Научная статья на тему 'DINIY BAG’RIKENGLIKNI TA’MINLASH – HARAKATLAR STRATEGIYASINING ASOSIY MAQSADLARIDAN BIRIDIR'

DINIY BAG’RIKENGLIKNI TA’MINLASH – HARAKATLAR STRATEGIYASINING ASOSIY MAQSADLARIDAN BIRIDIR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

557
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
din / tolerantlik / vijdon erkinligi / Markaziy Osiyo / musulmonlar idorasi. / religion / tolerance / freedom of conscience / Central Asia / Muslim Board

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Kamoliddin Baxodir Ogli Gafforov

Maqolada Harakatlar Strategiyasining beshinchi ustuvor yo’nalishi bo’yicha O’zbekiston hududida diniy bag’rikenglik hamda tolerantlik masalasi ko’rsatilib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ENSURING RELIGIOUS TOLERANCE IS ONE OF THE MAIN OBJECTIVES OF THE ACTION STRATEGY

The article addresses the issue of religious tolerance in the territory of Uzbekistan in the fifth priority area of the Action Strategy.

Текст научной работы на тему «DINIY BAG’RIKENGLIKNI TA’MINLASH – HARAKATLAR STRATEGIYASINING ASOSIY MAQSADLARIDAN BIRIDIR»

DINIY BAG'RIKENGLIKNI TA'MINLASH - HARAKATLAR STRATEGIYASINING ASOSIY MAQSADLARIDAN BIRIDIR

Kamoliddin Baxodir o'g'li G'afforov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat sirtqi

ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada Harakatlar Strategiyasining beshinchi ustuvor yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston hududida diniy bag'rikenglik hamda tolerantlik masalasi ko'rsatilib o'tilgan.

Kalit so'zlar: din, tolerantlik, vijdon erkinligi, Markaziy Osiyo, musulmonlar idorasi.

ENSURING RELIGIOUS TOLERANCE IS ONE OF THE MAIN OBJECTIVES OF THE ACTION STRATEGY

Kamoliddin Bahodir ugli Gafforov

Chirchik State Pedagogical Institute, Tashkent region 3rd year student of Physical Culture

ABSTRACT

The article addresses the issue of religious tolerance in the territory of Uzbekistan in the fifth priority area of the Action Strategy.

Key words: religion, tolerance, freedom of conscience, Central Asia, Muslim Board

KIRISH

Barchamizga ma'lumki, O'rta Osiyo, xususan, O'zbekiston hududi qadim zamonlardan madaniyati, urf-odatlari, tili va o'zining alohida turmush tarziga ega bo'lgan hamda bir-biriga o'xshamagan xilma-hil dinlarga e'tiqod qiluvchi ajoyib, yetuk allomalarni o'zida jam qila olgan o'lkadir.

Millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik masalasini isloh qilish va rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi 4947-sonli qaroriga muvofiq 2017-2021-yillarga mo'ljallangan "Harakatlar strategiyasi"ning 5-yo'nalishi bo'lgan "Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash, chuqur yo'naltirilgan, o'zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosatni yuritish" doirasida amalga oshirilayotgan diniy bag'rikenglik va

millatlararo totuvlik masalasi amalda o'z ifodasini topmoqda. Shu jumladan, bu ikki yo'nalish bir-biriga uzviy bog'liq va biri ikkinchisini to'ldirib keladi. Bu ikki manba ham davlat va xalq uchun o'ta muhim ahamiyatga ega yo'nalishlar hisoblanadi. Zero, Prezidentimiz ta'kidlaganidek: "Xavfsizlik, millatlararo totuvlik hamda diniy bag'rikenglikni ta'minlash, chuqur o'ylangan o'zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosatni yuritish" orqali davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash bosh maqsadimizdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi doirasida so'nggi 3 yil davomida diniy bag'rikenglikni ta'minlash sohasida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi:

-BMT Bosh Assambleyasi 2018-yilning 12-dekabr oyida o'tkazilgan yalpi majlisda "Ma'rifat va diniy bag'rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolutsiyani qabul qildi. O'zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasi BMTning barcha a'zo davlatlari tomonidan bir ovozdan qo'llab-quvvatlandi. Mazkur rezolutsiyani qabul qilish tashabbusi 2017-yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining Nyu-Yorkdagi 72-sessiyasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surildi.

