Научная статья на тему '“NAFAHOT UL-UNS”NING TASAVVUFDAGI AHAMIYATI'

“NAFAHOT UL-UNS”NING TASAVVUFDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

731
66
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tasavvuf / ishq / so„fiy / shayx / tazkira / habib / zohid / valiy / shariat / ma‟rifat. / mysticism / love / sufi / sheikh / historical work / dear friend / ascetic / saint / sharia / enlightenment.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Alisher Toshpo„latovich Ravshanov

Mazkur maqola fors-tojik shoiri Abdurahmon Jomiyning tasavvufiy qarashlari ifodasi bo„lmish “Nafahot ul-uns" asari mazmun-mohiyatining o„ziga xos jihatlarini yoritishga bag„ishlanadi. Asarda so„fiyona masalalar qatorida so„fiy, mutasavvuf, malomatiylik, faqirlar va ular o„rtasidagi farqli tomonlar, shuningdek, tavhid hamda tafrid tushunchalari ham izohlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“NAFAHOT UL-UNS”NING TASAVVUFDAGI AHAMIYATI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-46-51

"NAFAHOT UL-UNS"NING TASAVVUFDAGI AHAMIYATI

Alisher Toshpo'latovich Ravshanov

Mustaqil tadqiqotchi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola fors-tojik shoiri Abdurahmon Jomiyning tasavvufiy qarashlari ifodasi bo'lmish "Nafahot ul-uns" asari mazmun-mohiyatining o'ziga xos jihatlarini yoritishga bag'ishlanadi. Asarda so'fiyona masalalar qatorida so'fiy, mutasavvuf, malomatiylik, faqirlar va ular o'rtasidagi farqli tomonlar, shuningdek, tavhid hamda tafrid tushunchalari ham izohlanadi.

Kalit so'zlar: tasavvuf, ishq, so'fiy, shayx, tazkira, habib, zohid, valiy, shariat, ma'rifat.

ABSTRACT

This article is devoted to the peculiarities of the essence of the work "Nafahot ul-uns", which is an expression of the mystical views of the Persian-Tajik poet Abdurahman Jami. The play deals with Sufi issues, Sufism, holy man, blame and the poor and the differences between them, as well as the concepts of monotheism and solitude.

Keywords: mysticism, love, sufi, sheikh, historical work, dear friend, ascetic, saint, sharia, enlightenment.

KIRISH

Tasavvuf nazariyasi, uning g'oyaviy, amaliy yo'nalishlari, tariqat yo'llari, "Nafahot ul-uns" yozilgunga qadar vujudga kelgan va ilmiy asoslar, manbalar bilan o'z tasdig'ini topgan edi. Shunday bo'lsa-da, undagi har bir hodisa, tushuncha va masalalar mutasavviflar tomonidan bahs-munozaralarga sabab bo'lardi. Bunday bahslar Abdurahmon Jomiy yashagan davrda ham bor edi, qolaversa, undan keyin ham davom etdi. "Nafahot ul-uns" mazmun-mundarijasiga ko'ra tahlil qilinganda, unda tasavvuf tushunchalariga doir masalalar yana bir bor yoritilganini kuzatamiz. Ta'kidlash joizki, muallif bahs-munozaraga sabab bo'layotgan masalaga to'xtalar ekan, bularga tegishli bo'lgan bir necha shayx-so'fiylarning fikr va qarashlarini bayon etib, ularni qiyosiy talqinda e'tirof etadi. E'tiborlisi shuki, Jomiy biror masala yuzasidan aytilgan turli fikrlarni keltirganda ulardan birini boshqasidan ustun qo'ymaydi. Shuningdek, o'zining mazkur fikrlarning qaysi biriga maslakdosh ekanini ham ko'rsatmaydi. Aksincha, aytilgan turli fikrlar bir-birini rad etmasligini, balki biri ikkinchisini quvvatlantirayotganiga urg'u berib o'tadi.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 46 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-46-51

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Abdurahmon Jomiy tasavvuf tushunchalarini sharhlar ekan, fikrini o'tmish shayxlar iqtibosi va bir qancha manbalarda aytilgan ma'lumotlar orqali dalillaydi. Biroq ko'pgina o'rinlarda bu bilan ham cheklanmay, aytilgan fikrlarning tasdig'i uchun mavzuga tegishli bo'lgan "Qur'on" oyatlarini keltirib o'tadi. Aynan bir masalaga doir aytilgan bir necha fikrlarni ketma-ket keltirish natijasida o'quvchi uchun jumboq bo'lgan tasavvufiy qonun-qoidalarini yoritib berish asarning ahamiyatli tomonlaridan biridir. Islom va tasavvuf namoyondasi Ahmad Muhammad ibn Ajiyba al- Hasaniy bu haqda shunday degan edi: "Fiqhsiz tasavvuf bo'lmas. Chunki Alloh Taoloning zohiriy ahmoqlari faqatgina fiqh orqali bilinadi. Shuningdek, tasavvufsiz fiqh ham bo'lmas. Chunki sodiq tavajjuhsiz amal bo'lmas" [2].

