Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONNING IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTIDA RAQAMLASHTIRISHNING AHAMIYATI'

O‘ZBEKISTONNING IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTIDA RAQAMLASHTIRISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
125
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamlashtirish / raqamli iqtisod / elektron tijorat / masofaviy mehnat / raqamli marketing / ijtimoiy tarmoq / interaktiv davlat xizmati. / цифровизация / цифровая экономика / электронная коммерция / удаленная работа / цифровой маркетинг / социальная сеть / интерактивная госуслуга.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Hamdamov Shahzod Maqsud O‘g‘li

Ushbu ilmiy maqolada raqamlashtirishning jamiyat va davlat rivojlanishiga ko‘rsatayotgan ta’siri, raqamlashtirish natijasida davlatning iqtisodiy, ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar ilmiy jihatdan o‘rganilgan. Shu jumladan iqtisodiyotda elektron tijorat, raqamli marketing va raqamli iqtisodning shakllanishi hamda rivojlanishi ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, ijtimoiy hayotda internet tarmog‘i orqali bajariladigan turli ijtimoiy munosabatlar, mehnat munosabatlari, masofaviy mehnat, interaktiv davlat xizmatlariga oid yangi sohalarning holati tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ЗНАЧЕНИЕ ЦИФРОВИЗАЦИИ В СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ЖИЗНИ УЗБЕКИСТАНА

В данной научной статье изучены влияние цифровизации на развитие общества и государства, изменения в экономической и социальной жизни государства в результате цифровизации. В том числе, рассмотрены формирование и развитие электронной коммерции, цифрового маркетинга и цифровой экономики в экономике. Кроме того, проанализировано состояние новых сфер, связанных с различными общественными отношениями, трудовыми отношениями, удаленной работой, интерактивными государственными услугами, выполняемыми в повседневной жизни при помощи сети «Интернет».

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONNING IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTIDA RAQAMLASHTIRISHNING AHAMIYATI»

O'ZBEKISTONNING IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTIDA RAQAMLASHTIRISHNING AHAMIYATI

Hamdamov Shahzod Maqsud o'g'li

O 'zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti tayanch doktoranti

Shahzodhamdamov875@gmail .com

Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada raqamlashtirishning jamiyat va davlat rivojlanishiga ko'rsatayotgan ta'siri, raqamlashtirish natijasida davlatning iqtisodiy, ijtimoiy hayotidagi o'zgarishlar ilmiy jihatdan o'rganilgan. Shu jumladan iqtisodiyotda elektron tijorat, raqamli marketing va raqamli iqtisodning shakllanishi hamda rivojlanishi ko'rib chiqilgan. Bundan tashqari, ijtimoiy hayotda internet tarmog'i orqali bajariladigan turli ijtimoiy munosabatlar, mehnat munosabatlari, masofaviy mehnat, interaktiv davlat xizmatlariga oid yangi sohalarning holati tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: raqamlashtirish, raqamli iqtisod, elektron tijorat, masofaviy mehnat, raqamli marketing, ijtimoiy tarmoq, interaktiv davlat xizmati.

ЗНАЧЕНИЕ ЦИФРОВИЗАЦИИ В СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ЖИЗНИ УЗБЕКИСТАНА

Хамдамов Шахзод Максуд угли

Докторант Института государства и права Академии наук

Узбекистана

[email protected]

Аннотация: В данной научной статье изучены влияние цифровизации на развитие общества и государства, изменения в экономической и социальной жизни государства в результате цифровизации. В том числе, рассмотрены формирование и развитие электронной коммерции, цифрового маркетинга и цифровой экономики в экономике. Кроме того, проанализировано состояние новых сфер, связанных с различными общественными отношениями, трудовыми отношениями, удаленной работой, интерактивными государственными услугами, выполняемыми в повседневной жизни при помощи сети «Интернет».

