Научная статья на тему 'YANGI О‘ZBEKISTONDA AYOL-QIZLAR MENTALITETI SHAKLLANISHIGA E’TIBORNING KUCHAYISHI'

YANGI О‘ZBEKISTONDA AYOL-QIZLAR MENTALITETI SHAKLLANISHIGA E’TIBORNING KUCHAYISHI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

214
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mentalitet / ayol-qizlarning ijtimoiylashuvi / iqtisodiy va siyosiy faollik / tadbirkorlik / oila instituti / zо„ravonlik va tazyiq / ta‟lim olish / kasb tanlash / mentality / socialization of women and girls / economic and political activity / entrepreneurship / family institution / violence and oppression / education / career choice

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Raushana Kurbanbayevna Kurbaniyazova

Ushbu maqolada Yangi О„zbekistonda ayol-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, turli soha va tarmoqlarda о„z qobiliyat va imkoniyatlarini rо„yobga chiqarish uchun shart-sharoit yaratish, onalik va bolalikni har tomonlama qо„llab-quvvatlash, oila institutini, qizlarning bilim olishi, ularning mentaliteti, ongutafakkurini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotlar ishlar yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article the works that needs to be done on development of independent thinking, the mentality, the education of girls, the creation of conditions for the realization of their abilities and opportunities in various fields and sectors, comprehensive support for motherhood and childhood, the institution of the family, the socio-economic and political activity of women in New Uzbekistan were highlighted.

Текст научной работы на тему «YANGI О‘ZBEKISTONDA AYOL-QIZLAR MENTALITETI SHAKLLANISHIGA E’TIBORNING KUCHAYISHI»

YANGI O'ZBEKISTONDA AYOL-QIZLAR MENTALITETI SHAKLLANISHIGA E'TIBORNING KUCHAYISHI

Raushana Kurbanbayevna Kurbaniyazova

TTA Urganch filiali v.b.dotsenti r.kurbaniyazova@mail .ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Yangi O'zbekistonda ayol-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, turli soha va tarmoqlarda o„z qobiliyat va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish uchun shart-sharoit yaratish, onalik va bolalikni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, oila institutini, qizlarning bilim olishi, ularning mentaliteti, ongu-tafakkurini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotlar ishlar yoritilgan.

Kalit so'zlar - mentalitet, ayol-qizlarning ijtimoiylashuvi, iqtisodiy va siyosiy faollik, tadbirkorlik, oila instituti, zo'ravonlik va tazyiq, ta'lim olish, kasb tanlash

ABSTRACT

In this article the works that needs to be done on development of independent thinking, the mentality, the education of girls, the creation of conditions for the realization of their abilities and opportunities in various fields and sectors, comprehensive support for motherhood and childhood, the institution of the family, the socio-economic and political activity of women in New Uzbekistan were highlighted.

Keywords - mentality, socialization of women and girls, economic and political activity, entrepreneurship, family institution, violence and oppression, education, career choice

KIRISH

Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va ma'naviy barkamolligi shu davlatda yashayotgan ayollarning ma'naviy qiyofasi va davlat siyosatida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan say harakatlari bilan belgilanadi.

Mamlakatimizda aholining qariyb yarmini tashkil etuvchi xotin-qizlarning hayotda munosib o'rinlarini egallashi, o'zlarining salohiyatlarini namoyon etishlari va jamiyatda amalga oshirilayotgan ma'naviy-ma'rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlarda ularning to'laqonli ishtirokini ta'minlash maqsadida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

March, 2023

605

Xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqei, ularning davlat va jamiyat ishlarida faol ishtirok etishi bilan islohotlarning muvaffaqiyatli kechishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu masala ayol-qizlarning ongu-tafakkuri, orzu-o„ylari, intilishlari, maslak va e'tiqodlaridagi o'zgarishlar jarayonlari bilan bog'liq. Jamiyatda aholi mentalitetini o'zgartirmasdan turib islohotlar mohiyatini anglash va samaradorligini oshirish mumkin emas.

Shu nuqtai nazardan ayol-qizlarning ijtimoiylashuvi va mentaliteti o'zgarishlarini ilmiy-nazariy mushohada qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Insonning o'zligini anglashi, gumanistik g'oyalar Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, F.Bekon, R.Dekart, B.Spinoza, I.Kant, G.V.Gegel asarlarida o'z aksini topgan.

