Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4
educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKGA KIRITILGAN INVESTISIYALARNI STATISTIK BAHOLASH
Sayfullaev Siddik Nosirovich, O'zbekiston, Toshkent moliya instituti Uzbekistan, Tashkent Financial Institute e-mail: sayfullayev1980@mail.ru
Annatatsiya: Ushbu maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikga kiritilgan investisiyalarni hududlarga taqsimlanishi statistik tahlil qilingan. Shuningdek, kichik biznes faoliyatini investisiyalashni takomillashtirish bo'yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: YaIM, YaHM, statistik tahlil, investisiya, kichik biznes, tadbirkorlik.
СТАТИСТИЧЕСКАЯ ОЦЕНКА ИНВЕСТИЦИЙ В МАЛЫЙ БИЗНЕС И ЧАСТНОЕ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВО
Аннатация: В статье рассмотрен статистический анализ распеределения объёма инвестиции в малый бизнес и частное предпринимательство в разрезе регионов. А также, научные предложения и рекомендации по улучшению инвестиционной деятельности малого бизнеса.
Ключевые слова. ВВП, ВРП, статистический анализ, инвестиции, малый бизнес, предпринимательство.
STATISTICAL ASSESSMENT OF INVESTMENTS IN SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURShIP
Abstract: The article considers a statistical analysis of the distribution of the volume of investment in small business and private entrepreneurship in the context of regions. And also, scientific proposals and recommendations for improving the investment activities of small businesses.
Key words: GDP, GRP, statistical analysis, investments, small business, entrepreneurship.
KIRISH
Butun dunyoda iqtisodiyotni xarakatlantiruvchi kuchi sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (KBXT) sohasini asosiy o'rinni egallab kelmoqda. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari Fransiya, Italiya, Yaponiya, Germaniya, AQSh davlatlarida YaIMdagi KBXTning ulushi 50-60 foiz atrofida bo'lib, ushbu ko'rsatkich 2020 yil
Scientific Journal Impact Factor
O'zbekistonda esa 53,9 foizni tashkil qilmoqda. KBXTni yanada rivojlantirishda investisiyalarning o'rni beqiyosdir. Mamlakatimiz hududlariga ajratilayotgan investisiya miqdorini qanday taqsimlanayotganini statistik o'rganish muhimdir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ta'kidlaganidek: "Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, qaysi davlat faol investisiya siyosatini yuritgan bo'lsa, o'z iqtisodiyotining barqaror o'sishiga erishgan. Shu sababli ham investisiya - bu iqtisodiyot drayveri, o'zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag'a bo'lmaydi. Investisiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg'or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi"[1]. Bu esa kelgusida barcha sohalar kabi hududlarda KBXT sohasiga ham investisiyalarni keng jalb etib, aholining ish bilan bandligi va aholi pul daromadlari oshirish natijasida aholi turmush farovonligini yaxshilashga olib keladi.
Kichik biznes va tadbirkorlik sohasi, uning rivoji va yo'nalishlarini o'rgangan xorijiy olimlar: A.Marshall [4], Y.Shumpeter [5], V.Vales [6] lar tadbirkorlikning ilmiy asoschilari hisoblanadi.
Mahalliy olimlarimizdan: Bayxonov B.T. [7] tarmoqlar faoliyatini ishlab chiqilgan ekonometrik modellar orqali tahlil qilib, prognozlash asosida investisiyalar samaradorligini baholashda, zamonaviy uslubiy yondashuvni qo'llash mumkinligini ta'kidlaydi. H.P.Abulqosimov, A.A.Qulmatov [8]lar mamlakatimizda kichik biznes sohasida oilaviy tadbirkorlikning o'rni va uni rivojlantirish yo'llarini o'rgangan. B.K.G'oyibnazarov, H.O.Rahmonov, Sh.I.Otajonov, D.S.Almatova [9]lar KBXT faoliyatini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiyjihatlari, sohada mavjud bo'lgan muammolar va ulani bartaraf etish yo'llari, kichik biznes sub'ektlarini qo'llab-quvvatlash mexanizmlari o'rganilgan.
Milliy iqtisodiyotmizda ishlab chiqarishni yangi texnika va texnologiyalar bilan ta'minlash, xalqaro bozorda o'z o'rni, mavqeiga ega bo'lishi, raqobatbardosh hamda sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun KBXT sohasiga investisiyalar jalb qilish, ulardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev "Ayniqsa, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalar 4,2 milliard dollarni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan - mana shu raqamga e'tiboringizni qaratmoqchiman - 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR SHARHI
TAHLIL VA NATIJALAR
Scientific Journal Impact Factor
o'sdi. Investisiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi" [2] - deb ta'kidlab o'tdi.