Ilmi holda valiy inson kim, u qanday sifatlarga ega bo'lishi to'g'risida turli fikrlar mavjud. Bu haqda "Nafahot ul-uns"da quyidagi fikr va qarashlar keltiriladi: "Abu Ali Jurjoniy rahimahullohu derlar: Vali(y) uldurlarkim, o'zini(ng) holidin foniy va haqning mushohadasida voqe' bo'lsa va o'z nafsidan xabar bermagi mumkin bo'lmas. Alloh taolodin ori yolg'onda qaror etsa u valiy bo'lmas" [1].

Yuqoridagi e'tirofda keltirilgan "o'zini(ng) holidan foniy va Haqning mushohadasida voqe' bo'lmoq" tushunchasi tasavvufdagi "Mutu qabla an tamutu", ya'ni o'lmasdan burun o'lmoq mafkurasini yoritadi. Haqiqatan ham, o'z holini unutib, Haqning mushohadasiga mashg'ul bo'lmaguncha, o'lmasdan turib o'lish" holini kamolga yetkazmasdan turib tasavvufiy masalalarda, Haq oshiqligi yo'lida oliy martabalarga erishib bo'maydi. Jomiyning e'tiroficha, bu valiylik yo'lida qo'yilgan birinchi qadam hisoblanadi. Shu ma'noda, muallifning bu fikri Hazrati Imom Rabboniyning "... o'lmasdan burun o'lim haqiqatga aylanmaguncha, muqaddas Zotga yetib bo'lmas. bu fano holi valoyat (valiylik) martabalariga tashlanadigan ilk qadam va ishning ibtidosida hosil bo'ladigan bir kamol darajasi erur" mazmundagi fikrlarga hamohangdir.

Asarda valiy inson to'g'risida fikrlar yana davom etadi: "Ibrohim Adham rahimahulloh bir kishiga aydikim: "Valiy bo'lmoqni xohlarmusen?" Aydi: "Bale, xohlarmen. Nechun xohlamasman?" Ibrohim Adham aydi: "Dunyoi oxiratdan hech nimarsaga rag'bat qilma. Nechunkim, bularg'a rag'bat yetmaylik xoh subnahu taolodin yuzini qaytarmoqdur. Va forig' qil o'zingni Xudoi taolog'a do'stlig' uchun

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 \ ISSUE 10 \ 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-46-51

tamomi ashyodin. Dunyo va uqboni ko'nglingg'a keltrumagil. Qalbingni Haq tarafig'a tutg'il. Va qate'iki bu sifatlar senda mavjud bo'lsa, valiy bo'lursen" [1].

Ko'rinadiki, Jomiy mazkur qarashlarni keltirib valiy inson kim ekanligi to'g'risidagi xulosani o'quvchi ixtiyoriga qoldiradi. Shundan so'ng Mavlono Jomiyning o'zi valiylik tushunchasi haqida fikr yuritadi. Uningcha, valiylik ikki ko'rinishda: valoyati (valiylik) omma va valoyati xossa sifatida bo'ladi. Valiylikning birinchi ko'rinishi bu barcha musulmonlar orasida mushtarak bo'ladi. Viloyati xossa esa ahli Haq bilan boqiy qolmoqg'idir. Albatta, barcha ezgu amallarni tasavvuf riyozatlarini bajargani so'fiy bilan valiy inson darajasiga ko'tarilavermaydi. Tasavvuf - shariatning botinidir, deyiladi manbalarda. Shu sabab ham valiy inson nafaqat tasavvuf amallariga, balki shariat amallariga ham qat'iy rioya etmog'i kerak. "Nafahot ul - uns"da ham valiylikning asosiy shartlaridan biri deb ana shu holat ta'kidlanadi: "... Valiy bo'lmoqlikning sharti shariatg'a ma'sum bo'lmoq erdi. Bas har odamiki, shariatg'a mag'rurdir, valiy ermas. Abu Boyazid Bistomiy (q.s.) bir kishini valiylik birla mutasavvufdur, deb eshitib ziyoratig'a bordilar. Masjidning oldida muntazir bo'lib o'lturdilar. To ul kishi masjiddan chiqquncha. Bas, Haqning asrorig'a nechuk ayn bo'la olg'aylar" [1].

