Научная статья на тему 'ISLOM DINIGA TAHDID'

ISLOM DINIGA TAHDID Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
860
68
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Islomiy renessans / qayta Islomlashtirish / Islom fenomeni / Al-ixvon al-muslimun / musulmon birodarlar / vaxxobiylik oqimi / Xizb-at-taxrir al-Islomiy / Islom ozodlik partiyasi / Xizbulloh. / Islamic revival / re-Islamization / Islamic phenomenon / Al-Ikhwan al-Muslimun / Muslim Brothers / Wahhabite movement / Hizb ut-Tahrir al-Islami / Islamic Liberation Party / Hezbollah.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Bo‘riyev Isroil Ismoilovich

Muallif maqolada din azaldan inson ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzotning yuksak ideallari, haq va haqiqat, insof va adolat to‘g‘risidagi orzu-armonlarini o‘zida mujassam etgan, ularni barqaror qoidalar shaklida mustahkamlab kelayotgan g‘oya va qarashlarning yaxlit tizimi ekanligini ochib beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A THREAT TO ISLAM

In the article, the author reveals that religion has always been an integral part of human spirituality, an integral system of ideas and views that embodies the highest ideals of humanity, dreams of truth and justice, justice and justice, strengthening them in the form of stable rules.

Текст научной работы на тему «ISLOM DINIGA TAHDID»

Scientific Journal Impact Factor

ISLOM DINIGA TAHDID

Bo 'riyev Isroil Ismoilovich Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi assistenti

Annotatsiya: Muallif maqolada din azaldan inson ma 'naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzotning yuksak ideallari, haq va haqiqat, insof va adolat to'g'risidagi orzu-armonlarini o'zida mujassam etgan, ularni barqaror qoidalar shaklida mustahkamlab kelayotgan g'oya va qarashlarning yaxlit tizimi ekanligini ochib beradi.

Kalit so'zlar: Islomiy renessans, qayta Islomlashtirish, Islom fenomeni, Al-ixvon al-muslimun, musulmon birodarlar, vaxxobiylik oqimi, Xizb-at-taxrir al-Islomiy, Islom ozodlikpartiyasi, Xizbulloh.

Аннотация: В статье автор раскрывает, что религия всегда была неотъемлемой частью человеческой духовности, целостной системой идей и взглядов, воплощающей в себе высшие идеалы человечества, мечты об истине и справедливости, справедливости и справедливости, укрепляя их в виде устойчивых правил.

Ключевые слова: Исламское возрождение, реисламизация, исламское явление, Аль-Ихван аль-Муслимун, Братья-мусульмане, движение ваххабитов, Хизбут-Тахрир аль-Ислами, Исламская партия освобождения, Хезболла.

Abstract: In the article, the author reveals that religion has always been an integral part of human spirituality, an integral system of ideas and views that embodies the highest ideals of humanity, dreams of truth and justice, justice and justice, strengthening them in the form of stable rules.

Keywords: Islamic revival, re-Islamization, Islamic phenomenon, Al-Ikhwan al-Muslimun, Muslim Brothers, Wahhabite movement, Hizb ut-Tahrir al-Islami, Islamic Liberation Party, Hezbollah.

Islom dini jahon dinlaridan biri. Bugungi kunda bu dinga 1 mlrd 500 million aholi e'tiqod qilmoqda. Ayni paytda, Islom diniga nisbatan butun dunyoda qiziqish va intilish kuchayib bormoqda. Buning asosiy sababi islom dinining haqqoniyligi, pokligi, bag'rikengligi, ezgulikka chorlashi bilan bog'liq. Ammo o'tgan asrning so'nggi o'n yilliklarida dunyo hamjamiyatida «Islomiy renessans», «qayta Islomlashtirish», «Islom fenomeni» deb ataluvchi «Islomiy rivojlanish» mazkur dinni siyosiylashuv jarayonini jadallashtirib yubordi. Natijada, Arab Sharqida

