Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4
educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
SBERBANKNING ZAMONAVIY BOSHQARUV MODELLARIDAN FOYDALANISH TAJRIBASI VA UNING SAMARADORLIGI TAHLILI
Abdiyev Jasur Akramovich O'zbekiston Respublikasi BMA tinglovchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Sberbank boshqaruvida foydalanilayotgan boshqaruv modellari bilan yaqindan tanishilgan va ularning samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, foydalanilayotgan boshqaruv modelining afzalliklari bilan yaqindan tanishib chiqilgan. Bundan tashqari, O 'zbekiston tijorat banklari amaliyotida zamonaviy boshqaruv modellarini joriy etish imkoniyatlari bilan ham yaqindan tanishib chiqilgan.
Kalit so'zlar: Kayzen, 5S, lean-management, BigData, strategiya, Run -Change - Disrupt, biznes-model, mijozlar sodiqlik darajasi
Аннотация: В данной статье подробно знакомятся с моделями управления, которые используются в управлении Сбербанком, и анализируется их эффективность. Он также ознакомился с преимуществами используемой модели управления. Кроме того, были внимательно ознакомлены возможности внедрения современных моделей управления в практику коммерческих банков Узбекистана.
Ключевые слова: Кайзен, 5S, lean-management, BigData, стратегия, Run -Change - Disrupt, бизнес-модел, уровень лояльности клиентов
Abstract: In this article, they get acquainted in detail with the management models that are used in the management of Sberbank, and analyze ix efficiency. About the same I got acquainted with the advantages of the used management model. In addition, they were closely acquainted with the possibilities of modern management in the practice of commercial banks in Uzbekistan.
Keywords: Kaizen, 5S, lean-management, BigData, strategy, Run - Change -Disrupt, business model, customer loyalty level
KIRISH
Hozirgi sharoitda bank biznesini rivojlanishi bank mahsulotlari va xizmatlarini bozorga olib chiqish uchun informasion texnologiyalardan keng foydalanish, eng yangi texnikaviy vositalar va ilg'or bank texnologiyalarini joriy qilish, shuningdek, xizmatlarning jozibadorligini oshiruvchi bank uslublarini izlash bilan bog'liqdir. Shu sababli, tijorat banklari boshqaruvini ham yanada takomillashtirish, boshqaruv samaradorligini oshirish maqsadida boshqaruvning yanada takomillashtirilgan modellarini joriy etishga asosiy urg'u berilmoqda.
964
Scientific Journal Impact Factor
Bu borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2019 yil uchun mo'ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida quyidagilarga alohida to'xtalib o'tdilar: "Bugungi kunda bank tizimidagi eng asosiy muammo - ular kapitalining asosiy qismi, ya'ni, 83 foizi davlatga tegishli ekanidir. Bu, o'z navbatida, bank sektorida sog'lom raqobatga to'siq bo'lib, xizmat ko'rsatish sifatiga salbiy ta'sir qilmoqda. Hukumat va Markaziy bank xalqaro moliya institutlari ko'magida bankmoliya tizimini rivojlantirish bo'yicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqishi lozim. Bunda bank tizimiga xususiy va xorijiy kapital kirib kelishi hisobidan biz davlat banklari ulushini bosqichma-bosqich kamaytirib boramiz. Bu esa sohada raqobat muhitini yaxshilashga, tijorat banklari faoliyatini, kreditlash sifati va madaniyatini har tomonlama oshirishga xizmat qiladi." [1]
Respublikamizda bugungi kunda davlat va jamiyat qurilishi tizimini tubdan takomillashtirishga doir beshta yo'nalishni o'z ichiga olgan «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni qabul qilinishi, ushbu muhim hujjat ijro mexanizmini namunali tarzda yo'lga qo'yish, uni amalga oshirishda samaradorlikni ta'minlash yuzasidan tegishli vazirlik va tuzilmalar keng ko'lamli sa'y-harakatlar olib borishni talab etmoqda.
Hozirgi kunda tijorat banklarida boqsharuv samaradorligini oshirish, unda bir qator yangi boshqaruv modellarin joriy etish bo'yicha qator ilmiy-tadqiqotlar o'tkazilgan. Mazkur tadqiqotlarda boshqaruv sifatini oshirish, uning nazoratini tashkil etish va takomillashtirish kabi yo'nalishlarga asosiy urg'u berilgan.
