Научная статья на тему 'IBN XALDUNNING „MUQADDIMA“ ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI'

IBN XALDUNNING „MUQADDIMA“ ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
3084
1547
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
geografik determinizm / falsafa / tarix / unsurlar / jamiyat / geosiyosat / geostrategik manfaatlar / mashshoyiyunlar / birinchi iqlim / ikkinchi iqlim / uchinchi iqlim / oltinchi va yettinchi iqlim / ijtimoiy mavjudot / “Muqaddima”. / geographical determinism / philosophy / history / elements / society / geopolitics / geostrategic interests / eastern peripateticism / the first climate / the second climate / the third climate / the sixth and seventh climates / the "Mukaddim".

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sulaymonov, Jasur Baxtiyorovich

Mazkur maqolada arab-musulmon ijtimoiy tafakkurining mashhur mutafakkiri Abu Zayd Abdurahmon ibn Xaldunning (1334-1406) “Muqaddima” asarida jamiyat taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERPRETATION OF FACTORS AFFECTING SOCIAL DEVELOPMENT IN IBN KHALDUN'S INTRODUCTION

This article analyzes the factors influencing the development of society in "Mukaddima" the book of the famous thinker of Arab-Muslim social thought Abu Zayd Abdurrahman ibn Khaldun (1334-1406).

Текст научной работы на тему «IBN XALDUNNING „MUQADDIMA“ ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI»

IBN XALDUNNING „ MUQADDIMA" ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI

Sulaymonov Jasur Baxtiyorovich Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi katta o'qituvchisi nihatchetin@gmail.com

Annotatsiya. Mazkur maqolada arab-musulmon ijtimoiy tafakkurining mashhur mutafakkiri Abu Zayd Abdurahmon ibn Xaldunning (1334-1406) "Muqaddima " asarida jamiyat taraqqiyotiga ta 'sir qiluvchi omillar tahlil qilingan.

Tayanch tushunchalar: geografik determinizm, falsafa, tarix, unsurlar, jamiyat, geosiyosat, geostrategik manfaatlar, mashshoyiyunlar, birinchi iqlim, ikkinchi iqlim, uchinchi iqlim, oltinchi va yettinchi iqlim, ijtimoiy mavjudot, "Muqaddima ".

Аннотация. Данной статье анализируются факторы, влияющие на развитие общества, в книге известного мыслителя арабо-мусулъманской общественной мысли Абу Зайда Абдуррахмана ибн Халдуна (1334-1406) «Мукаддима».

Ключевые понятия: географический детерминизм, философия, история, элементы, общество, геополитика, геостратегические интересы, восточный перипатетизм, первый климат, второй климат, третий климат, шестой и седьмой климаты, "Мукаддыма ".

Abstract. This article analyzes the factors influencing the development of society in "Mukaddima" the book of the famous thinker of Arab-Muslim social thought Abu Zayd Abdurrahman ibn Khaldun (1334-1406).

Key words and expressions: geographical determinism, philosophy, history, elements, society, geopolitics, geostrategic interests, eastern peripateticism, the first climate, the second climate, the third climate, the sixth and seventh climates, the "Mukaddim ".

KIRISH

Ijtimoiy falsafa oqimlari orasida geografik determinizm oqimi alohida o'ringa ega. Mazkur oqim keyinchalik dunyoning siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy jabhalarida keng ta'sirga ega bo'lgan geosiyosat va geostrategik manfaatlar kabi

trendlarning rivojlanishiga asos bo'ldi. XIV asrning mashhur mutafakkiri Abu Zayd

732

Abdurahmon ibn Xaldunning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida geografik determinizmga asoslangan fikrlar ilgari surilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Abu Zayd Abdurahmon ibn Xaldunning "Muqaddima" asari metodologik manba sifatida foyladanildi. Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning tarixiylik, mantiqiylik, analiz, sintez va obyektivlik usulidan foydalanildi. Mazkur tadqiqot jarayonida mutafakkirning jamiyat taraqqiyotiga ta'sir qiluvchi omillar, shu jumladan, geografik determinism oqimi xususiyatlari va jihatlari obyektiv ochib berildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR Abu Zayd Abdurahmon ibn Xaldunning ijtimoiy-falsafiy qarashlari mutafakkirning "Muqaddima" asarida ifodalangan. Ibn Xaldun "Muqaddima" asarini olti qismga ajratadi: "Ushbu kitobimning muqaddimasi olti qismdan iborat"1.

Asarning birinchi qismida mutafakkir insonning jamiyat va tabiatdagi o'rni hamda maqomi haqidagi fikrlarini bayon qiladi.

