ISAJON SULTON HIKOYALARIDA MILLIY MADANIYATIMIZ - XALQ OGZAKI IJODIMIZ UNSURLARINING AKSLANISHI
Zilola Eshtemirovna Niyazova
Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti Ozbek tili va adabiyoti yo'nalishi Adabiyotshunoslik kafedrasi II kurs magistranti
Ilmiy rahbar: f.f.n., dotsent Gulchehra Muhammadiyevna Imomova
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada hozirgi adabiy jarayonda xalq og'zaki ijodi janrlarining ta'siri, xususan, Isajon Sulton hikoyalarida qo'llangan xalq og'zaki ijodining olmas qahramonlari, qo'shiq va maqollarning o'rni ilmiy nazariy adabiyotlar asosida tadqiq qilingan.
Kalit so'zlar: „qo'shiq", ,,alla"shaxs", ,,Tavrot'', „Injil", ,,Qur'on"Bog'i Eram'', „folklor".
IN THE STORIES OF ISAJAN SULTAN THE REFLECTION OF ELEMENTS OF OUR NATIONAL CULTURE - OUR PEOPLE'S ORAL CREATIVITY
ABSTRACT
This article examines the influence of genres of folklore in the modern literary process, in particular, the role of immortal heroes of folklore, songs and proverbs used in the stories of Isajon Sultan on the basis of scientific and theoretical literature.
Keywords: "Song", "Person", "Torah", "Bible", "Qur'an", "Garden of Eden", "Folklore".
Ma'naviyat kecha yoki bugun paydo bo'lib qolgan tushuncha emas, u asrlardan buyon xalqimiz bilan birga yashab, birga taraqqiy etib kelayotgan buyuk bir qadriyatdir. Inson dunyoga kelgan kunidan boshlab, to hayotining eng so'nggi lahzasigacha o'zi mansub bo'lgan xalqning qadriyatlari, an'analari ichida ulg'ayadi, kamol topadi. Hatto o'zini folklorga begona deb bilgan, bu atama ta'rifidan mutlaqo yiroq bo'lgan kishi shu qadim an'analari ta'sirada shakllangan bo'ladi.
Xalqimizning ma'naviy boyligi bo'lmish xalq o'zaki ijodi janrlari va uning o'lmas qahramonlari, badiiy ijodkorlik tajribasi yozma adabiyotning vujudga kelishi va taraqqiy etishi uchun asosiy ma'naviy- badiiy manba bo'lib xizmat qiladi. Darhaqiqat, xalq og'zaki ijodidan bahramand bo'lmagan, uning ma'naviy boyligidan oziqlanmagan bironta so'z san'atkori topilmasa kerak.
Xuddi shunday Isajon Sulton hikoyalarini o'qir ekanmiz uning xalq og'zaki ijodi namunalaridan samarali foydalanganligini koramiz. Jumladan yozuvchining ,,Yusuf va
Zulayho'' hikoyasi hikoyaning sarlavhasiyoq yozuvchining xalq ijodi, uning o'lmas qahramonlari, ular taqdiri bilan bog'liq yangicha talqin ko'zga tashlanadi. ,,Yusuf va Zulayho''- sharq xalqlari orasida mashhur va keng tarqalgan ishq qissasi , doston. Asl manbai- ilohiy muqaddas kitoblar: Tavrot,Injil va Qur'oni karim. Qur'ondagi talqini birmuncha ixcham va badiiy shakllangan. Tavrotdagisi folklorga yaqin va qadimiy Misr afsonalariga borib taqalishi taxmin qilinadi. Sharqda keng tarqalgani Qur'ondagi Yusuf surasi asosida shakllangan bolib, jamiki ,,Yusuf va Zulayho" qissa va dostonlarning ilhom manbai ushbu suradir.
,,Yusuf va Zulayxo'' dostoni turli manbalarda turlicha syujetga ega. Isajon Sulton ming yillik tarixga ega ushbu qahramonlar taqdirini badiiy adabiyotga olib kirar ekan, ularni ishq-muhabbat o'zaniga qo'yib beradi.Asarda Yusuf bolaligida ko'p shafqatsizliklarga duch kelgan, otasi barvaqt o'tib ketib, hayotda ona-yu bir aka bilan qolgan bo'lib juda qashshoq yashashardi. Uni Zulayho odam qildi.Zulayho avvalgi turmushidan nimadir sabab bo'lib ajrashgan,kichkina jamalaksoch qizalog'i bor ko'hlik juvon edi.Odamlar, ko'rimsiz choyxonaning kunda-shundalari :
- Yusuf juvonni telbalarcha sevarmish.
- Juvonni-ya?
