Научная статья на тему 'OYDIN HOJIYEVA SHE’RIYATIDA MA’RIFIY G'OYALARNING BADIIY TARANNUMI'

OYDIN HOJIYEVA SHE’RIYATIDA MA’RIFIY G'OYALARNING BADIIY TARANNUMI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

621
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lirik qahramon / badiiy tasvir / poetik ifoda / lirik chizgi / badiiyestetik funksiya / falsafiy umumlashma / lyrical protagonist / artistic image / poetic expression / lyrical line / artistic-aesthetic function / philosophical generalization

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Iroda Asatjanova

Ushbu maqolada iste’dodli shoira Oydin Hojiyeva she’riyatining o’ziga xos lirik xususiyatlari ochib beriladi. Shoira lirikasidagi o’tkir badiiy tafakkur va yuksak ma’rifiy qarashlar ayrim she’rlari misolida tahlil qilina

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ARTISTIC USAGE OF ENLIGHTENMENT IDEAS IN THE POETRY OF OYDIN HOJIYEVA

This article reveals the unique lyrical features of the poetry of the talented poetess Aydin Hojiyeva. The sharp artistic thinking and high enlightenment views in the poet’s lyrics are analyzed in the example of some of his poems

Текст научной работы на тему «OYDIN HOJIYEVA SHE’RIYATIDA MA’RIFIY G'OYALARNING BADIIY TARANNUMI»

OYDIN HOJIYEVA SHE'RIYATIDA MA'RIFIY G'OYALARNING BADIIY

TARANNUMI

Iroda Asatjanova

Urganch davlat universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada iste'dodli shoira Oydin Hojiyeva she'riyatining o'ziga xos lirik xususiyatlari ochib beriladi. Shoira lirikasidagi o'tkir badiiy tafakkur va yuksak ma'rifiy qarashlar ayrim she'rlari misolida tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: lirik qahramon, badiiy tasvir, poetik ifoda, lirik chizgi, badiiy-estetik funksiya, falsafiy umumlashma.

ARTISTIC USAGE OF ENLIGHTENMENT IDEAS IN THE POETRY OF

OYDIN HOJIYEVA

Iroda Asatjanova

Student of Urgench State University

ABSTRACT

This article reveals the unique lyrical features of the poetry of the talented poetess Aydin Hojiyeva. The sharp artistic thinking and high enlightenment views in the poet's lyrics are analyzed in the example of some of his poems.

Keywords: lyrical protagonist, artistic image, poetic expression, lyrical line, artistic-aesthetic function, philosophical generalization.

KIRISH

She'riyat taraqqiyotining barcha davrlari uchun bosh xususiyat, unda hayot haqiqati badiiy haqiqatga yo'g'rilgan holda tasvirlanishidir. Bugungi zamon lirikasida ishq-muhabbat, sadoqat va xiyonat, ezgulik va yovuzlik hamda hayotning, tiriklikning mazmun-mohiyati talqin qilinmoqda. "Lirik turdagi asarlar uchun asosiy narsa tuyg'u va hissiyotga yo'g'rilgan hayotiy hikmat ifodasini berishdir.Bu turdagi asarlarda voqealar tasviri, xarakter mantig'i emas, ruhiy holat va hissiyot ifodasini berish, tuyg'ular samimiyatini muhrlash muhim hisoblanadi. Chinakam lirik she'r tinglovchi yo o'qirmanga faqat zavq beribgina qolmay, uning emotsional tafakkuri va ma'naviy-axloqiy quvvatini uyg'otib, faoliyatga undaydi. Samimiy lirik so'z, hatto,

real voqelik hodisalariga qaraganda ham inson ruhiyatiga kuchliroq ta'sir ko'rsatishi mumkinligi psixologiya ilmi xulosalaridan ma'lum."

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Hozirgi zamon she'riyatiga keng ijodiy izlanishlar bilan birga ilohiy ruh kirib keldi. Badiiy ongimiz zamonamiz ijodkorlarini taniy boshladi. O'zbekiston xalq shoirasi Oydin Hojiyeva o'zining nafis va mayin she'rlari, tug'yonli satrlari bilan kitobxonlarga yaxshi tanish. Shoira she'rlaridagi har bir badiiy tasvir balandparvozlik, jimjimadorlikdan xoli tarzda - sodda, xalqona so'zlar bilan berilgan. Oydin Hojiyeva ilk she'rlaridanoq o'z mulohazalari bilan she'rxon ko'ngliga goho shodon, goho qayg'uli, ba'zan mulohazaga chorlovchi ta'sir o'tkaza boshlaydi.

Sen mangu xayolsan...

Eslasam agar,

Sahar uyg'onurman majnuntol bo'lib.

Fasli, bahorlardan izlaydi xabar

Har bitta yaprog'im ming savol bo'lib.

Lirik qahramon kechinmalari kech kuzda sarg'ayib to'kilayotgan xazonga qiyoslanadi. Lekin shoira chizgilardan to'kilayotgan xazonlar ham she'rxonga allaqanday yoqimli ta'sir qiladi. Lirik qahramon sahar uyg'onar ekan, majnuntol tonggacha afsonalar aytayotgan kabi tuyuladi. Xayol esa xazonlar bilan qamralgan adoqsiz bir ro'yo emas, u barglar bilan garchand sarg'ayib to'kilsa-da, ertaga otajak tong bahor bo'lishiga ishonadi. Buyuk poklanish, buyuk yangilanish bilan otgan bahor tonggi shoira lirik chizgilarida yangicha ruh baxsh etganday ko'rinadi.

Oydin Hojiyevaning dastlabki she'rlariga nazar tashlaydigan bo'lsak, inson baxti va baxtsizligi, erk sari intiluvchanlik, oliyjanoblikni alohida ifodalab bermoqda. Bu esa she'rxonni teran fikrlashga o'rgatadi.

Shoshilma aytmoqqa! Ko'ngil bobida,

Mehr sadafida gavhar - bitta so'z,

Shoshilma, shoshilma til g'ilofida

O'ljasini kutgan xanjar - bitta so'z!

Shoshilma sabrning panjarasida

Sirtlonday sapchisa u beixtiyor

Uning vajohati iskanjasida

Talofatsiz chiqmoq o'limdan dushvor.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shoira so'z orqali insonning ruhiy olamiga chuqurroq kiradi, uning ichki dunyosini badiiy tadqiq etadi. Shubhasiz, so'zning badiiy estetik funksiyasi yanada takomillashadi. Ushbu she'r asosida muhim bir konsepsiya yotadi: she'r faqat imkon borida yoki imkon boricha shunchaki shoirning xohishi bilan ro'yobga chiqariladigan so'zlar tizmasi emas. Avvalambor shoira bir so'zning o'ziga ulkan mas'uliyat yuklaydi. So'z zaminga, tiriklikka tegishli jamiki narsani o'zida akslantira olishi kerak. Shoira so'zni faqat ezgulikka xizmat qilishini xohlaydi. Birgina so'z shunday qudratliki "mehr sadafida gavhar" kabi inson qalbiga kirib borib, uni ezgulikka oshno qilishi, yohud "til g'ilofida o'ljasini kutgan xanjar" kabi g'am-g'ussa va armon to'lqinlari bilan birlashtiradi. Oydin Hojiyeva o'z so'zlari bilan inson yuragigacha kirib borib, uning ikkinchi tabiatiga aylanadi va o'ziga xos tarzda, oddiy ni goh bilan ilg'ash qiyin bo'lgan bir shaklda namoyon bo'ladi.

Oydin Hojiyeva Hrikasining eng muhim fazilati shundaki, nafosatshunoslikda zarracha yasamakorlik, o'zini ko'z-ko'z qilish kuzatilmaydi, nazmiy chizgilarning barchasi tabiiy va samimiydir.

