Научная статья на тему 'ISLOM MOLIYAVIY VOSITALARINING MAZMUN-MOHIYATI VA ISLOMIY MOLIYA INSTITUTLARI XIZMAT TURLARINING TASNIFI'

ISLOM MOLIYAVIY VOSITALARINING MAZMUN-MOHIYATI VA ISLOMIY MOLIYA INSTITUTLARI XIZMAT TURLARINING TASNIFI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
2584
303
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
islomiy moliya vositalari / islomiy moliya mexanizmlari / muzoraba / murobaha / mushoraka / ijara / salam / g’arar / mufavada / istisno / vadia. / Islamic financial instruments / Islamic financial mechanisms / mudaraba / murabaha / musharaka / ijara / salam / gharar / mufawada / istisna / wadia

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Bunyodbek Baxromjon O’g’li Bakirov

Maqolada Islom moliya tizmidagi moliyaviy vositalarning mazmuni, mohiyati, turlari va qo`llanilish usullari o’rganiladi. Shuningdek, Islomiy moliya vositalarining moliya mexanizmlarini qo’llanilish tartibidagi o’ziga xos jihatlarini tahlil qilinadi. Islom qonunchiligiga muvofiq, moliyaviy shartnomalar tuzish tartibi haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONTENT OF ISLAMIC FINANCIAL INSTRUMENTS AND ISLAMIC FINANCIAL INSTITUTIONS CLASSIFICATION OF TYPES OF SERVICE

The article examines the content, nature, types and methods of application of financial instruments in the Islamic financial system. It also analyzes the specifics of the application of Islamic financial instruments in financial instruments. In accordance with Islamic law, the procedure for concluding financial contracts is considered.

Текст научной работы на тему «ISLOM MOLIYAVIY VOSITALARINING MAZMUN-MOHIYATI VA ISLOMIY MOLIYA INSTITUTLARI XIZMAT TURLARINING TASNIFI»

ISLOM MOLIYAVIY VOSITALARINING MAZMUN-MOHIYATI VA ISLOMIY MOLIYA INSTITUTLARI XIZMAT TURLARINING TASNIFI

Bunyodbek Baxromjon o'g'li Bakirov

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bakirovbunyodbek77@gmail.com

ANNOTATSIYA

Maqolada Islom moliya tizmidagi moliyaviy vositalarning mazmuni, mohiyati, turlari va qoTlanilish usullari o'rganiladi. Shuningdek, Islomiy moliya vositalarining moliya mexanizmlarini qo'llanilish tartibidagi o'ziga xos jihatlarini tahlil qilinadi. Islom qonunchiligiga muvofiq, moliyaviy shartnomalar tuzish tartibi haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: islomiy moliya vositalari, islomiy moliya mexanizmlari, muzoraba, murobaha, mushoraka, ijara, salam, g'arar, mufavada, istisno, vadia.

CONTENT OF ISLAMIC FINANCIAL INSTRUMENTS AND ISLAMIC FINANCIAL INSTITUTIONS CLASSIFICATION OF TYPES OF SERVICE

Bunyodbek Bakhromjon ugli Bakirov

University of World Economy and Diplomacy bakirovbunyodbek77@gmail.com

ABSTRACT

The article examines the content, nature, types and methods of application of financial instruments in the Islamic financial system. It also analyzes the specifics of the application of Islamic financial instruments in financial instruments. In accordance with Islamic law, the procedure for concluding financial contracts is considered.

Keywords: Islamic financial instruments, Islamic financial mechanisms, mudaraba, murabaha, musharaka, ijara, salam, gharar, mufawada, istisna, wadia

KIRISH:

Moliya tarmog'ining islomiy ko'rinishi boTgan islom moliyasi bugungi kunda jahonda jadal rivojlanib borayotgan va inovatsion moliyalashtirish mexanizimlarini ozida jamlagan sohalardan biridir. Mutaxassis olimlarning fikriga ko'ra, islomiy moliya muassasalari yalpi aktivlari 2,5 trillion AQSH dollarini tashkil etadi va yiliga 15-20 % ga o'sib bormoqda1.

Davlatimiz rahbari SH. Mirziyoyev IHT TIV kengashi 43-sessiyasi ochilish marosimida so'zlagan nutqlarida "Islom olami ulkan iqtisodiy, investitsion salohiyat,

1 Islomiy moliya asoslari E.A. Baydaulet Toshkent: "O'zbekiston " 2019y

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 270

energetika resurslariga ega. Ulardan to'g'ri foydalanish, Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning xalqaro savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsion hamkorligini kengaytirish, mamlakatlarimizni birlashtiradigan transport yo'llarini tashkil etish yuksak iqtisodiy taraqqiyot ko'rsatkichlariga erishish imkonini beradi va bu pirovard natijada boshqa barcha sohalarning rivojlanishida asos bo'lib xizmat qiladi." -deya takidlab o'tgan edilar. Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda islom moliya institutlari nafaqat o'zlarining hayotiyligini isbotlabgina qolmay, balki inqiroz hodisalariga eng kam ta'sir ko'rsatadigan samarali alternativ hisoblanadi. Shunday ekan, Islomiy moliyaviy vositalarni va islomiy moliya institutlari xizmat turlarini o'rganishdan ko'zlangan maqsad zamonaviy sharoitlarda moliya sektori muammolarini hal qilishda muqobil yondashuvni topishdir.

