Научная статья на тему 'JAMIYAT HAYOTIDA TADBIRKORLIKNI O’RNI'

JAMIYAT HAYOTIDA TADBIRKORLIKNI O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2312
160
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tadbirkorlik / kichik biznes / korxona / fabrika / maxsulot / capital / ish o’rni / bozor / import / eksport. / Entrepreneurship / small business / enterprise / factory / product / capital / job / market / import / export.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xabibillayev, Baxodir Asatilla O’g’li

Ushbu maqolada Tadbirkorlik va kichik biznes faoliyatining jamiyatdagi amaliy ahamiyati hamda so’ngi yillarda sohadagi o’zgarishlar, yaratilgan sharoitlar tadbirkorlik va kichik biznes faoliyati haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF ENTREPRENEURSHIP IN SOCIETY

This article discusses the practical significance of entrepreneurship and small business in society, as well as changes in the industry in recent years, the conditions created for entrepreneurship and small business.

Текст научной работы на тему «JAMIYAT HAYOTIDA TADBIRKORLIKNI O’RNI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

JAMIYAT HAYOTIDA TADBIRKORLIKNI O'RNI

Xabibillayev Baxodir Asatilla o'g'li

Namangan Davlat Universiteti tayanch doktoranti baxodirxabibillayev@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Tadbirkorlik va kichik biznes faoliyatining jamiyatdagi amaliy ahamiyati hamda so'ngi yillarda sohadagi o'zgarishlar, yaratilgan sharoitlar tadbirkorlik va kichik biznes faoliyati haqida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: Tadbirkorlik, kichik biznes, korxona, fabrika, maxsulot, capital, ish o'rni, bozor, import, eksport.

ABSTRACT

This article discusses the practical significance of entrepreneurship and small business in society, as well as changes in the industry in recent years, the conditions created for entrepreneurship and small business.

Keywords: Entrepreneurship, small business, enterprise, factory, product, capital, job, market, import, export.

KIRISH

Tadbirkorlik bugungi rivojlangan O'zbekiston Respublikasi fuqorolari ko'p ishlatadigan jumlaga aylanib ulgurdi. Respublikamizda so'ngi yillarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanmoqchi bolgan insonlar uchun har qachongidan ham ko'p etibor qaratilmoqda. O'zbekiston tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish uchun chinakkam imkoniyat yaratib,bugungi kunda ushbu sohada ko'plab yutuqlarga erishilmoqda.

Tadbirkorlik yoki biznes inglizcha so'zdan olingan bo'lib, business bandlik degan ma'noni anglatib, qonun doirasidagi tijoriy faoliyatga aytiladi. Tadbirkor tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ellanuvchi shaxsdir. Kapiatlistik iqtisodiyot asosini xususiy tadbirkorlik tashkil etadi. Agar tadbirkorlik faoliyati bilan hukumat, jamiyat yoki ishchilar kasaba uyushmalari shug'ullansa bunday iqtisodiyotni sotsialistik iqtisodiyot deyiladi. Tadbirkorlik, tadbirkor deganda ish, korxona, fabrika tushuniladi va uning ortida maxsulot ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan ishlab chiqarish-ho'jalik yuritish tizimini murakkab organizm turadi. 1 Tadbirkorlik sohasini ho'jalik yuritish ko'lamiga kora 3 ga bo'lamiz. Bular yi rik-500 dan ortiq kishini ishlab chiqarish jarayonida band bo'lishi, o'rta- 20tadan

1 Tadbirkorlik asoslari. S. N Usmonov, Yu. T Dadaboyev. Farg'ona nashriyoti . 2000-y

737

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

500kishigacha bo'lgan kishini band qilgan ishlab chiqarish va kichik tadbirkorlik-ishlab chiqarish jarayonida 10-20 yoki undan kam kishini o'zida band qilgan tadbirkorlik turlariga bo'lamiz.Yirik ishlab chiqarish, keng turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradigan,mehanizatsiyalashgan va avtomatlashgan yo'nalishlarda yirik va o'rta tadbirkorlik subektlari faoliyat olib boradi. Kichik tadbirkorlikka esa asosan hizmat ko'rsatish yo'nalishlari yoki qishloq xo'jaligi sohalarini qamrab oladi.Umuman olganga kichik tadbirkorlik sohalari keng tarqalgan . Chunki ushbu turdagi tadbirkorlik turlari sharoitga tez moslashadi va shu jihatdan katta va o'rta tadbirkorlik turlaridan keskin farq qiladi.2

