Научная статья на тему 'AUROBINDO GXOSH FALSAFASINING MA’RIFATPARVARLIK G‘OYALARI'

AUROBINDO GXOSH FALSAFASINING MA’RIFATPARVARLIK G‘OYALARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
148
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Monastirlik / proletariat / Veda / Upanishada / Yoga / evolyutsiya / abstrakt / metafizika / Aparada / Braxman / Ananda / materialistik / ratsional / atman / reallik / intuitsiya. / Monasticism / proletariat / Veda / Uphanishad / Yogy / evolution / abstract / metaphysics / Aparada / Brahman / ananda / materialistic / rational / atman / real / aesthetics.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Valiyev Lochin Azamatovich

U mustaqillikka erishish yo‘lida xatto “olov va qon bilan” xarakat qilish kerak degan. Gxosh o‘limidan oldin o‘zining to‘rta xayotiy orzusini e’lon qilgan. Bilmoq uchun biz o‘z ichimizga kirib, ichki mushoxadaga berilishimiz kerak. Gxosh fikricha, inson “Koinotning sintezi”, ya’ni inson kichik ko‘rinishdagi koinotdir. O‘simliklarga xos xayotiy kuch, xayvonotlarga xos sezish va xoxish, oliy xayvonga xos oddiy intelekt insonga xam taalluqlidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ENLIGHTENMENT IDEAS OF AUROBINDO GHOSH PHILOSOPHY

Ghosh received his European education in England. The philosopher, who studied English, French, German, Spanish, Italian, Ancient Greek and Latin returned to India in 1893. According to Gxosh, our proletariat is drowning in hunger and darkness. He said that even "fire and blood" should be used to achieve independence. Before his death, Ghosh announced his four life dreams. To know, we need to look inside ourselves and succumb to inner contemplation. According to Ghosh, man is the "Synthesis of the universe," that is, man is a small universe. The life force of plants, the feelings and desires of animals, the simple intellect of the higher animals are also characteristic of man.

Текст научной работы на тему «AUROBINDO GXOSH FALSAFASINING MA’RIFATPARVARLIK G‘OYALARI»

Scientific Journal Impact Factor

R

AUROBINDO GXOSH FALSAFASINING MA'RIFATPARVARLIK

G'OYALARI

Valiyev Lochin Azamatovich Toshkent davlat transport universiteti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi assistenti

Annotatsiya: U mustaqillikka erishish yo'lida xatto "olov va qon bilan" xarakat qilish kerak degan. Gxosh o 'limidan oldin o 'zining to 'rta xayotiy orzusini e'lon qilgan. Bilmoq uchun biz o 'z ichimizga kirib, ichki mushoxadaga berilishimiz kerak. Gxosh fikricha, inson "Koinotning sintezi", ya 'ni inson kichik ko 'rinishdagi koinotdir. O 'simliklarga xos xayotiy kuch, xayvonotlarga xos sezish va xoxish, oliy xayvonga xos oddiy intelekt insonga xam taalluqlidir.

Kalit so'zlar: Monastirlik, proletariat, Veda, Upanishada, Yoga, evolyutsiya, abstrakt, metafizika, Aparada, Braxman, Ananda, materialistik, ratsional, atman, reallik, intuitsiya.

Аннотация: Европейское образование Гхош получил в Англии. Философ, изучивший английский, французский, немецкий, испанский, итальянский, древнегреческий и латинский языки, вернулся в Индию в 1893 году. По мнению Гхоша: наш пролетариат тонет в голоде и мраке. Он говорил, что даже «огонь и кровь» нужно использовать для достижения независимости. Перед смертью Гхош объявил о своих четырех жизненных мечтах. Чтобы знать, нам нужно заглянуть внутрь себя и поддаться внутреннему созерцанию. Согласно Гхошу, человек - это «Синтез вселенной», то есть, человек представляет собой маленькую вселенную. Жизненная сила растений, чувства и желания животных, простой интеллект высших животных также свойственны человеку.

Ключевые слово: Монашество, пролетариат, Веда, Упанишада, Йога, эволюция, абстрактный, метафизика, Апарада, Брахман, Ананда, материалистический, рациональный, реальность, интуитция.