Asarning birinchi qismini muallif tilidan bayon qilishga harakat qilamiz: "Faylasuflar gapi bilan aytganda "Inson tabiatan ijtimoiy mavjudotdir", u boshqalar bilan birgalashib yashash kerak. Bunday birlashmani ifodalash uchun ular "shahar" so'zidan foydalanadilar. Ijtimoiy, jamoaviy hayotning ma'nosi ham shudir va buni quyida sharhlaymiz: Olloh insonni shunday yaratdiki, u oziq-ovqat bilangina hayot kechira oladi. U bandasiga hayot kechirishi uchun oziq-ovqat topishga tafakkur va layoqat in'om qildi. Lekin bir inson o'zi uchun kerakli bo'lgan ozuqani yolg'iz holda topishga imkon topa olmaydi. Masalan, bir kunlik bug'doyni iste'mol qilish uchun, bug'doyni un qilib tortish kerak, xamir qilish kerak va nihoyat pishirish kerak. Inson yuqoridagi uch harakatni amalga oshirish uchun turli ish qurollarini ishlatadi. Ish qurollari esa temirchi, duradgor, kulol kabi turli hunarmandlar tomonidan yasaladi. Agar inson bug'doyni hech qanaqa ishlov bermasdan g'alla sifatida iste'mol qilsa ham, donni olish uchun turli harakatlarni bajarishga majbur bo'ladi, donni ekish, o'rib olish, yanchish kerak bo'ladi. Bu ishlarni ham amalga oshirish uchun turli hunarlar mahsuli bo'lgan mehnat qurollaridan foydalaniladi. Bu ishlarni bir kishi bajarishi mumkin emas, ozuqani tayyorlash, uni iste'molga yetkazish uchun ko'p kishilarning mehnati zarurdir. Insonlar o'rtasidagi o'zaro yordam ularning ehtiyojlarini qondirishga yetarlicha kuch beradi.

1 HÖH Xa^gyH. Afl-MyrçaggHMa. A^-Kp^npa: ,3,op a^-KHTa6 A^-MHCPHH Ba a^-.Hy6HaHHH, 1999 M., 17-6eT

733

Scientific Journal Impact Factor

Har bir inson o'z hayotini himoya qilishda boshqa kishilarning yordamiga ehtiyoj sezadi. Olloh borliqni yaratganda, hayvonlarni jismonan kuchli qilib yaratgan, bandalarini esa ularga qaraganda kuchsiz qilib yaratgan. Masalan, ot, arslon, ho'kiz, fil insondan jismoniy jihatdan bir necha barobar kuchlidir. Hayvonlar o'rtasidagi yashash uchun kurash tabiiydir. Olloh har bir hayvonga boshqasini ovlash yoki boshqasidan himoyalanish uchun alohida qurol bergan, ya'ni tanasining biror a'zosini kuchli qilib yaratgan. Olloh insonga kuch o'rniga tafakkur va qo'l in'om etgan. Inson tafakkur va qo'l vositasida hunar bilan shug'ullanadi. Hunar esa hayvon tana a'zolarini o'rnini bosuvchi qurollarni insonga bergan. Nayza shox o'rnini, qilich -o'tkir tirnoq, qalqon esa qalin teri o'rnini bosgan. Lekin inson yolg'iz holda yirtqich hayvonga qarshilik ko'rsata olmagan, o'zini himoya qila olmagan. Qurollarni tayyorlash uchun bir insonning kuchi yetarli emas. Himoya qurollarini tayyorlash uchun ko'p hunarlar va boshqa mehnat qurollari zarurdir. Insonga hamma sohada boshqa insonlarning yordami zarur, agar o'zaro yordam bo'lmas ekan, inson o'zini ozuqa bilan ta'minlay olmaydi. Inson qurolsiz o'zini himoya qila olmaydi. Uni hayvonlar mahv etishadi va inson zoti zavolga yuz tutadi. Agar o'zaro yordam, hamjihatlik bo'lsa, inson ozuqa bilan ham ta'minlanadi, himoya uchun qurolga ham ega bo'ladi. Shundagina Ollohning inson zotining mavjud bo'lishi va davom etishi haqidagi irodasi bajariladi"2.Shunday qilib inson zoti uchun birlashish zarur ekan. Ibn Xaldun inson hayoti uchun jamoa bo'lib yashashning zarurligini ta'kidlab o'tgan. Shuningdek, mutafakkir jamiyat shakllanishida mehnat taqsimotining ahamiyatiga ham e'tibor berib o'tgan.