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

mavjud bo'lgan «Al-ixvon al-muslimun» «musulmon birodarlar», vaxxobiylik oqimi, «Xizb-at-taxrir al-Islomiy» Islom ozodlik partiyasi, «Xizbulloh» «Olloh partiyasi», vaxxobiylik oqimi va boshqa turli tuman partiya va jamiyatlarning xatti-xarakatlari kuchayib ketdi. Ularning asosiy maqsadlari: xalqaro terrorchilik tashkilotlari bilan birlashish, barqarorlik va millatlararo totuvlikni barbod qilish, musulmonlarni «haqiqiy va nohaqiqiy» guruhlarga bo'lib, mamlakat aholisini bir-biriga qarama-qarshi qo'yish, Mamlakatimiz chegaralarida fuqarolar urushini keltirib chiqarish va uni saqlab turish, yurtimiz aholisini dunyo hamjamiyatiga xudosiz, dahriylar qiyofasida ko'rsatib yurtimizni obro'sizlantirish, oxir oqibatda siyosiy hokimiyatni qo'lga kiritishdan iborat edi.

Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Bugungi globallashuv jarayonida Islom diniga tahdidlar va ma'naviy tahdidlarni bartaraf etish omillari keng yoritib berildi. Sh.M. Mirziyoyevning asarlari, Jo'rayev. U., Saidjonov Y. nong "Dunyo dinlari tarixi" nomli kitoblari metodologik manba bo'lib belgilandi.

Mustaqillikka erishilgan dastlabki yillarda mafkura sohasida bo'shliqni paydo bo'lishi natijasida yurtimizga kelgan turli islomiy da'vatchilar rasmiy va norasmiy yo'llar bilan xorijga o'qishga borgan bir qism yoshlarimizni aldab o'z tuzoqlariga tushirib oldilar. Aqidaparast terrorchilar aholining hayotda o'zining qat'iy, mustaqil fikriga ega bo'lmagan, voqelikka aql-idrok bilan emas, xissiyot bilan yondoshadigan qatlami ichiga kirib olib, ularni o'zlarining xavoyi, chalg'ituvchi, jozibador dav'atlari bilan saflariga jalb etishga erishdilar. O'tgan asrning so'nggi o'n yilligi va asrimiz boshida diniy ekstremistik guruhlar hokimiyatni, uning huquqiy idoralarini kuchsiz qilib ko'rsatish orqali xalqni qo'rquvga solish, Konstitusion davlat tuzumini ag'darib, siyosiy hokimiyatni qo'lga kiritish maqsadida chet eldagi maxsus harbiy o'quv markazlarida harbiy tayyorgarlikdan o'tgan, zamonaviy qurol-aslahalar bilan ta'minlangan, uyushgan qurolli jangari guruhlar yordamida «Islom davlati» tuzish yo'lida «Jihod» kilishga bir necha bor harakat qildilar. 1990, 1991, 1997 yillardagi Namangan, 2005 va 2009 yildagi Andijon voqealari, 1999, 2000, 2004 yillarda Toshkentdagi portlashlar, Surxondaryo, G'ijduvonda sodir etilgan jinoiy harakatlar diniy aqidaparstlar va xalqaro terrorchilarning shu maqsad yo'lidagi xurujlari edi.

Shu o'rinda din, diniy qarashlar, fundamentalizm, ekstremizm, diniy firqa va oqimlar, g'oyalar ularni yuzaga kelishining ob'ektiv va sub'ektiv sabablari nimalardan iborat? Ularni bartaraf etishining qanday chora-tadbirlari bor?-degan savollar tug'ilishi tabiiy. Umuman, Islomda xizb ya'ni firqa tuzish shariat

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

qonunlariga zid hisoblanadi. Qur'oni karimda: «odamlarni aldab fitnaga solish, zulm qilish, nojoiz»ligi ta'kidlangan. Aqidaparast diniy ekstremistlarning harakatlari esa Qur'oni karim oyatlariga mutloqo zid. Chunki, ularning asl maqsadi, din niqobi ostida hokimiyatga erishishdir. Hozirgi kunda bu oddiy haqiqatni har bir ongli inson tushunib yetdi. Yurtboshimiz alohida qayd etib o'tganlaridek: «ayni zamonda, biz din peshvolariga, o'zimizga o'xshagan musulmon birodarlarimizga bir narsani takror va takror uqtirmokchimiz, diniy partiyalar tuzib, hokimiyat talashib yurishlar xudoga ham yoqmaydi. Hamma ahil, xamma pokiza bo'lib yashasin. Kimning fazilati qancha, kimning gunohi qancha ekanini yaratganning o'zi ajrim qilib beradi, u dunyoda».