Xususan, V.Usoskin tijorat banklarini samarali boshqarishda quyidagi vazifalarga alohida e'tibor berish kerakligini ta'kidlaydi [2]:
-majburiy rezervlarni shakllantirishda jalb etiladigan mablag'lar qismidan tashqari bankka daromad keltirmaydigan mablag'lar salmog'ini kamaytirish;
-tijorat banklari tomonidan bank aktiv operasiyalarini rivojlantirishga yo'naltirishga kerakli kredit mablag'lar ulushini oshirish;
-jalb qilingan "arzon" resurslar hisobiga bank daromadini oshirish. Professor A.A.Omonov "mamlakat iqtisodiyotini yangilash va modernizasiyalash sharoitida tijorat banklarining resurslarini shakllantirish hamda ularni samarali boshqarish bilan bog'liq bo'lgan bir qancha masalalarga to'xtalib o'tadi [3]:
-tijorat banklarining resurslarini barqaror moliyaviy mablag'lar hisobidan shakllantirish va ularning depozit siyosatini samaradorligini oshirish;
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Scientific Journal Impact Factor
-banklarning moliyaviy resurslari tarkibida qimmatli qog'ozlarni emissiya qilish orqali jalb qilinayotgan mablag'lar hajmini oshirish;
-milliy valyutaning xarid qobiliyatini mustahkamlash va aholining bank tizimiga bo'lgan ishonchini yanada oshirish;
-bank oborotidan tashqaridagi mablag'lar hajmini zarur darajada kamaytirish, tovarlar va xizmatlar bozorida bahoning barqarorligini ta'minlash kabi masalalar shular jumlasidandir.
Ilmiy ishni amalga oshirishda tijorat banklarini boshqarishning zamonaviy modellarini joriy etishda olimlar va soha vakillari bilan suhbat, ularning yozma va og'zaki fikr-mulohazalarini tahlil qilish, ekspert baholash, jarayonlarni kuzatish, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga tizimli yondashuv, muallif tajribalari bilan qiyosiy tahlil o'tkazish orqali tegishli yo'nalishlarda xulosa, taklif va tavsiyalar berilgan.
Ikkinchi Jahon urushi tugaganidan so'ng, Yaponiya mag'lub ishg'ol qilingan mamlakatga aylanib qoldi va resurslarning o'tkir taqchilligi sharoitlarida u faqat yetarli miqdorda odamlarga ega edi. Ishlab chiqarishning katta hajmlariga erishishning imkoni yo'q edi, shuning uchun ulardan maksimal foyda olish uchun mavjud, juda cheklangan resurslardan oqilona foydalanishga to'g'ri keldi. Natijada sifatni e'tiborga olgan holda intensiv sanoatni rivojlantirish yo'li tanlab olindi.
Lean-management modeli, "Kayzen" va "5S" tamoyillari, shuningdek Yaponiyaning Toyota kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan boshqa menejment modellarini qo'llash dastlab bunga tayyor bo'lmagan muhitga murakkab ishlab chiqarish madaniyatini kiritish imkonini berdi; odamlarni to'g'ri ish jarayoniga jalb qilishning uddasidan chiqildi.
Ushbu Toyotaninng lean-management modeli «Sberbank» OAJ rahbariyati va xodimlari uchun tejamkor ishlab chiqarish namunasi va biznesni tashkil etishning etaloni hisoblanishini ta'kidlash joiz.
Quyidagilar ishlab chiqarish tizimining asosiy dastaklari hisoblanadi:
1) jarayonlarni optimallashtirish:
- biz nimaiki qilsak, agar bu mijozga kerak (u buning uchun to'lashga tayyor) bo'lsagina qilamiz;
- muammoni hal qilish uchun barchaning mas'uliyati;
- yo'qotishlarning manbalarini bartaraf etish;
- har kunlik yaxshilashlar;
TADQIQOT METODOLOGIYASI
TAHLIL VA NATIJALAR
Scientific Journal Impact Factor
- innovatsiya tizimi;
- teskari aloqa;
2) boshqaruv tizimini takomillashtirish:
- aniq maqsadlar va ularga erishishning kundalik nazorati;
- motivatsiyaning shaffof tizimi;
- tasdiqlangan jarayonlar doirasida vakolatlarni maksimal bo'lishish;
- jarayonni emas, natijani nazorat qilish;
3) qadriyatlar va xulq-atvor ko'rsatmalarining o'zgarishi:
- mijoz bu bizning hamma narsamiz;
- natijalarga yo'nalganlilik;
- hamjihatlik hissi;
- o'z-o'zini takomillashtirishga intilish;
- mas'uliyatni qabul qilish;
- e'tiborlilik, iltifotlilik va ochiqlik [4].