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tadbirkorlik mulkchilik subektlarining foyda olish maqsadida tavakkal va mulkiy javobgarligi asosida, amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko'rsatishdir.3

Tadbirkorlik yer, mehnat, kapital, axborotlar bilan birga ishlab chiqarish va iqtisodiyotning bosh omillaridandir. Biznesni tarkibiga bevosita tadbirkorlik kiradi, lekin hamma biznes ham Tadbirkorlik bo'lavermaydi. Tadbirkorlik faoliyati qachon yuzaga keladi? Biznesda tovar hamda xizmatlarni yuzaga keltirib, bozordagi talab va extiyojlar qondirilganda ushbu jarayon yuzaga keladi. Tarixan tadbirkorlik uzoq o'tmishga ega ammo tadbirkorlik tushunchasi XVII asrda vujudga kelgan va ko'p holatlarda " mulkdor " iborasi bilan bir ma'no-mazmun kasb etadi. Xususan, A. Smit Tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi shaxsni foyda olish uchun qandaydir tijorat g'oyasini amalga oshirish maqsadida tavakkalchilik bilan ish yurutuvchi mulkdor deb tariflaydi. Hozirgi davr G'arb adabiyotida ham Tadbirkorlik foyda olish maqsadida xo'jalik yuritish san'ati , iqtisodiy va tashkiliy ijodkorlik va tashabbusning erkin namoyon bo'lishi, novatorlik, xavf-xatarga doim tayyor turish kabi belgilar bilan tavsiflanadi.4

Xalq farovonligini yuksaltirish maqsadida O'zbekiston Respeblikasini yanada rivojlantirish bo'yicha 2017-2021 yillarga moljallangan "Xarakatlar stretegiyasi" ni qabul qilinishi shu bilan birga 2018-yil "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab quvvatlash" yili deb e'lon qilinishi yurtimmizda tadbirkorlik faoliyatiga berilayotgan etiborning yuksak namunasidir. Shuningdek mamlakatimmizda Tadbirkorlik faoliyati rivojlantirish uchun bir qator qaror va farmonlar qabul qilindi. Hususan, 2016-yil 5-oktyabrda PF-4848-son, " Tadbirkorlik

2 O'zME. birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

3 O'zbekiston Respublikasining «O'zbekiston Respudlikasida tadbirkorlik to'g'risida» qonunidan

4 https://qomus.info/oz/encyclopedia/t/tadbirkorlik/

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

faoliyatini jadal rivojlantirishni taminlash, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi va 2017-yil 7-fevraldagi PF 5106-son, "Yoshlarga doir davlat siyosati samaradorligini oshirish hamda O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi faoliyatini qo'llab- quvvatlash to'g'risida"gi farmonlari shuningdek 2018-yil 7-iyuldagi PQ 3777-son, "Xar bir oila tadbirkor dasturini amalga oshirish to'g'risida"gi farmon-u qarorlar tadbirkorlik rivojiga kata xissa qo'shmoqda.

Mamlakatimizda demokratik islohotlar, tadbirkorlik va uni rivojlantirish imkoniyatlari O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I. Karimov asarlarida o'z tasdig'ini topadi.5 O'zbekistonni yangi taraqqiyot bosqichida esa tadbirkorlarning mamlakat rivojlanish stretegiyasi va yangi rivojlanish bosqichida axamiyati O'zbekiston Respublikasi hoziri prezidenti Sh Mirziyoyev asarlarida ifodalangan.6 Jahondagi rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida asosiy omil vazifasini tadbirkorlik faoliyaiti tashkil etadi. Bugungi kunga kelib bizning davlatimmizda ham tadbirkorlik yoinki kichik biznes tushunchalari yildan yilga keng ildiz otib bormoqda. Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes yurtimiz iqtisodiyotining asosiy yo'nalishi sifatida belgilangan. Ohirgi besh yilda ushbu yo'nalishni rivojlantirishga yo'naltirilgan 2000 ga yaqin qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Ular asosida, 114 ta litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi, 33 ta faoliyat turi xabardor qilish tartibiga o'tkazildi. Ruxsatnomalarni rasmiylashtirish tartiblari soddalashtirib, muddatlari o'rtacha 2 barabarga qisqartirildi. Ortiqcha tekshirishlar, naqd pul, valyuta va hom ashyo bo'yicha ko'plab cheklovlarga barham berildi. Yuqoridagi qulaylik va imkoniyatlar natijasida yangi subektlar nihoyatda ko'payib, oldindan ishlayotganlari faoliyatini yanada rivojlantirmoqda. So'ngi besh yilda tadbirkorlar soni salkam 3 baravar oshdi. Ko'plab tadbirkorlar o'z biznesini butun mamlakat bo'ylab kengaytirib, minglab ish o'rinlari yaratishdi va yirik kompaniyalarga aylandi. Ichki va tashqi bozorda o'z nufuzi va brendiga ega tadbirkorlar sinfi paydo bo'la boshladi.7

