Научная статья на тему 'MAKTAB O’QUVCHILARIDA AGRESSIV XULQ-ATVORNING NAMOYON BO’LISHI VA UNI BARTARAF ETISH MEXANIZMLARI'

MAKTAB O’QUVCHILARIDA AGRESSIV XULQ-ATVORNING NAMOYON BO’LISHI VA UNI BARTARAF ETISH MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2339
180
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tajovuz / tajovuzkor / zarar / g'azab / xulq-atvor / bosqinchi / zulm / haqorat / hujum / stress / mojaro / harakatlar / Aggression / aggressive / harm / anger / behavior / aggressor / oppression / insult / attack / stress / conflict / actions.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mamajonova Xurshida Qosimjon Qizi

Agressiya boshqa tirik jonzotga u buni istamagan vaziyatda haqorat yoki ziyon yetkazishni maqsad qilib qo‘ygan xulq-atvorning har qanday shakli.Agressiya termini ko‘p hollarda g ‘azab kabi negativ (salbiy) his-tuyg‘ular bilan, haqorat qilish va ziyon yetkazish kabi motivlar bilan, hatto negativ ko‘rsatmalar sirasiga kiruvchi irqiy va etnik xurofot bilan assotsiatsiyalanadi. Bu omillar natijasi zarar yetkazish bo'lgan xulq-atvorda albatta muhim rol o‘ynashiga qaramay, ular bunday harakatlar uchun asos b o ‘la olmaydi. G‘azab boshqalarga tajovuz qilish uchun aslo zaruriy shart bo‘lib hisoblanmaydi, boshqacha qilib aytganda, ayrim holatlarda agressiya o‘ta sovuqqonlik holatida yuzaga kelishi mumkin bolgani kabi, o‘ta kuchli hayajon holatida ham paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek, agressorlarning ular tajovuz qilayotgan shaxslardan nafratlanishlari yoki ularni yoqtirishlari umuman shart emas. Ko‘pchilik odamlar o‘zlari yoqtirgan insonlarga zulm o'tkazadilar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MANAGEMENT OF AGRESSIVE BEHAVIOR IN SCHOOL STUDENTS AND MECHANISMS OF ITS ELIMINATION

Aggression any behavior that aims to insult or harm another living being when he or she does not want to shape. The term aggression in most cases feels negative (negative) as anger-they are emotion with motives such as insults and prejudice, even among the negative indications are associated with racial and ethnic prejudice. B it is the result of factors damage despite the fact that manners certainly play an important role, they are such the basis for the action can not b eras. Anger aggression against others the original to do is not considered a necessary condition, it is different as they say, in some cases, aggression can occur in a state of extreme coldness, such as extreme excitement can also appear in the status. And also the fact that the aggressors are disgusted with the persons they are attacking, or they do not need to like them at all. Many people they oppress those whom they like.

Текст научной работы на тему «MAKTAB O’QUVCHILARIDA AGRESSIV XULQ-ATVORNING NAMOYON BO’LISHI VA UNI BARTARAF ETISH MEXANIZMLARI»

Scientific Journal Impact Factor

0

MAKTAB O'QUVCHILARIDA AGRESSIV XULQ-ATVORNING NAMOYON BO'LISHI VA UNI BARTARAF ETISH MEXANIZMLARI

Annotatsiya: Agressiya boshqa tirik jonzotga u buni istamagan vaziyatda haqorat yoki ziyon yetkazishni maqsad qilib qo 'ygan xulq-atvorning har qanday shakli.Agressiya termini ko'p hollarda g 'azab kabi negativ (salbiy) his-tuyg'ular bilan, haqorat qilish va ziyon yetkazish kabi motivlar bilan, hatto negativ ko 'rsatmalar sirasiga kiruvchi irqiy va etnik xurofot bilan assotsiatsiyalanadi. Bu omillar natijasi zarar yetkazish bo'lgan xulq-atvorda albatta muhim rol o'ynashiga qaramay, ular bunday harakatlar uchun asos b o 'la olmaydi. G'azab boshqalarga tajovuz qilish uchun aslo zaruriy shart bo'lib hisoblanmaydi, boshqacha qilib aytganda, ayrim holatlarda agressiya o'ta sovuqqonlik holatida yuzaga kelishi mumkin bolgani kabi, o'ta kuchli hayajon holatida ham paydo bo'lishi mumkin. Shuningdek, agressorlarning ular tajovuz qilayotgan shaxslardan nafratlanishlari yoki ularni yoqtirishlari umuman shart emas. Ko 'pchilik odamlar o 'zlari yoqtirgan insonlargazulm o'tkazadilar.

