Academic Research in Educationaal Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-206-213
ALISHER NAVOIYNING "XAMSA" ASARIDA KELTIRILGAN SHAXS NOMLARINING QAHRAMON FE'L-ATVORIGA DAXLDORLIGI
Nilufarxon Axmedovna Nazarova
Andijon viloyati Oltinko'l tumani 28-IDUMI ning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi nilufarxonnazarova@gmail .com
ANNOTATSIYA
Ijodkor o'z asarini yaratish davomida uning har bir detaliga alohida e'tibor qaratadi. O'z qahramonlarning, yordamchi yoki epizodik bo'lishiga qaramay, ismlarini tanlashda ancha bosh qotiradilar. Maqolada Alisher Navoiyning "Xamsa" asarida keltirilgan shaxs nomlarining qahramon fe'l-atvoriga daxldorligi tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar: Alisher Navoiy, "Xamsa" asari, shaxs nomlari, obraz turlari, tarixiy shaxslarning asarda aks etilishi, qahramon fe'l-atvori.
ABSTRACT
The artist pays special attention to every detail of his work. They find it difficult to choose the names of their characters, be they assistants or episodes. The article analyzes the correspondence of the names of the people mentioned in "Khamsa" by Alisher Navoi to the character of the hero.
Keywords: Alisher Navoi, "Hamsa", personal names, types of images, depiction of historical figures in the work, character of the hero.
Ilm, Navoiy, sanga maqsud bil, Emdiki ilm o'ldi, amal aylagil.
KIRISH
V asr, bu muddat asrlar silsilasi uchun katta muddat emasdir, lekin badiiy adabiyotda nihoyat katta davr hisoblanadi. Shu katta davr o'tsa-da, o'z mavqeini zarracha ham yo'qotmay kelayotgan ijodkorlarning eng ulug'i, shubhasiz, Hazrat Navoiydir. Alisher Navoiy yaratgan asarlar qayta va qayta o'qilish va o'rganishga munosib. Ijodkor olim asarlaridagi biror nuqtani ham bejizga qo'ymagan. Har bir chizgi o'z ma'no-mohiyatiga ega. Ayniqsa, asarlaridagi shaxslarga qo'yilgan ismlar nihoyatda katta g'oyaviy-estetik maqsadlar uchun xizmat qiladi.
Academic Research in Educationaal Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-206-213
ADABIYOTLAR TAHLILI
Navoiy "Xamsa"sini o'rganish va o'rgatishda ko'p bilim va malakaga ega bo'lish lozim, chunki undagi mazmun-mohiyat, voqea-hodisalar tizimi, obrazlar silsilasi, so'z, jumla talqini, umuman, g'oyaviy-badiiy nafosatini tushunib yetish yetarli darajada tayyorgarlikni talab etadi. Maktab o'quvchilari, oliy o'quv yurti talabalarining bu masalada anchagina qiyinchiliklarga duch kelishi tayin. Shu sabab ham "Xamsa"dek ulkan asarni yaxshiroq anglash, baytlar mohiyatini his qilish uchun keng qamrovli bilim sohibi bo'lish talab qilinadi. Arab, fors, eski o'zbek tili so'zlarining ma'nosini bilish, dunyo mamlakatlari, ularning o'rni, geografik joylashuvi, payg'ambarlar obrazlari, islomiy g'oyalar, diniy talqinlar uchrashi -Qur'oni karim sabog'ining muhimligi, turli sulolalar, podsholar, tarixiy kishilar nomlarining mavjudligi - tarix fanidan yetarlicha xabardorlik, tarixiy afsona va hadislardan, tasavvuf, falsafa va boshqa fan sohalariga doir ilmlardan ma'lum darajada xabardorlikni talab etadi. Shaxs nomlari, obrazlar tizimini taniy olish, bu timsollar haqida yetarlicha ma'lumotga ega bo'lish ham Navoiy asarlari mohiyatini to'liqroq anglab yetishga zamin bo'ladi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
"Xamsa" asari XV asrdan to shu kungacha bo'lgan muddatda o'z qadr-qimmatini zarracha ham yo'qotmagan asl asarlar sirasiga kiradi. Bejizga bu an'anaviy merosga zamondosh ijod ahli tomonida yuksak baho berilmagan. Bu baholar qiymatini esa asarni anglab, tushunib mutolaa qilgandagina anglash mumkin.
