Научная статья на тему 'FOLGAIZOLNI QO‘LLAGAN HOLATDA BINOLARDAGI ISSIQLIK BALANSINI VA ISSIQLIK YO‘QOLISHINI HISOBLASH'

FOLGAIZOLNI QO‘LLAGAN HOLATDA BINOLARDAGI ISSIQLIK BALANSINI VA ISSIQLIK YO‘QOLISHINI HISOBLASH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
energiya / rekonstruksiya / issiqlik o‘tkazuvchanlik / devor turi / izolyatsion material / penopolistirol / folgaizol / termik qarshilik / devor. / энергетика / реконструкция / теплопроводность / тип стены / утеплительный материал / пенополистирол / фольгаизол / термическое сопротивление / стена.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Sharopov Begyor Xolmatjon O‘g‘li, Mahmudov Faxriddin Rahmonjon O‘g‘li, Xakimov Sodiqjon Rasuljon O‘g‘li

Ushbu maqolada turar joy binolarining energiya tejamkorlik ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Tadqiqot predmeti sifatida falgaizoldan foydalanib energiya tejamkor binolarining tashqi to‘siq konstruktsiyalari va isitish tizimlarining energetik va iqtisodiy samaradorligini baholash qabul qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Calculation of heat balance and heat loss in buildings using falgaizol

В данной статье рассчитаны показатели энергоэффективности жилых зданий. Предметом исследования принята оценка энергетической и экономической эффективности наружных ограждающих конструкций и систем отопления энергоэффективных зданий с применением фальгаизола.

Текст научной работы на тему «FOLGAIZOLNI QO‘LLAGAN HOLATDA BINOLARDAGI ISSIQLIK BALANSINI VA ISSIQLIK YO‘QOLISHINI HISOBLASH»

TEXNOLOGIYA

UDK 697.9

FOLGAIZOLNI QO'LLAGAN HOLATDA BINOLARDAGI ISSIQLIK BALANSINI VA

ISSIQLIK YO'QOLISHINI HISOBLASH

Sharopov Begyor Xolmatjon o'g'li NamMQI, stajyor-o'qituvchi, [email protected]

Mahmudov Faxriddin Rahmonjon o'g'li NamMQI, stajyor-o'qituvchi, [email protected]

Xakimov Sodiqjon Rasuljon o'g'li NamMQI, stajyor-o'qituvchi, [email protected]

Annotatsiya. Ushbu maqolada turar joy binolarining energiya tejamkorlik ko'rsatkichlari hisoblanadi. Tadqiqot predmeti sifatida falgaizoldan foydalanib energiya tejamkor binolarining tashqi to'siq konstruktsiyalari va isitish tizimlarining energetik va iqtisodiy samaradorligini baholash qabul qilingan.

Аннотация. В данной статье рассчитаны показатели энергоэффективности жилых зданий. Предметом исследования принята оценка энергетической и экономической эффективности наружных ограждающих конструкций и систем отопления энергоэффективных зданий с применением фальгаизола.

Abstract. This article considers the energy efficiency indicators of residential buildings. The subject of the study is the assessment of the energy and economic efficiency of external barrier structures and heating systems of energy-efficient buildings using foil insulation.

Keywords: energy, reconstruction, thermal conductivity, wall type, insulating material, polystyrene foam, foil insulation, thermal resistance, wall.

Kalit so'zlar: energiya, rekonstruksiya,issiqlik o'tkazuvchanlik,devor turi, izolyatsion material, penopolistirol, folgaizol,termik qarshilik,devor.

Ключевые слова: энергетика, реконструкция, теплопроводность, тип стены, утеплительный материал, пенополистирол, фольгаизол, термическое сопротивление, стена.