KBXT sohasiga kiritilayotgan investisiyalar hozirgi koronovirus pandimiyasi sharoitida inqirozli jarayonlarni yumshatish va ularni boshqarishning eng muhim vositalaridan biridir, chunki aynan investision faollikni oshirish orqali KBXT sohasidagi qator inqirozli jarayonlarni hamda inqiroz paytida bo'lgan kichik korxonalarning daromad darajasi, to'lov qobiliyati va moliyaviy barqarorligini ta'minlashga, ular iqtisodiy faolligini oshirishga yordam beruvchi omillardan sanaladi.
Shunday ekan, hozirgi paytda mahalliy kichik korxonalar tomonidan to'lov qobiliyati va moliyaviy barqarorlikni ta'minlash bo'yicha keskin muammolarga duch kelmoqda. Investisiya qarorlar sifatini ta'minlash orqali investision faoliyat samaradorligini oshirish har qanday korxona faoliyati va uning inqirozdan chiqish jarayonini me'yorlashtiradigan ta'minlaydigan mexanizmlardan biridir.
Kichik korxona investision faoliyatini amalga oshirish bosqichlari orasida, quyidagi uchta asosiy qoidani ajratib ko'rsatish mumkin: investisiya to'g'risida qaror qabul qilish, investisiyalarni amalga oshirish va yangi tashkil etilgan investisiya faoliyati ob'ektini tanlash.
Ma'lumki, dunyodagi taraqqiy topgan davlatlarda KBXT yalpi ichki mahsulot hajmida yetakchi va hal qiluvchi o'rinni egallab kelmoqda. Hozirgi kunda respublikamizda tizimli dasturlar asosida bu sohani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa o'z navbatida mamlakatimizning iqtisodiy qudratini mustahkamlashga va YaIMni ko'paytirishga imkoniyat yaratadi.
Mamlakatimiz Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi "Respublika iqtisodiyotiga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4300-sonli Qarori qabul qilindi. Unda mamlakatimiz iqtisodiyotiga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish faoliyati samaradorligini oshirish, xorijiy investorlarni mamlakatimiz imkoniyatlari va salohiyati to'g'risida xabardor qilish, xorijiy investisiyalarni jalb etish va o'zlashtirish sohasida davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni yaxshilash ko'zda tutilgan [3].
Shu nuqtai nazardan, KBXT sohasini rivojlanishi hududlar miqyosida har tomonlama qo'llab-quvvatlash, uning innovasion rivojlanishini ta'minlash uchun, hamda YaIM, YaHMdagi ulushini oshirish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish
Scientific Journal Impact Factor
kabi yo'nalishlarda tizimli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Biroq, respublikamizning barcha hududlarida KBXTni rivojlantirish jarayonlari barqaror yuksalyapti deb bo'lmaydi.
2000 2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020
1-rasm. Kichik biznesning YaIMdagi ulushi, %da1
Kichik biznesning YaIMdagi ulushi ko'payishi ular tomonidan yetishtirilayotgan mahsulotlar hajmini oshirish borasida olib borilayotgan islohotlar natijasidir. Darvoqe, so'nggi yillar (2010 - 2020)da kichik biznesning YaIMdagi ulushi 25,5 foiz bandga oshib, 2020 yilda 53,9 foizni tashkil qilgan (1-rasm).