Mentalitet masalasining ilmiy muomalaga kiritilishi fransuz etnologi va sotsial antropologi Lyusyen Levi-Bryul nomi bilan bog'langan [13]. U o'zining "Ibtidoiy mentalitet" asarida mentallik tushunchasidan sotsiumning fikriy, psixologik umumlashmasi sifatida foydalanadi.

Mentalitet masalasi G'arb va Sharq ilm-fanida bir qancha olimlar tomonidan o'rganilgan. O'zbekistonning hozirgi falsafiy ilmiy adabiyotlarida mentalitet muammosi M.N.Abdullayeva, M.Bekmurodov, A.Begmatov, J.T.Tulenov,

F.Turg'unboyev, N.A.Shermuxamedova, B.T.To'ychiyev, SH.O.Madayeva,

G.X.Rasulova va boshqa olimlar tomonidan o'rganilgan.

Falsafa qomusiy lug'atida: "Mentalitet" (lot, "mens" - aql, idrok) - jamiyat, millat, jamoa yoki alohida shaxsning tarixiy tarkib topgan tafakkur darajasi, ma'naviy salohiyati, hayot qonunlarini tahlil etish kuchi, muayyan ijtimoiy sharoitlarda shakllangan aqliy qobiliyati" [14], - deb ta'rif berilgan.

O'zbekistonda mustaqillik yillarida jamiyatning siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy-ma'naviy sohasidagi o'zgarishlar ayol-qizlar mentaliteti o'zgarishiga olib keldi. Jamiyatning boshqaruv tizimida, ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatida, ijtimoiy va ma'naviy hayotda ayol-qizlarning ulushi yildan-yilga oshib bormoqda.

Bu tahlilning metodologik asosi sifatida nazariy mantiqiy tizimli tahlil, tarixiy va qiyosiy tahlil, umumlashtirish kabi umumilmiy metodlardan foydalanilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Jahonda hayot sur'atlari jadallashib borayotgan bir davrda ayollar masalasi global muammolardan biri hisoblanadi. Dunyoning taraqqiy etgan davlatlarida xotin-qizlar rasmiy ishchi

March, 2023

606

kuchining uchdan birini tashkil etishiga qaramay, ayollarning siyosiy, iqtisodiy huquqlarini, gender tengligini ta'minlash muammo bo'lib qolmoqda. Shu bois, 1995 yilda BMT ning Xotin-qizlar ahvoli bo'yicha IV Umumjahon konferensiyasida ayollar masalasini har bir ijtimoiy-siyosiy davrda e'tibor berilishi lozim bo'lgan asosiy masalalardan biri bo'lib qolayotganini kun tartibiga qo'yadi. Konferensiyada qabul qilingan Pekin harakatlar platformasi ahamiyatli bo'lib, Pekin Deklaratsiyasi qabul qilinadi. Harakat platformasida o'n ikki yo'nalishdagi alohida sohalarga ahamiyat berildi: Xotin-qizlar va qashshoqlik; ta'lim va xotin-qizlarning kasbiy tayyorgarligi; xotin-qizlar va sog'liqni saqlash; xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonliklar; qurolli mojarolar davrida xotin-qizlar; xotin-qizlar va iqtisod; xotin-qizlarni boshqaruv organlarida va qaror qabul qilishdagi ishtiroki; xotin-qizlar holatini yaxshilashda institusional mexanizm; xotin-qizlar va inson huquqlari; xotin-qizlar va ommaviy axborot vositalari; xotin-qizlar va atrof muhit; qizlar[11]. Bu sohalarda hukumatlar va jamiyatlar tomonidan maxsus meyorlar qabul qilinishi kerakligi ta'kidlandi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach jamiyatda ayollarning huquqlari va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha katta ishlarni amalga oshirdi.

Ayollar borasida amalga oshirilgan say-harakatlarning bugungi samarasi ushbu sohadagi institusional asoslarini tubdan takomillashtirish bilan uzviy bog'liq. Mustaqillikning ilk davri - demokratik islohotlar boshlanishida gender tenglik masalasi va ayollarning jamiyatdagi roli naqadar muhim ekanligi, davlatimizda 1991 yildayoq alohida davlat tuzilmasi - Xotin-qizlar qo'mitasi shakllantirildi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 46 moddasida: "Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar" [1], - deb mustahkamlab qo'yilgan.