Siz quyida din, dastlabki va hozirgi diniy tasavvurlar, jahon dinlari, diniy mazxab, sekta va oqimlar, firqalar, diniy fundamentalizm, ekstremizmni keltirib chiqargan ob'ektiv va sub'ektiv sabablar, ularning g'oyasi, maqsad va faoliyatlari hamda jamiyatimizga ta'siri nimalardan iborat ekanligi haqidagi savollarga imkon darajasida javob topasiz degan umiddamiz.

Yer sayyorasining yoshi 5 milliard yilga teng. Unda eng qadimgi odamlar bundan 2 million yil avval paydo bo'lgan bo'lsa, planetada «aqlli odam» (Homo sapiens) va uning jamoasi shakllanganiga 120 ming yildan ortdi. Ongli inson va uning jamiyati yashab kelayotgan davrlardan boshlab u bilan birgalikda din va diniy qarashlar ham yashab kelmoqda. Din so'zi qadimiy somiy va yahudiy tillarida mavjud bo'lib, bu so'zni arabchadan ishonch, e'tiqod ma'nolarida tarjima qilingan. Jamiyatda dinning qanday tushuncha ekanligi haqida uzoq vaqtlardan buyon turli xil qarashlar va fikrlar mavjud bo'lsada xali xanuz yagona to'xtamga kelinmagan. Chunonchi, diniy ta'limotlarga asosan din Olloh tomonidan o'z elchilari (payg'ambarlari) orqali bashariyatga joriy etish uchun yuborilgan ilohiy qonunlardir. Dunyoviy nuqtai nazar bo'yicha esa din ijtimoiy-tarixiy xodisa. Kishilar jamoasi tarixiy taraqqiyotining ma'lum bosqichlarida paydo bo'lgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Dinni nima ekanligi xali-xanuzga qadar turlicha ifodalab kelinsada, u haqidagi eng umumiy tushuncha, dinning asl mohiyati-insonning ruhiy-ma'naviy ehtiyoji, ishonch, e'tiqod tuyg'usi bo'lib, Prezidentimiz ta'birlari bilan aytadigan bo'lsak «din azaldan inson ma'naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzotning yuksak ideallari, haq va haqiqat, insof va adolat to'g'risidagi orzu-armonlarini o'zida mujassam etgan, ularni barqaror qoidalar shaklida mustahkamlab kelayotgan g'oya va qarashlarning yaxlit tizimidir» (Islom Karimov. «Yuksak ma'naviyat-engilmas kuch». 36-bet.)

O'tgan asrning so'nggi o'n yilligida mamlakatimiz va qo'shni davlatlarda mustaqil taraqqiyotimiz, tinchlik va osoyishtaligimizni ko'ra olmaydigan diniy