Abstract: Ghosh received his European education in England. The philosopher, who studied English, French, German, Spanish, Italian, Ancient Greek and Latin returned to India in 1893. According to Gxosh, our proletariat is drowning in hunger and darkness. He said that even "fire and blood" should be used to achieve independence. Before his death, Ghosh announced his four life dreams. To know, we need to look inside ourselves and succumb to inner contemplation. According to Ghosh, man is the "Synthesis of the universe," that is, man is a small universe. The

life force of plants, the feelings and desires of animals, the simple intellect of the higher animals are also characteristic of man.

Key words: Monasticism, proletariat, Veda, Uphanishad, Yogy, evolution, abstract, metaphysics, Aparada, Brahman, ananda, materialistic, rational, atman, real, aesthetics.

KIRISH

Aurobindo Gxosh XIX asr oxiri XX boshlarida Hindistonda boshlangan milliy ozodlik kurashining ko'zga ko'ringan yirik arboblaridan biridir. Faylasuf milliy ozodlik kurashiga ham siyosiy, ham ma'naviy ham madaniy jihatdan qarshi chiqqan haqiqiy hind farzandi hisoblanadi.

Gxosh 1872 yil 15 avgust kuni Kalkutta shtatida dunyoga kelgan. O'sha paytda uning otasi Angliyada tahsil olib Hindistonga qaytayotganida, oilada uchinchi farzandi dunyoga kelganini eshitib behad xursand bo'ladi. Evropa ta'limini olgan otasi har doim ham bu ta'lim tizimini hind ta'limidan ustun qo'yadi. SHuning uchun ham o'z farzandlariga ham evropacha ta'lim berishga intiladi. Aurobindo Gxosh besh yoshidanoq akalari Bena Bxushan va Mona Maxanlar bilan Darjilingdagi Lorette nomidagi monastirlik maktabiga o'qishga boradi. Bu erda asosan ingliz zadogonlarining bolalari ta'lim olar edi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

"1879-1892 yillar u o'z bilimini Angliyada avval Manchester shaxridagi Dryuetta ingliz oilasida uy darsini oladi. Keyinchalik 1884 - 1890 yillarda Londondagi ilohiy Pavel maktabiga qatnaydi, va nixoyat 1890 - 1892 yili Kembridj kollejida o'qishini davom ettiradi"1.

Gxoshning Yevropacha ta'limga qanchalik berilib ketganligi shundan dalolat beradiki, u 1893 yili Hindistonga ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, qadimgi grek va lotin tillarini o'rganib qaytgan bo'lsa ham, o'z ona tili bo'lgan bengal tilini Angliyadan qaytgach o'rgana boshladi. SHaxsan o'zining aytishicha o'z ona tilini to'liq o'rgana olmagan, bu tilda biron bir nutq so'zlamagan, asarlarini deyarli xammasini ingliz tilida shu jumladan falsafiy asarlari xam ingliz tilida yozilgan. Gxosh Angliyada o'qib yurgan vaqtida Geraklit va Platonlarning xamda qadimgi hind falsafasining katta sistemasi hisoblangan Vedanta bilan yaqindan tanishib chiqadi. 1890 - yillardan boshlab u Hindistonning ijtimoiy xayotida faol ishtirok eta boshlaydi. 1893 yili ingliz kolonizatorlarini Hindistondan quvib chiqarish maqsadida "Nilufar va Hanjar" maxfiy jamoa tuzadi. U Milliy Kongress partiyasidagi liberal rahbarlarning siyosatiga qarshi chiqib, bu partiyani keng xalq ommasi bilan yaqinlashtirishga xarakat qiladi.