O'zbekiston xotin-qizlarni har qanday kamsitish va tahqirlashlardan himoya qiladigan barcha asosiy xalqaro hujjatlarga qo'shildi. Bunda "Onalikni muhofaza qilish to'g'risida"gi Jeneva Konvensiyasi, "Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari to'g'risida"gi hamda "Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to'g'risida"gi Nyu-York Konvensiyalari, "Birlashgan Millatlar Tashkilotining transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasini to'ldiruvchi odam savdosining, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini olish hamda unga chek qo'yish va uning uchun jazolash haqidagi" Bayonnomasi kabi xalqaro hujjatlarni misol qilib keltirish mumkin.

Xalqaro demokratik hamjamiyat safidan munosib o'rin egallash, hech kimdan kam bo'lmaydigan fuqarolik jamiyati barpo etish uchun aholining, shu jumladan xotin-qizlarning ham ongu-tafakkuri va dunyoqarashini yanada kengaytirish, eskidan qolgan qoldiq va

March, 2023

607

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

asoratlardan butunlay voz kechish, zamon talablari bilan uyg'un va hamohang bo'lib yashash muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o'z qobiliyat va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so'zsiz rioya qilinishini ta'minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlash borasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti M.M.Mirziyoyevning 2018 yil 2 fevralda PF-5325-sonli Farmoni "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi" [2] hamda ushbu farmonga muvofiq xotin-qizlar va oila institutini yanada qo'llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi "Xotin-qizlar va oilani qo'llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish to'g'risida" [3] gi qarori qabul qilindi. Mazkur fondning asosiy vazifalari etib, xotin-qizlar va oilani har tomonlama qo'llab-quvvatlash, shu jumladan og'ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va oilalarga, nogironligi bo'lgan ayollarga moddiy yordam ko'rsatish, xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda, mehnat bozorida talabi yuqori bo'lgan kasblar bo'yicha bilim va ko'nikmalarni egallashda ko'maklashish qayd etilgan. Bu xotin-qizlarning davlat siyosati darajasidagi hurmat va e'tiborini tasdiqlaydi.

Davlatimizda ayollarning o'z iqtidorlarini namoyon qilish qobiliyatiga yarasha ishlashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Agar ayol o'zini nafaqat ayol, balki inson sifatida jamiyatdagi o'rnini anglasa, unga tabiat ato etgan qobiliyatni to'g'ri yo'naltira olsa, faqat oila qurishni emas, balki halol mehnati bilan jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo'shishi lozimligini hayotining maqsadi deb bilsa, bu ayol albatta o'z hayotidan qanoatlana oladi.

So'nggi yillarda o'z maqsadini aniq bilgan, oila bekasi, farzandlarning onasi bo'lish bilan bir qatorda, jamiyat taraqqiyotining turli sohalarida kasbi orqali kamolotga erishayotgan ayollarning soni oshib bormoqda.

XXI asr ayollarining farzand tarbiyasi, oilasiga sadoqatidan tashqari boshqa qadriyatlari ham shakllandi. Bu ularning jamiyatda o'z o'rnini topishga intilishi, egallagan kasbi orqali jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo'shish istagidir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 martdagi PF-87-sonli Farmoniga asosan "2022 - 2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo'yicha Milliy Dastur"[6] qabul qilindi.

Milliy Dastur olti bobdan iborat bo'lib, uning uchinchi bobida

March, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

Milliy dasturni amalga oshirishning ustuvor yo'nalishlari belgilangan, ular quyidagilardan iborat:

- Xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;

-Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash;

- Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish;

- Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish;

- Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash;

- Chet elga ishlash uchun ketgan xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, odam savdosining oldini olish;

- Xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo'yicha qabul qilingan xalqaro konvensiyalar va milliy qonunchilik normalari ijrosini monitoring qilish;

-Xotin-qizlar bandligini ta'minlash, ularning tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash;

- Davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning o'rni va mavqeini yanada mustahkamlash;

- Xotin-qizlarning ta'lim olishi uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish, ilm-fan sohasida ayollarning rolini yanada oshirish;

- Xotin-qizlar o'rtasida sportni ommalashtirish, madaniy hordiq chiqarishlari uchun qo'shimcha shart-sharoit yaratish;

- Nuroniy onaxonlarni e'zozlash, ularni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo'llab-quvvatlash va faolligini oshirish;

- Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash.

