Scientific Journal Impact Factor
INVESTITSIYA LOYIHALARNI MOLIYALASH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA BANKLARNING O'RNI
Annotatsiya: Ushbu maqolada investitsiya loyihalarni moliyalash samaradorligini oshirishda banklarning o'rni nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Joriy holati tahlil etilib, mavjud amaliyotni yanada rivojlantirish bo 'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: investitsion loyiha, tijorat bank, daromad, sifat ko 'rsatkichlari, moliyalashtirish, samaradorlik, loyiha monitoringi.
Аннотация: В статье исследуются теоретические и практические аспекты роли банков в повышении эффективности финансирования инвестиционных проектов. Проанализирована текущая ситуация и разработаны предложения и рекомендации по дальнейшему развитию существующих практик.
Ключевые слова: инвестиционный проект, коммерческий банк, доход, качественные показатели, финансирование, эффективность, мониторинг проекта.
Abstract: This article examines the theoretical and practical aspects of the role of banks in improving the efficiency of financing investment projects. The current situation is analyzed and suggestions and recommendations for further development of existing practices are developed.
Keywords: investment project, commercial bank, income, quality indicators, financing, efficiency, project monitoring.
Hozirgi kunda mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirishni ta'minlashga qaratilgan investitsiya loyihalarini samarali va o'z vaqtida amalga oshirish maqsadida xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar mablag'larini faol jalb etish bo'yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur chora-tadbirlar doirasida «iqtisodiy jihatdan asoslantirilgan investitsiya loyihalarini ularning moliyalashtirish manbalari aniq belgilangan holda samarali amalga oshirilishini ta'minlaydigan, shuningdek, ularni amalga oshirish bo'yicha mablag'larning nooqilona sarflanishini istisno etadigan, mamlakatni rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning sifat jihatdan
223
O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Tinglovchisi: Norsafarov Baxriddin norsafarovbaxriddin@gmail.com
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
yangi tartibi joriy etildi» [1]. Yaqin o'rta muddatli istiqbolda korxonalarni modernizatsiyalash bo'yicha kutilayotgan ehtiyojlar hamda O'zbekiston iqtisodiyotining moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, aytish mumkinki, yaqin yillarda bank tizimi jami kredit portfelida investitsion kreditlarning yanada o'sishini kutish mumkin. Bu esa, tijorat banklarining investitsion loyihalarni moliyalashda bank risklarini boshqarish zaruratini yuzaga keltiradi va dolzarbligini oshiradi. Alohida ta'kidlash o'rinliki, investitsion loyihalarni moliyalashtirish bankning yuqori riskli faoliyati hisoblanib, bu turdagi risklarni boshqarish murakkab va ko'p pog'onali jarayon hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, investitsion loyihalarni moliyalashtirish bilan shug'ullanuvchi tijorat banklari riskni boshqarish maqsadida risk-menejment jarayoniga ko'maklashuvchi o'ziga xos modellarni shakllantirishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Bank investitsiya faoliyatiga o'z mablag'lari bilan birga, tashqaridan moliyalashtirish manbalarini jalb etish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishi kerak [2]. Odatda, har qanday investitsion tadbirkorlik muayyan maqsadga yo'naltirilgan, mukammal darajada yaratilgan investitsiya g'oyasiga asoslanadi. Mukammal darajada shakllantirilgan va asoslangan investitsiya g'oyasi investitsiya loyihasining qaror topishiga olib keladi.
Investitsion faoliyatni moliyalashtirishning bozor mexanizmlarini nazariy jihatlari qator iqtisodchi olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Jumladan, professor Mirkinning fikriga ko'ra, investitsiyalarni moliyalashtirishning real, istiqbolli shakli kompaniyalarning jamg'armalarini ikkilamchi bozordan aksiyadorlik kapitaliga joylashtirishni ko'paytirish hisoblanadi, ammo investitsiyalarni moliyalashtirishning manba darajasi juda past [3].
Taniqli iqtisodchi olimlardan Sharp ham investitsiya faoliyatini fond bozori orqali moliyalashtirish mexanizmiga alohida e'tibor qaratadi [4].
