O'ZBEKISTONDA AYOLLAR IJTIMOIY MUAMMOLARINI HAL ETISHDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN IJTIMOIY
SIYOSAT TAMOYILLARI
Muharram Nazarova
O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy ish yo'nalishi 2-kurs magistratura talabasi
ANNOTATSIYA
Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o'z qobilyat va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so'zsiz rioya qilinishini ta'minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo'llab-quvvatlash hamda oila institutini mustahkamlash borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Vaholanki, ayollarning huquqlari buzilganda, inson huquqlari buzildi, deb ko'rib chiqilmagan taqdirda, Ayollarning inson zotiga mansubligi inkor qilingan bo'lar edi. Umuman olganda, ayollar huquqlari degan tushuncha ayollarga nisbatan zo'ravonlik, Ayollarning aynan ayol bo'lganligi bois ham ba'zi huquqlarda kamsitilayotganligi uchun inson huquqlarining alohida huquqlari sifatida shakllanishiga olib keldi.
Kalit so'zlar: Ayollar, ijtimoiy-siyosiy faollik, onalik va bolalik, oila instituti, inson huquqlari, ayollar huquqlari, zo'ravonlik, kamsitilish.
SOCIAL POLICY PRINCIPLES TO INCREASE THE ACTIVITY OF WOMEN
IN SOLVING WOMEN'S SOCIAL PROBLEMS IN UZBEKISTAN
Muharram Nazarova
2nd year master's student in social work at the National University of Uzbekistan
ABSTRACT
Increasing the socio-political activity of women in our country, creating conditions for them to realize their abilities and potential in various fields and sectors, ensuring unconditional observance of their rights and legitimate interests, comprehensive protection of motherhood and childhood. Extensive work is being done to support and strengthen the institution of the family.
The notion that women's rights have been violated gives the notion that human rights have been violated. However, when women's rights were violated, if human rights were not considered violated, women's belonging to the human race would be denied. In
general, the concept of women's rights is based on violence against women. It has led to the formation of human rights as separate rights because they are discriminated against.
However, when women's rights were violated, if human rights were not considered violated, women's belonging to the human race would be denied. In general, the concept of women's rights is based on violence against women. It has led to the formation of human rights as separate rights because they are discriminated against.
Keywords: Women, socio-political activity, human rights ,women's rights, legitimate interests, motherhood and childhood.
KIRISH
Mamlakatimiz o'z mustaqilligini qo'lga kiritib, huquqiy, demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayoni ketayotgan hozirgi kunda onalik va bolalikning muhofazasi, ularni ijtimoiy hayotdagi huquqlari, xotin-qizlar muammolari jamiyatning kundalik vazifasiga aylanib bormoqda.
Hozirgi kunda jamiyatimiz hayotida ko'plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoevning quyidagi so'zlaridan bilishimiz mumkin - "Barchamiz uchun aziz va mo'tabar bo'lgan ayol zoti haqida so'z yuritar ekanmiz, avvalambor, bizni dunyoga keltirgan, oq sut berib voyaga yetkazgan Ona siymosi oldida bosh egib ta'zim qilamiz. Yer yuzida muqaddas degan so'zga eng munosib zot bu - avvalo, Onadir. Xalqimiz ona siymosini doimo ulug'lab, ardoqlab yashaydi. Yurtimizda onalarni sharaflab muhtasham haykallar bunyod etilgani ham shundan dalolat beradi"1.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ayollarning shaxsiy huquq va erkinliklarining kafolati bugungi kunda har bir rivojlangan mamlakat fuqarolari farovonligi ta'mnlanganining asosiy ko'rsatkichi hisoblanadi. O'zbekistonda ham bugungi kunda ayollarning huquq va erkinliklarini ta'minlash sohasida jadal islohotlar olib borilmoqda. Bu avvalo Respublika Konstitutsiyasida barcha fuqarolarning tengligi belgilab qo'yilganligini, shuningdek, 18, 46, 63, 64, 65, 66-moddalari bilan bevosita ayollar huquqlarining konstitutsiyaviy kafolati mustahkamlanganligini, xalqaro hujjatlarda bo'lgani kabi, ichki qonunchilikda ham jins belgisi bo'yicha kamsitmaslik to'g'risidagi qoida birinchi o'ringa chiqarilganligini ta'kidlash o'rinlidir. O'zbeklar hayotida qadimdan ayollar hamisha e'zozlab kelingan. Mustaqillikka erishilgandan keyin ham dastlab an'analarga sodiq qolgan holda, bu masalaga alohida e'tibor qaratildi. O'zbekistonda 1998-yilning «Oila yili», 1999 yilning «Ayollar yili», 2001 yilning «Ona va bola yili», 2012-yilning
1 ffl. M.Mnp3HeeB MHJIHH TapaKKneT HY^HMH3HH KaTbnaT 6n^aH gaBOM этгнрн6, amu öoc^Hnra KyrapaMH3 - TomKeHT: Y36eKHCTOH HMHy, 2017. - 5926.
