Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
HIND XALQI DOHIYSI MAHATMA GANDINING HINDIY TILI RIVOJIGA
QO'SHGAN HISSASI XUSUSIDA
Sadikova Mavjuda Kabilovna
Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti Janubiy va janubiy-sharqiy Osiyo tillari kafedrasi katta o'qituvchisi
+998909897723 maviuda628@gmail.com
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada Hindiston ozodlik harakati yo'lboshchisi, millat otasi bo'lgan Mahatma Gandining hindiy tili rivojiga qo 'shgan hissasi va bu tilni butun Hindiston tiliga aylantirish uchun qilgan harakatlari, buyo'lda duch kelgan qarshiliklar hamda Hindiston xalqi uchun hindiy tilining ahamiyati borasidagi xolis va haqqoniy fikrlari batafsil yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: Mahatma Gandi, siyosatchi, jamoat arbobi, millat otasi, davlat tili, hindiy tili, devaganari.
ABSTRACT
In this article, the contribution of Mahatma Gandhi, the leader of the Indian freedom movement, the lider of the nation, to the development of the Hindi language and his efforts to make this language the language of all India, the oppositions he faced in this. And his opinion about the importance of the Hindi language for the people of India are objectively written.
Keywords: Mahatma Gandhi, politician, public figure, lider of the nation, official language, "Indian opinion", Hindi, devaganari.
АННОТАЦИЯ
В статье рассматривается вклад Махатмы Ганди, лидера движения за свободу Индии, лидер нации, в развитие языка хинди и его усилия сделать этот язык Государственным языком Индии, противодействие, с которым он столкнулся на протяжении всей Индии.
Ключевые слова: Махатма Ганди, политик, общественный деятель, лидер нации, государственный язык, язык хинди, деваганари.
KIRISH
Dunyoga mashhur hind jamoat arbobi, siyosatchi, hind xalqining dohiysi va millat otasi Mahatma Gandi Hindiston ozodlik harakatining yo'lboshchisidir. Mahatma Gandi ozodlik harakati davrida nafaqat o'sha paytdagi ijtimoiy va madaniy
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ahvol haqida o'ylaydi, balki hind xalqining shakllanishi va uning madaniy muhiti haqida ham qayg'uradi. O'sha davrdagi siyosiy, ijtimoiy hamda madaniy muhit sababli hindiy tili yangi ma'no va o'ziga xos qadriyatga ega bo'ldi. Hindiy tiliga o'sha davrga xos oqimlar bilan bog'lab davlat tili maqomi berildi.
Mustaqil Hindistonning poydevorini mustahkamlash uchun Mahatma Gandi hindiy tilini davlat tili darajasiga ko'tarish borasida juda ko'p ishlarni amalga oshirdi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ma'lumki, Hindiston ko'p tilli va ko'p millatli mamlakatdir. Mahatma Gandining Hindistonning ko'p tillik masalasi haqidagi fikrlari aniq va beg'araz edi . U " mamlakat bo'lishi uchun milliy birdamlik zarur va buning uchun shunday bir muomala tiliga ehtiyoj bor u ham bo'lsa hindiy tilidir " degan fikrga keladi. Mahatma Gandi 1915-yilda Janubiy Afrikadan o'z yurtiga qaytib keladi va butun mamlakatni aylanib chiqib, hindiy tilini Hindistonning ko'p qismida so'zlashiladigan va tushuniladigan yagona til ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qiladi. Aslida u Janubiy Afrikada yashagan