Научная статья на тему 'EKOLOGIK TARBIYALASHDA XALQ OG'ZAKI IJODINING O'RNI VA PEDAGOGIK AHAMIYATI'

EKOLOGIK TARBIYALASHDA XALQ OG'ZAKI IJODINING O'RNI VA PEDAGOGIK AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3127
203
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Xalq og’zaki ijodi / maqol / ertak / topishmiq / milliy qadriyat / boy ma’naviy me’ros. / folklore / proverbs / fairy tales / riddles / national values / rich spiritual heritage.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — D. I. Tosheva

Ushbu maqola boshlang’ich sinflarda bolalarga ekologik ta’limtarbiya berishda xalq og’zaki ijodi namunalarining o’rni va ahamiyati haqida fikr bildirilgan. Ayniqsa ma’qol, topishmoq, tezyatish, ertak va boshqa xalq og’zaki ijodini boy ma’naviy merosining yoshlar ongiga, ualrning dunyoqarashini shakllanishiga ta’siri va ta’lim jarayonida kichik maktab yoshidagi bolalarga ularni yetkazib berish usullari haqida ma’lumot berib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND PEDAGOGICAL IMPORTANCE OF PEOPLE'S ORAL CREATION IN ECOLOGICAL EDUCATION

The article examines the role and significance of folklore in the ecological education of primary school children. In particular, the rich spiritual heritage of proverbs, riddles, accelerations, fairy tales and other folklore informs young people about the influence on the formation of their worldview and ways of passing them on to children of primary school age in the educational process. '

Текст научной работы на тему «EKOLOGIK TARBIYALASHDA XALQ OG'ZAKI IJODINING O'RNI VA PEDAGOGIK AHAMIYATI»

EKOLOGIK TARBIYALASHDA XALQ OG'ZAKI IJODINING O'RNI VA

PEDAGOGIK AHAMIYATI

D. I. Tosheva

Buxoro davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola boshlang'ich sinflarda bolalarga ekologik ta'lim- tarbiya berishda xalq og'zaki ijodi namunalarining o'rni va ahamiyati haqida fikr bildirilgan. Ayniqsa ma'qol, topishmoq, tezyatish, ertak va boshqa xalq og'zaki ijodini boy ma'naviy merosining yoshlar ongiga, ualrning dunyoqarashini shakllanishiga ta'siri va ta'lim jarayonida kichik maktab yoshidagi bolalarga ularni yetkazib berish usullari haqida ma'lumot berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Xalq og'zaki ijodi, maqol, ertak, topishmiq, milliy qadriyat, boy ma'naviy me'ros.

THE ROLE AND PEDAGOGICAL IMPORTANCE OF PEOPLE'S ORAL CREATION IN ECOLOGICAL EDUCATION

D. I. Tosheva

Teacher of Bukhara State University

ABSTRACT

The article examines the role and significance of folklore in the ecological education of primary school children. In particular, the rich spiritual heritage of proverbs, riddles, accelerations, fairy tales and other folklore informs young people about the influence on the formation of their worldview and ways of passing them on to children of primary school age in the educational process. '

Keywords: folklore, proverbs, fairy tales, riddles, national values, rich spiritual heritage.

KIRISH

Respublikamizning siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy yo'nalishlarini rivojlantirishda xalq ta'limi tizimini takomillashtirish, ayniqsa, boshlang'ich ta'lim bosqichi ish faoliyatini yuqori darajaga ko'tarish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki kelajagimizning taqdiri hozirgi kunda boshlang'ich ta'lim bosqichida ilm olayotgan o'quvchilarning tarbiyasiga bog'liqdir.

Tarbiyada xalqning milliy va ma'naviy qadriyatlariga suyanish, ular orqali 1-4-sinf o'quvchilarida milliy qadriyatlarni shakllantirish-o'ta dolzarb masalalardan biridir. Chunki bugungi kunda mafkuraviy poligonlarda yoshlar ongi va qalbi uchun kurash keskinlashgan bir paytda o'quvchilarni iloji boricha, maktab yoshidanoq tabiatni sevishga, unga to'g'ri munosabat bildirishga, insonparvarlik tuyg'ularini shakllantirishga o'rgatish bugungi kunning dolzarb masalasidir.

