RAQAMLIIQTISODIYOTNING HOZIRGI TENDENSIYALARI VA GLOBALLASHUV SHAROITIDA UNING IQTISODIY O'SISHGA TA'SIRI
Bazarov Furqat Odilovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, i.f.n., prof.
Ismailov Xusanboy Mahammadqosim o'g'li
PhD, dotsent
Annotatsiya: Maqolada raqamli iqtisodiyot sohasi rivojlanishining hozirgi tendensiyalari va globallashuv sharoitida uning iqtisodiy o'sishga ta'siri ko'rib chiqiladi. Jahonda globallashuv va xalqaro raqobatning kuchayib borishi, raqamlashtirish jarayonlarining kengayishi sharoitida hududlar iqtisodiy oti tarkibini takomillashtirish borasida ko'plab ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ilg'or hududlarni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlashning zamonaviy metodologik yondashuvlarini ishlab chiqish, yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlarni jadal rivojlantirish, barcha hududlar o'rtasidagi ijtimoiy tafovutlarni qisqartirish, aholi bandligi va turmush darajasini ta'minlashni tartibga solish, boshqaruv tizimini markazlashtirmaslik siyosatini keng joriy qilish, hududlarda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish va barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashga ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik tizimlar hamda raqamli texnologiyalarning ta'sirini baholash bu boradagi ilmiy-tadqiqot ishlarining ustuvor yo'nalishlaridan hisoblanadi.
Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, Internet, raqobatbardoshlik, axborotlashgan jamiyat, globallashuv, iqtisodiyot, raqamli iqtisodiyot tendensiyalari, elektron hukumat, axborot tarmog'i.
СОВРЕМЕННЫЕ ТЕНДЕНЦИИ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ И ИХ ВЛИЯНИЕ НА ЭКОНОМИЧЕСКИЙ РОСТ В УСЛОВИЯХ
ГЛОБАЛИЗАЦИИ
Базаров Фуркат Одилович
Ташкентский государственный экономический университет, к.э.н., проф.
Исмаилов Хусанбой Махаммадкасим угли
PhD, доцент
Аннотация: В статье рассматриваются современные тенденции развития цифровой экономики и ее влияние на экономический рост в условиях
глобализации. Проводится множество научных исследований по совершенствованию структуры экономики регионов в условиях глобализации и международной конкуренции в мире, а также расширения процессов цифровизации. Разработка современных методологических подходов к развитию и поддержке передовых регионов, опережающее развитие производств на основе высоких технологий, сокращение социального разрыва между всеми регионами, регулирование занятости и уровня жизни населения, широкое внедрение политики децентрализации управления системы, реализация структурных изменений в регионах и оценка влияния социально-экономических и экологических систем и цифровых технологий на обеспечение устойчивого экономического роста являются приоритетными направлениями научно-исследовательской работы в этой связи.
Ключевые слова: цифровая экономика, цифровые технологии, Интернет, конкурентоспособность, информированное общество, глобализация, экономика, тенденции цифровой экономики, электронное правительство, информационная сеть.
CURRENT TRENDS OF THE DIGITAL ECONOMY AND ITS IMPACT ON ECONOMIC GROWTH IN GLOBALIZATION
Bazarov Furkat Odilovich
Tashkent State University of Economics, Ph.D., Prof.
Ismailov Xusanboy Mahammadkosim ugli
PhD, docent
Abstract: The article examines the current trends in the development of the digital economy and its impact on economic growth in the context of globalization. Many scientific studies are being conducted on improving the structure of the economy of regions in the context of globalization and international competition in the world, as well as the expansion of digitization processes. Development of modern methodological approaches to the development and support of advanced regions, rapid development of industries based on high technologies, reduction of social gaps between all regions, regulation of population employment and standard of living, widespread introduction of the policy of decentralization of the management system, implementation of structural changes in regions and assessment of the impact of socioeconomic and ecological systems and digital technologies on ensuring sustainable economic growth are main priority directions of scientific and research work in this regard.
