Научная статья на тему 'QAHRAMONLIK DOSTONLARINING O’ZIGA XOSLIGI: MILLIY RUH VA AN’ANALAR'

QAHRAMONLIK DOSTONLARINING O’ZIGA XOSLIGI: MILLIY RUH VA AN’ANALAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
14389
391
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
epos / doston / baxshi / Alpomish / marosim / marosim folklori / syujet / poetik struktura / an’ana / ta’lim jarayoni / o’zbek xalq dostonlari / nomoddiy madaniy meros. / epic / epic / bakhshi / alpomish / rite / ritual folklore / plot / poetic structure / tradition / educational process / Uzbek folk epic / intangible cultural heritage.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Maxbuba Baxshilloyevna Sharipova, Gulshoda Fazliddin Qizi Ravshanova

Maqolada qahramonlik dostonlari avlodlarni kamolatga yеtaklovchi milliy tarbiya manbai ekanligi, unda xalqning hayoti, kurashi, orzu-umidlari ifoda etib qolmay, avlodlarni kamolotga yеtaklovchi tarbiya vositasi ekanligi haqida fikr ifoda etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF HEROIC FRIENDS: NATIONAL SPIRIT AND TRADITIONS

The article discusses that heroic epics are the source of national education leading to the maturity of generations, not only expressing the life, struggle and dreams of people, but also a means of education leading to the maturity of generations.

Текст научной работы на тему «QAHRAMONLIK DOSTONLARINING O’ZIGA XOSLIGI: MILLIY RUH VA AN’ANALAR»

QAHRAMONLIK DOSTONLARINING O'ZIGA XOSLIGI: MILLIY RUH VA

AN'ANALAR

Maxbuba Baxshilloyevna Sharipova Gulshoda Fazliddin qizi Ravshanova

BuxDU Maktabgacha ta'lim kafedrasi Maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabasi o'qituvchisi

ANNOTASIYA

Maqolada qahramonlik dostonlari - avlodlarni kamolatga yеtaklovchi milliy tarbiya manbai ekanligi, unda xalqning hayoti, kurashi, orzu-umidlari ifoda etib qolmay, avlodlarni kamolotga yеtaklovchi tarbiya vositasi ekanligi haqida fikr ifoda etilgan.

Kalit so'zlar: epos, doston, baxshi, Alpomish, marosim, marosim folklori, syujet, poetik struktura, an'ana, ta'lim jarayoni, o'zbek xalq dostonlari, nomoddiy madaniy meros.

CHARACTERISTICS OF HEROIC FRIENDS: NATIONAL SPIRIT AND

TRADITIONS

ABSTRACT

The article discusses that heroic epics are the source of national education leading to the maturity of generations, not only expressing the life, struggle and dreams of people, but also a means of education leading to the maturity of generations.

Keywords: epic, epic, bakhshi, alpomish, rite, ritual folklore, plot, poetic structure, tradition, educational process, Uzbek folk epic, intangible cultural heritage.

Xaql qahramonligi dostonlari har bir satrida milliy mafkura, milliy g'oya va milliy qadriyatlarimizni, xalqning baxtli yashash to^risidagi ideal orzu istaklarini ifodalagani sababli har bir avlod tomonidan qiziqib, ishtiyoq bilan tinglangan va har avlodning tafakkur dunyosi bilan boyitilgan holda keyingilariga asrab avaylab otkazilgan. Oz xalqiga, uning an'analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, oz xalqini millatlarning butun jahon hamjamiyatida tenglardan biri sifatida idrok qiluvchi haqiqiy insonni, oz Vatanining jonkuyarini tarbiyalash mumkin emas. Demak, oz Vatanining jonkuyari bo'lgan haqiqiy insonni kamolga yetkazish uchun biz uzoq asrlik milliy an'analarni o rganishimiz va milliy hamda umuminsoniy g'oyalarni, qadriyatlarni bugungi avlod ongiga singdirishimiz darkor. Bu esa oz-ozidan xalq og'zaki badiiy ijodiga, xususan, eng yirik epik janr bo'lgan dostonlarga ham murojaat etishni taqoza qiladi.