Lean-management tizimi samarali ishlab chiqarishning uchta dushmani: yo'qotishlar, moslashuvchanlikning yetishmasligi va barqarorsizlikka qarshi kurashishni ta'minlash uchun mo'ljallangan.
Lean-management tizimining eng muhim vositalaridan biri "kayzen" uzluksiz takomillashtirishlar madaniyati, xususan, ushbu jarayonga xodimlarning qanday jalb qilinganligi hisoblanadi.
Toyota Lean-management tizimi yaratuvchilaridan biri bo'lgan Tayiti Ono yetti turdagi yo'qotishlarni ajratib ko'rsatdi:
- ortiqcha ishlab chiqarish sababli yo'qotishlar;
- kutish sababli vaqtni yo'qotish;
- keraksiz tashish sababli yo'qotishlar;
- keraksiz ishlov berish bosqichlari sababli yo'qotishlar;
- ortiqcha zaxiralar sababli yo'qotishlar;
- keraksiz ko'chirishlar sababli yo'qotishlar;
- nuqsonli mahsulotlar chiqarilishi sababli yo'qotishlar [5].
Shu bilan birga, Lean-management tizimi doirasida u do'konda yoki bank ofisida ish joyi bo'ladimi, buxgalter yoki direktorning idorasi bo'ladimi, har doim o'z ish joyingizni yanada samarali qilish uchun ob'ektiv ehtiyoj bo'ladi. Axir, rejalashtirilgan vazifalarni o'z vaqtida bajarish ish joyining mohirlik bilan tuzilishiga bog'liq bo'ladi. Bunga qanday erishish mumkinligi inqilobiy "5S" tizimi tomonidan ta'riflanadi.
Scientific Journal Impact Factor
"Besh S" (5S, 5C) - ish joyini samarali tashkil etish tizimi bo'lib, u operativ hududning samaradorligi va boshqariluvchanligini sezilarli darajada oshirish, korporativ madaniyatni yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish va vaqtni tejash imkonini beradi.
"5S" ning asosiy g'oyasi - optimallashtirilishi mumkin bo'lgan hamma narsani optimallashtirish kerak, hamma narsa hisobga olinishi kerak va ayni paytda qiymat qo'shmaydigan yo'qotishlarni bartaraf etish kerak.
"5S" tizimining asosiy maqsadlari:
- mehnat unumdorligini oshirish;
- xodimlar ish o'rinlarining qulayligi va ergonomikliligini oshirish;
- ko'chirish, tashish va ortiqcha zaxiralar kabi yo'qotishlarning turlarini aniqlash va bartaraf etish;
- ish yuklamasini bir maromda taqsimlash uchun standartlashtirish va qo'llab-quvvatlash tizimi [6].
Eng so'nggi axborot texnologiyalarining asri bo'lishiga qaramay, ish vaqti degan mashhur maqol tobora dolzarb bo'lib bormoqda. "5S" tizimi nafaqat vaqt yo'qotishlarini kamaytiradi, balki ish sifati, xavfsizligi va samaradorligini oshiradi, xodimga tashabbus va ijodkorlik ko'rsatish imkoniyatini beradi, natijada yangi samarali ishlab chiqarish madaniyatini shakllantirishga yordam beradi.
"5S" tizimini qo'llashning amaliy maqsadi yo'qotishlarni (birinchi navbatda harakat va zaxiralardan ko'rilgan yo'qotishlarni) qisqartirish, nuqsonlar yo'qligi holatiga erishish va uzluksiz takomillashtirish hisobiga ish joyini tashkil etish samaradorligini oshirishdan iborat.
Bo'linmalarda operasion samaradorlik (bank mijozlari ko'rib turgan va o'zlarida his qilib turgan narsa)ni oshirish maqsadida «Sberbank» OAJ tijorat banki o'z faoliyatiga lean-management tizimini tadbiq etish, ya'ni "Toyota Production System" tamoyillari va vositalaridan foydalanishga o'tdi.