www.scientificprogress.uz
«Mustahkam oila yili», 2014- yilning «Sog'lom bola yili», 2016-yilning «Sog'lom ona va bola yili» 2017-yilning «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e'lon qilinishi shuningdek, 2017-yil 7- fevralda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tomonidan 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalish bo'yicha Haakatlar strategiyasinng qabul qilinishi mamlakatimizda bu borada aniq maqsadga yo'naltirilgan izchil siyosatni rejalashtirish tizimiga sifat jihatdan yangi yondashuvlar va yangi bosichda olib borilishiga yo'l ochdi.
Bugungi kunga kelib xotin-qizlar faolligini oshirish va himoyasini ta'minlashda quyidagilar bu siyosatning asosiy yo'nalishlari hisoblanadi:
• ayollar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya etish, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida qabul qilingan qonun hujjatlari bajarilishini ta'minlash hamda bu boradagi huquqiy asosni yanada takomillashtirish choralarini ko'rish;
• ayollar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan ishlarning ahvolini doimiy ravishda va kompleks monitoring qilish, ayollarning oiladagi, jamiyatdagi hamda jamoat va davlat ishlarini boshqarishdagi rolini oshirish;
• ayollarning bandligini ta'minlash yuzasidan samarali choralar ko'rish va amalga oshirish, ularni ishga joylashtirishda har tomonlama yordam ko'rsatish, ayollar o'rtasida, ayniqsa, qishloq joylarda tadbirkorlikning turli shakllarini rivojlantirish;
• ayollarning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-huquqiy faolligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ayollar nodavlat notijorat tashkilotlarining mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotida faol ishtirok etishi uchun ko'maklashish. O'zbekistonda ayollar huquqlarini kamsitishga yo'l qo'ymaslik xotin-qizlarni
mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida faol ishtirok etishga jalb qilish uchun huquqiy asos yaratilgan. Inson huquqlariga oid 100 ga yaqin qonunlarimizda ayollarning erkaklar bilan teng huquqliligi e'tirof etilgan. Shu bilan bir qatorda, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 30 avgustdagi «Bir xil qiymatga ega bo'lgan mehnat uchun erkaklar va xotin-qizlarni teng rag'batlantirish to'g'risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilish haqida»gi 493-sonli hamda «Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari to'g'risidagi konvensiyaga qo'shilish haqida»gi 501 -sonli qarorlari qabul qilingan.
MUHOKAMA
Qabul qilingan qonun hujjatlari doirasida O'zbekiston hukumati, vazirliklari va idoralari, nodavlat tashkilotlari tomonidan ayollar huquqlarini qo'llab-quvvatlash himoya qilish va ularning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy hayotida to'laqonli ishtirok etishlarini ta'minlash uchun tizimli va izchil ish olib borilmoqda. E'tirof etib o'tish mumkinki, O'zbekistonda xotin-qizlarini e'zozlash, jamiyatdagi rolini oshirish davlat siyosatining muhim yo'nalishlaridan biriga aylandi.
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6
Shu maqsadda xotin-qizlar manfaatini ifodalovchi qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, 2019-yilda qabul qilingan "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi. "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi qonunlar shular jumlasidan. Ayollarga ko'plab ijtimoiy imtiyozlar joriy qilindi. Ana shunday chora-tadbirlar tufayli ayollarimiz bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning, davlat va jamiyatda kechayotgan hayotbaxsh o'zgarishlarning faol ishtirokchisiga aylandilar.
