Научная статья на тему 'HOMILADORLIKDA TO`G`RI OVQATLANISHNING DOLZARB MUAMMOLARI'

HOMILADORLIKDA TO`G`RI OVQATLANISHNING DOLZARB MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
808
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
баланслаштирилган овқатланиш / триместр / нутрициология / диетология / кетон таналари / гормонал тизим / умумий қувват / ҳайвон оқсиллари / аминокислоталар.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Shoxsanam Sobir Qizi Baratova

Maqolada homilador onalar ovqatlanishining o‘ziga xos xususiyatlari va uning sog‘lom bola tug‘ilishidagi o‘rni yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HOMILADORLIKDA TO`G`RI OVQATLANISHNING DOLZARB MUAMMOLARI»

HOMILADORLIKDA TO G RI OVQATLANISHNING DOLZARB

MUAMMOLARI

Shoxsanam Sobir qizi Baratova

Qarshi davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada homilador onalar ovqatlanishining o'ziga xos xususiyatlari va uning sog'lom bola tug'ilishidagi o'rni yoritilgan.

Таянч сузлар: баланслаштирилган овкатланиш, триместр, нутрициология, диетология, кетон таналари, гормонал тизим, умумий кувват, хдйвон оксиллари, аминокислоталар.

Ma'lumki, homiladorlik davrida iste'mol qilinayotgan oziq-ovqat sifati, turi, miqdori, o'z vaqtida va ma'lum bir me'yorda ovqatlanish, inson hayotiga ta'sir ko'rsatuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Homiladorlik davrida moddalar almashinuvi va gormonal tizimda sezilarli o'zgarishlar sodir bo'ladi. Homilador ayollarda vitamin va minerallarga bo'lgan ehtiyoj o'rtacha 1,5 martaga oshadi [1,4].

Homiladorlikning 1-yarmida ayollarning ovqatlanishi odatdagi holatdan yoki homila paydo bo'lishigacha bo'lgan oziqlanishdan tubdan farq qilmaydi. Shu narsani hisobga olish kerakki, 1-trimestrda homila a'zolarining shakllanishi boshlanganligi bois, biologik to'la qiymatli oqsillardan yetarli darajada iste'mol qilish, shuning singar i vitaminlar hamda makro va mikroelementlardan talab darajasida ularning bir-biriga nisbatini hisobga olgan holda iste'mol qilib turish kerak. Homilador ayolning to'la -to'kis ovqatlanmasligi homila uchun zarur bo'lgan oziq moddalar zahirasini qisqartiradi, bu esa bolada moddalar almashinuvining buzilishiga olib keladi. Yetarli ovqatlanmaslik bola tashlashga, chaqaloqning yashash qobiliyati kamayib ketishiga, uning o'lik tug'ilishiga, onalar va bolalar o'limiga olib kelishi aniqlangan.

Homilador ayolning bir kunda qancha ovqat yeyishini aniq aytish qiyin, albatta. Ushbu ko'rsatkich homilador ayolning bo'yi va vazni, yoshi, organizmdagi zahirasi, bajaradigan ishi, iqlim sharoiti, yil fasli kabi omillarga bog'liq. Ayolning bo'yi, tana massasi, harakat faolligiga qarab har bir homilador bir sutka davomida o'rta hisobda 6090 gr oqsil, 50-70 gr yog' va 325-450 gr uglevod iste'mol qilishi kerak. Bu oziq moddalarning umumiy kalorik qiymati 2200-2700 kkal atrofida bo'lishi lozim. Homilador ayollar uchun ovqatlanish tartibi ham muhim, ular homiladorlikning birinchi yarmida 4 mahal, homiladorlikning ikkinchi yarmida esa 5 va 6 mahal ovqatlanishga o'tishi tavsiya qilinadi. Bir marta iste'mol qilinadigan ovqat miqdori unchalik ko'p bo'lmasligi, oldin meva-cheva, sabzavotli salatlar yeyilib, keyin asosiy ovqatdan tanovul qilish kerak [3]. Iste'mol qilingan ovqatni me'da-ichaklarda uzoq turib qolmasligiga va uning oson hazm bo'lishiga tanlab ovqatlanish yo'li bilan erishish

lozim. Aks holda ular bijg'ib, gaz, har xil zaharli moddalar hosil bo'ladi. Bu esa birinchi navbatda ona organizmining bezovtalanishiga va qolaversa, rivojlanayotgan homilani qiynab qo'yishi, o'sishiga salbiy ta'sir etishi mumkin. Ovqat bilan qabul qilinadigan umumiy quvvatning asosiy oziq moddalariga nisbatan taqsimlanishi oqsillar uchun 1530%, yog'lar uchun 25-30% va uglevodlar uchun 40-45% ni tashkil qilishi kerak [1,2,4].