Scientific Journal Impact Factor

ekstremist va fundamentalistlarning «vaxxobiylik», «tolibon», «Xizbut- taxrir», «akromiylar» kabi oqimlarga mansub guruh va to'dalari paydo bo'la boshladi. Ular o'tish davri qiyinchiliklaridan foydalanib, ayrim yoshlar hamda aholining irodasi bo'sh, iymoni sust tabaqalari ongini zaharlashga urindilar. Havfsizlikka tahdid qilayotgan, o'zining bu tahdidi bilan istiqlolimizga, mustaqilligimizga rahna solmoqchi bo'layotgan diniy fundamentalizm va ekstremizmning o'zi nima? Diniy fundamentalizm -dinni, din paydo bulgan dastlabki ko'rinishga, holatiga qaytarishga urinish demakdir. Ayni paytda aqidaparastlik deb ham ataladi. Islom fundamentalizm! bugungi Islomni u paydo bo'lgan VII asrdagi holatiga qaytarishga intilish demakdir. Lekin bugungi dunyoviy davlatlar o'rniga o'rta asrlardagi Islom davlatlari (xalifalik)ni tiklashni aslo iloji yo'q. Diniy ekstremizm -asl maqsadlari hokimiyatni qo'lga kiritish bo'lgan akidaparastlar tinch yo'l bilan hokimiyatga ega bo'lmasliklarini tushunib yetgach, kurashning keskin yo'li, ekstremistik yo'lni, zo'rlik, kuch ishlatish, terrorni tanladilar. Shu tariqa diniy ekstremizm vujudga keldi. Hozirgi paytda dunyoda bir qator diniy-siyosiy oqimlar mavjud. Mamlakatimizda ulardan asosan ikkitasi «vaxxobiylik» oqimi va «xizbut-taxrir» partiyasi xalqimizning tinchlik va osoyishtaligiga xavf solmoqda. «Vaxxobiylik» va «Xizbut-taxrir» aslida O'zbekistonda vujudga kelmagan. Ular bizga chetdan missionerlik yo'li bilan kirib kelgan. Vaxxobiylik -XVIII- asrda hozirgi Saudiya Arabistonida paydo bo'lgan. Vaxxobiylik sunniy mazxablarning eng kichigi hisoblangan xanbaliyadan kelib chiqqan, dunyoviy qadriyatlarga nisbatan o'ta murosasiz, diniy, mafkuraviy oqimdir. Unga Muhammad Ibn Abd al Vaxxob (1703-1783 y.y.) asos solgan. Vaxxobiylikning asosiy aqidasi vahdoniyat, ya'ni yakka xudolikdir. Vaxxobiylar «dinni tiklash» uni Muhammad (s.a.v.) payg'ambar davridagi asl xoliga keltirish, musulmonlarni «chinakam Islom»ning yashil bayrog'i ostida birlashtirishdan iborat faoliyatni olib bormoqdalar. Vaxxobiylarning Abu al-Aziz Ibn Saud (1880-1953y.y.) rahbarligida 1920 yilda boshlagan g'azovot urushi natijasida 1932 yilda Saudiya Arabistoni davlati tashkil topdi. Vaxxobiylik ta'limoti bu davlatda xukmron g'oyaga aylandi. «Xizbut-taxrir» -Islom ozodlik partiyasi, diniy -siyosiy partiya bo'lib hisoblanadi. Unga 1928 yilda Misrda tashkil topgan, «Musulmon birodarlari» ekstremistik tashkilotidan ajralib chiqqan shayx Taqiyyudin Nabaxoniy 1953 yilda asos solgan. «Xizbut-taxrir»ning maqsadi VII asrda tashkil etilgan xalifalikni tiklash, ya'ni, barcha musulmonlar yashovchi xududlarda yagona hukmdor tomonidan boshqariladigan, yagona davlat barpo etishdir. Shu o'rinda haqli bir savol tug'ilishi tabiiy. Xalifalik bilan bizning bugungi kunimizni 1400 yillik vaqt ajratib turibdi. XXI asrda VII asrdagi xalifalik davlatini tiklashni iloji va zarurati bormi o'zi? Yo'q. Bu savolga ham dunyoviy ham diniy jihatdan faqat shunday javob qaytarish mumkin.

Scientific Journal Impact Factor

Bu xususda Muhammad s.a.v. Rasululloh «Mendan keyin xalifalik o'ttiz yildir» deb marhamat qilganlar. Bu muddat esa Hazrat Ali davrida tugadi. Darhaqiqat, to'rt xalifa -Hazrati Abu Bakr as- Siddiq, Hazrati Umar al- Faruq, Hazrati Usmon Zunnur-ayn va Hazrati Ali- chahoryorlar xalifaligi qariyib 30 yil (632-661 y.y.) davom etgan. Shu bilan birgalikda xalifalikni tiklash siyosiy jihatdan ham mumkin emas. Islom xalifaligini tiklash bu -er yuzidagi barcha musulmonlarni va musulmon davlatlarni yagona xalifa qo'l ostiga bo'ysundirish demakdir. Amalda esa buni aslo imkoni yo'q. Hech qaysi bir davlat o'z mustaqilligini yo'qotishni, dunyoviy taraqqiyot yo'lidan chetga chiqishni aslo istamaydi. Xalifalikni tiklash - bu hokimiyat uchun xalqlar va davlatlar o'rtasida kirg'in barot urushlarining boshlanib ketishi, bugungi taraqqiyotni orqaga burilishi demakdir. Xalifani qaysi yurt va qaysi millatdan saylash muammosining o'ziyoq musulmonlararo qirg'in janglarini keltirib chiqaradi. Aqidaparastlik qator davlatlar kabi O'zbekistonga ham tahdid solmoqda. Mamlakatimiz rahbarining «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida, havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida aqidaparastlik tahdidi O'zbekiston uchun quyidagilarda namoyon bo'layotganligi ko'rsatib o'tilgan: "dindor musulmonlarning davlatimizga nisbatan ishonchini yo'qotishga harakat qilish, siyosiy barqarorlikni, milliy, fuqarolararo va millatlararo totuvlikni buzishga urinish, dunyoviy davlatni, ko'p millatli va ko'p dinli davlatni obro'sizlantirishga urinish, aqidaparstlarga ko'r-ko'rona ishonganlarni shafqatsiz va fanatik jangarilarga aylantirilishi, aqidaparastlar tomonidan fuqarolarni «haqiqiy» va «soxta» dindorlarga ajratilishi, mamlakatimizning janubiy qo'shni xududlarida davom etayotgan fuqarolar urushlari, ichki siyosiy inqirozning mavjudligi hamda uni saqlab turishga urinishlar, musulmonlar va musulmon bo'lmagan mamlakatlarda O'zbekiston haqida ko'ngilsiz fikrlarni tarqatishni davom etayotganligi, ommaning ongida din, barcha iqtisodiy, siyosiy, xalqaro muammolarni xal etishning universal vositasidir degan aqidani qaror toptirishga urinish."

