Научная статья на тему 'QADRIYATLAR VA YOSHLAR TARBIYASI'

QADRIYATLAR VA YOSHLAR TARBIYASI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
6501
451
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qadriyat / qadriyatlar / milliy qadriyat / millat / elat / axloqiy tushuncha / ijtimoiy guruhlar / ibratli qadriyatlar / oila / egotsentrizm / individualizm / jamoaviylik / shaxs erkinligi. / Values / values / national values / nation / ethnicity / moral understanding / social groups / exemplary values / family / egocentrism / individualism / community / individual freedom.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Inamov Qodir Tursunovich

Maqolada “Qadriyat” kategoriyasini mazmun mohiyati va uning ijtimoiy taraqqiyotga ta’sirini ochib berish orqali ilmiy asoslangan ta’riflar keltirilgan. Milliy qadriyatlar jamiyatni yangilashda muhim ma’naviy omilligi va ularning qudratli manbai haqida ma’lumotlar berilgan. Qadriyatlarimizni qadrlaydigan erkin va ozod hayotning qadr-qimmatini e’zozlaydigan yoshlarni tarbiyalashdagi hamkorlik ko‘rsatilgan. Qadriyatlarimizga qarshi buzg‘unchi g‘oyalarning bartaraf etishga oid tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

VALUES AND EDUCATION OF YOUTH

The article provides a scientifically based definition of the category "Value" by revealing the essence of the content and its impact on social development. National values are an important spiritual factor in the renewal of society and a powerful source of information. It is a partnership in nurturing young people who value our values and live a free life. Recommendations have been made to eliminate destructive ideas against our values

Текст научной работы на тему «QADRIYATLAR VA YOSHLAR TARBIYASI»

Scientific Journal Impact Factor

R

QADRIYATLAR VA YOSHLAR TARBIYASI

Inamov Qodir Tursunovich NamDU "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi

Annotatsiya. Maqolada "Qadriyat" kategoriyasini mazmun mohiyati va uning ijtimoiy taraqqiyotga ta'sirini ochib berish orqali ilmiy asoslangan ta'riflar keltirilgan. Milliy qadriyatlar jamiyatni yangilashda muhim ma'naviy omilligi va ularning qudratli manbai haqida ma 'lumotlar berilgan. Qadriyatlarimizni qadrlaydigan erkin va ozod hayotning qadr-qimmatini e'zozlaydigan yoshlarni tarbiyalashdagi hamkorlik ko'rsatilgan. Qadriyatlarimizga qarshi buzg'unchi g 'oyalarning bartaraf etishga oid tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar. Qadriyat, qadriyatlar, milliy qadriyat, millat, elat, axloqiy tushuncha, ijtimoiy guruhlar, ibratli qadriyatlar, oila, egotsentrizm, individualizm, jamoaviylik, shaxs erkinligi.

Аннотация. В статье дается научно обоснованное определение категории «Ценность», раскрывается сущность содержания и его влияние на социальное развитие. Национальные ценности - важный духовный фактор обновления общества и мощный источник информации. Это партнерство в воспитании молодых людей, которые ценят наши ценности и живут свободной жизнью. Были даны рекомендации по устранению деструктивных идей, противоречащих нашим ценностям.

Ключевые слова. Ценности, ценности, национальные ценности, нация, этническая принадлежность, моральное понимание, социальные группы, образцовые ценности, семья, эгоцентризм, индивидуализм, общность, индивидуальная свобода.

Abstract: The article provides a scientifically based definition of the category "Value" by revealing the essence of the content and its impact on social development. National values are an important spiritual factor in the renewal of society and a powerful source of information. It is a partnership in nurturing young people who value our values and live a free life. Recommendations have been made to eliminate destructive ideas against our values.

Keywords: Values, values, national values, nation, ethnicity, moral understanding, social groups, exemplary values, family, egocentrism, individualism, community, individual freedom.