Mustaqillik, umuman, xalq qadriyatlariga, xususan, xalq og'zaki ijodiga bo'lgan munosabatda keskin ijobiy o'zgarish yasadi. Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimovning "O'zbekiston buyuk kelajak sari" asarining "Mustaqil O'zbekistonni rivojlantirishning ma'naviy-axloqiy negizlari" deb atalgan bo'limida:"O'zbekistonni yangilash va rivojlantirishning yo'li to'rtta asosiy negizga asoslanadi, - deyilgan. Bu negizlar:

- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

- xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

- insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; - vatanparvarlik."- deb belgilab qo'yilgan.

Qayd etilgan to'rt negizning har bittasi yo bevosita, yoinki bilvosita xalq og'zaki ijodi, ajdodlarimizning bizga qoldirgan ma'naviy boyligi - pand, o'gitlari, el-u yurt, xalq qadrini e'zozlash, milliy g'ururni himoya qilishdek oliy maqsad va g'oyalar bilan bog'lanadi.

Haqiqatan ham, xalq maqollari yordamida o'quvchilarning aql-idrokini o'stirish, ma'rifat ziyosidan bahramand qilish, umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash istiqlol talabidir. Buning uchun, avvalo, o'qituvchining o'zi ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo'lishi kerak. Bu uning zimmasiga juda katta mas'uliyat yuklaydi. Demak, bugungi o'qituvchi - ta'lim sohasini tubdan isloh qilishi, o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlaridan to'la xalos etishi, ta'lim-tarbiya jarayonini jahonning rivojlangan ta'lim darajasiga ko'tarishda faol ishtirok etishi bilan birga o'quvchilar qalbi va ongida tabiatga va atrof-muhitga to'g'ri munosabatni shakllantirishi muhim ahamiyatga ega. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, ekologik tarbiya dastlab oilada, bog'chada keyinchalik umumta'lim maktablarida dars mashg'ulotlari jarayonida xalq maqollari yordamida bilim olayotgan bolalarda shakllanadi. Ta'limning poydevori qanchalik mustahkam bo'lsa, o'quvchining ilmiy tafakkuri uning dunyoqarashi shunchalik rivojlanadi.

Jamiyatimizdagi yoshlarni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalashda tarbiyaning vazifalari keng va ko'p qirrali ekanligini unutmasligimiz kerak. Demak, qand ay odamni tarbiya qilish darkor, tarbiya natijasida inson qanday bo'lishi kerak, degan savollarni avvaldan tasavvur etish zarur. Bunda xalq og'zaki ijodi namunalaridan foydalanish orqali o'quvchilarda milliy qadriyatlarni tarkib toptirish katta ahamiyat kasb etadi. Bu

jamiyatning komil insonni tarbiyalashdek maqsadiga mos kelishi kerak. Xalq og'zaki ijodida keng talqin qilinadigan milliy qadriyatlar-insonparvarlik, bag'rikenglik, vatanparvarlik, mehmondo'stlik, ahillik, to'g'riso'zlik,tabiatni sevish va boshqalar o'zbek xalqi qadriyatlarining nozik kurtaklari bo'lib hisoblanadi. Ularni xalqimiz asrlar osha avaylab-asrab kelmoqda.

Mamlakatimizning kuch-qudrati manbayi ham uning milliy qadriyatlarga sodiqligidadir. Milliy qadriyatlar, o'z mohiyatiga ko'ra, xalqimizning asosiy maqsad va muddaolarini ifodalaydigan, uning o'tmishi va kelajagini bir-biri bilan bog'laydigan, asriy orzu-istaklarini amalga oshirishga xizmat qiladigan g'oyalar tizimidir.

ASOSIY QISM

Boshlang'ich ta'lim mazmuni milliy qadriyatlar materiallariga boy. Ko'plab darslik va qo'llanmalarga xalq og'zaki ijodi bo'lgan ertak, maqol, rivoyat, hadis, doston, qissa, afsona, topishmoq, folklor, xalq kuyi va qo'shiqlari kiritilgan. Ular o'z mazmuni mohiyatiga ko'ra yosh o'quvchilarda milliy odob-axloq madaniyati asoslarini shakllanishiga xizmat qiladi. Xalq og'zaki ijodi vositalaridan maqsadli va unumli foydalanish uchun boshlang'ich sinf o'qituvchilari yuksak pedagogik mahoratga ega bo'lmog'i lozim.

Umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarining ekologik madaniyatini shakllantirish quydagicha amalga oshirilishi maqsadga muvofiq: 1. O'quvchining hissiyotiga ta'sir etish;

2. O'quvchilar qalbida tabiatga atrof - muhitga muhabbat uyg'otish;

3. O'quvchilar ongida tabiatni muhofaza etish va u bilan oqilona munosabatni shakllantirish;

4. Ekologik ta'lim - tarbiyani olishni uzluksiz davom ettirish;

5. Ekologik madaniyatni shakllantirish va takomillashtirish;

6.Xalq pedagogikasida qo'llanilgan tarbiya usullaridan foydalangan holda ekologik tarbiya berish;

7.Olingan nazariy bilimlarni amalda qo'llash malaka va ko'nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Biz buning uchun atrofimizdagi olam va tabiatshunoslik darsliklari tarkibiga xalq og'zaki materiallarini kiritmog'imiz va yoshlarimizni boy ma'naviy merosimiz bilan qurollantirmog'imiz lozim.

Buyuk pedagoglar ham o'z faoliyati davomida yoshlarga xalq og'zaki ijod mahsulini o'zi ta'lim beradigan fan mashg'ulotlari jarayonida berib borishgan.Bu orqali ular yoshlarning ma'naviy merosini boyitgan. Misol tariqasida K.D.Ushinskiy o'zining ko'p yillik pedagoglik tajribasida, xususan, 1867-yilda bosilib

chiqqan "Ona tili" kitobida o'quvchilar og'zaki ijodi namunalaridan darsliklarga

didaktik material sifatida kiritish zarurligini ilmiy jihatdan asoslab bergan edi. Ayni bu ishni davrning ma'naviy ehtiyojidan kelib chiqib, o'zbek pedagoglaridan H.H.Niyoziy, S.Ayniy, Abdulla Avloniylar asoslab bergan edilar. Ular o'zlari yaratgan darsliklarda o'quvchilar og'zaki ijodi materiallariga alohida e'tibor bergan edi.

Bugungi kun ta'lim-tarbiyasi, istiqlol mafkurasi ana shu merosdan oziqlansa, uning eng yaxshi sahifalarini, qoidalarini qabul qilsa, o'z oldiga qo'ygan maqsad-vazifalarini sharaf bilan bajarishi mumkin. Chunki insonni har tomonlama tarbiyalash, kamolga yetkazish, ma'naviyatlarimizning ustuvor iymon-e'tiqodlarimizning butun bo'lishligini, qadrli qadriyatlarimizning qadrlanishi guvohidir.

Ta'lim-tarbiya jarayonini isloh qilish, uning mazmunini milliylashtirish va insonparvarlashtirish o'quv muassasalarining ustuvor yo'nalashlaridan biridir. Shuning uchun ham bu masalalarni hal etishda o'zbek xalq og'zaki ijodiyotining ta'lim-tarbiya sohasidagi o'rni katta. Ta'lim-tarbiya jarayoni aniq maqsadga ko'ra tashkil etishning asosiy shakllaridan biridir. Boshlang'ich sinflarda o'zbek xalq og'zaki ijodi namunalaridan kiritilgan o'quv fanlari va darsliklari ko'p. Bular o'qish, ona tili, odobnoma, musiqa kabi darslardir. Ushbu o'quv predmetlari dasturlari mazmuni o'zbek xalqining milliy, ma'naviy -axloqiy meroslariga boy. Aslida, avlod-ajdodlarmizni barkamol kishilar qilib tarbiyalab kelgan birinchi va to'ng'ich pedagog o'qituvchi xalqidir. U asrlar davomida bola tarbiyasi sohasida katta tajribaga ega, uning bugungi kundagi o'rni ham beqiyosdir.

MUHOKAMALAR VA NATIJALAR

Xalq og'zaki ijodi namunalaridan maqol haqida gapiradigan bo'lsak, ,,maqol" ibratli so'zdir. Maqol-shunday so'zki, so'zga husn beradi, fikrni tushunib olishni osonlashtiradi, uni yorqin, ta'sirchan qiladi. Shuning uchun ham maqol odamlar nutqida har doim hamroh bo'ladi. Kimki uni ko'p ishlatsa, o'shaning nutqini shirali deydilar va diqqat bilan eshitadilar. Maqolda gap ko'p. Maqol termini arabcha "qavlun"(aytmoq, gapirmoq) so'zidan olingan bo'lib, o'zbek tilida u xalq donoligining namunasi bo'lmish aforistik janrlardan birining atamasiga aylangan va ma'qul aytilgan so'z, gap yoki ibora ma'nolarini anglatadi. Uni "Otalar so'zi" ham deydilar. Bunday nomlash maqolni tushunishni osonlashtiradi. Haqiqatan ham, u ota-bobolarimizning qadim-qadimlardan ishlatib kelgan so'zlari. U xalqning, bir necha avlodlarning aql-u farosati hamda turmush tajribasining yakuni, ular donishmandligining mahsulidir.

