Научная статья на тему 'GLOBAL TAHDIDLARNING O‘ZBEKISTONDA QULAY INVESTITSIYA MUHITINI SHAKLLANTIRISHGA TA’SIRI'

GLOBAL TAHDIDLARNING O‘ZBEKISTONDA QULAY INVESTITSIYA MUHITINI SHAKLLANTIRISHGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
90
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
global tahdid / global iqtisodiy o‘sish / global qo‘shilgan qiymat zanjiri / invstitsiya muhiti / xorijiy investitsiya / transchegaraviy investitsiyalar / investitsion risk. / global threat / global economic growth / global value chain / investment climate / foreign investment / cross-border investment / investment risk.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Salayev, Dilshodbek Sofarbayevich

Maqolada bir nechta global tahdidlarning dunyo mamlakatlari iqtisodiyotga hamda O‘zbekiston iqtisodiyotiga salbiy ta’sirlari, jahonda kuzatilayotgan iqtisodiy va siyosiy noaniqlik davrida O‘zbekiston barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, iqtisodiyotiga katta miqdorda milliy va xorijiy investitsiyalar kiritish masalalari, mamalakatda investitsiya muhiti jozibadorligini oshirishga ta’sir etuvchi tashqi va ichki omillar tahlil etilgan va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EFFECT OF GLOBAL THREATS ON THE CREATION OF A FAVORABLE INVESTMENT ENVIRONMENT IN UZBEKISTAN

The article considers the negative impact of a number of global threats on the world economy and the economy of Uzbekistan, ensuring stable economic growth of Uzbekistan in the period of economic and political uncertainty observed in the world, as well as issues of decision-making. Large volumes of national and foreign investments in the economy, investment environment in our country, external and internal factors affecting the increase of attractiveness have been analysed, and the tasks to be performed to eliminate them have been determined.

Текст научной работы на тему «GLOBAL TAHDIDLARNING O‘ZBEKISTONDA QULAY INVESTITSIYA MUHITINI SHAKLLANTIRISHGA TA’SIRI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

GLOBAL TAHDIDLARNING O'ZBEKISTONDA QULAY INVESTITSIYA MUHITINI SHAKLLANTIRISHGA TA'SIRI

Salayev Dilshodbek Sofarbayevich

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti" kafedrasi mudiri, i.f.f.d. PhD. dilshodbek mf@mail.ru

ANNOTATSIYA

Maqolada bir nechta global tahdidlarning dunyo mamlakatlari iqtisodiyotga hamda O 'zbekiston iqtisodiyotiga salbiy ta 'sirlari, jahonda kuzatilayotgan iqtisodiy va siyosiy noaniqlik davrida O'zbekiston barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash, iqtisodiyotiga katta miqdorda milliy va xorijiy investitsiyalar kiritish masalalari, mamalakatda investitsiya muhiti jozibadorligini oshirishga ta'sir etuvchi tashqi va ichki omillar tahlil etilgan va ularni bartaraf etish bo 'yicha amalga oshirilishi lozim bo 'lgan vazifalar yoritilgan.

Kalit so'zlar: global tahdid, global iqtisodiy o'sish, global qo'shilgan qiymat zanjiri, invstitsiya muhiti, xorijiy investitsiya, transchegaraviy investitsiyalar, investitsion risk.

ABSTRACT

The article considers the negative impact of a number of global threats on the world economy and the economy of Uzbekistan, ensuring stable economic growth of Uzbekistan in the period of economic and political uncertainty observed in the world, as well as issues of decision-making. Large volumes of national and foreign investments in the economy, investment environment in our country, external and internal factors affecting the increase of attractiveness have been analysed, and the tasks to be performed to eliminate them have been determined.

Keywords: global threat, global economic growth, global value chain, investment climate, foreign investment, cross-border investment, investment risk.