2018-yil 16-apreldagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-3668-sonli Qaroriga muvofiq Qo'mita huzurida faoliyat yuritadigan jamoatchilik-maslahat organi hisoblanmish Konfessiya ishlari bo'yicha kengashning yangi tarkibi tasdiqlandi. Kengash tarkibi 9 tadan 17 ta a'zoga - O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan diniy konfessiyalar vakillari hisobiga kengaydi.

NATIJALAR

2018-yilning 16-aprelida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev «Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5416-sonli Farmonni imzoladi. Mazkur hujjat O'zbekistonda diniy ta'lim tizimining uzluksizligini ta'minlashga qaratilgan: boshlang'ich bosqichdan (o'rta maxsus islom ta'lim muassasalari yoki madrasalar) tortib, to oliy va undan keyingi diniy ta'limgacha edi.

2019-yil 4-sentabrdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-4436-sonli qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha Qo'mitaning Ichki ishlar vazirligi, O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi, O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Respublika kengashi bilan jamiyatda vijdon erkinligi va diniy-ma'rifiy muhit barqarorligi kafolatlarini ta'minlash maqsadida mustahkam va doimiy hamkorlikni nazarda tutuvchi yangi tizim joriy etildi.

Bundan tashqari, Din ishlari bo'yicha qo'mita tarkibida ayollar bilan ishlash bo'limi tashkil etildi, shuningdek, ushbu yo'nalishdagi ishlarni nazorat qiluvchi rais o'rinbosari lavozimi ham joriy etildi. Xotin-qizlar o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni muvofiqlashtirish bo'yicha Respublika targ'ibot guruhi tashkil etildi.

O'zbekiston Islom akademiyasi va Toshkent Islom universiteti negizida O'zbekiston xalqaro Islom akademiyasi tashkil etildi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida Akademiya tarkibidagi malaka oshirish Markazi hududiy filiallari tashkil etildi.

O'zbekiston xalqaro Islom akademiyasi huzurida "Ziyo" media-markazi tashkil etilib, u ajdodlarimizning diniy-ilmiy merosini keng targ'ib qilish, dinning haqiqiy insonparvarlik maqsadini hamda diniy-ma'rifiy hayotda sodir bo'layotgan yangiliklardan keng jamoatchilikni xabardor qilib borishni ta'minlovchi asosiy media-tuzilma hisoblanadi.

MUHOKAMA

O'zbekiston musulmonlari idorasi huzurida "Vaqf" xayriya jamoat fondi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi masjidlar, ziyoratgohlar, muqaddas qadamjolar va shu kabi boshqa ob'ektlarning rekonstruktsiyasini moliyalashtirish, ularni moddiy-texnik bazasini yaxshilash hamda ushbu soha xodimlarini moddiy qo'llab-quvvatlashdan iboratdir.

2018-yilning yanvar-aprel oylarida Respublika miqyosida bir necha bosqichdan iborat (tuman, shahar, viloyat, respublika) Qur'oni Karim tilovati bo'yicha qorilar ochiq musobaqasi tashkil etilib, unda 5 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashdi.

O'zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etildi. Viloyatlarda kalom, hadis, fiqh, aqida ilmi va tasavvufni o'rganishga ixtisoslashgan beshta ilmiy maktab ochildi. Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan O'zbekistonda Markaziy Osiyo musulmon mutafakkirlarining jahon sivilizatsiyasi rivojidagi roliga bag'ishlangan 10 dan ortiq kitob va risolalar tayyorlandi. Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Termiziy, Hakim Termiziy va termizlik boshqa olimlarning 20 dan ortiq asarlari o'zbek tiliga tarjima qilindi. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Nasafiy, Alouddin Usmondiy, Saffar Buxoriy va h.k. kabi ulug' allomalar asarlarining aksariyati tarjima qilinib, 50 dan ziyod kitob nashr etildi.

Ayni paytda O'zbekiston Respublikasida jami 2276 tadiniy tashkilot va 16 ta diniy konfessiya faoliyat yuritib kelmoqda. Shulardan 2093 tasi musulmon tashkiloti, 166ta xristian tashkiloti, 8ta yahudiy jamoasi, 6ta Baxoiylik jamiyati, 1 ta krishnachilar jamiyati va 1ta budda ibodatxonasi, shuningdek, O'zbekiston konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat ko'rsatmoqda.