Asosiy qism: Islomiy moliya institutlari o'z mijozlariga odatda ikki guruhga bo'linadigan turli xil moliyalashtirish mexanizmlarini taklif qilishadi:

1) foyda va zararni taqsimlashga asoslangan shartnomalar yoki investitsiyalarni moliyalashtirish usullari (muzoraba, mushoraka);

2) qarz asosida moliyalashtirishga (murobaha, ijara, salom, istisno va sukuk) asoslangan shartnomalar.

Muzoraba - bu foyda keltiradigan sheriklik shartnomasi bo'lib, uning asosida bir tomon (rabb al-mol) kapital beradi, boshqa tomon (muzorib) esa kapitalni boshqarish uchun o'z ishbilarmonlik qobiliyati(mehnati), tajribasi bilan ishtirok etadi . Ishlatilgan mablag'lardan olingan daromad Rabb al-Mol va Muzorib o'rtasida oldindan kelishilgan nisbatda taqsimlanadi. Moddiy zararlar rabb-al-mol tomonidan qoplanadi, faqat muzorib tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar yoki shartnomani buzish hollari bundan mustasno, agar muzorib loyiha foydasiz bo'lgan taqdirda uning harakatlari uchun haq olmasa.

Ba'zi mualliflarning fikriga ko'ra, muzoraba depozit mablag'larini muddatidan oldin olib qo'yishga haqli yoki yo'qligiga qarab, ochiq va yopiq bo'linishi mumkin. Ammo Muzorabani ochiq va yopiq deb ajratish e'tirozlidir, chunki odatda asl Muzoraba shartnomasi har qanday tomonga istalgan vaqtda chiqib ketishga imkon berishi qabul

"3

qilingan . Mualliflarning yana bir qismi sarmoyalar (ya'ni muddatli) depozitlardan mablag'larni ushbu depozitlar qo'yilgan muddat tugashidan oldin olish huquqiga ega emasligini ta'kidlaydilar4.

Investitsiya obyektiga qarab, muzoraba cheklangan yoki cheklanmagan bo'lishi mumkin.

2 Shariat standarti № 13. Mudaraba. tarj. ingliz tilidan [redaktor. Maslahat: R.R. Vaxitov va boshqalar]. Islomiy moliya institutlarining buxgalteriya hisobi va auditini tashkil etish (AAOIFI). 2011y, 8-bet.

3 Djuravlev A.Y. Islomiy banklarning ishlash tamoyillari // Zamonaviy dunyoda islomiy moliya: iqtisodiy va huquqiy jihatlar / R.I. Bekkina. 2004y. 54-bet

4

Edwardes W. Demystification of IslamicBanking // www.dc3.co.uk/islamicbanking

Cheklanmagan muzoraba shartnomasi - bu kapital yetkazib beruvchi tomonidan muzoribga taqdim etilgan mablag'larni cheklovlarsiz tasarruf etishiga ruxsat beruvchi shartnoma. Bunday holda, muzorib ishonch va uning ish tajribasiga asoslangan holda tijorat operatsiyalarini amalga oshirishda va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda katta erkinlikka ega.

Cheklangan muzoraba - bu kapital provayder tomonidan muzoribning harakatlarini malum bir ijro etiladigan joyda yoki kapital egasi maqbul deb hisoblagan investitsiyalarning malum bir turida cheklaydigan, ammo oz faoliyatida muzoribni asossiz ravishda cheklamagan shartnomadir.

"AAOIFI Shariah №12" Standartiga binoan, Mushoraka - bu foyda olish uchun aktivlar, mehnat yoki majburiyatlarni birlashtirish to'g'risidagi ikki yoki undan ortiq tomonlar o'rtasidagi kelishuv. Loyihaning foydasi va zarari moliya muassasasi va uning mijozi o'rtasida oldindan kelishilgan nisbatlarda, kopincha loyihani moliyalashtirishdagi ulushlarga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Hamkorlikning bir nechta turlari mavjud: mulk huquqi yoki sheriklik asosida hamkorlik:

• ixtiyoriy sheriklik

• majburiy hamkorlik

shartnoma yoki qo'shma korxona asosida hamkorlik (shirkat ul-akd):

• kapital sherikligi (shirkat ul-amval)

• mehnat sherikligi (shirkat ul-amal)

• obro' -e'tibor (shirkat ul-vujux) teng sheriklik (mufavada)

tengsiz sheriklik (inan).