Aqidaparastlar o'z niyatlarini amalga oshirish uchun jahon hamjamiyatida, ayni zamonda, O'zbekiston xududida ham kuch ishlatish, zo'ravonlik, terrorchilik kabi ekstremistik faoliyatlarni amalga oshirishga harakat qilib kelmoqdalar. Chunonchi: 90 yillarning boshida vaxxobiylar Namanganda Alisher Navoiy xaykalini buzib tashladilar. Millatlararo nizoni keltirib chiqarish maqsadida 1990 yil dekabrda 5 nafar askarlarni avtobusda yoqib yuborildi hamda sobiq viloyat partiya qo'mitasi binosini egallab, viloyat prokuraturasi binosi o'rab olindi. Aqidaparastlarning «Adolat», «Islom lashkarlari», «Tavba», «O'zbekiston Islom harakati» kabi tashkilotlarining maqsadi hokimiyatni zo'rlik bilan qo'lga kiritib, dastlab Farg'ona

Scientific Journal Impact Factor

vodiysida, keyinchalik butun O'zbekistonda «Islom davlati»ni tashkil etishdan iborat edi. 1995 yil 13-may kuni Andijonda mudhish qonli jinoyat sodir etildi. Buning oqibatida 176 kishi xalok bo'ldi. Andijon voqealari xalqaro terrorizmning O'zbekistondagi mavjud Konstitutsiyaviy tuzumni kuch bilan ag'darish, kelajakda xalifalik tashkil etish maqsadidagi urinishi edi. Xalqaro terrorizm Andijonda terrorchilik harakatlarini amalga oshirish uchun «Turkiston Islom xarakati», «Xizbut-taxrir» va uning bir tarmog'i bo'lmish «Akromiylar» kabi xalqaro terrorchi tashkilotlarni jalb etdi. 1999 yil 16 fevral kuni Toshkent shahrida odamlar qurbon bo'lishiga olib kelgan terrorchilik harakati sodir etildi. Natijada, 13 kishi halok bo'ldi, 128 nafar kishi esa tan jarohati oldi. Portlashlar Vazirlar Mahkamasi binosiga kirish joyida, ya'ni Prezident korteji o'tadigan yo'lda, «Nodirabegim» kinoteatri, tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, ichki ishlar Vazirligi binolari yonida 5 ta avtomashinani portlatish vositasida amalga oshirildi. Bu chet davlatlardagi markazlar kuchiga tayangan O'zbekistondagi aqidaparastlarning mamlakat rahbariga uyushtirilgan suiqasdi edi.