Jomiy shariat amallariga rioya qilish to'g'risida quyidagi rivoyatni ham keltirib o'tadi: "Shayx Abusayyid Abulxayri (q.s.) aytadilarki, bir kishi ziyoratg'a borib chap oyog'ini masjidga qo'ydi. Shayx aydilar: "Qattig'likim, har kishi do'stining uyiga kirmakni odobini bilmas. Bizlar birla ham suhbat bo'lsa bo'lmas" [1].

NATIJALAR

Yuqoridagi ikki holat soddaroq ko'rinsa-da, biroq valiy inson, qolaversa, har bir so'fiy uchun qat'iy amallardan biri hisoblanadi. Negaki, birinchidan, bu shariatning odobi bo'lsa, ikkinchidan so'fiy o'zining xatti- harakatlarini qalban his qilishi bilan birga, uni aqlan idrok qiladi. Bu o'z o'rnida insonni ma'rifatga, bajarayotgan amallarining asl mohiyati nimada ekanligini bilishga olib boradi. Tasavvufning masalalaridan, qolaversa, bosqichlaridan biri ma'rifatdir. Ma'rifatga turlicha ta'rif berilgan. Xususan, amaliy bilim, fahm, tasavvurga xos ilm ma'rifatdir deyiladi. Shuningdek, Haq to'g'risidagi ilmga va Alloh xususidagi holga ham shayx -so'fiylar ma'rifat deb nom berganlar (shu bois, ma'rifat ilmdan ko'p marta ustundir, degan qarash ham mavjud). Imom G'azzoliy ta'kidicha, qalbda ma'rifat maydonga kelgach, qalbning holi o'zgaradi. Qalb holati o'zgargach, a'zolarning amallari ham o'zgaradi. Ya'ni amal holga, hol ilmga, ilm esa tafakkurga bog'liq bo'ladi. "Nafahot

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-46-51

ul-uns"ga esa "Tarjimat ul- a'vorif' asariga tayangan holda ma'rifat, o'zlikni anglash iboratdir, deyiladi. Abdurahmon Jomiy izohicha. "Ma'rifatning ilmi ma'rifatning o'zi ermasdur. Balki ma'rifat degoni amri vijdonidurkim, tahrirg'a sig'mas. Ammo ma'rifatning ilmi ma'rifatg'a muqaddimadur. Bas, ma'rifat beilm mahol va ilm bema'rifat vabol bo'lur" [1].

Bu ta'rifdan so'ng Jomiy ma'rifatni to'rt martabaga bo'lib ko'rsatdi: avvalgi ma'rifat shulki, so'fiy dunyo asarlarini, sirlarini topganda, uni Mutlaqi Azalning ta'sirotlaridan biri deb ko'rishidir. Ma'rifatning ikkinchi martabasi esa so'fiy o'zida ko'ringan sir-sinoat, asarlarni Alloh taolo sifatlaridan qaysi birining natijasi ekanini tanimoqlikdir. Haq taolo murodini har sifatning tajallisida ma'lum etish, voqif bo'lish ma'rifatning uchinchi martabasi hisoblanadi. To'rtinchi martaba Alloh taoloning olimligini o'z ma'rifati sifatida bilishi, ilm doirasini, ma'rifatni butun vujudida ko'rishidir. Mavlono Jomiy bu qarashlarni Jo'nayd Bag'dodiy (q.s.)ning fikri bilan quvvatlaydi. "Aydi (Jo'nayd Bag'dodiy - A.R.): "Ma'rifat uldurkim, vujudingdan johil qolib, o'z ilming bila Haq ta'oloning ilmini bir nimarsa demakdir" [1].