Mufavada kabi mushorakaning bir turidan foydalanilganda, ishtirokchilar qo'shma korxonaga teng ulush qo'shadilar va kompaniya mulkiga nisbatan teng huquqlarga ega bo'ladilar. Mufavadadan farqli o'laroq, inan sheriklikda ishtirokchilar kapital miqdori bo'yicha ham, vakolat bo'yicha ham tengsiz bo'lishi mumkin. Ishtirokchilardan biri (majoritar aksiyador) kapitalda ko'proq ulushga ega va kompaniya ishlarini boshqaradi, ikkinchisi (minoritar aksiyador) garchi rasmiy ravishda boshqaruvda ishtirok etish huquqiga ega bo'lsa-da, aslida boshqaruv qarorlariga tasir otkaza olmaydi.

Doimiy mushorakaning farqi shundaki, mushorakani kamaytirish to' g'risida bitim tuzayotganda, dastlab bir yoki bir nechta tomon kompaniyadagi oz ulushlarini sotish niyatida ekanliklarini bildiradilar. Shu munosabat bilan tomonlar o'rtasida malum vaqtdan keyin yoki malum bir voqea sodir bo'lganidan keyin loyihaning qolgan ishtirokchilari istefoga chiqishni istayotgan tomonning ulushini sotib olish to'g'risida kelishuvga erishishlari mumkin. Musulmon qonunchiligi ulushni bir martalik to'lovda

ham, davriy badallar toTashda ham sotib olishga ruxsat beradi (shu jumladan oz foydasi yoki tashqi manbalardan tushumlar orqali).

Mushoraka turli xil modifikatsiyalarida milliy iqtisodiyotning turli sohalarida keng tarqaldi: loyihalarni moliyalashtirish, ipoteka kreditlash, eksport-import operatsiyalarini moliyalashtirishni tashkil qilishda va hokazo. Qishloq xojligi ishlab chiqarishining muhim o'rni boTgan mamlakatlarda mushorakadan ham keng foydalaniladi. Masalan, Sudanda Islomiy moliya institutlari fermerlar bilan mushoraka shartnomalari bo'yicha muzokaralar olib boradi. Shartnoma shartlariga ko'ra, moliya muassasasi fermerni zarur qishloq xo'jaligi texnikasi va o'g'itlar bilan taminlaydi. Fermerning qo'shma loyihaga qo'shgan hissasi yer, mehnat va boshqarish qobiliyatidir. Foyda shartnomaga muvofiq tomonlar o'rtasida taqsimlanadi. Masalan, Sudan Islom bankida fermer sof foydaning 30 foizini oladi, qolgan 70 foiz esa qo'shma korxonada qo'shgan hissasiga ko'ra bank va fermer o'rtasida mutanosib ravishda taqsimlanadi5.

Murobaha shartnomasi tomonlar o'rtasida oldi-sotdi shartnomasi ustama haq evaziga boTishini anglatadi. Murobaha Islom banklari tomonidan amalga oshiriladigan aktivlarni moliyalashtirishning eng keng tarqalgan usuli hisoblanadi. Ushbu shartnoma mijoz, tovarlarni yetkazib beruvchi va Islom banki o'rtasida uch tomonlama imzolanadi. Bank yetkazib beruvchidan qisqa yoki uzoq muddatli aktivni sotib olib, mijozga qimmatroqqa ustama haq bilan, belgilangan muddatda toTash sharti bilan sotadi. Bank moliyalashtirilayotgan aktivni garovga olishi yoki boshqa turdagi kafolatni talab qilishi mumkin. Murobaha shartnomasida sotuvchi oz yetkazib beruvchisidan tovarlarni sotib olayotganda, xaridorga sotib olishning tannarxini sotishdan oldin aytadi, yani bank tovarning tannarxiga qancha ustama qo'yganini oshkor qiladi6.

Islom qonunchiligiga muvofiq, murobaha shartnomasini tuzish va keyinchalik shartnoma predmetiga egalik huquqini berishning asosiy sharti sotuvchi (moliya muassasasi) tomonidan kelishilgan tovarlarga haqiqiy egalik qilishidir.

Murobaha shartnomasi shartlariga ko'ra, moliya institutining bir tomoni oz mablagTari hisobidan harakat qilib, xaridor tomonidan arizada ko'rsatilgan tavsifga muvofiq malum bir mahsulotni sotib oladi. Shu bilan birga, tovarlarni sotib olish va yetkazib berish bilan bogTiq barcha xatarlar moliya instituti tomonidan qoplanadi. Tovarlarni olgandan so'ng, ikkala tomon ham oldi-sotdi shartnomasini tuzadilar, shundan so'ng mijoz oz sotib olishidan foydalanishni boshlaydi va uning narxini bankka toTaydi. Bank foydasi "xarajatlar + qo'shimcha toTov" formulasi bo'yicha paydo boTadi. Demak, murobaha - bu shunday moliyaviy va savdo operatsiyasi boTib, unda yakuniy sotish narxi bank mijozga ko'rsatadigan xizmatni baholagan miqdorga

n

ko'payadi.C'ro-ba-ha" ildizi "foyda olish, g'alaba qozonish" degan manoni anglatadi)