Ular Prezidentni jismonan yo'q qilish yo'li bilan davlat parokandaligini yuzaga keltirishmoqchi va shu orqali davlat hokimiyatini qo'lga kiritmokchi edilar. Aqidaparastlarning jirkanch niyatlari amalga oshmadi. Yurtboshimiz o'ziga suiqasd uyushtirilganiga qaramay o'sha kuni hukumat majlisini o'tkazdi. Mamlakat fuqarolarini jipslikka, ayni paytda, ogoh va xushyor bo'lishga dav'at etdi. Jinoyatchilarning asosiy qismi qo'lga olinib, sud ularga tegishli jazo choralarini tayinladi. Lekin, shu o'rinda ayanchli bo'lsada tan olishimiz kerak ayrim xoin, vatanfurushlar aqidaparastlarni qo'llab-quvvatlash, ularga yaqindan yordam berish bilan tug'ilib o'sgan yurtlariga, Vatanlariga hiyonat qildilar. Xatto ulardan ayrimlari aqidaparastlarning yo'lboshchilari bo'lib maydonga chiqdilar. Hokimiyatni egallash ishtiyoqida namanganlik vaxxobiylar 1990-1991 y.y.da «Otavalixon» jom'e masjidida o'rnashib olib, vaxxobiylikni targ'ib qiluvchi shaxslar bilan «Islom lashkarlari» nomi ostida norasmiy jangari guruhlar tashkil etgan. Qurolli guruhlar, jinoiy uyushmalarni mablag' bilan ta'minlash maqsadida umumiy xazina -«Baytulloh» jamg'arilgan. Ushbu jamg'arma esa xalq osoyishtaligini buzish, fukarolar mol-mulkini talon-taroj kilish, aholini o'ldirish hisobiga to'plangan. Jinoyat sodir etishga moyil shaxslar qidirib topilib, Pokistonning Peshovar tumanida joylashgan diniy o'quv yurtlariga maxsus tayyorgarlikdan o'tib, «Jihod» xarakatlariga tayyor turish uchun yuborilgan.

Biroq, ular maqsadlariga erisha olmadilar. 1992 yilda vaxxobiy tashkilotlar faoliyati taqiqlandi. Namangan shahrini «Musulmonobod» shahriga aylantirmoqchi bo'lgan aqidaparstlarning niyati puchga chiqdi. Ularning rahbarlari chet elga qochib

Scientific Journal Impact Factor

ketdilar. Tojikiston aqidaparastlari tomonida turib, Tojikistondagi fuqarolar urushida o'zga davlatning qonuniy xukumatga karshi urush harakatlarida qatnashdilar. Chet elga keta olmagan guruhlar pinxona kurash yuliga o'tdilar. Vaxxobiyl ar 1997 yil dekabrida Namanganda yana bosh ko'tardilar, bir qancha vatandoshlarini vahshiylarcha o'ldirdilar. Bu endi ochiqdan -ochiq terror edi. O'zbekiston hukumati ko'rgan keskin va qat'iy choralari tufayli aqidaparastlarning jinoyati fosh etildi. Jinoyatchilar ochiq sud qilinib, tegishli jazolarini oldilar. 1990 va 1997 yillarda yuz bergan Namangan, 2005 va 2009 yildagi Andijon voqelari, 1999 yil Toshkentdagi portlashlar, 2000 yil avgust oyida Surxondaryo va Toshkent viloyatida bo'lgan xodisalar, 2004 yil mart oyida Toshkent va G'ijduvonda, 30 iyulda Toshkentda sodir etilgan jinoiy harakatlarda ishtirok etgan, xalq tinchligini buzgan, Vatanga hiyonat kilgan xoin, vatanfurushlar xalqaro terrorchilarning gumashtalari edi. Ularga jinoyatlariga nisbatan xuquqiy idoralar tomonidan jinoyat ishlari qo'zg'atildi, sud qilinib, jazolandi.

Afsuski, diniy aqidaparstlar xalqaro terrorizm bilan o'zlarining jinoyatdan iborat bo'lgan siyosiy maqsadlarini islom dini niqobi ostida amalga oshirishga urinmoqdalar. Binobarin, dunyoda sodir etilayotgan terrorchilik harakatlarining 80 foizi Islom dini nomi bilan sodir etilmoqda. Bu o'ta nozik va jiddiy masalaga yurtboshimiz tomonidan xolisona baxo berildi. «Biz terrorizmni ota-bobolarimizdan qolgan muqaddas dinimiz Islom dini bilan bog'lashdek xavfli niyat va urinishlarini keskin qoralaymiz. Bunday oqibati o'ylanmagan va ig'vogarona xatti-harakatlar birinchi galda eng ashaddiy ekstremistik harakat va tashkilotlarga qo'l keladi». Islom niqobi ostida amalga oshirilgan harakatlar bugunning maxsuli emas. U yillar mobaynida ildiz otib rivojlangan voqelik, mustaqillik arafasida sobik Ittifoq, jumladan O'zbekistonda ham vujudga kelgan demokratiya o'yinlari natijasida vujudga kelgan illat edi. Yillar o'tgan sari u faoliyat doirasini, shaklini, ta'sir etish xududini o'zgartirib turgan bo'lsada, mazmun mohiyati -qon to'kish, zo'ravonlik evaziga hokimiyatni egallashdan iboratligicha qolaveradi.