1 Величенко А. Е.. Эволюция религиозно - философских взглядов Ауробиндо Гхоша. Диссертация насоискание ученой степени кандидата философских наук. Санкт - Петербург. 1999.с.16

569

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Hozirgi davrda butun insoniyat demokratiya va adolat yo'lida xarakat qilayotgan ekan umuminsoniyatning kelajagi quyi sinfining soni va diniy madaniyatiga bog'liqdir. Bizning proletariyamiz (u proletariyat deganda ishchilar, kambag'al dexqonlarni, kosib xunarmandlarni, mayda burjuaziyani tushunar edi) ular ochlik va qorong'ulikka botgan. Siz xohlaysizmi yoki yo'qmi, bundan qat'iy nazar mana shu qorong'ulikdagi va azob uqubatdagi proletariat kelajakka qaratilgan barcha orzu umidlarimizni o'zida mujassamlashtirgan chunki, jamiyatning o'rta sinfi kuch, aql va sodiqlikdan mahrum etilgan"2, - degan edi Aurobindo Gxosh.

U mustaqillikka erishish yo'lida xatto "olov va qon bilan"3 xarakat qilish kerak degan. Bu borada bir davrda yashab ijod qilgan hind ma'rifatparvar faylasufi Tilak bilan xamfikr bo'lgan. U xam boshqa rahbarlar singari Svaraj (mustaqillikka erishish) va Svadeshi (ingliz tovarlarini boykot qilish) shiorlarini targ'ib qilgan. Gxosh falsafasiga hamda uning inglizlarga qarshi kurashishidagi g'oyalari "Gandichilik" yo'liga ham o'xshab ketadi. Biz agar Tilak, Mahatma Gandi, Robindranat Tagor hamda Aurobindo Gxosh yashagan davrlarni qaraydigan bo'lsak, bu kuchli faylasuflar bir zamonning olimlari ekanligini ko'rishimiz mumkin. Ular bir davrda yashab inglizlarga qarshi kurashishda asosan bir g'oyalar ostida birlashib harakat qilishgan.

1906-1907 yillar Gxosh raxbarligida Bengaliyada "Bandemataram" (Vatanga qasamyod) gazetasi nashr etila boshlandi. Bu gazeta inglizlarning olib borayotgan siyosatlarini qattiq qoralab kelgan. Men shu erda shuni aytishim mumkinki, faylasuf ta'lim tarbiyani Angliyada olgan bo'lsa ham hech qachon ularni yoqlamagan, aksincha yuqorida yozganimizdek ularni siyotiga, Hindistondagi inglizcha ta'lim tarbiyaga qarshi chiqqan. Aurobindo Gxosh 1908 yili inglizlar tomonidan qamoqqa olinadi. U qamoqda falsafiy masalalar, xususan hind falsafasi bilan shug'ullanadi. Qamoqdan chiqqach, inglizlar ta'qibidan qochib Hindistondagi fransuz koloniyalaridan biri Pandesheriyda quvg'inlikda yashab, mamlakatning siyosiy axvolidan ancha uzoqlashadi, siyosiy faollikdan voz kechib, mistikaga beriladi. 1920 - 1950 yillargacha u asosan falsafa va iloxiyot bilan shug'ullanadi. Diniy jamoa - "Ashram"ni tuzib unga rahbarlik qiladi. Uning fikricha, diniy jamoa insoniyatning kelajakdagi jamiyatidir. Bu jamoa a'zolari zoxidlik prinsipi asosida xayot kechirar edilar.

2 Ауробиндо Гхош. Йога щель эволюции//Метафизические исследования. Вьшуск8.СПб.,1998.

3 Ауробиндо Гхош. Основы индийской культуры. Индийская культураи влияниеизвне. Идеал человеческого единства //Открытие Индии: Философские и эстетические воззрения в Индии XX в.М.,1987.

Gxosh Hindistonda buyuk mutafakkir va milliy ozodlik harakatining arbobi sifatida katta shuhrat qozonadi. "Javoharlal Neru Aurobindo Gxoshga "Fikrlar xukomasi" deb baho bergan"4. U o'zidan keyin qator asarlarni qoldirdi. Bular: "Gita haqida ocherklar", "Sotsial taraqqiyot psixologiyasi", "Ideal va progress", "Evolyusiya", "Insoniyat birligi ideali", "Bengaliya xaqida poema", "Geraklit", "Integral Vedanta", asarlaridir. Gxosh 1950 yilning 5 dekabrda vafot etadi. O'limidan oldin 1947 yili 15 avgustda hind xalqiga munojaat qilib, o'zining to'rtta hayotiy orzusini e'lon qiladi.

