CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489
OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 5 I 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AYOLLAR MEHNAT FAOLIYATINI MUHOFAZA QILISHNING AHAMIYATI VA ULARGA YARATILAYOTGAN
SHART-SHAROITLAR
Shoira Baxtiyor qizi Begnazarova
Talaba, Toshkent kimyo-texnologiya instituti begnazarovashoira@gmail .com
ANNOTATSIYA
Davlatimiz hayotida so'ngi yillarda beqiyos darajadagi o'zgarishlar bo'lmoqda. Shulardan mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga so'zsiz rioya etilishini ta'minlash, mehnat huquqini kafolatlash va ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlashga hamda aytib o'tishimiz lozimki so'nggi to'rt yilda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini ta'minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, shuningdek, xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirildi. Asosan "Mehnat muhofazasi to'g'risidagi qonun"ning yangi taxriri(23.09.2016) chiqqanligi va Mehnat Kodeksiga kiritilayotgan o'zgartirish, qo'shimchalar mehnat muhofazasining qonun hujjatlariga ham alohida e'tibor qaratilganigini ko'rshimiz mumkin.
Kalit so'zlar: mehnat muhofazasi, mehnat kodeksi, kafolatlar, imtiyozlar, ijtimoiy himoya, ayollar, yoshlar, tadbirkorlar, huquqlar, mehnat muhofazasi to'g'risidagi qonun, gender tengligi , mehnat huquqi.
THE SIGNIFICANCE OF WOMEN'S LABOR PROTECTION IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN AND CONDITIONS FOR THEM
ABSTRACT
The life of our country has undergone unprecedented changes in recent years. Among them, we must ensure the unconditional observance of the rights and legitimate interests of women in our country, guarantee the right to work and support women's entrepreneurship, note that over the past four years, equal rights for women and men and large-scale reforms aimed at achieving opportunities, ensuring their equal participation in managing public and state affairs, providing social and legal support to women, as well as protecting women from oppression and violence. In particular, we see that in the new edition of the Law on labor protection (09/23/2016) and amendments to the Labor Code, special attention is paid to labor protection legislation.
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
Keywords: abor protection, labor code, guarantees, benefits, social protection, women, youth, entrepreneurs, rights, labor protection law, gender equality, labor law.
"Bugungi kunda ayollar va erkaklar mutlaqo teng huquqqa ega. Bu O 'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo 'yilgan. Gender omili Mehnat kodeksida ancha batafsil aks ettirilgan. Davlat tomonidan ayollar uchun mehnat me'yorlari, tug 'ruq ta 'tillari, voyaga etmagan bolalarni tarbiyalayotgan onalar uchun ish tartibi belgilangan. Ish beruvchilarning kasaba uyushmalari bilan tuzgan mehnat shartnomalarida ham xotin-qizlarning huquqlarini ta'minlashning turli normalari mustahkamlangan.
Bugun O'zbekistonda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga, davlat boshqaruvi va jamiyatning barcha jarayonlarida ularning rolini oshirishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. So'z xotin-qizlarning alohida maqomi va ularga nisbatan hurmatni tiklash haqida bormoqda. Bu tamoyillar gender tenglik sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining asosiga aylandi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Biroq eng muhimi kuchli siyosiy iroda bor.
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev inauguratsiyadagi nutqida xotin-qizlarga doimiy e'tibor va g 'amxo 'rlik davlat siyosatining ajralmas qismi bo 'lishini, bu borada tegishli Milliy dastur qabul qilinishi kutilayotganini ta 'kidladi".
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva
Mamlakatning har bir fuqarosi o'zi yashab turgan jamiyatni shakllantirishdagi, rivojlantirishdagi, ishlab chiqarishda ishlashdagi va uni boshqarishdagi asosiy kuch hisoblanadi. Fuqarolar hayoti va mehnati xavfsizligini ta'minlash muammosi har bir jamiyat uchun dolzarb masala bo'lib, u davlatning iqtisodiy rivojlanganligiga va barqarorligiga, kuchli ilmiy-texnik va intellektual imkoniyatlarga ega ekanligiga bog'liq. Davlat uchun kuchli ilmiy-texnik va intellektual imkoniyatlar zaxirasi esa -yoshlardir, ularning olgan ta'lim va tarbiyasi, o'z mutaxassisliklari bo'yicha egallagan bilimi va uquvi darajasidir.