2019-yilda O'zbekistonda 10 ta yangi jome masjid ochildi, natijada masjidlarning umumiy soni 2066 taga yetdi. Bundan tashqari, mamlakat miqyosida 46 ta jome masjid binosi butunlay qaytadan bunyod etilib, 225 ta masjid kapital ta'mirdan chiqarildi. 2018-yilda esa respublikada 13ta jome masjidi qayta ochildi, 39 tasi yangi qurildi va qariyb 100 tasi qayta ta'mirlandi.

O'zbekistonda Toshkent Islom universiteti, «Mir Arab» oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi, 9 ta madrasa, jumladan, 2 ta ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar o'quv yurti, Toshkent pravoslav seminariyasi, Toshkent xristian seminariyasi kabi diniy ta'lim muassasalari faoliyat ko'rsatmoqda. 2020-2021 o'quv yilidan boshlab Termiz shahrida yangi madrasa ochilishi rejalashtirilgan.

Mustaqillik yillarida 308ming nafar musulmon Saudiya Arabistoniga ziyorat uchun borgan bo'lsa, shulardan 130 ming kishi "Haj", 178 ming kishi esa "Umra" amalini bajarishga muvaffaq bo'lgan. 2,5 ming xristian va yahudiylar Isroil, Rossiya, Turkiya, Italiya, Gruziya va Yunoniston kabi davlatlarning muqaddas diniy qadamjolariga tashrif buyurganlar. 2019-yildan e'tiboran O'zbekiston fuqarolari uchun "Umra" ziyoratlari kvotasi bekor qilindi. 2018-yildan boshlab "Umra" safari kvotasi 6 000 dan 10 000 ga oshirildi. Bugungi kunga kelib "Umra" qiluvchi fuqarolar soni 30 000 ga yetdi, "Haj" esa 5000 dan 7,200 ga ko'paydi.

So'nggi yillarda O'zbekistonda ekstremizmga qarshi kurashish chora-tadbirlarini amalga oshirishdagi yondashuvlar konseptual jihatdan qayta ko'rib chiqildi. Bunda asosiy e'tibor aholi o'rtasida profilaktika va tushuntirish ishlariga qaratildi. Ushbu sohada amalga oshirilayotgan barcha sa'y-harakatlar "Jaholatga qarshi ma'rifat" degan ezgu g'oyaga asoslangan.

2018-yilning sentabr oyida terroristik, ekstremistik yoki boshqa ta'qiqlangan tashkilot va guruhlarga adashib a'zo bo'lib qolgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod qilish tartibi tasdiqlandi.

XULOSA

Ilgari to'g'ri yo'ldan adashgan va o'z xatti-harakatlariga chin dildan pushaymon bo'lgan fuqarolarga ma'naviy-axloqiy burchlarini ado etish uchun jamiyat va o'z oilalariga qaytish imkoniyati beriladi. Diniy ekstremistik oqimlarga aloqador shaxslarni reabilitatsiya qilishning muhim qadamlaridan biri, bu ularga nisbatan avf etish aktlarini qo'llash bo'ldi.

2020-yilning 3-4 mart kunlari Samarqand shahrida "Imom Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o'tmish va bugun" mavzusidagi xalqaro konferensiya tashkil etildi. Ushbu tadbirda 15 mamlakatdan 55 nafar taniqli ulamolar, muftiylar, moturidiyshunos ekspertlar, 100 nafar mahalliy olim va tadqiqotchilar qatnashdi. Konferensiya yalpi majlisida 11 ta, sho'ba yig'ilishlarida 32 ta ma'ruza tinglandi.

Ma'ruzalarda Imom Abu Mansur Moturidiy shaxsi va aqidaviy qarashlari, moturidiylikning mafkuraviy asosi, moturidiya kalom maktabiga oid yangi manbalar, ushbu ta'limotning bugungi kundagi ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat siyosatini o'rganish bo'yicha ilmiy-uslubiy risola. - Toshkent, 2017.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi" to'g'risidagi farmoni.

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi Axborot xizmati manbasi ("Taraqqiyot strategiyasi" markazining rasmiy kanali) 2020-yil 15-iyul.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat siyosatini o'rganish bo'yicha ilmiy-uslubiy risola. - Toshkent, 2017.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi" to'g'risidagi farmoni.

3. "Taraqqiyot strategiyasi" markazi Axborot xizmati manbasi ("Taraqqiyot strategiyasi" markazining rasmiy kanali) 2020-yil 15-iyul.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.