Asarda yuqoridagi masalalar qatorida so'fiy, mutasavvuf, malomatiylik, faqirlar to'g'risida va ular o'rtasidagi farqli tomonlar ham izohlanadi. Mazkur sharhlarda tavhid va tafrid tushunchalariga ham izoh aytib o'tiladi. "... Xulqning va nafslarining vujudi tavhidning ma'nisiga mone' bo'lur. Vaholanki, nafs ham, az jumla ag'yor turu (tavhid uchun - A.R.) [1]. "Nafohat ul - uns"da ta'kidlanishicha, zohid va so'fiy tushunchalari, hatto ularning martabalari o'rtasida ham katta farq bor. Bu farqlar, asosan, ularning amallari va maqsadlarida ko'zgu tashlanadi: "Bu toifa birla (zohidlar ko'zda tutilmoqda - A.R.) so'fiyaning oralaridagi farq uldurkim, zohidi hatto nafsi sababli Haq taolodin Mahbub bo'lur. Chunkim zohidning ibodati behisht uchundir. Behisht nafsning xattini joyidur... so'fiy dunyoning rag'batidin yuzini qaytarubdur. Oxiratning husnidin ham bo'yinini qaytorg'ondur. Bas, so'fiy muttaqillikdan bir martabadadurkim, zohidning martabasidan boshqa ... erur" [1].

Jomiy so'fiy va zohidlar o'rtasidagi farqqa e'tibor qaratib keyingi o'rinlarda so'fiy bilan faqir tushunchalari orasidagi tafovutlarni ko'rsatib o'tadi: "Faqirg'a vujud va zot va sifat yo'qdur, - deydi Abdurahmon Jomiy, - faqir hech molik ermas va mamluk ham ermas. So'fiyni Haq ta'olo o'zi uchun xalqning irodasidan saralab olgan, faqir Alloh ta'ologa yaqin, do'st bo'lmoq uchun o'zini xalq ichidan saylab chiqqanlar. Haq ta'olo rizosini olish aslida unga do'st tutinmoqlikdir" [1]. Do'st o'zini do'st deb bilgan kishisi uchun qalbida ezgulik tugadi. Do'stlari bir-birining ahvollarini bilishadi, balo va ofatlar, shodlik va xursandchilikda birga bo'lishadi. Haq

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-46-51

ta'olo hasratida sobitqadam bo'ladilar. Bu Allohga do'stlik deganidir. Jomiyning aytishicha, murid murshidga do'stdir. Murshidlar muridlarga Haq taolo sifatlarini aytar ekan, uni eshitgan muridlar Xudoning do'stlari aytgan so'zlarni eshitishadi. Aslida do'stning do'sti ham unga do'st. Shu sabab faqir, so'fiy va zohidlar ham Haq ta'ologa do'st bo'lgani uchun ham bir-birlari bilan do'stlik va qarindoshlik (nafs va amallarda farqlari bo'lsa ham) darajasida bo'lishadi. Negaki do'stlikdan yaqinroq qarindoshlik va adovatdan uzoqroq begonalik yo'qdir. Abdurahmon Jomiy bu fikrlarni Payg'ambar (s.a.v.) so'zlari bilan asoslab o'tadi: " Payg'ambar alayhissalom aydilar: "Ey, Ibn Ma'sud, bilurmusenkim Islomning qayu go'shasi mahkamroqdurkim, kishi anga jang ursa". Ibn Ma'sud aydilar: "Xudo va uning rasuli olimroqdurlar. Onhazrat aydilar: "Do'stlik va dushmanlikdur" [1].

Jomiy habib - do'stlikni asarning so'fiylarga qachondan boshlab shu ism berilgani to'g'risidagi bayon qismida alohida ta'kidlab o'tadi.

MUHOKAMA

Ma'lumki, ilk so'fiy kimligi, so'fiy atamasi qachondan boshlab tilga olinganligi kabi masalalar xususida turlicha fikrlar mavjud. Mazkur muammo "Nafahat ul-uns"da ham tilga olinadi. Asarda keltirilishicha, Qashriya Rahimahullohi aytganidek, Payg'ambar alayhissalomga suhbat bo'lmoqdan ortiq fazilat yo'q. Shu sabab ham Payg'ambar (s.a.v.) vafotlaridan so'ng u kishi bilan suhbatda, safda bo'lgan kishilarga sahoba ismi beriladi. Ikkinchi asrning (ya'ni hijriy II asr) odamlari bu sahobalar suhbatida bo'lib, ularga ma'nan to'be bo'lganlari uchun tobe'inlar deb ataldi. Ular, o'z navbatida, bu ismni o'zlari uchun ulug' sharaf deb bildilar. Biroq tobe'inlar ham dunyodan o'tib, ularning soni kamayib boravergach, odamlar orasida turli xil ixtiloflar yuzaga kela boshladi. Noiloj bu ixtiloflar orasidan ba'zilari ajralib chiqib, Islomga inoyat ko'zi bilan qaray boshladi. Bu toifalar zuhhod (zohidlar) va ubbod (obidlar) deya ataldi. Ammo keyinchalik bular orasida bid'at ko'p bo'ldi. Xullas, shu o'rtada har xil bid'atlarga qarshilar, Haq zikrida bo'luvchilar zohid va obidlar orasidan ajralib chiqa boshlaydi. "Andin so'ng ahli sunnat va jamo'aning xoslarikim, hech bir nafsni bezikri Haq o'tkarmaslar va rioyai nafs qilur erdilar va qalblarini g'aflatdan muhofaza etarlar. Mutasavvuflik degan sifat birla o'zga toifalardan mumtoz bo'lib, so'fiya degan ismlarg'a taxsis topdi" [1].

