Научная статья на тему 'MAHALLIY HUDUDLARDA HUNARMANDCHILIKNI RIVOJLANTIRISH VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISH MASALALARI'

MAHALLIY HUDUDLARDA HUNARMANDCHILIKNI RIVOJLANTIRISH VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
301
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hunarmandchilik / tadbirkorlik / kichik biznes / kasanachilik. / crafts / entrepreneurship / small business / out-working.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Yusupova, Dildora

Ushbu maqolada hududlarda hunarmandchilikni rivojlantirish hamda tadbirkorlik faoliyati boshqaruvini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Unda hozirda tadbirkorlikni va hunarmandchilikni rivojlantirish uchun O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar talqin qilinib, kichik biznesni o'sish dinamikasi tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada hudud, kichik tadbirkorlik raqobatbardoshligi salohiyatining indeksi ko'rsatkichini aniqlash modeli muallif tomonidan taklif etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF DEVELOPMENT OF CRAFTS AND ENTREPRENEURSHIP ACTIVITIES IN LOCAL AREAS

This article discusses the development of crafts in the regions, as well as a business management issue. It is now business interpretation of the work being carried out in Uzbekistan for the development of crafts and crafts to other countries, the development of specific methods of analysis. In addition, the potential competitiveness of small businesses in the region in the article index to determine the model proposed by the author.

Текст научной работы на тему «MAHALLIY HUDUDLARDA HUNARMANDCHILIKNI RIVOJLANTIRISH VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISH MASALALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MAHALLIY HUDUDLARDA HUNARMANDCHILIKNI

RIVOJLANTIRISH VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISH MASALALARI

Yusupova Dildora

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada hududlarda hunarmandchilikni rivojlantirish hamda tadbirkorlik faoliyati boshqaruvini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Unda hozirda tadbirkorlikni va hunarmandchilikni rivojlantirish uchun O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar talqin qilinib, kichik biznesni o'sish dinamikasi tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada hudud, kichik tadbirkorlik raqobatbardoshligi salohiyatining indeksi ko'rsatkichini aniqlash modeli muallif tomonidan taklif etilgan.

Kalitso'zlar: hunarmandchilik, tadbirkorlik, kichikbiznes, kasanachilik.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается развитие ремесел в регионах, а также проблемы управления бизнесом. В нём анализирована динамика развития малого бизнеса в Узбекитане и изложены проведённые государством мероприятия для развития предпринимательства и ремесленничества в стране. Автором предложена модель определения индекса потенциала конкурентоспособности малого бизнеса в регионе.

Ключевые слова: ремесленничество, предпринимательство, малый бизнес, надомная работа.

ABSTRACT

This article discusses the development of crafts in the regions, as well as a business management issue. It is now business interpretation of the work being carried out in Uzbekistan for the development of crafts and crafts to other countries, the development of specific methods of analysis. In addition, the potential competitiveness of small businesses in the region in the article index to determine the model proposed by the author.

Keywords: crafts, entrepreneurship, small business, out-working.

KIRISH

O'zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor munosabatlarining muvaffaqiyati, eng avvalo, mulkiy munosabatlarning o'zgarishi, turli xo'jalik yuritish shakllarining rivojlanishi va buning uchun davlat bosh islohotchi sifatida iqtisodiy imkoniyatlar

yaratib berayotganligi bilan xarakterlanadi.

379

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yildan - yilga rivojlanib bormoqda. "Jahon bankining ma'ruzasida O'zbekiston keyingi yillarda tadbirkorlik faoliyati uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash sohasida eng yaxshi natijalarga erishgan dunyodagi o'nta davlat qatoridan joy olgani qayd etilgan.

