Научная статья на тему 'TO’QIMACHILIK KORXONALARI FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA MOLIYAVIY RESURSLARDAN FOYDALANISH YO’LLARI'

TO’QIMACHILIK KORXONALARI FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA MOLIYAVIY RESURSLARDAN FOYDALANISH YO’LLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
612
80
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
klaster modeli / imtiyozlar / qo’shilgan qiymat solig’i bojxona to’lovlari / mol-mulk solig’i. / cluster model / benefits / value added tax / customs duties / property tax.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Dilshodaxon Eshmuhammadovna Safarova, Gulbahor Mahmudovna Gaybullayeva

To’qimachilik sanoati davlatimizning muhim strategik sohalaridan biri hisoblanadi. To’qimachilik korxonalari faoliyatini rivojlantirish uchun esa ularni ham huquqiy, ham moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash zarur.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS OF USING FINANCIAL RESOURCES IN THE DEVELOPMENT OF TEXTILE ENTERPRISES

The textile industry is one of the most important strategic sectors of our state. In order to develop the activities of textile enterprises, it is necessary to support them both legally and financially.

Текст научной работы на тему «TO’QIMACHILIK KORXONALARI FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA MOLIYAVIY RESURSLARDAN FOYDALANISH YO’LLARI»

TO'QIMACHILIK KORXONALARI FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA MOLIYAVIY RESURSLARDAN FOYDALANISH YO'LLARI

Dilshodaxon Eshmuhammadovna Gulbahor Mahmudovna Gaybullayeva Safarova

Farg'ona davlat universiteti ANNOTATSIYA

To'qimachilik sanoati davlatimizning muhim strategik sohalaridan biri hisoblanadi. To'qimachilik korxonalari faoliyatini rivojlantirish uchun esa ularni ham huquqiy, ham moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlash zarur.

Kalit so'zlar: klaster modeli, imtiyozlar, qo'shilgan qiymat solig'i bojxona to'lovlari, mol-mulk solig'i.

WAYS OF USING FINANCIAL RESOURCES IN THE DEVELOPMENT OF

TEXTILE ENTERPRISES

Dilshodaxon Eshmuhammadovna Gulbahor Mahmudovna Gaybullaeva Safarova

Fergana State University

ABSTRACT

The textile industry is one of the most important strategic sectors of our state. In order to develop the activities of textile enterprises, it is necessary to support them both legally and financially.

Keywords: cluster model, benefits, value added tax, customs duties, property tax.

KIRISH

Respublika to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida yuqori va barqaror o'sish sur'atlarini ta'minlash, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o'zlashtirish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish, modernizatsiya qilishning strategik muhim ahamiyatga ega bo'lgan loyihalarini amalga oshirish hisobiga yuqori texnologiyali yangi ish o'rinlarini yaratish, korxonalarni texnik va texnologik yangilash, ilg'or «klaster modeli»ni joriy etishga qaratilgan tarkibiy qayta tashkil etishni yanada chuqurlashtirish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati rivojlanishining har tomonlama tahlili, raqobatning kuchayishi sharoitida jahon bozorining o'zgaruvchan kon'yunkturasi sohani davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, shuningdek, yanada barqaror va jadal rivojlanishi mexanizmlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni taqozo etmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

To'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sohani jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, to'qimachilikda yarim tayyor mahsulotlarni chuqur qayta ishlashga investitsiyalar hajmini va tayyor mahsulotlar eksportini oshirish maqsadida mamlakatimiz rahbari 12 fevral 2019 yil kuni qabul qilgan PQ-4186-sonli qarorlariga ko'ra 2019 yil 1 apreldan shunday tartib o'rnatildi, unga muvofiq:

a) 2019 — 2021 yillarda ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotning kamida 80 foizini eksport qiladigan tikuv-trikotaj korxonalariga tijorat banklarining kreditlari bo'yicha foizlarni to'lash bilan bog'liq xarajatlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi mablag'lari hisobidan qoplanishi ta'minlanmoqda, shu jumladan, aylanma mablag'larni to'ldirish (tayyor to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun ip-kalava, trikotaj mato, ip gazlama va boshqalar xarid qilish) maqsadida tijorat banklari tomonidan milliy valyutada beriladigan kreditlar bo'yicha belgilangan foiz stavkasining 25 foizi miqdorida, ammo 5 foizli punktdan yuqori bo'lmagan holda; ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish (bino va asbob-uskunalarni sotib olish) maqsadida tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutada beriladigan kreditlar bo'yicha belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida;

b) nol stavkani qo'llash natijasida vujudga kelgan qo'shilgan qiymat solig'ini qaytarish zarur bo'lgan hujjatlar to'liq taqdim etilgan kundan e'tiboran 7 ish kuni davomida soliq to'lovchiga tezkorlik bilan qaytariladi. Bunda davlat soliq organlarida mavjud bo'lgan ma'lumotlar, shu jumladan, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha taqqoslash dalolatnomasi hamda qo'shilgan qiymat solig'i hisob-kitoblarini taqdim etish tartibi bekor qilindi;

^ birja savdolari orqali paxta tolasini sotishda qat'iy talab qilinadigan bank kafolatlari bekor qilindi. Bunda taraflar o'rtasida majburiyatlar bajarilishini ta'minlash tartibi shartnoma asosida belgilandi.