Milliy dasturning 2022-2023 yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasida: 6 ta asosiy yo'nalish va 112 banddan iborat bo'lgan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo'lib, rejaning ikkinchi yo'nalishida - xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish maqsadida quyidagilar belgilangan:

2022 yilda - 140 ming, 2023 yilda - 150 ming nafar xotin-qizni ishga joylashtirish choralarini ko'rish; 2022 yilda - 66 ming, 2023 yilda - 74 ming nafar xotin-qizni haq to'lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish orqali ularning bandligiga ko'maklashish;

2022 yilda 17 ming 62 nafar, 2023 yilda 19 ming 20 nafar xotin-qizga subsidiyalar ajratish; respublika va hududlarda "Yetakchi ayollar

muloqoti" platformasini tashkil etish;

March, 2023

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining magistraturasiga nomzodlarni tavsiya etishda xotin-qizlarning sonini magistraturada o'qishga tavsiya etilgan nomzodlar umumiy sonining 30 foizigacha yetkazish; "Bir million dasturchi" loyihasida ishtirok etadigan xotin-qizlar sonini 30 foizga yetkazish kabi muhim masalalar o'z ifodasini topgan [6].

Milliy Dasturdagi vazifalarning bajarilishi xotin-qizlarning chinakam baxtli hayot kechirishlari, saodatli ayol sifatida oila va jamiyatda mustahkam o'rin egallashlari uchun yangi imkoniyatlarning yaratilishiga xizmat qiladi.

Davlat boshqaruvining turli sohalarida faoliyat olib borayotgan faol xotin-qizlarning kasbiy va intellektual salohiyatini oshirish, ularni rahbarlikka tayyorlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tizimida qisqa muddatli o'quvlarni tashkil etish ko'zda tutilgan.

Ayol-qizlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar mohiyatini his qilgan holda, keyingi yillarda ularning ongu-tafakkuridagi o'zgarishlar jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy hayotida faol ishtirok etishlarini ta'minlamoqda. Jamiyat o'zgarishlari natijasida xotin-qizlar mentalitetida ham transformatsiyalashuv jarayonlari yuzaga kelmoqda.

Mamlakatimizda jahon tajribasida birinchi marta har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash, kambag'allikni qisqartirish bo'yicha ayollar masalalari bilan alohida, kompleks va manzilli ishlash maqsadida xotin-qizlar faoli lavozimi joriy qilindi.

Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishda, ularga jamiyatda o'z o'rnini topishda yordam berayotgan hududlardagi "Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi" ham tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanmoqchi bo'lgan ayollar uchun chinakam ko'makchi bo'lib xizmat qiladi. Keyingi yillarda tadbirkor ayollarni qo'llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar diqqatga sazovordir.

Xususan, xotin-qizlar bandligini ta'minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida imtiyozli kreditlar ajratish amaliyoti yo'lga qo'yildi.

Tijorat banklari mikrokredit bazasi mijozlarining 30 foizidan ortig'ini xotin-qizlar tashkil etmoqda. Tijorat banklari mablag'lari hisobidan 172 mingdan ortiq xotin-qizlarga 4,9 trillion so'm miqdorida kreditlar ajratildi. Buning natijasida tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'ygan xotin-qizlar soni bir yilda 45 ming nafarga ko'paydi.

2019 yildan boshlab aholining ish bilan ta'minlanishi va yangi ish o'rinlari yaratilishi davlat buyurtmasi asosida amalga oshirish tizimi yo'lga qo'yildi. O'zini o'zi band qilgan fuqarolarga vaqtincha mehnat guvohnomalarini berish va ularning ish stajini qayd etish tartibi

March, 2023

610

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

joriy etildi. Natijada norasmiy sektorda band bo'lgan xotin-qizlarning ulushi 27 foizga yetdi.

Respublikaning chekka hududlarini rivojlantirish, qishloqlarni obodonlashtirish, qishloqlarda yashovchi xotin qizlarning iqtisodiy faolligini qo'llab-quvvatlash orqali kambag'allikni qisqartirishga ham alohida e'tibor qaratildi. Qishloq xo'jaligining turli sohalarida 1,5 milliondan ortiq xotin-qizlar mehnat qiladi.