Har qaysi millatning o'z afsonaviy qahramonlari o'zi sevib ardoqlaydigan pahlavonlari bo'ladi. Xalqimiz azaldan o'z vujudi, tomirida mavjud ilohiy qudratga minosib bo'lmoqqa intilib, o'z o'g'lonlarini mardlik, halollik va jasurlik ruhida, el - yurt uchun jonini ham ayamaydigan asl pahlavon etib tarbiyalab kelgan. Shu ma'noda xalq og'zaki ijodining noyob durdonasi bo'lmish "Alpomish" dostoni millatimizning o'zligini namoyon etadigan, avlodlardan-avlodlarga o'tib ketayotgan qahramonlik qo'shig'idir. Agarki xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tugamas bir dostoni bo'lmog'i "Alpomish" ana shu dostonning shohbayti.

Xalq og'zaki ijodiga e'tibor qaratayotganligi bejizga emas. Chunki xalq og'zaki ijodi ta'lim-tarbiya sohasining asosini tashkil etadi. Shu jumladan, ertaklar ham yuksak ma'naviyatli barkamol yoshlarni tarbiyalashda muhim manba sanaladi.

Millatni anglash uchun uning ruhiyatini bilish lozim. «Alpomish» dostonida o'zbekning ruhiy olamini anglatish jihatidan tengsiz badiiy obidadir. Chunki, asarda o'zbekka xos o'ylash tarzi, ta'sirlanish yo'sini, qarorga kelish tutumi g'oyat nozik ilg'ab olingan. Juda ko'pchilik folklorshunoslar, odatda, markazlashgan davlat tuzish, bo'lingan yurtni birlashtirish, sevgi-muhabbat mavzulari —Alpomish dostonining sujet rivojini ta'minlaydi deb tushuntirishadi. Bizning nazarimizda esa doston markazida ma'rifatsizlik, johillik va uning inson taqdiriga ta'siri turadi. Asar qissadan hissa chiqarish uchun emas, balki —qissaning o'zi ko'lamli, miqyosli, yirik, ta'sirli bo'lgani uchun aytilgan. Chindan-da, —Alpomish yaratilmagan, balki aytilgan yoki kuylangan. Chunki, doston qahramonlariga xos tuyg'ular, sezimlar, kechinmalar buyuk turkiylarning tomirida, qonida azaldan mavjud edi. Turkiy xalqlar tomonidan kechirilgan, tuyulgan, hozirda ham qonda kezib yurgan ma'naviy amallar, hodisalar uning ko'nglida, —tili uchidall turgandi. O'sha kuylab yuborildi. Alpomish taqdirini kuylash zarur edi. Kuylamaslik ilojsiz edi. Alpomish dostonida xalqimizga xos xislatlar yoritilgan bo'lib, uni o'quvchilarga boshqa xalq og'zaki ijodi namunalari bilan solishtirib tushuntiriladi. Xalqimizga xos xislatlar biri - bu o'z quvonchiga atrofdagilarni ham sherik qilish ekan. Alpomish dostoniga o'quvchilarda yanada qiziqishni orttirish maqsadida o'qituvchi dostonning xalqimiz tarixida naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini aytib o'tishi lozim. Dunyodagi qabila, urug', elat tarixda alohida xalq sifatida shakllanar ekan, bu jarayon, avvalo, qahramonlik eposi hisoblangan maxsus yirik, epik asarda badiiy ifodasini topadi. Professor Bahodir Sarimsoqov dostonimiz o'zbekning birlashuvi, mustaqil xalq sifatida paydo bo'lishida qanday o'ringa ega ekanini ta'riflab, shunday deydi: —Dastlab qabila, so'ngra elat eposi sifatida vujudga kelgan «Alpomish» dostonida keyinchalik o'zbek xalqining qahramonlik eposi sifatida tan olindi. Haqiqatan ham, doston matnidan juda ko'p o'tmish hayot belgilari o'rin olgan bo'lib, ularni izohlash natijasida asarning xalq qahramonlik eposi ekaniga to'la ishonch hosil qilamiz. Gap shundaki, uzoq o'tmish zamonlarda biron yurtning mustaqilligi va daxlsizligi u yurtga qaram bo 'lgan qaysidir