Ishlab chiqarishda mehnatni tartibsiz, amaldagi qonun-qoidalar, standartlar va ko'rsatmalarga amal qilmasdan amalga oshirilishi, nafaqat jarohatlanish yoki shikastlanishni keltirib chiqarishi, balki ayrim hollarda o'limga ham olib kelishi mumkin. Tabiiyki, bu insonni o'zining mehnat faoliyatidagi tabiiy, texnik, antropogen, ekologik va boshqa turdagi barcha xavfli faktorlardan himoyalashni ilmiy asosda tashkil qilishni talab etadi.
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
Insonning mehnat xavfsizligini ta'minlashda ilmiy-nazariy izlanishlar asosida vujudga kelgan qonunlar, nizomlar, standartlar, ko'rsatmalar, qoidalar va sanitar-texnik me'yorlar hamda ularni o'rganish bo'yicha uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini vujudga keltirish, uni rivojlantirish muhim o'rin tutadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Mamlakatimizda yillar o'tgan sayin ishlab chiqarish va boshqa juda ko'p sohalarda ayollar mehnati ortib bormoqda. Ularga ta'lim olishda, kasbiy tayyorlanishda, ishdagi mehnatlari uchun rag'batlantirishda hamda xizmat yuzasidan ko'tarilishda teng huquqiy imkoniyatlar yanada ko'p yaratilmoqda. Shunday bo'lsada, ayollar ba'zi hollarda, ayrim bir sharoitlarda, erkaklar bilan bir xil ishlarni bajara olishmaydi. Ayolning organizmi o'ziga xos fiziologik xususiyatga ega bo'lganligi sababli og'ir jismoniy mehnatga, ba'zi zararli omillarga (chang, titrash, organizmning qattiq qizib yoki sovib ketishi va boshqalar) ta'sirchan hisoblanadi. Bu zararli omillar ta'siri ular organizmining homiladorlik kezlarida salbiy o'zgarishlarga olib kelishi, asoratlar qoldirishi (toksikoz, bola tushib qolishi, o'lik tug'ilish va boshqalar) bola tug'ish funksiyasining buzilishi (bola ko'rmaslik), avloddagi o'zgarishlarga (bolaning erta tug'ilishi, nogironlik) sabab bo'lishi mumkin. Ayollar mehnatini muhofaza qilishda ko'p muammolar bo'lib, uning biologik va ijtimoiy ahamiyati judayam muhim hisoblanadi.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish lozimki, ayollar mehnatini muhofaza qilishda ularga asosiy tayanch sifatida korxona va tashkilotlarda mehnat muxofazasiga oid asosiy talablar xamda qoidalar O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (13-bob, 211-233-moddalar hamda 14-bob, 224-238-moddalarda), O'zbekiston Respublikasining 1993 yil 6 maydagi «Mehnatni muxofaza qilish to'grisida»gi qonunda, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarorlarida, tarmoq vazirliklari va idoralar tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlanadigan mehnatni muxofaza qilishga oid standartlar, korxonalarda tuzilgan jamoa shartnomalari, tarmoq jamoa kelishuvlari, ichki mehnat tartibi qoidalarida va boshqa me'yoriy xujjatlarda nazarda tutilgan. Bundan tashqari 7.03.2019 yildagiPQ-4235-son qarorga ko'ra "Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar" qabul qilindi.
MUHOKAMA
Davlatimiz tomonidan kelajagimiz tayanchi bo'lgan yosh avlodni, ular tarbiyasi bilan mashg'ul bo'lgan onalar va barcha xotin-qizlarni ishlab chiqarish jarayonida himoyalashga qaratilgan ulkan ijtimoiy dasturlar va tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, «Ayollarni ijtimoiy himoyalash», «Nogironlarni mehnatga qaytarish» davlat
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
dasturlarining ro'yobga chiqarila boshlanishi bilan bir necha minglab ish joylari sog'lomlashuviga, qulay va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilishiga erishildi.Yuqorida aytib o'tganimdek 2019-yil 7-martda qabul qilingan "Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar" ga asosan:
"Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari tashkil etilmoqda. Ular uzoq muddat bola parvarishlash ta'tilida bo'lgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushgan ayollarni kasblar bo'yicha qayta tayyorlashga ko'maklashadi, ayollarning biznes yuritish ko'nikmalarini shakllantiradi, ularga maslahatlar beradi va amaliy yordam ko'rsatadi. Tadbirkorlik bilan shug'ullanish istagini bildirgan xotin-qizlar tuman (shahar) hokimi va xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan shakllantiriladigan ro'yxat asosida maxsus o'qitish dasturi bo'yicha o'qitiladi. Maxsus dasturlarni muvaffaqiyatli o'zlashtirganlarga tuman (shahar) xotin-qizlar qo'mitasi tavsiyasiga ko'ra tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish uchun imtiyozli kredit beriladi. Kredit muddati 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yildan oshmaydi, stavka - yillik 8%. Buning uchun Xotin-qizlarni va oilani qo'llab-quvvatlash jamoat fondi banklarga har yili 100 mlrd so'm ajratadi, uning kamida yarmi qishloq joylardagi xotin-qizlarning biznesini rivojlantirishga yo'naltiriladi" - deyilgan va bundan tashqari boshqa bir qancha ayollarni mehnat huquqlarini kafolatlari ko'rsatib o'tilgan.