Ключевые слова: цифровизация, цифровая экономика, электронная коммерция, удаленная работа, цифровой маркетинг, социальная сеть, интерактивная госуслуга.

THE SIGNIFICANCE OF DIGITALIZATION IN THE SOCIOECONOMIC LIFE OF UZBEKISTAN

Hamdamov Shahzod

Doctoral student of the State and Law Institute of the Academy of Sciences of

Uzbekistan

Shahzodhamdamov875@gmail .com

Abstract: This scientific article examines the impact of digitalization on the development of society and the state, changes in the economic and social life of the state as a result of digitalization. In particular, the formation and development of ecommerce, digital marketing and the digital economy in the economy are considered. In addition, the state of new areas related to various social relations, labor relations, remote work, interactive public services performed in everyday life using the Internet was analyzed.

Keywords: digitization, digital economy, e-commerce, remote work, digital marketing, social network, interactive public service.

Kirish

Zamonaviy dunyoda hayotni texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Raqamli texnologiyalar har qanday hozirgi zamon inson hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalarning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa shu kabi sohalarga ta'sirini e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydi. Axborot texnologiyalari hayotimizga tez kirib bormoqda va yangi ijtimoiy munosabatlarni olib kelmoqda. Bundan tashqari, raqamlashtirish natijasida hayotimizga biz uchun mutlaqo yangi bo'lgan tushunchalar ham paydo bo'lmoqda. Bu jarayonlarning barchasi raqamlashtirish natijasida amalga oshmoqda.

Davlat sektorida raqamli transformasiya jarayonlari, raqamli mahsulotlarni tezkor yaratish va rivojlantirishga bo'lgan ehtiyoj, raqamli xizmatlarni boshqarish raqamli transformasiyalar uchun mas'ul bo'lgan davlat boshqaruv organlarining tashkiliy va funksional tuzilmalariga, shuningdek, raqamli jamoalar tarkibiga yondashuvlarni qayta ko'rib chiqishni taqozo etadi [1].

Asosiy qism

Raqamlashtirish jarayoni rivojlanib jamiyatning turli sohalariga kirib bordi. Chunonchi, hozirgi paytda raqamlashtirish jarayoni davlatning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shu kabi sohalarga kirib, ushbu sohalarning ajralmas bir bo'lagi sifatida namoyon bo'lmoqda. Xususan, raqamlashtirish jarayonining iqtisodiyotga ta'siri sezilarli ahamiyat kasb etib, iqtisodning ko'plab tarmoqlarini o'zgarishiga,

rivojlanishiga va yangi tarmoqlarni yaratishga olib keldi. Jumladan, raqamlashtirishning iqtisodga kirib kelishi natijasida, birinchi navbatda, ishlab chiqarishdagi samaradorlik yana ham yaxshilandi, mustahkamlandi va rivojlandi. Ya'ni, iqtisodiy sohalami raqamlashtirish natijasida ko'plab qo'l mehnati bilan qilinadigan ish jarayonlari avtomatlashtirildi. Bu esa, mazkur ishlarni qilishga sarflanadigan xarajatlar va vaqtni qisqartirishga zamin yaratib, ushbu sohalarning ish samaradoriigiga ham o'z ta'siгini ko'гsatdi. Bu, o'z navbatida, xarajatlaгni kamaytiгib, mehnat unumdorligining oshishiga olib keldi. McKinsey Global instituti ma'lumotlariga ko'гa, Xitoyda 2025-yilga boгib YaIMning 22% gacha o'sishi internet texnologiyalari hisobiga bo'lishi mumkin. AQShda raqamli texnologiyalar tomonidan kutilayotgan qo'shilgan qiymat 2025-yilga borib 1,6 trillion dollardan 2,2 trillion dollargacha bo'lishi mumkin. Ozbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirishning potentsial iqtisodiy samarasi 2025-yilga kelib mamlakat yalpi ichki mahsulotini S-9 % o'sishi kutilmoqda [2].

