Научная статья на тему 'ERKIN VOHIDOV-INSON KECHMISHLARINING MOHIR KUYCHISI'

ERKIN VOHIDOV-INSON KECHMISHLARINING MOHIR KUYCHISI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
4535
247
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘zbekiston Qahramoni / millat ruhi / so‘z jozibasi / falsafiy qarashlar / samimiylik / badiiy jasorat / yuksak ma’naviyat / ma’naviy boylik / intim kechinmalar / ulkan xizmati / xalq tili / ijodiy kashfiyotlar / badiiy haqiqatlar. / Hero of Uzbekistan / the spirit of the nation / charm of words / philosophical views / sincerity / artistic courage / high spirituality / spiritual wealth / intimate experiences / great service / folk language / creative discoveries / artistic realities .

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Adizova Nilufar Istamovna

Ushbu maqolada O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidov ijodining o‘ziga xos jihatlari, shoirning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni xususida fikr-mulohazalar bayon etiladi. Shoirning badiiy ijod maydoniga kirib kelishi bilan bog‘liq ba’zi tafsilotlar, samimiy xotiralar yodga olinadi. Uning millat dardini, kechmishlarini qalban his etishi va ohanrabo satrlarda muhrlashi orqali xalq qalbidan chuqur joy olishining sir-asrorlari yoritib beriladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ERKIN VOHIDOV A SKILLER OF HUMAN HISTORY

This article describes the peculiarities of the work of the Hero of Uzbekistan, People's Poet Erkin Vahidov, the role of the poet in Uzbek literature. Some details and sincere memories of the poet's entry into the field of art will be remembered. The secrets of its deep place in the hearts of the people are revealed through the feeling of the nation's pain, its past in its heart and its seal in the melodic lines.

Текст научной работы на тему «ERKIN VOHIDOV-INSON KECHMISHLARINING MOHIR KUYCHISI»

Scientific Journal Impact Factor

ERKIN VOHIDOV-INSON KECHMISHLARINING MOHIR KUYCHISI

Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidov ijodining o 'ziga xos jihatlari, shoirning o 'zbek adabiyotida tutgan o 'rni xususida fikr-mulohazalar bayon etiladi. Shoirning badiiy ijod maydoniga kirib kelishi bilan bog'liq ba'zi tafsilotlar, samimiy xotiralar yodga olinadi. Uning millat dardini, kechmishlarini qalban his etishi va ohanrabo satrlarda muhrlashi orqali xalq qalbidan chuqur joy olishining sir-asrorlari yoritib beriladi.

Kalit so'zlar: O'zbekiston Qahramoni, millat ruhi, so'z jozibasi, falsafiy qarashlar, samimiylik, badiiy jasorat, yuksak ma'naviyat, ma'naviy boylik, intim kechinmalar, ulkan xizmati, xalq tili, ijodiy kashfiyotlar, badiiy haqiqatlar.

Аннотация: В статье рассматриваются особенности творчества Героя Узбекистана, народного поэта Эркина Вахидова, роль поэта в узбекской литературе. Запомнятся некоторые подробности и искренние воспоминания о вхождении поэта в сферу искусства. Секреты его глубокого места в сердцах людей раскрываются через чувство боли нации, ее прошлое в ее сердце и ее печать в мелодичных строках.

Ключевые слова: Герой Узбекистана, дух нации, обаяние слов, философские взгляды, искренность, художественная отвага, высокая духовность, духовное богатство, сокровенные переживания, великий заслуга, народный язык, творческие открытия, художественные реалии.

Annotation: This article describes the peculiarities of the work of the Hero of Uzbekistan, People's Poet Erkin Vahidov, the role of the poet in Uzbek literature. Some details and sincere memories of the poet's entry into the field of art will be remembered. The secrets of its deep place in the hearts of the people are revealed through the feeling of the nation's pain, its past in its heart and its seal in the melodic lines.

Keywords: Hero of Uzbekistan, the spirit of the nation, charm of words, philosophical views, sincerity, artistic courage, high spirituality, spiritual wealth, intimate experiences, great service, folk language, creative discoveries, artistic realities .

Erkin Vohidov-O'zbekiston Qahramoni. O'zbekiston xalq shoiri, publitsist, atoqli olim Erkin Vohidovning betakror ijodi XX asr o'zbek adabiyoti

Adizova Nilufar Istamovna Buxoro davlat universiteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi nilufar.adizova71 @ gmail. com.

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

taraqqiyotiga ulkan hissa bo'lib qo'shildi. O'zbek adabiyoti va madaniyati shoir nomi bilan chambarchas bog'landi. Shoir kamalakdek serjilo, purviqor, purhikmat ijodi bilan xalqimiz qalbiga kirib bordi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil, 25-avgustdagi Farmoniga binoan millatimiz ma'naviyatining yuksalishida o'ziga xos o'rin tutgan, O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, islohotlarni chuqurlashtirish, yurtimiz ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayoti rivojiga qo'shgan salmoqli hissasi, davlatimiz va xalqimiz oldidagi ulkan xizmatlari hamda qahramonona mehnatlari uchun bir nechta yurtdoshlarimiz qatori Erkin Vohidovning ham "O'zbekiston Qahramoni" unvoniga sazovor bo'lgani shoir muxlislarining ko'ngliga mislsiz quvonch baxsh etadi. Xalq o'zi sevgan qahramonlar haqida bilishni, ularni ardoqlab, faxr bilan yodga olishni xush ko'rishadi. Ularning nomlari asrlar o'tsa-da millat farzandlari qalbida abadiy yashayveradi.

Xalq mehridan sayqal topgan iste'dod. E.Vohidov ijodi o'zining samimiy, sodda, musaffo nafasi bilan barchani birdek o'ziga chorlab turadi. Shoir serqirra ijod sohibi. U qaysi janrda qalam tebratmasin xalq uni chin dildan sevib mutolaa qiladi. Uning biror ishiga ikkinchi darajali-shunchaki yozilgan deb qarab bo'lmaydi. Shoir yaratgan har bir ijod mahsuliga qalb qo'rini singdiradi. Shaklan kichkina bo'lgan she'rlarida ham ulkan ma'noni mujassam etadi. Ijodida faylasuflik bilan odmilikni, qahr-u nafrat bilan odamiylikni, kurashuvchanlik, jasorat bilan nafosatni uyg'unlashtira olgan shoir ijodiga tavsifiy, tahliliy yondoshish ishning metodologik jihatlarini belgilaydi.

El e'tirofidan e'zoz topgan shoir.Har bir ijodkor o'ziga xos uslubda ijod qiladi. E. Vohidov ijodi xalqona, sodda, badiiy jihatdan yuksak sayqal topgani bilan alohida ajralib turadi. Uning asarlari xalq dardi, mehri, shodlig-u quvonchlari bilan yo'g'rilgan. Shoir muayyan voqelikni teran anglaydi, unga falsafiy ma'noni ham, soddalikni ham xalqning qalbiga singib boradigan tarzda ifoda etadi. E.Vohidov tilyog'lamalikni ijodidan yiroq tutadi, zamonaga qarab zamonasozlik qilmaydi. U bor haqiqatga badiiy jilo beradi. Shoirning har bir davrda haqiqatga tik qarashi uning chinakam jasoratini namoyon etib turadi. Faqat E.Vohidovdek jasorat sohibigina sovetlar hukmronligi davrida erkinlik haqida, xalqimiz hayotida halokatli izlar qoldirgan qatag'on qurbonlari to'g'risida "Ruhlar isyoni"dek buyuk kashfiyotga qo'l ura olar, chet tilini o'rganishga ommaviy ravishda diqqat-e'tibor qaratilayotgan bir davrda "kishi, avvalo, o'z ona tilisini mehr bilan o'rganishi lozim" degandek "So'z latofati" kabi latif asarni, "O'zbegim" dek qasidani yaratishga jazm eta olar edi. Buyuk nemis shoiri Yohan Volfgang Gyotening "Faust" asari tarjimasi bilan ham

METODLAR.

NATIJALAR.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

o'zbek adabiyoti xazinasini boyitishi shoiming yana bir jasoratini namoyon etadi. E.Vohidovning butun ijodi shu kabi jasoratga yo'g'rilgan desak, aslo mubolaga'a bo'lmaydi.

MUNOZARA.

Chinakam iste'dod mangu yashaydi. E.Vohidov badiiy adabiyotning turli janrlarida ijod qildi. U qaysi janrga qo'l urmasin hamisha insonlar dard-u qayg'usi, armonlari, quvonchlarini his etdi. Xalq qalbini ma'naviyat nurlari bilan yoritishni, dardiga malham bo'lishni diliga tugdi. Shoir haqiqatga hamisha tik qaragan holda chinakam vatanparvarlik g'oyalarini, insoniy kechinmalarni turfa ranglarda ifoda etdi. U inson sifatida ham xalqparvarlikni, yurtparvarlikni, odamiylikni o'ziga shior qildi. Totalitar tuzum davrida armonga aylanib borayotgan gaplarni E.Vohidov baralla ayta boshladi. Ulkan jasoratni shuurida mujassam etgan shoir hayoti va ijodi davomida ko'pgina to'siqlarga ham duch keldi. Shu jihatdan, uning ijodiga nisbatan turlicha munosabatlar, munozarali jarayonlar, bosimlar ko'p bo'lib turdi. Hatto, shoirning quyida keltirilgan she'ri tufayli "unga suiqasd ham uyushtirildi-joniga tajovuz qilishmoqchi bo'ldilar":

Tiflisda xalq uzra tank yuborgan zot Sha'nin qilar bo'lsa qonun ehtiyot, O'sha zot kommunist bo'lsa, men, hayhot, Firqa daftarimni otganim bo'lsin... [5,37]

Badiiy adabiyot inson kechinmalari ifodachisi, ma'naviy kamol topishining muhim omili sifatida muayyan bir millat, ijodkor maqsadini amalga oshirish, ijtimoiy voqelikni aks ettirish, shu bilan birga, ma'naviy taraqqiyot uchun xizmat qiladi. Zotan, O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch" asarida: "Insonni, uning ma'naviy olamini kashf etadigan qudratli bir vosita borki, u ham bo'lsa, so'z san'ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari, deb ta'riflanishi bejiz emas, albatta... Adabiyot, so'z san'ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo'lib keladi.",-deb ta'kidlaydilar.1

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil, 25-avgustdagi Farmoniga binoan Davlatimiz va xalqimiz oldidagi ulkan xizmatlari, O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, islohotlarni chuqurlashtirish, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayoti, milliy-madaniy sohalar rivojiga qo'shgan salmoqli hissasi hamda qahramonona mehnatlari uchun bir nechta yurtdoshlarimiz "O'zbekiston Qahramoni" unvoniga sazovor bo'lishgan va "Oltin Yulduz" medali bilan taqdirlanishgan. Ular orasida

1 Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch."Ma'naviyat" .Toshkent-2008.136-137-betlar.

456

Scientific Journal Impact Factor

O'zbekiston xalq shoiri, elimizning sevimli ijodkori Erkin Vohidovning ham borligi shoir muxlislarining ko'ngliga cheksiz quvonch baxsh etdi.

Erkin Vohidov so'zning chinakam jozibasini o'ziga xos tarzda aks ettirgan, xalqning dilidagini she'rga solib, asarlari orqali millat ruhini samimiy, o'lmas satrlarda muhrlagan qalb me'moridir: El-ustozim,, men esa tolib, So'z durlarin termoqdir ishim. Odamlarning o'zidan olib, Odamlarga bermoqdir ishim. [4,49] Haqiqatan ham, shoirning hassos qalbi hamisha uni e'zozlagan Ona xalqi bilan birga bo'ldi, u xalq kechmishlarini qalban his etdi, uning dardlari bilan yondi va ularni o'ziga xos uslubda ifoda etdi: Mayli, umrim abadiy emas,

Mayli, yashay faqat bir nafas, Lekin meni oyga qilib teng,

Shu'lalardan yasab koshona. Quyosh sari uzatgan xalqning Boshi uzra bo'lay parvona. [4,20].

Erkin Vohidov ijodida so'zning turfa tovlanishlari va jozibasi namoyon bo'ladi, shoir uning olmosdek rango-rang jilolari orqali xalq qalbiga kirib boradi. O'zbekiston xalq shoiri A. Oripov shoir ijodini shunday e'tirof etadi: "Mana, bir necha o'n yillardirki, biz dilbar bir she'riyatning muattar havosidan bahramand bo'lib kelayotirmiz. Bu Erkin Vohidov she'riyatidir. Ona tilimizning ipakdek mayin, kamalakdek rang-barang shamoyili g'oyat nozik lutf, beozor qochirimlar, goh hazin, goh samimiy tabassum uyg'otuvchi tashbehlar, o'tkir xulosalar-bular bari ulkan shoirimizning qalamiga mansub betakror fazilatlardir.

Xalqimiz keyingi davrlar mobaynida bosib o'tgan va o'tayotgan goh mashaqqatli, goh armonli, goh tug'yonli, goh iftixorli yo'llarning manzara va ohanglari, sadolari Erkin Vohidov she'riyatida to'la mujassamdir."[5,4-5.]

Bo'lajak shoir tarjimai holiga nazar tashlaydigan bo'lsak, uning hayoti oson kechmaganini ko'rish mumkin. Shoir 1936-yil, 28-dekabrda so'lim Farg'onaning Oltiariq tumanida, qishloq o'qituvchisi oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi Cho'yanboy, onasi Roziyaxonlar o'sha davrning ma'rifatli kishilaridan bo'lishgan. Erkin Vohidov bolaligini o'sha davrning ko'pchilik kishilari qatori mahzunlik bilan yodga oladi. Uning yozishicha, oilada undan oldin, oilaning to'ng'ich farzandi-qizi go'dakligidayoq, ukasi Elburs esa ikki yasharligida dunyodan o'tishgan ekan. Otasi tarix muallimi bo'lib, so'ng davlat tashkilotlarida ham faoliyat olib borgan. U urushning

Scientific Journal Impact Factor

dastlabki yillaridanoq frontga ketib, 1945-yilda jarohatlanib qaytadi va o'ttiz uch yoshida vafot etadi. Bir yildan so'ng onasidan ham ayrilib qolgan yosh Erkin Toshkentda yashaydigan tog'asining qo'lida tarbiya topadi. "O'ylab qarasam, bolalik xotiralarimning ko'pchiligi she'rlarga, dostonlarga ko'chgan ekan. "Nido", "Quyosh maskani" poemalari, "Bolalik", "Oqsoqol", "Bolalik ekan-da" she'rlari o'sha murg'ak tasavvur, ilk xotiralarning mevasi bo'lgan.

Toshkentda kechgan bolalik va o'smirlik yillarimdan qolgan eng yorqin esdaliklar Ostrovskiy nomli pionerlar saroyidagi shoir G'ayratiy to'garagi va tog'amning xonadonida bo'lib turadigan adabiy suhbatlar bilan bog'liq.",-deb eslaydi shoir.[2,7-8]

Shoirning ilk she'riy mashqi 7-sinfda o'qib yurgan beg'ubor damlarida "Mushtum" jurnali sahifalarida bosilib chiqadi. Ilk she'riy kitobi-"Tong nafasi"ning chop etilishi talabaligining "Oltin davrlar"iga to'g'ri keladi. Bu davrni shoir: "Sergey Yesenin she'rlaridan tarjimalar qildim. Yozuvchilar Uyushmasining yosh ijodkorlar seminaridagi qizg'in bahslar, ulug' ustozlar-Oybek, G', G'ulom, A. Qahhor, Mirtemir, Shayxzodalar bilan ilk muloqot va uchrashuvlar, universitet dargohidagi adabiy muhit hayotimda o'chmas iz qoldirdi.",-deb eslaydi.[2,8-6]

Shundan so'ng shoir qizg'in ijod bag'riga sho'ng'iydi. Dastlab "Yosh gvardiya" nashriyotida muharrir, bo'lim mudiri, bosh muharrir o'rinbosari, o'n ikki yil davomida bosh muharrir vazifalarida faoliyat olib borgan shoir keyinchalik "Yoshlik" jurnalida bosh muharrir, G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyotida direktor, Oshkoralik Qo'mitasi rahbari, Respublika Yozuvchilar Uyushmasi boshlig'i kabi nufuzli joylarda faoliyat yuritadi. Bu davrlar ichida shoirning o'ndan ortiq kitoblari kitobxonlar qo'liga yetib boradi. Hassos shoirning beqiyos ijod mahsullari xalqning qalbiga, ruhiga singib, uning chinakam ma'naviy xazinasiga aylanadi.

Erkin Vohidov Respublika Yozuvchilar Uyushmasining H. Olimjon nomidagi mukofoti, Turkiya Yozarlar Birligining Yunus Emro nomidagi mukofoti, O'zbekiston Davlat mukofoti, "Xalq shoiri" unvoni, "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlangan. 1999-yilda esa shoirning xalqimiz va insoniyat ma'naviyatini shakllantirish, Xalqlar do'stligini rivojlantirish, ular o'rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlashga qo'shgan hissasi hamda Vatanimiz ravnaqi yo'lidagi fidokorona mehnatlarini yuqori baholagan Davlatimiz rahbari ko'pgina yurtdoshlarimiz qatori u kishini ham "O'zbekiston qahramoni" yuksak unvoni bilan taqdirladilar.

Shoir ijodiy faoliyati davomida xalq bilan hamnafas bo'ldi, uning dardiga malham bo'lishga intildi. "Davr talabi" deb tilyog'lamalik qilmadi, xalqni ranjitadig an hayot tarzini yoqlamadi, o'z mavqeini o'ylab ijod qilmadi. U hayotni, tarixiy ildizlarni boricha aks ettirdi, so'zning rango-rang jilolarini kashf etdi. Xalqning beqiyos ma'naviy mulki

Scientific Journal Impact Factor

bo'lmish tilni asl ildizidan ayro tasavvur etolmadi. Asarlarida til hodisalarini millat ruhini namoyon etuvchi, dardini kuylovchi, unga malham bo'luvchi o'tkir qurol yanglig' harakatga keltirdi.va xalqning-muxlislarining qalbidan chuqur joy oldi. Shoirning asarlari kirib bormagan o'zbek xonadoni, uning samimiy satrlaridan bahramand bo'lmagan o'quvchi qolmadi, desak mubolag'a bo'lmaydi, albatta. Erkin Vohidov hayotning qayg'uli, quvonchli damlari aks etgan hayot kartinalarini sodda, xalqona tilda ifoda etdi. Shoirning o'zi aytganidek: "Bunday qaraganda bitta shoir qilishi mumkin bo'lgan ishni qilib qo'ygandekman. Lekin hech qachon o'z qilgan ishimdan ko'nglim to'lgan emas. Hamisha yozganimdan yozadiganim muhimroq va azizroq tuyuladi. Men ijodiy mehnatni faol jamoat ishlari bilan qo'shib olib borishdek sharafli vazifa yukini doimo yelkamda his qilganman. Odamlarga faqat she'ring emas, o'zing ham kerakligingni his qilish-bu katta baxt. Shuning uchun ham jamoat mehnatidan hech qachon o'zimni olib qochgan emasman. Qaynoq hayot ichida yashab, ishlab o'rganganman, go'shanishinlik tabiatimga begona."[1,16-20].

Erkin Vohidov ijodiga xos bo'lgan eng muhim jihat shundaki, unda zamondoshlarining ziddiyatga to'la, sertashvish, mashaqqatli hayoti haqidagi haqiqat mujassam etilgan. U inson deb atalmish jumboqning intim kechinmalari-kechmishlarini teran anglaydi, ularni falsafiy qarashlari bilan boyitadi, kashfiyotlar qiladi. Va bularning barini yuksak e'tirof, chuqur samimiyat bilan ifoda etadiki, beixtiyor inson ko'z o'ngida haqiqiy hayot jonlanadi. Erkin Vohidov ijodida bolalikka, yoshlikka bag'ishlangan dilgir she'rlar ko'p. Kuzatishlarimiz ko 'rsatadiki, ijodkorning ijodiy merosidagi dostonlarda ham bolalik yoki bolalik bilan bog liq tasvirlarga alohida o 'rin ajratilgan: Xayolning tumanli pardasi aro Yillar ko'z oldimda charx urayotir, Qishloq ko'chasidan zanjiday qaro Olov bolaligim yugurayotir... ("Nido" dostonidan)

Shoir ushbu parchada urush tufayli otasidan, quvnoq bolaligidan judo bo'lgan qahramon iztiroblarini aks ettirar ekan, "zanjiday qaro", "olov bolalik" ifodasini o'ziga xos tarzda qo'llaydiki, yo'qotilgan bolalikning azob-uqubatlari, sog'inch-qayg'ulari ko'lami o'quvchi qalbiga ham ko'chadi. Lirik qahramon sifatida shoir dostonini otasiga bag'ishlaydi va shu bilan ko'ngli biroz taskin topganday bo'ladi: Bag'rim o'yib,

Bu kun menga bermoqda azob Sizning ko'ksingizni teshgan qora o'q. Silqib oqayotir Ko'kragimdan qon.

Qalbim o'rtanmoqda, so'ngsiz armonim.

Scientific Journal Impact Factor

Yurak qonim bilan bitgan dostonim Sizga bag'ishladim,

Otajon!