Iqtisodchi olim D.G'ozibekovning fikricha investitsiya qarorlarini qabul qilishning muqobil variantlarini aniqlashda jahon amaliyotida qo'llaniladigan investitsiya loyihalari samaradorligi ko'rsatkichlaridan foydalaniladi. Bu ko'rsatkichlar sof diskontlangan daromad, daromadlilik indeksi, ichki daromadlilik me'yori, qoplash muddati asosida iqtisodiy, moliya budjet, ekologik ijtimoiy va boshqa samaradorlikni o'z ichiga oladi [5].
Berens, Xavranekslarning fikricha, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda investitsion loyihalarning samaradorligini baholashga asoslangan, ularni o'zaro taqqoslay oladigan usullar keng qo'llaniladi [6].
MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI
Scientific Journal Impact Factor
Mazur va boshqalar o'z ilmiy asarlarida investitsiya loyihalari samaradorligini quyidagicha izohlaganlar: "Investitsiya loyihalarining samaradorligi - loyihaning uning ishtirokchilarini maqsadi va qiziqishlariga muvofiqligini ko'rsatib beruvchi kategoriya hisoblanadi" [7].
Bu sohada ilmiy tadqiqotlar olib borgan mamlakatimiz olimlari Mamatov va boshqalarning "Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish" kitobida investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirishning iqtisodiy mohiyati, investitsiyalarni moliyalashtirish jarayonlarining asosiy bosqichlari, iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning roli bayon etilgan [8].
Yuqorida nomlari keltirib o'tilgan iqtisodchi olimlar tomonidan investitsiya loyihalarni moliyalash samaradorligi yuzasidan bank faoliyatining ayrim jihatlari tadqiq etilib, bu boradagi mualliflik yondashuvlari ilgari surilgan. Biroq, investitsion loyihalarni moliyalash samaradorligini ta'minlashda yuzaga keluvchi baholash amaliyoti va unga ta'sir etuvchi omillar yaxlit tadqiqot ishi sifatida o'rganilmagan. Bu esa, mazkur tadqiqotning maqsadi va o'ziga xos jihatlarini belgilab beradi.
Investitsion loyiha - korxona tomonidan qo'yilgan maqsadga erishish uchun unga moliya kapitalini samarali qo'yishni amalga oshirish maqsadida tashkil etilayotgan tashkiliy-iqtisodiy qarorlar tizimidir. Loyihalarning shakli va mazmuni turli xil bo'lishi mumkin - ya'ni, yangi korxonani qurishdan ko'chmas mulkni xarid qilishgacha. Hozirgi kunda xalqaro miqyosda shakllangan tendensiyalar O'zbekiston banklari uchun yangi, zamonaviy-innovatsion imkoniyatlar berishi barobarida muayyan risklarni yuzaga kelishiga ham olib keladi.
Bankning investitsion moliyalash faoliyati ob'ekti - iqtisodiyotning real sektori korxonalaridagi ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash yoki modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni kengaytirish yoki ishlab chiqarish xavfsizligini oshirish hamda qo'shimcha ishlab chiqarish quvvatlarini xarid qilish bilan bog'liq investitsion loyihalardir. Quyidagilar investitsiya faoliyati sub'ektlari (investorlar va investitsiya faoliyati ishtirokchilari) bo'lishi mumkin:
- O'zbekiston Respublikasi fuqarolari (jismoniy shaxslar), O'zbekiston Respublikasi rezidenti bo'lgan yuridik shaxslar;
- davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari;
- chet el davlatlari, chet el davlatlarining ma'muriy yoki hududiy organlari, xalqaro tashkilotlar hamda chet ellik yuridik shaxslar va fuqarolar, shuningdek fuqaroligi bo'lmagan shaxslar.
TAHLIL VA NATIJALAR
Scientific Journal Impact Factor
O'zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalarni muvaffaqiyatli jalb etish ma'lum darajada uch guruh omillarga bog'liq bo'ladi.