Keywords: digital economy, digital technologies, internet, competitiveness, informed society, globalization, economy, digital economy trends, e-government, information network.
KIRISH
O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot sohasini rivojlantirish, jahon bozorida iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish iqtisodiyotni intensiv tarkibiy o'zgarishlar bilan ajralib turadigan yangi taraqqiyot darajasiga olib chiqishga yordam beradi.
Hozirda O'zbekiston va uning hududlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga alohida e'tibor berilmoqda. "IT-park rezidentlari 5 trillion so'mlik xizmatlar ko'rsatgan, 140 million dollarlik xizmatlarni eksport qilgan. Mavjud 715 ta davlat xizmatidan 370 tasi raqamli platformaga o'tkazilgan bo'lib, ulardan o'tgan yili 12 million aholi foydalangan. Raqamlashtirish natijasida 70 dan ortiq turdagi ma'lumot va hujjatlarni aholidan talab qilish bekor bo'lgan"1.
Shu bilan birga, hududlarda raqamli texnologiyalarni rivojlantirishning institutsional mexanizmlarini takomillashtirish, infratuzilmani shakllantirish, ijro etuvchi mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini baholash mezonlarida raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasiga yetarli o'rin ajratish, hududiy analitik-tahlil platformalarini yo'lga qo'yish, ochiq statistik ma'lumotlar bazasini shakllantirish, raqamli savodxonlikning hududlar miqyosidagi farqlilik darajasini qisqartirish kabi vazifalarni amalga oshirish lozim. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini va undagi tarkibiy o'zgarishlarga raqamli texnologiyalar ta'sirini baholash amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari ko'lamini kengaytirishni taqozo etadi.
So'nggi yillarda raqamli iqtisodiyot elementlarining butun iqtisodiyotga kirib borishi jadallashmoqda. Mamlakatimizda "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarini raqamlashtirish, davlat axborot tizimlari va elektron xizmatlarni joriy etish, shuningdek, raqamli texnologiyalardan keng foydalanishni ta'minlash bo'yicha xalq ta'limi, davlat xizmatlari, sud, moliya va bank tizimida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini samarali reyting baholash tizimi hamda uni amalga oshirishning idoralararo mexanizmining yo'qligi iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni raqamli transformatsiyasi hozirgi holatini chuqur tahlil qilishga to'sqinlik qilmoqda.
Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, umuman, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog'liq. Jahon iqtisodiy forumining ma'lumotlariga ko'ra, davlatlarning iqtisodiy raqobatbardoshligi
1 Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan "Soha va hududlarda raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish masalalari" bo'yicha yig'ilish. 2023-yil 22-fevral. https://president.uz/uz/lists/view/5943
ularning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi bilan yuqori darajada bog'liqlikka ega. Axborot texnologiyalari sohasi dunyodagi eng jadal rivojlanayotgan tarmoqlardan biridir.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Raqamli iqtisodiyot hamda axborotlashgan jamiyat, uning shakllari va ta'sir etuvchi omillarining ilmiy-metodologik jihatlari ko'plab xorijlik olimlar, jumladan: N. Negroponte, I. Boyko, V. Bondarenko, G. Gasanov, G. Golovenchik va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan. O'zbekiston iqtisodiyotida axborot texnologiyalaridan foydalanish, raqamli iqtisodiyotni joriy etishning dolzarb masalalari va iqtisodiyotga ta'sirini baholash bilan bog'liq tadqiqotlar Gulyamov (2019), O. Abdullayev, Ayupov (2019), Umarov (2018) va mamlakatimizning boshqa ko'plab yetakchi iqtisodchi olimlari tomonidan olib borilgan. Ularning ilmiy tadqiqot ishlarida iste'molchilar va ishlab chiqaruvchilarning ehtiyojlarini ta'minlaydigan, shuningdek, ular o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri o'zaro aloqa qilish imkoniyatini beradigan funksiyalar to'plamiga ega bo'lgan raqamli muhit bo'yicha izlanishlar o'rin olgan.