Maqol xalq og'zaki ijodining ixcham shaklga, ammo chuqur mazmunga ega bo'lgan janrlaridan biri bo'lib, u xalqning ko'p asrlik hayotiy kuzatishlari, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy tajribalari asosida vujudga kelgan. Maqollar o'zlarining ijtimoiy-g'oyaviy funksiyalariga ko'ra, asosan keng xalq ommasining, ayrim hollarda esa ba'zi ijtimoiy tabaqa yoki guruhlarning dunyoqarashini ifodalaydi. Shu boisdan ham

maqollarning tematik ko'lami juda ham keng bo'lib, bu ko'lamni juz'iy hayotiy voqelik doirasi bilan chegaralab bo'lmaydi; ijtimoiy borliqning hech bir sohasi yo'qki, u maqollarda aks etmagan bo'lsin.

Bola ta'lim-tarbiyasida maqollarning o'rni katta. Ko'plab maqollarda ichki qofiya bo'ladi. Masalan: «omon» bilan «somon», «sulton» bilan «cho'pon» o'zaro ohangdosh, ya'ni qofiyadoshdir. Shu jihatdan ular topishmoqlarga o'xshab ketadilar. Maqol she'riy shaklda ham bo'lishi mumkin. Masalan:

Yer ichida oltin bor, Qaziy bersang topasan. Bog' ichida kumush bor Kovlayversang topasan.

Ya'ni bunda xalqni mehnat qilishga qanchalik yerga ishlov berib uni unumdor qilsangiz undan ser hosil olasiz va daromadingiz oshadi. Bog'dagi meva va sabzavotlar inson uchun koni foyda ekanligini ushbu she'riy maqol orqali xalqimiz ifodalab bergan.

Biz maqollardan foydalanish orqali bolalarning nafaqat dunyoqarashini balki so'z boyligini oshirasiz,ularni mantiqiy fikrlashga undaymiz. Maqollar fikrni lo'nda, aniq va obrazli bayon etishda nutqimiz uchun zaruriy vosita hisoblanadi. Shuning uchun ham V.G.Belinskiy xalq maqol va matallarini "poeziyaning mohiyati" deb hisoblagan edi.Maqolda o'sha xalqning tarixi, urf-odati, turmush tarzi, fe'l-atvori, ruhiyati butun borlig'i aks etadi. Bundan tashqari xalq maqollarida tabiatni asrash uni sevish, insonlar ham uning bir bo'lagi ekanligini uning bag'rida uashashi va unda kamol topishi haqida turli qarashlar mavjud.Masalan: Tabiatga boqsang boqadi , oltin isirg'a taqadi. Ya'niy inson tabiatga to'g'ri munosabatda bo'lsa tabiiy boyliklardan to'g'ri unumli foydalansa tabiat ham unga o'z marhamatini darig' tutmaydi. Shu kabi bir qancha maqollar mavjud:

Maqollar:

-Dehqon bo 'lsang shudgor qil, Mulla bo 'lsang takror qil.

-El hayoti yer bilan, Yer hayoti suv bilan.

-Yer haydasang kuz hayda, Kuz haydamasangyuz hayda.

-Javdar joyada tushsa bug 'doy bo 'lur, Bug 'doy joyiga tushmasa javdar bo 'lur.

-Yaxshi yil bahoridan ma 'lum, yaxshi kun saharidan ma 'lum.

-Yozningyomg'iridan qo'rq, qishning qirovidan .

-Kuzning bir kuni qishning bir oyini boqar.

- Qora bulutdan tiniq suv tomar

-Kuningdan bir kun qolsa ham ko'chat ek.