O'tgan asrning so'nggi, asrimizning dastlabki yillarida, dunyoning goh u, goh bu yerida buzg'unchi oqimlar el-yurt tinchligiga rahna solib, Konstitusion tuzumni ag'darib, Islom davlatini bapro etishga urinmoqdalar. Jahon Islom aqidaparastlarining Qirg'iziston, Pokiston Tojikiston, Saudiya Arabistoni, Ispaniya, Rossiya, Afg'onistondagi xunrezliklari fikrimizning isbotidir.

Bugun O'zbekiston diniy bag'rikenglik (tolereantlik) va dinlararo murosa borasida butun jahonga andoza bo'lmoqda. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

mamlakatimizda vijdon erkinligi bilan bog'lik masalalarga munosabatlar o'zgardi. Davlat bilan diniy tashkilotlar orasidagi munosabatlar O'zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tug'risida»gi Qonuni bilan tartibga solinadi. O'zbekistonda turli din vakillarining o'z dinlariga hech qanday to'siqsiz e'tiqod qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Sobiq Ittifoq davrida Respublikamizda bor yo'g'i 89 ta masjid va ikkita madrasa faoliyat ko'rsatgan bo'lsa hozirgi kunda O'zbekiston musulmonlari idorasi boshqaruvi ostida Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tgan 2000 dan ortiq masjid, 10 ta madrasa, shuningdek, Toshkent Islom Universiteti faoliyat ko'rsatib turibdi. Ayni paytda, bugun O'zbekistonda 16 turdagi konfessiyada 170 dan ortiq noislomiy diniy tashkilotlar rasman faoliyat ko'rsatmoqda. Mamlakatimizda tashkil topgan bu ibratli, noyob xodisa, ya'ni turli dinlarga mansub xalqlarni ko'p millatli davlatda tinch-totuv yashay olish tajribasi jahon miqyosida o'rganilmoqda. O'zbekistonning Islom dini bilan bog'liq tarixi, xalqimiz hayotidagi musulmon diniga xos an'ana va qadriyatlar, yurtimizning Islom sivilizatsiyasi va madaniyatiga qo'shgan hissasi, vatanimizda yashab o'tgan yuksak tafakkur sohiblari, buyuk ulamolar qoldirgan ilmiy -ma'naviy merosni ulkan ekanligini inobatga olgan Xalqaro Islom tashkiloti AYSESKO tomonidan 2007 yilda Toshkent shahri «Islom madaniyati poytaxti» deb e'lon qilindi. Ayni paytda «Muqaddas Islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g'arazli xuruj va hamlalardan, tuhmat va bo'htonlardan ximoya qilish, avvalambor, uning asl mohiyatini unib-o'sib kelayotgan yosh avlodimizga to'g'ri tushuntirish, Islom madaniyatining ezgu g'oyalarini keng targ'ib etish vazifasi xamon dolzarb bo'lib qolmoqda». .[5:36]

Insoniyat tarixida XX asr ikki bora jahon va «sovuk» urush sodir bo'lgan asr sifatida qoldi. Bugun xalqaro hamjamiyat va jahondagi barcha taraqqiyparvar kuchlar XXI asrni tinchlik asri bo'lishi uchun kurash olib bormoqda. Bu yo'lda din va diniy aqidaparastlik tushunchalarini bir-biridan farqlay olish, diniy bag'rikenglik, dinlararo muloqot katta ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda bu xodisa xalqaro terrorizm bilan uyushib ketgan diniy ekstremizmning jahon, shu jumladan, Mustaqil Vatanimiz O'zbekistonning tinchligiga, xalqimiz osoyishtaligi va xotirjamligiga qarshi qaratilgan tahdidini bartaraf etishning samarali vositalaridan biridir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Karimov .I. A. O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li . Toshkent. ".O'zbekiston." 1992 yil.