Homilador ayollar ovqatlanishida oziq tolalari juda muhim. Oziq tolalari sabzavot va mevalarda ko'p miqdorda mavjud. Ularni muntazam istemol qilish, ayniqsa, homilador ayollar uchun juda zarur. Oziq tolalari ichning yaxshi yurishiga yordam beradi va ich qotishining oldini oladi [5].

Homiladorlikning ikkinchi yarmida homila vaznining ortishi va unda jigar, buyraklar, ichaklar, nerv tizimi funksionallashganligi bois, onalarda oziq moddalarga bo'lgan talab bir muncha oshib, chunonchi, oqsilga nisbatan 80-110 g gacha, yog'larga nisbatan 50-70 g gacha, hamda uglevodlarga nisbatan 350-450 g gacha yetkazilib, ushbu oziq moddalarning umumiy quvvati 2300-2800 kkalga tenglashishi kerak. Homilador ayol ratsionidagi oqsillarning 60 % i hayvon oqsillari bo'lib, uning 30% i go'sht va baliq, 25% i sut va sut mahsulotlari, 5% i tuxum hisobidan qoplanishi talab etiladi.

Homilador ayollar, ayniqsa jarayonning 2-yarmida baliq va go'shtni qaynatilgan holda iste'mol qilishlari lozim. Go'sht, baliq, qo'ziqorin qaynatilgan suvni yoki ularning sho'rvalarini ichmagan ma'qul, chunki ularning tarkibida organizm uchun zararli bo'lgan ekstraktiv moddalar bo'ladi. Suyuq ovqat sifatida sabzavotli, sutli va mevali 1-taomlarni tayyorlash lozim [1,4].

Asosan, homilador ayollarda folat kislotasi, yod yetishmovchiligi, kamqonlikni temir tanqislik turi ko'p uchraydi. Bularning orasida vitamin D, B6, folat kislotasi (B9) avitaminozi, hamda kalsiy, yod, temir va sink (rux) yetishmovchiligi havfli hisoblanadi. Vitaminlar va mikroelementlar yetishmovchiligi bir yilda chaqaloqlar orasida 1000 ta tug'ma kasalliklar va ayniqsa, asab tizimi hamda yurak tug'ma nuqsonlariga sabab bo'ladi. Bunday noxush holatlarni oldini olish bugungi kunda katta muammo emas. Ayollar homiladorlik va emiziklik davrida kerakli moddalarni ovqat va polivitamin -mineral majmualarini iste'mol qilish orqali o'zi va farzandini to'liq ta'minlashi maqsadga muvofiq.

Tadqiqot usullari:

Hozirgi vaqtga qadar aholi turli guruhlarining amaldagi ovqatlanishini o'rganishda asosan anketa-so'rov usuli keng qo'llanilmoqda. Bu usul har xil yoshdagi va turli kasbda ishlovchi kishilarning amaldagi ovqatlanishini o'rganishning eng qulay va ommabop usuli hisoblanadi [6]. Biz ham anketa-sorov usulidan foydalandik. Kuzatuvlar Qashqadaryo viloyati Guzor tumanidagi Xalqabod qishlog'ida istiqomat

qiladigan 64 nafar homilador ayollar orasida o'tkazildi. Tekshiriluvchilar 18-29 (1-guruh) hamda 30-39 yoshlilar (2-guruh) guruhidan iborat. Natija:

Kuzatuv va tadqiqotlarimizda homilador ayollarning kunlik ovqat ratsionidagi mikronutriyentlar, yani vitaminlar va mineral moddalar miqdori aniqlandi va me'yor ko'rsatkichlari (CaHnuH №0347-17) bilan taqqoslab o'rganildi [7].

Quyidagi jadvallarda kuzatuv va tadqiqotlardan olingan natijalarni keltirib

o'tamiz.

1-jadval.

Homilador ayollarning ayrim vitaminlar bilan ta'minlanishi

(18-29 yosh, n = 38)

Vitaminlar Me'yor[4] Olingannatija Me'yorganisbatanfarq

raqam-larda foizda

Askorbin kislota, C (mg) 80 59,8±2,3 -20,2 74,7

Tiamin, B1 (mg) 1,4 1,3±0,2 -0,1 92,8

Riboflavin, B2 (mg) 1,4 1,31±0,11 -0,09 93,5

Folatkislota, B9 (mkg) 600 457,4±6,4 -142,6 76,2

Retinol, A (mkg) 800 679,1±7,5 -120,9 84,8

Tokoferol, E (mg) 15 10,2±1,1 -4,8 68,0

Kalsiferol, D (mkg) 5 3,7±0,9 -1,3 74,0

Piridoksin, B6 (mg) 1,9 1,6±0,3 -0,3 84,2

Sianokobalimin B12 (mkg) 2,6 1,9±0,9 -0,7 73,0

2-jadval Homilador ayollarning ayrim vitaminlar bilan ta'minlanishi (30-39 yosh, n = 26)

Vitaminlar Me'yor [4] Olingannatija Me'yorganisbatanfarq

raqam-larda foizda

Askorbin kislota, C (mg) 80 54,0±1,7 -26 67,5

Tiamin, B1 (mg) 1,4 1,1±0,1 -0,2 78,5

Riboflavin, B2 (mg) 1,4 1,27±0,2 -0,13 90,7

Folatkislota, B9 (mkg) 600 411,5±5,4 -188,5 68,5

Retinol, A (mkg) 800 704,3±6,9 -95,7 88,0

Tokoferol, E (mg) 15 9,5±2,3 -5,5 63,3

Kalsiferol, D (mkg) 5 2,95±1,1 -2,05 59

Piridoksin, B6 (mg) 1,9 1,8±0,6 -0,1 94,7

Sianokobalimin B12 (mkg) 2,6 2,1±0,4 -0,5 80,7

Malumki, homilador ayollar uchun vitaminlar odatdagidan ko'ra juda zarur. 1 -guruhning vitaminlar bilan taminlanish holatiga etibor qaratadigan bo'lsak, bunda ayrim yetishmovchiliklar mavjudligini kuzatish mumkin. Ushbu guruh tekshiriluvchilarning ovqati tarkibidagi askorbin kislota (C), folat kislota (B9), tokoferol (E), kalsiferol (D) hamda sianokobalimin (B12) larning miqdori me'yor darajasidan ancha kam (mos ravishda 74,7%, 76,2%, 68%, 74% hamda 73%). Bu esa ushbu aholi guruhi uchun ancha xavfli. Bu vitaminlarni barcha mahsulotlarda ham uchratish mushkul. Masalan, folat kislota ismaloq, turli ko'katlarning barglarida ko'p bo'lsa, kalsiferol asosan sariyog', tuxum sarig'i, jigar kabi mahsulotlardagina uchraydi. Vitamin E eng ko'p uchraydigan o'simlik mahsulotlaridan soya yog'i, paxta yog'i, kungaboqar yog'i va boshqalarni keltirish mumkin. Aytib o'tilgan mahsulotlar kunlik ratsionda kam bo'lsa, ushbu vitaminlarga nisbatan taqchillik paydo bo'ladi. Bu vitaminlarga bo'lgan talabning me'yor darajasidan past ekanini faqat mahsulotlar miqdorining kamligi bilan emas, balki tekshirilayotgan aholi guruhida ovqatlanish madaniyatining yetarlicha shakllanmaganligi bilan ham izohlash mumkin.

Kuzatuvdagi ushbu guruhning tiamin (B1), riboflavin (B2), retinol (A) hamda piridoksin (B6) larga bo'lgan talabi me'yor darajasidan keskin uzoqlashmagan (mos ravishda 92,8%, 93,5%, 84,8% hamda 84,2%).

