Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
URDU TILINING VUJUDGA KELISHI HAQIDAGI NAZARIYALAR
Sa'dullayev Shohjahon Jamoliddin o'g'li
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo tillari" kafedrasi 4-kurs talabasi Ilmiy rahbar: dotsent Muhayyo Abdurahmanova
+998997041830
ANNOTATSIYA
Urdu tilining vujudga kelishi va uning bu nom bilan atalishi xususida ko 'plab nazariyalar mavjud. Ular, asosan, hududiy tamoyilga ko'ra tasniflanadi. Ular urdu tilining kelib chiqishiga oid Dekan, Sind, Panjob va Dehli nazariyalari bo'lib, maqolada bu masalaga muqobil yechim ko 'rsatilgan va dalillar bilan izohlangan.
Kalit so'zlar: Urdu, Hindiston, Dekkan yarim oroli, Sind, Panjob, Dehli, Malabar, Nasiruddin Hoshimiy, Nadaviy, Shironiy, Lahor, rexta, lashkari zaban.
ABSTRACT
There are many theories about the origin of Urdu and its name. They are classified mainly on a territorial basis. These are the Deccan, Sind, Punjab, and Delhi theories of the origin of Urdu, and the article provides an alternative solution to this problem and explains it with evidence.
Keywords: Urdu, India, Deccan Peninsula, Sindh, Punjab, Delhi, Malabar, Nasiruddin Hashimi, Nadavi, Shirani, Lahore, rekhta, lashkari zaban.
АННОТАЦИЯ
Существует множество теорий о происхождении урду и его названия. Они классифицируются в основном по территориальному признаку. Это деканская, синдская, пенджабская и делийская теории происхождения урду, и статья предлагает альтернативное решение этой проблемы и объясняет его доказательствами.
Ключевые слова: Урду, Индия, полуостров Декан, Синд, Пенджаб, Дели, Малабар, Насируддин Хашими, Надави, Ширани, Лахор, рехта, лашкари забан.
KIRISH
Urdu tilining kelib chiqishi haqida bir-biriga zid turli xil nazariyalar mavjud. Ushbu mashhur nazariyalarning umumiy jihatlaridan biri shuki, urdu tilining ibtidosi musulmon istilochilarining kirib kelishi va mahalliy xalq bilan o'zaro muloqo ti orqali mahalliy tilga ta'sir qilish bilan boshlangan. Shu tariqa yangi til vujudga kelgan va keyinchalik u "urdu" deb atalgan. Urdu tili tadqiqotchilari urdu tilining musulmonlar
kirib kelganidan keyin paydo bo'lgani haqidagi umumiy fikrda yakdil bo'lsa-da,
269
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
uning vujudga kelgan joyi va tafsilotlarini aniqlash va xulosa chiqarishda tafovutlar mavjud. Shu bois urdu tiliga oid nazariyalarga e'tibor qaratsak, ular bizga to'rt xil nazariya ko'rinishida namoyon bo'ladi:
Nazariyalarning bu qadar hududiy va davriy tamoyilga ko'ra bir-biriga zidlanishi aniq xulosaga kelish uchun ushbu mavzuning chuqur tadqiq etilishini talab qiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Nasiruddin Hoshimiy o'zining "Dakhini (qadim urdu) xususida bir qancha ilmiy maqolalar1" urdu tilining ibtidosini Dekan yarim oroli bilan bog'laydi. Uning asosiy dalili shundan iboratki, islom paydo bo'lishidan ancha vaqt oldin ham arablar Hindistondagi Malabar qirg'oqlariga savdo-sotiq maqsadida kelib turishgan. U arablarning savdo sohasida mahalliy aholi bilan aloqada bo'lganiga, kundalik suhbat va muomalada til muammosiga duch kelganiga ishonadi. Nasiruddin Hoshimiy arablar va Dekan aholisi o'rtasidagi ana shu bog'liqlik tildagi muloqot va qorishuv umumiy til - urdu tilining eng qadimgi shakli paydo bo'lganligi haqidagi nazariyani ilgari suradi. Biroq ushbu nazariya zamonaviy tadqiqotlar nuqtai nazaridan asosli deb topilmaydi.