5 Ausaf Ahmad. Contemporary Practices of Islamic Financing Techniques // Islamic Economic Studies.1994.

6 Shariat standard № 8. Murobaha. tarjima. ingliz tilidan [radaktor. Maslahat: R.R. Vaxitov va boshqalar]. Islomiy moliya institutlarining buxgalteriya hisobi va auditini tashkil etish (AAOIFI). 2010 y

7 A.Y. Djuravlev Islom banklarining ishlash tamoyillari. Zamonaviy dunyoda islomiy moliya.2004y. 64-bet.

An'anaviy bankchilik nuqtai nazaridan moliyalashtirish va sotib olish va sotish -bu daromadning turli shakllariga ega bo'lgan ikki xil biznes turi. Sotuvchi tovarlarni sotishdan tadbirkorlik foydasini talab qiladi va moliyalashtiruvchi belgilangan daromadni talab qiladi, uning miqdori kredit foiz stavkasi bilan belgilanadi. Biroq, islomiy moliya institutida moliyalashtirish jarayoni savdo operatsiyasining bo'g'inlaridan biriga aylanadi, natijada foizlarda qarz berish emas, foyda yotadi. Bitimning ushbu tuzilishi islom dini tomonidan faqat pul muomalalarini taqiqlashi bilan belgilanadi: har qanday tijorat shartnomasi, bu mahsulot, xizmat yoki intellektual faoliyat mahsuloti bo'ladimi, haqiqiy aktiv atrofida qurilishi kerak.

Murobaha faqat tovarlarni sotib olishning aniq xarajatlari belgilanishi va xaridorga yetkazilishi mumkin bo'lgan taqdirda amal qiladi. Agar aniq xarajatlarni aniqlash mumkin bo'lmasa, murobaha shartnomasi asosida buyum sotilishi mumkin emas. Bunday holda, mahsulot musavama shartnomasi asosida sotilishi kerak, ya'ni nisbatlar mutanosib narxlar ko'rinishidagi xarajatlar va foydalar haqida hech qanday ma'lumot berilmasdan. Ushbu holatlarda tovarlarning narxi umumiy kelishuv asosida belgilanishi kerak.

Murobahani mijozga ba'zi tovarlarni sotib olish uchun mablag' kerak bo'lmaguncha moliyalashtirish modeli sifatida ishlatish mumkin emas. Agar boshqa maqsadlar uchun mablag' kerak bo'lsa, masalan, u allaqachon sotib olgan tovarlarni to'lash uchun elektr energiyasi uchun to'lovlar yoki boshqa kommunal xizmatlar uchun xarajatlar, xodimlarning ish haqi, bu holatda murobahadan foydalanish mumkin emas, chunki bu har qanday tovarni real sotishni talab qiladi va qarzni ta'minlashning bir shakli emas.

Murobaha - arab davlatlarida ham, chet ellarda ham Islomiy moliya institutlari faoliyatidagi eng mashhur moliyaviy vosita. Murobahaning foiz stavkasi bilan tashqi o'xshashligi doimiy tanqidga sabab bo'lmoqda, aksincha islomiy moliya institutlari ko'pincha murobaha printsipidan suiiste'mol qilib, umumiy tamoyillarga zarar yetkazmoqda. Shu bilan birga, murobaha fiqh nuqtai nazaridan mutlaqo to'g'ri usuldir. Murobaha sudxo'rlikdan qochish vositasi bo'lib, lekin Islom nuqtai nazaridan haqiqiy iqtisodiy maqsadlarni amalga oshirish uchun ideal vosita emas. Shuning uchun ushbu vosita faqat iqtisodiyotni islomlashtirish yo'lidagi o'tish davri sifatida ishlatilishi kerak,

o

uni ishlatish faqat muzoraba va mushorakani qo'llashda mumkin emas .

Salam yoki bay'as-salam (oldindan moliyalashtirish) - bu tovarlarni naqd to'lov bilan kechiktirilgan yetkazib berishda sotish.

Bunday holda, to'lov darhol va bir martalik summada amalga oshiriladi, shu bilan birga tovarlarni yetkazib berish muddati kechiktiriladi. Salamni faqat miqdori va sifati aniqlangan noyob tovarlarga nisbatan amalga oshirish mumkin. Ushbu mexanizm

8 Shayh Muhammad Taqi Usmoniy. Islomiy moliyalashtirishga kirish. 2013 yil

sotuvchi uchun ham, xaridor uchun ham qulaydir, chunki sotuvchi pulni oldindan oladi va xaridor mahsulotni yaxshi narxda sotib oladi.