Tadbirkorlik subyektlarining 20 foiziga, shu jumladan fermer xo'jaliklarining 7,3 foiziga ayollar rahbarlik qiladi [5].

2007 yilda mahalliy vakillik organlarida ayollarning umumiy ishtiroki -16 foizni, Qonunchilik palatasida 17,5 foizni tashkil etgan bo'lsa, bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining 32 foizi, Senati a'zolarining hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, mahalliy Kengashlar deputatlarining qariyb 25 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.

Mamlakatimizda turli soha va tarmoqlarda mehnat qilayotgan ishchi va xizmatchilarning 45 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Jumladan davlat va jamoat tashkilotlari tizimida 1ming 400 ga yaqin opa-singillarimiz rahbarlik lavozimlarida mehnat qilmoqda. Ulardan 17 nafari senator, 16 nafari Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati bo'lib, 1 ming 75 nafari esa xalq deputatlari mahalliy kengashlari tarkibida faoliyat yuritmoqda.

Hozirgi vaqtda yurtimizda fidokorona mehnat qilayotgan hurmatli ayollarimizning ulushi tibbiyotda - 77 foizni, ta'lim sohasida - 74 foizni, iqtisodiyot va sanoat tarmoqlarida esa 46 foizni tashkil etmoqda.

Agar 2017 yilda xotin-qizlarning boshqaruv sohasidagi ulushi 27 foiz bo'lgan bo'lsa, bugungi kunda 33 foizga, siyosiy partiyalar safida 40 foizdan - 47 foizga, tadbirkorlikda 21 foizdan - 37 foizga yetdi. Bilimli, tashabbuskor va faol ayollarimizdan 2 ming nafarga yaqini davlat va jamoat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida xizmat qilmoqda.

Vatanimiz va xalqimiz oldidagi munosib xizmatlari uchun ayollarimizdan 17 nafari eng oliy mukofot - "O'zbekiston Qahramoni" unvoni bilan taqdirlangan. Xotin-qizlarimiz orasida 5 nafar akademik, oliy ta'lim muassasalarining o'zida 700 nafardan ziyod fan doktori, qariyb 3 ming nafar fan nomzodi, shuningdek, "O'zbekiston xalq shoiri", "Xalq artisti", "Xalq o'qituvchisi" va boshqa faxriy unvonlarga sazovor bo'lgan ko'plab ayollarimiz bor [9].

Jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko'rsatgan, o'zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi

mustahkamlanishi, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa

March, 2023

qo'shgan xotin-qizlarga beriladigan "Mo'tabar ayol" ko'krak nishoni ta'sis etildi.

Davlatimizda shuncha ishlar amalga oshirilayotganiga qaramasdan, zo'ravonlik qurboniga aylanayotgan, iqtisodiy qiyinchilikka tushib qolgan ayollar taqdiri, oilaviy ajrimlar sonining oshayotgani achinarli holat hisoblanadi.

Bu bir tomondan mentalitetga ( dunyoqarashi, bilimi, tafakkur tarzi) bevosita bog'liq bo'lib, ayol-qizlarda ijtimoiylashuvi jarayonlarining qiyin kechayotganligi sabab bo'lsa, ikkinchi tomondan ayrim holatlarda ayollar o'zlarini namoyon etishlari uchun sharoitlar kamlik qiladi, stereotiplar to'siq bo'ldi. Ba'zi oilalarda, o'g'il farzandlar uchun kasb tanlash, oliy o'quv yurtida tahsil olish masalalariga barcha sharoitlar yaratilgani holda, qiz farzandlarning kasb tanlashi, oliy o'quv yurtida tahsil olish masalalari e'tibordan chetda qoladi.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, 2021 yilda ichki ishlar organlariga xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlari yuzasidan 39 343 ta murojaat kelib tushgan va shuncha xotin-qizni himoya qilish maqsadida himoya orderlari rasmiylashtirib berilgan. Guruhlarga bo'lib tahlil qilinganda: 106 ta jinsiy, 234 ta iqtisodiy, 18777 ta ruhiy, 13658 ta jismoniy zo'ravonlik hamda 7174 ta tazyiq holatlari aniqlangan. Eng yomoni, zo'ravonlik holatlarining 34 330 tasi yoki 87 foizi oilada sodir etilgan, o'z yaqinlari tomonidan jabr ko'rgan [12] .

