Научная статья на тему 'HUDUDLARNING IQTISODIY SALOHIYATINI OSHIRISHDA RAQAMLASHTIRISHNING O‘RNI'

HUDUDLARNING IQTISODIY SALOHIYATINI OSHIRISHDA RAQAMLASHTIRISHNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
14
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqamlashtirish / iqtisodiy salohiyat / hududiy rivojlanish / raqamli infratuzilma / raqamli iqtisodiyot / barqaror o‘sish. / Digitalization / economic potential / regional development / digital infrastructure / digital economy / sustainable growth.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Abdullayev Habibullo Asadulla O‘g‘li

Raqamlashtirish bugungi kunda iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu jarayon hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirishda o‘ziga xos katalizator bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur mavzuda raqamlashtirishning hududiy iqtisodiyotga ta’siri o‘rganiladi, shuningdek, uning iqtisodiy faoliyatni samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish va bandlikni oshirishga ta’siri tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF DIGITALIZATION IN INCREASING THE ECONOMIC POWER OF REGIONS

Digitalization is one of the most important directions of economic modernization today. This process serves as a kind of catalyst for increasing the economic potential of regions. This topic studies the impact of digitalization on the regional economy, as well as analyzes its impact on increasing the efficiency of economic activity, expanding production volumes, attracting investments and increasing employment.

Текст научной работы на тему «HUDUDLARNING IQTISODIY SALOHIYATINI OSHIRISHDA RAQAMLASHTIRISHNING O‘RNI»

HUDUDLARNING IQTISODIY SALOHIYATINI OSHIRISHDA RAQAMLASHTIRISHNING O'RNI

Abdullayev Habibullo Asadulla o'g'li

"Makroiqtisodiy siyosat va prognozlashtirish " kafedrasi katta o'qituvchisi, PhD

x. [email protected]

Annotatsiya: Raqamlashtirish bugungi kunda iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning eng muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu jarayon hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirishda o'ziga xos katalizator bo'lib xizmat qiladi. Mazkur mavzuda raqamlashtirishning hududiy iqtisodiyotga ta'siri o'rganiladi, shuningdek, uning iqtisodiy faoliyatni samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish va bandlikni oshirishga ta'siri tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: Raqamlashtirish, iqtisodiy salohiyat, hududiy rivojlanish, raqamli infratuzilma, raqamli iqtisodiyot, barqaror o'sish.

РОЛЬ ЦИФРОВИЗАЦИИ В ПОВЫШЕНИИ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ МОЩИ

РЕГИОНОВ

Абдуллаев Хабибулло Асадулла угли

Старший преподаватель кафедры «Макроэкономическая политика и

прогнозирование »

x. [email protected]

Аннотация: Цифровизация сегодня является одним из важнейших направлений модернизации экономики. Этот процесс служит уникальным катализатором повышения экономического потенциала регионов. В данной теме изучается влияние цифровизации на экономику региона, а также анализируется ее влияние на повышение эффективности экономической деятельности, расширение объемов производства, привлечение инвестиций и увеличение занятости.

Ключевые слова: Цифровизация, экономический потенциал, региональное развитие, цифровая инфраструктура, цифровая экономика, устойчивый рост.

THE ROLE OF DIGITALIZATION IN INCREASING THE ECONOMIC

POWER OF REGIONS

Abdullaev Khabibullo Asadulla ugli

Senior Lecturer, PhD, Department of "Macroeconomic Policy and Forecasting"

[email protected]

Abstract: Digitalization is one of the most important directions of economic modernization today. This process serves as a kind of catalyst for increasing the economic potential of regions. This topic studies the impact of digitalization on the regional economy, as well as analyzes its impact on increasing the efficiency of economic activity, expanding production volumes, attracting investments and increasing employment.

Keywords: Digitalization, economic potential, regional development, digital infrastructure, digital economy, sustainable growth.

KIRISH

Hududlarning iqtisodiy rivojlanishi ularning barqarorligi va ijtimoiy farovonligi uchun muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Raqamlashtirish jarayoni esa bugungi kunda iqtisodiy o'sish va raqobatbardoshlikni oshirishda muhim rol o'ynaydi. Ushbu maqolada hududlarni iqtisodiy rivojlanishida raqamlashtirishning ahamiyati, uning afzalliklari va mavjud muammolari batafsil tahlil etiladi. Raqamlashtirish jarayoni hududlarning iqtisodiy rivojlanishiga yangi imkoniyatlar ochib berish bilan birga raqamli texnologiyalarning joriy etilishi orqali ma'lumotlarga kirish imkoniyatini kengaytiradi, bu esa biznes jarayonlarini optimallashtirish, xarajatlarni kamaytirish hamda samaradorlikni oshirish imkonini beradi. Raqamli infratuzilma va xizmatlardan foydalanish tadbirkorlikni rivojlantiradi, investitsiyalarni jalb qilishni rag'batlantiradi, yangi ish o'rinlari yaratadi. Hozirgi paytda dunyo bo'ylab raqamli platformalar orqali onlayn savdo va xizmatlar ko'rsatish ko'payib bormoqda. Ushbu jarayon iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish bilan bir qatorda, iste'molchilar uchun yangi imkoniyatlarni ham yaratadi. Raqamli savdolar, elektron tijorat o'sishi, mahsulotlar va xizmatlar to'g'risidagi axborotning tezkor tarqalishini ta'minlaydi, bu esa raqobatni kuchaytiradi hamda narxlarni pasaytiradi. Raqamlashtirishning yanada muhim jihati - barqaror rivojlanish ta'minlash hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Raqamlashtirish texnologik innovatsiyalar va taraqqiyotning namunasidir, chunki u moliyaviy xizmatlar va texnologiyalarning uzluksiz birlashuvidan kelib chiqadi. Raqamli texnologiyaning iqtisodiy ta'siri odatda yashil iqtisodiyotni rag'batlantirishda kuzatiladi. Shunday qilib, raqamlashtirish va yashil iqtisodiyotning ta'siri mamlakatlar va usullarga qarab farq qiladi, bu esa munosabatlarni tahlil qilishda o'ziga xos yondashuvlarni talab etadi.

"The Role of Digital Economy in the Development of Uzbekistan" asarida raqamli iqtisodiyot muqobil energiya manbalaridan foydalanish, ekologik toza texnologiyalarni rivojlantirish va resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini yaratish ta'kidlangan. Bunday yondashuvlar, iqtisodiy o'sishni ta'minlaydi va atrof-muhitni muhofaza qilishga yordam beradi. Raqamlashtirish darajasi va uning iqtisodiy rivojlanishga ta'siri har bir hududda farqlanishi o'rta va past darajada rivojlangan hududlar yuqori raqamli infratuzilma va xizmatlarga ega hududlarga qaraganda ancha sekin rivojlanishiga sabab bo'lishi mumkin [1].

Klaus Schwabning "The Fourth Industrial Revolution" asarida sanoatning to'rtinchi inqilobi davridagi raqamli texnologiyalar hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirishda qanday rol o'ynashi batafsil tahlil qilinadi. U xususan, texnologiyalarni keng ko'lamda joriy etish nafaqat yirik shaharlar, balki kichikroq hududlarda ham iqtisodiy rivojlanishni rag'batlantirishini ta'kidlaydi [2].

Raqamli iqtisodiyot hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirishda asosiy omil sifatida ko'riladi. "The Effects of Digitalization on Employment and Economic Growth in Urban Areas of Uzbekistan" asarida hukumatlar uchun tavsiyalar berilgan bo'lib, ular hududiy raqamli infratuzilmani rivojlantirish va aholining raqamli savodxonligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlarni o'z ichiga oladi [3].

Muallif "Raqamli Transformatsiya va Davlat Siyosati: O'zbekiston konteksti" raqamli texnologiyalarning iqtisodiyotga, jumladan hududiy rivojlanishga ta'sirini ko'rib chiqadi. Asarda hududlarning raqamli transformatsiyasi ularga ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish va innovatsiyalarni joriy etish orqali iqtisodiy o'sishni tezlashtirish imkonini berishi haqida so'z boradi [4].

Bukht, R., & Heeks, raqamli iqtisodiy otning ta'riflari va uning turli iqtisodiy darajalarga ta'sirini o'rganadi. Hududiy iqtisodiyotda raqamlashtirish jarayonlarini tahlil qilish uchun amaliy yondashuvlar taklif etadi:

Mahalliy resurslardan samarali foydalanish: Raqamli infratuzilmaning yaratilishi va rivojlantirilishi hududiy korxonalar va xususiy sektor uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, xususan, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda qo'l keladi;

Investitsiyalarni jalb qilish: Raqamlashtirish jarayoni hududlarning jozibadorligini oshiradi, chunki raqamli infratuzilma va xizmatlar yuqori texnologiyali kompaniyalar va investorlar uchun muhim omil hisoblanadi;

Ijtimoiy-iqtisodiy tenglikni ta'minlash: Elektron hukumat tizimlari va raqamli xizmatlar aholi va tadbirkorlar o'rtasidagi iqtisodiy va ma'lumot resurslariga kirish imkoniyatlarini tenglashtiradi [5].

Ushbu hisobot global miqyosda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari va davlatlar o'rtasidagi raqamli tafovutlarni tahlil qiladi. Raqamlashtirish orqali davlatlar iqtisodiy salohiyatini oshirishi, jumladan, ma'lumotlar iqtisodiyotini shakllantirishi mumkinligi ko'rsatib o'tiladi. Hisobotda "raqamli

integratsiya" va "innovatsion platformalar" mamlakatning sanoat rivoji va hududiy iqtisodiyotni mustahkamlashga qanday hissa qo'shishi haqida batafsil fikrlar mavjud. Shuningdek, raqamli iqtisodiyot rivojida ma'lumotlar boshqaruvi, IT-infratuzilma va huquqiy asoslarning muhimligi ta'kidlangan [6].

Ushbu hisobotda O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi, uning mamlakat iqtisodiy salohiyatini oshirishdagi roli va kelgusi imkoniyatlari batafsil o'rganilgan. Hisobotda mamlakatning raqamli transformatsiyasini jadallashtirish bo'yicha muhim strategiyalar va amaliy tavsiyalar berilgan. AKT infratuzilmasini takomillashtirish, internet qamrovini kengaytirish va texnologik startaplarni rivojlantirish orqali hududiy rivojlanishni rag'batlantirish masalalari ko'tarilgan [7].

METODOLOGIYA

Ushbu tadqiqotda bir nechta metodologik yondashuvlar qo'llaniladi. Birinchi navbatda, statistik ma'lumotlar, davlat va xalqaro tashkilotlarning hisobotlari o'rganiladi. Ikkinchi navbatda, hududiy rivojlanish va raqamlashtirish bo'yicha ekspert intervyulari o'tkaziladi. Uchinchi navbatda, raqamlashtirishning iqtisodiy ta'sirini baholash uchun misol sifatida bir necha hududlar tanlanadi. Raqamli infratuzilma va iqtisodiy ko'rsatkichlar o'rtasidagi bog'lanishni aniqlash uchun deskriptiv statistik tahlil qo'llanildi. Ushbu usul orqali raqamlashtirish darajasi va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi korrelyatsiya tahlil qilindi. Davlat statistika qo'mitalari, xalqaro tashkilotlar (masalan, Jahon banki, BMT, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) va hududiy ma'muriyatlardan olinadigan statistik ma'lumotlar yig'ildi. Ushbu ma'lumotlar raqamlashtirish darajasi, iqtisodiy ko'rsatkichlar va ijtimoiy o'zgarishlarni baholashda asosiy manba bo'lib xizmat qildi. Raqamlashtirish va iqtisodiy rivojlanish bo'yicha mavjud ilmiy tadqiqotlar, maqolalar, hisobotlar va davlat strategiyalari tahlil qilindi. Bu, tadqiqotning nazariy asoslarini mustahkamlashga yordam berdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hududlarning iqtisodiy rivojlanishida raqamlashtirish jarayonining ta'sirini o'rganish natijalari bir qator muhim xulosalar va statistik ma'lumotlarni taqdim etdi. Ushbu bo'limda raqamlashtirishning iqtisodiy va hududiy jihatlari bo'yicha aniqlangan asosiy natijalar va tahlillar keltiriladi.

1. Raqamlashtirishning iqtisodiy o'sishga ta'siri.

Raqamlashtirish jarayoni, iqtisodiy faoliyat va o'sishni tezlashtirishda muhim ahamiyatga ega. O'rganilgan hududlarda raqamli infratuzilmaning mavjudligi, iqtisodiy ko'rsatkichlarga sezilarli ta'sir ko'rsatgan. Masalan, raqamli texnologiyalarni faol joriy etgan respublika hududlarida quyidagi ijobiy natijalar kuzatildi:

Raqamlashtirish natijasida xizmatlar sohalarida ko'plab yangi ish o'rinlari yaratildi. O'rganilgan hududlarda, masalan, IT va raqamli xizmatlar sohasida ish o'rinlari so'nggi besh yil mobaynida 210% gacha oshganligini kuzatishimiz mumkin.

Bu esa mahalliy aholi hamda biznes egalari uchun uchun yangi imkoniyatlarni keltirib chiqardi.

1-jadval

Yalpi ichki (hududiy) mahsulotning o'sish sur'atlari (yillik)1

№ Mintaqalar f 2015 2016 f 2017 2018 2019 f 2020 f 2021 2022 2023

1 Qoraqalpog'iston Respublikasi 110,5 112,5 106,1 106,1 106,9 101,6 106,1 103,8 103,4

2 Andijon viloyati 103,4 100,6 104,1 110,1 105,8 102,2 105,4 108,9 105,4

3 Buxoro viloyati 108,5 106,4 102,4 106,1 107,1 102 106,5 105,3 105,2

4 Jizzax viloyati 108,3 107,8 104,1 104,8 109,8 103,4 109,1 104,6 105,5

5 Qashqadaryo viloyati 106,6 105,6 103,5 101,5 102,6 101,8 107,8 106,8 105,1

6 Navoiy viloyati 103,8 103,7 101,5 105,8 105,5 106 107,6 106,3 106

7 Namangan viloyati 107,7 107,5 103,4 105,9 109,1 104,6 110,3 108,4 106,7

8 Samarqand viloyati 108,4 107,4 101,5 101,9 106,8 100,8 110,3 106,4 106,6

9 Surxondaryo viloyati 107,3 105,6 103,4 106 104,5 102,7 109,3 104,2 104,8

10 Sirdaryo viloyati 107,1 106,6 95,5 103,9 112 100,9 109,4 105,7 105,9

11 Toshkent viloyati 105,9 104,7 101 106,8 108,4 102,2 111 106,1 105,2

12 Farg'ona viloyati 107,3 105,4 98,9 107,3 105,6 104,8 108,8 106,2 106,1

13 Xorazm viloyati 109 104,8 104,5 103 106,6 99,5 111,1 107,1 104,9

14 Toshkent shahri 109,2 110,5 110,8 111,1 109 101,5 117,1 108,6 109,2

Raqamli texnologiyalarni joriy etish natij asida ishlab chiqarish jarayonlari va xizmatlar samaradorligi oshishiga erishildi. Mahsulotlar va xizmatlar uchun sarflanadigan vaqt 20% ga qisqardi, bu esa xizmatlar sohasida hamda mahsulot ishlab chiqariashdav narxlarning pasayishiga olib keldi.

1-jadvalda ko'rsatilgan YAIM o'sish sur'atlari, iqtisodiy faollik, investitsiya darajasi va umuman iqtisodiy rivojlanishni ifodalaydi. Bu ko'rsatkichlar mintaqalar bo'yicha farq qiladi:

Toshkent shahrining o'sish sur'atlari har yili yuqori, bu raqamlar iqtisodiy barqarorlik va raqamli texnologiyalarni joriy etish bilan bog'liq.

Navoiy viloyati ham mustahkam o'sish ko'rsatkichlariga ega, iqtisodiy rivojlanish uchun zarur infratuzilma mavjud.

Qoraqalpog'iston Respublikasi: 2020-yilda o'sish sur'ati 101,6% ga tushdi, bu mintaqada iqtisodiy muammolar mavjudligini ko'rsatishi mumkin.

2-jadvalda esa Internet tarmog'iga ulangan abonentlar soni, 100 ta aholiga nisbatan, axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini aks ettiradi:

Toshkent shahrida 2015-yildan 2023-yilgacha Internetga ulangan abonentlar soni 103,5 dan 209,2 gacha oshdi. Bu yuqori raqamlar, shuningdek, iqtisodiy o'sishga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

1 https://stat.uz/uz/ - O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi statistika agentligi

Navoiy viloyatida Internet ulanishi ham o'smoqda (30 dan 88,8 gacha), bu viloyatdagi iqtisodiy o'sishni qo'llab-quvvatlashi mumkin.

Qoraqalpog'iston Respublikasi: Bu mintaqada Internetga ulangan abonentlar soni 2015-yilda 28,2 dan 75,7 gacha oshgan, lekin YAIM o'sish sur'atlari har doim barqaror emas.

Toshkent shahri: Internetga ulanish ko'rsatkichlari va YAIM o'sish sur'atlari bir-biriga mos keladi. Yuqori Internet ulanishi iqtisodiy faoliyatni oshiradi, xizmatlar va tovarlar sotilishi imkoniyatlarini kengaytiradi, raqamli biznes va startaplarni rivojlantiradi.

Navoiy viloyati: Ulanish ko'rsatkichlari o'sishi, iqtisodiy o'sishni qo'llab-quvvatlaydi. Raqamli xizmatlar va tarmoqlar orqali yangi biznes imkoniyatlari yaratiladi, bu esa YAIM o'sishiga ijobiy ta'sir qiladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi: Internetga ulangan abonentlar soni o'sishiga qaramay, YAIM o'sish sur'atlarining pastligi, mintaqaning iqtisodiy muammolari va raqamli infratuzilmaning rivojlanishiga to'siq bo'lishi mumkin. Bu, masalan, iqtisodiy diversifikatsiya, ta'lim va raqamli ko'nikmalarni oshirishni talab etadi.

2-jadval

Internet tarmog'iga ulangan abonentlar soni, 100 ta aholiga nisbatan (hududlar

kesimida)2

№ Milita qnLnr 2015 2016 2017 2018 201P 2020 2021 2022 2023

1 Qoraqalpog'iston Respublikasi 28,2 29,2 332 41,4 49 56,1 63,7 68,6 75,7

2 Atidijon viloyati 21,5 24,9 282 326 39,9 47 55,6 61,4 68,3

3 Buxoro vfloyati 23,9 26,4 29,5 36,9 44,8 522 61,4 69,4 75

4 Jizzax viloyati 21,4 23,6 28,3 35 41,6 47,8 55,6 61,4 67,5

5 Qashqadaryo viloyati 16,4 18,9 22,5 27,6 35,8 43,6 50,3 55,3 60,6

6 Navoiy viloyati 30 33,4 36,9 45,6 56 64,4 74,4 83,9 88,8

7 Xamangan viloyati 20,3 23,6 28 35,3 43,1 48,6 56,5 62,9 672

8 Samarqand viloyati 21,4 23,9 27,6 32,6 392 45,9 53,5 59,1 65

9 Surxondaryo vüoyati 15,6 17,8 222 28,4 36,9 43,4 48,9 55,4 59,9

10 Sirdaryo vüoyati 27,1 28,8 352 424 52,7 592 68,5 75,8 82,8

11 Toshkent vüoyati 9,9 12,6 12.4 17,6 34,5 42,5 50,9 56,9 64,7

12 Farg'ona viloyati 21,6 24,9 292 34,1 41,8 512 74,4 86,7 93,4

13 Xorazm viloyati 22,6 25,5 32 39 47,1 53,9 62,1 68,4 75

14 Toslikent shahri 103,5 118,7 129,7 135,1 139,7 174,9 151,5 185,1 2092i

2. Raqamli xizmatlarning ijtimoiy sohalarga ta'siri.

Raqamli xizmatlar, masalan, onlayn savdo, masofaviy ta'lim va sog'liqni saqlash, ijtimoiy hayotga keng ko'lamli ta'sir ko'rsatdi. Ushbu xizmatlar orqali odamlar hayotining turli sohalarida qulaylik va imkoniyatlar yaratildi. Raqamli texnologiyalar yordamida onlayn savdo hajmi sezilarli darajada oshdi. O'rganilgan

2 https://stat.uz/uz/- O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi statistika agentligi

hududlaráa onlayn savdo hajmi so'nggi 4 yilda 150% ga oshdi. Bu, ayniqsa, pandemiya davrida odam^ uchun xavfsiz xarid qilish imkoniyatlaгini taqdim etdi.

Masofaviy ta'lim platfomLalari yoráamida ta'limga kiгish imkoniyatlaгi kengaydi. Qishloq hududlarida yashovchi talabalaг uchun ta'lim olish imkoniyatlari 35% ga oshdi. Bu jarayon, ta'lim sifatini oshirib, jamiyatning haг biг qatlamiga ta'sñ ko'гsatdi.

Telemeditsina va masofaviy sog'liqni saqlash xizmatlaгi oгqali bemoгlaг uchun yangi im^^yat^ yaгatilmoqda. Raqamli texnologiya^ oгqali sog'liqni saqlash xizmatlaгidan foydalanish 45% ga oshdi. Bu, ayniqsa, qishloq hududlarida sog'liqni saqlash xizmatlariga bo'lgan ehtiyojni qondirishda muhim ral o'ynadi.

3. Raqamlashtirish va ijtimoiy faravonlik.

Raqamlashtiгish jaгayoni iqtisodiy rivojlanish bilan biг qatoгda, ijtimoiy faravonlikka ham ijobiy ta'siг ko'гsatdi. Raqamli texnologiya^ yo^uiida ijtimoiy xizmatlaming sifatini oshirish, xalqning tuгmush daгajasini yaxshilashga yoráam beгdi. Raqamlashtiгish jaгayonida raqamli savodxonlik darajasi so'nggi yillaгda sezirarii oshdi. O'гganilgan hududlaгda гaqamli savodxonlik darajasi 60% ga oshganligini kuzatishimiz mumkin. Bu esa aholining raqamli xizmatlaráan foydalanish imkoniyatini kengaytiгdi va ulaming hayot sifatini, tuгmush darajasini yaxshilash imkonini beгadi.

3-jadval

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Axborot va aloqa sohasidagi ish haqi (hududlar kesimida)3

№ Mintaqalar 2015 II 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 Qoraqalpog'iston Respublikasi 1 132,60 1 276,50 1 552,60 1 948,90 2 322,30 2 437,00 2 841,40 3 681,50 6 261,40

Andijon"vüoyati 1 004,70 1 029,40 1 294,40 1 779,10 2 138,50 2 278,00 2 824,20 3 713,60 7 527.80

Buxoro vibyaá 1 117,40 1 135,30 1 405,50 1 819,90 2 216,90 2 594,70 3 018,30 4 289,20 7 940.40

Jizzax 'vioyati 1 164,20 1 234,60 1481,70 1 897,10 2 022,80 2 812,30 3 650,80 4 696,50 7 538.60

Qashqadaryo vibyati 1 032,40 1 116,80 1 391,70 1 794,30 2 194,60 2 529,80 3 155,90 3 909,10 7 704.30

Navoiy vioyari 1 109,50 1 159,00 1 032,00 1 164,20 943,00 1 063,20 1 447,10 1 394,90 1 303,70 1 870,00 2 068,60 2 538,80 3 090,20 4 106,70 6 833,70

Namangan vioyaii 1 934,60 2 397,90 2 427,40 2 945,90 3 675,30 5 818,80

Saniarqand лйоуай 1 557,60 1 894,80 2 410,80 3 438,20 5 023,40 7 495,50

Surxondaryo vioyaá 1 054,10 1 124,00 1 426,30 1 896,20 2 208,30 2 743,70 3 945,60 4 093,50 7 480,30

Sirdaryo "vioyati 1 216,50 1 265,30 1 528,30 1 353,50 2 004,60 2 460,10 2 926,00 3 938,80 7 415,20

