GO'DAKLARDA ONA SUTINING BIOKIMYOVIY AHAMIYATI
Z. R. Mamadaliyeva Z. A. Saidmurodova I. J. Mingboboyeva
Samarqand davlat tibbiyot instituti
ANNOTATSIYA
Laktatsion funksiyanining umumiy tavsifi. Sut bezlaring rivojlanishi homiladorlik paytida boshlanadi, differensiatsiyalanishi, yog' qatlamlari, biriktiruvchi to'qimaning o'zgarishlari esa ayollarning butun umri davomida kechadi.
Kalit so'zlar: laktatsiya, lakyopoez, mikroelementlar, makroelementlar, Vitaminlar, oqsillar, lizotsim, immunoglobulin A toksinlar, antigen, interferonlar, laktoferrin, reduktaza.
BIOCHEMICAL IMPORTANCE OF BREASTFEEDING IN BABY
ABSTRACT
General description of lactation function. The development of the mammary glands begins during pregnancy, and differentiation, changes in the layers of fat and connective tissue take place throughout a woman's life.
Keywords: lactation, lakyopoiesis, micronutrients, macronutrients, Vitamins, proteins, lysozyme, immunoglobulin A toxins, antigen, interferons, lactoferrin, reductase.
Laktatsion funksiyanining umumiy tavsifi. Sut bezlaring rivojlanishi homiladorlik paytida boshlanadi, differensiatsiyalanishi, yog' qatlamlari, biriktiruvchi to'qimaning o'zgarishlari esa ayollarning butun umri davomida kechadi. Bu jarayonning boshqarilishi ichki sekretsiya bezlari, aynan gipofiz, gipotalamus, qalqonsimon bez, jinsiy bezlar va boshqa bezlardan ishlab chiqariladigan garmonlar ta'siri ostida bo'ladi. Bu garmonlar qiz bolaning balog'atga yetish davrida 10-12 yoshda faollashadi. Sut bezining to'liq rivojlanishi 18-20 yoshda bo'lib, undagi anatomik va fiziologik o'zgarishlar hayz kurganda,homladorlik va emizish davrlarida yaqqol namoyon bo'ladi.Homladorlikning dastlabki kunlaridan boshlab ona bilan bola o'rtasida o'zaro aloqa o'rnatiladi bu "ona-yo'ldosh-homila" tarzida bo'ladi. Farzand dunyoga kelgach, bu aloqa "ona-ko'krak suti-bola" tariqasida davom etadi. Bu o'zaro aloqa yordamida bola onadan biologik faol moddalarni oladi.Sutning ajralib chiqishi laktatsiya deb nomlanadi,bu jarayonning boshlanishida MNS muhim o'rin tutadi. Laktatsion funksiyani bir qator o'zaro bog'liq jarayonlar belgilaydi:mammogenoz-sut bezining rivojlanishi, laktogenoz-tug'ruqdan keyin sutni ishlab chiqarilishi, laktopoez-sut ajralib chiqishini quvvatlab turilishi. Sutning hosil bo'lishi va chiqarilishi murakkab
neyrogormonal muvozanatni saqlash mexanizmi bilan boshqariladi. Lakatsiyaning kuchli stimulyatorlardan biri-ko'krakning bola tomonidan so'rilishi va uning sut qoldiqlaridan yuqori darajada to'liq ozod bulish jarayonidir. Laktatsiyaning miqdoriga va sut tarkibining sifatli bo'lishiga onaning homiladorlik vaqtidagi va emizish davridagi ovqatlanishi katta ta'sir ko'rsatadi . Emizikli onaning oziq -ovqat mahsulotlari turli tuman bo'lib, ularning tarkibida to'la qimmatli oqsillar, yog'lar, mineral tuzlar, mikroelementlar vitaminlar bo'lishi kerak. Ayniqsa ona organizimiga oqsilning yetarli miqdorda kirishi katta ahamiyatga ega, chunki u sut oqsilining sintezi, shuningdek, fermentlar, gormonlar, immum tanachalarining manbai bo'lib hisoblanadi.