Negroponte "raqamli iqtisodiyot" tushunchasiga "Axborot hajmi bilan almashtiriladigan mahsulotlarning jismoniy og'irligi yo'qligi, elektron mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun resurslarning arzonligi, mahsulotlarning ancha kichikroq maydoni, shuningdek, tovarlarning Internet orqali deyarli bir zumda harakatlanishi", deb ta'rif bergan (Nicholas N., 1995: 18 b.).
Boyko va boshqalar esa, "Biz raqamli iqtisodiyotni raqamli texnologiyalarga asoslangan faoliyat majmuasi, shuningdek, raqamli texnologiyalarning ishlashini ta'minlovchi infratuzilma sifatida tushunamiz. Raqamli texnologiyalar bu holda raqamli tizimlar asosida axborotni yaratish, to'plash, qayta ishlash, saqlash va uzatish bilan bog'liq texnologiyalar sifatida tushunilishi kerak", deya ta'rif bergan (Бойко И., 2017: 23 b.).
Bondarenko "Raqamli iqtisodiyot bu to'rtinchi sanoat inqilobi texnologiyalariga mos keladigan odamlar o'rtasidagi munosabatlar modelini topishning yaxlit, tizimli, murakkab muammosi, ya'ni raqamli texnologiyalar bilan XXI asrning boshqa yuqori texnologiyalarini shakllantirish, ishlab chiqish va amalga oshirishda obyektiv belgilangan maqsadga erishishni ta'minlash kerak", deya o'z mualliflik fikrini bildirgan (Бондаренко В., 2017: 3 b.).
Gasanov esa "raqamli iqtisodiyot" tushunchasiga quyidagicha ta'rif bergan: "Raqamli iqtisodiyot bu ilg'or fan yutuqlari va ilg'or texnologiyalarga, birinchi navbatda raqamli axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan iqtisodiyotdagi institutsional toifalar (konsepsiyalar) tizimi bo'lib, uning faoliyati ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, iqtisodiy barqarorlikni saqlash, mamlakat fuqarolarining farovonligi va hayot sifatini oshirishga qaratilgan" (Гасанов
Т., Гасанов Г., 2017: 4 b.).
Golovenchik o'z tadqiqotlari natijasida "Raqamli iqtisodiyot bu global axborot makonida faoliyat yurituvchi, raqamli tarmoqdan keng foydalanish orqali davlat, biznes hamjamiyat va fuqarolar o'rtasidagi ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy va texnologik aloqalar, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar samaradorligini oshirish maqsadida boshqaruv usullari va texnologiyalarida doimiy innovatsion o'zgarishlarga olib keladigan mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste'molchiga yetkazishning raqamli turlari va shakllarini yaratuvchi texnologiyalar tizimi", deb ta'rif bergan (Головенчик Г., 2019: 4 b.).
Gulyamov va boshqalar "Raqamli (elektron) iqtisodiyot bu axborot, jumladan, shaxsiy axborotdan foydalanish hisobiga barcha qatnashchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish uning o'ziga xos xususiyati bo'lgan iqtisodiyotidir", deya fikr bildirganlar (Gulyamov S. va boshqalar, 2020: 21 b.).
Abdullayev O. va boshqalar o'zlarining tadqiqotlari natijasida "Raqamli (elektron) iqtisodiyot - onlayn texnologiyalarga asoslangan va hayotiy ne'matlar bilan ehtiyojlarni qondirishga yo'naltirilgan, bu esa, o'z navbatida xo'jalik yuritishning yangi usullarini shakllantirishni ko'zda tutadigan va davlat tomonidan tartibga solishning amaliy vositalarini talab qiladigan ishlab chiqarish, ayirboshlash va iste'mol jarayonlarida yuzaga keladigan munosabatlar yig'indisidir", deb ta'rif berganlar (Abdullayev O. va boshqalar, 2020: 20 b.).
O'zbekistonda UNDP - Birlashgan millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturi (BMTTD) loyihasi doirasida bir qator maxsus tadqiqotlar o'tkazildi. Jumladan, "O'zbekistonda Internet rivojlanishining holati va istiqbollarini tahlil qilish", "O'zbekistonda dasturiy ta'minotga intellektual mulk huquqi bo'yicha qo'llanma", "O'zbekistonda axborot jamiyati holatini tahlil qilish", "O'zbekistonda dasturiy ta'minot eksporti sanoatini rivojlantirish holati va istiqbollari" va boshqalar shular jumlasidandir.
METODOLOGIYA
Tadqiqotda umumlashtirish va tizimlashtirish, statistik, tarkibiy va qiyosiy tahlil, grafik tasvirlash, ekspert baholash, strategik rejalashtirish va ekonometrik modellashtirish usullaridan foydalanilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
So'nggi yillarda ko'plab mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar raqamli iqtisodiyot konsepsiyasiga o'tish va uni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishni ustuvor vazifa sifatida belgilab olganlar. Shunga o'xshash yo'nalishlar AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Finlyandiya, Fransiya, Yaponiya, Italiya, Hindiston va boshqalarda ishlab chiqilgan hamda amalga oshirilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-
yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" PF-60-son Farmoni, 2018-yil 3-iyul PQ-3832-son "O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-maydagi 421-sonli "Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish hisobidan aholiga davlat xizmatlarini ko'rsatish tartibini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori, 2021-yil 15-iyundagi "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" VMQ-373-son qarori hamda mamlakatda raqamli iqtisodiy tizimga o'tishni rag'batlantirish va jadallashtirishga qaratilgan boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
O'zbekistonda Internet tarmoqlarining yaxshi rivojlanmaganligi, elektron savdo xizmati rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Internet kelajak texnologiyasidir, ushbu texnologiyadan qanday samarali foydalanish kerakligini bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasining barpo etilishi raqamli iqtisodiyot rivojlanishi uchun eng muhim omillardan biri.
Bu borada mamlakatimizda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, xalqaro internet tarmog'iga ulanishning umumiy o'tkazuvchanlik imkoniyatini 2022-yilda 3200 Gigabit/sekundni tashkil etdi. 2022-yilda ma'lumotlar uzatish tarmog'ining o'tkazuvchanlik qobiliyati viloyat va tuman markazlari darajasida 1,5 barobarga oshdi.
2023 yilda telekommunikatsiya tarmog'ini rivojlantirish maqsadida qo'shimcha 50 ming kilometrdan ortiq optik-tolali aloqa liniyalari qurilib, ularning umumiy uzunligi 170 ming kilometr yetkazildi, va buning natijasida aholi maskanlarining 80 foiziga mazkur tarmoq kirib bordi. Optik tarmoqni kengaytirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar kelgusi yillarda ham shu sur'atda davom ettirilishi belgilangan. Aholiga yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini ko'rsatish qurilmalarining umumiy sig'imi 4,6 millionga yetkazildi.
2023-yilning o'n oyi mobaynida 5000 dan oriq qo'shimcha tayanch stansiyalari o'rnatilib ularning umumiy soni 59,2 mingtaga yetkazildi, respublika bo'yicha mobil aloqa qamrovi darajasi 99 foizga (mobil aloqa abonentlari soni 31,3 mln.), keng polosali mobil Internet qamrovi 98,5 foizga yetkazildi. Natijada o'tgan davr mobaynida yuqori tezlikdagi mobil internet foydalanuvchilar soni 4 millionga ortdi. Xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo'llarini 75 foizini mobil aloqa qamrovi bilan ta'minlash natijasida axoli va turistlarning yo'llarda internetdan foydalanish imkoniyati kengaytirildi.
Operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif o'tgan yillarga nisbatan 42,9 foizga arzonlashtirilib, 1 Mbit/s uchun 30,0 ming so'mni tashkil etmoqda. Bugungi kunga kelib 99 foiz aholi maskanlari mobil internet bilan qamrab
olingan, 70 foiz uy xo'jaliklariga yuqori tezlikdagi internetga ulanish imkoni yaratilgan.