Ayollarni mehnat jarayonida muhofazalash Mehnat kodeksining 224-238-moddalarida ko'zda tutiladi. Mehnat kodeksining XIV bobida ayrim toifadagi xodimlarga, ayollarga, yoshlarga beriladigan qo'shimcha kafolat va imtiyozlar ko'rsatib berilgan.
Mehnat kodeksining 224-moddasida homilador ayollarni va bolasi bor ayollarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar keltirib o'tilgan. Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi. Homilador ayolni yoki uch yoshga to'lmagan bolasi bor ayolni ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda ish beruvchi rad etishning sabablarini yozma ravishda ma'lum qilishi shart. Mazkur shaxslarni ishga qabul qilish rad etilsa ular sudga shikoyat qilish huquqiga ega hisoblanadi.
Ayollar mehnatining qo'llanishi taqiqlanadigan ishlar O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va korxona vakillari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Ish davomida tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollar sog'lig'ida ishga bog'liq o'zgarishlar ehtimoli mavjud bo'lganda, ularning xizmat ko'rsatish me'yorlari o'zgartiriladi. Ba'zi hollarda o'rtacha oylik ish haqi saqlangan holda, yengilroq yoxud noqulay ishlab chiqarish omillarining ta'siridan holi, zararsiz ishga
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
o'tkazilishi mumkin. Farzandi ikki yoshga to'lmagan ayollar avvalgi ishini bajarishi imkoni bo'lmagan taqdirda, avvalgi ishidagi o'rtacha oylik ish haqi saqlangan holda, bolasi ikki yoshga to'lgunga qadar yengilroq ish bilan ta'minlanishi zarur.
Mehnat muhofazasining me'yoriy hujjatlariga ko'ra homilador ayollarni va o'n to'rt yoshga to'lmagan bolasi (o'n olti yoshga to'lmagan nogiron bolasi) bor ayollarni ularning roziligisiz tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga va xizmat safariga yuborishga yo'l qo'yilmaydi. Shuningdek homilador ayollar va uch yoshga to'lmagan bolasi bor ayollar tungi ishlarga jalb qilinmasligi kerak.
Uch yoshga to'lmagan bolalari bor, budjet hisobidagi korxonalarda qonun bo'yicha ishlayotgan, ayollarga ish vaqtining haftasiga o'ttiz besh soatli qilib belgilangan muddati joriy etilishi mumkin.
Homilador ayolning, o'n to'rt yoshga to'lmagan bolasi (o'n olti yoshga to'lmagan nogiron bolasi) bor ayolning, shu jumladan homiyligida shunday bolasi bor ayolning yoki oilaning betob a'zosini parvarish qilish bilan band bo'lgan shaxsning iltimosiga ko'ra, ish beruvchi tibbiy xulosaga muvofiq ularga to'liqsiz ish kuni yoki to'liqsiz ish haftasi (119-modda) belgilashga majbur hisoblanadi.
O'n ikki yoshga to'lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki o'n olti yoshga to'lmagan nogiron bolasi bor ayollar har yili uch ish kunidan o'n to'rt kalendar kundan kam bo'lmagan muddat bilan ish haqi saqlanmagan ta'til olish huquqiga ega. Bunday ta'til yillik ta'tilga qo'shib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib belgilanadigan davrda undan alohida (to'liq yoki qismlarga bo'lib) foydalanilishi mumkin.
