KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK
Dilshod Anvarjanovich Ismailov Oybek Utbasarov
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qay tarzda yanada isloh qilish, yanada barqarorlashtirish va hozirgi kundagi xususiy korxonalarning o'sgani, kichik biznes salohiyatining qay darajada ko'tarilgani haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: biznes, tadbirkorlik subyektlari, real daromad, aholi bandligi, YaIM, qishloq xo'jalik aloqalari, bozor iqtisodiyoti.
SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP
ABSTRACT
This article discusses how to further reform, further stabilize and grow small business and private entrepreneurship in the Republic of Uzbekistan, and to what extent the potential of small business has grown.
Keywords: business, business entities, real income, employment, GDP, agricultural relations, market economy.
Kirish
O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini mustahkamlash, har tomonlama rivojlantirib borish, iqtisodiyotni xususan bozor munosabatiga o'tishni tezlashtiruvchi eng asosiy yo'llardan biri bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi. Shuning uchun ham tadbirkorlikni rivojlantirishga, uni davlat tomonidan qo'llab- quvvatlanishi, xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko'rsatish, uni rag'batlantirishga bag'ishlangan bir qancha qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy ijtimoiy islohotlarning tub negizini tadbirkorlik, omilkorlik va ishbilarmonlik xislatlarisiz tasavvur etish qiyin. Erkin bozor munosabatlarining keng ravnaq topishi kishilar hayotida, ularning turmush tarzida, ma'naviy va hayotiy ko'nikmalarida namoyon bo'lmoqda [1-5]. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlanishi nafaqat iqtisodiyotni muttasil rivojlanishi, xo'jalik aloqalarini tuzatish, raqobatni rivojlantirish va iste'mol bozorini to'ldirish bilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy maqsadlarni ham ta'minlamoqda.
Mamlakatimizda kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni yanada barqaror qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini
qo'llab-quvvatlash borasidagi ishlami tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to'g'risida" 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-son Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida" 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-son qarorlari qabul qilingan.(1)
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
O'zbekistonda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik shakllarini ustuvor rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun iqtisodiy islohotlar o'tkazildi, uning rolini oshirish uchun yirik institustional asoslar yaratildi. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni kafolatlovchi huquqiy-me'yoriy hujjatlar, tadbirkorlarga ko'maklashuvchi nodavlat tashkilotlar, korxonalar shular jumlasiga kiradi. O'zbekistonda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes korxonalari majmuini tashkil etish muvaffaqiyatli bormoqda. Kichik biznes faoliyati bilan shug'ullanuvchi korxonalar davlatga bog'liq bo'lmagan holda, ya'ni katta kapital mablag'larsiz o'zlari ish joylarini joriy etishlari, vaqtinchalik mavjud bo'lgan tovarlar tanqisligini kamaytirishlari va, hattoki, bu tanqislikni butunlay yo'qotishlari mumkin [6-12]. Hozirgi jamiyatimizda kichik korxonalar faoliyatini ayrim kishilarning ehtiyojlarini qondirish sari yo'naltirish zarur. Bu narsa maishiy xizmat ko'rsatish hamda xalq iste'moli tovarlari ishlab chiqarish sohalarida yaqqol ko'rinmoqda. Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g'oyat katta ahamiyatga ega.
Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish sohasiga oid dastlabki ilmiy tadqiqotlar ishlar huquqshunos olim B.Ibratov tomonidan olib borildi. U tadbirkor-ning barcha harakatlari asosan bozor imkoniyatlarini tahlil qilish, undan foydala-nish, novatorlik g'oyalarini amalga oshirishdan iborat ekanligin asoslab, tadbirkor-ning kapitalistik ekspluatatorlik mohiyatiga olib keluvchi an'anaviy sinfiy ta'ri-fi emas, balki, uni inson faoliyatining shu sohadagi funksiyasi bo'lib, uning jami-yatdagi tutgan o'rni va ijtimoiy ahamiyatiga e'tiborni qaratish lozimligini tushunti-radi [13-19]. Shuningdek, tadbirkor bozor iqtisodiyotining alohida bo'g'inlarida takrorish-lab chiqarish borasida xizmat ko'rsatuvchi tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va boshqa xo'jalik munosabatlarining majmuidir deb ta'riflaydi.(2)
Tadqiqot metodologiyasi
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishda muhim omildir. Ushbu soha vakillarini har taraflama qo'llab-quvvatlash maqsadida oxirgi ikki yarim yilda Prezidentning ellikdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilindi. Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini davlat ro'yxatidan o'tkazish, turli ruxsatnomalar olish va boshqa ko'plab xizmatlar tartib-qoidalari
soddalashtirildi.(3) Bu borada qulaylik yaratish uchun Davlat xizmatlari agentligi va uning joylardagi markazlari tashkil etildi. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil (Biznes-ombudsman) lavozimi joriy qilindi [20-24]. Barcha hududlarda tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilib, hal etishga ko'maklashadigan Bosh vazir qabulxonalari tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasi huzurida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi faoliyati yo'lga qo'yilib, unga 200 milliard so'm va 50 million dollar mablag' ajratildi. Shu bilan bir qatorda tijorat banklari tomonidan tadbirkorlarga ajratilayotgan kreditlar hajmi oshdi. Bunday amaliy choralar o'z natijasini bermoqda. Kichik biznes mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 60 foizini, sanoat mahsulotlari hajmining uchdan birini, qishloq xo'jaligi mahsulotining 98 foizini, investitsiyalarning yarmini ta'minlamoqda. Ko'pgina viloyatlarda eksportning 70-90 foizi aynan kichik biznesga to'g'ri keladi.(4)
O'zbekiston iqtisodiy islohotlarning bosh maqsadi ochiq tashqi siyosatli, barqaror ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolar jamiyatini qurish hisoblanadi. Respublikada bozor qayta o'zgartirishlari qat'iy va izchil amalga oshirilmoqda. Shu sababli ham, Respublikmizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi sharoitlar yaratilgan:
1.Kichik biznes subyektlarining ro'yxatdan o'tish vaqti 30 daqiqani tashkil etadi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'tish uchun faqat bir dona, yuridik shaxs sifatida kichik korxonani ro'yxatga olishda esa - ikki dona hujjat talab etiladi.
2.Deyarli barcha tarmoqdagi kichik korxonalar kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishning muhim omili hisoblanadigan yagona soliq to'lovi stavkasi, realizatsiya qilingan tovarlar va xizmatlar hajmining 5% ni tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda kichik biznes subyektlari uchun yagona ijtimoiy to'lovning amaldagi stavkasi 15% ni tashkil etadi.
3.Yangi tashkil etilgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarga besh yil davomida ular ro'yxatdan o'tgan kunidagi soliq va majburiy to'lovlar stavkasini qo'llash huquqi beriladi. 2018-yildan boshlab 1 gektardan ko'proq yer maydoniga ega bo'lgan kichik korxonalar yagona yer solig'i to'lashi belgilab qo'yildi.
4.Kichik biznesni moliyaviy qo'llab-quvvatlash quyidagi yo'llar orqali amalga oshirilmoqda: banklar tomonidan imtiyozli stavkalar bo'yicha kreditlar berish; tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasining tadbirkorlik faoliyatiga berilgan kredit mablag'larining 50% miqdoridagi kafillik va tijorat banklari kreditlari bo'yicha hisoblangan foiz xarajatlarini qoplash.
5.Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ma'sul institut tomonilan biznes manfaatlari himoyalangan. O'zbekistonda kichik biznes subyektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirish bekor qilindi,
shuningdek birinchi marta sodir etilgan moliyaviy-xo'jalik huquqbuzarlik uchun tadbirkorlik subyektlari ma'muriy jarimalarning barcha turlaridan ozod etilgan.
6.Respublikaning barcha hududlarida tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko'rsatuvchi "yagona darcha" tamoyili ostida faoliyat ko'rsatadigan markazlarda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlovchi markazlar tashkil qilingan. Tadbirkorlik faoliyatini endi boshlovchi subyektlar uchun o'zlarining biznes rejalarini tuzish, huquqiy va amaliy ko'mak berish, shuningdek faoliyatlari uchun zarur ma'lumotlarni olishlari uchun "biznes-inkubatorlar" tashkil etilgan.