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tijorat banklari tomonidan tikuv-trikotaj korxonalariga berilgan kreditlar bo'yicha foizlarni qoplash uchun zarur bo'lgan mablag'larni 2019 — 2021 yillar davomida belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasiga ajratish tartibi o'rnatildi.

MUHOKAMA

2019 yil hosilidan boshlab respublika tashkilotlariga paxta tolasini sotishda qo'shilgan qiymat solig'i jahon bozorlarida shakllangan narxlardan qat'i nazar, paxta tolasining amaldagi sotish narxidan kelib chiqqan holda hisoblanishi

belgilab qo'yildi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019 — 2025 yillarda to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish maqsadida, kompleks yondashuv asosida xom ashyoni qayta ishlash, tayyor mahsulotni, shu jumladan, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va qo'llab-quvvatlash asosida ishlab chiqarish va eksport qilish, to'qimachilik mahsulotlarini sotishning ichki va tashqi bozorlarini tadqiq qilish, ichki va tashqi bozorlarda mahsulotlar raqobatbardoshligini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, qo'shimcha qiymat yaratishning yagona zanjirini tuzish, respublikada ishlab chiqariladigan paxta ip-kalavalarning butun hajmini qayta ishlash hisobiga 2025 yilga borib to'qimachilik mahsulotlari eksporti hajmini 7 mlrd. AQSH dollariga etkazish Kontseptsiyasini tasdiqlandi. 2020 yil 1 yanvardan quyidagi soliq imtiyozlari joriy etildi:

- hisobot davri natijalari bo'yicha yalpi tushumning umumiy hajmida tayyor tikuv-trikotaj ma'sulotlarining eksporti 60%dan kam bo'lmagan eksport ulushiga ega bo'lgan korxonalar 2023 yil 1 yanvarga qadar mol-mulk solig'ini to'lashdan ozod etildi;

- to'qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo'ynachilik sohalari korxonalarining foyda solig'i bo'yicha soliqqa tortiladigan bazasi 7 yil davomida teng ulushlarda zamonaviy tozalash va kanalizatsiya inshootlarini qurish bo'yicha xarajatlar summasiga kamaytiriladi;

- "O'zto'qimachiliksanoat" va "O'zcharmsanoat" uyushmalarining xorijiy konsultantlari, shuningdek, to'qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo'ynachilik sohalari korxonalarida mehnat faoliyatini yuritayotgan xorijiy mutaxassislar O'zbekistondagi daromad manbalari bo'yicha JSHDSni uning belgilangan stavkasidan 50% miqdorida to'laydi.

Bundan tashqari, Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi O'zbekiston-Koreya o'quv-amaliy to'qimachilik texnoparkiga 2023 yil 1 yanvarga qadar bojxona imtiyozlari taqdim etildi. Shuningdek, unga "Angren" Erkin Iqtisodiy Zonasida to'qimachilik va tikuv-trikotaj ma'sulotlari ishlab chiqarish bo'yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer maydonlari ajratildi.

"O'zpaxtasanoat" AJ 2018-2020 yillar hosilidan paxta tolasini mahalliy to'qimachilik korxonalariga birja savdolarida milliy valyutaga, mahsulot yuklab jo'natilgan kundan 90 kun mobaynida yakuniy hisob-kitob qilgan holda 35 foiz oldindan to'lov asosida sotish topshirig'i berildi.

Paxta tozalash zavodlarini paxta-to'qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlariga sotishda baholash qiymatidan chegirmalar amal qiladi. Chegirmalar miqdori to'lov muddatlariga bog'liq: bir yil mobaynida to'langanda - 50%, 2 yil mobaynida to'langanda - 40%, 3 yil mobaynida to'langanda - 30%. Chegirmalarni hisobga olgan holdagi bahosi balans qiymatidan past bo'lishi mumkin emasligi belgilab qo'yildi.

Paxta-to'qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari bir qator qo'shimcha afzalliklarga ega bo'ldi:

• paxta xom ashyosini yetishtirish uchun 2019 yilda Qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash jamg'armasi hisobidan banklar tomonidan berilgan kreditlar faqat 11 oy o'tganidan so'ng qaytariladi, har bir transh uchun qaytarish muddatini hisoblash esa qarz oluvchilarga mablag'lar kelib tushgan paytdan boshlanmoqda;

• ular paxta urug'lik chigitini ishlab chiqarishni mustaqil amalga oshirishlari, o'z e'tiyojlari uchun ishlab chiqarilayotgan paxta tolasini ixtiyoriy ravishda sertifikatlashlari mumkin.