Doktor G'ulom Husayn ushbu nazariyani rad etib, shunday deydi: "Arab tili somiy (semit) tillari oilasiga, urdu tili esa hind-oriy guruhiga mansub. Shu sababli urdu tilining Dekanda paydo bo'lishi masalasi muhokama qilinmaydi. Dekanga urdu tili Shimoliy Hindistondan Xiljiy va Tug'loq (sultonlari) askarlari bilan birga kelgan va musulmon sultonlari homiyligida unda she'riyat va adabiyot yaratilgan. Bu urdu tilining evolutsiyasi bilan bog'liq, har holda vujudga kelishi bilan emas"
Professor Ozod Shomatov ham urdu tilini Dekanda emas, balki shimolda paydo bo'lganini, uning Janubiy Hindistonga "hindaviy" nomi bilan kirib kelib, keyinchalik "dakhiniy" ("janubiy") nomini olganligini aytib o'tadi:
"Dakhini tili Shimoliy Hindistonda hindustani (khari boli2) lahjasi negizida shakllangan va Dehli sultonligida "hindavi" nomi bilan tanilgan.
2 Khari boli - Dehlining shimoli-garbiy hududlarida tarqalgan lahja. Uning negizida zamonaviy hindiy va urdu adabiy tillari kelib chiqqan.
1) Dekanda urdu tilining shakllanishi;
2) Sindda urdu tilining paydo bo'lishi;
3) Panjobda urdu tili tadrijiy rivoji;
4) Dehlida urdu tilining shakllanishi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
XIV asrda bu til Janubiy Hindiston (Dekan)ga musulmon hukmdorlari qo'shinlari tomonidan olib kelingan va Dekan yarim orolining bir qator hududlari istilo etilgach, bu yerda mustahkam o'rnashgan edi. Hindaviy tili "khari boli" lahjasi negizida paydo bo'lgan va bundan tashqari u bangaru, braj, bundeli va Shimoliy Hindistonning boshqa lahjalari ta'sirining ba'zi unsurlarini ham o'zida mujassam etgan. Bahmaniylar, Odilshohlar, Qutubshohlar davlatlarida hindaviy tili janubga tomon siljigan va shimoldagi shaklidan farqli o'laroq, u "dakhini", ya'ni "dakkani" (Dekan tili; "janubiy") deb atala boshlangan.
Yagona kelib chiqishi va bir-biri bilan mushtarak bo'lgan asosiy tipologik xususiyatlari (grammatik tuzilish va so'z boyligi) bilan hindaviy (shimoliy) va dakhini (janubiy) turli ijtimoiy-iqtisodiy, etnik va lingvistik sharoitlarda bir-biridan mustaqil ravishda rivojlangan3..."
O'sha davrda arablarning Janubiy Hindiston (Dekan)ning mahalliy aholisi bilan aloqalari hali dastlabki munosabatlar bo'lib arab savdogarlari hech qachon bu yerda doimiy yashash uchun kelib joylashmagan, balki ular bu yerga savdo-sotiq uchun kelgan hamda bu yerdan mol xarid qilib, yana qaytib ketgan. Islom dini paydo bo'lishi bilan bu arab savdogarlari savdo-sotiq va zaruriy ashyolarni ayirboshlash bilan birga islomga ham da'vat qila boshlagan. O'zaro munosabatlarning poydevori, albatta, shu tariqa yaratilgan. Biroq bu munosabatlar tomonlarning mavjudligini ta'minlay oladigan va mustahkam birlik rishtalariga olib keladigan barqarorlik va mustahkamlik darajasiga erisha olmadi. Shunisi aniqki, bu sharoitda yaqin va uzviy aloqa yuzaga kelmadi, tilda bir-biriga uyg'unlashib borish holati yuz bermagan. Shuning uchun ham arablarning bu tijoratga doir aloqalari tilda biror inqilobiy o'zgarish yaratmagan.