7.Respublika bo'yicha tadbirkorlarga biznes yuritish bo'yicha o'quv kurslari, xususiylashtirilgan obyektlar bazasida loyihalar amalga oshirish, 5 yil muddatga nol stavkada ijara asosida yer maydonlari ajratish orqali yosh tadbirkorlar uchun klasterlar tashkil etildi.(5)
Shu bilan bir qatorda kichik biznes salohiyatini to'liq amalga oshirishiga to'sqinlik qiladigan muammolarni ta'kidlab o'tishimiz lozim. Kichik biznesda bandlarning 62 foizidan ko'prog'i yakka tartibdagi tadbirkorlikda band bo'lsa, atigi 16 foizi kichik korxona va mikrofirmalarga to'g'ri kelmoqda. Kichik korxonalarning bandlikdagi past darajalari Navoiy (11,3 %), Qashqadaryo (12,4 %) va Toshkent viloyatiga (13,2%) to'g'ri kelmoqda. Kichik biznesda bandlarning 34,2 foizi qishloq xo'jaligida, 12,7 foizi - sanoatda, 11,6 foizi qurilishda, savdoda 13,4 foizi va 28,1 foizi xizmatlar sohasida band.(6)
Tahlil va natijalar
Yuqoridagi bandlarning tarmoqlar kesimidagi tahlilidan ko'rinib turibdiki, boshqa tarmoqlarga nisbatan yaratilayotgan ish o'rinlari samaradorligi yuqori bo'lgan sanoat tarmog'ida kichik biznesning nisbatan past darajadagi o'rnini ko'rishimiz mumkin [2527]. Ushbu ko'rsatkichni hozirgi o'sish darajasining saqlanib qolishi kelgusida aholining ish haqi va tadbirkorlik faoliyatidan oladigan real daromadlarining oshishi bilan bog'liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu holat davlatning aholiga ajratadigan ijtimoiy kafolatlarini cheklashiga olib kelishi mumkin. Qo'shimcha qilinadigan bo'lsa, kichik bisnes subyektlari sonining savdodagi ulushi yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Chakana savdo tovar aylanmasida esa, 20,2%ni kichik bisnes va mikrofirmalarning ulushi tashkil etgan bo'lsa, yakka tartibdagi tadbirkorlarning ulushi 69,4% ni tashkil etganini ko'rishimiz mumkin, bu bank sektoriga pul tushumiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va kichik biznes subyektlarining soliq solinadigan bazasida nomuvofiqliklarni keltirib chiqaradi.
Tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash va biznes muhitini yaxshilash bo'yicha amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida, Jahon bankining "Biznes yuritish - 2020" hisobotida O'zbekiston 7 pog'onaga ko'tarilib, 69-o'rinni egalladi va dunyoning eng yaxshi 20 ta islohotchi davlati qatoridan joy oldi.(7) Yangi korxona ochish qulayligi bo'yicha yurtimiz ilk bor dunyoda sakkizinchi o'ringa ko'tarildi. Bunday imkoniyatlar
natijasida joriy yilning o'tgan 10 oyida 91 mingta yoki 2018-yilgiga nisbatan 2 barobar ko'p yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etildi.(8) Lekin hali soha rivoji yo'lida qilinadigan ishlar ham ko'pligini ta'kidlash joizdir. Jumladan, "Biznes yuritish - 2020" hisobotida ko'rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish, jumladan, yer ajratish, qurilish va mol-mulkni ro'yxatga olish borasida qulayliklar yaratish kerak. Shu bois ham tadbirkorlarga yerni onlayn auksion orqali berish, mulkni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha idoralararo elektron axborot almashinuvini ta'minlash zarurdir. Xorijiy tajriba asosida, mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan mustaqil o'tkazishga mas'ul alohida tuzilma tashkil etish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa va takliflar
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Kichik biznesning mamlakat iqtisodiyotiga qo'shadigan hissasini oshirilishini, kichik sanoat zonalarining yaratilishi, investitsion muhit va raqobat muhitini yaxshilanishi, kichik biznes bilan davlat-xususiy sherikchiligi doirasida davlat xaridlari hajmini kengaytirilishi, yirik va kichik korxonalar o'rtasida o'zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlanishi, innovatsiya jarayonlariga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish orqali ko'rishimiz mumkin. Shuni ham ta'kidlash joizki, yetarli eksport salohiyatiga ega bo'lgan, biroq ayni paytda yanada rivojlanish uchun yetarli darajada kapitalga ega bo'lmagan muvaffaqiyatli va istiqbolli kichik korxonalarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash katta ahamiyatga ega. Ushbu chora-tadbirlarlarni samarali kichik biznes sohasida ko'proq ish o'rnini yaratishga, jahon bozoriga kirish imkoniyatlarini oshirishga yordam berib, mamkalatni eksport salohiyatini oshirishga va aholi daromadlarini oshishiga imkon yaratadi.
Bir so'z bilan aytadigan bo'lsak, mamlakatimizda tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish bugungi kunda davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib qolmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning so'zlari bilan aytganda, biz faqat faol tadbirkorlik, tinimsiz mehnat va intilish orqali taraqqiyotga, farovon hayotga erisha olamiz.