Shu sababli, hududlarda KBXTni rivojlantirish jarayonlarining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, ularning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi rolini kuchaytirish, aholini ish bilan bandligini ta'minlash orqali daromadlarini ko'paytirish imkoniyatlaridan to'laqonli foydalanish, hududlarda KBXT sub'ektlarining turli darajalarda rivojlanish omillari va tendensiyalarini zamonaviy statistik usullarda baholab, hududlarning innovasion rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
1-jadval
Hududlar bo'yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmidagi ulushi, %2
Hududlar 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019
O'zbekiston
Respublikasi 28,5 31,9 35,3 32,7 35,4 40,3 40,9 38,1 38 47
Qoraqalpog'iston
Respublikasi 33 26,7 53,9 17,9 12,3 12,2 17,4 36 28,4 32,1
Andijon 45 43,9 41 47,2 52,1 58 60,9 63,9 57,7 67,3
Buxoro 12,8 18,3 16,7 19,4 21 24,9 17,7 11,6 28,1 54,4
Jizzax 50,1 47,7 47,6 38,9 44 62,9 60,8 60,1 45,1 69,2
Узбекистан Республикаси Давлат статистика кумитаси 2010-2020 йиллар маълумотлари. 2Узбекистон Республикаси Давлат статистика кумитаси 2010-2019 йиллар маълумотлари
255
Scientific Journal Impact Factor
Qashqadaryo 23,3 18 15,1 14,1 13,9 19 21,4 14,4 12,6 29,7
Navoiy 12,7 22,6 23 24,8 27 33,2 22,2 26 14,3 19,3
Namangan 40,7 54,2 55,5 51,9 39,7 49,6 55,7 50,5 37,3 54,2
Samarqand 42,7 49,7 50,8 48,2 57,5 65,7 65,2 65,3 59,8 62,3
Surxondaryo 31,8 33,6 40,9 37,7 45,1 54,6 56,3 38,6 39,6 74,7
Sirdaryo 31 25,6 29,9 29,1 25,7 37,4 44,9 48,5 54,2 61,2
Toshkent 25,9 28,2 38,7 29,2 36,2 36,8 42,4 45,8 39,5 33,9
Farg'ona 37,5 40,4 41,1 33,8 42,3 57,9 55,3 55,2 54,3 60,6
Xorazm 55,5 47,4 49,5 32,9 45,8 59,8 64,6 57,5 48,9 65
Toshkent sh. 32,8 36,1 38,3 49,2 56,4 58,2 51,8 52,2 53,6 46,6
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining statistik tahlili natijalari mazkur soha viloyatlar kesimida notekis investisiyalar ajratilayotganini ko'rishimiz mumkin. Respublikamizga 2019 yilda jami asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalarda KBXTning ulushi 47 foizni tashkil qilgan bo'lsa, hududlar bo'yicha esa respublika ko'rsatkichidan past viloyatlarga Qoraqolpog'iston Respublikasi (32,1), Qashqadaryo (29,7), Navoiy (19,3), Toshkent (33,9), Toshkent shahri (46,6) foizni tashkil qilgan. Qolgan viloyatlar esa respublika ko'rsatkichidan katta ekanligini ko'rishimiz mumkin (1-jadval).
Hududlarga ajratilayotgan investisiyalarni qanday taqsimlanganligini ko'rish masadida hududlarning ulushini statistik tahlil qilish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Buning uchun 2010-2019 yillar oralig'idagi ulushining o'rtachasini hisoblab chiqamiz. Hisoblangan o'rtacha bo'yicha uchta guruhga ajratamiz. Ya'ni, eng yuqori ulushga ega bo'lgan hududlar, o'rta ulushga ega bo'lgan hududlar, eng past ulushga ega bo'lgan hududlarga ajratib statistik tahlilni amalga oshiramiz.
2-jadval
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan asosiy kapitalga
2010 2011 2012 2019 O'rtach
Hududlar 2013 2014 2015 2016 2017 2018 a
Eng yuqori ulushga ega bo'lgan hududlar
Toshkent sh. 24,9 22,2 25,9 26,1 27,0 22,1 22,9 25,7 30,0 21,7 24,8
Samarqand 9,1 9,9 8,7 9,8 10,4 11,8 11,3 10,4 8,9 6,8 9,7
Toshkent 8,9 10,3 9,0 9,3 10,9 9,0 8,6 9,9 9,4 6,4 9,2
O'rta ulushga ega bo'lgan hududlar
Farg'ona 7,3 8,1 7,1 6,8 6,8 8,1 7,0 5,9 6,4 6,2 7,0
Qashqadaryo 9,0 6,6 5,4 5,3 5,0 6,2 7,5 5,8 4,4 7,8 6,3
Andijon 5,7 6,2 5,9 6,5 5,9 6,3 6,4 6,9 5,8 6,2 6,2
3Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacH ,3,aMaT CTaTHCTHKa rçyMHTacH 2010-2019 nu^ap Mat^yMoraapu acocuga
XHCOÖ^aHgn
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
Namangan 5,0 5,7 5,2 5,8 5,2 6,1 7,5 6,6 6,4 7,4 6,1
Buxoro 6,1 6,4 5,3 5,9 5,7 5,6 5,0 4,9 5,7 6,0 5,7
Surxondaryo 4,2 4,0 4,3 5,0 4,8 5,6 5,8 5,0 6,1 10,2 5,5
