ISAJON SULTON HIKOYALARIDA BO'RI OBRAZI
Zoyirova Diyora Samarqand davlat universiteti magistranti (O'zbekiston)
Annotatsiya. O'zbek adabiyotida bo'ri obraziga murojaat turli shakllarda namoyon bo'lgan. Xalq og'zaki ijodi namunalariga nazar tashlasak bo'ri turlicha talqin qilinadi .Ba'zi manbalarda baxt keltiradi deyilsa,ertaklarda qonxo 'rlik ramzi sifatida talqin qilinadi. Badiiy adabiyotdagi ko 'pchilik majoziy obrazlar folklordan,asosan,xayvonlar xaqidagi ertaklardan olingan.
Majoz turli janrlarda,ayniqsa, masal,ramz,rivoyat,xajv,parabola va boshqalarda keng qo 'llanadi. Xam nasr, xam nazmda keng qo'llanib kelinayotgan majoziy obraz tasviridan yozuvchi Isajon Sulton xam ustalik bilan foydalangan.
Ma'lumki, dunyo xalqlari, jumladan, turkiy xalqlar va ularning bir qismi bo'lgan o'zbek xalqi orasida ham bo'ri totemi va bo'ri kultiga ishonch keng ommalashgan. Bo 'rining muqaddaslashtirilishi tarixi, bu jonivor xalq ishonchlari,bo'rining marosim va irimlardagi ifodasi kabi masalalar ham olimlar tomonidan yoritib berilgan1
Maqolada Isajon Sulton hikoyalarida bo 'ri obrazining qo 'llanilishi va u orqali ifodalangan ramziy ma 'nolar haqida hikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: nasr, hikoya, I.Sulton, obraz, "Bo'ri", "Tuman" hikoyalari, ozodlik.
Abstract: In Uzbek literature, the image of a wolf is expressed in various forms. The article examines the use of the image of a wolf in the stories of Isajon Sultan and the symbolic meanings expressed through him.
The metaphor is widely used in various genres, in particular, in parables, symbols, legends, hajj, parabolas and others. The writer Isajon Sultan skillfully used a metaphorical image that is widely used in both prose and poetry. It is known that among the peoples of the world, including the Turkic peoples of which the Uzbek people are a part, belief in the totem of the wolf and the cult of the wolf is widespread. Also, scientists covered the history of the consecration of the wolf, folk beliefs in this animal, the expression of the wolf in rituals and ceremonies. The article examines the use of the image of a wolf and the symbolic meanings expressed through it in the stories of Isajon Sultan.
1 Потапов Л.П.Волк старинных народных поверьях и приметах узбеков.-С. 135-142.
313
R
Key words : prose, story, I.Sultan, image, "Wolf', "Tuman" stories, freedom Аннотация: В узбекской литературе обращение к образу волка проявляется в различных формах. Если мы обратим свое внимание на устное народное творчество, волк трактуется по-разному. Если в некоторых источниках говорится, что он приносит счастье, то в сказках трактуется как символ кровожадства. Многие метафорические образы в художественной литературе взяты из фольклора, в основном из сказок о животных.
Метафора широко используется в разных жанрах, в частности, в притчах, символах, легендах, хадже, параболах и других. Писатель Исаджон Султан умело использовал метафорический образ, который широко используется как в прозе, так и в поэзии. Известно, что среди народов мира, в том числе тюркских народов частью которых является узбекский народ, широко распространена вера в тотем волка и культ волка. Также учеными освещалась история освящения волка, народные верования в это животное, выражение волка в ритуалах и церемониях. В статье рассматривается использование образа волка и выраженные через него символические значения в рассказах Исаджона Султана.
Ключевые слова : проза, рассказ, И.Султан, образ, «Волк», «Туман» рассказы, свобода.
Istiqlol davri nasri adabiy jarayonning salmoqli davridir. Hozirgi adabiy jarayonda SH.Xolmirzaev,Omon Muxtor,Muhammad AH,Murod Muhammad Do'st, Normurod Norqobilov, Ahmad A'zam, Nazar Eshonqul, Ulug'bek Hamdam, Isajon Sulton, Luqmon Bo'rixon singari ijodkorlarning o'ziga xos yo'sinda yaratgan asarlari milliy nasr taraqqiyotini ta'minlamoqda.
Mustaqillik davri o'zbek nasri qahramonlar tasvirida hozirda shalkga emas, aksincha ruhiyat tasviriga alohida e'tibor berilmoqda. Badiiy asarda odamga ijobiy yoki salbiy munosabat yozuvchi tomonidan qo'yilgan qolip bilan emas, balki kitobxonning o'ziga havola qilinmoqda. Har bir o'quvchi o'z qahramonini yangicha, mustaqil kashf qila oladi va bu hamma uchun qat'iy fikr yoki xulosa emas. Bu esa bugungi davr nasri taraqqiyotidan darakdir.
