Scientific Journal Impact Factor
TIJORAT BANKLARIDA MASOFAVIY BANK XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISh ISTIQBOLLARI
Madraximov Murodbek Ismoilovich O'zbekiston Respublikasi BMA tinglovchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada masofaviy bank xizmatlarining bank faoliyatigadgi ahamiyati, ularni ko'rsatish kanallari va buni yanada kengaytirish imkoniyatlariga oid ilmiy-nazariy qarashlar o'rganib chiqildi.
O'zbekiston tijorat banklari amaliyotida masofaviy bank xizmatlarining rivojlanish holati to 'plangan statistik ma 'lumotlar asosida tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: masofaviy bank xizmatlari, internet-banking, mobil-banking, Bank-mijoz, onlayn-banking
Аннотация: В статье исследуются научные взгляды на важность дистанционного банковского обслуживания в банковской сфере, способы их предоставления и возможности для дальнейшего расширения. Практика дистанционного банковского обслуживания в Узбекистане проанализирована на основе собранных статистических данных.
Ключевые слова: удаленное банковское обслуживание, интернет-банкинг, мобильный банкинг, банк-клиент, онлайн-банкинг.
Abstract: The article examines the scientific views on the importance of remote banking services in the banking sector, how they are provided and the possibilities for further expansion.
The practice of remote banking services in Uzbekistan is analyzed on the basis of collected statistical data.
Key words: remote banking, internet banking, mobile banking, client bank, online banking.
Tijorat banklarining raqobatbardoshligini ta'minlashda eng samarali yo'l mijozlarning unga bo'lgan ishonchini qozonish va ular uchun barcha qulayliklarni yaratish, shuningdek, xizmatlar turi, sifati va tezkorligini oshirish hisoblanadi. Banklar raqobatbardoshlikni ta'minlashi uchun zamonaviy bank xizmatlarini joriy etishga, yangi texnologiyalardan foydalanishga yanada ko'proq ehtiyoj sezmoqdalar.
Xususan bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev o'z nutqida "...bank tizimini rivojlantirish uchun bu yil keskin choralar ko'rishimiz lozim.
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
2020 yildan boshlab har bir bankda keng ko'lamli transformatsiya dasturi amalga oshiriladi. Bu borada banklarimizning kapital, resurs bazasi va daromadlarini oshirish alohida e'tiborimiz markazida bo'ladi" deya, ta'kidlab o'tgan edilar [1].
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, so'ngi yillarda bank tizimini erkinlashtirish va erkin raqobat sharoitiga moslashtirish ko'zda tutilgan bir qator hujjatlar qabul qilindi. Xususan, 2018 yil 23 martda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi 3620-sonli Qarori qabul qilinishi bank xizmatlarini ko'rsatishda mavjud muammolar va banklar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlarni belgilab berdi [2]. Jumladan, naqd pulsiz to'lovlarni amalga oshirishda innovasion mahsulotlarni, shu jumladan, bevosita muloqotsiz va mobil texnologiyalarni rivojlantirish hamda ilgari surish; bevosita muloqotsiz va mobil texnologiyalarni, birinchi navbatda, ijtimoiy-maishiy xizmat ko'rsatish, transport, savdo, umumiy ovqatlanish sohalarida, ayniqsa, hududlarda joriy etish; xalqaro to'lov tizimlari bilan o'zaro hamkorlikni ta'minlash va boshqalar.
Mavzuga oid bir qator olimlarning tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishib chiqildi. Ularda olimlarning masofaviy bank xizmatlariga odi fikr mulohazalari tahlil qilindi. Xususan, Rus iqtisodchi olimi V.K.Spilnichenkoning fikricha «Bank hisobvarag'iga masofadan xizmat ko'rsatish bu informasion xizmatlarning kompleksi va mijozning hisobvarag'i bo'yicha operatsiyalarni uning bankka tashrif buyurmasdan bergan topshirig'iga asosan bajarishdir. Bank hisobvarag'iga masofadan xizmat ko'rsatish tizimi telekommunikatsiya tizimi orqali bankning ma'lumotlar bazasiga mijozning murojaatiga asoslanadi [4].
