Научная статья на тему 'QATTIQ YOQILG‘I ENERGIYASIDAN FOYDALANIB BINOLARNI ISITISHNING ISTIQBOLLI VA KAMCHILIK TOMONLARI'

QATTIQ YOQILG‘I ENERGIYASIDAN FOYDALANIB BINOLARNI ISITISHNING ISTIQBOLLI VA KAMCHILIK TOMONLARI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
15
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Energetika / energiya resurslari / issiqlik izolyatsiyasi / samaradorlik / issiqlik o‘tkazuvchanlik / devor konstruksiyasi. / Энергия / энергоресурсы / теплоизоляция / КПД / теплопроводность / стеновая конструкция.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Sharopov Begyor Xolmatjon O‘g‘li, Mahmudov Faxriddin Rahmonjon O‘g‘li

Ushbu maqolada hozirgi zamonaviy binolarda energiya manbalaridan samarali foydalanish chora tadbirlari ko‘rib o‘tilgan.Energiya manbalaridan samarali foydalanish hozirgi kundagi binolar qurilishida eng dolzarb masalalardan bo‘lib xizmat qilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Prospects and disadvantages of heating buildings using solid fuel energy

В данной статье рассмотрены меры по эффективному использованию источников энергии в современных зданиях. Эффективное использование источников энергии является сегодня одним из наиболее актуальных вопросов в строительном строительстве.

Текст научной работы на тему «QATTIQ YOQILG‘I ENERGIYASIDAN FOYDALANIB BINOLARNI ISITISHNING ISTIQBOLLI VA KAMCHILIK TOMONLARI»

UDK 620.20

QATTIQ YOQILG'I ENERGIYASIDAN FOYDALANIB BINOLARNI ISITISHNING ISTIQBOLLI VA KAMCHILIK TOMONLARI

Sharopov Begyor Xolmatjon o'g'li NamMQI, stajyor o'qituvchi, [email protected] +99899 630 02 95

Mahmudov Faxriddin Rahmonjon o'g'li NamMQI, stajyor o'qituvchi,mahmudovf692@,gmail.com +99899 979 05 94

Annotasiya: Ushbu maqolada hozirgi zamonaviy binolarda energiya manbalaridan samarali foydalanish chora tadbirlari ko'rib o'tilgan.Energiya manbalaridan samarali foydalanish hozirgi kundagi binolar qurilishida eng dolzarb masalalardan bo'lib xizmat qilmoqda.

Аннотация: В данной статье рассмотрены меры по эффективному использованию источников энергии в современных зданиях. Эффективное использование источников энергии является сегодня одним из наиболее актуальных вопросов в строительном строительстве.

Abstract: In this article, measures for effective use of energy sources in modern buildings are considered.Effective use of energy sources is one of the most urgent issues in building construction today.

Kalit so'zlar: Energetika, energiya resurslari, issiqlik izolyatsiyasi, samaradorlik, issiqlik o' tkazuvchanli k,devor konstruksiyasi.

Ключевые слова: Энергия, энергоресурсы, теплоизоляция, КПД, теплопроводность, стеновая конструкция.

Key words: Energy, energy resources, thermal insulation, efficiency, thermal conductivity, wall construction.

Har qanday mamlakatning barqaror rivojlanishida qattiq energiya resurslarining iste'moli hal qiluvchi omil hisoblanadi. Shu sababli quyida yurtimizda olib borilayotgan binolarni issiqlik energiya iste'molini kamaytirish bo'yicha ilmiy va amaliy ishlarni tahlil qilaylik.

Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq O'zbekistonning yoqilg'i energetika siyosati mamlakat yoqilg'i energetika xavfsizligini ta'minlash hamda milliy energetika imkoniyatlaridan jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini hal etish uchun foydalanishga qaratib kelinmoqda.