Toshkent "vioyati 1 106,20 1 261,00 1 770,30 2 272,70 2 214,60 2 181,80 3 060,30 4 627,40 6 665,50

Farg'ona -vioyaii 1 020,40 1 101,60 1 474,20 1 895,40 2 232,50 2 472,20 2 940,30 4 187,00 7 808,00

Xorazm vfloyali 992,40 1 100,20 1 375,90 1 779,70 2 076,00 2 408,80 2 964,80 4 041,40 7 735,60

Toshkent sliahri 2 256,00 2 650,60 3 181,70 4 212,70 4 953,00 5 512,00 6 851,20 9 148,70 11 908,40

3-jadvalda axboгot va aloqa sohasidagi ish haqlari ko'reatilgan bo'lib, u 2015-yildan 2023-yilgacha bo'lgan davráa haг biг mintaqada o'zgarishini aks ettiгadi. Ushbu ma'lumotlami tahlil qilish oгqali, iqtisodiy o'sish, raqamli texnologiya^ va mLntaqalaг o'гtasidagi fa^lami ko'гishimiz mumkin.

3 https://stat.uz/uz/ - O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi statistika agentligi

Tashkent shahri: Eng yuqori ish haqi ko'rsatkichlariga ega, 2015-yilda 2,256 ming birlikdan 2023-yilda 11,90S ming birlikgacha o'sdi. Bu, Toshkentning iqtisodiy rivojlanishi va raqamli sohada eng ilg'or bo'lishini ko'rsatadi.

Boshqa mintaqalar: Asosan, barcha viloyatlarda ish haqlari ham o'sgan, lekin Toshkent shahridagi o'sish darajasi ancha yuqori. Masalan, Andijon viloyati ish haqi 2015-yilda 1,004 ming birlikdan 2023-yilda 7,527 ming birlikgacha o'sgan, bu mintaqaning rivojlanayotgan iqtisodiyoti bilan bog'liq.

Toshkent shahridan keyin: Buxoro viloyati (1,117 ming birlikdan 7,940 ming birlikgacha) va Jizzax viloyati (1,164 ming birlikdan 7,53S ming birlikgacha) ish haqlari o'sishi yuqori ko'rsatkichlarga ega. Bu, raqamli sohadagi o'sish va investitsiyalar bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

Qoraqalpog'iston Respublikasi: Ushbu mintaqada ish haqi 1,132 ming birlikdan 6,261 ming birlikgacha o'sgan, lekin bu o'sish boshqa mintaqalarga nisbatan sekin. Bu iqtisodiy va ijtimoiy muammolar bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

Umumiy ko'rsatkichlar asosida, ish haqi o'sish sur'atlari barcha mintaqalarda ijobiy, lekin Toshkent shahri va uning atrofidagi viloyatlarda bu o'sish juda tez sur'atlarda davom etmoqda. Misol uchun, Sirdaryo viloyati 2015-yildan 2023-yilgacha ish haqini 1,216 ming birlikdan 7,415 ming birlikgacha oshirgan, bu qiyinchiliklarni yengib o'tganini ko'rsatadi.

Surxondaryo viloyati va Qashqadaryo viloyati ham ish haqi o'sishida yaxshi ko'rsatkichlarga erishgan. Biroq, Toshkent viloyati va Farg'ona viloyati kabi mintaqalarda o'sish sur'atlari sekinroq.

Raqamli texnologiyalar yordamida ijtimoiy xizmatlar, masalan, pensiya va subsidiyalarni olish jarayoni soddalashtirildi. Bu jarayon orqali aholining ijtimoiy himoyasi kuchaytirildi va aholi uchun qulayliklar yaratildi.

4. Raqamlashtirish va hududiy farqlar.

Raqamlashtirish jarayonida hududlar o'rtasida sezilarli farqlar mavjudligi aniqlandi. Ba'zi hududlar yuqori raqamli infratuzilma va xizmatlarga ega bo'lsa, boshqalari bu jarayonda orqada qolmoqda. Raqamlashtirish darajasi yuqori bo'lgan hududlar, masalan, shahar markazlari iqtisodiy o'sishda sezilarli ustunlikka ega. Ushbu hududlarda raqamli infratuzilma va xizmatlar ko'rsatish imkoniyatlari so'nggi besh yilda 70% ga oshdi. Qishloq hududlarida raqamlashtirish darajasi pastligi muammo bo'lib qolmoqda. Ushbu hududlarda raqamli infratuzilma va xizmatlar o'rta darajada rivojlangan. Raqamli bo'shliqlar va raqamli savodxonlikning pastligi iqtisodiy o'sishni sekinlashtiradi. Davlatning raqamlashtirish jarayonida qo'llab-quvvatlashi va investitsiyalari yuqori raqamli infratuzilmani rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Davlatning raqamli strategiyalari va investitsiyalari orqali raqamli infratuzilmaning rivojlanishini ta'minlash mumkin.