Yashamoq!

Osmonga yetadi boshim

Bu oddiy, mehnatkash, so'z qudratidan,

Ko'zimdan tirqirab ketadi yoshim

Quyosh isli yorug' dunyo baxtidan.

Bu satrlar bevosita sh'erxon qalbida shukronalik tuyg'usini uyg'otadi. Oydin Hojiyevaning lirik qahramoni allaqanday baxtli, unda hayotga muhabbat, kelajakda ishonch tuyg'ulari ufurib turadi. Pokiza ishq nafasi bilan qorishgan ingichka sezimlar lirik chizgilarni bahor quyoshi bilan yoritadi. Ma'lum ma'noda shoiraning o'z chamanzori bor. Ushbu she'riyat chamanzorida esa kuzgi xazonlarga o'rin yo'q. Poetik ifodalardagi o'ziga xos nafosat she'rxon dilidagi dilbar o'ktamlik bilan uyg'unlashib, yakdillik kasb etadi.

Oydin Hojiyevaning lirik qahramoni hayot qiyinchiliklarini fojia deb yoki baxtni tayyor holda qabul qiladigan shaxs emas. Bir qaraganda baxt va baxtsizlik

hammaga ravshan tushunchadek, biroq ulaming har ikkalasi inson qalbi orqali ro'yobga chiqadi.

Kuy yaralar g'amdan yo baxtdan, Xush navolar tuzolmadik biz. Bog'imizda bitgan daraxtdan Oltin meva uzolmadik biz.

Lirik qahramon shunchalik kuyunchakki, baxt va baxtsizlikning zamiriga o'ziga xos mulohaza bilan yetishadi. Baxtsizlik lirik qahramonni turli holatlarga solib qo'yadi. "Daraxt" tushunchasi, "oltin meva" obrazlari shoira talqinida biz bilgan ma'nodan tashqari, chuqur falsafiy umumlashma darajasiga ko'tariladi. Ruhiy azoblar, allaqanday siquvlar so'ngida shoiraga madad bo'lgan kattakon baxt uchquni bu uning she'rlari. U she'rni yonib intiqib izlaydi va uni "iztirob yoshida", "mehr izhorida" topadi. Shoira lirik qahramonining sabr-u qarori par misoli to'zg'iganda so'z bilan joniga oro kiradi. Lirik qahramon goh quvonadi, goh sabab-besabab ranjiydi, baxt kelishini "lahzalar sanab" kutadi. Lekin baxt uchun odat kutilmaganda kelishdir.

Tongotarga yetdim mag'rur, yorug' yuz, Bugun chiqdim ajal tegirmonidan, Tabrik, dovruq bo'lib xuddi o'sha kez Charaqlab turding, baxt, ikki yonimda!

XULOSA

Yuqoridagi tahlillardan ko'rinadiki, Oydin Hojiyeva she'riyati o'zining yuqori darajadagi ma'rifiy estetik xususiyatlari bilan adabiyotimiz xazinasidan munosib o'rin egallaydi. Baxt va ezgulikni tarannum etuvchi, hayotning go'zal damlarini yorituvchi, she'rxon ruhiyatiga kirib borib, ko'tarinkilikka yo'naltiruvchi lirik chizgilar ijodkori xalqimiz qalbidan chuqur joy egallagan.

REFERENCES

1. Q.Yo'ldosh, M.Yo'ldosh. Badiiy tahlil asoslari. T: Kamalak, 2016.

2. Xp^neBa ohahh. TaMan Tomn: [ffletpnap]. - T.: AgaôuëT Ba caHtar HampuëTH, 1988.

3. Xo^neBa oh^hh. ffloM mytnanapu: CaönaHMa. ffletpnap, gocroHnap. - T: "Sharq", 2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.