Sindda urdu tilining paydo bo'lish nazariyasi Sayyad Sulaymon Nadaviyniki bo'lib, musulmon fotihlari Sindga bostirib kirib, birmuncha vaqt muntazam hukumat tuzgan davrda mahalliy xalq bilan aralashib, muloqot qilish natijasida urdu tilining dastlabki shakli bo'lgan til vujudga kelgan, degan fikrni ilgari suradi. Uning fikricha: "Musulmonlar eng birinchi Sindga kirib kelishgan va bugunda biz urdu deb ataydigan tilning dastlabki shakli aynan Sind vodiysida yaratilgan bo'lishi mumkin, degan aniq to'xtamga kelamiz4"
Musulmon svilizatsiyasi va madaniyatining Sinddagi ta'siri doimiy tusga ega bo'lganligiga shubha yo'q. Mahalliy aholining tilida, kiyim-kechagida hamda turmush tarzida uzoq davom etgan va keng ko'lamli o'zgarishlar ro'y berdiki, hozirgi
3 Шаматов А.Н, КЛАССИЧЕСКИЙ ДАКХИНИ, "НАУКА", Москва -1974. стр.-3
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
kunga qadar Sindda arab tilining va madaniyatining ta'sirini kuzatish va payqash mumkin. Bugungi kunda sindhiy tilidagi arabcha so'zlar soni Pokiston va Hindistonning boshqa barcha tillariga qaraganda ko'proq va uning so'z qurilishida arab tilining bilvosita ta'siri mavjud. Arab tili ta'siri chuqurligini shu bilan izohlash mumkinki, ba'zi tarixchilar fikriga ko'ra, biror hududdagi boshqa tillarda shu atrofdagi tillarning ta'siri ko'proq kuzatilsa, sindhiy tilida arabcha so'zlar ko'proq uchraydi. Misol tariqasida sindhiy tilida tog'ni "jabal" va piyozni "basal" deyilishini keltirish mumkin. Biroq haqiqat shuki, tildagi bu ta'sirlar faqat so'zlar bilangina cheklanadi. Shuning uchun biror yangi til paydo bo'la olmadi. Aynan ushbu sabab tufayli Sayyad Sulaymon Nadaviy o'z da'vosi yuzasidan ishonchli dalil keltira olmagan.
O'sha davrdagi ba'zi sayyohlar arab, fors va sindhiy tillarining taraqqiyoti haqida zikr etib o'tarkan, ularning ushbu tafsilotlaridan yangi bir aralash til mavjudligi xususida hech bir ma'lumot uchramaydi. Biroq sindhiy va mo'ltoniy tillarida fors va arab tilining qorishuvi yuz bergan, deb taxmin qilish mumkin. Ushbu qorishuvning xarakteri xususida taxminiy nazariyani ilgari surish qanchalik asosli? Aniq manba bo'lmasa, hukm chiqarish qiyin.
Hofiz Mahmud Shironiy o'zining jiddiy tadqiqotlari va ishonchli izlanishlari asosida urdu tilining Panjobda vujudga kelganligi haqidagi nazariyani asoslab berdi. Uning fikricha, urdu tili Sulton Mahmud G'aznaviy va Shahobiddin G'uriy Hindistonga qayta-qayta hamla qilib turgan davrda vujudga kelgan. Bu hujumlar natijasida Hindistonda forsiyzabon musulmonlarning hokimiyati qaror topgan va bu istilochilar Dehli sultonligi tuzilgandan keyin ham deyarli ikki asr shu yerda qolishgan. Ushbu nazariyaning to'g'riligini isbotlash uchun Sheroniy bu mintaqadagi ko'plab shoirlarning so'zlarini keltiradi. Ulardagi panjobiy, fors tillari va mahalliy lahjalarning ta'siri yangi tilning dastlabki shaklini namoyon etgan.
Musulmonlar qariyb 175 yil davomida hozirgi Sarhad5 va Sind provinsiyasini o'z ichiga olgan Panjobda hukmronlik qilgan. 1193-yilda Qutbiddin Oybek qo'shinlari bilan birgalikda musulmonlar Dehli tomon yurish qildi va bir necha yil ichida musulmonlar butun Shimoliy Hindistonni istilo qildi. Endilikda Lahorning o'rniga Dehli mamlakat poytaxtiga aylanganidan so'ng musulmonlar shu paytgacha o'zaro gaplashib kelgan bu til ham ular bilan birga Dehliga qadar yetib kelib, yuksak mavqega erishgan.