Bugungi kunda dunyoda energiya va resurslarni tejashning roli juda katta bo'lib, energiya samaradorligi va energiyani tejash eng ustuvor vazifalar qatoriga kiradi. Bunday vaziyatda energiya samaradorligini oshirishning roli ortib boradi, chunki samaradorlikni oshirish tadbirlari yangi energiya manbaalarini qidirishdan bir necha barobar arzonroqqa tushadi.[1]

Tom yopma konstruktsiyasining issiqlik uzatishga qarshilik koeffitsientini aniqlash. Bino yuqori qavatdagi tom orayopmasi uch qatlamli bo'lib:birinchi qatlami plita qoplamasi bo'lib u 0,22 m qalinlikda va uning issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsienti X = 1,92; ikkinchi qatlami keramzit beton qoplamasi bo'lib u 0,10 m qalinlikda va uning issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsienti X = 0,21; uchinchi qatlami stayashka beton qoplamasi bo'lib u 0,06 m qalinlikda va uning issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsienti X = 0,76; [2,3,4] to'rtinchi qatlami xonaning ichki qismidan plitaga yopishtiriladigan folgaizol izolyatsiya qoplamasi bo'lib uning 0,01 m qalinlikdagisidan foydalanilsa uning issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsienti X = 0,031; ga teng b o'ladi.

Biz falgaizoldan foydalanib devorlardan yo'qoladigan issiqlik balansini hisoblab ko'raylik. Falgaizolni zamonaviy qurilish materiali sifatida va bir vaqtning o'zida issiqdan va sovuqdan himoyalovchi material sifatida ham foydalanishimiz mumkin bo'ladi.

Uzunligi-10 m, eni-1 m, qalinligi-5 mm dan 10 mm gacha

Folgaizolning afzalliklari:

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son

TEXNOLOGIYA

• Oz issiqlik o'tkazuvchanlik - 45 mm mineralvatani o'rnini bosadi

• Juda oz suv shimuvchanlik - 0.1% dan ko'p emas

• Uzoq ishlash muddati - 80 yildan kam emas

• Chegaraviy ishlash xarorati - (-75 oC) dan (+75 oC) gacha

• Ekologik sofligi - zararli moddalarsiz va ularni ajratib ham chiqarmaydi

• Biologik ta' sirlarga chidamli va mikroorganizmlarga bardoshli.

1-rasm. Folgaizol

Yuqoridagi ma'lumotlardan kelib chiqib bu izolyatsion materialdan binoimizni ng xona ichidagi shift qismiga yopishtiriladi maxsus kley yordamida yopishtirib chiqiladi. Yopishtirilgach ustidan gipsokarton bilan montaj ishlari va pardoz ishlari amalga oshiriladi. Bu materialni shift qismida qo'llayotganimizga sabab uning boshqa izolyatsion materiallarga qaraganda siqilishga mustaxkamligi past va shiftda o'z vazifasini yaxshi bajaradi.[5,6,7] Folgaizol ustidandan 0,0125 m qalinlikdagi gipsokarton bilan qoplangan b o'lib, uning issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsienti X = 0,35.Yuqoridagi ma'lumotlarga asosan tom orayopmasining issiqlik uzatishga qarshilik koeffitsienti quyidagicha:

Tashqi eshik va derazalar uchun issiqlik uzatishga qarshilik koeffitsientini aniqlash:

Tashqi eshik va derazalar uchun issiqlik o'tkazishga qarshilik koeffitsienti jadvaldan olinadi va quyidagicha:

= (m2 *oC/Vt)

Grunt bilan tutashgan yer to'la poli uchun issiqlik uzatishga qarshilik koeffitsientini aniqlash:Tashqi devorlarga parallel, zonalar bo'yicha 2 m kenglikda issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsienti X > 1,2 Vt/(m2 °C) bo'lgan, yer sathidan pastda joylashgan, yerga bevosita qo'yilgan isitilmagan pollar va devorlar uchun Rc,

m2 °C/Vt, quyidagilarga teng deb qabul qilinadi:[9,10,11]

I zona uchun - 2,1;

II zona uchun - 4,3;

III zona uchun - 8,5;

IV zona uchun - 14,2 (polning qolgan maydonlari uchun);

b) yer sathidan pastda joylashgan, ô, m, qalinlikka ega qavatlarni isituvchi, issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsienti Xh < 1,2 Vt/(m2, °C) bo'lgan, yerga bevosita quyilgan isitilgan pollar uchun Rh, m2°C/Vt, quyidagi formuladan aniqlab, qabul qilinadi:

I zona uchun:

Rh = Rc + 5/ Xh = 2,1+(0,1/0,038)+(0,02/0,2)=4,83

II zona uchun:

Rh = Rc + 5/ Xh = 3,8+(0,1/0,032)+(0,02/0,2)=7,02

III zona uchun:

Rh = Rc + 5/ Xh = 8,5+(0,1/0,032)+(0,02/0,2)=11,73

IV zona uchun:

Rh = Rc + 5/ Xh = 14,2+(0,1/0,032)+(0,02/0,2)=17,43

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son

TEXNOLOGIYA

Devor zonasi uchun:

Rh = Rc + 0/ Xh = 2,1+(0,1/0,032)=5,23

Binodan yo'qotilayotgan issiqlik sarfini aniqlash:

Binoning tashqi devorlari orqali yo'qotilayotgan issiqlik quyidagicha aniqlandi:

Q = A(tp - text) (1+Sß) n/R = 3537,53 Vt Binoning tashqi eshik va derazalari orqali yo'qotilayotgan issiqlik quyidagicha aniqlandi: Q =

A(tp - text) (1+Zß) n/R = 4330,36 Vt

Binoning yuqori qavatidagi tom orayopmasi orqali yo'qotilayotgan issiqlik quyidagicha aniqlandi:

Q = A(tp - text) (1+Zß) n/R = 4084,77 Vt

Binoning yerga bevosita qo'yilgan pollari orqali yo'qotilayotgan issiqlik quyidagicha aniqlandi:

Q= 570,20 [Vt]

Binoning yerga bevosita qo' yilgan yerto' la devorlari orqali yo' qotilayotgan issiqlik quyidagicha aniqlandi:

Q= 792,83 [Vt]

Yerto'laning ventilyatsiya tizimi orqali yo'qotiladigan issiqlik miqdori quyidagicha aniqlandi:

Q'i = 0,28 Ln p c (tp - ti) = 24493,52 [Vt].

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki hozirgi zamonaviy issiqlik izolyatsiya materiallaridan foydalanish binolarni isitishda va binolarning devorlaridan yo'qolayotgan issiqlik oqimlarini ushlab qolishda juda ham samarali hisoblanadi.

ADABIYOTLAR

1."Zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni yanada joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori № PQ-3238 Qabul qilingan sanasi 23.08.2017. Kuchga kirgan sanasi 24.08.2017.

2. "Qurilish materiallarining energiya samaradorligi" S. R. Umarov 2017-yil

3. "Energiya tejash va samaradorlikni oshirish" A. K. Abdurahmonov 2016-yil

4. "Energiya samaradorligi va qurilishda yangi materiallar" A. D. Rakhmatov 2020-yil

5. "Qurilishdagi energiya tejash va materiallar" M. J. Saydaliev 2019-yil

6. Абдуназаров, А., Хакимов, С., Умаров, И., Мухторалиева, М., Дедаханов, Ф., & Шаропов, Б. (2022). Мероприятия по повышению энергоэффективности современных и реконструируемых зданий. Journal of new century innovations, 18(1), 130-134.

7. O'g'Li, S. B. X., & O'g'Li, M. F. R. (2022). Quyosh energiyasidan foydalanib turar joy binolari qurishning istiqboli tomonlari. Механика и технология, (Спецвыпуск 1), 145-149.

8. Шаропов, Б. Х. У., Угли, M. Ф. Р., & Акбаралиев, Х. Х. У. (2022). ^уёш энергиясидан фойдаланиб биноларни энергия самарадорлигини ошириш тадбирлари. Механика и технология, 2(7), 186-191

9. Шаропов, Б. Х. У., Угли, M. Ф. Р., & Акбаралиев, Х. Х. У. (2022). ^уёш энергиясидан фойдаланиб биноларни энергия самарадорлигини ошириш тадбирлари. Механика и технология, 2(7), 186-191.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.