"O'zbektelekom" AK ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini yaratish" loyihasi doirasida 70 ta telekommunikatsiya shkaflari, 194 ta bleyd-serverlar, 5 Petabayt ma'lumotlarni saqlash tizimiga ega ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi ishga tushirildi hamda mavjud Ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi 40 ta bleyd-server va ma'lumotlar saqlash tizimi 5 Petabayt hajmga kengaytirildi. Shuningdek, 2022-yil 3-choragida "Uptime Institute" xalqaro tashkilotining TIER III standarti asosida loyihalashtirilgan Toshkent viloyatida Elektron hukumat tizimining ma'lumotlarini saqlash va qayta ishlash yagona markazi qurilib, 300 ta telekommunikatsiya shkaflari, 580 ta server, 20 Petabayt ma'lumotlarni saqlash tizimiga ega ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi ishga tushirildi.
Kelgusi 2 yilda optik tolali aloqa liniyalarini respublikadagi barcha aholi maskanlariga yetkazib borish, barcha xonadonlar uchun yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyatini yaratish hamda xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo'llarini mobil internet qamrovi bilan ta'minlanadi.
Narxlar islohoti tufayli O'zbekiston Britaniyaning Cable.co.uk portali reytingiga ko'ra eng arzon internetga ega 230 davlat orasida 21-o'rinni egalladi. Telekommunikatsiyalarni rivojlantirishning ustuvor vazifalari qatorida ijtimoiy soha obyektlarini yuqori tezlikdagi internet tarmog'i bilan ta'minlash rejasi ham mavjud. Bugungi kunga qadar umumta'lim maktablarining 100 foizi, mahalla fuqarolar yig'inlarining 97 foizi, ichki ishlar organlari shuningdek, maktabgacha ta'lim va tibbiyot muassasalarining 100 foizi yuqori tezlikdagi internet tarmog'iga ulangan. 2024-yil oxiriga qadar barcha ijtimoiy soha obyektlari yuqori tezlikdagi internet tarmog'i bilan to'liq ta'minlanadi.
Quyidagi jadvalda O'zbekiston hududlari bo'yicha 2018 va 2022 yillarda yalpi hududiy mahsulot hamda AKT sohasida band bo'lganlar soni bo'yicha tahlil amalga oshirilgan (1-jadval).
1-jadval
O'zbekiston hududlari bo'yicha yalpi hududiy mahsulot hamda _ AKT sohasida band bo'lganlar soni2 ^_
Hududlar 201 L8 2022 O'zgarishi (+), (-)
YaHM, mlrd. so'm Bandlar soni, kishi YaHM, mlrd. so'm Bandlar soni, kishi YaHM, mlrd. so'm Bandlar soni, kishi
Qoraqalpog'iston Respublikasi 15 009,4 1 031 29 925,4 1 309 +14 916,0 +278
Andijon 26 503,0 1 397 54 464,0 1 611 +27 961,0 +214
2 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari asosida muallif tomonidan shakllantirilgan.
Buxoro 21 158,3 1 506 45 797,3 1 908 +24 639,0 +402
Jizzax 12 074,7 731 27 140,8 1 133 + 15 066,1 +402
Qashqadaryo 27 962,2 927 49 520,8 1 256 +21 558,6 +329
Navoiy 22 132,2 1 219 66 685,4 1 346 +44 553,2 +127
Namangan 18 046,0 1 234 41 098,2 1 625 +23 052,2 +391
Samarqand 31 233,5 1 503 62 440,3 2 090 +31 206,8 +587
Surxondaryo 17 802,0 855 34 858,5 1 125 + 17 056,5 +270
Sirdaryo 8 066,3 211 18 136,8 664 + 10 070,5 +453
Toshkent 38 774,3 1 865 93 433,1 2 896 +54 658,8 + 1 031
Farg'ona 26 611,5 2 341 55 972,1 2 388 +29 360,6 +47
Xorazm 15 242,5 1 039 31 963,1 1 277 + 16 720,6 +238
Toshkent shahri 54 694,3 24 389 147 414,6 36 506 +92 720,3 + 12 117
2022-yilda YaIM tarkibida Toshkent shahri 16,6%, Toshkent va Navoiy viloyatlari 10,5% va 7,5% ko'rsatkichlari bilan keyingi o'rinlarni egallagan. Respublika YaIMini shakllantirishda eng kam ulush Sirdaryo (2,0%) va Jizzax (3,1%) viloyatlariga to'g'ri kelgan. AKT sohasida band bo'lganlar soni bo'yicha 2018- va 2022-yillarda Toshkent shahri (mos ravishda 24389 va 36506 nafar), Farg'ona (mos ravishda 2341 va 2388 nafar) va Toshkent (mos ravishda 1865 va 2896 nafar) viloyatlari respublika hududlari orasida yetakchi o'rinlarni egallagan.