("Nido" dostonidan)

Ijodkor armonli, iztirobli lavhalar bilan bir qatorda sodda misralar orqali so 'zlar jilosida kelajak avlod zimmasiga burch, vazifa ham yuklaydi. Ularni "Muqaddas zamin"ni "kaftda tutib", uni shunchaki hayot yo 'llaridan emas, ccsharaf yo 'llaridan olib o 'tasiz" deya baxtli kelajak sari chorlaydi:

Bizlar ham o'tamiz Vaqt kelib bir kun. Sizlarga qoladi Muqaddas zamin.

Birgina "O'zbegim" qasidasi misolida ham shoirning chinakam samimiyat va nafosat ufurib turgan beqiyos iste'dodi hamda jasoratiga guvoh bo'lish mumkin. Shoir hayotiy haqiqatni tarixning teran ildizlari bilan bog'laydi, o'ziga xos badiiy ifodalar orqali xalqimizning shonli o'tmishi kinoxronikasini o'quvchi ko'z o'ngida gavdalantiradi. U ijod maydoniga haqiqat jarchisi, millatning mard o'g'loni kabi otiladi. Zero, qasida yozilgan 60-yillarda milliylik ruhining bo'rtiq ranglarda aks etishi, xalq dardining kuylanishi ijodkordan buyuk bir jasoratni talab etar edi. E. Vohidov o'sha davr nazari bilan qaraganda, chinakam jasoratga yo'g'rilgan betakror ijodi, samimiy satrlari, sodda, xalqona ifoda uslubi bilan muxlislar qalbini rom etdi: Ilm-u she'rda shoh-u sulton, Lek taqdiriga qul, O'z elida chekdi g'urbat, Zor-u nolon, o'zbegim.

Qayga bormay, boshda do'ppim, G'oz yurarman gerdayib, Olam uzra nomi ketgan O'zbekiston, o'zbegim.[4,334-335].

Totalitar tuzum davrida armonga aylanib borayotgan gaplarni E.Vohidov baralla ayta boshladi. U o'sha paytda hukm surayotgan kommunistik partiya siyosatini yoqlamaydigan, milliy ruh ufurib turgan o'lmas asarlar yarata boshladi. Shoir quloqqa yoqadigan shirin yolg'onlardan ko'ra achchiq bo'lsa ham xalq manfaati, ma'naviyati uchun xizmat qiladigan haqiqatni afzal biladi:

460

Siz uni avaylab Kaftda tutasiz. Sharaf yo 'llaridan

Olib o 'tasiz. ("Nido" dostonidan)

Scientific Journal Impact Factor

Gar qilich kelsa boshingga, Qo'rqma, Erkin, rostin ayt, Yaxshidir achchiq haqiqat, Lek shirin yolg'on yomon...

Xalqimga qadringni bil desam agar,

Kurash, haqni oshkor qil desam agar,

Bu qutqu atalsa davlatga zarar,

Qancha azob bo'lsa tortganim bo'lsin. [5,36]

Har bir millat madaniyat taraqqiyotida badiiy adabiyotning, ijodkor uslubi hamda tilining o'ziga xos o'rni bor. Chinakam ijodkor, u yaratgan asarlar sira

Erkin Vohidov hech bir she'rini shunchaki yozmaydi, balki ularning har birida hayotning muhim masalalarini, inson bilan bog'liq haqiqatning yangi -yangi qirralarini kashf etadi. Uning o'ziga xos milliylik, samimiylik balqib turgan ijodiy kashfiyotlari tilni betakror birliklar, tasviriy ifodalar bilan boyitishga, xalq ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Uning ijodiga xos tiniqlik, ohanrabolik, falsafiylik va mukammallikdan xalq ruhi ufurib turadi. Shoirning olmosdek serjilo ijod mahsullari bundan keyin ham yoshlarimiz-millatimiz ma'naviyatini yuksaltirish uchun o'zining munosib bahosiga ega muhim manbalardan biri sifatida boqiylikka muhrlanib qolaveradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1.Vohidov E. "Tarjimai holim" maqolasi. Toshkent."Yoshlik" jurnali. 10-son. 1992.

2.Vohidov E. "Qalb sadoqati" .5-jild. Toshkent. G'. G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. 2018.

3.Vohidov E. "Dostonlar". Toshkent.G'. G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. 1976.

4.Vohidov E. "Muhabbat". Toshkent.G'. G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. 1976.

5.Shukur Qurbon. Toshkent. "Ustoz saboqlari". "Sharq" nashriyoti. 2016.

o'lmaydi.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.