Malumki, tiamin asosan yongoq, dukkaklilar (noxat, loviya) hamda xamir achitqisida, riboflavin sut, pishloq, tuxum, jigar, buyraklar va dukkaklilar tarkibida ko'p boladi. Bu mahsulotlar esa qishloq sharoitida yashaydigan kishilarning kunlik ovqat ratsionining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Piridoksin esa oziq- ovqat mahsulotlarida kop uchraydi. Shularni hisobga oladigan bo'lsak, tekshiriluvchilarning kunlik ratsionida bu vitaminlarning miqdori me'yor darajasidan keskin kamayib ketmaganini tushunish mumkin.

30-39 yoshlilardan iborat bo'lgan 2-guruhda ham xuddi 1-guruhdagi kabi tendensiya kuzatiladi. Ya'ni, bu guruhda ham ayni o'sha vitaminlar me'yor darajasidan kam. Farqi shundaki, 30-39 yoshlilar guruhida taqchillik darajasi ancha chuqur. Masalan, 1-guruhda askorbin kislota, tiamin, riboflavin, folat kislota, tokoferol hamda kalsiferollarning miqdori mos ravishda 74,7%, 92,8%, 93,5%, 76,2%, 68% hamda 74%% ni tashkil etgan bo'lsa, 2-guruhda ayni shu vitaminlarning me'yorga nisbatan holati mos ravishda 67,5%, 78,5%, 90,7%, 68,5%, 63,3% hamda 59% ga teng bo'lgan. Ko'rinib turibdiki, bir xil tendensiya, farq esa vitaminlar miqdoridagi uncha katta bo'lmagan raqamlarda.

Shu bilan birga 2-guruh tekshiriluvchilarida 1-guruhdan farqli jihat ratsiondagi retinol, piridoksin hamda sianokobaliminlarning miqdorida. Bu vitaminlar 1-guruhdagiga qaraganda 2-guruhda me'yor darajasiga yaqinroq.

Bularni izohlashda tekshiriluvchilarning yashash sharoitidan kelib chiqish mumkin. Yani 1- hamda 2-guruh tekshiriluvchilar yosh nuqtai-nazaridan farq qilsa-da, lekin ular bir xil sharoitda, ayni bir mintaqada, iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan ham keskin farqlar bo'lmagan holatda istiqomat qilishadi. Mantiqan yondoshadigan bo'lsak, bitta mintaqada, aynan bitta qishloq sharoitida yashab turgan 2 xil yosh guruhida keskin farqlar bo'lishi ehtimoli ancha kam. Bu boradagi mavjud farqlarni es a har bir oilaning iqtisodiy-ijtimoiy xususiyatlaridan kelib chiqib izohlash mumkin. Demak, har ikkala guruh tekshiriluvchilarida vitaminlar yoki boshqa nutriyentlarga nisbatan talabning qondirilishida o'xshashlik bo'lishi ehtimoldan uzoq emas.

Quyida har ikkala guruh tekshiriluvchilarida ayrim ma'danli moddalarga bo'lgan talabning qondirilishi aks ettirilgan jadvallarni keltiramiz.

3-jadval.

Homilador ayollarning ayrim ma'danli moddalar bilan ta'minlanishi

(18-29 yosh)

Ma'danli moddalar Me'yor [4] Olingan natija Me'yorga nisbatan farq

raqam-larda foizda

Kalsiy, Ca (mg) 1800 1225,0±16,2 - 575 68,0

Fosfor, P (mg) 650 479,2±6,9 - 170,8 73,7

Magniy, Mg (mg) 300 307,5±11,2 +7,5 102,5

Temir, Fe (mg) 25 17,3±4,6 - 7,7 69,2

Rux, Zn (mg) 10 11,3±3,2 +1,3 113,0

Yod, I (mg) 0,22 0,15±0,1 -0,07 68,1

4-jadval.

Homilador ayollarning ayrim ma'danli moddalar bilan ta'minlanishi

(30-39 yosh)

Ma'danlimoddalar Me'yor [4] Olingannatija Me'yorganisbatanfarq

raqam-larda Foizda

Kalsiy, Ca (mg) 1800 1251,3±17,3 -548,7 69,1

Fosfor, P (mg) 650 411,2±7,1 - 238,8 63,2

Magniy, Mg (mg) 300 269,0±12,4 - 31 89,6

Temir, Fe (mg) 25 16,9±4,1 - 8,1 67,6

Rux, Zn (mg) 10 7,2±2,3 - 2,8 72,0

Yod, I (mg) 0,22 0,16±0,1 -0,06 72,7

Jadvallardan ma'lum bo'lmoqdaki, 1-guruhda kunlik ratsion tarkibidagi kalsiy, temir va yod miqdori me'yor ko'rsatkichlaridan ancha uzoq (mos ravishda 68%, 69,2% va 68,1%). Xuddi shunga o'xshash holat 2-guruh uchun ham tegishli (kalsiy 69,1%, temir 67,6% hamda yod72,7%).