Uning birinchi orzusi. Inqilobiy harakatlar bilan bog'liq bo'lib, bu harakat ozod va bir butun Hindistonni tashkil etishga olib kelishi kerak. Bugungi kunda Hindiston ozod, lekin bir butunlikka erishgani yo'q.

Ikkinchi orzusi. Osiyo xalqlarini ozodlikka chiqarish va ularni qayta tiklash orqali Osiyo ilgarigi munosib mavqega ega bo'lib, xozirgi zamonda tarixiy o'rnini topib olsin. U hind xalqini o'z milliy mustaqilligi uchun kurash olib borayotgan Osiyo xalqlari orasida karvonboshlik qilishga da'vat etdi.

Uchinchi orzusi. Millatlarning dunyoviy ittifoqini tuzish orqali butun insoniyatning yorug' va go'zal xayotining asosini tashkil eta olsin. Buning uchun Gxosh hind xalqini butun dunyodagi davlatlar o'rtasida tinch va do'stona munosabatlarini mustaxkamlashga da'vat etdi. Buning uchun o'z orzu umidi ro'yobga chiqishida diniy va ma'naviy g'oyalarga tayanib "Ruhiy" jihatdan qayta tiklanishga umid bog'ladi.

To'rtinchi orzusi. Komil insonlar jamiyatini qurish, u orqali tarix jumboqlarini echish, insoniyatning asriy orzu - umidlarini xayotga tadbiq eta olsin. Bularni amalga oshirishda Gxosh hamon hind xalqini odil ijtimoiy tuzumni integral yoga yo'lidan qurishga da'vat etib keldi. SHunday qilib uning falsafiy ta'limoti "integral vedanta" nomi bilan shuxrat qozondi. Vedanta hind falsafiy tuzumi ichida uchta asosiy oqimlar mavjud ya'ni cheklanmagan monizm, cheklangan monizm, va plyuralizm yoki dualizm oqimlaridir. Biroq bu oqimlar A.Gxosh fikricha; "...bir tomonlama mosligi bilan cheklangandir, chunki materializm va idealizm, ratsionalizm va mistitsizm, monizm va plyuralizm unda bir biriga qarama - qarshilikda bo'lib, o'zaro kelishmaslik kurashida namoyon bo'lar edi"5 deb ta'kidlaydi.

A.Gxosh nuqtai nazaricha integral vedanta bu barcha qarama - qarshiliklar "to'liq kelishtirilgandir" Aurobindo Gxosh falsafiy masalalarni umuman ob'ektiv idealizm pozitsiyasidan hal etadi. Uning falsafasining asosida Vedanta ta'limoti yotadi. Uning fikricha, "narsa, xodisalar braxma (Xudo)dan kelib chiqadi va oxir

4 Бродов В .В. Интегральная веданта Ауробиндо Гхоша // Общественно - политическая и общественная жизнь в Индии. М., 1962.

5 Интегральная йога Шри Ауробиндо. М., 1992.

oqibatda yana braxmaga aylanadi. Braxma tabiatga, quyi borliqqa tushadi. Quyi borliq, tabiat esa yana braxmaga - oliy borliqqa ko'tariladi. Bu xil harakatning sub'ektiv ruhidir"6. Narsalar dunyosi ham ob'ektiv reallik bo'lib, braxmadan paydo bo'ladi va qonuniy ravishda yana braxmaga aylanadi. U noaniq braxman, ma'lum braxman va ruh, mutloq ong va jon (atman) sifatidagi braxman mavjud deydi. U substansiya deb noaniq braxmanni tushunadi. Bu braxman o'z - o'zidan mavjud, moddiy ham emas, ruhiy ham emas, unga vaqt, fazo, harakat, sifat, son kabi kategoriyalar taaluqli emas, braxman bularning barchasidan yuqori turadi. Braxman barcha narsalarning asosidir. Uning realligi muayyan atributlarda, materiya va ruhda gavdalanadi. "Braxman - materiya" ma'lum braxman bo'lib, dunyoning moddiy sababi va barcha narsalarni keltirib chiqaradi. Braxman - ruh mutlaq ong, mutlaq aql, jondir.