Bizningcha, Navoiy "Xamsa"sini to'liqroq tushunishda quyidagilarga e'tiborni qaratish zarur:
Masalan, asarda keltirilgan qahramon nomlarini sharhlash, bilish, tarixiy, an'anaviy nom bo'lsa tanish ham asar mohiyatini anglashda muhim hisoblanadi.
- "Xamsa"da turli afsonalarga ishora qilinuvchi baytlarni aniqlab, ularning sharhini berish;
- asarda qayd etilgan joy nomlarini, mamlakatlarning joylashgan o'rni, ayni kundagi nomi, hududi, ularni qo'llashda shoirning g'oyaviy-badiiy niyatini ko'rsatish;
- "Xamsa" dostonlarida uchraydigan obrazlarni quyidagicha tasniflab, mohiyati, o'ziga xosligini anglatish, uqtirib tushuntirish;
a) tarixiy shaxslar obrazlari;
b) payg'ambarlar obrazlari;
v) mifologik obrazlar;
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 207 www.ares.uz
Academic Research in Educationaal Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-206-213
g) an'anaviy obrazlar (sevgi-muhabbat, saxiylik, adolat va hokazolar bilan bog'liq timsollar).
- "Xamsa" dostonlaridagi voqealar, holatlar: obrazlar, falsafiy tushunchalar, ayrim istilohlarning majoziy yoki haqiqiy, dunyoviy yoki tasavvufiy ma'nolarini aniq, asosli va ishonarli tarzda sharhlash;
- "Xamsa"da hayotiy manzaralar ifodasi (inson, uning urf-odatlari, hayot va tabiatdagi o'zgarishlar, voqea-hodisalar);
- dostonlarda uchraydigan turli badiiy usul va vositalar (ramzlar, tush manzaralari, hushdan ketish holatlari);
- "Xamsa" da xalq maqollari, hikmatli so'zlar tasnifi va shu kabilar.
Navoiy "Xamsa"sida ko'plab obrazlar uchraydi. Biz bevosita dostonlardagi asosiy qahramonlar, sujetida shu obrazlar sarguzashti, kechinmalari ifodalanganlarni nazarda tutmayapmiz. Aksincha, ana shu obrazlar bilan bog'liq voqealar, ulardagi turli qirralarni namoyon etishda vosita bo'ladigan, o'xshatiladigan, qiyoslanadigan o'zga obrazlarni e'tiborga olayapmiz.
Ma'lumki, "Hayrat ul-abror"da yagona voqea, biror obrazlar taqdiri, ular bilan aloqador sarguzashtlar bayon etilmaydi. Shu sabab ham asarda falsafiy mushohadalar jarayonida ko'plab payg'ambarlar, shayx, avliyo, so'fiylar, hukmdorlar, shoiru olimlar nomlari qayd etiladi. "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun"da esa boshqacha. Ularda ma'lum qahramonlar hayoti, u bilan bog'liq voqelar tizimi bayon etiladi. Shu nuqtai nazardan, "Sab'ai sayyor", "Saddi Iskandariy"ning obrazlari ham o'ziga xos. "Xamsa"ni to'liq mutolaa qilinsa, obrazlar ko'lami, ularning rang-barangligi, turli toifa kishilari ekanligi ma'lum bo'ladi.
Shaxs otlarining leksik xususiyatlari atash ma'nolari qaysi tildan olinganiga ko'ra muallifning g'oyaviy maqsadiga muvofiq qo'llanilgan. Masalan,ijobiy qahramon ismlari ijobiy bo'yoqdorlikka ega. Ism tag ma'nosi zamirida ijobiy xususiyat aks etgan.
