Научная статья на тему 'KEKSA YOSHLI AHOLI GURUHINING MA’DANLI MODDALAR BО‘LGAN FIZIOLOGIK TALABI'

KEKSA YOSHLI AHOLI GURUHINING MA’DANLI MODDALAR BО‘LGAN FIZIOLOGIK TALABI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
468
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
mineral moddalar / kaliy / kalsiy / kobalt ruh / ftor / fosfor / magniy / gerontologiya. / minerals / potassium / calcium / cobalt spirit / fluorine / phosphorus / magnesium / gerontology.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Roila Jumayevna Yoldosheva

Kishining tо‘laqonli sog‘lom hayot kechirishi qator ichki va tashqi omillarga yaqindan bog‘liq bо‘lib, bu borada ovqatlanish omili alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, tashqaridan qabul qilinadigan ovqat bilan organizm uchun zarur barcha oziq moddalar, shu jumladan, mineral moddalarning о‘z vaqtida yetarli miqdorda qabul qilib turilishi iste’mol qilinadigan taomlarning miqdori va tarkibiga bog‘liq. Masalan, respublikamizning kо‘pchilik mintaqalarida iste’mol qiladigan ovqatining asosiy qismini non va un mahsulotlari tashkil qilib, oqsillar, yog‘lar, vitaminlar, ayrim mineral moddalarni kerakli darajada qabul qilish prinsiplari buziladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PHYSIOLOGICAL REQUIREMENTS OF OLD PEOPLE WITH MINERALS

PHYSIOLOGICAL REQUIREMENTS OF OLD PEOPLE WITH MINERALS

Текст научной работы на тему «KEKSA YOSHLI AHOLI GURUHINING MA’DANLI MODDALAR BО‘LGAN FIZIOLOGIK TALABI»

KEKSA YOSHLI AHOLI GURUHINING MA'DANLI MODDALAR BO'LGAN

FIZIOLOGIK TALABI

Roila Jumayevna Yo'ldosheva

Qarshi davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Kishining to'laqonli sog'lom hayot kechirishi qator ichki va tashqi omillarga yaqindan bog'liq bo'lib, bu borada ovqatlanish omili alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, tashqaridan qabul qilinadigan ovqat bilan organizm uchun zarur barcha oziq moddalar, shu jumladan, mineral moddalarning o'z vaqtida yetarli miqdorda qabul qilib turilishi iste'mol qilinadigan taomlarning miqdori va tarkibiga bog'liq. Masalan, respublikamizning ko'pchilik mintaqalarida iste'mol qiladigan ovqatining asosiy qismini non va un mahsulotlari tashkil qilib, oqsillar, yog'lar, vitaminlar, ayrim mineral moddalarni kerakli darajada qabul qilish prinsiplari buziladi.

Kalit so'zlar: mineral moddalar, kaliy, kalsiy, kobalt ruh, ftor, fosfor, magniy, gerontologiya.

PHYSIOLOGICAL REQUIREMENTS OF OLD PEOPLE WITH MINERALS

Roila Jumaevna Yuldasheva

Karshi State University

ABSTRACT

A person's full and healthy life depends on a number of internal and external factors, and nutrition is of particular importance in this regard. After all, the timely and adequate intake of all the necessary nutrients for the body, including minerals, depends on the amount and composition of food consumed. For example, in most regions of the country, the main part of the diet is bread and flour products, which violates the principles of adequate intake of proteins, fats, vitamins and some minerals.

Keywords: minerals, potassium, calcium, cobalt spirit, fluorine, phosphorus, magnesium, gerontology.

KIRISH

Ma'lumki keksa kishilarda yosh ortib borishi bilan nerv sistemasida ichki sekretsiya bezlari turli a'zolar va to'qimalarda o'zgarishlar yuzaga keladi. Bu birinchi navbatda moddalar almashinuvining o'zgarishi bilan bog'liq. Ayniqsa mineral moddalar almashinuvi buzilishi ko'p uchraydi. Muhimi shundaki, mineral moddalar almashinuvining o'zgarishlari ovqatlanish holatining ham o'zgarishi sifatida namoyon