Bugungi kunning shunday yorqin ijodkorlaridan biri O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Isajon Sultondir. Uning dastlab romanlari ,keyinchalik yaratgan o'ziga xos hikoyalari ham e'tirofga sazavor bo'lib kelmoqda. YOzuvchi asarlarida biz o'ziga xos uslubni, jumladan, ramziylik, peyzaj, or-nomus, qat'iyat
KIRISH
Oriental Renaissance: innovative, J^ VOLUME 11 ISSUE 1
educational, natural and social sciences Q ISSN 2181-1784
kabi o'zgacha inson ichki dunyosini qitiqlaydigan, o'yga toldiradigan va mushohada qilishga arziydigan hodisalarni uchratamiz.
Buni ikki hikoya, ya'ni "BO'RI", "TUMAN" hikoyalari misolida tahlil qilamiz.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.
Ishda Isajon Sulton ijodi va undagi turkiy xalqlarning qadimgi totemi - bo'ri obrazi haqidagi ilmiy ishlar tahlil etilgan. Unda qiyosiy-chog'ishtirma, tarixiy-tipologik metodlardan foydalanilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Ma'lumki, dunyo xalqlari, jumladan, turkiy xalqlar va ularning bir qismi bo'lgan o'zbek xalqi orasida ham bo'ri totemi va bo'ri kultiga ishonch keng ommalashgan. Bo'rining muqaddaslashtirilishi tarixi, bu jonivor xalq ishonchlari,bo'rining marosim va irimlardagi ifodasi kabi masalalar ham olimlar tomonidan yoritib berilgan2.haqidagi
YOzuvchi Isajon Sulton ham o'z hikoyalarida hayvon tasvirlariga, ayniqsa, bo'ri obraziga alohida va turlicha yondashgan.
Ijodkorning "Bo'ri" hikoyasida otaning bo'ri haqidagi xotiralari esga olinishi orqali inson va bo'ri ruhiyatidagi erk,ozodlikni istovchi tuyg'u birlashib ketganini kuzatish mumkin. Hikoya shunchaki qishloqqa oralagan bo'rini tutish, uni o'ldirish,xalqni xavfdan ozod qilish yoki qahramonning bo'ri bilan uchrashuvidan iborat emas. "Ichimda yovvoyi bir hayajon bosh ko'taradi .Oy yog'dusi ostida yastanib yotgan o'sha kengliklarga borgim keladi. Ammo bolalar katta bo'lishyapti-ku.. Ularni o'qitishim, uylab -joylashim kerak.... Ha, tashvishlarim mo'l. Ularni ado etish otalik burchim, bajarmasam bo'larmidi? Ammo bir faslga bo'lsa-da, tin olgim keladi-da. Miyamni charsillatar darajada og'ir tashvishlar charchatganida, bir nafas, atigi bir nafasgina o'sha yoqlarga ketsam...Kim bilsin ,butalar ostida nigohini menga
xotirjam tikib turgan o'sha bo'rini yana ko'rsam ajabmas......"3.
Bola -chaqali , hayot tashvishlari ko'p otaning ichidagi istagi bu -erk istagi,erkinlik istagi. Bu erkinlik faqat tashqi omillar bilan bog'liq emas. Qahramon ichki olamida insoniy orzu havaslar, ularga tobelikdan qutulish istagi jo'sh uradi. Biroq uning ruhi har qancha ozodlik istamasin, moddiy dunyo va oilasi tashvishlaridan boshini ko'tara olmaydi. Garchi o'sha voqeaga ,ya'ni bo'rini uchratganiga ancha yillar o'tib ketgan bo'lsa ham, bo'ridagi mag'rurlik, kelbatli, erkinlikni istovchi qalb unga yaqin bo'lgani uchun hali unutgani yo'q.
2 Потапов Л.П.Волк старинных народных поверьях и приметах узбеков.-С. 135-142.
3 https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/isajon-sultonov/irsazhon-sulton-b-ri-ikoya/
315
Bo'rining qishloqdoshlari tomonidan topib o'ldirilishi otaning ruhiyatiga qattiq ta'sir qiladi.CHunki u bo'riga duch kelganida o'ldirmaganligining sababi bolalari bor degan to'siq edi U o'zi va bo'rini "oilaboshi "deb ataydi.
" - Oyga qarab uvillagim kelyapti, -xotin, -debman. SHundan so'ng to'liqib-to'liqib rosa gapiribman. Bilasanmi, ichimda bir bo'ri bor debman. Meni ko'cha-ko'yda indamas,yuvosh bir odam bo'lib yurishimga qarama.Umrim bo'yi ichimdagi o'sha bo'ri tashqariga chiqib ketmasin deb urinib keldim.Endi esa hech bo'lmasa, shu kecha qorong'usida hamma uxlab dong qotib yotgan mahalda oyga qarab cho'zib-cho'zib uvillasam.....dermishman"4.