- Juvon bo'lsa nima qipti?Tarixda Yusuf degan bir kishi yashagan, Zulayho degan bevaga uylangan. Insonlarning baxt-u taqdirini o'yin qiladigan, ulfatchilikda bo'lar bo'lmas gaplarni bir-biriga ma'qullatib shundan lazzatlanadigan choyxona ahli bu ishq-muhabbat ila bir-biriga talpingan ko'ngillar orasiga sovuqchilik tushiradi.Oxir-oqibat muhabbatga, ishonchga darz ketadi,Yusuf pok Zulayhosidan ajrashadi.
Inson biror g'am- anduhga giriftor bo'ladimi, yoki shod- xurramlikdan masrur bo'ladimi o'z hissiyotlarini qo'shiqqa to'kib soladi.
Qo'shiq xalq og'zaki ijodining eng qadimiy janri. Qo'shiq termini birinchi marta XI asrda Mahmud Qoshg'ariyning ,,Devonu lug'otit turk" asarida qo'shug' shaklida berilgan bo'lib, she'r, qasida deb ko'rsatilgan.
Isajon Sulton ham ,,Yusuf va Zulayho" hikoyasida ayol qalbini, uning mehr-u muhabbatini, ko'nglidan otilib chiqqan oh-u nolalarini qo'shiqqa- Zulayhoning ruhiy iztirobini o'g'li uchun aytgan allasiga jo qiladi. Zulayho qalbi silsilasidan sizib chiqqan allasi ham ajoyib ekan:
Shu tog'larda qor bo'lsaydim,alla, Bir daydi sarsor bo'lsaydim, alla, Izlab toparmiding meni, meni, Egasiz mozor bo'lsaydim,alla?
Alla xalq og'zaki ijodi janri bo'lganligi uchun ham Isajon Sulton o'z qahramoni tuyg'ulariga mos alla nolasini tanlay oladi, o'zining badiiy- ijodiy mahsuli- allaning yangi matnini yaratadi.
Shu yarada qon bo'lsaydim, alla, To'kilib ziyon bo'lsaydim, alla, Bu dunyoda o'rnim yo'qmish, yo'qmish, Koshki bir yolg'on bo'lsaydim, alla...
Shu yong'inda xor bo'lsaydim, alla, Yiqiq, parishon bo'lsaydim, alla, Yana sevarmiding meni,meni, Sim-siyoh tuman bo'lsaydim,alla...
Isajon Sulton yoridan ayrilgan Yusufning boshi oqqan tomonga ketib qolib qishloqqa ko'rinmay qolish holatini xalq og'zaki ijodi qahramoni Majnunning boshiga ishq savdosi tushganida uzoqlarga bosh olib ketgani holatiga yaqinlikda beradi, xalq ijodi asari syujetiga yaqinlashtiradi.
Badiiy so'z san'ati taraqqiy etib boruvchi estetik hodisa sifatida tabiat, jamiat, hayot va inson ruhiy
olamining turli murakkab qatlamlariga kirib boradi. Biz bilamizki, adabiyotda zamon ruhi degan
tushuncha bor. U har bir zamon kishisini chetlab o'tishi mumkin emas. Hozirgi XXI asr kitobxonini
Navoiy, Rumiy, Gyote asarlari to'la qiziqtira oladi deb ayta olmaymiz. Ruhi poklanishni istayotgan, o'zligini tanishga bo'lgan ehtiyoji ortib borayotgan insonlargina bunday asarlarni o'qishga o'zida ehtiyoj sezadi.
Umarali Normatovning bu xususda juda chiroyli bir o'xshatishi bor: ,,Navoiy ijodini tashbehan ulkan bir dengiz deb olsak, uning yuza qismida o'sha davr kayfiyati mavjud bo'lib, bu qatlam zamondosh o'quvchi uchun go'yo muzlab qolgan . Vaholanki, yuzadagi ana shu muz qatlami parchalanib ichkari tushilsa, ulug' shoirning barcha zamonlarga aloqador dahosi yuz ochadi " , deydi.
Men Isajon Sulton hikoyalarini o'qidim va unga, dengiz tubidagi javohirotga zamonamiz kishilarining ruhiyati orqali tushishga erishilganligini guvohi bo'ldim va yaqin 5-6 yil ichida xuddi shunday asarlarga ehtiyoj sezayotgandimki, Isajon Sulton xuddi men istagan yozuvchi ekanligini, uning asarlari, qahramonlari mening ruhiyatimga nechog'lik yaqin ekanligini his qila oldim. Ha albatta, asar voqeligi, undagi qahramonlarning taqdiri , ziddiyatli o'y- mulohazalari , kechinmalari, shodlik va quvonchi ... bilan kitobxonning xuddi shunday jihatlari o'rtasida hamohanglik
bo'lishi- asarning keng o'qilishini, har bir kitobxonning qalbidan joy olinishini ta'minlovchi vositadir. Badiiy adabiyot - inson ruhiti taftish etadigan, uning o'y-xayollarini o'qiy oladigan sanat turidir. Adabiyot- insonning ruhiy kechinma va iztiroblarini bir ipga chizib berishdek qudratga ega.