Birinchidan, investitsiya quvvatining mavjudligiga. Uni tabiiy, mehnat zahiralari, shuningdek, ishlab chiqarish, iste'mol, moliyaviy, innovatsiya, institutsional va infratuzilmaviy quvvatlar tashkil qiladi.
Ikkinchidan, mamlakatdagi mavjud investitsiya sharoitlari muhim ahamiyatga egadir. Bularga: umumiqtisodiy, bozor, me'èriy-huquqiy, axborot bilan ta'minlanish, ekologik, ijtimoiy, madaniy va ijtimoiy-madaniy sharoitlar kiradi.
Uchinchidan, investitsiya tavakkalchiligi omillaridir. Ular xorijiy investorlarning investitsiya quvvati va investitsiya sharoitlarining qulay afzalliklaridan foydalanish bo'yicha vazifalariga qarama-qarshi turadi.
Barcha guruhlar bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'ladi. Misol uchun, yetarli darajada jalb qiluvchi bo'lmagan investitsiya sharoitlari, hatto, yuqori quvvatli investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini ham pasaytirib yuboradi.
Investitsiyalar jalb etishning hozirgi holati va uning samaradorligini baholashda iqtisodiyotga kiritilayotgan investitsiyalarni oshirish hamda ishchi kuchi malakasini oshirishning zamonaviy usullaridan foydalanish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Jalb qilinadigan investitsiyalarni maqsadli yo'naltirishga ta'sir ko'rsatadigan omillarni to'liq baholash uchun alohida hududning o'ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, joylashuvi, infratuzilma ob'ektlari, xususiyatlari hisobga olinishi lozim.
Shu o'rinda, tijorat banklari tomonidan investitsion loyihalarni moliyalashda loyihaning quyidagi sifat ko'rsatkichlariga, ya'ni diskontlash stavkasi, sarflanadigan mablag'larni qoplash muddati, qaytarib berishning diskontlashgan muddati, rentabellikning o'rtacha normasi, loyihadan keladigan sof daromad, daromadlar indeksi, rentabellikning ichki foyda normasi hamda modifikatsiyalashgan ichki foyda normasiga alohida e'tibor qaratilishi loyiha hayotiyligini ta'minlashda muhim o'rin tutmoqda. Ya'ni, investitsion loyiha sifat ko'rsatkichlarining yuqori samaradorlikka ega bo'lishi ko'rib chiqilayotgan investitsion loyihaning sifatliligidan dalolat beradi.
2020 yilning yanvar-dekabr oylarida O'zbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 202,0 trln. so'm o'zlashtirildi. Dollar ekvivalentida 20,1 mlrd. AQSH doll. o'zlashtirilgan bo'lib, 2019 yilga nisbatan 91,8 % ni tashkil etdi (1-rasm) [9].
Scientific Journal Impact Factor
MapKaxiuuaH uHeecnmuim.iap 39 310,2 .uipd. cy.u
yiP Ka(po.iamu ocmuda xopiuKuù Kpedu/map 22 467,1 .%upd. cy.u
Acocuù Kanumama yxiauimupiman ¿ko.hu UHeecmiiuim.iap 202 000,1 M.ipd. cy.u
Acocuù Kanunta.iea yxiatumtipimaH xopiuKuù UHeecniumm 6a spedunnap 86 647,0 .u.ipö. cy.u
MapKai.iaiiLuazaH UHsecniuuiui.iap 162 689,9 m.ipd. cy.u
Tyep uda ti-tnytp il xop lotcuù un6ecmuuuM 6a xpedunnap 64 179,9 .uipd. cy.u
1-rasm. 2020 yilda jami o'zlashtirilgan investitsiyalar salmog'i
(mlrd.so'mda)
2020 yil yanvar-dekabr oylarida 202,0 trln. so'm asosiy kapitalga investitsiyalar o'zlashtirildi, ulardan 65,4 % i yoki 132,0 trln. so'm jalb qilingan mablag'lar hisobidan, qolgan 34,6% i ki 70,0 trln. so'm korxona va aholining o'z mablag'lari hisobidan o'zlashtirildi.