bo'ladi. Xususan, bu holat moddalar almashinuvining buzilishidir. Moddalar almashinuvining buzilishi deganda asosiy oziq moddalar bilan bir qatorda mineral moddalar almashinuvi ham tushuniladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Odam iste'mol qiladigan ovqat tarkibida turli tuman moddalar mavjud bo'lib, ularning barchasi organizm uchun foydali va har biri ma'lum vazifani bajarishi bilan xarakterlanadi. Bu moddalarning ba'zi birlari organizm uchun energiya berish vazifasini bajarsa, qolganlari modda almashinuvida, o'sish va rivojlanishda ishgtirok etadi, organizmda boradigan reaksiyalarda katalizatorlik vazifasini o'ynaydi. Umuman olganda qo'shimcha oziq moddalarning yetishmasligi ham turli nohushliklarga olib keladi, ularni asosiy oziq moddalari hisoblangan oqsil, yog' va karbonsuvlardan kam ahamiyatga ega deb bo'lmaydi. Ana shunday muhim oziq moddalaridan biri bu mineral elementlardir. Mineral moddalar makroelementlar va mikroelementlarga bo'linib, makroelementlarga asosan natriy, kaliy, oltingugurt, xlor, azot, magniy va boshqalar kirib, ular organizmda anchagina miqdorda uchraydi. Shu tufayli ular makroelementlar deb ataladi.

Ma'danli moddalarning yetishmasligi kishining sog'ligiga putur yetkazadi. Hozirgi paytda odam organizmida uchraydigan 65 dan ko'prok mineral moddalar aniqlangan (CMonap, 1991).

Mineral moddalar organizmda Quidagi asosiy vazifalarni bajaradi: 1) ko'pgina fermentlar tarkibiga kirib, ular amalga oshiradigan jarayonlarda ishtirok qiladi 2) hujayra va to'qimalarning tarkibiga kiradi 3) organizmda kislotali va ishkorli muxitni mu'tadil saqlaydi 4) suv va tuz almashinuvini mu'tadil xolda ushlaydi.

Mineral moddalar garchi energiya va plastik material vazifalarini bajarmasada, ammo organizm uchun almashtirib bo'lmaydigan moddalarga kiradi. Bu elementlarning ahamiyati shundan iboratki, ular hujayra va to'qimalarning tarkibiga kiradi, suv bilan birga osmotik bosimni saqlab turishda ishtirok etadi va organizmdagi hujayra ichi va sirti suyuqliklari pH ining doimiyligini, muskullarning qisqarish jarayonlarini, nerv o'tkazuvchanligini ta'minlaydi, ko'pgina fermentlar va vitaminlarning (vitamin B12) struktura komponenti hisoblanadi, moddalar almashinuvining xilma-xil reaksiyalarida qatnashadi. Mineral elementlar suyakda erimagan holatda bo'lib, ularning usiklarini hosil qiladi.

Mikroelementlar organizmda juda kam miqdorda uchraydigan elementlar hisoblanib, ammo shunday bo'lsa-da ularning ahamiyati juda bekiyos. Ularning yetishmay qolishi bir kancha nohush xastaliklarga olib keladi (Ckyphxhh, 1989)

Ma'danli moddalarning o'simlik maxsulotlaridagi miqdori ko'pincha tuprok tarkibiga bog'liq. Tog'li rayonlardagi odamlarning tez-tez endemik bukok bilan ogrib turishi, ayrim joylarda podagraning keng tarqalganligi allakachonlar ma'lum edi. Bu

joylarning tuprok tarkibini o'rganish shu narsani ko'rsatdiki, ularning tuprog'i tarkibida ba'zi ma'danli moddalar yetishmas ekan. Masalan, tog'li joylarning tuproklarida yod yetishmasligi ma'lum bo'ldi. Avstraliya tekisliklarida kobalt kam, boshqa joylarda esa molibden miqdori oshgan. Kasalliklar sababi aynan shundan iborat.

Kishilarning mineral moddalarga bo'lgan ehtiyoji va uni qondirish juda muhim hisoblanadi. Xuddi boshqa ovqat komponentlari kabi kunlik ratsionda ma'danli moddalar ham yetarlicha bo'lishi lozim. Zero yuqorida aytib o'tilganidek, ularning yetishmasligi turli nohush kasalliklarga olib kelishi isbotlangan. Ma'danli moddalarga bo'lgan ehtiyoj yoshga, organizmning fiziologik holatiga, mehnat faoliyatining turiga va kasallanish xarakteriga qarab ham o'zgaradi.