davrida hindiy tilining ahamiyatini va buyukligini anglab yetgan edi. Shuning uchun 1906-yilda " Indian opinion " nomli o'z jurnalida bu tilning ahamiyati haqida to'xtalib uni shirin , yumshoq va ajoyib til deb yozadi. Uning " Yang Indiya " , " Nav jivan " , " Xarijan sevak " , " Xarijan bandhu ", va boshqa bir qator gazeta va jurnallarda ozodlik harakati haqida yozgan maqolalarida hindiy tili borasidagi qimmatli fikrlari ham o'z aksini topgan. Bundan tashqari " Indian homrul " kitobida va o'sha davrning arboblariga yozgan maktublarida ham bu haqida fikr va mulohazalar bildirgan. Shuni ham aytish joizki, Mahatma Gandi hindiy tilining qudratini tan olgan holda 1903-yilda Janubiy Afikada o'z muharrirligi ostida "Indian opinion" gazetasini 4 tilda nashr etgan edi, bulardan bittasi esa hindiy tilida edi. Mahatma Gandi til bilan bog'liq fikrlarini 1909 -yilda " Hindiy svaraja " va " Homrul " da shunday ifoda etgan edi : " Har bir o'qimishli Hindistonlik o'z tilini - hindlar Sanskrit tilini, musulmonlar arab tilini, forslar fors tilini va hamma hindiy tilini bilishi kerak. Hamma Hindistonliklar uchun yagona muloqot tili hindiy tili bo'lishi kerak. Shundagina biz ingliz tilini chiqarib tashlay olamiz. " Mahatma Gandining fikriga ko'ra, hindiy tili Hindistonda yashovchi xalqning haqiqiy davlat tilidir. Shu sababdan Hindistonda birdamlik bo'ladi va Hindiston rivojlanadi. Mahatma Gandi hindiy tilida ajoyib kuch borligini va u Hindistonni davlat sifatida birlashtira olishini ko'rgan va his etgan. U ta'lim vositasi qaysi til bo'lishi kerak degan savolga ona tiligina ta'lim vositasi bo'lishi kerak, deb javob beradi. Uning aytishicha, Hindistonda chet tili vositasida oliy ta'lim berish davlatga cheksiz aqliy
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
va axloqiy zarar bo'ldi . Biz buni tasavvur ham qila olmaymiz. Shunday qilib, Mahatma Gandi butun Hindistonda hindiy tilini majburiy ta'lim tili qilish tarafdori edi. U shu bilan birga, markaz va shtatlarning ishlarini yuritishda va xalqaro muloqotda ingliz tilidan foydalanishga qarshi chiqadi. U chet tilini ta'lim vositasiga aylantirish yoshlarning salohiyati va iqtidorini to'liq rivojlantirmaydi deb biladi. Mahatma Gandining hindiy - urdu tillari va hindustaniy haqidagi fikr mulohazalari " Xarijan sevak " ro'znomasining 1937-1942-yillardagi nashrlarining bir qator sonlarida bayon etilgan. O'sha davrda xalqning bir qatlami hindiy tilini qo'llab quvvatlasa, ikkinchi bir qatlami urdu tilini tan olardi. Bu munozaradan Mahatma Gandi juda ta'sirlandi va bu tortishuv Hindiston millliy ozodlik harakatiga katta to'siq bo'lishi mumkin deb havotirga tushdi. Mahatma Gandi ikkala qatlamning kelishmovchiligini bartaraf etish uchun shunday deydi: "Hindiy, urdu va hidustaniy so'zlari bir tilning informantlari bo'lib, bunda Shimoliy Hindistonda hind-u musulmon so'zlashadi va hindiy tili devanagari yozuvida yoziladi. Urdu tili esa arab-fors yozuvidan foydalanadi. Biroq, bu ikkala tilning og'zaki shakli Hindustani bo'lib , bunda barcha qatlam vakillari so'zlashadi. Haqiqatdan ham o'sha davrda musulmonlarda ishonchsizlik va ayirmachilik hislari paydo bo'layotgan edi.
Mahatma Gandi esa buni bartaraf etishni xohlaydi. Shuning uchun ham davlat hujjat va xabarlari ikkala yozuvda ham chop etilishi taklifini bildiradi. U bu taklifdan ikkala qatlam o'rtasidagi ajralish va ishonchsizlik hislari bartaraf bo'lishini yaxshi bilardi. U haqiqiy raqobat hindiy va urdu tillari o'rtasida emas balki hindustaniy va ingliz tillari o'rtasida ekanligini ta'kidlaydi. Mahatma Gandi buyuk olim, faylasuf va til haqida qayg'uradigan shaxs edi. Hindistonda milliy, ijtimoiy, madaniy va diniy xilma- xilliklar mavjudligi uchun ham Mahatma Gandining ko'zda tutgan til siyosati aslida butun Hindiston uchun muhim siyosat edi. Ularning hindiy, urdu va hindustaniy tamoyillarini ko'tarib chiqishi tabiiy edi, chunki mustaqil Hindistonda umum Hindiston davlat tilining boshqa hind tillari bilan aloqasi zarur edi. Mahatma Gandining hindiy va urdu tillaridagi fikrlariga bir qator shaxslar qarshi chiqishdi. 1947-yilning 21-sentabrida " Xarijan sevak " ro'znomasidagi bir maqolasida u shunday fikr bildiradi: " Biz inglizlarni mamlakatdan qanday muvaffaqiyatli uloqtirib tashlagan bo'lsak, ingliz tilini ham madaniy o'g'ri sifatida shu tariqa chiqarib tashlashimiz kerak. " U: " O'z ona tilidan voz kechganlar xoindirlar va o'z xalqiga xoinlik qilyaptilar ", deb aytadi. Mahatma Gandi devanagari yozuvini milliy yozuv bo'lishga loyiq deb biladi. U 1927 - yil 21-iyulda " Hindiy navjivan " ro'znomasida shunday deb yozadi: " Hindistonning barcha tillari uchun bir yozuv bo'lishi foydalidir va bu yozuv devanagari yozuvi bo'la oladi deb ishonaman. "
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Hindiston mustaqillikka erishgandan so'ng, chet ellik jurnalistlar o'z ro'znoma va jurnallarida hind rahbarlarining nutq va tabrik maktublarini chop qilish uchun alohida-alohida davlat rahbarlaridan intervyu olar edilar. Bir kuni bir chet ellik jurnalist Mahatma Gandidan o'z intervyusini ingliz tilida berishini so'rab murojaat qiladi. Mahatma Gandi esa e'tiroz bildirib, men hindiy tilida gapiraman, deb javob beradi. Jurnalist sizning bu intervyuingizni nafaqat Hindiston aholisi balki, butun dunyo eshitadi, shuning uchun ingliz tilida gapirishingizga to'g'ri keladi, deydi. Mahatma Gandi bir oz jim turadi va jurnalistning qaysarligidan jahli chiqib, unga Mahatma Gandi ingliz tilini bilmas ekan deb yoza qoling, deb javob beradi. Bu voqea Mahatma Gandining hindiy tiliga bo'lgan buyuk ehtiromidan dalolat beradi. Vaholanki Mahatma Gandining ona tili gujarot tili bo'lib, u shuningdek, ingliz tilini ham juda yaxshi bilar edi. Mahatma Gandi katta - katta anjumanlarda o'zi o'rnak bo'lib, hindiy tilida nutq so'zlardi. Ilk marotaba u 1916-yilning 6-fevralida Banoras universitetining bir yig'ilishida hindiy tilida nutq so'zlab hammani lol qoldirgan edi. U Hindiston Milliy Kongessining sessiyalarida hindiy tilida so'zlardi, hattoki, 1917 -yil Kalkuttada INKning davlat tilini targ'ibot qilish bilan bog'liq konferensiyasida B.G.Tilakning ingliz tilida nutq so'zlaganini qattiq tanqid qiladi. U har bir Hindistonlik hindiy tilini o'rganishi kerak, chunki o'zimiznikilarga o'z ona tilimizdagina fikrlarimizni yetkaza olamiz, deb barcha o'tirgan anjuman qatnashchilariga murojaat qiladi .