«Sberbank» OAJ samaradorligini oshirish uchun asos bo'lishi kerak bo'lgan "Toyota Production System" (tejamkor ishlab chiqarish, Lean-menejment) konsepsiyasi bank faoliyatining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olmagan holda to'liq ko'chirib olingan edi. Bank faoliyatining farqi esa axborot bilan ishlashda ifoadalanadi. Shunga mos ravishda, Ishlab chiqarish tizimi uni olish va almashinuviga tegishli bo'lgan jihatlarda ancha samarali bo'ladi.
Shu bilan birga, amaliyotda, xodimlar Sberbank tomonidan Ishlab chiqarish tizimini tadbiq etishdan ma'no va foydani ko'rishmaydi, ularga bu qo'shimcha yuk
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
va vaqtni shunchaki havoga sovurish bo'lib tuyuladi. Toyota kompaniyasining asosiy tamoyili hisoblanadigan yana bir muhim jihat - odamlarga hurmat bilan munosabatda bo'lish, ya'ni barcha xodimlar o'z ishini bajarayotganda doimo muvaffaqiyatli bo'lish huquqiga ega ekanligiga ishontirish e'tibordan chetda qolgan edi. Toyota korporativ madaniyatida rahbariyat va xodimlar o'rtasidagi o'zaro hurmat juda katta ahamiyatga ega. Rahbariyat har doim ochiq va iltifotli bo'lishi, ishlab chiqarishda shunchaki ko'rinish berish uchun emas, balki yordam ko'rsatish uchun bo'lishi kerak. Agar rahbariyat xodimlari muammolarni topishi va takomillashtirishlarni joriy etishini istasa, unda buning uchun vositalarni ta'minlash bo'yicha majburiyatlarni o'z zimmasiga olishi kerak.
Amaliyotda xodimlarga katta yuklama beriladi («Sberbank» OAJ ning ba'zi bo'linmalarida shtat birliklari bilan to'ldirilishining aniq yetishmovchiligi mavjud), bu esa, o'z navbatida, kadrlarning katta qo'nimsizligiga olib keladi.
Boshqa tomondan, «Sberbank» OAJ Ishlab chiqarish tizimini tadbiq etish natijasida operasion faoliyatda sifatli yaxshilanishlar: navbatda kutishlarning vaqtini ikki barobarga kamaytirish, tushlik tanaffusini bekor qilish va operasion oynalarni universallashtirish hisobiga mijozlarning birdan avjga chiqadigan oqimini jilovlash, operatsiyalarni sodir etish vaqtini kamaytirishga erishishning uddasidan chiqoldi. Miqdoriy natijalar qismi bo'yicha kommunal to'lovlarni qabul qilish o'sish sur'atining ikki barobar oshgani, nazorat guruhi bilan solishtirganda blis-o'tkazmalari bo'yicha foizsiz daromadning 7,5 barobar oshgani, qog'oz va kanselyariya mollarining sezilarli darajada tejalgani, eng muhimi esa, mijozlarga yo'naltirilganlilikning o'sganini ta'kidlash lozim.
Boshqaruvda yuqorida keltirilgan lean-management, kayzen, 5s modellarining foydalanilishi bankning pirovard natijalarini yaxshilashga yordam berdi (1-jadval).
1-jadval
Sberbank Rossiya OAJning foyda va zararlari to'g'risidagi ma'lumotlari
(mln. rublda) [7]
Ko'rsatkich nomi 2017 2018 2019
Asosiy faoliyatda olingan daromad, mln. rub. 2 630 400 3 007 568 3 600 744
Ekspluatatsiya xarajatlari, mln. rub. 2 539 200 1 753 600 1 952 000
Bank foydasi (1- 2), 91 200 1 253 1 648
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
Ko'rsatkich nomi 2017 2018 2019
mln. rub. 968 744
Foyda solig'i, mln. rub. 39 456 46 164 54 011
Byudjetga ajratmalar, mln. rub. 19 728 23 082 27 005
Sof foyda, mln. rub. 712 288 1 207 804 1 594 733
Yuqorida keltirilgan jadva ma'lumotlari bank c tomonidan tanlangan boshqaruv
modellari samaradorligini harakterlaydi. Bank yillik hisobotlarida keltirilishicha, 2017 yilda bankning sof foydasi 712,3 mlrd. rubl, 2018 yilda 1207 mlrd. rubl hamda 2019 yilda 1594,7 mlrd. rublni tashkil etgan.