АННОТАЦИЯ

В статье рассматривается негативное влияние ряда глобальных угроз на мировую экономику и экономику Узбекистана, обеспечение стабильного экономического роста Узбекистана в период экономической и политической неопределенности, наблюдаемой в мире, а также вопросы принятия решений. Проанализированы большие объемы национальных и иностранных инвестиций в экономику, инвестиционная среда в нашей стране, внешние и внутренние

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

факторы, влияющие на повышение привлекательности, и определены задачи, которые необходимо выполнить для их устранения.

Ключевые слова: глобальная угроза, глобальный экономический рост, глобальная цепочка создания стоимости, инвестиционный климат, иностранные инвестиции, трансграничные инвестиции, инвестиционный риск.

KIRISH

So'nggi yillarda geosiyosiy ziddiyatlar tufayli global qo'shilgan qiymat zanjirining uzilishi xalqaro investitsiyalar oqimiga ham sezilarli darajada o'z salbiy ta'sirini ko'rsatdi. O'z navbatida investitsiyalar oqimining pasayishi ularni moliyalashtirish manbalarining qisqarishi bilan birga jahon iqtisodiyotida beqarorlik va investitsion risklarning birmuncha oshishiga olib keldi. Xalqaro valyuta jamg'armasi tomonidan e'lon qilingan hisobotlarga ko'ra 2022-yilda dunyo mamlakatlari iqtisodiyotlarida ijobiy o'zgarishlar qayd etilgan bo'lsada, yuqoridagi omil tufayli yuzaga kelgan inqirozli vaziyat global iqtisodiy o'sishga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Xalqaro biznes va transchegaraviy investitsiyalar uchun xalqaro muhit murakkabligicha saqlanib qolishiga qaramay, Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasida, jumladan, O'zbekiston, Qirg'iziston va Ozarbayjon davlatlarida iqtisodiy o'sish tendesiyasi saqlanib qolmoqda, biroq mintaqadagi boshqa davlatlar va asosiy savdo hamkor mamlakatlarning aksariyatida iqtisodiy o'sish sur'atlari sekinlashishi kutilmoqda.

Jahonda kuzatilayotgan iqtisodiy va siyosiy noaniqliklarga qaramasdan O'zbekiston barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash maqsadida inson kapitalini rivojlantirish, energiya resurslari bozorini isloh qilish, korxonalarni xususiylashtirish va transformatsiya qilishni jadallashtirish, tabiiy resurslardan, xususan suv resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishda davlat-xususiy sherikligi asosidagi loyihalaridan foydalanishni kengaytirish kabi masalalarni hal qilish vazifasini qo'ygan. Bu esa o'z navbatida mamlakat iqtisodiyotiga yirik miqdorda milliy va xorijiy investitsiyalar kiritishni taqozo etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD

Ma'lumki, investitsiya muhitining shakllanishiga tashqi va ichki omillar ta'sir ko'rsatadi. Bugungi kunda O'zbekistonda shakllanayotgan investitsiya muhiti ham bundan mustasno emas. Shu nuqtai nazardan investitsiya muhiti jozibadorligini oshirishning tashqi va ichki omillarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish bo'yicha

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqish bugungi kundagi dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Bizning fikrimizcha, bugungi kunda investitsiya muhitiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan global tashqi tahdidlar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin (1-rasm): COVID-19, global iqlim o'zgarishlari va shundan kelib chiqqan holda barqaror rivojlanishga e'tiborning kuchayotganligi, geosiyosiy mojarolar va buning natijasida global qo'shilgan qiymat tarkibining o'zgarishi va boshqalar.

1-rasm. O'zbekistonda investitsiya muhitiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan

global tahdidlar

Asosiy ilmiy-nazariy qoidalarni ishlab chiqishda ilmiy abstraktsiya, tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, statistik guruhlash, monografik tadqiqot, taqqoslash kabi ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanilgan.

MUHOKAMA

COVID-19 jahon iqtisodiyotida misli ko'rilmagan tanazzulni keltirib chiqarish bilan birga global investitsiya oqimiga juda katta salbiy ta'sir ko'rsatdi. U, eng avvalo, investorlarda ishonchsizlikni kuchaytirdi hamda 2020- va 2021-yillarda global to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar oqimining uzilishiga olib keldi. Xususan, 2020-yilda global to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar oqimi 35 foizga, jumladan, rivojlangan mamlakatlarda 58 foizga qisqardi [4].