AKT sohasida band bo'lganlar soni bo'yicha eng yuqori o'sish 2018-yilga nisbatan 2022-yilda Toshkent shahri (+12117 nafar), Toshken (+1031 nafar) va Samarqand (+587 nafar) viloyatlarida kuzatilgan.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda infratuzilmani yaratish bilan aholini yangi texnologiyalarga tezkor jalb qilish zarurati tug'iladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni ta'kidlash mumkinki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning barcha yo'nalishlarida amalga oshirilgan O'zbekiston Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish strategiyasi ijobiy tendensiyani namoyish etmoqda.
O'zbekistonda ma'lumotlar uzatish tezligi va tarmoqqa ulangan abonentlar soni yildan yilga ortib bormoqda. Quyidagi rasmda 2015 - 2023-yillar kesimida tarmoqqa ulangan mobil aloqa abonentlari soni bo'yicha ma'lumotlari keltirilgan (1-rasm).
O'zbekistonda tarmoqqa ulangan mobil aloqa abonentlari soni 2015-yilda 18,3 million nafarni tashkil etgan bo'lsa, 2024-yil 1-yanvarga kelib bu ko'rsatkich 34,2 millionga yetdi.
Bu chora-tadbirlarning barchasi aloqa kanallarining o'tkazuvchanligini oshirish imkonini berdi. Internet-kanallarning umumiy o'tkazuvchanligi yildan yilga oshib bormoqda. 2020-yilda internet-kanallarning umumiy o'tkazuvchanligi 1200 Gbit/s ni tashkil etgan bo'lsa, 2023-yildan boshlab bu ko'rsatkich 1800 Gbit/s ni tashkil etmoqda.
40 35 30 25 20 15 10 5 0
2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023 1-rasm. O'zbekistonda tarmoqqa ulangan mobil aloqa abonentlari soni, mln.
birlik 3
Uzoq muddatli istiqbolda milliy iqtisodiyotning axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirishning tizimli muammosini amaliy hal qilishda ikkita asosiy tamoyilga amal qilish muhimdir:
AKTning muhim yo'nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish uchun mablag'larning to'planishi: fundamental va amaliy bilimlarning ko'payishi; "Inson kapitali" sifat darajasini oshirish bu sohada O'zbekistonning raqobatdosh ustunliklaridan biri bo'lishi mumkin;
Davlat-xususiy sheriklik mexanizmidan foydalangan holda bilimlarning bozor mahsulotiga aylanishini ta'minlaydigan axborot infratuzilmasini yaratish lozim. Ilmiy tadqiqotlarning bir qismi hamda axborot infratuzilmasini joriy etish ishlari davlat ishtirokida, bozorni tijoratlashtirish esa asosan biznesning o'zi tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Shu bilan birga, AKT mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlangan mamlakatlardan rivojlanayotgan mamlakatlarga ko'chirish jarayoni mavjud bo'lgan dunyo axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bozorining rivojlanish tendensiyalarini hisobga olish kerak. Xitoy, Janubi-Sharqiy Osiyo, Lotin Amerikasi va Sharqiy Yevropa mamlakatlari olisdagi ishlab chiqarish va eksport zonalari bo'lib, ko'plab xorijiy AKT kompaniyalarini o'z ichiga oladi. Ular AKT ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun katalizatorga aylandilar, bu yerda ularning katta mablag'lari yo'naltiriladi. Buning sababi shundaki, ushbu mahsulotlar yuqori sifatli, lekin rivojlanayotgan mamlakatlarning ko'pchiligida arzonroq narxlarda ishlab
3 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari asosida muallif tomonidan shakllantirilgan.