Og'iz sutining umumiy tavsifi. Bola tug'ilganidan so'ng dastabki 2-3 kun ichida onaning sut bezi sarg'imtir rangli suyuqlik - og'iz sutini ajratadi. Og'iz sutida vitamin A E va K lar ham ancha ko'proq bo'ladi. Og'iz sutida taurin, nervlarni o'stiruvchi omil kabi moddalar ham ko'p miqdorda aniqlangan. Og'iz suti yetilgan sutga nisbatan laktoza, yog'lar, suvda eriydigan vitaminlar kamroq, lekin oqsil, mineral moddalar ko'proq bo'ladi. Oqillarning asosiy qismini immunoglobulinar tashkil qiladi. Ular yangi tug'ilgan chaqaloqlarning yetilmagan ichak yuzasini qoplab, himoya qatlamini hosil qilib, uni bakteriya, virus, parazit va boshqa patogenlar ta'siridan himoya qiladi. Ona suti bola uchun bebaho oziqa. Ona suti suyuq, yengil hazm bo'ladigan va kaloriyasi yetarli, turli mikroblardan holi, pishirishni va isitishni talab qilmaydigan tayyor oziqadir. Yangi tug'ilgan chaqaloq organizmi fiziologik jihatidan to'la yetilmagan, hazm qilish va moddalar almashinuvi yaxshi takomillashmagan bo'lgani uchun unga faqat ona suti mos keladi. Ona sutida 100 dan ortiq oziq moddalari bo'ladi, sut faqat miqdor jihatidan bola ehtiyojini qoplamay, sifat jihatidan ham bolaning Yoshi va sog'ligiga mos keladi. U o'z tarkibida hamma kerakli oziq moddalar- oqsillar, yog'lar uglevodlar, vitaminlar, tuzlar va mikroelementlarni tez o'suvchi bola organizmi ehtiyojlarini to'la qondira oladigan miqdorda saqlaydi, ular yengil hazm bo'ladigan nisbatda hamda tarkibi bola to'qimasi tarkibiga yaqin bo'ladi. Shu jihatlari bilan ona suti sigir sutidan tubdan farq qiladi. Ona suti va sigir sutining oqsillar bir xil aminokislatalardan iboratligiga qaramay, ulardagi hamma aminokislatalarning miqdori turlichadir. Bu faqat oqsillarning o'ziga xos sifati va tuzilishini belgilab beradi. Yetigan sutning tarkibi: Oqsillar-oziqa tarkibiy qismlardan odam organizmi uchun juda katta ahamiyatga ega, chunki ular hamma hujayra va to'qimalarning asosiy tuzilishi birligi bo'lib hisoblanadi. Ularning ishtirokida organizimning hamma vazifalari -o'sish, modda almashinuvi, muskul faoliyati, ruxiy rivojlanish va boshqalar amalga oshadi. Laktatsiyaning birinchi oylarida ona suti chaqaloq uchun oqsillarning yagona manbayi hisoblanadi. Chaqaloqlar hayotining 4,5 -5 oylari mobaynida asosan ko'krak suti o'suvchi organizmning plastik materialga bo'lgan ehtiyojini qondiradi. Ko'krak sutida oqsillar miqdori 11,5 -20,5 g/l bo'ladi. Ona suti oqsilli albumin va immunoglobulinlarga boy. Ona suti oqsillari emizikli bolalar me'da shirasining past
kislotaliligi sharoitida parchalanib ketadi va yengil o'zlashtiriladi. Sigir suti oqsillari sekin parchalanadi, bolaning hazm a'zosida katta kuchlanish talab etadi, hazm jarayonida anchagina ko'p qoldiq qoladi. Yog'ning biologik qiymati, avvalo uning yuqori kaloriyaligini o'z ichiga oladi. Yog'lar bilan birga bola yog'da eruvchi A, D, E, va K vitaminlarini qabul qiladi. Bundan tashqari yog'lar bilan birga organizmga fosfatidlardan -letsitin va uning tarkibiga kiruvchi xolin, shuningdek, sterinlardan -xolesterin kabi biologik muhim moddalar kiradi. Fosfatidlar yog'ning yaxshi hazm bo'lishiga va ularning to'g'ri almashinishiga yordam beradi. Yog'lar energiya bilan ta'minlash vazifasini bajarish bilan bir vaqtda, organizmning hamma to'qimalari tuzilishining shakillanishida ishtirok etadi. Yog'lar sut tarkibida emulsiyalangan holatda bo'lib, o'zlashtirishga tayyor, shuning uchun hazmlanish me'daning o'zidayoq boshlanadi. Uglevodlar ona sutida qand 6-5,7 % miqdorda bo'lib, u laktoza holida bo'ladi. Laktoza organizmda faqatgina energiya manbaiy bo'lmay, u shuningdek, hazm jarayonlariga va ichki mikroflorasi tabiatiga ta'sir ko'rsatadi, bifidobakteriyalarning ko'payishiga olib keladi. Bolalarda uglevodlarga bo'lgan ehtiyoj ularning