Mo'tadil iqlimda yashovchilar mehnat qurollaridan foydalangan holda uylarini tosh poydevorda qurishadi va bezak berishadi. Ular oltin, kumush, temir, mis, qo'rg'oshin, qalaydan foydalanishadi. Mahsulot ayirboshlashda kumush va oltindan foydalanishadi va hayotlarida qat'iy o'lchov birliklarini o'rnatishgan. Mag'rib, Suriya, Janubiy va Shimoliy Iroq, Sind va Xitoy aholisi shu tarzda yashaydilar. Shuningdek, Andalusiya, franklar, galisiylar va ularga qo'shni xalqlar ham mo''tadil iqlimda istiqomat qilishadi. Eng mo''tadil mintaqalar sirasiga Suriya va Iroq kiradi, ular markazda joylashgan. Nomo''tadil iqlimlar birinchi , ikkinchi, oltinchi va yettinchi iqlimlardir. Ushbu iqlimlar aholisining hayot tarzi, urf-odati mo''tadil iqlim aholisinikidan keskin farq qiladi. Ular turar joylarini tuproq va qamishdan qurishadi. Nomo''tadil iqlim yashovchilari don va o't iste'mol qilishadi, daraht yaproqlari yoki

2 Избранные произведения мыслителей стран Ближнего и Среднего Востока: Ибн Халдун «Введения». М., 1965

г., с. 321

hayvon terisidan kiyim sifatida foydalanishadi. Bu xalqlarning ko'pchiligi kiyimsiz ham istiqomat qilishadi. Ularning ozuqalari ham o'zgacha bo'lib, mo''tadil iqlim xalqlari ozuqalaridan tubdan farq qiladi.

Nomo'tadil iqlim aholisi mahsulot ayirboshlashda qimmatbaho metallardan foydalanishmaydi. Ular to'lov sifatida mis, temir yoki teridan foydalanishadi3.

Ushbu iqlimlar aholisi turmush tarzi hayvonlar turmush tarziga o'xshashdir. Birinchi iqlim aholisi bo'lgan sudanliklar changalzorlarda va g'orlarda hayot kechirishadi, ular hayvonlardek yashaydilar. Sudanliklar o't bilan oziqlanishadi, shuningdek, ular odamxo'rlik ham qilishadi. Ularning e'tiqodi noma'lum, ilm-fan bilan shug'ullanishmaydi. Sudanliklar hayot tarzi hayvonlarnikidan farq qilmaydi. Ba'zi bir shajara bilan shug'ullanuvchi olimlar tabiat kuchlari ilmidan bexabar holda, sudanliklarning terisi qoraligini afsonat bilan bog'lashadi. Ular bergan ma'lumotlarga ko'ra sudanliklar Nuh payg'ambarning o'g'li Xom avlodlari bo'lib, Nuh o'g'li Xomni la'natlaganligi uchun uning avlodlari qora tusli bo'lgan emish. Bu olimlar sudanliklarning qora tusli ekanligi sababini qidirishganda, tabiatning issiq va sovuq havosi va ularning tirik jonzotlarga ta'sirini hisobga olmaganlar4.

Birinchi va ikkinchi iqlim aholisining rangining qoraligi issiq havoning inson terisiga ta'siri bilan bog'liq. Bu iqlimlarda quyosh yil bo'yi zenitda turadi. Quyosh nuri juda ham kuchli bo'lib, yuqori harorat insonlarga ta'sir qiladi va ularning rangi qora tusni oladi.

Shimolda joylashgan oltinchi va yettinchi iqlimlar aholisi teri rangi sovuq havo natijasida oq tusni olgan. Bu iqlimlarda quyosh zenitga chiqmaydi, shimolga borgan sari issiq harorat pasayib boradi, sovuq kuchayib boradi, insonlarning terisi rangi esa oqarib boradi.

Sudanliklarning shimol tomondagi to'rtinchi va yettinchi iqlimlarda yashaydigan qardoshlari oq tuslidirlar. To'rtinchi iqlimning janubida yashovchi qardoshlari rangi esa qora tusligi bilan ajralib turadilar. Bu esa inson terisi rangi havo haroratiga bog'liq ekanligini ko'rsatadi. Biror bir hudud aholisining tabiiy xususiyatlarini ularning ajdodiga bog'liq afsonalarga va e'tiqodlarga bog'lash xatodan boshqa narsa emas, bu tabiiy hodisalarning mohiyatini bilmaslikdir.

Ibn Xaldun inson terisi rangi, yashash tarzi, urf-odatlari geografik omillarning ta'siriga bog'liq ravishda o'zgarishini ta'kidlab o'tgan. Albatta Ibn Xaldunning

3 h6h Xa^gyH. A^-MyKaggHMa. A^-Kp^npa: ^op a^-KHTa6 A^-MncpHH Ba a^-nyÖHaHHH, 1999 m., 18-6eT

4 XpTaMHH Canng My^aMMag. hctom Ta^aKKyp TapnxH. T.: "mhhxo®", 2003 h., 241-6eT

Scientific Journal Impact Factor

qarashlarida kamchiliklar bor, lekin uning davri uchun bu fikrlami yutuq sifatida baholash mumkin.