O'zbek xalqini tabiatni asrash bilan bog'liq qadriyatlari rang-barangdir. Jumladan o'simliklar olami va ularning inson salomatligi uchun shifo sifatida foydalanilishi, hatto ular yomon nazarlardan saqlaydi deb xonadonlar peshtoqida qo'yilishi ularga insonlar

tomonidan e'tiqod qilish ananalari ekologik qadriyatlarning bir ko'rinishiga aylangan. "Demak ayrim o'simlik, giyohlar va daraxtlarni timsollashtirib unda e'tiqodda bo'lish ekologik tarbiyaning eng qadimgi xalqona va ta'sirchan ko'rinishidir."

Boshlang'ich ta'lim mazmunini takomillashtirish bilan birga uning shaxs kamolotidagi ahamiyatini rivojlantirish, kichik yoshdagi o'quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ayniqsa, ularda tabiatga atrof olamga to'g'ri munosabatni shakllantirish barkamol avlodni voyaga yetkazishning bosh obyekti hisoblanadi.

O'zbek xalq og'zaki ijodi shaxslarda to'g'ridan to'g'ri tarbiyasiga ta'sir etish vositasi bo'lib xizmat qilgan va xizmat qilib kelmoqda. Mana shundan xalq og'zaki ijodidan yana biri bu tez aytishlar.

Tez aytishlar asosan bolalarni to'g'ri va tez talaffuz qilishga o'rgatadi. Bir xil tovushlarni, ayniqsa, undoshlarning har bir so'zda keltirilish, u yoki bu boladagi ayrim talaffuz kamchiliklakrini bartaraf etishga yordam beradi. mashqlar natijasida bolaning tili ravon, nutqi aniq va tushunarli bo'ladi. Tez aytishlar yoki so'z o'yinlari o'zbek xalq og'zaki badiiy ijodining kichik janrlaridan biri bo'lib, ayrim nutq tovushlarining ko'p qaytarilish yoki tovushlarnig so'z va iboralar tarkibida murakkab joylashishiga asoslangan. Tez aytishlar ham deyarli hamma xalqlarning og'zaki ijodlarida uchraydi. Tez aytishlar hajmi jihatdan kichik bir jumladan iborat yoki katta-bir necha jumlalardan iborat bo'lishi mumkin. Ularga misol tariqasida:

-Qishda kishmish pishmasmish, pishsa kishmish qishmasmish.

-Shirin sholg'om shirinmi, sholg'om shirin sholg'ommi.

-Qurilishga terak kerak, Demak, ekmoq kerak terak.

-Tolib turupni tarozida tortib topshirdi.

- Oltin o'tloq-oq o'tloq. Qishda kishmish pishmasmish, pishsa kishmish qish masmish.

Xulosa o'rnida aytmoq joizki tez aytishlar og'zaki nutq mashqi bo'lib, bolalarni biyron so'zlashga o'rgatish bilan birga, ularga estetik zavq beradi, fikrlash qobiliyatlarini o'stiradi, xotiralarini mustahkamlaydi.

Toshpishmoq-sirli, muammoli, tilsimli, tushuntirib bo'lmaydigan jumboq bo'lib, kishidan butun iroda, tasavvur va tushuncha, bilimlarini ishga solgan holda yechimini topishga undaydi. Qadimdan rivojlanib kelayotgan bu xalqimiz orasida, xususan, yoshlar o'rtasida eng ko'p tarqalgan janrlardan biridir. Bolalarning topqirligini tarbiyalash va zehnini o'tkirlashtirishda, fikrlash qobiliyatlarini o'stirishda topishmoqlar muhim ahamiyat kasb etadi. O'z xususiyatiga ko'ra topishmoq ikki va undan ortiq bolalar o'rtasida mustaqil fikrlash yo'li bilan qizg'in savol-javob usulida, tortishuvlar, bahslar orqali olib boriladi. Topishmoq bolalarni tobora ko'proq narsa va buyumlarni, tabiat va uning hodisalarini idrok qilishga yordam beradi.

Topishmoq.