Avval aytib o'tganimizdek, salom narxi bozorda sotiladigan bir xil tovarlarning narxidan pastroq bo'lishi mumkin. Shunday qilib, ushbu ikki narx o'rtasidagi farq moliya institutlari uchun haqiqiy foyda bo'lishi mumkin.

Zamonaviy banklar va moliya institutlarini salam tashvishga solishi mumkin bo'lgan yagona muammo shundaki, ular mijozlaridan malum tovarlarni olishadi, ammo ular pul olmaydilar. Ular faqat pul bilan shug'ullanganliklari sababli, xaridorlardan turli xil tovarlarni olish va ularni bozorda sotish ular uchun qiyin bo'ladi. Ular ushbu tovarlarni ularga yetkazib berishdan oldin sotolmaydilar, chunki bu shariatda taqiqlangan.

Biroq, salom shartnomasidan foyda olishning yana ikkita usuli mavjud. Birinchidan, salam orqali mahsulot sotib olgandan so'ng, moliya institutlari uni xuddi shu yetkazib berish sanasiga parallel salam shartnomasi orqali sotishlari mumkin. Ikkinchi (parallel) savdoda salom davri qisqaroq bo'lishi mumkin va narx birinchi savdo narxidan bir oz yuqoriroq bo'lishi mumkin va bu ikki narx o'rtasidagi farq muassasa tomonidan olingan foyda bo'ladi. Salom davri qancha qisqa bo'lsa, narx shuncha yuqori bo'ladi va foyda ko'proq bo'ladi. Shu tarzda, muassasalar qisqa muddatli moliyalashtirish portfellarini boshqarishi mumkin. Ikkinchidan, agar parallel salom shartnomasi u yoki bu sababga ko'ra bajarilmasa, ular mahsulotni uchinchi shaxsdan sotib olishga va'da olishlari mumkin. Ushbu va'da kutilgan xaridor tomonidan bir tomonlama bo'lishi kerak. Bu haqiqiy savdo emas, balki faqat va'da bo'lib, ularning xaridorlari narxni oldindan to'lashlari shart emas. Shuning uchun yuqori narx belgilanishi mumkin va tovarlarni muassasa qabul qilib olgandan so'ng, ular bitim shartlariga muvofiq uchinchi tomonga oldindan kelishilgan narxda sotiladi9.

Istisno (mehnat shartnomasining bir turi) - oldi-sotdi shartnomasining turi bo'lib, uning predmeti shartnomani tuzish paytida mavjud emas.

Salamdan farqli o'laroq, Istisno sharhida tovar yetkazib beruvchi haqida gap boradi mijoz haqida emas, bank haqida bo'lishi ham mumkin. Bu muhim va uzoq muddatli loyihalarni moliyalashtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan bank mahsulotidir. Bu yerda hisob-kitoblar kelishuv kunida belgilangan narx bo'yicha amalga oshiriladi va to'lovlar ish tugagan yoki tovar ishlab chiqarilganligi sababli amalga oshiriladi.

Ushbu turdagi moliyalashtirishning xususiyatlaridan biri bu batafsil ish jadvalini tayyorlash (muddati, miqdori, sifati va boshqalar) va ishlab chiqarish jarayonida unga qat'iy rioya qilishdir. Mijozdan buyurtma olgan moliya muassasasi o'z hisobidan to'lovni amalga oshirgan holda tovar yoki ishlarni ishlab chiqaruvchi bilan parallel bitim tuzadi. Shunday qilib, bank foydasi birinchi shartnomada kelishilgan narx bilan ikkinchi shartnoma bo'yicha u to'lagan narx o'rtasidagi farqdan hosil bo'ladi.

9 Shayh Muhammad Taqi Usmoniy. Islomiy moliyalashtirishga kirish. 2013y. 111-bet

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 275

Istisno ichidagi bosqichlar:

- iste'molchi moliya muassasasiga buyurtma bilan murojaat qiladi - talab qilinadigan sifatni hisobga olgan holda malum bir mulkni ishlab chiqarish, qurish, sotib olish to'g'risida va kerakli mahsulotning aniq tavsifini taqdim etadi, bu islomiy va iqtisodiy ekspertizadan o'tkaziladi.

- moliya instituti mahsulotni ishlab chiqarishga, qurishga yoki ko'tarishga, so'ngra mijozga belgilangan vaqtda yetkazib berishga rozilik beradi.

- moliya muassasasi ishlab chiqaruvchi, qurilish tashkiloti yoki zavodi bilan shartnoma tuzadi, ular belgilangan muddatlarda ishni bajarishga rozi bo'lishadi.

- ish natijalari ular o'rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilganidek, mijozga yoki bankka topshiriladi.

- iste'molchi shartnomaga muvofiq bank xizmatlari uchun haq to'laydi10.