chiqarilmoqda. Bu ularga tegishli mahsulotlarning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshiradi. Umuman olganda, AKT bozori jahon iqtisodiyotining eng dinamik va katta tarmoqlaridan biriga aylandi. Bu o'z navbatida ushbu sohada xalqaro raqobatni kuchaytirishga olib keldi va ko'plab mamlakatlarga ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari global AKT sohasida yetakchilikni ta'minlash uchun innovatsiyalar va mahsulotlar xarajatlarini ko'paytirishga olib keldi.
Global raqamli texnologiyalar bozorida talabning shakllanishiga oid o'ziga xos xususiyatlarni tahlil qilish, ushbu mahsulotning xususiyatlariga asoslanib axborot texnologiyalariga bo'lgan global talabni shakllantirish uchta asosiy iste'molchilar guruhini ajratishga imkon beradi (2-jadval).
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta'lim, sog'liqni saqlash va qishloq xo'jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2-jadval
Raqamli texnologiyalarga global talabni shakllantiradigan iste'molchilarning asosiy guruhlari4
№ Nomi Tarkibi
1 Sanoat ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohasida band bo'lgan xususiy va davlat korxonalari Jahon iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoqlarida raqobat kuchayib borayotgan sharoitda, boshqaruv samaradorligini oshirishga intilib, turli integratsiyalashgan boshqaruv tizimlariga (Enterprise Resource Planning Systems - ERP Systems, Customer Relationship Management Systems -CRM Systems, Product Service Management Systems - PSM Systems) ulanish barqaror talabni ta'minlaydi. Ularning savdo daromadlari yildan yilga o'sib bormoqda.
2 Ilmiy-tadqiqot muassasalari va universitetlar Ilmiy-tadqiqot muammolarini hal qilish, moliya va ma'muriy bo'limlar, milliy kutubxonalar faoliyatini avtomatlashtirish, shaxsiy kompyuterlar uchun infratuzilma dasturlari va katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash uchun hisoblash markazlari xizmatlari uchun qo'llaniladigan dasturiy ta'minotga asosiy talabni shakllantiradi
3 Uy xo'jaliklari Ular, birinchi navbatda, shaxsiy kompyuterlar uchun dasturiy ta'minot, matn, tovush, video va grafik ma'lumotlarni qayta ishlash uchun talabga ega.
Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar
4 Ilmiy adabiyotlar tahlili asosida muallif tomonidan shakllantirilgan.
bilan ta'minlashni ko'zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan.
Bundan tashqari, 40 dan ortiq axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan geoportalni ishga tushirish, jamoat transporti va kommunal infratuzilmani boshqarishning axborot tizimini yaratish, ijtimoiy sohani raqamlashtirish va keyinchalik ushbu tajribani boshqa hududlarda joriy qilishni nazarda tutuvchi "Raqamli Toshkent" kompleks dasturi amalga oshirilmoqda.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Shunday qilib, asosiy vazifa texnologik rivojlanishning milliy ustuvor yo'nalishlarini samarali amalga oshirish uchun respublikada ilmiy-tadqiqot sohasining salohiyatidan foydalanish, ayni paytda axborot-kommunikatsiya sektorini "bilim iqtisodiyoti" ishlab chiqarish tarmog'iga aylantirishdir. Istiqbolda ushbu muammoning quyidagi asosiy jihatlarini o'rganish talab etiladi:
Respublika axborot-kommunikatsiya sohasini global jahon bozoriga integratsiya qilish strategiyasiga konseptual yondashuvlarni ishlab chiqish;
Zamonaviy taraqqiyotning keyingi istiqbolida "Big Data" (ulkan ma'lumotlar), "Cloud Computing" (bulut texnologiyasi), "Artificial intelligence" (sun'iy intellekt)dan foydalanish istiqbollari va Crowdsourcing - qo'shimcha ko'ngillilar, "Blockchain technology" (blokcheyn texnologiyalari)ni tatbiq etishning uslubiy jihatlari hamda ushbu texnologiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ta'sirini tadqiq qilish;