Braxmaning bu ikki atributi bir - biriga katta ta'sir ko'rsatadi va birining ichiga biri singib ketadi. Natijada narsa va hodisalar dunyosi, muayyan darajada ong braxman bilan nurlanadi, ya'ni predmet hodisada u yoki bu darajada ong hosil qiladi. Gxosh VII asrda yashagan hind mutafakkirlari SHankara va XII asrda ijod etgan Ramanujalarning Vedanta ta'limotiga oid qarashlarini qattiq tanqid qiladi. Masalan, u SHankaraning narsalar dunyosi illyuziyadir degan fikrini rad etib, bu dunyo real mavjud, degan tezisini asoslashga intiladi. Gxosh fikricha, inson "Koinotning sintezi", ya'ni inson kichik ko'rinishdagi koinotdir. O'simliklarga xos xayotiy kuch, xayvonotlarga xos sezish va xohish, oliy xayvonga xos oddiy intelekt insonga xam taalluqlidir"7 deydi. Jon esa "Haqiqiy insonni" tashkil etadi. Uning fikricha, inson tanasi ruhiy kuch uchun makon bo'lib, tana salomatligi esa shu kuchning bilish idagi faoliyati uchun sharoitdir.

Gxosh fikricha, inson pastga qarab tushayotgan braxman zarrachalarini aralashmasidir. U insonning sotsial mohiyatini inkor etadi va bu masalada an'anaviy vedantizm doirasida bo'ladi.

U bilishni inson o'z ichki dunyosini tushunish va uning ilohiy mazmunini kashf etish jarayoni sifatida tushunadi. "Bilmoq uchun biz o'z ichimizga kirib, ichki mushoxadaga berilishimiz kerak"8, degan edi u. Inson o'zini bilishi, o'rganishi orqali braxman darajasiga ko'tarilishi, u bilan qo'shilishi va nixoyat "ilohiy hayotga" erishishi mumkin.

Braxmanning bizdagi zarrachasi - jon aktiv harakat qilib, yana braxmanga qaytishni ta'minlash uchun intilish kerak. Jon ongga, aqlga ega. U tanassux nazariyasiga ishonadi. Falsafadagi bir yoqlamalikka qarshi kurash orqali Aurobindo

6 Sri Aurobindo.// The Renaissance in India. Sri Aurobindo Ashram Trust.1997

7 Sri Aurobindo.// The Life Divine. Sri Aurobindo Ashram Trust. 2005

8 Sri Aurobindo.// Autobiographical Notes. Sri Aurobindo Ashram Trust. 2006

Gxosh falsafasining asosiy masalacini echib, materializm va idealizm ustidan yuqori turuvchi o'zining integral vedantasini "falsafada uchinchi" yo'l deb ilgari surishga xarakat qildi. Bunda barcha xususiy nuqtai nazarlar sintezlashadi. Aslini olganda Aurobindo Gxosh falsafaning bosh masalasini ob'ektiv idealizm pozitsiyasidan hal etishga harakat qildi. Aurobindo Gxosh butun integralizm tizimi barcha ma'sul vedantalarning subordinatsiyasi, o'zaro bir -biriga o'tib turishi va o'zaro bog'lanishlar ya'ni braxman, uning atributlari va fenomenal dunyo o'rtasidagi bog'lanishdan iborat deb ta'kidladi. Braxman va uning atributlari o'rtasidagi munosabatlarni aniqlashda faylasuf an'anaviy hind formulasiga murojaat qildi. "Sat, Chit, Anand" ya'ni borliq ong, farovonlik. Boshqacha aytganda, braxmanning yagona holati hisoblanadi. Aurobindo Gxosh integratsiyasining asosida vedantaning asosiy g'oyasi braxman uning ko'rinishlari va o'tkinchi foniy dunyoning o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik va o'zaro munosabatlar yotadi. Braxman uning ko'rinishlari va o'tkinchi dunyo o'rtasidagi munosabatlarni va aloqalarni tasvirlash ularni Gxosh quyidagi "CHit - Sat - Anaida" formulasini ishlatdi, ya'ni "borliq - ong - farovonlik". Boshqa so'z bilan aytganda Braxmanning yagona xolati bu: 1 U mavjud. 2 U biladi. 3 U farovonlikda. O'zining bilish nazariyasini asoslashda Gxosh vedantaning asosiy g'oyasi bo'lgan "Inson - koinotning birligi"ni tashkil qiladi, yoki (kengaytirilgan koinotning timsolidir) u jismonan materiyadan tashkil topgan, o'simliklarning hayotiy kuchidan, hayvonlarni his qilish va sezish qobiliyatidan oliy xayvonlarga xos bo'lgan fikr yuritish qobilyati va insonni vujudga keltiruvchi yagona bo'lgan jondan iboratdir degan g'oyaga asoslangan. Shunday qilib, insonning ijtimoiy mohiyati Gxoshning e'tiboridan chetda qoldi va u vedanta an'anaviy butun borliq va inson moxiyati braxman zarrachalarining yig'indisidan iborat degan g'oyaga asoslangan. Bilish nazariyasini Gxosh insonning ichki olamiga kirish, o'zning iloxiy tabiatini yuzaga chiqarish deb tasavvur etdi. "Bilish uchun inson o'z ichki olamiga kirishi va uni aks ettirishi zarur"9 deb yozadi Gxosh.