Yoshi va energetik sarflariga bog'liq. Ona sutida oqsillar, yog'lar va uglevodlar bilan bir qatorda bolalar uchun zarur boshqa moddalar -mineral tuzlar, mikroelementlar va vitaminlar bor. Organizm uchun mineral tuzlarning ahamiyati judda katta, chunki ular faqat suyak to'qimasida ishtirok ertibgina qolmay, balki hujayra darajasidagi muhim almashinuv jarayonlarining boshqaruvchilari hamdir. Ular qon va to'qima hujayralari pH ning boshqaruvida ishtirok etadi. Minneral elementlar organizmdagi miqdoriga bog'liq holda makro mikroelementlarga bo'linadi. Makroelementlarga Co, P, K, Na, Mg va boshqalar kiradi. Mikroelementlarga Co, Cu, I, Zn, Mn, F va boshqalar kiradi. Temir makro va mikroelementlar o'rtasidagi oraliq o'rnini egallaydi. Bolalar ona suti bilan boqilganida hayotining 1- oylarida sutkasiga o'rtacha 0,135 g Na 0, 450 g K qabul qiladi, sigir sutida esa Na va K miqdorida mos ravishda 0,350 va 1, 270 g ga tengdir. Bolalik davrida temirga ehtiyoj sutkasiga 7-8 mg tashkil qiladi. Ona sutida temir 0,2 dan 0,8 mg% gacha bo'ladi, sigir sutida esa 2-3 marta kam bo'ladi.Yosh bolalarda Cu ga bo'lgan ehtiyoj sutkasiga 1-2 mg ni tashkil qiladi. Vitaminlar kimyoviy tabiati har xil organik birikma bo'lib, ovqatning noyob moddalari hisoblanadi. Vitaminlar ozganizmda yetishmasa moddalar almashunuvi buziladi, bu esa sog'liqni ishdan chiqishiga olib keladi. Ayol sutida hamma vitaminlar yetarli miqdorda bo'ladi va bola organizimi uchun doimiy va muhim vitamin mabayi hisoblanadi. Ayol sutidagi miqdori emizikli onaning ovqatlanish va yil mavsumlariga qarab o'zgarib turadi. Vitamin A ko'zning ko'rish quvvatini saqlash va normal o'sishi uchun zarur. Suta odatda karotin ham vitamin A ham bo'ladi, muhimligi odam organizimi karotinni vitamin A ga aylantira oladi. Oziq tarkibida karotin o'zgarib turadi, shuning uchun ham vitamin A sutda ham doimiy bo'lmaydi. Vitamin D ovqatda bu vitamin yetishmasa, suyaklarda kalsiy to'planishi susayadi, kalsiy va fosfor tuzlarining ichakda qonga o'tish tezligi pasayadi va buning oqibatida
organizmda fosfar-kalsiy almshinuvi izdan chiqadi . Bu holat pirvorardida raxit kassaligining kelib chiqishiga sabab bo'ladi, suyaklar yumshab mo'rt bo'lib qoladi, suyak bo'g'imlari kengayadi. Vitamin E nasl qoldirish bilan bog'liq bo'lgan hamma jayaronlarni monandlashtirish uchun zarurdir. Sutda vitamin E 9 mg % miqdorda bo'ladi. Vitamin K qon ivish jarayonida ishtirok etadi, qon hosil bo'lishini kuchaytiradi va moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Ular sut tarkibida judda oz bo'ladi. Vitamin B 1 ning bo'lmasligi organizmda uglevod va yog'lar almashuniviga salbiy ta'sir ko'rsatadi, oqibatda miya faoliyatidagi asosiy jarayonlar buziladi, polinevrit kassaligi yuzaga keladi harakat nervlari shikastlanadi, oshqaozon va ichaklarning ish faoliyati buziladi, jumladan yurakning atrofida ham og'riqlar paydo bo'ladi .Vitamin B2 to'qimalarning nafas olish jarayonida qatnashadi, ayniqsa bolalarni o'sishi va vaznini oshishiga yordam beradi. Bu vitamin yetishmasa teri va shilamshiq pardalar yoriladi, ularga mayda yaralar toshadi, bundan tashaqari ko'zning shillimshiq pardasining kasallanishi, yorilishidan qichishishi va qurishi, quvvati pasayishi mumkin. Sutda miqdori 30-50 mkg/dl. Vitamin B 6 organizm uchun judda muhim, chunki barcha moddalar almashunuvida qatnashadi. Teri kasaligining oldini oladi, fermentlar tarkibiga kiradi, nerv sistemasini tartibga soladi, homiladorlik va tug'ishning me'yorda o'tishiga yordam beradi. ichakdagi foydali bakteriyalarning ko'payishga ham yordam qiladi. Sutda miqdori 15 mkg /dl. Vitamin B 12 yetishmasligi og'ir havfli animeya kassaligining paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Sutda miqdori 0,1 mkg/dl Sutda biotin miqdori 0,8mkg/dl bo'ladi.