Tarixiy va siyosiy voqealar va dalillardan tashqari professor Mahmud Xon Shironiy urdu tili Panjobda vujudga kelgan, degan fikrning to'g'riligini ta'kidlaydi va
5Sarhad - Pokistonning tortta provinsiyasidan birining nomi. Hozirda Xaybar-Paxtunxua deb ham ataladi.
272
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
bu ikki til orasidagi yaqin aloqani urdu va panjobiy tillari o'rtasidagi o'xshashliklami lingvistik dalillar bilan asoslaydi. U shunday deydi: "Urdu tili o'z grammatikasi jihatidan panjobiy va mo'ltoniy tillariga juda yaqin. Ikkalasida ham ismlar6 va fe'llar alif bilan tugaydi. Ko'plik yasalish usuli ikkala tilda ham shu qadar umumiyki, gaplarda nafaqat asosiy gap bo'laklari, balki bog'lovchi va ko'makchilar ham umumiy qoidaga bo'ysunadi. Ikkala tilda muzakkar va muannaslik qoidalari, qo'shma va ko'makchi fe'llarda mushtaraklik mavjud bo'lib, panjobiy va urdu tillaridagi qariyb 60 % so'z umumiydir".
Professor Shironiy tomonidan ilgari surilgan o'xshashlik va mushtaraklikka qisqacha nazar tashlasak, ikki til o'rtasidagi lisoniy munosabatlar oydinlashadi va urdu tili o'zining lug'at boyligi hamda grammatik xususiyatlariga ko'ra panjobiy tiliga juda yaqin ekanligi namoyon bo'ladi va bu narsa professorning fikri va dalillarini yanada mustahkamlaydi.
Shu maqsadda professor Shironiy tadqiqotlariga tanqidiy nigoh bilan qaraydigan bo'lsak, urdu tili haqiqatan ham morfologik tuzilishi va grammatik xususiyatlariga ko'ra panjobiy tiliga yaqinroq ekanligi ayon bo'ladi. Masalan:
1) Jins (muzakkar va muannas) qoidalari urdu va panjobiy tillarida aynan bir xil. Masalan, oxiri alif (I) bilan tugaydigan so'zlarni muannas (ayol) jinsiga moslashtirish zarur bo'lsa, alif yoy (<j) harfi bilan almashadi. Masalan:
Ijj$^(nar ot, tulpor) - ^jj$^(moda ot, baytal), Ij^?(nar echki, taka) - ^j^?(moda echki) va hokazo;
1) Infinitiv (masdar) qoidasi har ikkala tilda ham bir xil va (II shaxs birlikdagi) buyruq maylidagi fe'lga -na(tj-)qo'shimchasini qo'shish orqali yasaladi.
2) Fe'l o'zi bog'langan so'zning jinsdagi holatiga qarab o'zgaradi. Masalan:
Urdu tilida:
^ ^jj$^(ot (moda ot) keldi),^ ^(bola keldi)
Panjobiy tilida:
^ ^jj^(ot (moda ot) keldi),W ^(bola keldi) va boshqalar;
3) O'timsiz fe'ldan o'timli fe'l yasash qoidasi ham ikkala til uchun ham aynan bir xil :
t^(o'tirmoq) —-iW^(o'tqizmoq), tv(oqmoq) - ^(oqizmoq) v.h
Bundan tashqari o'tgan oddiy zamon, taxmin mayli, shart mayli, istak mayli, kelasi zamon, buyruq mayli, o'zlik va majhul nisbat, atov kelishigi va undov so'zlar kabilarning qoidalari ham ikki tilda aynan bir xildir.
6Tilshunoslikda ismlar deyilganda ot, sifat, son, olmosh, harakat nomi, sifatdoshlar tushuniladi.