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil may oyida «Zo'rlik ishlatishdan jabr kurgan xotin-kizlarni reabilitatsiya kilishga oid kushimcha chora-tadbirlar tugrisida»gi karori [4] kabul kilinib, u zo'ravonlikka uchragan ayollarga yordam ko'rsatish tizimini yaratish, oilaviy-maishiy zo'ravonlikning oldini olish va uning salbiy oqibatlariga barham berishga qaratilgan edi. Mahalla va oilani qo'llab -quvvatlash vazirligi huzurida 29 ta ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi tashkil etildi. Shu vaqtgacha reabilitatsiya markazlari nodavlat notijorat tashkiloti sifatida faoliyat yuritib kelgan bo'lsa, endilikda ularning faoliyati to'lik Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilishi belgilandi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xotin-qizlar muammolarini o'rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari" to'g'risidagi 2022 yil 31 martdagi 145 sonli Qarorida [7] ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og'ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo'lmagan xotin-qizlar bilan "Ayollar daftari"ni yuritish orqali ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni ijtimoiy - huquqiy, psixologik, tibbiy va moddiy qo'llab-quvvatlash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.

Oilada va jamiyatda zo'ravonlikka uchrab kelayotgan xotin-qizlarning ko'pchiligi, hayotda o'z kasbiga ega bo'lmagan, o'qimagan ayollar bo'lib qolmoqda. Bugungi kunda xotin-

March, 2023

612

qizlarimizni qiynaydigan ko'plab muammolarning ildizi ular bilimlarining yetishmasligi, o'z huquqlarini yetarli darajada talab qila olmasligiga borib taqaladi. Afsuski, oiladagi ajrimlar, kelishmovchiliklar sabab uysiz, joysiz qolayotgan, hattoki, bolalarining ta'minoti uchun ham pul talab qila olmayotgan ayollarimiz uchraydi.

Jamiyat va davlat buning oldini olish uchun nimalar qilishi mumkin? Avvalo, qizlarimizning ta'limiga, bilim olishiga, kasb egallashiga katta e'tibor qaratishi lozim. Demak, xotin-qizlarning jamiyatda o'z o'rnini topishida, birinchi navbatda, ota-onalarning munosabati katta rol o'ynasa, ikkinchisi, oliy ta'limda ularda qamrab olish imkoniyati muhim o'rin tutadi.

Bu, o'z navbatida "Ayollarga ilm berish - jamiyatni ilmli, ma'rifatli va salohiyatli qilish" [10], degan qoidani hayotga izchil tadbiq etishni taqozo etadi.

Qiz bola oliy ma'lumotli bo'lsa, qanchalik bilim va salohiyat olsa, buni kelgusida farzandlar tarbiyasiga, har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasiga mas'uliyat bilan yondashadi. Yurtning kelajagi esa mana shunday dunyoqarashga ega onalar tomonidan yaratiladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2022 yil 1 mart kuni Prezidentimiz ishtirokidagi xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash masalalariga bag'ishlangan videoselektorda qizlar ta'limi uchun bir qancha imtiyozlar haqida so'z yuritilib, yangi o'quv yilidan boshlab magistraturada o'qiyotgan qizlarning kontrakt puli to'liq byudjetdan qoplab berilishi (23 ming nafar qizga 200 milliard so'm), har yili 50 nafar qizni nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafarini magistraturaga yuborish, har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo'qotgan 150 nafar qizning (jami 2,1 ming nafar) ta'lim kontrakt pulini mahalliy byudjetdan to'lab berish, yosh farzandi bor talaba qizlarga masofaviy o'qishga sharoit yaratish, doktorantura yo'nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratish, har yili xotin-qizlar talaba bo'lishi uchun kvotaning kamida 50 foizi aniq fanlar, texnika va huquqshunoslik yo'nalishlari uchun maqsadli ajratilishi, yangi o'quv yilidan boshlab oliygoh, texnikum va kollejlarda o'qiyotgan qizlarga ta'lim kontraktlarini to'lash uchun ilk marta 7 yil muddatga foizsiz kredit berish joriy qilinishi [S] belgilab berilgani bu boradagi islohotlar jarayonini yanada yuqori bosqichga olib chiqdi.