mamlakatning boyligi bilan ham o'lchanardi. Xalq ertaklari va dostonlarida asar qahramonining biror yurtga qilgan safari o'sha yurtni o'ziga qarashli bo'lishini xohlashi bilan bog'liq ekan, bu masalaga alohida bosqinchilik siyosatini aralashtirish to'g'ri emas. Bu o'rinda ko'proq o'z yurtining mustaqilligini ta'minlash istagi kuchli ekanini ta'kidlash ma'qulroq bo'ladi. Shuning uchun «Alpomish» ijodkorlari atayin Boysaridagi o'jarlik xususiyatini bo'rttirib ko'rsatadilar va shu bilan uning Qalmoq yurtida qolishini asoslaydilar. Aslida esa Boysarining o'zga elda qolishi Alpomishning ikkinchi safarini asoslaydi. Qizig'i shundaki, Alpomish qalmoq eli podshosi Toychixonning mamlakatini to'g'ridan-to'g'ri bosib olmaydi. U Boysariga o'tkazilgan zulm, o'ziga nisbatan amalga oshirilgan xiyonat uchun Toychixonni jazolaydi. Alpomishning bu tutgan yo 'li o'zbek yigitining adolat yo'lida hech ikkilanmay, har qanday xavf-xatarga tayyor ekanligini ifodalaydi. Ayni paytda, Alpomish qalmoqlar (Kashal) yurtiga o'zining odamini podshoh qiladi. Shu asnoda, u go'yo o'z yurtining mustaqilligi uchun kurashgan bo'lib chiqadi. Dono xalqimizning har bir tadbiriga ana shunday, bir qarashda ko 'zga ko'rinmaydigan yechimlar vositasini topish mahoratiga ham qoyil qolsa bo'ladi. Alpomishning o'z yurtiga qaytishi va Qo'ng'irot -Boysundagi adolatsizlikka chek qo'yishi tabiiy bir xulosa sifatida baholanishi mumkin. O'qituvchi «Alpomish» dostonida juda ko'p lavhalar bir qarashda ahamiyatsizdek bo'lib ko'rinsa-da, aslida xalq ular vositasida o'zining turmush tajribalarini ifodalaganligini ta'kidlab o'tmog'i hamda misollar bilan tushuntirib ketmog'i lozim. Masalan, Barchinoydan Alpomishga kelgan xatni Boybo'ri berkitib qo'yadi. Bu bilan Boybo'rining o'zi boshlagan yo'ldan, ya'ni Barchinga o'g'lining uylanishi va Boysunning o'z vataniga qaytishidan voz kechgani ko'rsatiladi. Voqea rivojida Qaldirg'och hal qiluvchi vazifani bajara boshlaydi. U Barchinning xatini tasodifan sandiqdan topib oladi va akasini o'z qaylig'ini olib kelish safariga otlantiradi. Bunday safar xalq qahramonlik eposining asosiy xususiyatlaridan biri sifatida baholanadi. Alpomish qalmoqlar yurtiga borganida, Barchinning to 'qson alp oldiga qo'ygan shartini bajaruvchilardan biriga aylanadi. Masalan, uning Boychibor oti poygadagi to'rt yuz to'qson to'qqizta otga qo'shilib, besh yuzinchi tulpor bo'lib Barchin uchun boshlangan musobaqada qatnashadi. Bu bilan xalq Alpomishning hammadan baquvvat, hammadan mergan, hammadan afzal ekanligini amalda ko'rsatadi. Shuning uchun oti poygada g'olib kelganidan so'ng u yoy tortish, tanga pulni ming qadamdan urish va to'qson alp bilan kurash tushish sinovlarida qatnashib o'zini ko'rsatadi. Bu sinov ham qahramonlik eposi xususiyatlariga mos keladi. Dostondagi Barchinoy bilan bog'liq voqealar baxshilar tomonidan alohida mehr bilan tasvirlangan. U zukkoligi, tadbirkorligi jihatidan Alpomishdan qolishmaydi. Surxayl kampirning o'g'illari Barchinoyni zo'rlik bilan xotinlikka olmoqchi bo'lganlarida, qiz alplardan birini ko'tarib yerga shunday uradiki, polvonning og'zidan ko'pik sachrab ketadi. Shundan so'nggina alplar Barchinoyga Alpomishni kutish uchun olti oy muhlat berishga majbur bo'ladilar. Dostonda yana shunday bir lavha borki, unda