Prezidentimiz Sh Mirziyoyevning 2021-yil 20-avgustda tadbirkorlar bilan muloqoti jarayonida tadbirkorlik va kichik biznesni rivoji uchun to'siq bo'layotgan, tadbirkorlarni qiynayotgan muommolarni yechimi sifatida 7 ta yo'nalisni ko'rsatib

5 Karimov I A O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlariv taraqqiyot kafolatlari. Toshkent. O'zbekistin 1997.325b. Erishilgan marralar bilan chegarlanmasdan, boshlangan islohatlarimmizni yangi bosqichga ko'tarish-bugungi kundagi eng dolzarb vazifalarimmizdir.23 tom Toshkent O'zbekiston. 2015 y. 404b

6 Mirziyoyev.Sh.M. Buyuk kelajagimmizni mard va oliyjanob xalqimmiz bilan quramiz. 1 tom. Toshkent. O'zbekiston 2017 y. 488b.

7 O'zbekiston Respublikasi prezidenti Sh Mirziyoyev Tadbirkorlar bilan uchrashuvi Toshkent 2021

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

o'tdi. Xususan birinchi yo'nalish-biznesni moliyalashtirish, ikkinchisi-soliq tizimini takomillashtirish hamda tadbirkorga soliq yukini kamaytirish, uchinchisi-yer ajratish, to'rtinchisi-infratuzilma, beshinchisi-ekspartyor korxonalarni qo'llab quvvatlash, oltinchisi-transport-logistika, yettinchisi-sohadagi tartib tamoyillarni soddalashtirish masalalariga bag'ishlandi va davlatimiz rahbari har bir yo'nalish bo'yicha dolzarb vazifalarni ko'rsatib, yangi tashabbuslarni ilgari surdi. O'zbekistonda Tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, tashabbuskorlikni rag'batlantirish, ularga keng imkoniyatlar yaratib berish, tadbirkorlik soxasida katta-katta marralarga erishish uchun kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasining rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar stretegiyasida "Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk xuquqini himoya qilish va uning ustuvir mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va hususiy tadbirkorlik rivojini rag'batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohatlarni davom ettirish"8 bo'yicha muhim vazifalar belgilab berilgan. Buning natijasida mamlakatimizda ishonchli tadbirkorlik muhiti shakllanmoqda. Rivojlangan Sharqiy Osiyo mamlakatlari kabi yurtimmizda ham yakka tadbirkorlikni rivojlantirishga katta etibor qaratilmoqda. Singapur, Malayziya kabi mamlakatlar aholisining deyarli 80 foizi kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sektorida faoliyat olib boradi.9 Kichik biznes Aqsh, Germaniya,Xitoy,Fransiya, Yaponiya, Italiya kabi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotini barqarorlashtirishda kata ahamiyat kasb etadi. Xalqaro Kichik biznes kengashi (ICSB) malumotlariga ko'ra kichik biznes subektlari barcha korxonalarning 90 foizidan ortig'ini, ish bilan band bo'lganlarning 60-70 foizini, yalpi ichki mahsulotning 50 foizini tashkil etadi.10 2017-yil kichik biznes va hususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 53.3 foizni yoki 119301 mlrd so'mni tashkil etdi. (Germaniyada - 54 foiz, AQShda - 52 foiz, Yaponiyada -55 foiz, Rossiyada - 20 foiz, Qozog'istonda - 25.6 foiz). Kichik biznesni sanoat maxsulotlarini ishlab chiqarishdagi ulushi 2000-yilda 12.9 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2017-yilda ushbu ko'rsatkich 39.6 foizga yetdi, qishloq ho'jaligida - 99 foizni, chakana savdo aylanmasida - 88.4 foizni, qurilish sohasida - 65.1 foizni tashkil etdi. Kichik biznesning mamlakat umumiy eksportidagi ulushi 27 foizni, importda - 50 foizni, investitsiyada esa - 32 foizni tashkil etdi. . 11 Yuqoridagi statistik