Tijorat banklari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning alohida iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha ulushini ko'rib chiqadigan bo'lsak, bunda qayta ishlash sanoati hamda tog'-kon sanoatiga ajratilgan investitsion mablag'lar hajmi yuqori salmoqqa ega ekanligini ko'rish mumkin (2-rasm) [10].
Quyida iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 42,1 foizi qayta ishlash sanoatiga yo'naltirilgan. Shuningdek, tog'-kon sanoati - 18,2 %, elektr, gaz bilan ta'minlash - 8,3 %, qishloq xo'jaligi - 10,4 %, suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya faoliyati - 1,3 %, qurilish - 4,8 %, axborot va aloqa faoliyati - 2,3 %, tashish va saqlash xizmati, sog'liqni saqlash va boshqalar.
Scientific Journal Impact Factor
Qayta ishlash sanoati Tog'-kon sanoati
Elektr, gaz bilan ta'minlash Qishloq xo'jaligi
Axborot va aloqa Qurilish
Tashish va saqlash xizmati
Sog'liqni saqlash Suv bilan ta'minlash,
kanalizatsiya Boshqalar
42,1%
8,3%
2-rasm. Tijorat banklari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning alohida iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha taqsimoti. 2020 yil dekabr holatiga, foizda
Bugungi kunda tijorat banklari tomonidan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini tizimli nazorat qilish, shuningdek, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari qanday bajarilayotganini tahlil qilish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarming o'z vaqtida va samarali amalga oshirilishiga to'sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo'yicha tezkor choralar ko'rish asosida mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
XULOSA VA TAKLIFLAR Tijorat banklarining investitsion faoliyatida loyihalarni moliyalash samaradorligini ta'minlash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirilishi maqsadga muvofiq:
- investitsion loyihalarni moliyalashda bank va ularni boshqarish juda ko'p qirrali jarayon bo'lib, ushbu jarayonning samarali yo'lga qo'yilishi tijorat
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5
educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
banklari tomonidan moliyalangan investitsion loyiha hayotiyligi va samaradorligini ta'minlash, buning natijasida tijorat banklarining foizli daromadlari darajasini oshirish imkonini beradi.
- investitsion loyihani moliyalashga kelib tushgan ariza bo'yicha tizimli yondashuv, ya'ni investitsion mablag'lardan foydalanish ustidan dastlabki nazoratni to'g'ri va mukammal amalga oshirish, bunda birinchi navbatda, mijozning xarakteriga, uning moliyaviy ahvoliga, ushbu sohadagi tajribasiga hamda loyihaning sifat ko'rsatkichlari holatiga alohida e'tibor berish lozim.
- investitsion loyiha moliyalashtirilgandan keyingi davrda loyiha bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni, loyihaga ajratilayotgan mablag'lar maqsadli sarfini doimiy ravishda tahlil qilib borish, loyiha ishga tushurilgandan so'ng daromadlar kirimini o'z muddatida amalga oshirilishi, muddati o'tgan debitorlik-kreditorlik qarzdorliklariga yo'l qo'ymaslik choralarini ko'rib borish.
REFERENCES
l.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 iyundagi "Xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini boshqarish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3796- sonli qarori.
2.Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. // uza.uz. 16.01.2017
3.Миркин Я. М. Рынок ценных бумаг: учеб. пособие. М., 2002. -с. 56-57.
4.Шарп У. и др. Инвестиции. Пер. с англ. - М.ИНФРА-М, 2001.- С. 9-10
5.G'ozibekov. D.G'. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. T.: "Moliya" nashriyoti, 2003 yil.
6.Беренц В., Хавранек П.,. Руководство по оценке эффективности инвестиций, пер.с англ. А.П. Белых, М.: - Инфра-М, 1995. - С. 60-80.
7.Мазур И.И., Шапиро В.Д., Ольдерогге Н.Г. Управление проектами: Справочное пособие. - М.: Высшая школа .2001. - 875 c.
8.Mamatov B.S., Xujamqulov D.Yu., Nurbekov O.Sh. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. - T.: Iqtisod-moliya, 2014.
9. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining rasmiy veb-sayti (www.stat.uz)
10. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining rasmiy veb-sayti (www.stat.uz)