Jomiy so'fiy atamasining kelib chiqishini shu yo'l bilan izohlaydi va ta'kidlashicha, bu toifa kishilariga "so'fiy" ismi berilganida hali hijratdan ikki yuz yil o'tmagan edi. Mazkur kitobda ana shu so'fiy jamoalari siyrati, tarixi, hollari, ma'rifat

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-46-51

va karomatlari o'rin olgan, deya yakunlaydi Jomiy kitobning tasavvuf tushunchalariga doir qismining oxirida.

XULOSA

Mumtoz adabiyotimizda adiblar nomini zikr etish - adabiy tazkirachilik shakllangan bo'lib, shoirlar haqida ma'lumot beradigan bunday asarlar juda ko'p yaratilgan. Biroq mumtoz adabiyotimizning ajralmas qismi hisoblangan tasavvuf va uning allomalari zikrida yozilgan tazkiralar adabiy tazkiralarga nisbatan unchalik ko'p emas. Shunday bo'lsa-da, so'fiy shayxlar haqida ma'lumot beruvchi mumtoz tazkiralar: "Tabaqot us - so'fiya", "Tazkirat ul - avliyo" kabilar maydonga kelgan. Garchi shu asarlarning mazmunan va mohiyatan davomchisi sifatida "Nafahot ul-uns" yozilgan bo'lsa-da, ular orasida farqli jihatlar ko'zga ko'rinadi. Avval yozilgan tazkiralarda tasavvuf masalalari, deyarli, yoritilmagan bo'lsa, Jomiy asarida, yuqorida ko'rganimizdek, bularga alohida e'tibor qaratiladi. Boshqa tazkiralarda ayol -so'fiylar to'g'risida ma'lumotlar uchramaydi, ammo "Nafahot ul-uns"da o'ttiz to'rt so'fiy ayollar siyrati, tarixi, hol-martabalari xususida so'z boradi.

Asarda keltirilgan tasavvuf atamalari qanchalik muhim bo'lsa, shayxlar zikri ham shunday e'tiborga molikdir. Abdurahmon Jomiy shayxlar nomini shunchaki keltirib o'tmaydi. Balki, ular haqida aniq, to'liq va batartib ma'lumot beradiki, natijada biror so'fiyning silsilasini tiklashda bu jihat qo'l keladi. Jomiy ma'lum bir shaxs hayotiga to'xtalar ekan, uning tug'ilgan Makoni, piri murshidi, ta'lim olgan joylari, tasavvufdagi maslakdosh yaqinlarigacha xabar berib o'tadi. Islom, tasavvuf, qolaversa, Sharq madaniy hayotida o'z o'rniga ega bo'lganlar: imom G'azoliy, Boyazid Bistomiy, N.Kubro, A.Yassaviy, Abduxoliq G'ijduvoniy, B.Naqshbandlar haqida ma'lumotlar muhim bo'lgani qatori, turli sabablarga ko'ra nomlari unchalik mashhur bo'lmagan so'fiylar zikrida aytilgan xabarlar ham shunday ahamiyatga egadir.

REFERENCES

1. Jomiy A. Nafahotul-uns / tarjima qo'lyozma matni/. Qo'lyozma O'zRFA ShI Qo'lyozmalar fondida 7286 raqami ostida saqlanadi (1886-yilda Xiva xoni M.Rahimxon Feruz topshirig'i bilan Rahmonquli Qori o'zbek tomonidan qilingan tarjima).

2. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (2004.). Tasavvuf haqida tasavvur. -T.: - 63-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.