N.I.Lixodeyeva esa bank hisobvarag'iga masofadan xizmat ko'rsatish tizimini mijoz tomonidan komp'yuter texnologiyalaridan foydalangan holda bankka tashrif buyurmasdan ya'ni masofadan buyurtalar asosida bank xizmatlarini taqdim etish texnologiyasi sifatida e'tirof etgan [5].
K.A.Zabrodiskaya, A.O.Zaxarova "Masofaviy bank xizmatlari - bankning mijozlariga bank hisobvarag'iga masofadan xizmat ko'rsatish orqali optimal sharoit yaratish faoliyatidir" [6].
Yuqordagi fikr-mulohazalarni umumlashtirgan holda Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko'rsatish tizimlari - bu mijozning masofadan bergan topshiriqlariga asosan (bankka kelmasdan) bank xizmatlarini taqdim etish texnologiyalari sifatida ta'rif berish mumkin.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Scientific Journal Impact Factor
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ilmiy ishni amalga oshirishda tijorat banklarining masofaviy xizmatlarini rivojlantirishda olimlar va soha vakillari bilan suhbat, ularning yozma va og'zaki fikr-mulohazalarini tahlil qilish, ekspert baholash, jarayonlarni kuzatish, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga tizimli yondashuv, muallif tajribalari bilan qiyosiy tahlil o'tkazish orqali tegishli yo'nalishlarda xulosa, taklif va tavsiyalar berilgan.
So'ngi yillarda mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash, ularga ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida banklar tumonidan turli innovasion bank xizmatlari taklif qilinmoqda. Xususan, masofadan bank xizmatini ko'rsatuvchi an'anaviy «Bank-mijoz» tizimi respublikamizda keng tarqalgan bo'lib, barcha banklarda tatbiq qilingan. Ushbu tizimni qo'llash uchun mijozning kompyuterida maxsus dastur o'rnatilib, aloqa kanallari orqali bankning axborot tizimi bilan o'zaro muloqot ta'minlanadi. Ammo «Bank-mijoz» tizimini qo'llashda muayyan ish joyiga bog'lanish hamda ixtisoslashtirilgan dasturlardan foydalanish zarurligi sababli, ushbu tizimdan foydalanish imkoniyati cheklangan. Shuning uchun Internet tarmog'i va oddiy brauzer, ya'ni mijozni tarmoqqa kirishini ta'minlovchi keng tarqalgan dastur orqali ishlashini ta'minlovchi onlayn-banking (internetbanking) tizimi keng qo'llaniladi.
Internet-banking texnologiyasi bank uchun ham, mijozlar uchun ham qo'shimcha qulayliklar yaratadi. Jumladan, mijoz o'z hisobvarag'i bo'yicha bank amallarini bajarish uchun bankka bormasdan, Internet orqali xohlagan joyidan, xohlagan vaqtida bajarish imkoniyatiga ega bo'lib, hisobvarag'ining holati, mablag'ning kelib tushishi, to'lovlarning aks ettirilishi kabi amallar haqida ma'lumotlarni olishi mumkin. Bu esa mijoz uchun o'z vaqti va mablag'ini tejash, manzilning uzoq-yaqinligiga qaramasdan bankni ixtiyoriy ravishda tanlash va o'z mablag'larini tezkor boshqarish afzalliklarini yaratadi.
Shuningdek, "Uzcard" banklararo to'lov tizimi ishtirokchilari bo'lgan tijorat banklari bilan hamkorlikda "on-line" rejimida ishlaydigan milliy texnologik platformani yaratilishi Internet-banking xizmatlari orqali real vaqt ichida mijoz o'z kartochka hisobvaraqlarini boshqarishi, kommunal va boshqa to'lovlarni amalga oshirishi uchun imkoniyatini beradi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Scientific Journal Impact Factor
1-rasm. Masofaviy bank xizmatlari ko'rsatuvchi tizimlardan foydalanuvchilar soni, 1 yanvar holatiga [3]
Yuqoridagi rasm ma'lumotlaridan ko'rish mukinki, so'ngi uch yilda tizimdan foydalanuvchilar soni sezilarli ravishda ortishiga sabab bo'lgan.