REFERENCES
[1] Гражданский кодекс Российской Федерации. Части первая и вторая, -М. : Изд-во-НоваяВолна11Д996-512с.
[2] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida" 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-son qarori.
[3] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi "Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasini tashkil qilish to'g'risida"gi qarori.
[4] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi "Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya
qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoni.
[5] Bakhtiyarovna, Y. E. (2019). Portfolio as an assessment tool for individualized instruction. Достижения науки и образования, (5 (46)).
[6] Bakhtiyarovna, Y. E. (2019). The main problems encountered in a second/foreign language acquisition in technical higher educational institutions. Проблемы современной науки и образования, (11-2 (144)).
[7] Bakhtiyarovna, Y. E. (2019). The main problems encountered in a second/foreign language acquisition in technical higher educational institutions. Проблемы современной науки и образования, (11-2 (144)).
[8] Bahtiyarovna, Y. E. (2018). Some methodology for keenness of teachers of English. Вопросы науки и образования, (5 (17)).
[9] Numonjonovna, E. N., & Abdullaevich, M. H. (2017). Paralinguistic features in written speech. Проблемы педагогики, (6 (29)).
[10] Numonjohnovna, E. N., Ugli, B. B. B., & Ilmiddinovich, K. S. (2019). Problems in developing speaking skills of students of technical higher educational institutions. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (145)).
[11] Numonjohnovna, E. N., Oybekovna, K. S., & Ugli, B. B. B. (2019). Paralinguistic features of the written language: problems of classification. Проблемы современной науки и образования, (12-2 (145)).
[12] Gulomjonovna, N. N., & Sobirjonovna, M. M. (2019). Peculiarities of using shrines in Fergana Valley for the Purpose of Tourism. International Journal on Integrated Education, 2(6), 1-4.
[13] Nazarova, N. G. (2021). Tourism terminology pragmatics. Middle European Scientific Bulletin, 12, 315-318.
[14] Gulomjonovna, N. N. Features Of Training Guide-translators. JournalNX, 152-155.
[15] Nazarova, N. G. (2020). PROBLEMS AND PROSPECTS IN THE TRAINING SYSTEM OF GUIDE TRANSLATORS IN UZBEKISTAN. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(11), 253-256.
[16] Gulomzhohnovna, N. N., Bakhtiyarovna, Y. E., & Sobirzhonovna, M. M. (2019). Preparing guide-translators in the sphere of tour industry. Проблемы современной науки и образования, (11-2 (144)).
[17] Yagyaeva, E. B. (2021). Tourism resources as a condition for the tourism development. Middle European Scientific Bulletin, 12, 323-327.
[18] Yagyaeva, E., & Zokirov, A. (2019). THE ROLE OF A TEACHER IN TEACHING-LEARNING PROCESS. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(3), 276-278.
[19] Bakhtiyarovna, Y. E. (2019). Portfolio as an assessment tool for individualized instruction. Достижения науки и образования, (5 (46)).
[20] Ягъяева, Э. Б. (2018). Коммуникативная компетенция как ключевой фактор становления специалиста. Вопросы науки и образования, (5 (17)).
[21] O'zbekiston Respublikasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash davlat dasturiga oid hujjatlar.
[22] Madrakhimova, M. S. (2021). Customer-oriented approach as a development strategy of a tourism enterprise. Middle European Scientific Bulletin, 12, 311-314.
[23] Khromova, G., Mukhamedova, Z., & Yutkina, I. (2017). Mathematical model of oscillations of bearing body frame of emergency and repair railcars. Transport problems, 12
[24] Mukhamedova, Z. (2015). Development of generalized dynamic model of oscillations of the main frame and running gear of rail service cars. Transport Problems, 711.
[25] Khromova, G. A., Mukhamedova, Z. G., & Yutkina, I. S. Optimization of dynamic characteristics of emergency rail service cars. Monograph. ISBN 978-9943-975-966.-Tashkent:" Fan va tekhnologiya", 2016.-253 p.
[26] Gafurdjanovna, M. Z. (2020). Reliability improvement of special self-propelled rolling stock based on its technical diagnostics. Journal of Critical Reviews, 7(12), 186189.
[27] Mukhamedova, Z. (2017). Mathematical Model for Calculation of Oscillations in the Main Bearing Frame of Railcar with Changing Stiffness and Physical Parameters.
1. https: //www.uzavtoyul .uz/ sayti.
2.https://xs.uz/ sayti.
3.https://mineconomy.uz/ sayti.