Men , badiiy adabiyot haqida gapirar ekanman, avvalo,Umarali Normatov ta'biri bilan aytganda : ,,... shaxs - insonlik darajasiga ko'tarila olgan zot '' ( U. Normatov ,,Tafakkur tadriji" 164-bet.) haqida to'xtalib o'tishni joiz deb bildim. Sababi, badiiy adabiyotda qanday mavzuga qo'l urilmasin, unda shaxs- inson manfaati birinchi o'rinda turadi. Shaxs bu hech kimga qaram bo'lmagan, o'zining mustaqil fikri, dunyoqarashiga ega zot. Unda tarki dunyo qilgan zohid tushunchasi yotmaydi.Shaxs o'zining ichki olami tan olgan tartibotni, tashqi olamga tatbiq etish orqali jamiyatga, insonlar hayotiga tub burilish, yangilanishlar olib kirishga urinayotgan kishidir. Shaxs o'zidagi xudbinlikni yorib chiqishni uddalay oladi va u yakka o'zi haqida o'ylashdan uyaladi, o'zgalar to'g'risida o'ylashga ehtiyoj sezadi.
Isajon Sultonning ,, Bibi Salima" hikoyasi qahramoni ,, Bibi Salima xuddi shunday o'ylayotgan, o'zgalar g'amini oz g'amining bir bo'lagi sifatida his qilayotgan qahramon.
... ,, Qarang-a niyatni xolis qila berish kerak ekan-da. Tavba o'shanda ozim uchun so'raganimda-yu, Xudoyim bir bizgagina berganida nima bo'lardi? Qo'ni-qo'shnining koziga qanday qarardik'',- deya xitob qiladi Bibi Salima. Butun asar mazmuni mana shunday o'quvchini asar boshidayoq qahramon qalbi bilan tanishtirar ekan, umrini halol, pok yashashga sarflayotgan, peshona teri bilan mehnat qilib luqmai halolini o'ziga va farzandlari vujudiga singdirayotganda Yaratganga shukronalik hissi bilan to lib - toshgan,bir sodda qalbli, haqiqiy musulmonchilik urf-odatlari bilan ulg'aygan o'zbek ayolining o'ziga xos qalbiga ro'baro' kelamiz.
Tandirchi ishini bitirib Bibi Salimaga qarab: ,, Duo qiling'',- deganida: ,, Yo'g'e erkak kishi turganida men duo qilamanmi? deb javob berishida millatimiz ayollariga xos iffat, itoatkorlik, or- nomusni yaqqol ko'ra olamiz. Bibi Salima 4 o'gil farzandning onasi, bularni yedirib- ichirish tashvishi qahramonni nojo'ya o'y- xayollarni ko'ngliga olishga sabab bo'lib qolganda Allohga tavba qiladi. To'g'rilik, halollik, tejamkorlik va mehnatsevarlik kabi gozal fazilatlar-u xususiyatlarni ozida jamlagan qahramonimizda e'tiqod mustahkam. Isajon Sulton Bibi Salima ichki dunyosini yaratar ekan uning qalbi naqadar sof va samimiyatga limmo- lim ekanligi, insonparvarlik xislatlarini yuksak darajada egallaganligiga o'quvchining o'zini guvoh qiladi. Bunda dialogdan foydalanmaydi. Qahramonning ichki dunyosini monologlarda ochib bera oladi. Adib qahramonni oz tashvishi bilan band, boshqalar taqdiriga befarq, oz dard-u hasrati bilan yashaydigan inson sifatida tasvirlashdan qochadi.
Xulosa qilib shuni ayta olamizki, Isajon Sulton aksar hikoyalarida insonning tirikligi, hayoti va bu dunyoga kelishdan maqsad ne ekanligini anglash inson uchun
goyat muhim vazifa ekanligini uqtiradi. Inson oz ,, meni'' orqali bu dunyoning o'tkinchiligini, olamdagi barcha ajoyibotlar-u, mushkulotlarning koinot uchun arzimas bir jo'n hodisa ekanligini anglab yetishiga turtki bera oladi.
REFERENCES
1. U. Normatov ,,Tafakkur tadriji"
2. Dilmurod Quronov ,,Adabiyotshunoslikka kirish"
3. Omonulla Madayev ,,Xalq og'zaki ijodi"
4. Isajon Sulton „Genetik".