Ijara (lizing) - keng ma'noda ijara. Ushbu shartnomaning shartlariga muvofiq, bir tomon (ijaraga beruvchi) malum bir muddatga (ko'char va ko'chmas) ba'zi mol-mulkni oladi va ijaraga beradi (ijaraga oluvchiga), buning uchun u ijara to'lovlari shaklida haq oladi, uning miqdori tomonlar oldindan kelishib olgan holatda bo'ladi. Lizing predmeti bo'lgan narsaga egalik huquqi lizing beruvchida qoladi. Agar shartnomaning amal qilish muddati tugagandan so'ng, lizing oluvchi shartnomani uzaytirishni istamasa, bank boshqa mijoz bilan yangi shartnoma tuzishi mumkin11.

Ijara predmeti iste'mol qilinmaydigan mol-mulkdir va Ijara shartnomasidan olinadigan foyda shariat qonunlariga muvofiq qonuniy bo'lishi kerak. Masalan, uy yoki ko'char mulk shariat tomonidan tasdiqlangan maqsaddan tashqari ijaraga olinishi mumkin emas, masalan, foizli qarz berish tashkilotiga yoki do'kon egasiga taqiqlangan tovarlarni sotish yoki saqlash uchun binolarni ijaraga berish yoki taqiqlangan tovarlarni tashish uchun transport vositasini ijaraga berish.

Lizing oluvchi tomonidan to'lov kechiktirilgan taqdirda ijaraga beruvchi ijara haqini oshirishni talab qilishga yoki boshqa to'lovlarni undirishga haqli emas. Biroq, ushbu taqiqni suiiste'mol qilishning salbiy oqibatlariga yo'l qo'ymaslik uchun boshqa alternativadan foydalanish mumkin. Ijarachidan ijara haqi kechiktirilgan taqdirda, xayriya uchun ma'lum miqdorda to'lashi kerak bo'lgan shartlarni qabul qilishni so'rashi mumkin.

Shu maqsadda moliyachi / uy egasi xayriya jamg'armasini yuritishi mumkin, bu yerda bunday mablag'lar xayriya maqsadlariga yo'naltiriladi, shu jumladan muhtojlarga

1 9

foizsiz kreditlar beriladi .

Ijara val-iqtino (keyinchalik sotib olish bilan lizing) - Ijaraga yaqin shartnoma turi. Lizingni oddiy yoki operatsiyadan keyingi sotib olish bilan asosiy farqi shundaki,

10 Nekrasov Y.I. Shariat qonunlariga binoan bank ishi // Banklar va biznes olami. 2007y. № 3. 59-bet.

11 Ijara, ijara muntahiya: №9 shariat standard: ingliz tilidan tarjima/ Islom moliyaviy muassasalari bugalteriya hisobi va audit tashkiloti(AAOIFI); R.I. Baishev va boshqalarumumiy tahriri ostida - Moskva: «Исламская книга» nashriyoti, 2011.

12 Shayh Muhammad Taqi Usmoniy. Islomiy moliyalashtirishga kirish 2013y. 100-bet.

bank mijozi tomonidan uskunani, binoni ijaraga berish muddati tugaguniga qadar (ya'ni to'lovlar miqdori mijozlar, savdo tomonlari o'rtasida kelishilgan narxga mos keladigan darajaga yetadi) ijara mahsuloti hisoblanadi va to'lovlar tugagach egalik huquqi o'tkazib beriladi.

Qarz al-hasan (foizsiz qarz) - bu shafqat va xayrixohlik tuyg'ularidan kelib chiqqan holda foizsiz qarz. Qarz al-hasan shartnomasining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, qarz oluvchi o'z xohishiga ko'ra qarz beruvchiga taqdim etilgan mablag' uchun mukofot puli to'lashi mumkin. Qarz al-hasan islom banklarining faol iqtisodiy operatsiyalaridan emas, balki ko'proq ijtimoiy vazifalarini bajarishda banklar ko'pincha qarz al-hasan vositasidan foydalanadilar.

Amana so'zma-so'z "depozit qilingan narsa" degan ma'noni anglatadi. Amaliy islom banklarida omonat pulini anglatadi. Umumiy qoida bo'yicha, bank saqlash obyektini tasarruf etish huquqiga ega emas va faqat omonat egasining ushbu obyektga nisbatan ko'rsatmalarini bajarishi mumkin, buning uchun malum bir haq olinadi. Bundan tashqari, bank egasining hisobidan uning buyurtmalarini bajarish bilan bog'liq xarajatlarni qoplash huquqiga ega. Ko'pgina banklar joriy va jamg'arma hisobvaraqlari bilan ishlashda ushbu mexanizmdan foydalanmaslikka harakat qilmoqdalar: aktivlarni shakllantirish uchun mijoz mablag'laridan foydalana olmaganliklari sababli, ushbu majburiyatlar uchun 100% zaxira yaratishga majbur bo'lmoqdalar.