Sberbankning mijozlarga yo'naltirilgan biznes modeli barcha manfaatdor tomonlarning manfaatlarini hisobga oladi. Bank o'z faoliyatida Run - Change -Disrupt yondashuvidan foydalangan holda uzoq muddatli barqaror rivojlanishga yo'naltirilgandir.
Bugungi kunda Sberbankning biznes modeli mijozlarining asosiy moliyaviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, ammo vaqt o'tishi bilan unga moliyaviy bo'lmagan xizmatlarning takliflari ham integratsiya qilinadi. Zamonaviy texnologiyalar jiddiy tarzda mijozning bank bilan o'zaro hamkorlik usullarini o'zgartirmoqda va uzoq muddatli istiqbolda moliyaviy muassasa sifatidagi bankning mohiyati ham o'zgaradi: mijoz talabiga ko'ra moliyaviy tranzaksiyalar operatoridan bank mijoz bilan o'zaro hamkorlik qiluvchi platformaga aylanadi, bu yerda moliyaviy xizmatlar mijoz taklifining faqat bir qismi bo'lib qoladi.
Scientific Journal Impact Factor
1-rasm. Sberbank OAJning mijozlar bilan ishlash samaradorligi ko'rsatkichlari [8]
Mijozlar uchun kurashda bank mijozlar bazasining zarur sodiqlik darajasini saqlab qoladi, ya'ni biznes yo'nalishlari bo'yicha strategiyalar ushbu vazifaga muvofiq ravishda to'g'rilanib turiladi. Empatiya va dizayn fikrlash tamoyillari mijozlar bilan ishlashning kelajakdagi biznes modellarini rivojlantirishda asosga aylanishi kerak. Mijozlar ma'lumotlari, shu jumladan, BigData bilan ishni qurishga yangi yondashuvlarning integratsiyasi bankka barcha toifadagi mijozlar uchun takliflarni "ommaviy tarzda shaxsiylashtirish" imkoniyatini ta'minlaydi.
Bankning mijozlarga yo'naltirilgan biznesni boshqarish modellari samaradorligi natijasida mijozlarning soni hamda ularning sodiqlik darajasi yildan yilga yaxshilanib bormoqda (1-rasm).
XULOSA
Xulosa qilib shuni ta'kidlash lozimki, bir kompaniyaning Ishlab chiqarish tizimini qanchalik samarali, muvaffaqiyatli va hatto ulug' iste'dodga ega bo'lishiga qaramasdan, butunlay va o'zgarishsiz ko'chirish mumkin emas. Uning barcha tamoyillariga to'la amal qilish juda qiyin. O'ziga xos Ishlab chiqarish tizimi va madaniyatini yaratish uchun uning eng mahsuldor va mos elementlarini olish kerak. Shu bilan birgalikda Toyota kompaniyasining ishlab chiqarish jarayonlarida hamma narsa ham mukammal emas. Muammolar bor, lekin ularni hal qilish mexanizmlari ham mavjud. Yaxshi yo'lga qo'yilgan tizimning mexanizmlari. Biroq, u Toyota kompaniyasimi yoki «Sber» OAJ tizimi bo'ladimi, faqat uning falsafasini qabul qilib va uning muvaffaqiyatiga ishonibgina, ushbu tizimning bir qismiga aylanish mumkin.
Scientific Journal Impact Factor
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI(REFERENCES)
1. Sh.Mirziyoyev. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, https://uza.uz/uz/posts
2. Усоскин В. Современный коммерческий банк: управление и операции. М: Антидар, 1998-320 с.
3. А.Омонов. Тижорат банкларининг молиявий ресурсларини бошдариш. Монография, 2-нашри. -Т.: "Идтисод-молия" 2010. 40-б.
4. Лайкер Д. Дао Toyota: 14 принципов менеджмента ведущей компании мира. М.: Альпина Бизнес Букс, 2005
5. 5S для офиса: как организовать эффективное рабочее место / под ред. А. Белявцева. М.: Институт комплексных стратегических исследований, 2008
6. 5S для рабочих: как улучшить свое рабочее место / под ред. В. Болтрукевича. М.: Институт комплексных стратегических исследований, 2007
7. Сбербанк йиллик хдсоботлари маълумотлари, https://www.sberbank.ru
8. Сбербанкнинг 2020-2023 йилларга мулжалланган стратегияси, https: //www.sberbank.ru/strate