Mazkur tizimning evolyusiyasiga to'xtaladigan bo'lsak, masofiviy bank xizmatlari tashabbuskorlar Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi va "CLICK" kompaniyasi sanaladi.
2013 yil 1 sentyabridan boshlab Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi va "CLICK" kompaniyasining UZCARD-CLICK qo'shma loyihasi hayotga tatbiq etildi. Mazkur loyiha doirasida O'zbekistondagi istalgan bankning barcha UZCARD online plastik kartalari foydalanuvchilari istalgan bank yoki infokioskda UZCARD SMS-axborot berish xizmatini mobil telefonga ulashlari mumkin. So'ngra SMS-axborot berish xizmati ulangan mobil telefondan bepul USSD so'rovini jo'natib, o'z UZCARD online plastik kartasini tizimga bog'lash zarur. Shundan keyin foydalanuvchi mobil telefon orqali plastik kartadan to'lovni amalga oshira oladi. Barcha to'lovlar vositachilik haqisiz amalga oshirilishi mazkur loyihaning farqlanuvchi xususiyati hisoblanadi. Online plastik kartalar foydalanuvchilariga innovasion xizmatlarni taqdim etayotgan bunday zamonaviy loyihalarni joriy etish ko'p jihatdan mamlakatimizda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining rivojlanishiga imkon yaratmoqda.
Mamlakitimizda masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish barcha banklar tomonidan doimiy ravishda chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Anu shu chora-tadbirlar samarasi o'laroq, 2020 yil 1 yanvaro holatiga xizmatdan foydalanuvchilar umumiy soni 10 mln. dan ortgan (1-jadval).
1-jadval
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
2020 yil 1 yanvar holatiga masofaviy bank xizatlaridan foydalanuvchilar
sonining banklar o'rtasida taqsimlanishi [7]
№ Bank Yuridik shaxslar va YaTTlar Jismoniy shaxslar Jami
1 TIF Milliy banki 52 969 1 657 243 1 710 212
2 "O'zbekiston sanoat-qurilish banki" ATB 31 464 777 366 808 830
3 "Agrobank" ATB 96 250 1 343 740 1 439 990
4 "Ipoteka-bank" ATIB 98 400 870 055 968 455
5 "Mikrokreditbank" ATB 48 152 639 018 687 170
6 AT Xalq banki 91 332 1 022 259 1 113 591
7 ChEKI "Savdogar" ATB 8 380 67 803 76 183
8 ATB "Qishloq qurilish bank" 18 499 243 333 261 832
9 "Turonbank" ATB 15 783 148 771 164 554
10 ChEKI "Hamkorbank" ATB 69 714 716 852 786 566
11 "Asaka" ATB 19 546 561 568 581 114
12 "Ipak Yo'li" AITB 18 783 314 381 333 164
13 "Ziraat Bank Uzbekistan" AJ 1 174 13 218 14 392
14 "Trastbank" XAB 19 871 81 795 101 666
15 AT "Aloqabank" 14 739 244 809 259 548
16 "KDB Bank O'zbekiston" AJ 600 31 664 32 264
17 "Turkiston" XATB 2 805 7 570 10 375
18 Eron "Soderot" sho''ba banki 128 741 869
19 "Universal bank" ATB 3 371 36 369 39 740
20 "Kapitalbank" ATB 21 519 128 297 149 816
21 "Ravnaqbank" XATB 1 675 8 801 10 476
22 "Davr-Bank" XATB 17 772 49 817 67 589
23 ChEKI "Invest Finance Bank" ATB 16 601 212 520 229 121
24 "Asia Alliance Bank" ATB 9 551 109 447 118 998
25 "Hi-Tech Bank" XATB 1 337 20 261 21 598
26 "Orient Finans" XATB 9 492 150 207 159 699
27 "Madad Invest Bank" ATB 427 2 235 2 662
28 "O'zagroeksportbank" ATB 107 389 496
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
№ Bank Yuridik shaxslar va YaTTlar Jismoniy shaxslar Jami
29 "Poytaxt bank" AJ 511 1 796 2 307
30 "Tenge bank" ATB 56 125 181
Jami 691 008 9 462 450 10 153 458
Masofaviy bank xizmatlari yuridik shaxslar va YaTTlar hamda jismoniy shaxslar segmentiga bo'lingan holda taqdim etib kelinmoqda. Mazur tizim foydalanuvchilar umumiy sonida TIF Milliy banki, Agrobank, Xalq banki, Ipoteka-bank hamda Sanoatqurilishbankining ulushi beqiyos bo'lib, ularning birgalikdagi ulushi qariyb 50 foizni tashkil etmoqda.