5. Raqamlashtirish jarayonidagi muammolar.

Raqamlashtirish jarayonini yo'lga qo'yish hamda rivojlantirishda bir qator muammolar yuzaga chiqishi mumkin. Ushbu muammolar raqamlashtirishning samaradorligini pasaytirishi, natijada hududlarning iqtisodiy taraqqiyotdan orqada qolishiga sabab bo'lishi mumkin. Raqamli infratuzilmani joriy etish va rivojlantirish uchun dastlabki xarajatlar yuqori bo'lishi raqamlashtirish jarayonlarini sust ketishiga sabab bo'luvchi dastlabki muammolardan biri hisoblanadi. Bu ko'plab hududlarda raqamlashtirishni rivojlantirish uchun to'siqlarni paydo qiladi. Muommoni hal qilishda raqamlashtirishning uzoq muddatdagi iqtisodiy samarasi to'grisida keng tushuntirish hamda raqamlarda ko'rsatilgan natijalar bilan keng targ'ibot olib borish maqsadga muvofiq bo'lar edi. Yana bir keng uchray digan muammolardan bir bu - raqamli bo'shliqlar, raqamlashtirish jarayonining muvaffaqiyatli amalga oshirilishda to'sqinlik qilishi mumkin. Raqamli texnologiyalar va xizmatlarga kirishda qiyinchiliklar, ayniqsa, qishloq hududlarida ko'p uchraydigan holat hisoblanadi. Raqamli savodxonlik darajasi pastligi, raqamli xizmatlardan samarali foydalanishga to'sqinlik qiladi. Aholining raqamli savodxonligini oshirish uchun ta'lim va treninglar ko'plab tashkil etilishi bu muommoni yechimiga xizmat qilishi mumkin.

Respublika hududlarida raqamlashtirish jarayonining iqtisodiy faoliyatga ta'siri natijalari, avvalgi tadqiqotlar bilan solishtirganda, katta o'zgarishlarni ko'rsatmoqda. Mavjud ma'lumotlar 201S-2023-yillar oralig'ida xizmatlar hajmining umumiy 296% ga oshganligini tasdiqlaydi. Bu raqamlar, asosan, raqamli moliya va axborot xizmatlarining jadal rivojlanishi natij asida yuzaga kelgan. Bunday o'zgarishlar, avvalgi tadqiqotlar, masalan, O'zbekiston iqtisodiyoti raqamlash-tirishning ijtimoiy-iqtisodiy ta'siri haqidagi tadqiqotlar bilan bir xil ko'rinishda bo'lib, ular raqamli texnologiyalarning iqtisodiy o'sishga ta'siri haqidagi xulosalarini mustahkamlashga yordam beradi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, raqamlashtirish Respublika hududlaridagi iqtisodiy faoliyatni tezlashtirish va diversifikatsiya qilishda muhim rol o'ynaydi. Axborot va aloqa xizmatlarining o'sishi, ayniqsa, raqamli transformatsiya jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bunday o'zgarishlar, shuningdek, ish joylarining ko'payishiga, yangi biznes modellarning rivojlanishiga va innovatsiyalarni rag'batlantirishga olib keladi. Natijalar, shuningdek, ijtimoiy sohalarda, masalan, ta'lim va sog'liqni saqlashda, raqamlashtirish orqali aholi uchun yangi imkoniyatlar yaratishga yordam berishini ko'rsatmoqda.

Amaliy tavsiyalar.

Tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, bir nechta amaliy tavsiyalar ishlab chiqilishi mumkin:

Raqamli infratuzilmani rivojlantirish: Davlat va xususiy sektor tomonidan raqamli infratuzilmani kengaytirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish zarur. Bu, ayniqsa, qishloq hududlarida raqamli xizmatlarga kirishni oshirishga yordam beradi.

Malaka oshirish va tayyorlash: Xodimlarni raqamli texnologiyalar bo'yicha tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish muhimdir. Bu, korxonalar va davlat tashkilotlarining raqamli transformatsiyaga tayyorgarlik darajasini oshiradi.

Davlatning roli: Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi uchun davlatning strategik yondashuvi va qo'llab-quvvatlashi zarur. Bu raqamli xizmatlarni rivojlantirishda xususiy sektorga yordam berishi kerak.

Tadqiqotda bir qator cheklovlar mavjud. Birinchidan, raqamli xizmatlarga kirish imkoniyatiga ega bo'lmagan aholi qatlamlari haqida yetarli ma'lumot yo'qligi, tadqiqot natijalarini umumlashtirishda cheklovlar yaratadi. Ikkinchidan, tadqiqot davomida ma'lumotlarni to'plash jarayoni ko'p vaqt talab qildi va ayrim hududlarda yetarlicha ishtirokchilarni jalb qilish qiyin bo'ldi. Ushbu muammolar tadqiqot natijalariga ta'sir ko'rsatgan bo'lishi mumkin.