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, yuгtimizda ham mazkrn- jarayon yildan yilga o'sib boгayotganini ko'rishimiz mumkin. Xususan, axborot iqtisodiyoti va elektron tijoгat sohalaгda yaгatilgan yalpi qo'shilgan qiymatning YaIMdagi ulushi 2015 -yilda 1,9%ni tashkil etgan bo'lsa, 2021-yilda bu ko'гsatkich 2,5%ni tashkil qilgan [3].

Ikkinchidan, raqamlashtirishning iqtisodga kirib kelishi natijasida yangi biznes sohalari tashkil topdi. Buning natijasida bugungi kunda rivojlanib borayotgan elektron tijorat va onlayn bozorlar (ayniqsa, pandemiya sharoiti va undan keyingi yillarda internet do'konlariga talab oldingi yilla^a qaraganda ancha kuchayganini ko'rishimiz mumkin) kabi yangi biznes sohalarni yaratishga imkon berdi. Ushbu sohalar yurtimizda yildan-yilga o'sib rivojlanib borayotganligini ta'kidlash lozim. Xususan, 201S-yilda O'zbekistonning elektron tijorat bozori 7,4S milliard dollarni tashkil etdi. Ularning 5,3 milliardi ichki, 2,1S milliardi esa transchegaraviy savdolardir. Buyurtmalar soni 2017-yilga nisbatan 14 foizga oshdi va 5S9,6 million buyurtmani tashkil etdi[2]. Mutaxassislarning fikricha, agar baгcha xo'jalik subyektlari biг yo'nalishda ish olib borea, biznes, davlat, yakka tartibdagi tadbiгkoгlaг hoziгgi kunda O'zbekistonda elektron tijoratning ulushi 1,2 milliaгd dolla^a, ya'ni 1 (biг) foizdan kam bo'lsa, 2030-yilga kelib 15 milliard dollar - 20 foizga, 2040-yilga kelib esa hatto 50 milliard dollar - 50 foizga erishish mumkinligi qayd etildi [4].

Uchinchidan, raqamlashtirishning iqtisodga kirib kelishi yangi ish o'rinlarining yaratilishiga imkon yaratdi. Raqamlashtirish jarayoni bilan shug'ullanadigan yangi xodim^ toifasining shakllanishi oqibatida raqamlashtirishga oid ma'lumotlaг tahlili, raqamli iqtisod va raqamli marketing kabi sohalarda yangi ish imkoniyatlari yaratilishiga olib keldi.

To'rtinchidan, raqamlashtirishning iqtisodga kirib kelishi natijasida turli korcona, tashkilotlaming munosabatlaгida makon asosiy o'rin egallamaydigan bo'ldi,

deyishimiz mumkin. Jumladan, raqamlashtirish korxonalarga jahon bozoriga chiqish imkonini berdi. Bundan tashqari, raqamlashtirish natijasida bir mamlakatdan boshqa bir mamlakatga kirish va chiqishdagi to'siqlar kamaytirildi hamda tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish orqali xalqaro savdo osonlashtirildi. Agar statistik ma'lumotlarga qaraydigan bo'lsak, O'zbekistonning tashqi savdoda tovarlar va xizmatlar eksporti 2010-yilda 13 023,4 mln. AQSh. dollar bo'lgan bo'lsa, 2020-yilda 15 102,3 mln. AQSh. dollarni tashkil qilgan. Import esa, 2010-yilda 9 175,8 mln. AQSh.dollar, 2020-yilda 21 153,8 mln.AQSh.dollarga yetganligini ko'rishimiz mumkin [5].

Beshinchidan, raqamlashtirishning iqtisodga kirib kelishi korxonalarga yangi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqish imkonini berdi. Shu bilan bir qatorda, raqamlashtirish yangi mahsulotlarni va xizmatlarni bozorga chiqarish tezligini sezilarli darajada oshirdi.

Raqamlashtirish jarayoni ijtimoiy hayotga ham sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Buning natijasida insonlarning o'zaro munosabati va bir-biri bilan muloqot qilish usullari o'zgardi. Xususan, raqamlashtirish jarayoni odamlarning bir-biri bilan muloqotini kuchaytirdi. Ya'ni, raqamlashtirish insonlarning joylashuvidan qat'iy nazar bir-birlari bilan oson bog'lanish imkoniyatini yaratdi. Bunda ijtimoiy media platformalari, mobil qurilmalar, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va xabar almashish ilovalari orqali odamlarga dunyoning qayerida bo'lishidan qat'iy nazar istalgan insonlar bilan aloqa qilish imkoniyatini berdi. "We are social" va "Hootsuite"ning ma'lum qilishicha, 2020-yilda O'zbekistonda 3,2 million odam ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalan gan. Bu 2019-yilgidan 44 foizga, ya'ni 972 mingga oshgan. Shuningdek, O'zbekistoning 18 340 000 yoki 55 foiz aholisi internetdan foydalanadi. Bu 2019-yilga qaraganda 7,1 foizga ko'proq. Statistikaga ko'ra, aholining 76 foizi yoki 25 140 000 o'zbekistonliklar mobil telefonga egalar. Ma'lum qilinishicha, dunyo bo'yicha 5,19 milliard odam mobil telefondan foydalanadi. Bu o'tgan yilgi ko'rsatkichga qaraganda 2,4 foizga ko'proqdir. 4,54 milliard odam esa internetdan foydalanadi. Ulardan 3,8 milliardi yoki dunyo aholisining 49 foizi ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanadi [6].

Ikkinchidan raqamlashtirish natijasida insonlarning muloqot qilish usuli o'zgardi. Chunonchi, insonlar ijtimoiy tarmoqlarda yoki turli xabar almashish ilovalarida odatdagi gaplar, ovozli xabarlardan tashqari turli imojilardan ham foydalanishlari mumkin. Bunda insonlar o'zining ruhiy hissiyotini ifoda etish va boshqalarning xabarlarini talqin qilish usullarida o'zgarishlarga olib keldi.

Raqamlashtirishning mehnat munosabatlariga ta'sirini ko'rib chiqsak, raqamlashtirish odamlarning mehnat munosabatlarida ishlash uslubi va ish joyida muloqot qilish usullarini o'zgartirganini ko'rishimiz mumkin. Shu bilan birga, raqamlashtirish ish jarayonini monitoring qilishni kuchaytirdi. Raqamlashtirish, avvalo, noan'anaviy bo'lgan masofaviy va moslashuvchan ish tartibini joriy qilish

imkonini berdi. Masofaviy ishning afzal va qulay tomoni shundaki, bunda xodimlar o'z ishlarini istalgan joydan turib ishlash imkoniyatini beradi.

Xususan, Shaxs va taraqqiyot tadqiqot instituti ma'lumotlariga ko'ra, 2014-yilda masofaviy ishlovchi yevropaliklar soni 30 foizgacha va amerikaliklar 20 foizgacha o'sgan [7] bo'lsa, 2020-yil mart oyiga kelib masofaviy mehnat keskin o'sishni boshdan kechirdi. Jumladan, masofaviy xodimlarning soni Amerika Qo'shma Shtatlarida 42%, Yevropada o'rtacha 40%, Avstraliyada 32%, Janubiy Koreyada 24,9% va Yaponiyada 10%ga oshdi[8]. Doimiy masofadan turib ishlovchi xodimlar soni bo'yicha AQSH peshqadam hisoblanadi. Ushbu davlatda 2015-yilda 3,9 million amerikalik xodimlar masofadan turib ishlagan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2021-yilga kelib 4,7 million yoki aholining 3,4 foizini tashkil etganligini [9] ko'rishimiz mumkin.

Bundan tashqari, yangi ishga kirmoqchi bo'lgan talabgorlar o'zining shaxsiy ma'lumotlari to'g'risidagi hujjatlarni turli davlat idoralariga bormasdan, interaktiv davlat xizmatlaridan olishlari mumkin hamda o'z hujjatlarini elektron shaklda ishga topshirmoqchi bo'lgan tashkilotning elektron platformasiga joylashning o'zi kifoya bo'ladi. Masalan, "Argos.uz" platformasi orqali turli ish o'rinlariga xujjat topshirish mumkin.

Xulosa

Yuqorida zikr etilgan fikr-mulohazalarni inobatga olib shuni xulosa qilishimiz mumkinki, raqamlashtirish jamiyat va davlat rivojlanishining bir bo'lagiga aylandi. Raqamlashtirish natijasida insonlarning iqtisodiy, ijtimoiy hayotdagi munosabatlari sezilarli darajada o'zgardi. Raqamlashtirish insonning farovon jamiyat barpo etishida muhim qadamlardan biri bo'ldi, deb aytishimiz mumkin. Xususan, raqamlashtirish natijasida insonlarning ortiqcha ovvoragarchiliklariga chek qo'yib, insonlarning yashash sharoiti, mehnat munosabatlari, umuman olganda jamiyatning deyarli barcha jabhalarini rivojlanishiga olib keldi. Insonlarning axborotdan foydalanish imkoniyati yaxshilandi. Ilgari bir ma'lumotni soatlab qidirish kerak bo'lgan bo'lsa, hozirga kelib bu jarayon ma'lum daqiqalarda onlayn qidiruv tizimlari orqali ma'lumotni tez topishga imkon yaratdi. Bundan tashqari, raqamlashtirishning rivojlanishi orqali mehnat munosabatlarida ham o'zgarishlarga olib keldi. Natijada masofaviy mehnat jarayonlari vujudga keldi.

Muxtasar aytganda, raqamlashtirish ijtimoiy-iqtisodiy hayotga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Buning natijasida insonlarning yashash, ishlash va bir-birlari bilan o'zaro munosabatlari sezilarli darajada o'zgardi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Gebayew, C., Hardini, I. R., Panjaitan, G. H. A., Kurniawan, N. B., & Suhardi. (2018). A Systematic Literature Review on Digital Transformation. 2018 International

Conference on Information Technology Systems and Innovation (ICITSI). doi: 10.1109/icitsi.2018.8695912https:// https://lex.uz/docs/4900424

2. Nizametdinov A. A. Raqamlashtirish va uning iqtisodiyotga ta'siri. "Raqamli iqtisodiyot" ilmiy-elektron jurnali. N°1-son, 2022. - B. 82-89. // https://infocom.uz/wp-content/uploads/2023/03/Jurnal-1 -son-new.pdf

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining veb sayti. // https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/raqamli-iqtisodiyot

4. O'zbekistonda elektron tijorat ulushi 1,2 mlrd dollarga teng - ya'ni 1 foizdan kam. // https : //kun.uz/uz/news/2019/09/13/ozbekistonda-elektron-tij orat-ulushi-12-mlrd-dollarga-teng-yani-1 -foizdan-kam

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining veb sayti. // https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/merchandise-trade-2

6. N.Sharipov. O'zbekistonda qancha odam ijtimoiy tarmoqdan foydalanishi ma'lum qilindi. // https://www.qalampir.uz/uz/news/uzbekistonda-k-ancha-odam-izhtimoiy-tarmok-dan-foydalanishi-ma-lum-k-ilindi-17993

7. Chartered Institute of Personnel and Development. http://www.cipd.co.uk

8. 21+ Surprising Remote Work Statistics for 2022 — a Global Perspective. https://www.paymoapp.com/blog/remote-work-statistics/

9. Remote Work and Telecommuting Statistics for 2021. https://resumelab.com/job-search/remote-work-statistics

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.