8 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 - yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar stretegiyasi to'g'risida" gi PF-4947-sonli Farmoni 1- ilovasi "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar stretegiyasi. Lex.uz

9 https ://www. rsbctrade.ru 2012 y 16 iyun.

10 MSME Day http://www.intracen.org/MSME-day/2019/

11 https://mineconomy.uz/uz/info/2093

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

malumotlardan shu malum bo'ladiki kundan kunga kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati mamlakatimmiz nafaqat mamlakatimiz dunyoning barcha davlatlarida rivojlanmoqda.

Ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi muommolarni hal qilishda hamda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivoj topishida tadbirkorlikning o'rni katta. Tadbirkor ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish yo'nalishlarida yangi ish o'rinlari yaratishadi. Bu jarayonni aholini aholini ish bilan band qilinishi va ishsizlikni kamaytirishda ro'li beqiyosdir. Natijada, tadbirkorlik faoliyati aholini ish bilan taminlanishi, mehnat va iqtisodiy faolligining ortishi, buning oqibatida aholining daromadlarini yuksalishiga o'z hissasini qo'shadi. Bu jarayonning ikki oqibatiga etibor qaratish lozim: bir tomondan, aholining moddiy va ma'naviy zaruratlarining ortishi, kengayishi bo'lsa, ikkinchi tomondan, bu zaruratlarni qondirish imkoniyatlarini paydo bo'lishidir. Natijada ushbu jarayonlar aholi hayotini tubdan yaxshilash, turmush darajasini ko'tarish, farovonligini oshirishni taminlaydi. Tadbirkorlik va kichik biznes rivojlanishi bilan uning mazkur sohadagi ro'li ko'paya boradi.

Tadbirkorlarning ma'lum bir qismi oyoqqa turib, yanada kengayishi oqibatida ular mulkdorga aylananishadi. Bu hodisa jamiyatda yangicha dunyoqarashga ega, harakatchan avlodni yani tadbirkorlar, mulkdorlar toifasini paydo bo'lishiga olib keladi. Bunday qatlam mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti asosi hamda ijtimoiy tayanchi hisoblanadi.

Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ham tadbirkorlik subyektlari ishtirok etadilar. Shuningdek tadbirkorlar doimo izlanishda, yurtimizdagi va horijdagi hamkasblari, hamkorlar, shu bilan birga turli soha vakillari bilan muloqatda bo'lishadi. Tajriba ortirishadi va o'zlarining kasbiy, ma'daniy-ma'naviy ko'nikmalarini o'stirishadi. Inson qobiliyatini ro'yobga chiqarishga yahshi imkoniyatlar yaratishda hamda rag'batlantirishda tadbirkorlikni o'rni beqiyosdir. Shunday qilib, insonlarning dunyoqarashini kengaytirishga hamda o'zliklarini anglashda tadbirkorlik faoliyati yordam beradi. Ularni o'zgartiradi va natijada jamiyatning ijtimoiy-madaniylashish jarayonini ortishiga olib keladi.

Tadbirkorlikni rivoj topishi natijasida qishloqlarda, mahallalarda ishlab chiqarish, umumiy ovqatlanish, savdo va boshqa hizmat ko'rsatish korxonalari bunyod etib, qishloq infratuzilmasini rivojlantirishadi. Shu bilan birga, tadbirkorlik ijtimoiy sohada ham keng o'rin egallab bormoqda: xususiy yoki boshqa tashkiliy-huquqiy ko'rinishdagi bolalar bog'chalari, muruvat uylari, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun inventerlar ishlab chiqarish hamda ularga hizmat ko'rsatish, o'quv va boshqa ijtimoiy soha muassasalarini tashkil etish va ularni rivojlantirish, sog'liqni

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

saqlash va sog'lomlashtirish, bino va inshoatlar qurish va ularnga tamiriy hizmatlar ko'rsatish ishlari bilan bevosita shug'ullanib, mavjud bo'lgan ijtimoiy muommolarni yechishga ulkan hissa qo'shadi. Xayriya ishlari, ijtimoiy soha muassasalari, imkoniyati cheklanganlar, kam taminlangan oilalar, ijtimoiy jihattan himoyaga muhtoj insonlarga yordam ko'rsatishda ham tadbirkorlik subyektlarining o'rni beqiyos.