Shuningdek, bugungi kunga kelib O'zekiston ayollar huquqlarini himoya qiluvchi bir qancha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilib kelmoqda, jumladan, BMTning Mingyillik taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirishda birinchi navbatda, qashshoqlikni kamaytirish, odamlarning hayotini yaxshilash, jamiyatning barqaror rivojlanishida ayollarning rolini oshirish, erkaklar va ayollar tengligini ta'minlashga qaratilgan choralarni izchil amalga oshirmoqda. Mamlakatda ta'lim, gender tenglik, sog'liqni saqlash va boshqa masalalarga nisbatan jiddiy natijalarga erishildi. BMT doirasida tuzilgan va gender tenglik va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yetakchi muvofiqlashtiruvchi "BMT-ayollar" tashkiloti bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda.Bunga misol tariqasida 2020-yil 1-oktyabrda BMT ning Nyu-York shahridagi qarorgohida Xotin-qizlar ahvoli bo'yicha IV Butunjahon anjumanining 25 yilligiga bag'ishlangan yuori darajadagi uchrashuvida O'zbekistonda gender tengligi va xotin qizlar imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan barqaror davlat siyosati va bu sohada erishilgan yutuqlar ilk bora jahon hamjamiyatiga taqdim etildi.
NATIJA
O'zbekiston Respublikasida ayollarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning bandligini ta'minlash va sog'ligi mustahkamlash bo'yicha hayotga tadbiq etilayotgan chora-tadbirlar xorijiy ommaviy axborot vositalarida ham keng yoritilmoqda. Bunga misol tariqasida Britaniyada nashr qilinadigan "Pulse UK" gazetasi o'z sahifasida ushbu mavzuga bag'ishlangan maqolani chop etdi va unda O'zbekistonda ayollarga eng faxrli o'rin berildi. Nashr 2014-yilda respublikaning barcha hududlarida ayollar uchun 468 ming 175 ta yangi ish o'rinlari yaratilganini e'tirof etdi.
2020-yil oxiriga kelib, O'zbekiston tarixida ilk marotaba milliy parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetdi va mamlakat parlamenti xotin-qizlar soni bo'yicha dunyodagi 190ta parlament orasida 37-o'ringa ko'tarildi. Olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida 2021-yilga kelib O'zbekistonda ish olib borayotgan tadbirkorlarning 35 foizini, fermerlarning 10 foizini ayollar tashkil etdi.
2021-yildan ayollarni ijtimoiy, huquqiy, psixologik qo'llab-quvvatlash, bandligini ta'minlash, bilim va kasb o'rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo'lgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish maqsadida "Ayollar daftari" tashkil etildi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, O'zbekistonda ayollar huquqlarini ta'minlash tashkiliy -huquqiy mexanizmlarni va ularni amaliyotda amalga oshirish tartibotlarini yanada kuchaytirish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining bu boradagi sa'y-harakatlarini birlashtirish, ayollar huquqlarini himoya qilish masalalari bo'yicha aholining huquqiy madaniyatini oshirishga bog'liq. O'zbekiston Konvensiya doirasida o'z zimmasiga olgan barcha majburiyatlarini izchil bajarishda davom etadi va kelajakda ham BMTning ayollar manfaatlariga oid barcha tashabbuslarini qo'llab-quvvatlaydi va davlatimiz tomonidan xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning iste'dod va intilishlarini yuzaga chiqarish uchun barcha sharoit yaratish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami-T.: 2017 y.
2. Q. Abdurahmonov Aholini ijtimoiy muhofaza qilish - T.:2010
3. S.Kalanova. Ayollar va bolalar ijtimoiy himoyasi - T.:2017
4. M.Seyitnazarov. O'zbekiston respublikasining ayollarga oid davlat siyosati va uning huquqiy asoslari-N.:2016 y
5. M.Aralova. Mamlakatimizda ayollarga yo'naltirilgan ijtimoiy siyosatning o'ziga xos xususiyatlari-S.:2014 y