1-guruhda fosfor miqdori ham me'yoridan sezilarli darajada past (73,7%). Ushbu guruhda magniy miqdori me'yor darajasida bo'lib, (102,5%), rux elementi me'yorga nisbatan ko'proq 113% ga ta'minlangan.

Ikkinchi guruhda ham fosfor elementining miqdori me'yor darjasidan ancha past63,2%, magniy va rux elementlariningmiqdoriesa 89,6 va 72% gata'minlangan.

Biz o'tkazgan kuzatuv va tadqiqotlar hamda ulardan olingan natijalar shuni ko'rsatdiki, qishloq sharoitida istiqomat qiladigan homilador ayollarning ovqatlanishi odatdagi turmush tarziga ega bo'lgan ayollarnikidan keskin farqlanmaydi. Bu esa ilmiy jihatdan noto'g'ri yondoshuv hisoblanadi. Aksariyat hollarda homilador ayollar o'z organizmlarining o'sib boruvchi talabini to'g'ri anglab yetishmaydi, turli oziq moddalarga nisbatan ehtiyojini qondirish chora-tadbirlarini o'z vaqtida ko'rishmaydi, zarur bo'lgan hollarda me'yoriy ovqatlanishga qo'shimcha preparatlarni qabul qilishmaydi. Aytib o'tilgan salbiy holatlar homilador ayolning salomatligiga xavf tug'dirishi bilan bir qatorda homilaning me'yoriy o'sib-rivojlanishiga, bo'lajak bolaning sog'lom va barkamol shakllanishiga salbiy ta'sir etmasdan qolmaydi. Bunday salbiy holatlarning oldini olish uchun bu boradagi tadqiqotlarni kengroq miqyosda o'tkazish, homilador ayollarning ilmiy asoslangan ovqatlanishini yo'lga qo'yish katta ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. Буранова Г.Б. Хрмиладор аёллар овкатланишини рационаллаштириш муаммолари. "Озик-овкат хавфсизлиги: миллий ва глобал омиллар" халкаро илмий-амалий конференция. 16-17 октябрь. Самарканд, 2019 й. 48-49 бетлар.

2. Диетология. 4-еизд. / Подред. А.Ю. Барановского. -СПб.: Питер, 2012. - 1024 с.

3. КоролевА.А. Гигиенапитания.Руководство для врачей. Издательская группа ТЭОТАР-Медиа", 2016.- 612 стр.

4. Соглом овкатланиш - саломатлик мезони. Ш.И. Каримов тахрири остида. Тошкент, 2015 йил.-355 бет.

5. бурбонов ШД. Овкатланиш маданияти. Тошкент, 2005 йил. - 206 бет.

6. КурбоновШ.к;., ДустчановБ.О., КурбоновА.Ш., КаримовО.Р. Соглом овкатланиш физиологияси. ^арши, 2018. - 436 б.

7. Mетодические рекомендации по вопросам изучения фактического питания и состояния здоровья населения в связи с характером питания. /Зайченко А.И., Волгарев М.Н., Бондарев Г.И. и др. Москва 1986. — 86 с.

8. Физиологические нормы потребностей в пищевых веществах и энергии по половозрастным и профессиональным группам населения Республики Узбекистан для поддержании здорового питания. 23 июня2017 г.СанПиН №0347-17.

9. Buranova G.B. Maternal nutrition in the birth and development of a healty baby. "Austria Science "Ежемесячный международный научный журнал. 2 часть. №26/2019. Австрия. 3-5 бетлар.

10. Buranova G.B., Kurbanov Sh.K., RahmatullayevY.SH. Supplying of Certain Vitamins for Pregnant Women in the Southern Regions of the Republic of Uzbekistan. Annals of R.S.C.B., ISSN:1583-6258, Vol. 25, Issue 4, 2021, Pages. 7609 - 7615.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.