273
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
"Panjobda urdu tili7" asari nashr etilishidan oldin faqat mavlono Muhammad Husayn Ozod tomonidan ilgari surilgan nazariya umume'tirof etilgan bo'lsa-da, professor Hofiz Shironiyning ushbu asari Panjob o'lkasi tomon tadqiqotlarning barcha eshiklarini ochdi. Professor Suniti Kumar Chatterji fikriga ko'ra tabiiyki, musulmonlar o'sha vaqtda Panjobda qaysi til qo'llangan bo'lsa, o'sha tilni qabul qilishgan va u ta'kidlaydiki, hozirda ham panjobiy tilining lahjalarida, ayniqsa, Sharqiy Panjob va Uttar Pradeshning g'arbiy tumanlaridagi lahjalar o'rtasida unchalik katta farq yo'q va sakkiz-to'qqiz asr oldin ham bu farq unchalik katta bo'lmagan. Markaziy va Sharqiy Panjob hamda G'arbiy Uttar Pradeshda ayni damda ham shunga o'xshash lahja eng asosiy iste'molda.
Hofiz Mahmud Sheroniyning "Panjobda urdu tili" asari nashr etilishi bilan mavlono Muhammad Husayn Ozodning urdu tilining kelib chiqish jihatidan "braj bhasha"ga bog'liqligi xususidagi nazariyasi rad etilgan.
Dehlida urdu tili nazariyasini ilgari suruvchi tadqiqotchilar, garchi tilshunoslik tamoyillaridan xabardor bo'lsa-da, urdu tilining vujudga kelishida Panjobni e'tibordan qoldirib, Dehli va uning atrofidagi hududlarga urg'u beradilar. Biroq Dehli va uning atrofidagi hududlarning ahamiyatini urdu tilining vujudga kelishida emas, balki uning tadrijiy rivojida kuzatish mumkin. Dehli va uning atrofini urdu tilining vujudga kelgan maskani va va uning vatani deb hisoblovchilar orasida doktor Mas'ud Husayn va Shavkat Sabzavoriylar ham ko'zga tashlanadi. Ma'sud Husayn bu xususda o'zining "Urdu tili tarixining muqaddimasi"8 asarida shunday yozadi:
"Urdu tilining kelib chiqishi musulmonlar bilan yoki ularning Hindiston yarim orolida o'z siyosiy hokimiyatini o'rnatishi va mustahkamlashi bilan qanday aloqasi borligi aniq emas. Urdu tili Mirut va Dehlining tili bo'lib, bu hech qanday izoh talab qilmaydi. Urdu tilida Dehli va Uttar Pradeshning g'arbiy tumanlarida o'ziga xos bir nafosat bilan gaplashilishini juda yaxshi bilamiz. Biroq biz bu tilning aynan shu hududlarda paydo bo'lganligini yoki Dehli va Uttar Pradeshning g'arbiy hududlaridagi boshqa joylardan kelib chiqqanligini bilmaymiz"
Xulosa qilib aytganda, urdu tilining vujudga kelishi va shakllanishi bu ikki xil omil ekanligini nazarda tutish kerak. Urdu til sifatida Panjobda paydo bo 'lgan, ammo Dehli, Dekan va Hindistonning boshqa hududlarida shakllangan va rivoj topgan. Urdu tilining paydo bo'lishi haqidagi nazariyalar har xil jihatdan talqin etilsa-da,
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
ularning orasida urdu tilining Panjobda paydo bo'lishi xususidagi nazariyalargina haqiqatga muvofiqdir va professor Shironiy birinchilardan bo'lib bu nazariyani asosli isbotlab bergan.
REFERENCES
^jrn^j лЗд. * '^b 'уИ^лЪ Jljl (jJjl f^) ^''¿^ U^l J^lj .1
* 'jbl ^'yU^if '^^JJI^JI ^.jli^j^jj лЬ j ^j^ '^j^j yl^jl^i лпи .2
''цИчЛч ' ybK ^JJ^x '"jJjl уЛл '.^'j" ' ^jljO^l J¿il^. .3 * 'Jj 'Jj JS^ jj 'jJjl U^j ¿^jl^ л-лЛ^л 'ylk Jjwix .4
5. Шаматов А.Н, КЛАССИЧЕСКИЙ ДАКХИНИ, "НАУКА", Москва -1974
6. Saidov, S. (2022). TARIXIY MANBALARDA KELTIRILGAN IBN AL-MUQAFFA BORASIDAGI MA'LUMOTLAR TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 525-528.