O'tkazilayotgan tadqiqotlarning natijalari mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoq va sohalarida amalda ekspremental ravishda keng ko'lamda qo'llanilmoqda. Statistik ma'lumotlaga ko'ra hozirgi kunda qattiq yoqilg'i energiya istemoli qurilish sohasi uchun 0.8%, qishloq xo'jaligi uchun 6.0%, transport uchun 9.0%, energotizim va sanoat uchun 35.0%, aholi va kommunal sohasi uchun 49.2%ni tashkil etadi. Yuqoridagi statistik ma'lumotlardan ko'rinadiki umumiy issiqlik energiya istemolining deyarli 50%i (yiliga 24,1 mln.t.n.e) binolarga to'g'ri keladi [1,2,3]. Aholi soni va ular daromadlarining oshishi, urbanizatsiya jarayonlarining tezlashishi va iste'mol tuzilmasida tegishli o'zgarishlarni hisobga olganda, 2030 yilga kelib binolar sohasidagi issiqlik energiya resurslariga bo'lgan talab 2,5 marta oshishi mumkin (61,2 mln.t.n.e.gacha). Bunday shart-sharoitlarda talab va energiya ta'minoti o'rtasidagi tafovut o'sishining oldini olish, uy-joy, tijorat va ma'muriy binolarning energiya bilan uzluksiz ta'minlanishi hamda insonlarning ijtimoiy huquqini ta'minlash uchun ushbu sohada energiya samaradorligini yaxshilashga doir chora-tadbirlar majmuini qabul qilish lozim. Yuqorida

keltirilgandek bugungi kunda O'zbekistondagi jami qattiq yoqilg'i energiya iste'molining deyarli yarmi binolar hissasiga to'g'ri kelmoqda [4,5,6,7]. Shu bilan birga, rivojlangan mamlakatlarga nisbatan O'zbekistonda binolarning issiqlik energiya iste'moli 2-2,5 marta ko'pdir.

Dastlabki baholarga ko'ra, zahiralarning ko'payishi (yirik konlarning ochilishi) va ularni tezkor o'zlashtirish hisobiga energiya resurslarini ishlab chiqarish o'sgan taqdirda ham, iste'molning 34,5 mln.t.n.e.ni qoplash mumkin. Qolgan 26,7 mln.t.n.e. ga teng energiyaga bo'lgan talabni qondirish uchun, binolar sektoridagi energiya samaradorligini ko'tarish bo'yicha chora-tadbirlar majmui qabul qilinishi lozim.

Energiya sarfini tubdan kamaytirish, iqtisodiy rivojlangan davlatlarning tajribasini xisobga olib, tiklanmaydigan uglevodorod resurslaridan ratsional foydalanish, hamda iqtisodiyot sohalari va aholini yoqilg'i-energetik resurslari bilan barqaror ta'minlash, tugab borayotgan energiya resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning 2015 yil 5 maydagi PP-2343-sonli, hozirgi Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017-yildagi PP-3012-sonli, PP-3238-sonli va PP-3374-sonli qarorlarida energiyani tejash bu dolzarb masala etib belgilangan.

2012-2013 yillarda "Davarxitektqurilish" tarkibidagi "Qurilishda standartlashtirish va sertifikatsiyalash Respublika markazi"da energiya samaradorligi bo'yicha binolarni sertifikatsiyalash tizimini ishlab chiqdi, u ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida energiya samaradorligini oshirishning amaldagi qurolidir. Tizim energiya iste'moli bo'yicha asosiy nizomlar, tartiblar, qoidalar, sertifikatsiyalash jarayonlari va uslublari, pasportlash, energoaudit, binolarning kategoriyalari, hamda texnik holatini o'rganish qoidalarini o'rnatadi. Lekin amalda bu tizim ishga tushirilganicha yo'q. Bu tizimni amalga tushirish hozirgi kun talabi va dolzarb yo'nalishlardan biri hisoblanadi [8,9,10,11].