2-jadval
Tijorat banklarining jismoniy shaxslarga masofadan xizmat ko'rsatish
uchun yaratilgan mobil ilovalari reytingi [8]
№ Dastur nomi Bank nomi Dasturni yuklab olganlar soni Play Market da baho qo'yganlar soni O'rtacha qo'yilgan baho
1. Milliy Milliy Bank 100 000+ 3 457 3,4
2. Hamkor Mobile Hamkorbank 100 000+ 2 733 3,7
3. InfinBank Infinbank 100 000+ 2 249 3,9
4. Ipal Yo'li Mobile Ipak Yo'li Banki 100 000+ 1 881 4,0
5. Ipoteka Bank Ipoteka bank 100 000+ 1 645 4,5
6. Agrobank Mobile New Agrobank 100 000+ 1 523 3,8
7. Uz PSB Mobile Sanoatqurilishbank 100 000+ 1 415 3,6
8. Apelsin Kapitalbank 50 000+ 4 722 4,6
9. Aloqa Mobile Aloqabank 50 000+ 1 126 3,9
10. MKB Mobile Mikrokreditbank 50 000+ 470 3,3
11. Asaka Mobile Asaka Bank 50 000+ 266 3,2
12. MyAlliance Aziya Allians Bank 10 000+ 564 3,6
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
№ Dastur nomi Bank nomi Dasturni yuklab olganlar soni Play Market da baho qo'yganlar soni O'rtacha qo'yilgan baho
13. MyTuron Turonbank 10 000+ 399 4,4
14. OFB24 Orient Finans Bank 10 000+ 397 2,6
15. QQB Mobile Qishloq Qurilish Banki 10 000+ 300 3,3
16. Xalq Mobile Xalq banki 10 000+ 159 3,0
17. TrustPay Trastbank 10 000+ 111 2,6
18. RBK-Mobile Ravnaqbank 5 000+ 115 4,5
19. Savdogar Mobile Savdogarbank 5 000+ 54 2,5
20. DAVRBANK Davrbank 5 000+ 37 3,0
21. UNO Hi Tech Bank 1 000+ 87 3,6
22. MultiPay KDB KDB Bank O'zbekiston 1 000+ 63 3,3
23. Turkiston Bank Turkistonbank 1 000+ 41 3,6
24. UniversalPay Universalbank 1 000+ 30 3,0
25. ZiraatBank Uzbekistan Ziraat Bank Uzbekistan 1 000+ 9 3,1
26. Madad Invest Bnak Mobile Madad Invest Bank 100+ 6 3,0
27. Poytaxt Mobile Poytaxtbank 10+ 0 0,0
Foydalanuvchilarni alohida segmentlar kesimida tahlil qilinganda esa yuridik shaxslarning eng katta ulushi Ipoteka bank xissasiga, jismoniy shaxslar ulushi TIF Milliy bank xissasiga to'g'ri kelmoqda.
www.bankers.uz sayti tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlar natijasida tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan jismoniy shaxslarga masofadan xizmat ko'rsatish uchun yaratilgan mobil ilovalari reytingi tuzib chiqildi (2-jadval).
Jadval ma'lumotlaridan ko'rish mumkinki, mobil ilovalari Play Market orqali yuklab olishlar soni 100 000 tadan ko'p bo'lgan 7 ta bank - InFinBank, Hamkorbank, O'zmilliybank, Agrobank, Ipoteka banki, Ipak yo'li banki hamda O'zSQBning mobil
Scientific Journal Impact Factor
ilovalari tashkil etiadi. Shuningdek, Asakabank mobil ilovasi ham yuklab olishlar soni 50 000 tadan ko'p bo'lgan ilovalar qatoriga kirganligini aytib o'tish lozim.