KIRISH

Kelajagimizning munosib vorislari-yoshlarimizning barkamol inson qilib tarbiyalashda ajdodlar merosiga tayanish, ayniqsa milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash nihoyatda muhimdir. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz" deb nomlangan kitobida "Biz yoshlarimizning milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz zarur", deb ta'kidlaydi. Zero, Milliy va umuminsoniy qadriyatlar hayot sinovidan o'tgan, insoniyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ijtimoiy hodisadir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida Sh.M. Mirziyoyevning asarlari metodologik manba bo'lib belgilandi. Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Ma'naviy yuksalish yo'lidagi tahdidlar va ularni bartaraf etish yo'llarining bugungi kundagi vazifalari qadriyat tushunchasiga borib taqalishi obyektiv ochib berildi. Respublikamizning taniqli olimlaridan E. Yusupov, J. Tulenov, Z. G'ofurov va rus faylasuflari A.G. Zdrovomislov va G. Drabnitskiy ham risolarida o'z fikrlarini bildirganlar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR Jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan har qanday ijtimoiy, moddiy, ma'naviy narsa yoki hodisa o'tmishda ijobiy ahamiyat kasb etgani uchungina emas, balki kelajak istiqboli uchun yangi imkoniyatlar yaratib berishga qodir bo'lganligi sababli ham qadriyat deb ataladi. Boshqacha aytganda, qadriyatlar jamiyat va ma'naviy taraqqiyotning zaruriy mahsulidir.

Qadriyat inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib, qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne'matlari majmuidir. Qadriyatlar ahloqiy qoida va me'yorlar, g'oyalar va maqsadlardagi baholash mezoni hamda usullarini o'zida aks ettiradi: Ular halollik, poklik, o'zaro yordam va adolatliligi, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi fazilatlar: burch, vijdon, or-nomus, mas'uliyat kabi ahloqiy tushunchalar shaklida namoyon bo'ladi.1

Qadriyat-boshqa bir ta'rifda esa qadriyat bu atrof muhitdagi narsalarni, hodisalarni ularning inson va jamiyat uchun ahamiyatga qarab, ijobiy yoki salbiy deb

1. Миллий истиклол гояси: асосий тушунчалар, тамойилла ва атамалар (киска изошли тажрибавий лугат) -Т.: "Янги аср авлоди", 2002. б- 177.

baholash ularni muhim yoki nomuhim, zaruriy yoki keraksiz, qadrli yoki beqadr asosiy yoki ikkinchi darajali deb belgilash natijasida vujudga keladigan tushuncha yoki nuqtai nazarlarda aks etuvchi ob'eklardir, deb belgilangan.

Fikrimizcha, qadriyat-bu tarixiy taraqqiyot jarayonida kishilar tomonidan yaratilgan, moddiy va ma'naviy boyliklar bo'lib, u inson va insoniyat uchun ahamiyat kashf etib, ular manfaati va ehtiyojini qondirish: takomillashuvi, kelajak avlodning ijodiy o'sishini rag'batlantirish omilidir.

Millat uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog'liq qadriyatlar milliy qadriyatlardir. Dunyoda o'ziga xos qadriyatlari bo'lmagan millat yo'q. Milliy qadriyat millatning tarixi, yashash tarzi, ma'naviyati hamda madaniyati bilan bilan uzviy bog'liq holda namoyon bo'ladi2.

Milliy qadriyatlar-millat uchun muhim va jiddiy ahamiyatga ega jihatlar, xususiyatlar, moddiy va ma'naviy boyliklardir.3

Xalqimiz ma'naviyatini yuksaltirishda milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo'lgan mehr-oqibat, insonni ulug'lash, tinch va osoyishta hayot, do'stlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birlashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Milliy qadriyatlar turmush tarzimiz, ma'naviy qiyofamiz, an'analarimiz va o'zligimizni anglashga yordam beradi va bu borada xalqni-xalq, millatni -millat sifatida birlashtiradi. Zero, o'z qadriyatlarini va qadrini bilgan xalq olomonga aylanmaydi; buyuk ishlarga qodir ekanini his qiladi, istiqlolni omon saqlaydi, farzandlarining kamoloti uchun qayg'uradi va kurashadi. Aynan shuning uchun ham milliy qadriyatlar jamiyatni yangilashga xizmat qiluvchi muhim ma'naviy omil hisoblanadi.

Xullas, Millat mavjud ekan milliy qadriyatlarning ahamiyati aslo kamaymaydi. Millatlarning ma'naviyat jihatidan bir-biriga yaqinlashib borish ham milliy qadriyatlarning rivojlanish va amal qilish imkoniyatlarini kamaytirmaydi, balki kengaytiradi. Umuman olganda, milliy qadriyatlar har bir millatning mohiyatini, uning muayyan mustaqil ijtimoiy birlik ekanini belgilab beruvchi asosiy mezonlardan biridir.