Binolarda energiya iste'moliga talabning keskin ortishi quyidagilar bilan izohlanadi:

— aholi daromadlarining oshishi natijasida konditsionerlar, orgtexnikalar, kir yuvish mashinalari, muzlatgichlar va boshqa maishiy texnikalarga bo'lgan talabning ortishi;

— aholi sonining yuqori sur'atlar bilan o'sishi, uy xo'jaliklari modellari va hajmlarining o'zgarishi (oiladagi kishilar sonining kamayishi, mononuklear va polinuklear oilalar) hamda mos ravishda uy-joyga bo'lgan talabning ortishi;

— yashash va foydalanish uchun qulayliklar darajasi yuqori bo'lgan fuqaro va jamoat binolari ulushining ortib borishi;

— ta'lim, meditsina, sport, savdo va ko'ngil ochish va maishiy muassasalar xizmatlariga bo'lgan talabning yanada yuqori sur'atlar bilan o'sishi;

— hozirgi paytda mavjud bo'lgan "yashirin" defitsitni qoplash zarurati.

Yakka tartibdagi uy-joylarda yoqilg'i energiya yuqotilishiga sabab bo'layotgan faktorlarga uy tomlarining 91.7%ida issiqlik izolyatsiyasi mavjud emasligi, issitish qozonlarining 94%i avtomat boshqaruvga ega emasligi, 34.9% uylarda qo'l bola issitish qozonlari o'rnatilganligi, 66% uylar yog'och romlardan tashkil topganligi, 40% uylarda germetizatsiyalash choralari ko'rilmaganligi asosiy sabablardir. Tijorat binolarida esa, 95.6% shiftlarda issiqlik izolyatsiyasi mavjud emasligi, 43,5%ida nostandart (qo'l bola) isitish qozonlari o'rnatilganligi, isitish qozonlarining 93,4%ida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi mavjud emasligi, 66.7%ida gaz issitish tizimiga qo'shimcha konditsionerlardan va elektr issitgichlaridan foydalanilishi energiyaning ortiqcha sarfiga asosiy sabab hisoblanadi [12,13,14,15].

Binolarda energiya tejash chora-tadbirlarining keng qo'llanishiga to'siq bo'lib, asosan, aholining ongiga o'rnashib qolgan qoidalar va fikrlash, shuningdek, bunday o'zgarish uchun moliyaviy rag'batlantirishning yetarli emasligi xizmat qilmoqda. Energiya tejaydigan uskunalarning qimmatligi asosiy muammo emas. Aholining ongida o'rnashib qolgan hatti-

harakat qoidalari mavjudki, ularga asosan ko'pchilik holatlarda aholi uchun hech qanday harajatlar qilishga olib kelmaydigan biroq tabiiy gaz hajmlarini sezilarli tejashga yordam beradigan chora-tadbirlarni qo'llamaydilar.

Xulosa o'rnida shuni aytib o'tishim joizki yillar o'tib borgan sari an'anaviy energiya manbalari kamayib bormoqda.Bu energiya manbalarini saqlay olishni birdan bir yo'li noan'anaviy energiya manbalariga o'tishdan iborat hisoblanadi.

ADABIYOTLAR

1. "Zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni yanada joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori № PQ-3238 Qabul qilingan sanasi 23.08.2017. Kuchga kirgan sanasi 24.08.2017.

2. Хакимов С., Шаропов Б., Абдуназаров А. Бино ва иншоотларнинг сейсмик мустах,камлиги буйича хорижий давлатлар (россия, япония, хитой, а;ш) меъёрий хужжатлари тах,лили //barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. - 2022. - С. 806-809

3. Sharopov, B., Hakimov, S., Umarov, I., Muxtoraliyeva, M., Dadaxanov, F., & Abdunazarov, A. (2022). Quyosh energiyasidan foydalanib turar joy binolari qurishning istiqboli tomonlari. Journal of new century innovations, 18(1), 135-141.