Birinchi qismdan quyidagi fikrlar ham o'rin olgan:

Bu dunyoni kuzatar ekanmiz, borliqdagi hamma hodisalar tartib va qonuniyatlar asosida ro'y berishini guvohi bo'lamiz. Bu hodisalar bir-biri bilan o'zaro bog'liq va bir-biriga aylanadi. Dunyo mo''jizalari bu bilan to'xtab qolmaydi. Bu moddiy dunyoni his qilishdan boshlanadi. Unsurlar dunyosida yer unsuri suvga, keyin havo unsuriga, keyin olov unsuriga bosqichma-bosqich o'tib, dunyodagi hamma narsaning bir-biriga bog'liqligidan dalolat beradi. Murakkab jismlar dunyosini kuzatadigan bo'lsak, u minerallardan boshlanadi, keyin o'simliklar, keyin hayvonlar, bular hammasi hayratlanarli darajada tartib bilan joylashgan. Minerallar qatlami tugaganidan keyin, o'simliklar dunyosi boshlanadi. O'simliklar dunyosi tugaganidan keyin, masalan, palma va uzum, paypaslash bilan sezish mumkin bo'lgan chig'anoqlar va shilliqqurtlar, hayvonot dunyosi boshlangan. Sezish layoqatiga va aqliy harakatlarga ega bo'lgan, lekin tafakkuri bo'lmagan maymunlar dunyosidan tafakkurga ega inson ajralib chiqdi. Bunga qadar hayvonot dunyosi kengayib, turli xil hayvonlar va jonzotlar turi ko'payib ketdi"5.

Xulosa qilib aytganda, birinchidan, Ibn Xaldun substansiya sifatida olingan unsurlar masalasiga ham to'xtalib o'tgan. Mutafakkirning unsurlar haqidagi fikrlari uning mashshoyiyunlarga bo'lgan e'tiboridan dalolat beradi.

Ikkinchidan, Ibn Xaldunning insonni maymunlar dunyosidan ajralib chiqqanligi haqidagi fikrlari arabcha matnda kuzatilmagan. Bu Basiyevning ruscha tarjimasidan olingan bo'lib, masalaga marksistik, biryoqlama yondashishning oqibatidir. Lekin mutafakkir asarida dunyoning tabiiy rivojlanishi, inson esa yovvoyi dunyoni tafakkuri yordamida kishilik jamiyatiga aylanganiligini ta'kidlab o'tgan. Mazkur jihatlar geografik determinizm oqimi ta'limotiga yaqindir.

Uchinchidan, XIV asr arab mutafakkiri Ibn Xaldunning qarashlarida geografik determinizm oqimining ildizlari o'z aksini topgan. Zamonaviy fanda XVIII asrda yashagan fransuz mutafakkiri Sh. Monteske geografik determinizm oqimining asoschisi hisoblanadi. Sharqda Ibn Xaldunni ham ushbu oqim asoschilaridan biri deb hisoblash mumkin.

5 Избранные произведения мыслителей стран Ближнего и Среднего Востока: Ибн Халдун «Введения». М., 1965

XULOSA

г., с. 323

Scientific Journal Impact Factor

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Hotamiy Sayid Muhammad. Islom tafakkur tarixi. T.: "Minhoj", 2003 y.

2. Ibn Xaldun. Al-Muqaddima. Al-Qohira: Dor al-kitab Al-Misriy va al-Lubnaniy,

3. Sulaymonov J.B. Ibn Haldun qarashlarida geografik determinizm ildizlari //Sharqshunoslik jurnali. 2018 yil 4-soni. 124-128 betlar.

4. Sulaymonov J.B. Ibn Xaldun ijtimoiy-falsafiy qarashlarida axloqiy masalalar//Falsafa va huquq jurnali. 2019 yil 1-soni. 42-45 betlar.

5.Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi qarashlarida jamiyat tahlili/Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

6. Sulaymonov, J.Karimov N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

7. Избранные произведения мыслителей стран Ближнего и Среднего Востока: Ибн Халдун «Введения». М., 1965 г.

8. Сулаймонов Ж.Б. Взгляды Абдуррахмана ибн Халдуна о развития общества и цивилизации// Международный научно-практический журнал "Экономика и социум". 12 (79)2020 г. //https://iupr.ru//a78cf8ac-3ef5-4670-8fcd-a900ec94fdfb.

1999 m.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.