-Qo 'shaloq tovoq ichi to 'la yog '.(Yong 'oq)

-Kichgina dekcha ichi to 'la mexcha. (Anor)

-Qo 'lsiz oyoqsiz eshik ochar.(Shamol)

-Joni bor jondan, Suv ichar qo 'ldan,Ko 'zlari nurdan, Terisi puldan. (Baliq)

-Gulsiz bo 'llar mevasi Shirin-shakar donasi. (Anjir)

-Tom ustida piyola, Ichi to'la gul-lola, Imo qilib chaqirsam, Uyaladi qiz bola. (oy va yulduz)

- "Yer tagida qizil qalpoq "(lavlagi) Xalq og'zaki poetik ijodidagi eng boy va rang-barang janrlardan biri ertakdir. Xalq tomonidan yaratilgan ko'plab ertaklarda bolalaming o'ziga xos hayoti chetlab o'tilmagan. Hatto, turli yoshdagi bolalar uchun juda ko'p maxsus ertaklar yaratilgan. Ertakning muhim xususiyatlaridan biri uning hamisha xalq hayoti, kurashi, tarixi, ruhiy olami, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan chambarchas bog'lanishi insonlarga axloqiy va ma'naviy yo'ldosh bo'lib kelishidadir. Ertaklar insonning ma'naviy va jismoniy kuchiga ishonch mhi bilan sug'orilgan bo'lib, ijobiy kuchlar tabiat va ijtimoiy hayotda o'ziga dushman bo'lgan kuchlaTga qarshi kurashda doimo g'olib chiqadi. Xalq ertaklarida uni yaratuvchilarning dunyoqarashi, axloq normalari va boshqa ijtimoiy muhim masalalar odilona hal etiladi. Ertaklar sodda va tushunarli bo'lgani uchun har qanday kitobxonga tez etib boradi. Ular orqali ham insonnnig ijtimoiy axloq normalari shakllanadi. Bu hol ayniqsa, hayvonlar haqidagi ertaklarda aks etgan. O'tmishda yaratilgan ertaklarda xalqchilik kurashi o'zining haqqoniy badiiy ifodasini topgandir. Xalqning kelajakka bo'lgan komil ishonchi, adolatning adolatsizlik ustidan g'alabasi, yorug'likning zulmatni yengishi, ozod va baxtiyor hayotga erishish g'oyalari yorqin obrazlar orqali tasvirlangan. Xalq ertaklari o'z xususiyatlariga ko'ra bir necha turga bo'linadi: hayotiy ertaklar, hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli-afsonaviy ertaklar, ijtimoiy-maishiy ertaklar.

Shulardan hayvonlar haqidagi ertaklarga: ,,Echki va uning bolalari", ,,Aqlli sichqon ", ,,Qaysar uloqcha", ,,Ikki do 'st", ,,Tulki va turna " va boshqalar.

Ertak va dostonlarning tarbiyaviy ahamiyati kattadir. Ular bolani har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. O'zbek oilasida ertak eshitmay ulg'aygan yoshlarni tasavvur etish qiyin. Buni tarixda o'tgan ilm-fan vakillari, shoir va adiblar, jamoat arboblari e'tirof etadilar. Jumladan, H. Olimjon bolalik chog'larida tinglagan ertaklari va uning ta'sir kuchini xotirlab o'tgani ko'pchilikka ayon. Ertak va dostonlarning tarbiya uchun muhim tomoni shundaki, unda xalq og'zaki ijodidagi topishmoq, maqol, qo'shiq kabi janrlar jamlangan bo'lib, ular pedagog g'oyalarning mukammalroq, ta'sirchan bo'lishini ta'minlaydi. Ertak va dostonlarda bola tarbiyasining nafaqat axloqiy, balki jismoniy, aqliy kamolot, ilm va hunarga muhabbat,

mehnatsevarlik, ma'naviy sifat va nafis didlarning tarkib topishiga oid ko'pdan-ko'p pedagogik materiallarni uchratish mumkin.

O'quvchilarni o'zbek xalq og'zaki ijodiyotiga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashda quyidagi usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir: suhbat, hikoya, tushuntirish, namuna ko'rsatish, taqlid, odatlantirish, o'rgatish, mashq, o'yin, iltimos qilish, tilak-istak bildirish, maslahat, undash, ma'qullash, rahmat aytish, duo qilish, olqish kabilardir. Undan tashqari xalqimizda keng qo'llaniladigan tarbiya usullariga ta'qiqlash, ta'na (gina, o'pka), qarg'ish, qo'rqitish, uzr so'rash, la'natlashlarini ham kiritish mumkin.