Milliy qadriyatlarning qudratli manbai va azaliy urf-odatlarimizdan biri-oila va qarindoshlik munosabatlar odobidir. Kattalarni hurmat qilish, o'zaro yordamlashish, kelajak avlod haqida g'amxo'rlik qilish hamisha uning asosiy qoidalari bo'lib kelgan.

2. Тинчлик ва багрикенглик атамалари изошли лугати.-Т.: 2005, Б -103-104.

3. Муста^иллик: Изошли илмий-оммабоп лугат.-Тошкент: 2006. Б -233.

"Barchangizga ayon, hozirgi kunda dunyo miqyosida beshafqat raqobat, qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olmoqda. Diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, "ommaviy madaniyat" kabi xavf-xatarlar kuchayib, odamzot asrlar davomida amal qilib kelgan e'tiqodlar, oilaviy qadriyatlarga putur etkazmoqda." 1998 yil 2 fevralda Respublika xotin qizlar qo'mitasi xuzurida "Oila" ilmiy-amaliy markazining tashkil etilishi oilaga taalluqli milliy an'analarni, umumbashariy qadriyatlar bilan uyg'unlashtirish, oila a'zolarining huquqiy savodxonligini oshirish yo'lida katta qadam qo'yildi. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida shaxsni ijtimoylashtirish, uni har tomonlama shakllantirish, komolga etkazish, rivojlantirish eng muhim vazifa sifatida insonni tarbiyalash, unga ta'lim berish, yuksak qadratli, dunyoqarashi keng qamrovli chuqur, bilimdon hamda sog'lom yosh avlodni tarbiyalash ayniqsa, dolzarbdir.

Inson-eng oliy qadriyat, Shu bois, millatimizga xos bo'lgan qadriyatlardan yana biri-bolajonlik, Oilada ko'p farzandlarni dunyoga keltirish va ularni kamolga etkazish muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 66- moddasida "Voyaga etgan, mehnatga layoqatli farzandlar o'z ota-onalari haqida g'amxurlik qilishga majburdirlar"4-deyiladi. Shunisi quvonarli-ki, biror-bir xorijiy davlatning Konstitutsiyasida bu kabi modda uchramaydi.

Aytish lozimki, bizning Konstitutsiyamiz nafaqat demokratik tamoyillar, balki milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhi bilan sug'orilgan. Oila qanchalik qudratga ega bo'lmasin, u farzand tarbiyasida qo'ni-qo'shnilardan iborat bo'lgan mahalla va tarbiya maskanlarining ko'magisiz yuqori natijalarga erisha olishi mushkul. Milliy qadriyatlarimizning asosiy xazinaboni-oila deb oladigan bo'lsak, bu xazinani asl san'at asari darajasiga ko'taruvchi naqqoshlar mahalla va maktabdir. Muxtasar aytganda, maktab degan ulug' dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi beqiyosdir. "Mahalla-ham ota, ham ona" degan hikmatli naql haqiqat, bejiz aytilmagan. Chunki, mahalla haqida gapirganda, ko'pchilik ana shunday chuqur ma'noli so'zlarni eslashi va tilga olishi tabiiy.

Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev ta'kidlaganidek "Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona" degan maqolning haqiqiy ma'nosini anglaydigan vaqt keldi. Anglab, shu asosida yashaydigan vaqt keldi. Har qanday millatning ma'naviy boyligi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unlashuvidan tarkib topadi. SHu boiz milliy qadriyatlarga e'tiborni ko'chaytirish kerak. CHunki, milliy qadriyatlarga e'tibor

4.Y36eKHCTOH Pecnyô^HKacHHHHr Констнтyцнaсн. -T.; «Y36eKHCTOH" HMHy, 2018. B.-22

114

kamayar ekan, bu o'z navbatida umuminsoniy qadriyatlarning boyishiga salbiy ta'sir etadi.