Hozirgi paytda odam organizmida uchraydigan ximiyaviy elementlarning 14 tasi mikroelementlar hisoblanadi. Mikroelementlar juda kam miqdorda (0,01 foiz) bo'lsada tiriklik uchun zarur.

MUHOKAMA

Bularning mikroelementlar degan nomidan ham ko'rinib turibdiki, ular organizmda juda kam miqdorda uchraydi. Ya'ni ular mg, xatto mkg hisobida ulchanadi. Ammo shunisi muhimki, ularning kunlik ovqat tarkibida yetishmay qolishi juda xavfli holatlarga olib keladi. Turli nohush patologik o'zgarishlar, kasalliklar, organizmdagi turli yetishmovchiliklar ana shu mikroelementlar kamligining natijasi bo'lishi mumkin. Mikroelementlar ham xuddi makroelementlar kabi organizmda maxsus uziga xos vazifani bajarishi bilan ajralib turadi. Ular bajaradigan vazifa kichkina bo'lib ko'rinsada, aslida juda noziq va organizm xayot faoliyati uchun muhimdir.

Shu jihatdan olganda biz iste'mol qiladigan kunlik ovqatlar tarkibida mikroelementlarning yetarli bo'lishi katta ahamiyatga ega. Mikroelementlar ko'pchilik oziq moddalar tarkibida uchraydi. Bu oziq moddalarga asosan dukkakli o'simliklar, kora non, sut va katik maxsulotlari, gusht va gusht maxsulotlari, baliq, kukatlar, sabzavotlar va boshqalar kiradi. Demak biz mikroelementlar takchilligiga uchramasligimiz uchun ana shu maxsulotlardan har kuni ma'lum miqdorda iste'mol kilib turishimiz lozim. Bu oqilona ovqatlanish va uni tashkil qilishning eng muhim jihatlaridan biridir.

Temir asosan qon tarkibiga kiruvchi element hisoblanadi. U peroksidaza, sitoxromoksidaza, suksinatdegidrogenaza, katalaza kabi bir nechta oksidlovchi fermentlar tarkibiga kirib, oksidlanish jarayonlarida faol qatnashadi. U hujayra sitoplazmasi va yadrosining bevosita tarkibiga kiradi. Temirning erkaklar uchun bir sutkalik kabul qilish meyori 10 mg, ayollar uchun esa 18 mg.

Temirga bo'lgan tankislik bir qator xastaliklarga olib keladi. Shulardan eng muhimi kamqonlik yoki anemiya kasalligi hisoblanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi Butun Dunyo Sog'likni Saklash bo'limining axborotiga ko'ra kishilar orasida uchraydigan kamqonlikning 80 foizi temir tankisligidandir. Bunday tankislik ko'pincha yosh bolalarda va yosh xomilador ayollarda uchraydi. Bu holat asosan temirli moddalarni kam iste'mol qilishdan emas, balki kamkuvvat ovqatlar yeyishdan kelib chiqadi. Gap shundaki, iste'mol qilingan ovqatlar tarkibidagi temirning 8—10 foizi oshqozon-ichak tizilmasidan qonga suriladi. Temirning bunday hazm bo'lishini yanada kamaytiradigan moddalar ham bor, bo'larga asosan o'simlik maxsulotlari kiradi. Gushtli ovqatlar esa temir hazm bo'lish jarayonini 25 foizgacha oshirishi mumkin. Shu narsani e'tiborda saqlash kerakki, choy temir so'rilishini keskin kamaytirar ekan, shuning uchun kam qonli kishilar achchiq choy ichishdan uzlarini tiygani ma'kul.

Temirga bo'lgan ehtiyoj yetarli miqdorda qondirilmasa bosh miya faoliyatida salbiy o'zgarishlar bo'ladi, kishi aqliy mehnat qilish jihatidan ancha zaiflashib qoladi. Bundan tashqari, yana temirning yetishmasligi ovqat hazm bo'lish tizilmasining faoliyatini pasaytirib yuboradi, me'da shirasida kislota miqdori kamayib ketadi, ovqat hazm bo'lishida qatnashuvchi fermentlar (amilaza, lipaza, proteazalar) faolligi susayadi. Natijada yeyilgan karbonsuv, yog' va oqsillar yaxshi hazm bo'lmaydi, oshqozon va ichaklardagi shillik qavatlarning yalliglanishi ham ko'pincha temir tankisligidan kelib chiqadi. Bunday paytlarda ayniksa bolalarda ishtaxaning bugilishi, yegan ovqatini kusib tashlash, bur, kesak kabi nooziq moddalarni yeyish xollari tez-tez uchrab turadi.

Mis temirdan keyin qon hosil bo'lishida faol qatnashuvchi biomikroelement hisoblanadi. Oziq moddalar bilan organizmga kirgan temirning uzlashtirilishida, retikulotsitlarnnng eritrotsitlargacha pishib yetilishida misning ahamiyati juda katta. Yana mis bir qator fermentlarning faolligini oshirishda qatnashadi. Uning sutkalik meyori 2 mkg. Misga bo'lgan tankislik ikki xil yo'l bilan yuzaga kelishi mumkin, birinchidan iste'mol qilinadigan ovqat tarkibida misning yetarli darajada bo'lmasligi va ikkinchidan oshqozon-ichak tizilmasida misning so'rilishi uchun nokulay sharoit yuzaga kelishi. Mis tankisligi ko'pincha yosh bolalarda uchraydi, bu qon tarkibida eritrotsitlar kamayib ketishiga olib keladi.

Kobalt qon hosil bo'lishida qatnashadigan biomikroelementlarga kiradi. U bir qator fermentlar faolligini oshirishda, vitamin B12 ning endogen sintezida qatnashadi. Sog'lom odam har bir sutkada urtacha 14-18 mkg kobalt olib turishn kerak. Kobalt yetishmasligi natijasida yuza keladigan kamqonlikni davolashda vitamin B12 yaxshi natija beradi, chunki uning molekulasida bir atom kobalt kiradi. Kobalt ichki sekretsiya bezlaridan kalqonsimon bezning faoliyatiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Bu bez qonda yod organik birikmasini yigib, undan organik birikma - tiroksin, diyoditirozin va triyodtirozin kabi gormonlar ishlab chiqaradi. Bu gormonlar moddalar va energiya almashinuvida ancha faol bo'lib, organizmdagi barcha xayotiy jarayonlarda qatnashadi. Yodga bo'lgan sutkalik talab 100-200 mkg. Iste'mol qilinadigan oziq moddalar

tarkibida yodning yetishmasligi bukok kasalligiga olib keladi. Bu kasallik ko'pgina togli ulkalarda uchrab turadi. Buning sababi shundaki, tog' suvi, xavosi, tuprogi va oziq moddalari tabiatan yodga juda kambag'al bo'ladi. Yana shu narsa muhimki, oziq moddalar uzoq vakt saqlansa, ularning tarkibidagi yod juda kamayib ketadi, masalan kartoshka 4 oy saqlansa, undagi yod 45,3 % ga kamayadi. Bunday paytlarda oziq moddalar qo'shimcha ravishda yod bilan boyitilishi kerak. Bu urinda osh tuzi keng ko'lamda ishlatiladi, odatda uni yodga boyitish uchun bir tonna tuzga 25 g kaliy yod qo'shiladi.

Ftor organizmda bo'ladigan suyaklanish jarayonida ishtirok qiladi, u ayniksa, tishlarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega, yana kalsiy va fosfor almashinuvini ham yaxshilab turadi. Ftorga nisbatan bo'ladigan sutkalik talab 3 mkg dan oshmaydi. Ftorning boshqa mikroelementlardan farki shundaki, u choy va dengiz baliqlaridan boshqa oziq-ovqat maxsulotlarida nixoyatda kam bo'ladi. Bu baliqlarda uning miqdori 1000 mkg % bo'lsa, gruzin choyida 76000 mg %. Ftorning meyoridan ko'p iste'mol qilinishi ham maksadga muvofik emas.