Jahonning iqtisodchi olimlari bugungi raqamlashib borayotgan global olamda raqamli iqtisodiyotning qiymati va samaradorligini baholash bo'yicha yagona integral indikatorni yaratish bo'yicha muammolarga duch kelishmoqda. Ushbu holatlarni bartaraf etishda empirik va statistik ma'lumotlarning yetishmasligi, texnologik rivojlanish jarayonlarining shiddat bilan o'zgarib borayotganligi, institutsional o'zgarishlarning tez sur'atlarda amalga oshayotganligi sabab bo'lmoqda;
Raqamli transformatsiya (digital transformation) keng ma'noda raqamli texnologiyalarni qabul qilish bilan ta'minlangan strategiya, modellar, operatsiyalar, mahsulotlar, marketing yondashuvi va maqsadlarni qayta ko'rib chiqish orqali boshqaruv tizimini o'zgartirishni talab qiladi. U savdo-sotiq, biznes va umumiy iqtisodiyotning o'sishini tezlashtirish hamda notijorat tashkilotlarning (masalan, universitetlar va boshqa o'quv muassasalari) samaradorligini oshirishga xizmat qiladi (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-son "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni raqamli transformatsiya jarayonlarini tartibga soluvchi huquqiy asos hisoblanadi).
Ushbu tadqiqotlar davomida olingan nazariy natijalar axborotlashgan jamiyatni
shakllantirish, raqobatbardoshlikni oshirishning yangi shart-sharoitlari va manbalarini yaratish, shuningdek, raqamli transformatsiya jarayonini jadallashtirish orqali raqamli iqtisodiyotga o'tish hamda ularni jahon iqtisodiy tizimining globallashuv muammolariga moslashtirish mexanizmini kengaytirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy yondashuvlarni kengaytirish zarur hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Abdullayev O. va boshqalar. Raqamli iqtisodiyot // O'quv qo'llanma. -Toshkent: Lesson press, 2020.
2. Ahmediyeva А., Ma'murov B. Mamlakatda raqamli transformatsiyaning iqtisodiy samaradorlikka ta'siri // Архив научных исследований. - Toshkent, - № 1, 2022.
3. Ayupov R., Baltaboyeva G. Raqamli iqtisodiyot: muammolar va yechimlar. // Xalqaro moliya va hisob. Ilmiy elektron jurnal. - № 1, 2019.
4. Gulyamov S. va boshqalar. Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari. - Toshkent, 2019.
5. Kadyrov A., Akhmedieva A., Bazarov F., Ma'murov B. (2021) Formation of information society and its influence on competitiveness of national economies in the context of world economy globalization. // ICFNDS 2021: The 5th International Conference on Future Networks & Distributed Systems. - P. 672-684.
6. Nicholas Negroponte. Being Digital. - New York: Alfred Knopf, 1995.
7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-son "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasi.
8. Umarov О. Raqamli iqtisodiyot va uning rivojlanish tendensiyalari. // Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar. Ilmiy elektron jurnal. - № 3, 2018.
9. Бондаренко В. Мировоззренческий подход к формированию, развитию и реализации "цифровой экономики" // Журнал "Современные ИТ и ИТ образование", 2017.
10. Гасанов Т., Гасанов Г. Цифровая экономика как новое направление экономической теории // РППЭ. - № 6 (80), 2017.
11. Головенчик Г. Теоретические подходы к определению понятия "цифровая экономика" // Наука и инновации. - № 2 (192), 2019.
12. Маъмуров Б.Х. Государственная поддержка инновационной активности системы предпринимательства // Технологии информационного общества, 2016. - С. 318-319.
13. Маъмуров Б.Х. Цифровая трансформация в экономике Узбекистана // Big Data and Advanced Analytics. - №. 6-2, 2020. - С. 181-187.