Darhaqiqat, oilada bir nafar qiz o'qib, oliy ma'lumotga, zamonaviy kasb-hunarga ega bo'lsa, xonadondagi muhit butunlay o'zgaradi. Shu maqsadda xotin-qizlar ta'limini qo'llab-quvvatlash bo'yicha muhim dastur [6] qabul qilindi.

Agar bundan 6 yil avval oliygohlarda 110 ming nafar xotin-qiz tahsil olgan bo'lsa, hozirgi kunda bu raqam qariyb 5 barobar ko'payib, 500 ming nafarni tashkil etmoqda. Bu borada

March, 2023

613

qizlarimizning ulushi 50 foizga yetgani tariximizda misli ko'rilmagan natijadir.

Ehtiyojmand oilalarda yashayotgan qariyb 2 ming nafar qizlar, shuningdek, mutaxassisligi bo'yicha besh yillik mehnat stajiga ega bo'lgan 500 nafardan ortiq xotin-qizlarimiz oliygohlarga alohida kvota asosida o'qishga qabul qilindi [9].

Xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rni va nufuzini oshirish, orzu-intilishlarini qo'llab-quvvatlash, o'zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o'rnak bo'lib kelayotgan, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarayotgan, ijtimoiy hayotda faollik va tashabbuskorlik ko'rsatayotgan qizlarni munosib rag'batlantirish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a'lo xulqi, noyob iste'dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o'qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta'lim, fan, adabiyot, san'at, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun 1999 yildan beri Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanib kelinmoqda.

Ular safining yildan-yilga kengayib borishi ayol-qizlarning jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissining oshishi, mentalitetining shakllanishi, ularning ongu-tafakkurining yuksalib borayotganligidan dalolatdir.

XULOSA

Jamiyatda xotin-qizlar mavqeini oshirish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ulardagi salohiyatni namoyon etilishi uchun jamiyatda yaratilgan imkoniyatlar doirasini yanada kengaytirish - o'z-o'zidan oilalarning mustahkamlanishi, jamiyat taraqqiyoti rivoji, qolaversa, xalqaro miyosda ham mamlakatimiz nufuzining yanada yuksalishi, farzandlar tarbiyasining yaxshilanishi, xotin-qizlardan aksariyatining nafaqat o'z oilalari uchun, balki, jamiyat taraqqiyoti uchun, jamiyat rivoji uchun fidoyilarcha mehnat qilishlarining faollashuvi, huquqiy demokratik jamiyat qurish jarayonida ayollar ishtirokining bundan-da ko'payishiga olib keladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi (2018). O'zbekiston, 10.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi" (2018) 5325-sonli Farmoni. // https://lex.uz. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xotin-qizlar va oilani qo'llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish to'g'risidagi" (2018) 201-sonli Qarori. // https://lex.uz. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.

March, 2023

614

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zo'rlik ishlatishdan jabr kurgan xotin-kizlarni reabilitatsiya kilishga oid kushimcha chora-tadbirlar tugrisida"gi (2021) Qarori. // https://lex.uz/docs/. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi.

5. 2030 yilga qadar O'zbekiston Respublikasida Gender tenglikka erishish strategiyasi (2021). 2-bob. / O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining SQ-297-IV-son qarori. //https://lex.uz/docs/5466673.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni "2022 - 2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo'yicha Milliy Dastur" (2022). // https://lex.uz/docs. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi.

7. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xotin-qizlar muammolarini o'rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari" to'g'risidagi (2022) 145 sonli Qarori. //https://lex.uz/uz/docs/. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi.

8. Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash masalalari bo'yicha videoselektor materiallari. (2022). // https://xs. uz/uzkr/.

9. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi (2023). //https://yuz.uz/news/.

10. Mirziyoyev SH.M. (2022) Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasi. -Toshkent: O'zbekiston, 236.

11. Пекинская Деклараsия и Платфoрма действий (1995). Глава IV- NewYork, OOH, Женшины. 38-223. //https://www.un.org/womenwatch.

12. Ayollarni zo'ravonlikdan himoyalash tizimi qanday ishlaydi (2022). // https://kun.uz/news/2022/05/24/

13. Лyuсьен Леви-Брyuлл (2003). Первoбытный менталитет. Культурше наследие, 228.

14. Falsafa qomusiy lug'at (2004). Sharq, 257.

March, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.