"O'zpaxtasanoat" AJ va "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasining respublika hududlarida "O'zpaxtasanoat" AJ tashabbuskorligida yengil konstruktsiyali qurilish materiallaridan quriladigan yoki bo'sh turgan bino-inshootlar negizida tashkil etiladigan tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish maqsadida:

"O'zpaxtasanoat" AJ loyihalarining moliyalashtirish manbalari quyidagilar belgilansin:

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash jamg'armasiga 2023 yil 31 dekabrga qadar qaytarish sharti bilan "O'zpaxtasanoat" AJning 2018 yil hosili paxta tolasini sotishdan yuzaga kelgan ijobiy farq hisobidan jami 397 milliard so'm mablag', shundan 2019 yil mart oyidan 4 oyda teng ulushlarda 200 milliard so'm hamda 2020 yilning 1 martgacha 197 milliard so'm;

O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi hisobidan 5 yillik muddatga, 2 yillik imtiyozli davr bilan, 5 foiz miqdordagi foiz stavkasi, shu jumladan tijorat bankining 1 foiz miqdo ridagi marjasi bilan "Agrobank" ATBda kredit liniyasini ochish orqali ajratiladigan 50 milliard so'mgacha kredit mablag'i bilan ta'minlash,

"O'zpaxtasanoat" AJ va uning tizimidagi korxonalarning taqsimlanmagan sof foydasi hamda o'z mablag'lari hisobidan 54,3 milliard so'm. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga yengil konstruktsiyali qurilish materiallaridan quriladigan yoki bo'sh turgan bino -inshootlar negizida tashkil etiladigan tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishlarni aylanma mablag'lari bilan ta'minlash uchun imtiyozli kredit mablag'lari ajratish tavsiya qilindi.

NATIJA

2019-2020 yillarda "O'zpaxtasanoat" AJning loyihalarni amalga oshirishda tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo'yicha foizlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini

rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi mablag'lari hisobiga quyidagi tartibda qoplanadi:

tijorat banki tomonidan aylanma mablag'larni to'ldirish uchun berilgan kreditlar bo'yicha belgilangan foiz stavkasining 25 foizi miqdorida, ammo 5 foizli punktdan yuqori bo'lmagan holda;

asbob-uskunalarni sotib olish maqsadida tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar bo'yicha belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida etib belgilgan.

2022 yil 1 yanvarga "O'zpaxtasanoat" AJ va uning tizimidagi korxonalar ishtirokida loyihalarni amalga oshirish doirasida talab etiladigan:

qurilish materiallari yetkazib beruvchi va qurilish-montaj ishlarini bajaruvchi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro'yxatdagi korxonalar qo'shilgan qiymat solig'idan ozod etildi ;

respublikada ishlab chiqarilmaydigan, texnologik asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, qurilish materiallarini belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro'yxatlar bo'yicha bojxona to'lovlaridan (bojxona yig'imlaridan tashqari) ozod etilgan;

ishlab chiqargan xom-ashyo (paxta tolasidan tashqari) va yarim tayyor mahsulotni tizim ichida sotishdan tushgan mablag'lar hamda paxta tolasini sotishdan yuzaga kelgan ijobiy farq mablag'lari soliqqa tortish obyekti hisoblanmasligi belgilab qo'yildi.

"O'zpaxtasanoat" AJning tikuv-trikotaj korxonalariga, istisno tariqasida 2022 yil 1 yanvarga qadar, paxta tolasini qaytarib berish sharti bilan to'qimachilik korxonalarida qayta ishlash uchun, "O'zpaxtasanoat" AJ bilan tuziladigan to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar asosida (shartnoma tuzish muddatidan oldingi haftadagi birja savdolari natijalarida vujudga kelgan o'rtacha narxlar bo'yicha) sotilishi qayd etilgan. Bunda, "O'zpaxtasanoat" AJning tikuv-trikotaj korxonalariga paxta tolasi narxining 35 foizini oldindan to'lash va yakuniy hisob -kitoblarni 90 kun mobaynida amalga oshirish sharti bilan sotilmoqda. "O'zpaxtasanoat" AJ rahbariyatining to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar asosida ajratiladigan paxta tolasini maqsadli ishlatilishiga shaxsan javobgarligi belgilandi.

XULOSA

To'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish maqsadida qabul qilinayotgan barcha davlat dasturlari, berilayotgan soliq va bojxona imtiyozlari paxta xom ashyosini qayta ishlash, qo'shimcha qiymat yaratishning yagona zanjirini tuzish, respublikada ishlab chiqariladigan paxta ip-kalavalarning butun hajmini qayta ishlashga qaratilmoqda. Buning natijasida makroiqtisodiy

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

barqarorlikni ta'minlash, sog'lom raqobat uchun zarur sharoitlarni yaratish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash ko'zda tutiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.02.2019 yil kungi PQ-4186-son "To'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2019 yil kungi PQ-4337-sonli "Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug'urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.