Kalit so'zlar: tajovuz, tajovuzkor, zarar, g'azab, xulq-atvor, bosqinchi, zulm, haqorat, hujum, stress, mojaro, harakatlar.

ABSTRACT: Aggression any behavior that aims to insult or harm another living being when he or she does not want to shape. The term aggression in most cases feels negative (negative) as anger-they are emotion with motives such as insults and prejudice, even among the negative indications are associated with racial and ethnic prejudice. B it is the result of factors damage despite the fact that manners certainly play an important role, they are such the basis for the action can not b eras. Anger aggression against others the original to do is not considered a necessary condition, it is different as they say, in some cases, aggression can occur in a state of extreme coldness, such as extreme excitement can also appear in the status. And also the fact that the aggressors are disgusted with the persons they are attacking, or they do not need to like them at all. Many people they oppress those whom they like.

Keywords: Aggression, aggressive, harm, anger, behavior, aggressor, oppression, insult, attack, stress, conflict, actions.

Mamajonova Xurshida Qosimjon qizi Toshkent shahar 327-maktab psixologi L.X.psychologist@gmail.com

Scientific Journal Impact Factor

О

KIRISH

Inson agressiyasi ko'rinishlarining turli-tuman va tubsizligidan kelib chiqib, mazkur xulq-atvorni o'rganishda D.Bass tomonidan taklif etilgan konseptual ramkalar bilan chegaralanish juda foydali ekanligi ayon bo'ldi. Uning fikricha, agressiv harakatlarni uchta shkalaga asoslangan holda tasvirlash mumkin: jismoniy Verbal, aktiv-passiv va to'g'ri-egri. Ularning kombinatsiyalari sakkizta ehtimolga yaqin kategoriyalarni berib, ko'plab agressiv harakatlarni ular asosida tushuntirish mumkin. Masalan, bir kishining ikkinchisi ustidan otib, pichoqlab yoki kaltaklab zo'ravonlik qilishi ham jismoniy, ham aktiv, ham to'g'ri shkala sifatida kvalifikatsiyalanishi mumkin.

Afsuski, ayrim oilalarda o'z otasi yoki onasining mehr-oqibatidan bebahra o'sayotgan bolalar ham yo'q emas. Ba'zi oilalarda esa ota-ona va farzand o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning ijobiy psixologik iqlimda emasligi achinarli holdir, albatta. Aksariyat ota-onalar o'z farzandlarini tarbiyaga chaqirishda g'amxo'rlik, mehribonlik, sabr-toqat, mehr kabi xislatlar bilan yondashish o'rniga, kuch bilan, ayniqsa jismoniy jazo usuli bilan ta'sir o'tkazadilar. O'z navbatida bu kabi xatti-harakatlar bolalarda agressiv xulq-atvorning shakllanishiga zamin bo'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida maktab o'quvchilarida agressiv xulq-atvorning namoyon bo'lishi va uni bartaraf etish mexanizmlari haqida fikrlar tahlil qilindi. Маерс Д. ning "Изучаем социальную психологию" nomli o'quv qo'llanmasi metodologik manba bo'lib belgilandi. Shu bilan birga Sh.M. Mirziyoyevning asarlaridan keng foydalanildi.

Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi kunda agressiv xarakterli bolalar maktab o'quvchilari orasida soni ortib borayotganligi psixologiyadagi dolzarb muammolar qatoridan joy egallashiga sabab bo'ldi. Maktab bolalarida agressiv xatti-harakatlarning vujudga kelishi murakkab va ko'pqirrali jarayon bo'lib, unga ko'pgina omillar o'z ta'sirini o'tkazadi. Agressiv xatti-harakatlar oilada, tengdoshlar guruhida, oilaviy axborot vositasi ta'sirida shakllanishi aniqlangan.

Maktab bolalarida agressiv xatti-harakat namunalarini quyidagi uch asosiy manbaga asoslanib to'playdi:

1. Nosog'lom oila muhiti. Ba'zi oilalarda ota-ona bilan farzand o'rtasidagi munosabatning ijobiy psixologik iqlimda emasligi, farzandlar o'rtasidagi kelishmovchiliklar, oiladagi mojarolar, nizolar, oilaviy hamohanglikning mavjud

Scientific Journal Impact Factor

0

emasligi bolalarda agressiv xulq-atvorning shakllanishiga olib keladi. Bolalardagi agressMikning namoyon bo'lishi oilaviy muhitning ta'sir darajasiga bog'liq hisoblanadi.

