Научная статья на тему 'HIMOYALOVCHI MATERILLARDAN FOYDALANIB DEVOR KONSTRUKSIYALARIDAN O‘TADIGAN ISSIQLIK BALANSINI SAMARADORLIGINI OSHIRISH'

HIMOYALOVCHI MATERILLARDAN FOYDALANIB DEVOR KONSTRUKSIYALARIDAN O‘TADIGAN ISSIQLIK BALANSINI SAMARADORLIGINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
energiya / rekonstruksiya / issiqlik o‘tkazuvchanlik / devor turi / izolyatsion material / penopolistirol / folgaizol / termik qarshilik / devor. / энергетика / реконструкция / теплопроводность / тип стены / утеплительный материал / пенополистирол / фольгаизол / термическое сопротивление / стена.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Sharopov Begyor Xolmatjon O‘g‘li, Mahmudov Faxriddin Rahmonjon O‘g‘li

Bugungi kunda dunyoda energiya va resurslarni tejashning roli juda katta bo‘lib, energiya samaradorligi va energiyani tejash eng ustuvor vazifalar qatoriga kiradi. Bunday vaziyatda energiya samaradorligini oshirishning roli ortib boradi, chunki samaradorlikni oshirish tadbirlari yangi energiya manbaalarini qidirishdan bir necha barobar arzonroqqa tushadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Increasing the efficiency of heat balance through wall structures using protective materials

Роль экономии энергии и ресурсов сегодня в мире очень важна, а энергоэффективность и энергосбережение являются одними из важнейших задач. В такой ситуации роль повышения энергоэффективности возрастает, поскольку меры по повышению эффективности обходятся в несколько раз дешевле, чем поиск новых источников энергии.

Текст научной работы на тему «HIMOYALOVCHI MATERILLARDAN FOYDALANIB DEVOR KONSTRUKSIYALARIDAN O‘TADIGAN ISSIQLIK BALANSINI SAMARADORLIGINI OSHIRISH»

TEXNOLOGIYA

UDK 620.20

HIMOYALOVCHI MATERILLARDAN FOYDALANIB DEVOR KONSTRUKSIYALARIDAN O'TADIGAN ISSIQLIK BALANSINI SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Sharopov Begyor Xolmatjon o'g'li NamMQI, stajyor-o'qituvchi, [email protected]

Mahmudov Faxriddin Rahmonjon o'g'li NamMQI, stajyor-o'qituvchi, [email protected]

Annotatsiya. Bugungi kunda dunyoda energiya va resurslarni tejashning roli juda katta bo'lib, energiya samaradorligi va energiyani tejash eng ustuvor vazifalar qatoriga kiradi. Bunday vaziyatda energiya samaradorligini oshirishning roli ortib boradi, chunki samaradorlikni oshirish tadbirlari yangi energiya manbaalarini qidirishdan bir necha barobar arzonroqqa tushadi.

Аннотация. Роль экономии энергии и ресурсов сегодня в мире очень важна, а энергоэффективность и энергосбережение являются одними из важнейших задач. В такой ситуации роль повышения энергоэффективности возрастает, поскольку меры по повышению эффективности обходятся в несколько раз дешевле, чем поиск новых источников энергии.

Abstract. The role of saving energy and resources is very important in the world today, and energy efficiency and energy saving are among the most important tasks. In such a situation, the role of improving energy efficiency increases, because efficiency improvement measures are several times cheaper than searching for new energy sources.

Kalit so'zlar: energiya, rekonstruksiya, issiqlik o'tkazuvchanlik, devor turi, izolyatsion material, penopolistirol, folgaizol,termik qarshilik,devor.

Ключевые слова: энергетика, реконструкция, теплопроводность, тип стены, утеплительный материал, пенополистирол, фольгаизол, термическое сопротивление, стена.

Key words: energy, reconstruction, thermal conductivity, type of wall, insulating material, expanded polystyrene, folgaizol, thermal resistance, wall.

Kirish. Yurtimizda elektr hamda gaz ta'minoti tizimini izchil modernizatsiya qilish, texnologik qayta jihozlash, yetkazib berilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitoblar mexanizmlarini takomillashtirish choralari ko'rilmoqda. Mamlakat taraqqiy etib borar ekan, yangi me'yorlar, qonunchilikni takomillashtirish zarurati ham tug'iladi. «Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi Prezident qarori, avvalo, jamiyatda to'lov madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi[1].Yetkazib berilayotgan energiya resurslari qiymatini aniqlashda tabaqalashtirilgan yondashishning mavjud emasligi ulardan oqilona foydalanishga to'sqinlik qilmoqda. Shuningdek, binolar va inshootlarning qurilishi, rekonstruksiya qilinishida energiya tejamkor materiallar va texnologiyalarni qo'llashga yetarli e'tibor berilmayotgani ham energiya resurslarining ortiqcha sarf qilinishiga olib kelmoqda.

Maqsadi. Bugungi kunda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish butun dunyoda global masalaga aylangan. Chunki elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishda qator isrofgarchiliklarga yo'l qo'yilmoqda. Prezident qarorida esa ularning oldini olish choralari belgilangan. Avvalo, davlat organlari va muassasalarining bino va inshootlari, ko'p kvartirali uy-joy fondini loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, qurish va foydalanishga topshirishda energiya samarador, energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanilgani tekshiriladi.[2] Bundan tashqari, yakka tartibdagi uy-joy qurilishidan tashqari, barcha bino hamda inshootlarni loyihalashtirish,

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son

TEXNOLOGIYA

rekonstruksiya qilish va qurishda zamonaviy issiqlik saqlovchi qurilish materiallardan foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblayman.Mazkur qaror yurtimizda zamonaviy energiya samarador va energiya tejamkor binolarni qurishning keng joriy etishni jadallashtiradi. Bu orqali ortiqcha isrofgarchiliklarga chek qo'yiladi. Shuningdek, fuqarolarga binolarni isitishga sarflanadigan to'lovlarni amalga oshirishda qulaylik yaratiladi. Masalan, ishlatilgan issiqlik energiya resurslarining haqini oyma-oy to'lab borish orqali qarzdorlik miqdori o'sib ketishining oldi olinadi.

Tadqiqot obyekti va predmeti. Mazkur ilmiy maqolaning obyekti turar joy binolarining energiya tejamkorlik ko'rsatkichlari hisoblanadi. Tadqiqot predmeti sifatida energiya tejamkor binolarining tashqi to'siq konstruktsiyalari va isitish tizimlarining ish tamoyillarini o'rganish, energetik va iqtisodiy samaradorligini baholash qabul qilingan.Energiya tejamkor binolar tashqi konstruktsiyalarining issiqlikni saqlash xususiyatlari bilan binoga o'rnatilgan kombinatsiyalashgan isitish tizimining issiqlik rejimini yaxlit bir tizim: «Binoning energiya samardor isitish tizimi hamda issiqlik o'tkazuvchanlik ko'rsatkichi past tashqi muxofaza konstruktsiyalari» shaklida tahlil qilishning nazariy tamoyillarini yaratish ko'zda tutilgan.

Tadqiqot natijasi. Tashqi devorlar uchun issiqlik uzatishga qarshilik koeffitsientini aniqlash bino devori besh qatlamli qilinsa,devorning tashqi va ichki taraflari 0,02 m qalinlikda qumsuvoq bilan qoplangan bo'lib uning issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsienti X = 0,81, devorning o'rta qismida 0,38 m qalinlikda g'isht terilgan bo'lib uning issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsienti X = 0,70 larni tashkil qiladi.

1-rasm. Pishiq g'isht o'lchamlari (mm) da

Devorning tashqi tarafidan 0,1 m qalinlikda ekstruzionniy penopleks bilan qoplangan bo'lib uning issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsienti X = 0,032 Vt/m2;

2-rasm. Ekstruzionniy penopleks

Uzunligi-1185 mm, eni-585 mm, qalinligi-20mm dan 100mm gacha Penopleksning afzalliklari:

• Oz issiqlik o'tkazuvchanlik - mineralvatadan 25% ga kam.

• Juda oz suv shimuvchanlik - 0.5% dan ko'p emas.

• Uzoq ishlash muddati - 50 yildan kam emas.

• Chegaraviy ishlash xarorati - (-75 oC) dan (+75 oC) gacha

• Ekologik sofligi - zararli moddalarsiz va ularni ajratib ham chiqarmaydi

• Biologik ta'sirlarga chidamli va mikroorganizmlarga bardoshli

Yuqoridagi ma'lumotlardan kelib chiqib bu izolyatsion materialdan binoimizning

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son

TEXNOLOGIYA

poydevor xamda devor konstruktsiyalarini tashqi tarafdan qumsuvoq ustidan maxsus kley yordamida yopishtirib chiqiladi. Poydevor qismi yopishtirilgach ko'miladigan qismlari ko'miladi. Devorga qum suvoq ustidan yopishtirilgach esa uning ustidan gipsokarton bilan montaj ishlari va pardoz ishlari amalga oshiriladi. Bu materialni poydevor qismida xam qo'llayotganimizga sabab, uning boshqa izolyatsion materiallarga qaraganda siqilishga mustaxkamligi yuqori va tuproq bilan ko'milganda tuproqning og'irligi ta'sirida siqilib qolmaydi va o'z vazifasini yaxshi bajaradi.

Devorning tashqi tarafidan penopolistirol ustidan 0,0125 m qalinlikdagi gipsokarton bilan qoplangan bo'lib, uning issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsienti X = 0,35.Yuqoridagi ma'lumotlarga asosan devorning issiqlik uzatishga qarshilik koeffitsienti quyidagicha:

bu erda aB - to'siq konstruksiyasining ichki sirtining issiqlik uzatish koeffitsienti, Vt/(m2 *oC); X - to'siq konstruksiyaning issiqlik o'tkazuvchanligi, Vt/(m2* oC); ô - to'siq konstruksiyasining bir qatlamining qalinligi, m;

ff,- to'siq konstruksiya tashqi sirtining issiqlik uzatish koeffitsienti (qishki shartlar uchun),

Vt/(m2 *oC).