Bank, sug'urta, lizing, konsalting va boshqa turdagi bozor xizmatlari barqaror sur'atlar bilan rivojlanmoqda, ular xususiy sektor va kichik biznes rivojiga xizmat qilmoqda. Xizmat ko'rsatish sohasida 80 ming 400 ta kichik biznes sub'ekti faoliyat yuritmoqda va bu xizmat ko'rsatish sohasi korxonalari umumiy sonining 80 foizdan ortig'ini tashkil qiladi. Iqtisodiyotda band aholining 70 foizi kichik va xususiy biznes xissasiga to'g'ri keladi. Yangi yaratilayotgan ish o'rinlarining 89 foizi aynan kichik biznes hissasiga to'g'ri kelmoqda.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik islohotning dastlabki kunlaridan zaruriyat tariqasida yuzaga kelgan bo'lsa, milliy hunarmandchilik esa milliy urf-odatlarga va qadimiy an'analarga tayangan holda asrlar davomida rivojlanib kelmoqda. Bugungi kunda Respublika "Hunarmand" uyushmasi 16 mingdan ortiq hunarmandni uyushtirib turibdi, hunarmandchilik mahsulotlari sotiladigan ko'pgina do'kon-salonlar, bir nechta galereyalar faoliyat yuritmoqda. [5] Ko'pchilik hunarmandlar o'z mahsulotlarini mamlakatimiz va xorijda tez-tez uyushtirilayotgan ko'rgazma-savdolarda sotishmoqda. Shuningdek, hunarmandchilik mahsulotlari turistlar tez-tez kelib turadigan tarixiy arxitektura yodgorliklari yaqinida joylashgan ustaxonalarga to'g'ridan-to'g'ri sotilmoqda. Respublikamizda hunarmandchilikni rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yetarli. Keyingi paytlarda ichki bozorimizda ham hunarmandchilik mag'sulotlariga talab oshib bormoqda, ya'ni so'nggi 8 yil ichida talab 30% ga oshgan. Ammo biz hunarmandchilik mahsulotlarini xorijga eksport qilishni keng yo'lga qo'yishimiz zarur.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bizdan xorijiy mamlakatlar bu borada ancha ilgarilab ketishgan. Masalan, Argentinaning "Dinka" kompaniyasi Argentinalik hunarmandlarning ishlab chiqargan mahsulotlari uchun xorijdan xaridorlar izlash bilan va mahsulotlarni yetkazib berish va bojxona rasmiyatchiligi bilan shug'ullanadi, evaziga sotuvdan foiz olishadi. Kompaniya tashkil topishi bilan qo'shni Chili, Peru, Ekvador davlatlari do'konlari bilan xamkorlik munosabatlarini o'rnatgan, keyin esa Texasdan distribtyutor-kompaniya bilan shartnoma imzolagan. Bugungi kunda esa Ispaniya, Italiya, Germaniya va Shveytsariya davlatlari do'konlari bilan hamkorlikning yangi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

imkoniyatlarini izlashmoqda. Kompaniyaning yillik aylanmasi 1 mln. dollardan oshadi.

Vyetnamda ham xalq hunarmandchiligiga alohida e'tibor qaratiladi. Masalan, 2003 yil Vetnam xalq hunarmandchiligi mahsulotlari eksport hajmi bo'yicha dunyoda 8-o'rinni egallagan va 367 mln. dollarlik daromad qilingan.

Xitoy va Germaniya ham hunarmandchilik mahsulotlari eksporti bilan keng shug'ullanadi. Demak, Respublikamizda ham hunarmandchilik mahsulotlarini xorijga eksport qilishni keng yo'lga qo'yishimiz kerak.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuqori mehnat unumdorligiga ega bo'lgan tadbirkorlik faoliyatini moddiy qo'llab-quvvatlash va rivojlanishini tahlil etish uslubiyatini takomillashtirish shaxsda ishlab chiqarishning egasi hissi shakllanishini ta'minlaydi va bularning barchasi mehnatni tashkil etish va unga haq to'lashning ijobiy shakllarini qo'llash, moddiy rag'batlantirish tizimini takomillashtirish bilan o'zaro bog'liq bo'ladi. Tadbirkorlik faoliyatini moddiy qo'llab-quvvatlash o'z-o'zidan ma'lumki, ob'ektiv jihatdan cheklangan bo'ladi. Ammo u shunday shakllantirilishi va tahlil uslubiyati tanlanishi kerakki, bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlanishning hozirgi bosqichida jamiyatning tamoyillari va vazifalariga to'liq javob beradigan bo'lsin.[2]

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlanishini va samaradorligini tahlil etishning uslubiy jihatlarini aniqlashda uning aniqlanish mumkin bo'lgan mezonlarini belgilab olish kerak. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy samaradorligi mezonlari mehnatiga ko'ra haq to'lashning samaradorligini aks ettirishi, o'sib borayotgan ehtiyoj, talab va takliflarni qondiradigan, xarakterlaydigan qonunlarni amalga oshirishi, mehnatiga ko'ra haq to'lashning takomillashuvi jarayonida ularning o'zaro bog'liqligini aks ettirishi kerak. Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ishlab chiqarish samaradorligining umumiy mezonlari bilan o'zaro bog'liqdir.[2]

Shu bilan birga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini moddiy qo'llab-quvvatlashlar qanchalik mukammal bo'lmasin, agar mehnatga haq to'lash shartlari uni tashkil etish, boshqarish va xo'jalik yuritish mexanizmining butun tizimini yaxshilash bilan birgalikda bormasa kutilgan samarani bermaydi. Ish haqi ko'rinishida tadbirkorlik-tashabbuskorlik faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirishni xodimning qo'shgan mehnat hissasi bilan bog'lash zarur. Tabiiyki, ishdagi kamchiliklar va yo'l qo'yilgan xatolar uchun tadbirkorning moddiy va ma'naviy javobgarligini ham oshirish kerak, qaysiki hozir bozor iqtisodiyoti sharoitida, xususan, ushbu jihatlarga qat'iy e'tibor berish lozim.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning samaradorligini baholash uslubiyatida tadbirkorning salohiyatini va kreditni qaytarish qobiliyatini tahlil qilish hamda korxonaning iqtisodiy samaradorligini aniqlash usullari asosiy o'rinni egallaydi.[3]