Biz ming yillar davomida shakllangan, odamlarning hayoti ichki dunyosidagi mustahkam o'rin olgan, unga barcha amal qiladigan, insonlarning qon-qoniga singib ketgan an'analarimizni, ota-bobolarimiz bizga qoldirgan olijanob qadriyatlarni, g'ururimizni ko'taradigan, xalqimizni obro'siga obro' qo'shadigan insoniy odat va fazilatlarni saqlash, asrab-avaylash va eng katta boylik sifatida yangi kelajak avlodlarga etkazish zarur. Bugun yurtimizda qadriyatlarimizni qadrlaydigan, ezgu an'analarga o'z hayotiy mo'ljalida muhim omil sifatida munosabatda bo'ladigan yoshlar ko'p. Lekin hayoti va istiqbolida milliy qadriyatlarning o'rnini biroz to'g'ri tushunmaydigan yoki o'zini undan xoli holda ko'rib milliy madaniyatimizga e'tiborsizroq bo'lgan yoshlarimiz borligini ham hozircha inkor etolmaymiz.

XULOSA

Barchamiz guvohmiz-bugun dunyo misli ko'rilmagan sur'atlar bilan keskin o'zgarib bormoqda. Ijtimoiy hayotimizda ko'plab ijobiy jarayonlar bilan birga, yosh avlodning qalbi va ongini egallashga qaratilgan ma'naviy tahdidlar ham tobora xavfli tus olmoqda. Ijtimoiy hayotni jamiyat tomonidan e'tirof etilgan qadriyatlarsiz tasavvur qilish mushkul, ularsiz yashab bo'lmaydi. Biroq qadriyatlarimizga qarshi bo'zg'unchi g'oyalar ya'ni: "shaxs erkinligi" ga qarshi oila va jamiyat oldidagi yuksak ma'suliyatni: "individualizm"ga qarshi jamoaviylik, mahalladoshlikni, "egotsentrizm"ga qarshi ota-ona, qarindosh-urug'larni hurmat qilish, mehr-oqibatni, "olomon madaniyatiga qarshi" milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash orqali jamiyatimiz barqarorligiga tahdid soluvchi illatlarga qarshi ong-tafakkurda mafkuraviy to'siq qo'yish darkor.

Bugungi erkin va ozod hayotning ma'nosi va qadr-qimmatini yoshlarning ongi va qalbiga etkazishda birinchi navbatda ota-onalar, ustoz-murabbiylar mas'ul bo'lmog'i kerak. Zero, Bugun yoshlarimiz qanday qadriyatlar sari intilmoqda, qanday orzu-niyat va o'y-hayollar bilan yashamoqda, biz bunga loqayd va befarq qaramasligimiz kerak. Ota-ona, ustoz-murabbiy, etakchi-rahbar sifatida bu jarayonni chetdan turib kuzatishga haqqimiz yo'q"5 Bugungi kunda farzanlarimizning ma'naviy olamini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi biz uchun eng dolzarb vazifa bo'lib qolmoqda

5 KapHMOB H.A HHCOH MaH^aaraapu ycryBop^urHHH Ta"bMHH^am-6apHa HC^O^OT Ba y3rapHm^apHMH3HHHr 6om MaKcagugup. T.; 2008 8 02

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Pulatov Sh.N.Sankhya-ancient Indian philosophical school. //PUSTAK BHARATI RESEARCH JOURNAL// JAN-June. ISSUE Toronto, Canada. No: 12, 2020.

2. PULATOV SH.N. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Hindistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Academic Research In Educational Sciences. Volume 1. 2020 468474 P.

3. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

4. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

5. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

6. Saidov S.A., Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo'shgan hissasi. // "Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences" Scientific journal Volume 1, 2021. 332-336 P.

7. Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi qarashlarida jamiyat tahlili/Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

8. Sulaymonov, J.Karimov N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

9. Sulaymonov J.B. Ibn Xaldun ijtimoiy-falsafiy qarashlarida axloqiy masalalar//Falsafa va huquq jurnali. 2019 yil 1-soni. 42-45 betlar.

10.Sulaymonov J.B. Ibn Haldun qarashlarida geografik determinizm ildizlari //Sharqshunoslik jurnali. 2018 yil 4-soni. 124-128 betlar.

11.Сулаймонов Ж.Б. Взгляды Абдуррахмана ибн Халдуна о развития общества и цивилизации// Международный научно-практический журнал "Экономика и социум". 12 (79)2020 г. //https://iupr.ru//a78cf8ac-3ef5-4670-8fcd-a900ec94fdfb.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.