Qaldirg'ochning bir so'zligi oqibatida keyingi voqealar davom etadi. Qaldirg'och sandiqdagi maktubni topib, Alpomishni Barchinni olib kelishga undaydi. Ammo Alpomish yoshligi tufayli Qultoydan ot ololmaydi. Chorasiz qolgan Alpomish Qalmoq yurtiga borishdan voz kechadi. Ana shu paytda Qaldirg'och akasining oriyatiga tegadigan gaplar aytadi va unga dalda beradi. Shundan so'nggina Alpomish Boychiborga ega bo'lib, safarga otlanadi. Ma'lum bo'ladiki, dostondagi voqealar rivojining eng nozik nuqtasida Qaldirg'ochning aralashuvi Alpomishga kuch bag'ishlaydi. O'qituvchi ayni shu o'rinda o'quvchilarga Barchinoy va Qaldirg'och obrazlari orqali tasvirlangan o'zbek ayoliga xos bo'lgan mardlik, jasorat kabi fazilatlar, ornomus va vijdon masalasi xalqimizda azaldan qadrlanganligini hamda hozir ham qadrlanishini, o'zbek ayollari ana shunday xislatlari bilan hurmatga loyiq ekanliklarini tushuntirishi lozim. Dostonni to'liq o'qib chiqsangiz, o'zbek xalqining qadim zamonlardan buyon o'ziga xos fazilatlarga ega ekaniga guvoh bo'lasiz. Jumladan, dostonda har qanday mushkul vaziyatda ham inson o'z aql-idrokini yo'qotmasligi, biror qarorga atroflicha mulohaza yuritgan holda kelishi lozimligi uqtiriladi. Insondagi mardlik va jasorat alohida qadrlanadi, aytilgan so'zning qimmati yuqori baholanadi. Zero, o'z so'zining ustidan chiqadigan mard insongina bunday fazilatlarning qadriga yetishi mumkin. Dostonning tasvir yo'sini rangin. Undagi bironta obraz ham jo'n, oddiy tasvirlanmagan. Jumladan, hatto Boysari obrazi ham tasvir vaziyatiga qarab turli ko'rinishlar kasb etadi. U hamisha faqat mantiqqa zid o'jarlik bilangina band emas. Boysari tadqiqotchilar shu vaqtga qadar da'vo qilganlari kabi faqat o'zini o'ylaydigan, o'jar odamgina emas, nomus tuyg'usi o'tkir, otalik mas'uliyatini chuqur his qila biladigan shaxs ham. Bu jihat obrazning quyidagi so'zlarida to'liq namoyon bo'ladi: Tong otgancha muhlat olib turaman, Qalmoqlarga qizim qanday beraman?! Yuragim to'lgandir diydai g'amda, Barchinoydi o'z tengiga qo'shmasam, Mashhar kuni Barchin qo'li yoqamda...

Dostonda haqiqiy o'zbek yigitining timsoli bo'lgan Alpomish - ulkan vujud, beadad kuch, shunga yarasha, chegarasiz sabr egasi. O'zbekning pahlavoni ilmoqli gapni ya'ni, o'zini narmoda deyilmish haqoratga daxldor ko'rmaydi, bu sifatni o'ziga aslo yaqinlashtirmaydi. Qaldirg'ochning akasiga javobida o'zbek ayoliga xos eng nurli jihatlar yorqin namoyon bo'ladi:

Har kim o'z elida bekmi, to'rami, Narmodalar sendan kamroq bo'lami?! Mardning yori toy-talashda qolami?! Mard bo'lib maydonli kunda yurmagan, Yilqichidan bedov siylab minmagan,