Kelajakda raqamlashtirish jarayoni va uning iqtisodiy rivojlanishga ta'siri bo'yicha qo'shimcha tadqiqotlar o'tkazilishi muhimdir. Bu, avvalambor, quyidagi yo'nalishlarga qaratilgan bo'lishi mumkin:

Raqamli bo'shliqni kamaytirish: Raqamli xizmatlarga kirish imkoniyatiga ega bo'lmagan hududlarni o'rganish va bu muammoni hal etish uchun yechimlar ishlab chiqish.

Xodimlar tayyorlash: Raqamli transformatsiya jarayonida xodimlarni tayyorlash va malaka oshirish tizimini o'rganish.

Innovatsion yechimlar: Raqamlashtirish jarayonida yangi texnologiyalar va yechimlarning iqtisodiy samaradorligini o'rganish.

Ushbu takliflar va yo'nalishlar, raqamlashtirish jarayonini yanada rivojlantirish va iqtisodiy o'sishni ta'minlashga xizmat qiladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Raqamlashtirish hududlarning iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon nafaqat iqtisodiy o'sishni ta'minlaydi, balki ijtimoiy farovonlikni ham oshiradi. Shu bilan birga, raqamlashtirishning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun turli muammolarni hal qilish zarur.

Tadqiqot davomida olingan natijalar, raqamlashtirish ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda muhim rol o'ynashini ko'rsatdi. Axborot va aloqa xizmatlarining o'sishi, masalan, ko'plab yangi ish o'rinlari yaratishga, iqtisodiy samaradorlikni oshirishga va resurslarni yanada samarali ishlatishga olib keladi. Moliya sohasidagi raqamli transformatsiya, foydalanuvchilar uchun tez va qulay xizmatlar yaratish orqali, iqtisodiy faoliyatni kuchaytiradi. Ta'lim va sog'liqni saqlash sohalarida esa masofaviy xizmatlar orqali aholi uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda, bu esa umuman olganda, aholi farovonligini oshiradi.

Biroq, tadqiqotda mavjud muammolarni ham e'tibordan chetda qoldirmaslik zarur. Raqamli bo'shliq, ya'ni raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lmagan hududlar va aholi qatlamlari mavjud. Ushbu masala iqtisodiy o'sishni cheklovchi omil sifatida ko'riladi va davlat va xususiy sektor o'rtasida hamkorlikni kuchaytirishni talab qiladi. Shuningdek, malakali mutaxassislarning yetishmasligi, raqamli transformatsiya jarayonida kutilayotgan muvaffaqiyatni to'sqinlik qiluvchi omil bo'lib qolmoqda. Natijalarni asoslanib, bir qator amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Raqamli infratuzilmani rivojlantirish va yangilash, xodimlarni raqamli texnologiyalar bo'yicha tayyorlash dasturlarini kuchaytirish, davlat tomonidan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan strategiyalarni qo'llab-quvvatlash zarur. Bu jarayon, raqamli xizmatlarga keng qamrovli kirishni ta'minlaydi va iqtisodiy o'sishni yanada tezlashtiradi. Kelajakdagi tadqiqotlar esa raqamlashtirish jarayonining yanada chuqurroq o'rganilishi uchun imkoniyatlar yaratadi. Masalan, raqamli xizmatlarga kirish imkoniyati bo'lmagan hududlar va ijtimoiy guruhlar ustida qo'shimcha tadqiqotlar olib borilishi mumkin. Bu, raqamli bo'shliqni kamaytirish va iqtisodiy o'sishni ta'minlash uchun kerakli yechimlarni ishlab chiqishga yordam beradi.

Ushbu maqola orqali raqamlashtirishning hududiy rivojlanishga ta'siri yanada chuqurroq tushunildi va kelajakda bu jarayonni rivojlantirish uchun zarur strategiyalar ishlab chiqilishi zarurligi ta'kidlandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Akhmedov, R. (2020). The Role of Digital Economy in the Development of Uzbekistan. Journal of Economic Development, 12(3), 45-58.

2. Schwab, Klaus (2017). "The Fourth Industrial Revolution". Crown Publishing Group, New York.

3. Murodov, A. & Karimov, D. (2023). The Effects of Digitalization on Employment and Economic Growth in Urban Areas of Uzbekistan. Asian Economic Policy Review, 18(1), 115-130.

4. Saidov, J. (2023). Raqamli Transformatsiya va Davlat Siyosati: O'zbekiston konteksti. Journal of Public Policy, 11(2), 89-104.

5. Bukht, R., & Heeks, R. (2018). Defining, Conceptualising and Measuring the Digital Economy. International Organisations Research Journal, 11(3), 143-172.

6. UNCTAD (2021). Digital Economy Report 2021: Data and Digitalization for Development. United Nations Conference on Trade and Development. Retrieved from https://unctad.org/webflyer/digital-economy-report-2021.

7. World Bank (2022). Uzbekistan: Enhancing the Digital Economy to Foster Growth. World Bank Publications. Retrieved from https://www.worldbank.org/en/country/uzbekistan/publication/enhancing-the-digital-economy.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.