U buyuk faylasuf, yozuvchi R. Tagorni, xalq hurmatiga sazovor bo'lgan B.G. Tilakni va boshqa davlat rahbarlarini hindiy tilini o'rganishga chaqiradi. U Hindistonning har bir burchagida hindiy tilini hamma tushunadi, faqat janubiy hindistonliklargina bu tilda so'zlashishga qiynalishadi deb aytadi. Mahatma Gandi bu qiyinchilikni bartaraf etish uchun bir reja tuzadi va buni amalga oshirish uchun Purushottam Das Tandon, Shiv Prasad Gupta, Vengtish Narayan Tivari kabi hindparvarlarni u yerga hind tilini targ'ibot qilish kengashiga yuboradi. Hindiy tilini davlat tili sifatida rivojlantirish uchun sharqdan - g'arbgacha, shimoldan -janubgacha hindiy tilini tug'ilishi kompaniyasini boshlab yuboradi .
Mahatma Gandi: " Agar biz o'z ona tilimizni rivojlantirmasak, biz ingliz tilida fikrimizni ifoda etishda davom etaveramiz va bu bilan o'z ona tilimizni rivojlantira olamiz, degan ishonchga berilsak, unda Hindistonliklar shubhasiz, bir umrga qul bo'lib qoladilar "- deb o'z nutq va maqolalarida odamlarga tushuntirishga harakat qiladi . O'zingnikilar bilan o'z tilingda gaplashishdan nima uchun uyalish kerak, tortinish kerak ? Mahatma Gandining bir asr avval hindiy tili haqida so'ragan bu savoli hozir ham o'z javobini topmagani ko'rinib turibdi .
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
XULOSA
Shunday qilib, Mahatma Gandining butun davlatni qamrab olgan hindiy tili haqidagi qayg'urishi shunday holatda kechdi. U tilshunos emas edi, lekin uzoqni ko'ra biladigan rahbar sifatida hindiy tilining ahamiyatini to'liq tushunib yetgan edi. U Hindistonning ozodlik poydevori, shubhasiz, hindiy tilidan boshlanadi, deb hisoblar edi . Shu sababli, Hindiston siyosat arboblari qomusda devanagari yozuviga asoslangan hindiy tiliga davlat tili maqomini berishga qaror qilishadi. Bugungi kunda Hindistonning ko'plab aholisi hindiy tilida so'zlashadi, uni yaxshi tushunadi va bu til davlat siyosatida ham, xalq hayotida ham o'z ahamiyatini yo'qotmay kelmoqda.
REFERENCES
1. Горев А. В. Махатма Ганди 2-е изд. — М.: «Международные отношения»,
2. Василенко В. А. Педагогическая философия Махатмы Ганди(предисловие) /
3. Махатма Ганди. «Педагогика ненасилия». Сборник. — Кировоград, 2011.
4. Литман А. Д. М. К. Ганди и его мировоззрение // Ганди М. К. Моя жизнь. М., 1959;
5. Мартышин О. В. Политические взгляды Мохандаса Карамчанда Ганди. — М.: Наука, 1970. — 300 с.
6. Полонская Л. Р. Махатма Ганди: Смысл жизни. Святой или политический деятель? // Новая и новейшая история№ 4, 1991
7. Ганди М.К. Моя жизнь, М., Гл. ред. Восточ. литературы изд-ва "Наука",
8. https://shashwatsriian.page/article/%E0%A4%AE%E0%A4%B9%E0%A4%B E%E0%A4%A4% E0%A5%8D%E0%A4%AE%E0%A4%BE-%E0%A4%97%E0%A4%BE%E0%A4%82%E0%A4%A7%E0%A5%80-%E0%A4%94%E0%A4%B0-
%E0%A4%B9%E0%A4%BF%E0%A4%A8%E0%A5%8D%E0%A4%A6%E0%A5 %80/z9aKrP.html
9. https://www.hindikunj .com/2016/10/gandhi-and-hindi.html
1989
1969.
Internet saytlari: