DOI: 10.24412/2181-144X-2022-1-13-16 Dehqonov R.S., Muminova M.R.
SHAFTOLI DANAK MAG'ZI TARKIBIDAGI ELEMENTLAR
TAHLILI
Dehqonov Rahmatillo Sultonovich - Namangan davlat universiteti "Organik kimyo" kafedrasi dotsenti, k.f.n., e-mail:dehqonov1964@mail.ru Muminova Maftuna Rustamjon qizi - Namangan davlat universiteti "Organik kimyo" kafedrasi magistranti
Annotatsiya: Tibbiyotda ma'lum kasallikni davolash hamda shu kasalliklarning oldini olish uchun ishlatiladigan o'simliklar dorivor o'simliklar deb ataladi. Dorivor o'simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ham bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir. Kalit so'zlar: Tibbiyot, efir moyi, amigdalin glikozidi, shakar, olma kislota, askorbin kislota, kaliy, kalsiy, temir, pektin.
АНАЛИЗ ЭЛЕМЕНТОВ В ЯДЕРНОЙ СОСТАВ ПЕРСИКА
Дехканов Рахматулло Султанович - доцент кафедры «Юрганическая химия», Наманганского государственного университета, e-mail:dehqonov1964@mail.ru
Муминова Мафтуна Рустамжоновна - магистрант кафедры «Органическая химия», Наманганского государственного университета
Аннотация: Растения, используемые в медицине для лечения и профилактики определенных заболеваний, называются лекарственными растениями. Выращивание и переработка лекарственных растений также является актуальной проблемой.
Ключевые слова: медицина, эфирное масло, гликозид амигдалина, сахар, яблочная кислота, аскорбиновая кислота, калий, кальций, железо, пектин.
ANALYSIS OF ELEMENTS IN THE NUCLEAR COMPOSITION OF
PEACH.
Dehqonov Rahmatillo Sultonovich - associate professor of the department of Organic Chemistry, Namangan State University, e-mail:dehqonov1964@mail.ru Muminova Maftuna Rustamjon qizi - master student of the department of Organic Chemistry, Namangan State University.
Abstract: The plants used in medicine to treat and prevent certain diseases are called medicinal plants. Cultivation and processing of medicinal plants is also a topical issue today.
Key words: Medicine, essential oil, amygdalin glycoside, sugar, malic acid, ascorbic acid, potassium, calcium, iron, pectin.
O'zbekistonda respublikasida dorivor o'simliklarini o'rganish, ularni zaxirasini aniqlash, tayyorlash, o'stirish va xorijiy mamlakatlardan keltirilgan turlarini ekib, ko'paytirish ishlari bilan keng ko'lamda shug'ullanib kelinmoqda.
Shifobaxsh o'simliklar tarkibida inson organizmi uchun zarur bo'lgan fiziologik faol moddalar, jumladan efir moyi, uglevodlar, glikozidlar, saponinlar, kumarinlar, mineral tuzlar, flavonoidlar, vitaminlar va boshqa biologik aktiv moddalar ko'pdir. Yuqorida keltirilgan xususiyatga ega bo'lgan o'simliklar yurtimizda juda keng tarqalgan. Bulardan biri shaftolidir.
© International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences Vol. 3(1) 2022 SJ IF=3.943
jfI __wlwSi INDEX fi&vCOP£RNICUS (j^sr^^N 13
Shaftoli - ra'noguldoshlar (Rosaceae) oilasiga mansub bo'yi 3-5, ba'zan 8 m ga etadigan daraxt. Barglari ellipssimon-nishtarsimon, o'tkir uchli, arrasimon qirrali bo'lib, bandi bilan poya va shoxlarda ketma-ket o'rnashgan. Oqish, pushti yoki qizil rangli, yirik 5 bo'lakli gullari yakka-yakka xolda poyasi bilan shoxlarida joylashgan. Mevasi -tuxumsimon, cho'ziq ellipsimon yoki dumaloq shaklda, turli rangdagi, eyiladigan, yoqimli mazali va sershira danakli xo'l meva. Mart-aprel oylarida (barg chiqarmay) gullaydi, mevasi iyun-sentyabrda pishadi[1 ].
Vatani - Xitoy. Markaziy Osiyo, Kavkaz, qrim, Moldaviya xamda Rossiyaning ayrim tumanlarida o stiriladi.
Urug'i tarkibida moy, efir moyi, amigdalin glikozidi, emul'siya fermenti va boshqa moddalar bor. Yetilib pishgan shaftoli tarkibida 15 foizgacha shakar, olma, uzum, limon, askorbin (C vitamini) kislotalari, efir moyi, kaliy, kalsiy, temir kabi mineral moddalar, B guruhiga mansub vitaminlar, A provitamini, pektin moddalari mavjud. Ayniqsa, uning sariq tuslisi o'zida juda ko'p miqdorda karotin moddasini saqlaydi.
Nektarin (lot. Prunus persica var. nucipersica) oddiy shaftolining kenja turi bo'lib, mevasi silliq, olxo'riga o'xshash po'sti bilan ajralib turadi.
Mevalar yangi iste'mol qilinadi, shirinliklar va murabbolarda, konservalangan kompotlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. A va C vitaminlariga boy.
Nektarin asosan O'rta yer dengizi mamlakatlari: sobiq Yugoslaviya, Italiya, Isroil, Kipr, Gretsiya, Tunis.
Nektarin oddiy shaftolidan ko'ra ko'proq kasallik va zararkunandalarga chidamli. Shimoliy Kavkazda va hatto Volgograd viloyatida o'stirilishi mumkin bo'lgan qishga chidamli navlar ishlab chiqilgan[2].
Vitaminlar va minerallarning yuqori miqdori beriberi kasalligining oldini olishni ta'minlaydi, immunitet tizimini mustahkamlaydi. Ushbu mevalar tarkibidagi foydali moddalar ovqat hazm qilish va o't bezlari sekretsiyasini kuchaytiradi, yomon hazm bo'ladigan, og'ir yoki yog'li ovqatlarning tez hazm bo'lishiga yordam beradi. Nektarin tarkibidagi tolalar ichaklarning ishini osonlashtiradi. Bundan tashqari, nektarin pektinlar, tolalar va fruktozalarning qimmatli manbai hisoblanadi. Nektarinni oziq-ovqatda ishlatish saraton, ateroskleroz va gipertoniya kasalliklarida profilaktik ta'sir ko'rsatadi.
Yangi nektarin sharbati oshqozonning kislotaliligini oshirishga, ich qotishi bilan yordam beradi. Nektarinning afzalligi shundaki, u ajoyib tabiiy diuretikdir. Nektarinlarning ba'zi navlari o'z xususiyatlarida bodomni noaniq eslatib turadigan qutulish mumkin bo'lgan urug'larni o'z ichiga oladi. Ulardan likyorlar, alkogolli damlamalar va boshqa alkogolli ichimliklar tayyorlash uchun foydalaniladi[3].
Nektarin mevalaridagi A va C vitaminlarining yuqori miqdori teriga foydali ta'sir ko'rsatadi, uning hujayralarida namlikni saqlaydi. Kaliyning yuqori miqdori asab tizimining normallashishiga yordam beradi va pektin birikmalari zararli mikroorganizmlarning faoliyatini to'htatadi. Eriydigan tolalar, o'z navbatida, yurak-qon tomir tizimiga yaxshi ta'sir qiladi, chunki u qonda xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi. Yurak ritmining buzilishi, anemiya, oshqozonning kislotaliligi oshishi, shuningdek ich qotishi bo'lsa, mutaxassislar oziq-ovqat uchun 50 ml yangi nektarin sharbatini ichishni tavsiya qiladi.
Shaftoli o'simligini Nektarin turini danak mag'zida tarkibidagi makro- va mikroelementlar miqdori asosan atom absortsion spektroskopiya usuli bilan o'rganilgan bo'lib, element miqdorlari keltirib o'tilgan. Danak mag'zi tarkibida asosiy markoelementlar qatoriga kaliy, kal'tsiy, magniy, natriy, va fosfor; mikroelementlar qatoriga mis, rux va temir kiradi.