Xalq og'zaki ijodi namunalariga nazar tashlasak bo'ri turlicha talqin qilinadi .Ba'zi manbalarda baxt keltiradi deyilsa,ertaklarda qonxo'rlik ramzi sifatida talqin qilinadi.Qahramonda ham qishloqqa oralagan bo'riga nafrat yo'q, aksincha unga havas qiladi, kuyunadi,hatto uning holatiga yig'laydi.
Biz bo'ri obrazini yozuvchining "Tuman" nomli hikoyasida ham kuzatamiz.
" - Aka ,chiyabo'rimi?
- Bo'rini naq o'zi , -deb javob qilda katta aka.
-Yo'g'e qishda itlar ham shunaqa uvillaydi-ku?
- It boshqacha uvillaydi"5
Hikoyada sovuq tuman kunda uch akasiga qo'shilib yobondan o'tin kesishga chiqqan kenja ukaning qo'rquvi, hayajoni, akalarini oldida izza bo'lishi lekin o'sha qo'rquvni engib akalariga ergashganini ko'ramiz. Aslida ukalari uchun "shafqatsiz"deb aytilgan akani hayot erta etiltirgan, ota vafoti tufayli turmush tashvishlarini ancha erta tortgan edi. U ukasiga nisbatan ham yaxshi ma'noda "shavqatsiz"bo'ldi, shunday tarbiyaladi. Vaqti kelib akalar birin-ketin imorat solib, ro'zg'orini bo'lak qilib ketishganda onaizorning yonida shu kenja o'g'il qoldi. Ketjatoy ham akalari istaganday ko'ngli qattiq, "shafqatsiz" erkak bo'lib etishdi.
Bu hikoyada ham tuman qoplagan o'sha sovuq kunda yobonda ukalarini yolg'iz qoldirib kuzatishadi, u uvillagan bo'rini ovozidan cho'chiydi, yig'laydi, borib akalarini onasiga yig'lab aytib bergisi keladi, biroq bu safar bunday qilmaydi. Adib bo'ri obrazini ikki hikoyada ikki xil tasvir bilan beradi. "Bo'ri" hikoyasida qahramon bo'ri bilan uchrashadi, ko'zi ko'ziga tushadi, "Tuman" nomli hikoyada esa askincha uchrashmaydi, ko'rmaydi, faqatgina ovozini eshitiladi. Biroq ikkala asarda ham qahramonning ruhiy holatini tasvirlashda muallif bo'rining ijobiy jihatlaridan foydalangan, qahramonlar uchun bu obraz havas qilinidagan, intiladigan mardlik,
4https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/isajon-sultonov/irsazhon-sulton-b-ri-ikoya/
5https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/isajon-sultonov/isajon-sulton-tuman-hikoya/
316
R
faqat o'ziga bo'lgan ishonch, o'zgalarga tobe bo'lmaslik, tashqi va ichki ozodlikning bir timsoli sifatida talqin etilgan. "Bo'ri" hikoyasida otaning yuragida ko'milib yotgan erkinlik ozodlik kabi oliyjanob xislatlar yoritilsa, "Tuman" hikoyasida ulg'ayib kelayotgan yosh go'dakning yuragida mardlik, qo'rquvni engish, hayot qiyinchiliklariga tayyor turishi uchun tayyorlov vazifasi bo'rining birgina tovushiga yuklanadi.
Nega yozuvchi aynan bo'ridan foydalandi? SHer yoki ayiq obrazlarida ham kuchlilik xususiyatlari etakchi-ku. Adib aynan erkni, erkinlikni, jasoratni, kuchlilikni aynan bo'ri obrazida berdi. CHunki turkiy xalqlar tarixi, ularning ko'hna e'tiqodlaridan xabardor bo'lgan yozuvchi garchi bugungi kunda e'tiqodlar o'zgarib, totemlar bilan bog'liq tushunchalar eskirgan bo'lsa-da, xalqimizning qon-qoniga singib ketgan ichki hisni teran his qila olgan. YOzuvchining qahramon tanlash, uning ichki olamini yoritishdagi mahorati ham birgina shu detal orqali hikoyalarda yaqqol namoyon bo'lgan.
1. Потапов Л.П.Волк старинных народных поверьях и приметах узбеков.-С. 135-142.
2. I.Sulton. Ozod. Roman va hikoyalar. Toshkent: "SHarq" -2012.
3. Isajon Sulton nasri badiiyati. To'plam. Toshkent "Turon zamin ziyo" - 2017.
4. https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/isajon-sultonov/isajon-sulton
5. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.
6. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.
XULOSA.
ADABIYOTLAR RO'YXATI: