Научная статья на тему 'INVЕSTITSION KRЕDITLASH FAOLIYATIDA KRЕDIT RISKINI SAMARALI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH'

INVЕSTITSION KRЕDITLASH FAOLIYATIDA KRЕDIT RISKINI SAMARALI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
595
108
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tijorat banki / investitsion kredit / kredit riski / kredit riskini boshqarish / diversifikatsiya / limitlarni belgilash / commercial bank / investment credit / credit risk / credit risk management / diversification / setting limits.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mamajonov Bahodirjon Erkinovich

Maqolada tijorat banklari investitsion kreditlash sohasida kredit riskini boshqarishning ahamiyati o'rganilib, uni samarali boshqarishning ustuvorlik jihatlari tadqiq qilingan. Ayniqsa, tadqiqotchilarning ilmiy fikrlarini o'rganish natijasida tijorat banklarining investitsiya loyihalari kredit riskini boshqarishning mavjud muammolari va ularni bartaraf etish usullari aniqlandi. Amalga oshirilgan tadqiqot asosida xulosalar shakllantirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING EFFECTIVE CREDIT RISK MANAGEMENT IN INVESTMENT LOANING ACTIVITIES

The article examines the importance of credit risk management in the field of investment lending by commercial banks and the priorities of its effective management. In particular, the study of the scientific views of researchers revealed the existing problems of credit risk management in investment projects of commercial banks and ways to overcome them. Based on the research conducted, conclusions and practical recommendations were established.

Текст научной работы на тему «INVЕSTITSION KRЕDITLASH FAOLIYATIDA KRЕDIT RISKINI SAMARALI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH»

INVESTITSION KREDITLASH FAOLIYATIDA KREDIT RISKINI SAMARALI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH.

Mamajonov Bahodirjon Erkinovich Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi bahodirm13@mail.ru

Annotatsiya: Maqolada tijorat banklari investitsion kreditlash sohasida kredit riskini boshqarishning ahamiyati o'rganilib, uni samarali boshqarishning ustuvorlik jihatlari tadqiq qilingan. Ayniqsa, tadqiqotchilarning ilmiy fikrlarini o'rganish natijasida tijorat banklarining investitsiya loyihalari kredit riskini boshqarishning mavjud muammolari va ularni bartaraf etish usullari aniqlandi. Amalga oshirilgan tadqiqot asosida xulosalar shakllantirilgan.

Kalit so'zlar: tijorat banki, investitsion kredit, kredit riski, kredit riskini boshqarish, diversifikatsiya, limitlarni belgilash.

Аннотация: В статье исследуется важность управления кредитным риском в сфере инвестиционного кредитования коммерческими банками и приоритеты его эффективного управления. В частности, изучение научных взглядов исследователей выявило существующие проблемы управления кредитным риском в инвестиционных проектах коммерческих банков и пути их преодоления. На основе проведенного исследования были сформулированы выводы и практические предложении.

Ключевые слова: коммерческий банк, инвестиционный кредит, кредитный риск, управление кредитным риском, диверсификация, установка лимитов.

Abstract: The article examines the importance of credit risk management in the field of investment lending by commercial banks and the priorities of its effective management. In particular, the study of the scientific views of researchers revealed the existing problems of credit risk management in investment projects of commercial banks and ways to overcome them. Based on the research conducted, conclusions and practical recommendations were established.

Keywords: commercial bank, investment credit, credit risk, credit risk management, diversification, setting limits.

KIRISH

Mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya qilish, tehnik va texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirish,

innovatsion va energiyani tejaydigan texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab

991

Scientific Journal Impact Factor

chiqarishlarni tashkil etish, jahon bozorida talab mavjud bo'lgan yangi turdagi tovarlar ishlab chiqarishni o'zlashtirish va shu orqali mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta'minlashda bank tizimi tomonidan olib borilayotgan investitsion siyosat o'z samarasini bermoqda. Tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektori korxonalarini uzoq muddatli kreditlash moliyaviy resurslarning eng muhim manbai, iqtisodiyotning progressiv va innovatsion rivojlanishining zaruriy sharti hisoblanadi. Ma'lumki, odatda kreditlash jarayoni natijasida bank foydasining 80 foizdan ortiq qismi shakllanadi. Har qanday ko'zlangan foyda esa risk bilan yonma yon yuradi. Bank tomonidan moliyalashtiriladigan loyihaning amalga oshishga bir qancha risk turlari to'siq bo'lishi mumkin. Ularning asosiylaridan biri bu kreditning qaytmaslik havfi - kredit riski bo'lib, kredit riskini boshqarishni samarali yo'llarini topish bank oldidagi doimiy masalalardan biri hisoblanadi. Tijorat banklarida investitsion loyihalarni kreditlash jarayonida kredit riskini boshqarish birmuncha murakkab jarayon bo'lib, u investitsiya loyihasini kompleks ekspertiza qilish orqali investitsion qaror qabul qilishni taqozo etadi.

Bank faoliyatida daromad va risk doimo yonma-yon va ular o'rtasidagi muvozanatni toppish zamonaviy bank ishining muhim muammolaridan biridir. Tijorat banklari tomonidan moliyalashtiriladigan investitsion loyihalarda vujudga kelishi mumkin bo'lgan risklarni oldindan baholay olishi, samarali boshqarishi va unga qarshi zarur choralar ko'rishi bankka etishi mumkin bo'lgan moddiy-ma'naviy zararlarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Tijorat banklarida kredit riskini boshqarish, ushbu jarayonning investitsion loyihalar doirasidagi alohida hususiyatlari yuzasidan juda ko'p qarashlar mavjud bo'lib, bugungi kunda banklarning investitsion faolligi oshib borishi fonida bu masala yanada dolzarblashib bormoqda. Bu borada SH.Abdullaeva tomonidan bank risklarining, xususan kredit riskining iqtisodiy mohiyati, uni baholash va samarali boshqarish yordamida kreditlash va investitsion moliyalashtirish orqali bank daromadliligiga erishish masalalari atroflicha tadqiq qilingan [1].

Yo.Abdullaev, T.Qoraliev va boshqalar o'z izlanishlarida investitsion loyihalarda kredit riskini boshqarish bo'yicha nazariy va amaliy takliflar ishlab chiqishgan. Xorij tajribasini o'rganish orqali riskni boshqarishning keng tarqalgan uslublari keltirib o'tilgan[2].

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR SHARHI

Scientific Journal Impact Factor

Xorijiy olimlardan Boberski [3], Docherty va Viort banklarda kredit tavakkalchiligini baholash va boshqarishning uslubiy tamoyillari va amaliyoti ustida tadqiqotlar olib borishgan[4].

Golin va Delhaise bankirlar va investorlar uchun kredit riskini tahlil qilish va boshqarishda amaliy ko'rsatmalarni ishlab chiqishgan. Ular kredit riskini boshqarishda monitoring masalalariga katta e'tibor qaratish lozimligini ta'kidlashgan

Moenjak [6], Sorge [7] hamda Srivastava va Dashottarlar esa loyihaviy moliyalashtirishda kredit riskini baholash va boshqarishning nazariy va amaliy jihatlarini taxlil qilishgan [8].

Tijorat banklari investitsion loyihalarga aloqadorligi quyidagi shakllarda namoyon bo'lishi mumkin:

1. Investitsion kreditlash;

2. Loyihaviy moliyalashtirish;

3. Ulushli ishtirok (tijorat banki tomonidan boshqa korxona ustav fondida ishtirok etish, qimmatli qog'ozlariga egalik qilish).

So'nggi yillarda mamlakatimiz tijorat banklarida an'anaviy kreditlash yo'nalishlaridan tashqari uzoq muddatli investitsion kreditlash amaliyoti ham tobora rivojlanib bormoqda. Korxonalarning asosiy fondiga yo'naltirilgan uzoq muddatli kreditlar investitsion kreditlar deb ham ataladi. Uzoq muddatli kreditlarning zarurligi korxonalarda kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga mablag' yetarli emasligidan kelib chiqadi. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish hamda yangi ishlab chiqarishni tashkil etishda kredit resurslarini jalb qilish dolzarb masaladir, chunki bularni hammasini amalga oshirish yirik moliyaviy imkoniyatlarni talab etadi.

Rivojlangan mamlakatlar tijorat banklarida investitsion moliyalashtirish bank faoliyatining asosini tashkil etib, olinadigan bank foydasining 50 foizdan ortig'i aynan shu yo'nalish orqali shakllanadi. Bunda banklarning fond bozoridagi faoliyatini ham alohida ta'kidlab o'tish joiz.

Mamlakatimiz bank tizimining rivojlanib borishi natijasida tijorat banklarining investitsion faolligi ham yildan yilga o'sib bormoqda. Hukumat tomonidan olib borilayotgan oqilona investitsion siyosatda tijorat banklarining ishtiroki qo'llab quvvatlanmoqda. Keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan iqtisodiy islohotlar natijasida YAIM hajmi muntazam o'sishi kuzatilmoqda. Shu bilan birga, mamlakat miqyosida o'zlashtirilgan asosiy kapitalga investiciyalar tarkibida

[5].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

bank kreditlarining hususan investitsion kreditlarning salmog'i ham yildan yilga ortib bormoqda. Buni quyidagi 1-diagrammada ham ko'rishimiz mumkin:

2016-2020 yillarda O'zbekiston Respublikasida moliyalashtirish manbalari bo'yicha asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida bank kreditlari hajmining o'zgarishi, foizda 1

1-diagramma

Kredit riski yoki qarzni qaytarmaslik havfi kreditorning kredit shartnomasiga asosan kreditni o'z vaqtida qaytarilishiga va ssuda shartlarini bajara olishiga ishonchsizligidan kelib chiqadi. Kredit riski bank faoliyatida uchraydigan risklarning eng yirigidir. Kredit risklari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:

1. Kreditning o'z vaqtida qaytarmaslik bilan bog'liq risk.

2. Likvidlilik riski (to'lovlarni o'z vaqtida o'tkazmaslik riski).

3. Kreditni ta'minlash bilan bog'liq risk.

4. Qarz oluvchining ishbilarmonligi bilan bog'liq risk.

Investitsion loyihalarni moliyalashtirishda kredit riskini boshqarishning odatiy kreditlash jarayonidagi kredit riskini boshqarishdan farqli va murakkab joyi shundaki, unda tijorat banki investitsion loyihaning o'zini o'zi qoplashi, zararsizlik nuqtasi, foydalilik normasi, biznes rejaning puhta ishlab chiqilganligi, kelgusi pul oqimlarining kredit to'lovlariga muvofiqligi kabi bir qancha investitsiya loyihasining samaradorlik ko'rsatkichlarini o'rganib, loyihani kompleks ekspertizadan o'tkazishi talab etiladi. Buning uchun bankda alohida ekspert mutaxasislar bo'lishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Investitsion kreditlar bevosita bank kredit portfelini shakllantirishidan kelib chiqadigan bo'lsak, tijorat banki kredit portfeli kredit riskini

1 www.stat.uz ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.

994

oqilona boshqarish bilan investitsion loyihalarda yuzaga keladigan kredit riskini kamaytirish mumkin bo'ladi.

Kredit riskini oqilona boshqarishning dolzarbligi shundaki, uning natijasida nafaqat berilgan ssudalarning o'z vaqtida qaytmasligi, balki pirovard natijada bank muammoli aktivlarining ortishi, likvidliligining pasayishi va yangi mijozlarga xizmat ko'rsatishda resurs muammolariga duch kelish havfi ortadi.

Bugungi kunda jahon bo'ylab avj olgan koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlari barcha davlatlarda bo'lganidek, yurtimiz iqtisodiyotiga ham o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatmay qolmadi. Agar mamlakatimiz tijorat banklarida mavjud muammoli kreditlar holatini taxlil qiladigan bo'lsak, bunga yaqqol amin bo'lishimiz mumkin. Pandemiya ta'sirida biznes yuritishning yomonlashuvi, ishlab chiqarish va savdo hajmlarining kamayishi bevosita bankdan kredit olgan mijozlarning bank oldidagi majburiyatlarini o'z vaqtida bajarilmasligiga olib kelmoqda.

Tijorat banklarining muammoli kreditlari (NPL) mlrd.so'mda 2

1-jadval

Muam Muammoli

Davrlar Kreditl ar jami moli kreditlar (NPL) kreditlarning jami kreditlardagi ulushi, foizda

01.01.202 211

0y 580,5 3 169,1 1,5

01.04.202 221

0y 933,8 5 021,2 2,3

01.07.202 244

0y 906,2 7 087,4 2,9

01.10.202 260

0y 711,6 6 838,8 2,6

01.01.202 276

1y 974,8 5 784,8 2,1

01.04.202 283 10

1y 485,1 177,9 3,6

2 www.cbu.uz ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.

995

1-jadval ma'lumotlaridan ko'rishimiz mumkinki, 01.01.2020 yil holatiga muammoli kreditlarning jami kreditlardagi ulushi 1,5 foizni tashkil etgan bo'lsa, 01.04.2021 yilga kelib, bu ko'rsatkich 2,4 barobarga ortib 3,6 foizga yetgan. Bu o'z navbatida tijorat banklaridan aktivlarni undirish bo'yicha samarali ish tashkil etishni, kredit riskini boshqarishga yanada ko'proq e'tibor qaratishni talab qiladi.

Kreditlarning hajmi va soni oshgan sayin kreditning qaytmaslik xatari ham osha borishi bank amaliyotida ma'lum hodisadir.

Odatda investitsion kredit riskini yuzaga kelishiga quyidagi hollar sabab bo'ladi:

a) turli xil makro va mikro iqtisodiy omillar, iqtisodiy qonunchilik va me'yorlardagi o'zgarishlar;

b) qarz oluvchi faoliyatida bo'ladigan iqtisodiy va siyosiy muhitdagi o'zgarishlar, salbiy hollar tufayli olingan kreditni to'lashga mos pul oqimini tashkil qila olmaslik;

v) investitsion kreditni ta'minlanganligi uchun olingan garovning qiymati va sifati bo'yicha to'liq ishonchning yo'qligi;

g) yuqori bilimga ega bo'lgan bank xodimlari va mijozlarning yetishmasligi;

d) qarz oluvchi sub'ektning mahalliy yoki davlat miqyosida obro'sining tushib ketishi, uning ishchanlik faoliyatida yuzaga kelgan o'zgarishlar va boshqalar.

Tijorat banklarida investitsion kreditlash bo'yicha kredit risklarini boshqarishni odatda quyidagi 2 guruhga bo'lish mumkin:

1. Yakka tartibdagi loyiha darajasida kredit riskini boshqarish;

2. Bank kredit portfeli darajasida kredit riskini boshqarish.

Yakka tartibdagi loyiha darajasida kredit riskini boshqarishning bir qancha usullari mavjud bo'lib, kreditlash jarayonini tashkil etuvchi bosqichlarning har birida riskni baholash va uni kamaytirish ishlarini o'z ichiga oladi hamda qat'iy monitoringni talab etadi. Shuningdek quyidagi 2-jadvalda ham yakka tartibdagi loyiha doirasida kredit riskni boshqarish usullarini keltirib o'tamiz:

Kredit riskini kamaytirish usullari3 2-jadval

Riskni kamaytirish

. Izox

choralari

3 Yo.Abdullaev, T.Qoraliev va boshqalar."Bank ishi". O'quv qo'llanma. T:

May 2021

Iqtisod moliya. 2010. 410-411 b www.oriens.uz

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Mijozning kreditga layoqatliligini baholash Bu usul mijozning reytingini aniqlashni ko'zda tutadi. Qarzdorni baholash mezonlari har bir bank uchun qattiq individuallashgan bo'lib, uning amaliyotdagi mavqeyidan kelib chiqishi va vaqti vaqti bilan ko'rib chiqilishi lozim

Bitta qarz oluvchiga beriladigan kreditning summasini kamaytirish Bu usul mijozning kreditga layoqatliligiga to'liq amin bo'lmagan hollarda qo'llanililadi

Kreditlarni sug'urtalash Kreditni sug'urtalash uning qaytmaslik riskini to'liq sug'urtalash bilan shug'ullanuvchi tashkilot zimmasiga yuklanishini nazarda tutadi.

Yetarli ta'minotni talab qilish Bu usul bankdan berilgan summaning qaytishini va foiz olinishi kafolatlaydi

Diskontli ssudalar berish Bu ssudalar unchalik katta bo'lmagan darajada kredit riskini pasaytirishga yordam beradi. Bunday usullarda kredit berish kreditga minimal to'lov olishni ta'minlaydi.

Tijorat banklarining dolzarb muammolaridan biri balans ma'lumotlari va kredit portfelining taxlili asosida kredit risklarini boshqarish hisoblanadi. Kreditlarni risk sinflariga guruxlash, ularni taxlil qilish, minimallashtirish va bank manfaatini himoya qilish usullarini ishlab chiqish kredit risklarini kamaytiradi. Ishlab chiqarishida pasayish bo'layotgan korxona va tarmoqlarda kreditning to'planishidan voz kechish lozim. Kreditlar bo'yicha zararlarni qoplash uchun tashkil qilinadigan rezerv fondlari kredit risklarining o'ziga hos amortizatori bo'lib xizmat qiladi.

Bankning kredit portfeli darajasida risklarni boshqarish usullariga quyidagilar kiradi:

Scientific Journal Impact Factor

1. Diversifikatsiya. (Bank tarmoqlar va sohalar bo'yicha ssudalar salmog'ini nazorat qiladi. Aksariyat kreditlar bir tarmoqqa yig'ilib qolishiga yo'l qo'yilmaydi, bunda "hamma tuhumni bir savatga solma" tamoyili amal qiladi)

2. Limitlarni belgilash. (Banklar kredit berishning maksimal ruhsat etilgan limitlarini belgilash orqali kelib chiqadigan yo'qotishlardan himoyalanadi)

3. Zaxiralarni yaratish. (Qarzlarning qoplanmasligini hisobga olib, mablag'larning bir qismini maxsus hisob raqamiga to'plash. Zaxiralar kredit riskini kamaytirish usullaridan biri hisoblanadi, omonatchilar, kreditorlar va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilishga hizmat qiladi. Shu bilan birga, kredit zaxiralari bank tizimining ishonchliligi va mustahkamligi ta'minlaydi).

4. Sekyuritizatsiya. (Bank aktivlarini qimmatli qog'ozlarga aylantirish orqali sotishni nazarda tutadi)

Tijorat banklarida investitsion kreditlash jarayonida kredit risklarini boshqarishni samarali tashkil etish maqsadida uni quyidagi yo'nalishlarda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

-Kredit portfelining umumiy riskini boshqarish;

-Bank tomonidan investitsion kreditlash jarayoni va operatsiyalarini boshqarish;

-Ishlamayotgan kredit portfelini boshqarish;

-Kredit risklarini boshqarish siyosatini baholash;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

-Kredit risklari va limitlari bo'yicha siyosatni boshqarish;

-Bank aktivlarining tasniflanishi va qayta tasniflanishini baholash;

-Kredit risklari bo'yicha mumkin bo'lgan yo'qotishlar zahirasini tashkil etish yuzasidan siyosatni baholash.

Tijorat banklari investitsiya loyihalarida kredit riskini boshqarishni takomillashtirish maqsadida olib borilgan o'rganishlarimiz asosida quyidagi xulosa va amaliy takliflar shakllantirildi:

Birinchidan, banklar investitsion loyihalarning ekspertizasi sifatini oshirib, real samarador loyihalarga kredit liniyalari ochishlari kerak. Bankda investitsion loyihalarni moliyalashtirish bo'yicha loyihani kompleks ekspertizadan o'tkazish bunda, investitsion loyihaning samaradorlik ko'rsatkichlari to'liq tahlil etilishi, loyihaning ijtimoiy-ekologik havfsizligi taxlilini amalga oshirish va ushbu yo'nalishda malakali hodimlarni jalb qilish yuzaga kelishi mumkin bo'lgan kredit riskini minimal darajada kamaytirishga xizmat qiladi.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

Ikkinchidan, taraqqiy etgan mamlakatlar banklarining investitsion faoliyatining asosiy qismi sinditsiyalashtirilgan kreditlar berish amaliyotining hissasiga to'g'ri keladi. Mamlakatimizda ham tijorat banklari sinditsiyalashtirilgan kredit berish amaliyotini keng yo'lga qo'yishlari lozim, bu ularning investitsiya faoliyatini rivojlantiradi va uni boshqarishni takomillashtiradi. Chunki bunda yirik loyihalarni moliyalashtirish va boshqarishda bir qator banklar birgalikda ishtirok etadilar, risklar bo'linadi va resurslar birlashtiriladi. Shuningdek, Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining kreditlash faoliyatiga nisbatan o'rnatilgan iqtisodiy normativlar buzilmaydi. Yirik investitsiya loyihalarini xorijiy davlatlar banklari bilan birgalikda sinditsiyalashtirilgan kreditlar berish orqali moliyalashtirishni amaliyotga joriy qilish lozim.

Uchinchidan, tijorat banklarida investitsion loyihalar kredit riskini samarali boshqarish maqsadida bankda dasturiy ta'minot asosida investitsion kredit olgan mijozning moliya-ho'jalik faoliyatini onlayn nazorat qilib borish tizimini yaratish lozim. Bu bankning ob'ektda rejali monitoringni olib borish amaliyoti va muammoli investitsion loyihalarni boshqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

To'rtinchidan, tijorat banklari tomonidan investitsion kreditlash asosida moliyalashtirilayotgan investitsion loyihalarni amalga oshirishda bevosita ishtirok etuvchi barcha qatnashchilar o'rtasida investitsion kredit riskini ularning loyihadagi funksional vazifasiga muvofiq taqsimlanishini ta'minlash lozim.

Beshinchidan, tijorat banki tomonidan investitsion loyihalarni moliyalashtirishda hududlar, tarmoq-sohalar bo'yicha kredit portfelidagi maksimal chegaralarni belgilash, bir qarzdor va o'zaro aloqador qarzdorlar guruhiga berilgan investitsion kreditlarning maksimal miqdorini o'rnatish hamda doimiy ravishda ushbu o'rnatilgan limitlar bajarilishini nazorat qilib borish zarur bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI (REFERENCES)

1. Abdullaeva SH.Z. Bank risklari va kreditlash. - T.: Moliya, 2002

2. Abdullaev Yo, Qoraliev T va boshqalar."Bank ishi". O'quv qo'llanma. T: Iqtisod moliya. 2010. 410-411 b

3. Boberski Vince. Community Banking Strategies: Steady Growth, Safe Portfolio Management, and Lasting Client Relationships First published:10 September 2012 Print ISBN:9781576603697- 79 p.

4. Docherty Adrian and Franck Viort. Better Banking: Understanding and Addressing the Failures in Risk Management, Governance and Regulation First published: 20 December 2013 Print ISBN:9781118651308, — 115 p.

Scientific Journal Impact Factor

5. Jonathan Golin and Philippe Delhaise. The Bank Credit Analysis Handbook, A Guide for Analysts, Bankers, and Investors. — Second Edition. — Wiley, 2013. — 924 p.

6. Thammarak Moenjak. Central Banking: Theory and Practice in Sustaining Monetary and Financial Stability, First Edition. First published:12 May 2017, Print ISBN:9781118832462

7. Sorge Marco. Stress-Testing Financial Systems: An Overview of Current Methodologies. Published 2004, Economics Risk Management & Analysis in Financial Institutions eJournal.

8. Vikas Srivastava and Surya Dashottar. The Journal of Structured Finance Winter 2020, https://doi.org/10.3905/jsf2019.L088)

9. Karimov N. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish // «Bozor, pul va kredit» jurnali, 2000. - № 5

10. Fozilchaev SH, Hidirov N. "Moliyaviy risklar nazariyasi" O'quv uslubiy qo'llanma, Toshkent-2018, 35-bet

11. Risk-menedjment investitsionnogo proekta. / Pod red. Grachevoy M. V. - M.: Yuniti, 2009. - S. - 44 bet

12. Tyutin A.S. Tijorat banklari tomonidan investiciya loyihalarining samaradorligini baholash muammolari // Samara davlat iqtisodiyot universiteti ahborotnomasi. RF, 2010. № 3 (65). 117-122 b.

13. Shapkin A. S. "Ekonomicheskie i finansoviye riski". Uchebnik. - Izd. 3-e. - M.: Dashkov i K, 2006.

14. www.stat.uz

15. www.cbu.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.