2. Karimov I. A. O'zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. Toshkent. "O'zbekiston." 1996 yil.

Scientific Journal Impact Factor

3. Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild. Toshkent. "O'zbekiston."

1996 yil.

4. Karimov I. A. O'zbekiston 21- asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik

shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T. "O'zbekiston." 1998 yil.

5. Karimov I. A. Yuksak ma'naviyat- yengilmas kuch. T. Ma'naviyat. 2008 yil.

6. Qur'oni Karim. Toshkent. 2001 yil.

7. Jo'raev. N. Mustaqil O'zbekiston tarixi. Toshkent. Sharq. 2001 yil.

8. Ismoil al- Buxoriy. Hadis. 1- 4 jildlar. Toshkent. 1995-1997 yillar.

9. Alimova. D. Rtveladze. E. O'zbekiston davlatchilik ocherklari. Toshkent.

Sharq. 2001 yil.

10. Jo'raev. U. Saidjonov. Y. Dunyo dinlari tarixi. Toshkent. 2006 yil.

11.Mamasaliev, M. M. (2020). MAIN DIRECTIONS OF THE INFLUENCE OF MODERN CIVILIZATION ON THE SPIRITUAL IMAGE OF THE INDIVIDUAL. Вестник науки, 3(11), 5-8.

12.Буриев, И. И., & Мамасалиев, М. М. (2020). ПАТРИОТИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ МОЛОДОГО ПОКОЛЕНИЯ. Вестник науки и образования, (22-2 (100)).

13.Курбонова, М. Б., & Мамасалиев, М. М. (2020). СТРУКТУРА СОЦИАЛЬНОГО СТАТУСА МОЛОДЕЖНОГО СООБЩЕСТВА. In ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ: ПОТЕНЦИАЛ НАУКИ И СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 210-213).

14.Allanazarov, M. K., & Mamasaliev, M. M. (2020). ANALYSIS OF COMPREHENSION METHODS IN THE GNOSEOLOGY OF ALLAME TABATABAI. In ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ: ПОТЕНЦИАЛ НАУКИ И СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 106-109).

15.Mamasaliev, M. M. (2020). INCREASING THE EDUCATIONAL OPPORTUNITIES OF SOCIAL INSTITUTIONS IN THE PROCESS OF INNOVATIVE DEVELOPMENT. In ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ: ПОТЕНЦИАЛ НАУКИ И СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 204-206).

16.Мамасалиев, М. М., & Нематов, Д. С. (2019). ВОПРОСЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ВЫСШЕМ ОБРАЗОВАНИИ. Актуальные научные исследования в современном мире, (4-4), 70-72.

17.Очилова, Н. Р., Мамасалиев, М. М., & Астанов, А. Р. (2020). ВНИМАНИЕ ВОСПИТАНИЮ ГАРМОНИЧНО РАЗВИТОГО МОЛОДОГО ПОКОЛЕНИЯ. International Independent Scientific Journal, (14-2), 18-20.

18.Очилова, Н. Р., & Мамасалиев, М. М. (2016). Структура образа жизни молодежи Узбекистана на современном этапе развития. Молодой ученый, (5), 587-588.

Scientific Journal Impact Factor

19.Mamasaliev, M. M., & Elboeva, S. B. (2019). RELIGIOUS-PHILOSOPHICAL DOCTRINES OF SARVEPALLI RADHAKRISHNAN. Theoretical & Applied Science, (11), 339-342.

20.Мамасалиев, М. М., & Буриев, И. И. (2019). ИНФОРМАЦИОННАЯ БЕЗОПАСНОСТЬ УЧАЩИХСЯ-ОДНО ИЗ ОСНОВНЫХ НАПРАВЛЕНИЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ПЕДАГОГА. In ФУНДАМЕНТАЛЬНЫЕ ОСНОВЫ ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 188190).

21.Очилова, Н. Р., & Мамасалиев, М. М. (2021). ХАРАКТЕРИСТИКИ ВОСТОЧНОЙ И ЗАПАДНОЙ ЦИВИЛИЗАЦИИ В ПРОЦЕССЕ ГЛОБАЛИЗАЦИИ. Проблемы науки, 43.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.