Himoya vositalari: Bola tug'ilib ''mikroblar dunyosiga'' tushgandan song' yashab ketishiga moslashish uchun ko'krak sutining himoya mexanizmlari muhim ahamiyatga ega. Sutning himoya omillariga lizotsim fermenti kiradi, uning konsentratsiyasi ona sutida boshqa biologic suyuqliklardagiga qaraganda yuqoriroqdir. Lizotsim spetsifik bo'lmagan kuchli himoya omilidir. Ko'krak sutida u ancha barqaror shaklda bo'ladi. Lizotsim bakterial devorining tuzilish birligi - peptidogliklarni yemirish xususiyatiga ega. Ona sutida himoya xususiyatiga ega bo'lgan, temirga bog'liq oqsil laktoferrin ham mavjud, sut zaardobi oqsilidagi temirga bog'liqdir.
Sutdagi fermetlar: Sutda fermentlar ko'p bo'ladi. Ularning bir qismi sut bezi hujayralarida sintezlanib, sutga qo'shiladi. Sutda doimo bir necha hil mikroblar bo'lib, ular o'zlarining hayot faoliyatlari jarayonida sut tarkibi va xossalarini o'zgartiradigan fermentlar va boshqa moddalarni ajratib turadi. Sutda fermentlardan lipaza, laktoza, fosfataza, reduktaza, peroksidaza,va katalazalar topilgan . Lipaza yog'ni parchalash xusisiyatiga ega. U sutga sut bezida sintezlanish natijasida hamda sut bakteriyalarining hayot faoliyati mahsuli sifatida tushadi. Laktazani mikroorganizmlar hosil qiladi, u sut laktazasining parchalanishi va jigarning bir me'yorda ishlab turishi uchun zazur. Fosfataza suyak va qon hosil bo'lishida muskullarning harakat funksiyalarida, jumladan yurakning ishida ham qatnashadi. Katalaza fermenti moddalar almashunivida hosil
bo'ladigan vadorod perioksidining zararli ta'siridan himoya qiladi. Katalaza sutda judda kam miqdorda, lekin sut bezlari kassalansa undagi miqdori keskin darajada oshadi. Reduktaza ba'zi ranglarni tiklash xususiyatiga ega, ular sut mikroflorasidir, hozirgi vaqtda reduktaza sinamalari ishlab chiqilgan bo'lib, ular yordamida sutning sifatini aniqlash mumkin. Peroksidoza sut bezlar to'qimasida hosil bo'ladi. Sut 80 C gacha qizdirilganda, u buziladi. bunsut qaynatilgan yoki qaynatilmaganini bildiradigan ishonchli ko'rsatkich bo'lib xizmat qiladi. Sutdagi garmonlarning sut emizuvchilarning turlari, suti sog'ib olish vaqti laktatsiya davri, emizish muddati va oralig'i, hayvonlarda bir vaqtda tug'ilgan bolalar soni laktatsiya qiluvchi onaning fiziologik holati, uning organizimiga u yoki bu preparatni yuborilishiga bog'liqdir. Xulosa: ko'krak suti laktatsiya qiluvchi onaning organizimida kechuvchi barcha metabolitik jarayonlar aks ettiruvchi, murakkab bialogik suyuqlik deb hisoblash mumkin. U emuvchi chaqaloqlar uchun ekzagen gormonlar manbayi bo'lib xizmat qiladi. Ona suti o'zaruvchan bo'lib, bir qator ekzo va endogen omillarga bog'liq. Bu esa ona sutining tarkibidagi asosiy oziq moddalar miqdori bog'liq hisoblanadi.
REFERENCES
1. Mamadaliyeva Z.R., Saidmurodova Z., ''Tirik organizilarda mikroelementlarning ahamiyati''. Samarqand-2015 yil. 134 bet.
2. R.A.Sabirova -t.f.d, prof, ''Biologik kimyo'' Toshkent ''Ijod-print'' 2020 yil. 187-bet.
3. R.A.Sobirova, N.M.Yuldashev Toshkent-2016, 328-bet.