Tadbirkor faoliyatining barcha qirralari har tomonlama tahlil qilinishi zarur. Bunda ichki omillar ularning nazariy jihatdan mumkin bo'lgan va amaldagi natijalari hamda yo'qotishlar (mijozning kuchli va zaif tomonlari) yo'nalishida, tashqi sharoitlar esa tadbirkor faoliyatiga ijobiy yoki salbiy ta'sir nuqtai nazaridan tadqiq qilinadi.

Ichki omillar qatorida qarzdor moliyasining tashkil etilishi va ahvoli, korxona rahbarlarining tadbirkorlik malakasi, xodimlar tarkibi, texnika va undan foydalanishning ahvoli, texnologiya xususiyati, xom-ashyo va materiallarni hisobga olish, saqlash va undan foydalanishni tashkil etishga tegishli masalalar majmuasi, mahsulot tarkibi, xarid qilish va mahsulot o'tkazish bozorlari xususiyati (jumladan, natural ayirboshlashning keng tarqalgani), tadqiqotlar va ishlanmalarning ahvoli, korxona tuzilmasi ko'rib chiqilishi kerak. Tashqi omillar tarkibida qarzdor faoliyat yuritishining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, texnologik va yuridik shart-sharoitlari tahlil etiladi.

Tahlil davomida qarzdor tadbirkor faoliyatining turli sohalarida ro'y berayotgan o'zgarishlar yo'nalishi va o'sishini o'rganish, o'z faoliyatini rejalashtirish va uni nazorat qila olish qobiliyatini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Uni aniqlash, avvalo, qisqa muddatda foyda olishni rejalashtirish va pul mablag'lari harakatining sifatini baholash, mavjud shart-sharoitlar va olingan natijalar bilan bog'liq holdagi faoliyatni tashkil etishda tegishli o'zgartirishlar kirita bilish qobiliyatini baholash orqali aniqlanadi.

Qarzdor tadbirkor faoliyatini tashkil etishning ancha uzoq kelajakka mo'ljallangan istiqbolli loyihalari mavjudligi, tadbirkorning loyihani amalga oshirishga doir imkoniyatlari, kredit investitsiya sifatida berilayotgan bo'lsa, kredit loyihasi bo'yicha taxminiy rentabellik darajasi tahlil qilinishi kerak. Mijozning likvidliligi (umumiy to'lov qobiliyati) uning faoliyati (kapitali) manbalari va mablag' joylashtirish xarakteri nuqtai nazaridan ko'rib chiqiladi. Bunday hollarda korxonaning xo'jalik yuritish shart-sharoitlari, uning o'z majburiyatlarini bajarish imkoniyatlari tahlil etiladi.

Bizning fikrimizcha, yalpi tahlil quyidagilarni qamrab olishi kerak:

- boshqaruv tizimini;

- ichki omillarni;

- tashqi omillarni;

- ishlab chiqarish shart-sharoitlarini;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- balans va boshqa hisobot ma'lumotlarining xarakterini;

- indekslar va nisbatlarni tahlil qilishni o'z ichiga oladi.

Moliyaviy tahlilning asosiy vositasi bo'lg'usida baholarning qanday bo'lishini aytib berish uchun narxlarni chizma tasvir ko'rinishida keltirib o'tish asosida xulosalash hamda ushbu chizma tasvirlarning o'ziga xosliklarini ochib berish hisoblanadi.[3]

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyati keng miqyosda rivojlanadi. Tadbirkorlik faoliyatini keng ko'lamda rivojlanishi va takomillashib borishi uning mohiyatini va asosiy vazifalari doirasini kengayib borishi bilan bog'liq. Bu vazifalarni quyidagi turlarga bo'lish mumkin:

- moddiy resurslar vazifasi, ya'ni har qanday tadbirkorlik faoliyati ob'ektiv -omillar, ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan xom-ashyolar ishlab chiqarish vositlari hamda kerakli ishlab chiqarish kuchlari bilan ta'minlanishi lozim,

- tashkilotchilik vazifasi shundan iboratki, ishlab chiqarish xom-ashyolari, ishlab chiqarish vositalarini, ishlab chiqarish kuchlarini shunday holda shakllantirish kerakki, uning natijasida tadbirkor belgilangan hajmda mahsulot ishlab chiqarish darajasiga va belgilangan hajmda mahsulot ishlab chiqarish darajasiga va belgilangan miqdordagi daromadga ega bo'lishi kerak;

- ijodkorlik (yaratuvchilik) vazifasi bu asosan ishlab chiqarishni tashkil etishda zarur bo'lgan ishlab chiqarish vositalarini, ishlab chiqarishga uning sifatini oshirishga, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga ijodiy yondoshuvi foydaning o'sishining ta'minlaydi.