Biz o'z tadqiqotlarimizda Kosonsoy tumanida o'suvchi Nektarin o'simligini danak mag'zida 32 elementni aniqladik. Bu elementlarni biz uch guruxga: makroelementlar, mikroelementlar va zaharli elementlarga bo'lib o'rgandik[4].
Nektarin danak mag'zi tarkibidagi makro- va mikroelementlar miqdori neytron-aktivatsion usulda o'rganilgan. 1-jadvalda nektarin danak mag'zi tarkibidagi makroelementlar miqdori ko'rsatilgan. O'simlik danak mag'zida makroelementlardan faqat
© International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences Vol. 3(1) 2022 SJ IF=3.943
l^Zl—.—. —I JPÜ^__wiSiSi INDEX (^COPERNICUS (j^ST.^^N 14
kal'tsiy, kaliy va natriy aniqlandi. CTsimlik barglari uchun makroelementlar tarkibining kamayish tartibi Ca > K > Na.
1-Jadval.
Nektarin tarkibidagi makroelementlar miqdori, mkg/g.
№ Element Miqdori
1 Na 190
2 K 10700
3 Ca 4000
2-jadvalda nektarin danak mag'zi tarkibidagi mikroeelementlarning miqdori to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan. Nektarin danak mag'zi uchun asosiy mikroelementlarning tarkibi quyidagi tartibda kamayib boradi: Fe > Zn > Sr > Mn >Ba > Cr > Ni > Mo. Nektarin danak mag'zida mikroelementlardan temir va rux eng ko'p miqdorga ega. Lyutetsiy, terbiy va tantal mikroelementlar orasida eng quyi qiymatga ega. Bor, mis, xlor, kremniy kabi keng tarqalgan mikroelementlar aniqlanmadi.
2-Jadval.
Nektarin tarkibidagi mikroelementlar miqdori, mkg/g.
№ Element Miqdori № Element Miqdori
1 Au 0.0011 15 Ni <1.0
2 Ba 2.5 16 Rb 0.77
3 Br 0.35 17 Sb 0.015
4 Ce 0.17 18 Sc 0.021
5 Co 0.052 19 Se <0.01
6 Cr 1.1 20 Sm 0.013
7 Cs 0.013 21 Sr 13
8 Eu <0.01 22 Tb <0.001
9 Fe 84 23 Th 0.018
10 Hf 0.02 24 U <0.01
11 La 0.076 25 Yb <0.01
12 Lu <0.001 26 Zn 38
13 Mn 10 27 Ta <0.001
14 Mo 0.73
Zaharli elementlar orasida simob va mish'yak mavjud. Ularning tarkibi oziq-ovqat mahsulotlari uchun REM dan ancha kam.
3-Jadval.
Nektarin tarkibidagi zaharli elementlar miqdori. mkg/g.
№ Element Miqdori
1 As <0.01
2 Hg <0.001
Olingan natijalarga ko'ra Nektarin o'simligi K, Ca, Fe, Na, Sr, Zn i Mn kabi organizmning hayotiy faoliyati uchun zarur bo'lgan elementlarning tabiiy manbai
© International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences Vol. 3(1) 2022 SJ IF=3.943
hisoblanadi. CTsimlikning danak mag'zida zaharli elementlardan faqat simob va mishyak minimal miqdorda topilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Umarov M, Usmonov I Tabobat asrori va shifo. 2-kitob. "Nasaf" nashriyoti. 2010, 395 b.
2. Umarov M, Omonov H, Yo'ldoshev O. Organik va biologik ximiyadan amaliy ishlar. Toshkent. 1994-y. 49 b.
3. Qodirov A, G'iyosov B.J, Mirzamahmudov T. "Investitsiya va investitsiyalar bozorini takomillashtirish" Toshkent. 2005-y. 223 b.
4. 4. Карабаева Р.Б. Ибрагимов А.А, Назаров О.М. Определение содержания химических элементов и аминокислот в Prunus persica var.nectarinе.//Universum: химия и биология. Научный журнал. 2020. Москва 9(75). Сентябрь, с.15-18
© International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences Vol. 3(1) 2022 SJ IF=3.943