Xulosa. Respublikamizda namunaviy loyihalar asosida qurilib ekspluatatsiyaga topshirilgan kam qavatli turar-joy binolarida o'tkazilgan texnik ko'rik natijalari binolar energiya samaradorligiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi ayrim holatlar aniqlandi:

- devorlarda kengligi 1-2 mm dan kam bo'lmagan yoriqlarning mavjudligi;

-bino devorining poydevorga tutash qismlarida namlik alomatlarining uchrashi;

- yer ustiga qurilgan taxta va ayrim xolatlarda qo'llanilgan DSP (yog'och qirindili plitalar) pollarda me'yoridan ortiq namlik vujudga kelganligi, nam taxtalarni qo'llash natijasida taxtalar oraliqlari ochilganligi;

- tashqi pardoz suvoq ishlarining bajarilishi kuz, qish va bahor faslining yo g'ingarchilik va sovuq oylarda amalga oshirilishi.

- yog'ingarchiliklar natijasida bino fasadlarining namlanishi va boshqalar.

Turar-joy binolari tomyopma qismida ishlatiladigan materiallar tahlil qilinganda, loyihalashda bino tomyopma qismida qamish plita 140 mm va loy samonli suvoq 50 mm qilib loyihalangan bo'lsa, amalda esa qamishli plita 60-80 mm va loy samonli suvoq 15-20 mm qilib bajarilgan, bu bino tom yopma qoplamalarida issiq-sovuqni himoyalovchi materiallar qalinliklarining loyihadan ancha chetlanganligidan dalolat beradi. Demak, bevosita qurilish jarayonida loyihadan ko'plab chetlanishlar bo'lmoqda. Bu esa bevosita binolarning energiya samaradorligiga salbiy ta'sir etadi. Energiya sarfini tubdan kamaytirish maqsadida, iqtisodiy rivojlangan davlatlarning tajribasini xisobga olib, tiklanmaydigan uglevodorod resurslaridan ratsional foydalanish, hamda iqtisodiyot sohalari va aholini yoqilg'i-energetik resurslari bilan barqaror ta'minlash, energiyani tejash, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, energiyani tejashning dolzarb yo'nalishlarini aniqlash zarur.

ADABIYOTLAR

1. "Zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni yanada joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori № PQ-3238 Qabul qilingan sanasi 23.08.2017. Kuchga kirgan sanasi 24.08.2017.

2. "Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta'minlash choratadbirlari to'g'risida"

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son

TEXNOLOGIYA

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori № PQ-3379 Qabul qilingan sanasi 08.11.2017. Kuchga kirgan sanasi 09.11.2017.

3."2017-2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori № PQ-3012 Qabul qilingan sanasi 26.05.2017. Kuchga kirgan sanasi 30.05.2017.

4.O'z RST 809-97 "To'siq konstruksiyalarining issiqlik uzatishga qarshiligini aniqlash" Т., 1997-y.

5. Хакимов С., Шаропов Б., Абдуназаров А. Бино ва иншоотларнинг сейсмик мустахкамлиги буйича хорижий давлатлар (россия, япония, хитой, а;ш) меъёрий хужжатлари тахлили //barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy JURNALI. - 2022. - С. 806-809

6. Ризаев, Б. Ш., Мамадалиев, А. Т., Умаров, И., & Шаропов, Б. (2022). Узбекистан республикаси худудларининг табиий иклими ва унинг курилиш материалларига таъсири. barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy _ jurnali, 2(9), 16-23.

7. Sharopov, B., Hakimov, S., Umarov, I., Muxtoraliyeva, M., Dadaxanov, F., & Abdunazarov, A. (2022). Quyosh energiyasidan foydalanib turar joy binolari qurishning istiqboli tomonlari. Journal of new century innovations, 18(1), 135-141

8. Дадаханов Ф., Шаропов Б., Умаров И., Мухторалиева М., Хакимов С., Абдуназаров А. и Казадаев А. (2022). Перспективы производства инновационных материалов в промышленности строительных МАТЕРИАЛОВ. Журнал инноваций нового века , 18 (1), 162-167.

9. O'g' Li, S. B. X., & O'g' Li, M. F. R. (2022). Quyosh energiyasidan foydalanib turar joy binolari qurishning istiqboli tomonlari. Механика и технология, (Спецвыпуск 1), 145-149.

10. Шаропов, Б. Х. У., Угли, M. Ф. Р., & Акбаралиев, Х. Х. У. (2022). ^уёш энергиясидан фойдаланиб биноларни энергия самарадорлигини ошириш тадбирлари. Механика и технология, 2(7), 186-191

11. Шаропов, Б. Х. У., Угли, M. Ф. Р., & Акбаралиев, Х. Х. У. (2022). ^уёш энергиясидан фойдаланиб биноларни энергия самарадорлигини ошириш тадбирлари. Механика и технология, 2(7), 186-191.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.