Biroq, ba'zi banklar bunday hisob egasining roziligi bilan amana mexanizmi asosida hisobvarag'idagi mablag'lardan foydalanishga ruxsat berishadi. Shunday qilib, xususan, Iordaniya Islom banki hujjatlarida amana shaklidagi hisobvaraqdagi mablag'lar "bank tomonidan jalb qilingan kapitaldan foydalanish imkoniyatini ta'minlaydigan shartlar asosida bank tomonidan olinadigan mablag'larga xavf paydo bo'lishi mumkin" bo'lganda zararlar bankka tushishi va omonatchining depozitdan pul olish yoki depozitni to'ldirish huquqiga ega emasligi belgilanadi. Bank amanadan foydalanadigan joriy hisobvaraqlar ishonchli hisobvaraqlar deb ataladi.

Vadia (vakolatli shaxs vazifalarini bajarish) - bitimga binoan, bir tomon ikkinchi tomonga har qanday mulkni saqlash uchun topshiradi.

Ba'zi ekspertlarning fikriga ko'ra, asosiy parametrlar jihatidan islomiy bank xizmatida ishlatiladigan vadiya amana bilan deyarli bir xil. Shunday qilib, ba'zi banklar, Amanadagi kabi, bankning omonat hisobvarag'idagi mavjud majburiyatlari uchun 100% zaxira yaratadilar. Islom banklarida, musulmon qonunchiligiga ma'lum bo'lgan vadia kelishuvining barcha shartlariga rioya qilinmaydi. Mijoz uchun omonat hisob raqamini ochgan holda, bank mijozning roziligi bilan investitsiya uchun taqdim etilgan mablag'lardan foydalanish imkoniyatini qo'lga kiritadi. Boshqacha qilib aytganda, bank klassik vadia shartnomasida mavjud bo'lgan depozit qilingan mulkdan foydalanish taqiqiga rioya qilmaydi. Hisob egalariga foyda bankning xohishiga ko'ra to'lanadi.

Bunday holda, mijoz har qanday vaqtda o'z pulini hisobvarag'idan qisman yoki to'liq olib qo'yishi mumkin va bank ushbu operatsiyani kafolatlaydi.

Vadia kelishuviga binoan, mulk egasi o'z mol-mulkini saqlovchi va kafil vazifasini bajaruvchi ishonchli shaxsni tayinlaydi. Ishonchli shaxs aktiv egasi yoki uning oila a'zolari tomonidan tayinlanishi mumkin. Agar ishonchli shaxs mol-mulkni qaytarib berishni rad etsa va uni saqlash uchun olish faktini rad etsa, u boshqa birovning mol-mulkini noqonuniy saqlashda ayblanadi va u o'z xatti-harakatlari uchun to'liq javobgarlikni o'z zimmasiga oladi. Huquqiy oqibatlar, agar ishonchli shaxs o'z mol-mulkini saqlash uchun ishonib topshirilgan narsalar bilan birlashtirsa ham sodir bo'ladi.

Bangladesh, Bahrayn, Iordaniya, Turkiya kabi mamlakatlarning islom banklari amaliyotida joriy hisobvaraqlar bilan ishlashda vadia ishlatiladi, shu bilan birga Malayziyada jamg'arma hisobvarag'ining modifikatsiyalangan vadia mexanizmi mavjud. Malayziyada ushbu tamoyil "vadia yad damana" deb nomlanadi va kafolatli saqlash degan ma'noni anglatadi. Pul mablag'laridan tashqari, bank boshqa moddiy narsalarni saqlash uchun ham qabul qilishi mumkin. Shartnoma natijasida omonatchi foyda olmaydi, ammo islom banki o'z mijoziga hiba (Islom qonunlarida tuhfa, sovg'a degani) to'lashi mumkin, shu bilan xizmat ko'rsatuvchi provayderni tanlaganligi uchun unga minnatdorchilik bildiradi.

Bay muadjil - kelishilgan narhdagi kechiktirilgan oldi-sotdi shartnomasi, xarajatlar yetkazib beruvchi tomonidan amalga oshiriladi. To'lov kelajakda yagona to'lov yoki jadval bo'yicha amalga oshiriladi. Islomiy moliya olamida ushbu turdagi bitim bank va xaridor o'rtasidagi bitim bo'lib, bank uni sotib olib, xaridorga qismlarga bo'lib oshirilgan narxda sotadi.

Bay istidjrar - bir shartnoma asosida muntazam oldi-sotdi jarayoni, unga ko'ra sotuvchi vaqti-vaqti bilan tovarlarni jadvalga muvofiq va kelishilgan narxlarda yetkazib berishni o'z zimmasiga oladi.

Vakala - bu agentlik har qanday ishda yoki bitimda mijozning manfaatlarini himoya qiladigan va xizmatni taqdim etganligi uchun to'lovni oladigan agentlik shartnomasi.