Xududlarda hunarmandchilik va kichik biznesi sohasida investitsion iqlimni baholash uchun "Hudud kichik tadbirkorlik raqobatbardoshligi salohiyatining indeksi (IPK)" ko'rsatkichi taklif etilgan bo'lib, u quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi: IPK = tf In x If x irp x iqp, (1)

Bu yerda In - innovatsion salohiyat indeksi;

If - informatsion salohiyat indeksi;

IRP - ресурс салохдяти индекси;

IQP - iqtisodiy salohiyat indeksi.

Indeksni hisoblab chiqish uchun lokal indikatorlardan foydalanilib, ularni integratsiya qilinishi natijasida hudud kichik tadbirkorlik raqobatbardoshligi salohiyati aniqlanadi.

O'z navbatida lokal indekslar o'zida raqobatbadoshlik salohiyati indikatoriga nisbat bo'yicha anchayin quyi tartibli integratsiyalashgan ko'rsatkichlarni aks ettiradi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Shu bilan birga, xududlarda mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga va tayyor raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqarishga yo'naltirilgan oziq-ovqat sanoatini qayta ishlash tarmoqlarining ko'p mehnat talab qiladigan sohalarini jadal rivojlantirish aholining bandligini oshirishda hamda hunarmandchilikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash tarmog'ini rivojlantirish bu sohada katta imkoniyatlar yaratadi. Xududlarning quylay iqlim sharoiti meva, sabzavot va poliz ekinlarini katta miqdorda va keng assortimentda yetishtirish imkonini beradi. Bunday imkoniyat, birinchidan, qishloq xo'jaligida yetishtiriladigan mahsulotlarning, ayniqsa, tez buziladigan va tashish qiyin bo'lgan mahsulotlarning nobud bo'lishini qisqartiradi, ikkinchidan, mahsulot sifatining saqlanishini ta'minlaydi, uchinchidan, dehqon, fermer xo'jaliklarining mahsulotni tashish, saqlash va sotish xarajatlarini qisqartiradi, to'rtinchidan, aholining ish bilan bandligini orttiradi, daromadlarini oshiradi, ishsizlikni pasaytiradi, beshinchidan, qishloq aholisi uchun o'z yashash joyida mehnat qilishni yaratadi.

Ta'kidlash joizki, kasanachilikka asoslangan sermehnat ishlab chiqarishlar, xalq hunarmandchiligi korxonalarini qurish ham aholini ish bilan ta'minlashga yordam beradi.

Fikrimizcha, hududlarda hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va shu orqali aholining ish bilan bandligini ta'minlash uchun quyidagilarga e'tibor qaratish lozim:

-hunarmandchilik va kasanachilik faoliyatini rivojlantirishda ilg'or xorijiy tajribalarni, ya'ni telefon orqali uyda xizmatlar bajarish, advokatlik, dasturiy mahsulotlar yaratishni o'rganish va joriy etish;

-aholi o'rtasida kasanachilik faoliyati, uning afzalliklari, kasanachilikni rivojlantirish bo'yicha xukumatimiz tomonidan berilgan imtiyozlar, yengilliklar to'g'risida keng targ'ibot ishlarini olib borish; omma o'rtasida kasanachilik imidjini oshirish;

-norasmiy faoliyat bilan band bo'lgan hunarmandchilik va kasanachilarni rasmiy faoliyatga o'tkazishga imkon beradigan iqtisodiy mexanizmlarni ishlab chiqish;

-o'zgaruvchan bozor sharoitlariga mos yangi tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan hunarmandchilik faoliyati turlarini o'zlashtirish.

Shu bilan bir qatorda, mahalliy xududlarning tarixiy-madaniy va me'morchilik obidalari asosida turistik xizmatlarni, shuningdek qo'shni mamlakatlar bilan iqtisodiy

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

hamkorlikni va chegarabo'yi savdosini rivojlantirish ham aholining ish bilan bandlik darajasining ortishiga yordam beradi.

REFERENCES

1. Abdullayev Y., Karimov F. "Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari" T.: Mehnat,

2. Xodiyev B.Y. va b.q.lar. "Kichik biznesni boshqarish" Toshkent, O'qituvchi, 2008 y.

3. O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasi ma'lumotlari (2000-2015 yillar).

4. http://www.artcraft.uz/uz/content «HUNARMAND» UYUSHMASI Namangan viloyat boshqarmasi rasmiy sayti ma'lumotlari.

2000

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.