Alohida aytib o'tishim lozimki 2018-yil 12-noyabrdagi "18 yoshdan kichik bo'lgan qizlar va ayollar uchun o'g'ir yuklarni qo'lda ko'tarish va tashishda yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan yuklama me'yorlari" tasdiqlangan. Ushbu sanitariya me'yorlari 18 yoshdan kichik bo'lgan qizlar va ayollar tomonidan og'ir yuklarni ko'tarish va tashish bilan bog'liq bo'lgan ishlarning bajarilishida maqbul mehnat sharoitini ta'minlash, reproduktiv funktsiyasini va salomatligi holati buzilishining oldini olish maqsadida o'rnatiladi hamda bu sanitariya me'yorlari va qoidalariga mulk shaklidan qat'i nazar barcha korxonalar, tashkilotlar va birlashmalar hamda alohida shaxslar tomonidan rioya qilishlari majburiydir.
Ayollar mehnatini muhofaza qilish faqat ular mehnatdan foydalanish taqiqlangan ish va kasblarni belgilash, ular ko'tarishi yoki tashishi mumkin bo'lgan yuk me'yorlarini belgilashdangina iborat bo'lmay, boshqa ko'plab tashkiliy huquqiy tadbirlar majmuini ham nazarda tutadi hamda ularning asosiy maqsadi, yuqorida
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q
ta'kidlanganidek, bola tug'ish, parvarishlash va tarbiyalash qobiliyatlarini himoya qilish, sog'liklariga shikast yetishining oldini olishdan iborat.
«Mehnatni muhofaza qilish to'grisida»gi qonunga ko'ra, har bir xodim, shu jumladan xotin-qizlar ham, o'zlari mehnat qilayotgan sharoiti haqida, bu sharoitlarning o'z sog'ligi uchun qay darajada xavf-xatar tug'dirishi mumkinligi to'grisida to'liq va obyektiv axborotlarni olishga xaqli. Ular o'zlarining kasb kasalliklariga yoxud mehnat faoliyati bilan boglik boshqa kasalliklarga chalinib qolishlari ehtimolining oldini olish maqsadida navbatdan tashqari tibbiy ko'rikdan o'tkazilishlari, kasb kasalliklariga chalinganlarida esa qonunda belgilangan tartibda o'zlariga yetkazilgan zarar miqdorini ish beruvchidan qoplab berilishini talab qilishlari mumkin. Kasb kasalliklari ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 11 maydagi 249-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
NATIJALAR
Bugun kunda xotin-qizlar turli sohalarda o'z salohiyatlarini ro'yobga chiqarishlari mumkin. Davlat boshqaruvida ayollar vakillarini ko'paytirish uchun siyosat, iqtisodiyot va jamiyat hayotida yetakchi lavozimlarni egallashga qodir 15 ming nafardan ortiq xotin-qizlardan kadrlar zaxirasi shakllantirildi. Lider ayollar tayyorlash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
O'zbekiston tarixida ilk marotaba parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga etib, parlamentdagi xotin-qizlar soni qariyb 32 foizga yetdi va dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-o'ringa ko'tarildi.
Boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 27 foizga, partiyalarda 44 foizga, oliy ta'limda 40 foizga, tadbirkorlikda 35 foizga yetdi.
Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo'llab-quvvatlash, ular bilan manzilli ishlash maqsadida «Ayollar daftari» tizimi joriy etilib, Davlat byudjetidan har yili 300 mlrd so'm mablag' ajratib borish yo'lga qo'yildi.
Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo'q yolg'iz ayollarning o'qish to'lovlarini qoplab berish tizimi joriy etilib, oliy o'quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar soni ikki baravarga ortdi.
Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida 224 mingdan ortiq xotin-qizga jami 6,9 trln so'm miqdorida imtiyozli kredit ajratildi.
Sohada olib borilayotgan islohotlar xalqaro reytinglardagi mamlakatimiz o'rniga ijobiy ta'sir ko'rsatib, Jahon bankining Ayollar, biznes va qonun indeksida O'zbekiston 2020 yilda xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik bo'yicha ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirgan 27 ta davlat qatoriga kiritildi va 5 pog'onaga yuqorilab, 190 ta davlat orasida 134-o'rinni egalladi.