O'zbek xalq og'zaki ijodi o'zbek xalqining sarchashmasi hisoblanib keladi. Shuning uchun ham, insoniyat alla, qo'shiqlar, afsonalar, ertak, dostonlarda, o'zining yuksak orzu-umidlari, zavq-shavq va kurashlarini ifodalagan. Xalq og'zaki ijodi o'zining mazmunan rang-barangligi, yuksak g'oyalar bilan yo'g'rilganligi xalq turmushi, mehnati, xullas, xalq hayotining barcha tomonlari bilan uzviy bog'liqligi bilan ham g'oyatda e'tiborlidir.

XULOSA

Shuni aytish kerakki, xalq og'zaki ijodiyotining namunalari yordamida, o'quvchilar xarakter jihatdan o'zaro farqlanib turadilar. Ularning ba'zilarida o'ylamasdan, mayllar va tasodifiy sabablar ta'sirida harakat qilishlar uchrab turadi. Buning asosiy sababi mazkur yoshdagi bolalar yosh bo'lgani tufayli xatti-harakatlarini idora qila bilmasliklari va tashqaridan faol ta'sir etadigan vaziyatdan kelib chiqishi mumkin.

«Avesto»da inson mehnati moddiy noz-ne'matlarni yaratish manbayi (qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish hamda turmush sharoitini yaxshilash nazarda tutiladi) bo'lganligi uchungina mehnat qilishga da'vat etilmaydi. Bunda mehnat axloqiy tarbiyaning asosiy vositasidir. Ezgulik yaratish uchun kishi mehnat qilishi, o'z qo'llari bilan moddiy boylik yaratishi zarur. Ishyoqmaslik esa barcha noxushchiliklarni keltirib chiqaruvchi sababdir. Binobarin, Zardusht ta'limotiga ko'ra, dehqonchilik mehnati ezgulik va farovonlik namoyon bo'lishining asosiy shakli bo'lib, Axura Mazda shariatida mujassamlashgan qonunga bo'ysunishdir. «Don ekkan kishi ezgulik urug'ini mustahkamlaydi». Bu qonunning bajarilishi o'z ahamiyatiga ko'ra 10 ming duo o'qish, izlab qurbonlik qilishdan a'lodir, ekin ekmoq yovuzlikni yer izidan tugatmoq demakdir. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin: birinchidan, insonda oliy mavjudot sifatida mehnat qilish, moddiy noz ne'matlar yaratish va ishlab chiqarish qobiliyati mavjud. Inson bu qobiliyatini ishga solmas ekan, u insoniy qiyofasini yo'qotadi vahshiylashadi, yovuzlashadi. Ikkinchidan, mehnat insondagi saxiylikni ko'rsatadi, uning ma'naviy xatti-harakatini va xulq-atvorini baholashda asosiy o'lchov mezoni bo'lib xizmat qiladi.

Boshlang'ich ta'limni olgan har bir zardushtiy ta'lim yakunida qasamyod qabul qilgan.,,Avesto"da keltirilgan shogird qasamiyodi diqqatga sazovordir "Toki jonim bor

ekan , toki qudratim qoim ekan, o'z xohishim va yo'lboshchilarim amr-irodasi bilan ezgulikni istayman" Ko'rinib turibdiki buyuk kelajakka intilayotgan mustaqil respublikamizning ertasi bo'lgan yoshlarni tarbiyalash jarayonida ham ajdodlarimizning boshlang'ich ta'lim bosqichida qo'llagan pand-nasihatlari, o'gitlar va hikoyalar sifatidagi qarashlari va fikrlaridan foydalanish maqsadga muofiqdir. Milliy g'oyamizning asosiy maqsadlaridan biri ham-har tomonlama barkamol insonni tarbiyalashdan iborat.

Demak, turli-tuman ko'rinishdagi xalq og'zaki ijodida ko'p asrlar mobaynida xalq tomonidan ulug'langan qadriyatlar, urf-odatlar, fazilatlar o'z aksini topadikim, ushbu kuchli vosita asosida o'quvchilarga milliy qadriyatlarni singdirish ijobiy samaralarni beradi.

REFERENCES

1. Umurova, M. Y., & Nurullaeva, N. K. (2020). ТЕОРИЯ И МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ И ВОСПИТАНИЯ (ПО ОБЛАСТЯМ И УРОВНЯМ ОБРАЗОВАНИЯ). Проблемы педагогики, 40.

2. Yorievna, U. M. R., & Karimovna, N. N. (2020). Innovative approach to the development of musical abilities in children with disabilities health opportunities. Проблемы педагогики, (2 (47)).