2. Tengdoshlar guruhi. Bolalar oiladan tashqarida o'z tengqurlari, sinfdoshlari bilan bo'lgan munosabatda ham agressiv xatti-harakatlarni o'zlariga singdiradilar. Ko'pgina hollarda bolalar tengdosh do'stlarining xatti-harakatlarini kuzatgan tarzda o'zlarini agressiv tutishga urinadilar. Haddan tashqari agressiv bolalar esa o'z tengdoshlari orasidan siqib chiqariladi. Bunday bolalar o'zini xo'rlangandek his qilib, o'zi kabi agressiv bolalar guruhidan joy topadilar. Bu esa muammo ustiga muammo tug'dirmasdan qolmaydi.

3. Ommaviy axborot vositalari — bugungi kunda bolalarning agressivligini kuchaytirishga ta'sir etayotgan eng kuchli quroldir, degan fikr keyingi paytlarda ko'pchilik tomonidan e'tirof etilmoqda. Shu o'rinda oynai jahon orqali namoyish etilayotgan turli jangari filmlar, ko'rsatuvlar ham bolalarda agressiv xususiyatlarning tarkib topishiga ta'sir qilayotganligi mutaxassislar tomonidan qayd etilmoqda. Bu borada internetning ta'siri ham o'ziga xosligi inkor etib bo'lmas haqiqatdir. Maktab bolalari internet orqali o'zining yosh va psixologik xususiyatlariga mos kelmaydigan ma'lumotlar bilan tanishmoqda, jangarilikni, agressiyani targ'ib etuvchi, shakllantiruvchi turli xil o'yinlarni o'ynash orqali o'zlarining ongosti sohasida agressiv xulqning shakllanishiga sabab bo'lmoqdalar.

Bir qator psixologlarning ta'kidlashicha, oiladagi iqlim, ota-ona o'rtasidagi o'zaro munosabatlar, ota-ona bilan farzand o'rtasidagi munosabatlar, oilaviy hamohanglik yoki aksincha kelisha olmaslik, opa-singillar, aka-ukalar bilan yaqinlik darajasi, farzand tomonidan qilingan noto'g'ri, yanglish xatti harakatlarga nisbatan ota-onaning agressiv reaksiyasi — oilada shakllanib kelayotgan agressiv xatti-harakatlarini kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar hisoblanadi.

Maktab o'quvchilari orasida agressiv hulq-atvorning bartaraf etishda, avvalo shu narsa ko'zga tashlanadiki har qanday holatda ham bolalarni be'etibor qoldirish kerak emas, ayniqsa maktab o'quvchilarini, o'smir yoshlarni, chunki ular huddi endi o'sib kelayotgan novda kabidir. Uni qaysi tomonga shakllantirsa shunday shakllanib boradi.

O'quvchilarda agressiv hulq-atvorni yo'qotish yoki oldini olishdagi birinchi mexanizm bu ota-oan va maktab va o'qituvchi orasidagi to'g'ri yo'lga qo'yilgan aloqalar mexanizmidir. Bu mexanizm yo'lga qo'yilsa bolalar hech bir vaqt o'zlari bee'tibor qolishmaydi.keyingi mexanizm bu - sog'lom muhit mexanizmi. Bunda oiladagi muhit sog'lom bo'lishi kerak, bolalar bo'sh vaqtida nima bilan band, o'rtoqlari kim, vaqtini kim bilan nimlarga sarflayabdi, internetdan nimalar uchun

Scientific Journal Impact Factor

О

foydalanyabdi kabi savollarga oilad faqatgina sog'lom muhit tarsi mavjud bo'lgandagina ota-onalarimiz javob topa olishadi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, tadqiqotlar natijasiga ko'ra yana bir tendensiya

ko'zga tashlanadiki, agressivligi yuqori bo'lgan o'smirlar ko'p hollarda ekstremal

ravishda o'z-o'zini juda yuqori yoki juda past baholash xususiyatiga ega. Noagressiv

bolalarga esa o'zini adekvat baholash xarakterlidir.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Маерс Д. Изучаем социальную психологию. — М.: 2009.

2. Мокчанцев Р., Мокчанцева А. Социальная психология. Издательства: Сибирское соглашение, Инфра. — М.: 2001.

3. Семечкин Н.И. Социальная психология на рубеже: история, теория, исследования. — М.: 2001

4. PULATOV SH.N. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Hindistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Academic Research In Educational Sciences. Volume 1. 2020 468474 P.

5. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

6. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

7. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

8. Saidov S.A., Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo'shgan hissasi. // "Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences" Scientific journal Volume 1, 2021. 332-336 P.

9. Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi qarashlarida jamiyat tahlili/Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

10. Sulaymonov, J.Karimov N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

11. V. Karimova. Ijtimoiy psixologiya va amaliyot. — Т.: 2009.

12. V. Karimova, О. Hayitov. Shaxsning ijtimoiylashuv masalasi. — Т.: 2007.

XULOSA VA TAKLIFLAR

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.