'Play Market'da mavjud 27 ta bankning mobil ilovasiga jami baho qo'yganlar soni jami 23,9 mingtaga yetdi.
Play Market orqali eng ko'p baholangan mobil dasturlar — "Apelsin" (Kapitalbank), "Milliy" (O'zMilliybank), "Hamkor Mobile" (Hamkor bank), "InfinBank" (Infinbank) hamda "Ipak Yo'li Mobile" (Ipak yo'li banki) lardir. Ushbu dasturlar ichidan eng yuqori bahoga Kapitalbankning "Apelsin" ilovasi (4,6 ball) sazovor bo'lib turibdi. Ushbu dasturni Play Market orqali jami 4722 marta foydalanuvchi baholagani diqqatga sazovor.
Shu o'rinda, Ipoteka bank mobil ilovalari 1645 ta foydalanuvchilar tomonidan baholangan bo'lib, o'rtacha ko'rsatkich 4,5 ballni tashkil etganligini ta'kidlash lozim.
O'zbekistonda masofaviy bank xizmatlarini rivojlanish istiqbollari bo'yicha olib borgan tahlillar natijasida quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:
1. Tijorat banklarida masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish, mijozlarga masofadan turib xizmat ko'rsatish tizimini rivojlantirish bo'yicha har bir tijorat banki o'zining strategik dasturini ishlab chiqish kerak. Mazkur dasturda qadamma-qadam barcha xizmat turlarini masofaviy hamda onlayn rejimga o'tkazish bo'yicha yo'l xaritasi ishlab chiqish kerak bo'ladi.
Mazkur yo'l xaritasida belgilangan vazifalarni moliyalashtirish manbasi, amalga oshirish muddatlari, amalga oshirish uchun mas'ul boshqarma hamda loyihani ishga tushirish muddati kabilar keltirib o'tilishi zarur.
2. Xozirgi kunda tijorat banklari tomonidan masofaviy tarzda ko'rsatiladigan xizmat turlariga kommunal va boshqa to'lovlar, kartadan-kartaga pul o'tkazmalari, onlayn konversiya, onlayn omonat xizmatlari, shuningdek, ayrima banklarda chakana kreditlash xizmatlari yo'lga qo'yilgan bo'lib, keyingi bosqichda ularning turini ko'paytirish maqsadga muvofiqdir. Xususan, xalqaro pul o'tkazmalari ga integarsiyalashuv orqali xorijga mablag'larni jo'natish va qabul qilish, plastik kartalar virtual emmisiyasi xizmatini kiritish kablar shular jumlasidandir.
3. Masofaviy bank xizmatlarini rivojlanishi mijozlarni identifikatsiya qilishga bo'lgan zaruriyatni yuzaga chiqarishi tabiiy holat. Shuni inobatga olgan holda, barcha mobil-bank xizmatlariga mijozga xizmat ko'ratishda xodimni identifikatsiya qilish zaruriyati yuzaga kelganda, Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlar bazasidan integratsiya qilish imkoniyatlarini yaratib berish maqsadga muvofiq bo'ladi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Scientific Journal Impact Factor
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Murojaat (2018) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, Xalq so'zi gazetasining 23 dekabr soni
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi 3620-sonli Qarori
3. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bank statistik byuleteni, 2018-2020 yillar
4. Спильниченко В.К. Трансформация банковских платежных систем в экономике России // Экономический журнал. 2012. № 2 (26).
5. Лиходеева Н. И. Применение электронного банкинга при заключении и исполнении банковских договоров [Текст] / Н. И. Лиходеева // Юридическая работа в кредитной организации. - 2014. - No2. - С. 23-27.
6. Забродиская К.А., Захарова А.О. Основы развития дистанционного банковского обслуживания. БГЭУ Белорусский государственный экономический университет. Библиотека. 2012 г. 57-63.
7. www.cbu.uz - O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Rasmiy sayti
8. www.bankers.uz