3. Yoshiyevna, U. M. R., & O'G'Li, R. A. R. (2021). MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA "VENA KLASSIK MAKTABI" NAMOYONDALARI HAYOTI VA IJODIYIY FAOLIYATI BILAN TANISHTIRISH USLUBLARI. Scientific progress, 1(3).

4. Yoshiyena, U. M. (2020). THE IMPORTANCE OF USING PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN SPECIAL EDUCATIONAL SCHOOLS. Вестник науки и образования, (22-2 (100)).

5. Rajabov, A. (2020). The development of music and instrumental performance in Central Asia. International Journal of Applied Research, 6(5).

6. Radjabov, A., & Kenjabonu, T. (2021). CONTENT OF PREPARATION OF STUDENTS FOR DEVELOPMENT IN ACCOUNT PROCESS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 1(01), 54-61.

7. Ражабов, А. Ш. (2020). Дирижированда, хор и управлeниe им. Вестник науки и образования, (21-2 (99)).

8. Yarashev, J. T. (2019). Research on Bukhara music heritage through axiologic features. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

9. Yarashev, J. Т. (2013). "Bukhorcha" and "Mavrigi" song classes-as a national and noetic spiritual values of the Uzbek nation. ТРАДИЦИОННАЯ И СОВРЕМЕННАЯ КУЛЬТУРА: ИСТОРИЯ, АКТУАЛЬНОЕ ПОЛОЖЕНИЕ, ПЕРСПЕКТИВЫ, 114.

10. Yarashev, J. (2019). Artistic and Aesthetic Features of' BuchofTune. Eastern European Scientific Journal, 118-122.

11. ОЛИМОВ, Ш. Ш., & ХОДЖИЕВА, М. Ш. (2020). Возможности применения педагогических технологий в образовательном процессе. In Молодежь и XXI век-2020 (pp. 228-231).

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

12. Ходжиева, М. Ш. (2020). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ АКСИОЛОГИЧЕСКОГО ПОДХОДА К ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Научный журнал, (9 (54)).

13. Tuyevich, K. В., & Shukurovna, K. M. (2020). COMMUNICATION AND DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL CULTURE OF THE FUTURE TEACHER. Вопросы науки и образования, (35 (119)).

14. Suleymanovna, E. L., & Shukurovna, K. M. PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF DEFINING A CHILD'S READINESS FOR LEARNING.

15. Tosheva, D. (2016). National-cultural outlook onto the zoonym component aphorisms. Journal of Social Sciences and Humanities Research, 4(03), 22-25.

16. Toshova, D., Tosheva, D., Hamidova, D., & Toshova, S. (2019). IMPROVING EARLY LEARNING: DIVERSITY AND TRANSITIONS OF SCHOOLS, TEACHERS AND CLASSES. Theoretical & Applied Science, (7), 109-119.

17. Абдуллаев, К. Ф., & Жураев, Б. Т. (2020). ФОРМИРОВАНИЕ ПРАВИЛЬНОЙ ОСАНКИ РЕБЕНКА В СЕМЬЕ. Вестник науки и образования, (21-3 (99)).

18. Жураев, Б. Т. (2020). ВОПРОСЫ НРАВСТВЕННОГО И КУЛЬТУРНОГО ВОСПИТАНИЯ В ЭПОХУ САМАНИДОВ (НА ПРИМЕРЕ ТВОРЧЕСТВА АЛ-БУХАРИ И АЛ-ФАРАБИ). In Современное общество: актуальные проблемы и перспективы развития в социокультурном пространстве (pp. 66-71).

19. Жураев, Б. Т. (2020). ПАМЯТНИКИ БУХАРЫ-ИСТОЧНИК ВОСПИТАНИЯ МОЛОДОГО ПОКОЛЕНИЯ. Проблемы современной науки и образования, (11 (156)).

20. Жураев, Б. Т. (2020). ВОПРОСЫ НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ В ЭПОХУ САМАНИДОВ. Наука, техника и образование, (3 (67)).

21. Y, J. (2018). Мусикий таълимда аксиологик ёндашув. Педагогик майорат, (10), 230-232.

22. Р, А. (2019). Укувчиларда мусикий тассаввур шаклланишининг психологик асослари. Педагогик махорат, (6), 129-132.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.