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489
OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 5 I 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
Davlat soliq xizmati organlarida ro'yxatdan o'tib, faoliyat ko'rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkor ayollar soni,
yosh guruhlari bo'yicha ) (kishi)
2018 2019 2020
Jomi 69 756 75 295 81 703
shu jumladan, yosh guruhlari
15-19 72 78 86
20-24 8 318 8 977 9 742
25-29 5 659 6 218 6 740
30-34 9 141 9 866 10 709
35-39 11 599 12 534 13 602
40-44 10 835 11 695 12 690
45-49 9 141 9 867 10 707
50-54 8 553 9 232 10 018
55-59 4 589 4 903 5 320
60-64 1 251 1 315 1 427
65+ 598 610 662
Jadval ma'lumotlarida ko'rinib turibdiki, 2018-yilga nisbatan 2019-yilda, 2019-yilga nisbatan 2020-yilda yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug'ullanuvchi ayollar soni ortib bormoqda. Ya'ni ayollar va qizlarmiz yoshlaridan qat'i nazar berilayotgan imkoniyatlardan yaxshi foydalanib o'sib, rivojlanib borishayotganini ko'rishimiz mumkin. Bu albatta qonunchiligimizda ayollarga yaratib berilayotgan yengilliklar, imtiyozlar hamda ular mehnatini muhofazasiga berilgan kafolatlar natijasi desak bo'ladi.
XULOSA
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2016-2021-yillarda yoshlar siyosatiga doir 5 ta qonun va 55 ta qonunosti hujjati qabul qilindi. 2016/2017 o'quv
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q
yilida o'qishga qabul qilish parametrlari 57 907 nafarni tashkil etgan bo'lsa, 2021/2022 o'quv yilida qabul parametrlari qariyb uch barobar oshirilib, 157 755 ni tashkil etadi. Xususan, davlat granti asosida o'qishga qabul qilish parametrlari ham 1,5 barobar oshirildi. Shu o'rinda xotin-qizlarning ta'lim va kasbiy ko'nikmalar olishi hamda bandligini ta'minlashga har tomonlama ko'maklashish maqsadida Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega bo'lgan xotin-qizlar uchun davlat granti asosidagi qabul ko'rsatkichlari ajratilganligi, shuningdek, ehtiyojmand oilalar farzandi bo'lgan xotin-qizlar uchun oliy ta'limga ajratiladigan davlat grantlari soni 2 barobarga oshirish orqali 2000 taga yetkazilgani tahsinga loyiq. Bunday imkoniyatlarning yaratilishi qiz-yoshlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo'llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Mamlakatimizda xalqaro talablarga javob beradigan kadrlarni tayyorlashga e'tibor qaratilmoqda.
Ta'lim tizimida xotin-qizlar uchun yana bir qator keng imkoniyatlar:
- Yangi o'quv yilidan boshlab magistraturada o'qiyotgan qizlarning kontrakt pullari to'liq byudjetdan qoplab beriladi (23 ming nafar qizlarga 200 milliard so'm);
- har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuboriladi;
- har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo'qotgan 150 nafar qizlarning (jami 2,1 ming nafar) ta'lim kontrakti mahalliy byudjetdan to'lab beriladi;
- yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy o'qishga sharoit yaratiladi;
- doktorantura yo'nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi.
Yuqoridagi keltirilgan ma'lumotlardan, mamlakatimizda yildan yilga ayollar mehnatiga qaratilayotgan e'tibor, ta'lim olishlari va mehnat qilishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, yengilliklar hamda ularni mehnatini muhofaza qilish bo'yicha respublikamizdagi amalda bo'lgan bir qancha qonun hujjatlarida belgilangan me'yorlar, imtiyozlar va kafolatlar orqali ularni vaqt o'tgan sayin juda yaxshi rivojlanayotganliklarini ko'rishimiz mumkin.
ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. E.I.Ibragimov, S.Gazinazarova, O.R.Yuldashev "Mehnat muhofazasi maxsus kursi", -Toshkent, 2014. - 535 b. (oliy o'quv yurtlari uchun darsliklar).
2. Tursunov Y., "Mehnat huquqi", O'quv qo'llanmasi. T., «Moliya», 2009 yil.
3. 2030 yilga qadar O'zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi.
4. "Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida"gi qonunning yangi taxriri, 23.09.2019.
5. O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (O'zR 21.12.1995 y. 161-I-son Qonuni bilan tasdiqlangan).
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
6. Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar (7.03.2019 yildagi PQ-4235-son qaror).
7. "18 yoshdan kichik bo'lgan qizlar va ayollar uchun o'g'ir yuklarni qo'lda ko'tarish va tashishda yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan yuklama me'yorlari", 12.11.2018.
8. https://gender.stat.uz/
9. http s : //www.norma.uz/
10. https://yuz.uz/
11. https://review.uz/
12. https://lex.uz/