Eng past ulushga ega bo'lgan hudud ar
Xorazm 4,5 4,5 4,3 4,0 5,4 5,1 4,8 4,5 3,1 4,1 4,4
Qora.Res.si 3,5 4,2 7,8 4,5 3,9 4,1 3,1 3,7 4,1 3,0 4,2
Jizzax 4,1 3,9 4,0 4,2 3,7 4,5 4,2 3,9 3,4 6,1 4,2
Navoiy 4,9 5,4 4,7 4,3 3,6 3,3 3,1 3,8 3,2 3,8 4,0
Sirdaryo 2,7 2,5 2,3 2,5 1,9 2,2 2,8 2,9 3,1 4,2 2,7
2010-2019 yillarda KBXT sub'ektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalarda hududlarning o'rtacha ulushi eng yuqori ko'rsatkichga Toshkent shahri (24,8 %) va Samarqand (9,7 %), Toshkent (9,2 %) viloyatlari kiradi. O'rtacha ulushga ega bo'lgan hududlarga Farg'ona (7 %), Qashqadaryo (6,3 %), Andijon (6,2 %), Namangan (6,1 %), Buxoro (5,7 %), Surxondaryo (5,5 %) viloyatlari kiradi. Eng past ulushga ega bo'lgan hududlarga Qoraqolpog'iston Respublikasi (4,2 %), Xorazm (4,4 %), Jizzax (4,2 %), Navoiy (4,0 %), Sirdaryo (2,7 %) viloyatlari kiradi (2-jadval).
XULOSA VA TAKLIFLAR
Mamlakatimizning investision faoliyatini samarali olib borishda amaldagi mavjud qonunchilikni isloh etish, investisiyalardan hududlarni rivojlanirishda xalqaro tajribalardan keng foydalanish, iqtisodiyot uchun avvalo ichki manbalardan ko'proq foydalanishga qaratilgan davlat siyosatini yuritish, mavjud kamchilik va muammolarni ijobiy hal etish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi.
Mamlakatimiz hududlarida KBXTga investision siyosat samaradorligini oshirish qulay investisiya muhitini ta'minlash va xorijiy kapital oqimini yanada ko'paytirish uchun asosiy yo'nalishlar bo'yicha quyidagi chora-tadbirlarni tadbiq qilish kerak bo'ladi:
- KBXTni rivojlantirish maqsadida chet el investisiyalarini yanada ko'paytirishda ularning samarali faoliyatini ta'minlovchi xuquqiy baza ta'minotini takomillashtirish va o'zaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish lozim;
- mamlaktimizda faoliyati yo'lga qo'yilgan kichik qo'shma korxonlarning erkin faoliyati ko'rsatishi hamda tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatini yanada kuchaytirish;
- xududlarning barqaror rivojlanishi uchun barcha viloyatlarga teng taqsimlangan holda ichki va tashqi investisiyalarni kiritish. Shuningdek, xududlarning salohiyati va keng imkoniyati haqidagi ma'lumotlar bilan investorlarni
Scientific Journal Impact Factor
tanishtirish hamda ular uchun ko'proq manfaatdorlik, moyillik yaratish mexanizmini ishlab chiqish.
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. //Xalq so'zi, 2018 y. 29 dekabr.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. //Xalq so'zi, 2020 y. 25 yanvar.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi "Respublika iqtisodiyotiga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4300-sonli Qarori.
4. Маршалл А. Принципы политической экономии. - М.: Прогресс, 1993. -
5. Шумпетер Й. Теория экономической развития. - М.: Прогресс, 1985. -
6. Vales W.J. Empirical research on entrepreneurial orientation: An assessment and suggestions for future research / W.J. Wales, V.K. Gupta, F.T. Mousa // International Small Business Journal. - 2013. - №31(4). - P. 357-383.
7. Bayxonov B.T. "O'zbekiston iqtisodiyotida investisiyalarni tarmoqlararo taqsimlashning ekonometrik modellashtirish uslubiyatini takomillashtirish". Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent - 2019. - 76 b.
8. Abulqosimov H.P., Qulmatov A.A. O'zbekistonda kichik biznes sohasida oilaviy tadbirkorlikning o'rni va uni rivojlantirish yo'llari. Monografiya. - T.: Universitet, 2015. - 126 b.
9 G'oyibnazarov B.K., Rahmonov H.O., Otajonov Sh.I., Almatova D.S. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik - mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish omili. Monografiya. - T.: Fan, 2011. - 184 b.
10. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining 2010-2020 yillar ma'lumotlari. //stat.uz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
415 с.
159 с.