Demak, borliqdagi barcha narsalarning mohiyatini bilish uchun inson o'z ichki olamiga kirishi zarurdir, chunki bularning barchasini asosida braxman yotadi, deb xisoblaydi Gxosh.

XULOSA

O'zligini anglagan insongina, braxman darajasiga ko'tarilishi, u bilan qo'shilishi va shu orqali iloxiy xayotga erishishi mumkindir. Ruhiy hayotning asosini ilohiy xayotga o'tish, unga erishish tashkil etadi. Kim o'zligini anglashi mumkin? Qalbimizda bo'lgan braxmangina o'zligimizni anglashga yordam beradi. Gxoshning bunday ta'limotini ilgari surishga sabab, u ijtimoiy xayotdan ajralib yakka

9 Кравченко В.В. Мистицизм в русской философской мысли XIX - начала X XBeKOB.M.,1997

573

yashashidan kelib chiqqan. Uning falsafiy qarashlari asosan mistik xarakterga ega bo'lsada, o'z davri uchun ilg'or fikrlarni ilgari surdi. U traditsion vedantaga qarshi chiqib, olamning real mavjudligini tan oladi.

Faylasuf hind xalqi ozodligida butun umrini baxshida etdi, barcha ilmiy ishlarida ham ozodlik nafasi ufurib turdi. Garchi mamlakatimizda Mahatma Gandidek mashhur bo'lmasada, uning qilgan ishlari taqsinga loyiqdir. SHuning uchun ham hindlar Gxoshni avliyodek hurmat qilishadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Величенко А. Е.. Эволюция религиозно - философских взглядов Ауробиндо Гхоша. Диссертация насоискание ученой степени кандидата философских наук. Санкт - Петербург. 1999.с.16

2. Ауробиндо Гхош. Йога и цель эволюции//Метафизические исследования. Вьшуск 8.СПб.,1998. с.89

3. Ауробиндо Гхош. Основы индийской культуры. Индийская культура и влияние извне. Идеал человеческого единства //Открытие Индии: Философские и эстетические воззрения в Индии XX в.М.,1987. с.325

4. Бродов В .В. Интегральная веданта Ауробиндо Гхоша // Общественно -политическая и общественная жизнь в Индии. М., 1962. с.163

5. Интегральная йога Шри Ауробиндо. М., 1992. с.265

6. Sri Aurobindo.// The Renaissance in India. Sri Aurobindo Ashram Trust.1997.P.356-357

7. Sri Aurobindo.// The Life Divine. Sri Aurobindo Ashram Trust. 2005 P. 89

8. Sri Aurobindo.// Autobiographical Notes. Sri Aurobindo Ashram Trust. 2006 P. 206

9. Кравченко В.В. Мистицизм в русской философской мысли XIX - начала XX веков.М.,1997 с.65

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.