Alisher Navoiy o'z dostonida Farhodni asosiy, markaziy qahramon qilib oldi. Uni tom ma'noda ijobiy qahramon sifatidagi yangicha talqin berdi."Farhod obrazida o'z davrining ilg'or g'oyalarini kuylaydi, xalq ommasiga xos qator oliyjanob xususiyatlarni ideallashtiradi" (Hayitmetov A.Navoiyning ijodiy metodi masalalari. 93-bet). Farhod-ismi aqlli, zukko, fahm-farosatli, dono yigit semalariga ega.
Yana dostonda xamsachilik an'analariga muvofiq qo'llanilgan ismlar ham mavjud. Xisrav, Shirin, Bahrom, Shopur.
Shirin-bu yerda shoir so'z o'yni ishlatgan: Navoiy o'z salaflari Nizomiy va Xusrav Dehlaviy Shirinni jahon ahliga yoqimli, totli obraz qilib yaratdilar, Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 208 www.ares.uz
Academic Research in Educationaal Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-206-213
demoqchi. Shirin ayrim afsona va dostonlarda rumli, eronli, oromiynasab yoki armani deb aytiladi. Nizomiyda u ozarbayjonljk bo'lsa, Navoiyda esa armaniyalikdir.Dostonda bu obraz nihoyatda go'zal va bu go'zallik qalbiga ham ko'chgan qilib tasvirlangan. Shirin yana mukammallik, sadoqatli, shafqat va mehr timsoli hamdir. Chin ma'noda Shirin asl yoqimli, hammaga manzur timsol bo'la olgan.
Shaxs nomlarining qo'llanishida yana bir sezilarli jihat tarixiy shaxslar, ya'ni payg'ambarlar, avliyolar, buyuk hukmdorlar,qahramon va donishmand zotlarning nomlari keltirilganligidir. Bu baytlarda talmeh san'ati qo'llanganini ifodasi. Misol uchun: Chu septi dahr tun mushkiga kofur,
Sochildi Ahraman anfosidin nur. Tutub holig'a tun ifriti motam, Sulaymoni falak ko'rguzdi xotam.
Sulaymon alayhi salom, Aflotun, Suqrot-Sokrat(mil.av.470,469-399) qadimgi yunon faylasufi. Navoiy dostonda Suqrotni aql va hikmatda benazir shaxs sifatida talqin qiladi, Suhaylo-bu ism Suhayl nomli yorug' yulduz nomidan olingan. Bu yerda Yunonistondagi donishmand hakim nomi bo'lib kelgan.Buqrot-Gipokrat, Jomosp-qadimgi Eronning afsonaviy donishmand, munajjimi. Rustam, Axraman-dev, Xizr, Iskandar, Luqmon, Yusuf, Iso Masih, Maryam va boshqalar. Sulaymon-yahudiycha, Himoyalangan, berk, tinch, osoyishta, shikas topmaydigan. Ba'zilar "Tinchliksevar" deb izohlashadi."Tavrot"tilida -Solomon.Bu nom Sulaymon paygambarimizning ismidir. Iskandar-yunoncha, o'zbekcha. Mard, qo'rqmas, dovyurak, jasurlarning sardori, himoya qiluvchi kabi ma'noda. Rustam-pahlaviycha. "Avesto"dagi Raodastan so'zidan yasalgan bo'lib, ulkan gavdali, qudratli, botir, matonatli bahodir. Jamshid-Eronning afsonaviy shohlaridan. U qurol-aslaha, ipak va ranglar ixtiro qilgan, ulkan binolar qurdirgan ekan. Uning davrida odamlar farovon yashaganlar, xastaliknima, o'lim nima bilmagan emish. Bundan kibr-havoga berilib ketgan Jamshidni Olloh jazolagan emish. Badiiy adabiyotda ko'pincha Jamshidning sehrli jomi qalamga olinadi.Go'yo unda Jamshid o'z zamonasida istagan odam va joylarni ko'ra bilar ekan. Navoiy Husayn Boyqaroniana shu Jamshid taxtiga o'tirgan1 deb ta'riflamoqda.
Qorun-nihoyatda katta boylikka ega afsonaviy shaxs, lekin u o'ta xasis bo'lgan emish. Diniy rivoyatlarga ko'ra, u Muso payg'ambar aytganlariga amal qilmagan, buning uchun xudo butun boyligi, xazina, saroylari bilan yer qa'riga kiritib yuborgan
1 A.Navoiy. Farhod va Shirin. Sharh va izohlar.www.ziyo Google Scholar
Academic Research, Uzbekistan 209
Academic Research in Educationaal Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-206-213
emish.Badiiy adabiyotda Qorun davlatmandlik va xasislik ramzi kabi ishlatiladi. Bu yerda Chin xoqoni xazinasi Qorunnikidan yuz ming marta ortiq edi, deb ta'riflanadi.
Bu kabi afsonaviy shaxs otlari ham asar mazmun-mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi.
Dostondagi boshqa nomlar semantikasiga e'tibor beramiz.
Mulkoro- dostonda Chin mamlakati xoqonining nomi. Vazir nihoyatda aql-farosatli, dono, tadbirli shaxs qilib tasvirlangan. Arabcha, fors-tojikcha, mamlakatning, davlatning bezagi, faxri, g'ururi. Boniy-arabcha. Rabboni-xudojo'y, Allohning bandasi.Xito mamlakatining eng usta me'mori. Moniy bilan aka- uka qilib tasvirlangan.Bir-biriga juda o 'xshashadi.
Moniy-arabcha. Aqlli, donishmand.Ibn Fatak (216-217) -moniylik ta'limotining asoschisi.Sharq rivoyatlarida uni mashhur rassom, naqqosh deb ta'riflaydilar.
Qoran-Qoraniyoz o'zbekcha, fors-tojikcha ism bo'lib, Ollohdan iltijolar bilantilab olingan bola ulg'ayib kuchli yigit bo'lsin. Dostondagi toshtarosh ustaning nomi. Shopur-fors-tojikcha, pahlaviycha. Shahzoda, shoh farzandi. Usta rassom Farhodning do'sti. Nizomiyda bu obraz Xusravning qissaxoni, Shirin bilan Xusrav munosabatlarida vositachi, ko'makchi sifatida talqin qilingan. Xusrav Dehlaviyda ham.
Shopur Xusrav bilan yuruvchi, unga turli ajoyib-g'aroyibotlar hikoya qilib yupatib yuruvchi shaxs.Xusravga Shirinning rasmini ko'rsatib, Armaniya o'lkasiga birga ketgan Shopurdir. Navoiyda esa Shopur Farhod bilan tasodifan uchrashib sodiq do'stiga aylanib qolagan, mohir naqqosh va insonparvar shaxs sifatida talqin etilgan. Mihinbonu-bu yurt bekasi malika.Ismning kelib chiqishi hozircha noma'lum.Oy yuzli mazmunda.Bonu- Mihinbonu ko'zda tutiladi. Ko'pincha Navoiy Mihinbonuni shunday ataydi. Hovvo-diniy rivoyatlarga ko'ra-insoniyatning onasi-Moma Havo. Shoir bu yerda Mihinbonuni Momo Havoga o'xshatadilar. Uning Shirin xonasiga kelishini Momo Havoning jannatda makon tutganiga nisbat beradi. Afridun-fors-tojikcha ism bo'lib, uch hissa qudratli; jasur, dovyurak, yengilmas.Qadimgi Erondagi peshdodiylar sulolasiga mansub podshoh. Navoiy Faridunni "yaxshi ahloqli va odil"edi deb ta'riflaydi.
Diloro-fors- tojikcha ism, suyukli, maftun qiluvchi, qalb ziynati kabi mazmunda. 10-go'zaldan birining nomi. Ular fan ustalari.
Dilorom-dilga orom beruvchi,o'zbekcha, fors- tojikcha ism hisoblanadi.
Sumanbo'- fors-tojikcha,Yasmin isli qiz.
Sumanso- fors- tojikcha.Yasmin (jasmin) monand oq yuzli qiz. Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 210 www.ares.uz
Academic Research in Educationaal Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-206-213
Parichehra-o'zbekcha, parilardek ko'rkam yuzli, zebo qiz.Yana Parivash,
Parizod kabi o'xshash ismlar ham keltirilgan.
Mahvash-fors-tojikcha.Oyga o'xshash, oymonand yuzli. Shirinning yana bir nomlanishi. Sumanbar-oqbadan, go'zal; bub yerda Shirinko'zda tutiladi.
Kisro- sosoniylar tabaqasidan bir podshohning nomi. Bu yerda shoir Xusravni uning nabirasi deb ta'riflamoqda.
Hurmuz-Xusrav Parvezning otasi. Etimologik kelib chiqishi aniqlanmagan. Yaxshilik, ezgulik tangrisi, Mushtariy yulduzi nomi yoki Shamsiya oyining birinchi kunida tug'ilgan farzand ma'nosida.
Xusrav esa Sharq og'zaki ijodi va yozma adabiyotida keng tarqalgan obraz.Uning tarixiy ildizi sosoniy podsholaridan Xusrav II Parvez (VI asr oxiri) faoliyatiga qadaladi.Ba'zi manbalarda u mukammal shaxs, Navoiyning ishq dostonida esa salbiy qahramon sifatida talqin qilingan. Xusrav-Xisrav fors-tojikcha,mashhur, dondor; nomdor, hukmron kabi lug'aviy ma'nolariga ega.
Parvez-lug'aviy ma'nosi: muzaffar, baxtiyor; Xusravning laqabi.
Bahrom-ko'kaldosh, ini Farhodning. Bahrom Cho'bin qadimgi Eronning kuchsiz podshohlaridan biri. Navoiy "Tarixi mulki Ajam"asarida yozishicha, u ikki yarim yil podshohlik qilgan.
Buzurg Ummid- elning bilimdoni,u yer ostidagi baliqdan ko'kkacha bo'lgan hamma narsani ochiq bilar, har qiyin ishda Xisravga rahnamo edi.
Dallatul muhtola- afsonalar bo'yicha o'z ayyorligi bilan nom chiqargan ayol. U Farhodga sovuq, yolg'on xabar keltiradi. Navoiy bu nomni obrazning tashqi va ichki dunyosi asosida tanlagan. Ijodkor tanlagan ismlar shaxs fe'l- atvoriga mosligidan tashqari qahramonlarning harakat va taqdirlariga ham mutonosiblik hosil qiladi.
Sheruya-Xusravning o'g'li. Ismning etimologiya eroniy ismlar sirasiga kiradi. Adolatsiz hukmdor va o'z otasining qotiliga qo'yilgan nom.
Xulosa qilib aytganda,bu doston leksikasi ham, Navoiy asarlarida shaxs otlari leksikasi ham keng ko'lamli o'rganilish manbasi hisoblanadi. Ismlarning to'liq semantikasi Navoiy asarlarini taqqoslash asosida ochib berilishi mumkin.Demak, asarlarda shaxs nomlari muallifning g'oyaviy maqsadiga muvofiq tanlanadi.
Mashhur "Xamsa" asarining "Hayrat ul- abror" dostonidagi shaxs otlari tahliliga o'tsak. Bu doston to'la- to'kis xamsachilik an'analariga mos tarzda yaratildi. Bu dostonda pand-nasihat mazmuni ibratli hikoyatlar asosida beriladi. Shu bois shaxs otlari ham, obrazlar tizimi ham an'anaviy tarzda tanlangan, keltirilgan.
Academic Research in Educationaal Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-206-213
Shayx Boyazid, Shohi G'oziy, Xoja Abdulloh Ansoriy, Imom Faxr Roziy, Sulton Badiuzzamon, Xoja Abu Nasr, Shayx Suhravardiy kabilar.
Ibrohim Adham-yahudiycha ism "Injil"dagi Avraam ismining arabcha shakli bo'lib, "xalqlar otasi" ma'nosini anglatadi.Adham ikkinchi qismi esa arabcha, qora ot, badanida qora belgisi (hol) bilan tug'ilgan bola yoki qimmatli, noyob, kam uchraydigan.
Hazrat Ayub-yahudiycha ism bo'lib, o'kinuvchi, afsuslanuvchi, pushaymon qiluvchi. Bu ism Ayyub payg'ambarning nomidir. Ba'zi adabiyotlarda Ayyub-chidamli, sabrli, hurmatli yoki tavba qiluvchi deb ham izohlanadi. Asarda bu zot juda ham mehribon, muloyim, hatto o'g'iga ham ta'voze ko'rsatganligi voqeasi berilgan.
Yoqut-arabcha, yahudiycha, qizil rangli qimmarbaho tosh, yoqut. Turkiy xalqlar yoqut kishini turli kasalliklardan asraydi, davo bo'ldi deb hisoblashgan. Shu tosh sharafiga qimmatli, qadrli mazmunida qo'yiladigan ism.
"Hayrat ul-abror" dostonida asosan tarixiy shaxs va an'anaviy obrazlar keltirilgan. Navoiy ko'p yillik mehnati, izlanishlari, boshqa xamsachilik namunalarini o'rgangan holda o'z "Xamsa"sini yaratdi. Bu asari zamiridagi ma'noga mutanosib holda shaxs otlarini qo'llaydi. Boshqa "Xamsa"larda qo'llanilgan obrazlar solishtirilib, asar g'oyasiga munosibini va o'zidan avvalgi xamsanavis ustozlarda takrorlanmay yangi mazmun kasb etgan obrazni yarata olgan. Buni beshlikning boshqa dostonlarida ham ko'rish mumkin.
XULOSA
Navoiy asarlari yanada kengroq o'rganilsa, shaxs nomlarining o'zi atagan qahramonlar xarakteriga mutlaqo munosib ekanligiga yanada iqror bo'lasiz. Hazrat Navoiy keltirgan har bir obraz o'z fe'l-atvoriga mos surat va siyratga, qolaversa ichki dunyosini, maqsad va qarashlarini ochib bera oladigan nomga ega obrazlardir. "Xamsa" asaridan boshqa devon-u dostonlarida ham bu fikrlar isbotini ko'rish mumkin.
REFERENCES
1. Shavrkat Mirziyoyev. Erkin va faravon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent: O'zbekiston, 2016 19-b
2. Узбек тилининг тарихий лексикаси.Тошкент: Фан, 1972.
3. Н.Маллайев. Узбек адабиёти тарихи. Тошкент: 1965.
4. Б.Бавоев. Навоий асарлари лексикаси.Тошкент: Фан, 1983.
Academic Research in Educationaal Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-206-213
5. T. Axмедов. Навоий ва ижодий сабоклар^оявий ният ва ижобий образ. Toшкент: Фан,1981.
6. Э.Бегматов. Номлар ва одамлар. T: Фан, 1987.
7. T. Корайев, Р. Вохидов. Aдабий тахаллуслар хакида. T: 1977.
8. Т. Жалолов.Хамса талкинлари.Toшкент:1968.
9. Б.Бавоев. Кухна сузлар тарихи. Тошкент: Фан,1981
10. Навоий асарларининг изохли лугати. T: Fафур FyroM номидаги Адабиёт ва саньат нашриёти, 1972.
11. Навоий асарлари учун кискача лугатТ: Фан,1993.
12. Иззат Султон. Навоийнинг калб дафтари.T: 1969.