardir. Mahalla raislari va faollarining aksariyat qismini ayollar tashkil etadi. 8,5 mingdan ortiq ona-singillarimiz mahallalarda diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo'yicha maslahatchi sifatida faol ish olib bormokdalar"[1].
Mamlakatda ta'lim, gender tenglik, sog'liqni saqlash va boshqa masalalarga nisbatan jiddiy natijalarga erishilgan, bu esa ayollar farovonligi to'g'risidagi g'amxo'rlik bilan bevosita bog'liq. Bu barcha choralar, birinchi navbatda,
Konvensiya,Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar Platformasi, shuningdek, BMT Bosh Assambleyasi 23 maxsus sessiyasining "Ayollar 2000 yilda: erkaklar va ayollar o'rtasida tenglik, XXI asrda rivojlanishi va tinchlik" yakuniy hujjatining qoidalarini so'zsiz bajarishga qaratilgan. 1995 yilda BMTning Ayollar ahvoli bo'yicha IV Umumjahon konferensiyasida qabul qilingan Pekin harakatlar platformasi alohida muhim hisoblanadi. Uning muqaddimasi va 12 bo'limi ayollar ahvolini global darajada baholash va butun dunyoda ayollar huquqlarini amalga oshirish bo'yicha strategiyalar, siyosat va choralar tadqiqot etilgan ayollar huquqlari bo'yicha eng to'liq dastur hisoblanadi.
April, 2023
169
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-167-172
"Ayollaming turmush sharoitlarini hisobga olgan holda, ish bilan ta'minlash, opa-singillarimizning og'irini yengil qilish uchun har tomonlama imkoniyat yaratish, xotin- qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi o'rni va nufuzini oshirish bo'yicha davlat siyosatini faol davom ettirishni biz o'zimizning eng muhim vazifamiz, deb bilamiz"[1].
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi "Xotin- qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5325-sonli Farmoni orqali ayollar muammolarini o'rganishda ijtimoiy sherikchilik mexanizmlarini qo'llashga zamin yaratildi. Xotin-qizlarga oid muammolar bir tomondan, ijtimoiy hayotdagi imkoniyatlar, manfaat va ehtiyojlar, ular o'rtasidagi ziddiyatlar zamirida vujudga kelsa, ikkinchi tomondan esa, ularni ijtimoiy faolligini oshirish jarayonini amaliy hayotga tatbiq etish imkoniyati paydo bo'ladi. Ana shu imkoniyatni o'rganish, uni reallashtirish nazariy fundamental ilmiy tadqiqotlarni taqozo etadi[2].
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.02.2019 yilda "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5325-sonli Farmoni imzoladi. Farmon ko'ra, O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi faoliyatining ustuvor yo'nalishlari etib xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta'minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish; xotin-qizlarning muammolarini o'z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo'lgan va og'ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, nogironligi bo'lgan ayollarning manzilli ro'yxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko'rsatish; xotin-qizlarning bandligini ta'minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish masalalarida har tomonlama manzilli qo'llab-quvvatlash; xotin-qizlar o'rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, birinchi navbatda, huquqbuzarlikka moyilligi bo'lganlar bilan yakka tartibda ish olib borish hamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan xotin- qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashishi bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlikni ta'minlash belgilandi.
Tarixdan ma'lumki, davlat va u ta'minlaydigan huquq ijtimoiy qarama- qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish,
jamiyatni tartibga soluvchi va tinchlik- osoyishtalik olib keluvchi
April, 2023
National University of Uzbekistan
Google Scholar indexed
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-167-172
omil sifatida namoyon bo'lgan. Fuqarolik jamiyati nazariyasi insoniyat tomonidan yaratilgan siyosiy qarashlar tarixi - jamiyat va inson, siyosat va davlat to'g'risidagi nazariy qarashlar, shuningdek, ilk jamoalardan hozirgi davrgacha bo'lgan jamiyatlar rivojlanishining tajribasi asosida takomillashib bordi. Shu bilan birga, bu jamiyat insoniyat yaratgan sivilizatsiyalarning eng so'nggi hosilasi o'laroq shakllanganligiga ishonch hosil qilamiz[3]. Hozirgi zamonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda murakkab jarayonlardan biri ijtimoiy yon berish va kishilar o'rtasidagi kelishuvlarni ta'minlashdir. Shu jihatdan olib qaralganda, ijtimoiy sherikchilikka yo'naltirilgan ijtimoiy sheriklik omili orqali jamiyatda "yo'naltiruvchi " va "amalga oshiruvchi" kuchlarni ko'paytirish muhim ijtimoiy-siyosiy jarayon hisoblanadi. Xususan, fuqarolik jamiyatida ijtimoiy adolatga asoslangan tartibni yaratish va ta'minlash muammosi bugungi kunda bir qator omillar bilan bog'liq bo'lib, ular ijtimoiy sherikchilik va uning tarkibiy qismi hisoblangan ijtimoiy sheriklikni shakllantirishda alohida o'rin egallaydi. "Fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirishga erishish, amalga oshirilayotgan islohotlarimizni ochiq-oshkoraligi va samaradorligini ta'minlashda uning rolini kuchaytirishda "Ijtimoiy sheriklik to'g'risida"gi Qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu qonunda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish, gumanitar muammolarni hal etish, mamlakatimiz aholisi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat tuzilmalari bilan o'zaro munosabatlaridagi aniq chegaralarni belgilash va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish kabi masalalar bo'yicha huquqiy normalar ko'zda tutilishi darkor"[3].
Respublikada xotin-qizlarning ahvolini yaxshilash, ularning erkinligi, huquqi, manfaatlari va sog'ligini muhofaza qilish mamlakat siyosatining ustuvor yo'nalishlari qatoridan joy olgan. "Zero, umummilliy siyosatning ma'nosi -xotin-qizlarni ijtimoiy jihatdan qo'llabquvvatlashga qaratilgan davlat siyosatini umumjamiyat ishiga aylantirish demakdir"[4].
XULOSA VA MUNOZARA
Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, ayollar manfaatlarini himoya qilishda huquqiy madaniyatni targ'ib qilishning amaliy asoslarini, ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirishda, ularning turli soha va tarmoqlarda o'z qobiliyat va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so'zsiz rioya qilinishini ta'minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo'llab-quvvatlash,
April, 2023
171
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-167-172
shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
REFERENCES
1. Sh. M.Mirziyoev; "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz" -Toshkent: "O'zbekiston" NMIU, 2017.- 592b.
2. Mirzakarimova M. Bandlikda ijtimoiy sheriklik (nazariya va amaliyot masalalari). - T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi", 2013. -202-b.
3. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish vafuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. -T.: O'zbekiston, 2010.
4. Inomova S.T. E'zozli ayol iqboli. T.: O'qituvchi. - 2005. 8 b.
5. Мухамеджанова, Л. А., Ермоченко, К. П., & Ивентьев, С. И. (2022). РОЛЬ ПРАВОВОЙ И НРАВСТВЕННОЙ КУЛЬТУРЫ В ВОСПИТАНИИ И ОБРАЗОВАНИИ МОЛОДЁЖИ. In Третьи международные теоретико-правовые чтения имени профессора НА Пьянова (pp. 48-59).
April, 2023