Bay al-dayn - bu savdo hujjatlari asosida uchinchi shaxsga qarzni sotish. Qarzni moliyalashtirishning ushbu turi ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko'rsatish maqsadlarida ta'yinlanadi. Savdo operatsiyasining hujjatli dalillari bo'lsa, bitimlar tuziladi. Oz miqdordagi olimlarning fikriga ko'ra, bunday bitimga tovar krediti (kechiktirilgan to'lov bo'yicha yetkazib berish) holatlari uchun ruxsat beriladi. Ko'pchilikning fikriga ko'ra, qarzni uchinchi tomonga chegirma bilan sotish taqiqlanadi.

Xavola - mablag' yoki qarzlarni depozit yoki qarzdorning hisobvarag'idan mos ravishda oluvchi yoki kreditorning hisob raqamiga o'tkazish bo'yicha xizmat. Bank xizmatni taqdim etganligi uchun komissiya olishi mumkin.

Yuqoridagi mexanizmlardan islom moliya institutlari o'zlarining kundalik amaliyotlarida foydalanadilar, ammo ta'riflangan xizmatlarning hamma turlarini barcha islom banklarida topish mumkin emas - ularning ba'zilari faqat alohida moliya institutlari tomonidan qo'llaniladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Yaratilish maqsadlariga qarab islom moliya institutlari quyidagilarga bo'linadi:

• a'zo davlatlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ko'maklashishga qaratilgan institutlar (Islom taraqqiyot banki);

• tijorat banklari, ularning asosiy maqsadi shariat talablariga muvofiq bank xizmatlarini ko'rsatish orqali foyda olishdir;

• ixtisoslashgan banklar muayyan muammolarni hal qilish uchun yaratilgan. XULOSA: Xulosa qilib aytganda, Islomiy moliya institutlari shariat me'yorlariga

rioya qilishlari shart va shunga muvofiq ular o'z faoliyatida qarzlar uchun foizlar undirishdan bosh tortadilar, shartnoma mavzusida juda ko'p tushunish qiyin bo'lgan bitimlar tuzadilar, moliya vositalari bilan operatsiyalar o'tkazmaydilar (opsionlar, forvardlar, fyucherslar va boshqa qimmatli qog'ozlar), an'anaviy sug'urtadan foydalanish va an'anaviy obligatsiyalarni chiqarish shular jumlasidan.

Yuqorida takidlaganimizdek Islomiy moliyaviy shartnomalarning ikki guruhi mavjud bo'lib. Birinchisi, foyda va zararni ajratish printsipiga asoslansa ikkinchisi esa qarz bilan moliyalashtirishga asoslanadi. Fikrimizcha, bu shartnomalardan birinchisi foyda va zararni ajratish prinsipiga asoslangan shartnomalar eng keng tarqalgan bo'lishi kerak. Shubhasiz, qarz bilan moliyalashtirishga asoslangan mexanizmlarni amalga oshirishda muayyan qiyinchiliklar mavjud, ayniqsa, g'ayri musulmon mamlakatlarda, ba'zida bunday moliyalashtirish usullarining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olmagan qonunchilik doirasida ishlashga majbur bo'linishi buning yaqqol dalilidir.

REFERENCES:

1. Islomiy moliya asoslari E.A. Baydaulet Toshkent: "O 'zbekiston " 2019y

2. Shayh Muhammad Taqi Usmoniy. Islomiy moliyalashtirishga kirish. 2013 yil

3. Nekrasov Y.I. Shariat qonunlariga binoan bank ishi // Banklar va biznes olami. 2007y.

4. Muzoraba: №13 shariat standarti: ingliz tilidan tarjima/ Islom moliyaviy muassasalari bugalteriya hisobi va audit tashkiloti(AAOIFI); R.I. Baishev va boshqalarumumiy tahriri ostida - Moskva: «Исламская книга» nashriyoti, 2011.

5. Ijara, ijara muntahiya: №9 shariat standarti: ingliz tilidan tarjima/ Islom moliyaviy muassasalari bugalteriya hisobi va audit tashkiloti(AAOIFI); R.I. Baishev va boshqalarumumiy tahriri ostida - Moskva: «Исламская книга» nashriyoti, 2011.

6. Murobaha: №8 shariat standarti: ingliz tilidan tarjima/ Islom moliyaviy muassasalari bugalteriya hisobi va audit tashkiloti(AAOIFI); R.I. Baishev va boshqalarumumiy tahriri ostida - Moskva: «Исламская книга» nashriyoti, 2010.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 4 I 2021

ISSN: 2181-1601

7. Журавлев А.Ю. Принципы функционирования исламских банков // Исламские финансы в современном мире: экономические и правовые аспекты / Под ред. Р.И. Беккина. М. 2004.

8. Ausaf Ahmad. Contemporary Practices of Islamic Financing Techniques // Islamic Economic Studies.1994.

9. Accounting and Auditing Organization for Islamic Financial Institutions(AAOIFI) https://aaoifi.com/?lang=en

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.