4. Begyor, S., Isroil, U., Aleksandr, K., Farrukh, D., Mukhtasar, M., Sodiqjon, K., & Akbarjon, A. (2022). MEASURES TO IMPROVE THE ENERGY EFFICIENCY OF MODERN AND RECONSTRUCTED BUILDINGS. Journal of new century innovations, 18(1), 157-161.

5. Khamidov, A., Akhmedov, I., Kholmirzayev, S., Qodirova, F., Nomonova, S., Sharopov, B., & Kazadayev, A. (2022). INVESTIGATION OF THE PROPERTIES OF CONCRETE BASED ON NON-FIRING ALKALINE BINDERS. Science and innovation, 1(A8), 1065-1073.

6. Khamidov, A., Akhmedov, I., Rizayev, B., Kholmirzayev, S., Jalalov, Z., Kazadayev, A., & Sharopov, B. (2022). THERMAL INSULATION MATERIALS BASED ON GYPSUM AND AGRICULTURAL WASTE. Science and innovation, 1(A8), 1074-1080.

7. O'g'Li, S. B. X., & O'g'Li, M. F. R. (2022). Quyosh energiyasidan foydalanib turar joy binolari qurishning istiqboli tomonlari. Механика и технология, (Спецвыпуск 1), 145-149.

8. Шаропов, Б. Х. У., Угли, M. Ф. Р., & Акбаралиев, Х. Х. У. (2022). ^уёш энергиясидан фойдаланиб биноларни энергия самарадорлигини ошириш тадбирлари. Механика и технология, 2(7), 186-191.

9. Абдуназаров, А., Хакимов, С., Умаров, И., Мухторалиева, М., Дедаханов, Ф., & Шаропов, Б. (2022). МЕРОПРИЯТИЯ ПО ПОВЫШЕНИЮ ЭНЕРГОЭФФЕКТИВНОСТИ СОВРЕМЕННЫХ И РЕКОНСТРУИРУЕМЫХ ЗДАНИЙ. Journal of new century innovations, 18(1), 130-134.

10. Dadakhanov, F., Sharopov, B., Umarov, I., Mukhtoraliyeva, M., Hakimov, S., Abdunazarov, A., & Kazadayev, A. (2022). PROSPECTS OF INNOVATIVE MATERIALS PRODUCTION IN THE BUILDING MATERIALS INDUSTRY. Journal of new century innovations, 18(1), 162-167.

11. Sodiqjon, K., Begyor, S., Aleksandr, K., Farrukh, D., Mukhtasar, M., & Akbarjon, A. (2022). PROSPECTIVE ASPECTS OF USING SOLAR ENERGY. Journal of new century innovations, 18(1), 142-148.

12. Содикжон, К., Бегёр, С., Александр, К., Фаррух, Д., Мухтасар, М., и Акбарджон, А. (2022). ПЕРСПЕКТИВЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ СОЛНЕЧНОЙ ЭНЕРГИИ. Журнал инноваций нового века , 18 (1), 142-148.

13. Khamidov, A., Akhmedov, I., Kholmirzayev, S., Yusupov, S., Kazadayev, A., & Sharopov, B. (2022). APPLICATION OF HEAT-INSULATING COMPOSITE GYPSUM FOR ENERGY EFFICIENT CONSTRUCTIO. Science and innovation, 1(A8), 1058-1064.

14. Хамидов, А. И., Шаропов, Б. X., & Мухтаралиева, М. A. (2022). Исследования золо-шлаковых смесей для производства строительных материалов.

15. Дадаханов Ф., Шаропов Б., Умаров И., Мухторалиева М., Хакимов С., Абдуназаров А. и Казадаев А. (2022). ПЕРСПЕКТИВЫ ПРОИЗВОДСТВА ИННОВАЦИОННЫХ МАТЕРИАЛОВ В ПРОМЫШЛЕННОСТИ СТРОИТЕЛЬНЫХ МАТЕРИАЛОВ. Журнал инноваций нового века, 18 (1), 162-167.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.