Rux bir qator fermentlar tarkibiga kiradi (masalan, gazlar almashinuvida qatnashadigan karboangidrazalar). Shu bilan bir qatorda rux ichki sekretsiya bezlaridan gipofiz, oshqozon osti bezi va urugdonlarning faoliyatida ham muhim urin tutadi. Organizmda yog'lar almashinuvining bir meyorda borishi, yog'larning uz vaktida parchalanib turishi va semirib ketmaslikni ta'minlashda ruxning uz urni bor. Unga bo'lgan sutkalik talab 10-15 mkg. Organizmda rux yetmasligi ancha-muncha ruxiy tushkinliklarga olib keladi, kishi tez achchiqlanadigan bo'lib qoladi, barmoqlari kaltiraydi. Yosh bolalarda o'sish sekinlashadi, jinsiy rivojlanish kechiqadi. Ich ketish ham rux yetishmaslik belgilaridan biri bo'lib hisoblanadi. Rux oshqozon osti bezi gormonlari - insulin tarkibida ham topilgan, shu jihatdan u karbonsuvlaar almashinuvida ham qatnashadi.

NATIJA

Keksa kishilar ovqatlanishining yana bir muhim tomoni shundan iboratki, ular iste'mol qiladigan taomlar organizm muhit reaksiyasini ko'prok ishqorli tomonga burish kerak. Buning uchun ovqatlar ishqor ekvivalentli o'simlik mahsulotlaridan, chunonchi, sabzavotlar, meva-chevalar hamda sut va sut mahsulotlaridan tayyorlanishi lozim. Ishqor ekvivalentli moddalarga ko'pgina mineral moddalar ham kiradi (kal'siy, kaliy, magniy) buning ustiga yosh oshib borgan sari kishining kal'siyni o'zlashtirib borishi qiyinlashadi va shu bois bu elementga nisbatan ehtiyoj oshadi. Uni qondirish uchun sutka davomida yarim litr sut yoki qatiq yoki 100 g pishloq iste'mol qilish (bu mahsulotlar tarkibida kal'siy ko'p bo'ladi) tavsiya qilinadi.

XULOSA

Qariyalar kaliy elementiga boy mahsulotlardan tanavvul qilib turish kerak. Chunki u yurak faoliyatini yaxshilaydi, tanadan ortiqcha suv va osh tuzini chiqib ketishini ta'minlaydi. Yetarli miqdordagi kaliyni qabul qilish uchun keksalar kuniga 200 g chamasi kartoshka iste'mol kilsalar kifoya (kartoshkada u ko'p bo'ladi). Magniy elementi ham qariyalar uchun foydali, u oshqozon-ichak harakatini jadallashtiradi, o't suyuqligi ajralishini yaxshilaydi. Qon tomirlarini kengaytiradi (shu bois uni qon bosimini tushiradigan moddalar qatoriga kiritishadi) bu moddalar go'sht, baliq, sabzi, kartoshka, lavlagi va boshqa sabzavotlar hamda mevalarda ko'p bo'ladi.

REFERENCES

1. Бурльер Ф. Старение и старость (Пер. с. французского О.П.Солововой). Москва, Издательство иностранной литературы, 1962, 95 с.

2. Григоров Ю.Г. Старение и физиологические системы организма. Киев., 1969, с. 597-611.

3. Давыдовский И.В. Геронтология. Москва Медицина, 1966, с. 140-147.

4. Скурихин И.М., Шатерников В.А. Как правильно питаться. Москва, "Агропромиздат" - 1989 г.

5. Смолянский Б.Л. Функциональные и морфологические особенности желудка в связи с процессами старения и характером питания: Автореф. дис... д-ра, мед.наук. Л., 1971.

6. Чеботарев Д.Ф., Фролькис В.В. Григоров Ю.Г. Особенности питания и состояния здоровья людей старших возрастов при физиологическом старении. -Вопр. питания, 1976, № 6, с. 22-31.

7. бурбонов Ш, бурбонов А. Кексалар таомномаси. Соглом авлод, 2006 а. № 3, 19-25 январ, 5 бет.

8. бурбонов Ш, бурбонов А. Кексалар таомномаси. Соглом авлод, 2006 б, № 4, 26-январ-1 февраль, 6 бет.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.