Tadbirkorlar mahsulot (tovarlar, ishlar, hizmatlar ) yaratib, ichki bozorni to'ldiradilar va bozorda taklif miqdor, sifat, tyrli hillik jihatidan ijobiylashadi, xaridorlar uchun talabni qondirish va tanlash imkoniyatlari kengaytiradi. Ushbu yo'nalishda tadbirkorlik muvofiqlashtirish vazifasini bajarish, narxlarni barqarorlashtirish, taklif va talab o'zoro moslashtirish, bozorda muvozanat o'rnatish hamda ushbu muvozanatni saqlab turish, extiyojni kengaytirish va extiyojni to'laqonli qondirishga hizmat qiladi. Shuningdek tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti jarayonida raqobatbardoshlikni shakllantirishi va mahsulot sifat hamda raqobatbardoshligini oshirish, xarajatlarni va mahsulot tannarxini tushurish, faoliyat natijadorligini o'stirishda ahamiyatlidir.

Yurtimizda tadbirkorlik subyektlarining hissasini hisobiga importni qisqartirish va eksportni kengaytirish imkoniyatlari rivojlanmoqda. Ular birinchidan, import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarib, valyutani chetga chiqib ketishini kamaytirish va mamlakat iqtisodiy-moliyaviy mustaqilligini mustahkamlash, ikkinchidan esa eksportbob mahsulotlar chiqarish, ularni tashqi bozorlarda sotib, mamlakat eksport salohiyatini ko'tarish va valyutadan keladigan daromadlarni oshirishda ham keng o'rin egallaydi.

XULOSA

"Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qat'iy n azar erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, butun hayotidan rozi bo'lib yashashi-bizning bish maqsadimizdir"12. Xulosa ornida shuni takidlash mumkinki, Ozbekiston Respublikasi mustaqillikni qo'lga kiritgach hamma sohada bo'lgani kabi tadbirkorlik va kichik biznes sohasida katta muvaffaqiyatlar qozondi va qozonib kelmoqda. Istiqlol yillari davlatimmiz tomonidan Tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan insonlarga barcha sharoitlar yaratib berildi. Malumki O'zbekiston hududida qadimdan hunarmandchilikning turli sohalari shakllangan va istiqlol davrida hunarmandchilik sohasi bilan shug'ullanib kelayotga fuqorolarga ham tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi asosida katta-katta tadbirkorlik subektlari paydo bo'ldi.

12 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. 2018y

742

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Tadbirkorlik ideoligi hisoblangan XX asr buyuk iqtisodchisi Yozef Shumpeter (1183-1950 - yillar) : "Tadbirkorlikning jamiyat ijtimoiy -iqtisodiy taraqqiyotidagi hal qiluvchi rolini u bo'lmagan joyda juda his qilish mumkin" deb takidlab o'tgan.

REFERENCES

1. Mirziyoyev.Sh.M. Buyuk kelajagimmizni mard va oliyjanob xalqimmiz bilan quramiz. 1 tom. Toshkent. O'zbekiston 2017 y. 488b.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. 2018 y.

3. Karimov I A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlariv taraqqiyot kafolatlari. Toshkent. O'zbekistin 1997.325b. Erishilgan marralar bilan chegarlanmasdan, boshlangan islohatlarimmizni yangi bosqichga ko'tarish-bugungi kundagi eng dolzarb vazifalarimmizdir. 23 tom Toshkent O'zbekiston. 2015 y. 404 b.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 - yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar stretegiyasi to'g'risida" gi PF-4947-sonli Farmoni 1- ilovasi "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar stretegiyasi. Lex.uz

5. O'zbekiston Respublikasining «O'zbekiston Respudlikasida tadbirkorlik to'g'risida» qonunidan

6. Usmonov S. N, Dadaboyev Y. Tadbirkorlik asoslari. Farg'ona nashriyoti. 2000-y.

7. O'zME. birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.