Xulosa qilib aytganda, «Alpomish» dostonida yurt sog'inchini o'zida mujassamlashtirgan, ona Vatanga muhabbat, do'stga va yorga sadoqat kabi tuyg'ularni go'zal badiiy lavhalarda ifodalay olgan xalqimizning sevimli dostonidir. O'qituvchi o'zbek xalq dostonlari orasida «Alpomish» xalqimizning ko'pgina xislatlarini o'zida mujassam etganligi bilan alohida ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlab, undagi o'zbek xalqiga xos xususiyatlarni birma-bir sanab bermog'i maqsadga muvofiqdir: ona Vatanga bo'lgan muhabbat, el-yurtga cheksiz sadoqat; mehmondo'stlik va mehmon kutish odoblari; jo'mardlik va halollik; yoshi ulug', keksa insonlar(hatto ular qul bo'lsa ham)ga hurmat va ularning doimo qadrlanishi; ayollarning e'zozlanishi; do'st va yorga vafo-sadoqat tuyg'ulari; ishq-muhabbat va do'stlik kabi tuyg'ularning qadrlanishi ifoda etilgan. O'qituvchi dostonni o'tish jarayonida asarning mana shu tomonlariga alohida e'tibor qaratishi, asarning tarbiyaviy jihatini ochib berishga ayricha aha miyat berishi kerak. Zero, qahramonlik dostonlarida o'ziga xos milliy ruh va an'analar, yuksak madaniyat, go'zal urf-odatlar, o'lmas qadriyatlar,betakror marosimlar barhayotligidan, hali yana asrlar davomida yashagidan dalolatdir.

REFERENCES

1. Uraeva, D. S., Sharipova, M. B., Zaripova, R. I., & Nizomova, S. S. (2020). THE EXPRESSION OF THE NATIONAL TRADITIONS AND BELIEFS IN UZBEK PHRASEOLOGICAL UNITS. Theoretical & Applied Science, (6), 469-472.

2. Рахимов Ф. Б., Шарипова М. Б. МЕСТО ИННОВАЦИЙ В РЕШЕНИИ СОВРЕМЕННЫХ ПРОБЛЕМ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ //Academy. -2020. - №. 5 (56).

3. Шарипова М. Б., Садуллоева М. Б. К. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1 (46)

4. Шарипова М. Б., Мустакимова Г. А. Наследие мыслителей в эстетическом воспитании учащихся начальной школы //Вестник магистратуры. - 2019. - №. 105. - с. 48-49.

5. Sharipova M. B., Nizomova S. S. THE ARTISTIC IMAGE OF THE IMAGE OF" WATER" IN THE POEM //УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА. - 2018. - №. 11. - С. 75.

6. Шарипова М. Б., Муродова Ш. Ш. ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ» //Научный журнал. - 2020. - №. 9. - С. 3234.

7. Шарипова М. Б. и др. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1. - С. 24-25.

8. Baxshilloyevna M. S., Shuhratovna M. S. Description and interpretation of wedding customs in the epic" Alpomish" //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 11.

9. Sharipova M. " Alpomish" dostoni-o'zbek xalqi tarixi badiiy ifodasi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

10. Sharipova M. O'quvchi yosЫar tarbiyasida o'lmas an'ana va maшsimlarшng ahamiyati //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. иг). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

11. Sharipova M. Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi (" Alpomishм dostoni misolida) //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. иг). -2020. - Т. 1. - №. 1.

12. Sharipova M. O'lmas an'ana va maшsimlar-ma'naviyatimLzшng nodir xazinasi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. иг). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

13. Ахмедова М. Ш., Шарипова М. Б. ВОСПИТАНИЕ РЕБЕНКА НА ОСНОВЕ НАРОДНЫХ ТРАДИЦИЙ //Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч. - 2016. - С. 118.

14. Шарипова М. Б., Истамова З. Особенности этического воспитания детей дошкольного возраста //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 39.

15. Шарипова М. Б., Саьдуллаева М. Б. К. РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 6 (51).

16. Шарипова М. Б., Ашурова Ф. А. Межличностные отношения в дошкольном возрасте //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 35.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.