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Pandemiya global qiymat yaratish zanjiri uchun zarur bo'lgan yetkazib berish zanjirida jiddiy uzilishlarni keltirib chiqardi. Albatta, bu uzilishlar turli tarmoqlar uchun turlicha oqibatlarga olib keldi. Pandemiyaning dastlabki bosqichlarida qayta ishlash sanoatining resurstalab va mehnat sig'imi yuqori tarmoqlari (masalan, aerokosmik va avtomobil sanoati, mashina va asbob uskunalar, kimyoviy mahsulotlar va plastmassa sanoati) zarar ko'rdi. Ayni vaqtda farmasevtika, axborot xizmatlari, elektronika va kommunal xizmatlar barqarorligini saqlab turdi. Ammo 2021-yilning 1-kvartaliga kelib koronavirusning to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar oqimiga salbiy ta'siri axborot xizmatlari (bu yerda pasayish 2020-yilga nisbatan 39 foizni tashkil etdi), kommunal xizmatlar (pasayish 38 foiz)da ham namoyon bo'la boshladi[5].

Koronavirus pandemiyasi sababli rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti juda katta pasayishni boshdan kechirdi. 2020-yilning ikkinchi choragida Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik tashkilotiga kiruvchi 37 ta davlatning real YAIM o'tgan yilning shu davriga nisbatan 9,8 foiz yo'qotishga yuz tutdi.

"Katta yettilik" mamlakatlari o'rtasida YAIMning eng ahamiyatli 20,4 foizli qisqarishi Buyuk Britaniyada ro'y berdi. Keyingi o'rinlarda Fransiya - 13,8 foiz, Italiya - 12,4 foiz, Germaniyada - 9,7 foizga qisqardi. Yevropa Ittifoqi iqtisodiyoti umumiy holda 11,7 foizga, AQSH iqtisodiyoti 9,5 foizga pasaydi. 2020-yil yakuniga ko'ra, Yaponiya YAIM hajmi 4,8 foizga qisqardi. Bu 2009-yildagi global moliyaviy inqiroz davridagi qisqarish (5,7%)dan keyingi dastlabki pasayish hisoblanadi[6].

AQSHda ko'plab korxonalarning yopilishi, shuningdek, xodimlarning ommaviy ravishda ishdan bo'shatilishi pandemiya ta'sirida kelib chiquvchi dastlabki salbiy oqibatlardan hisoblanadi. 2020-yilning birinchi choragida AQSHda ishsizlik bo'yicha nafaqa olish uchun bir necha milliondan ortiq ariza tushgan bo'lib, natijada ishsizlik darajasi 2020-yilning martida 15,7%ga, may oyida esa 16,3%ga yetdi[7].

Ayni vaqtda koronavirus pandemiyasi ko'plab mamlakatlar da (asosan rivojlangan mamlakatlarda) muhofazakorlik (proteksionistik) choralarning kuchayishiga olib keldi. Bu esa to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar oqimiga ham o'z ta'sirini ko'rsatdi. Ba'zi mamlakatlarning potensial investorlar uchun ochiqlik darajasi sezilarli darajada pasaydi.

COVID-19 pandemiyasi O'zbekiston iqtisodiyotiga ham jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatdi. 2020-yilning birinchi yarmida O'zbekiston tashqi savdo aylanmasi 15,8 mlrd dollarga teng bo'ldi, bu 2019-yilning shu davriga nisbatan 18,2 foizga kam. Tashqi savdo faolligining pasayishi 2020-yilning birinchi olti oyida Xitoy (20,3 foizga), Koreya Respublikasi (16 foizga), MDH mamlakatlari (20,1 foizga), shu

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

jumladan, Qozog'iston (20,4 foizga) va Rossiya (13,2 foizga) bilan savdo aloqalarining qisqarishi evaziga yuz berdi[2].

Tashqi talab va jahon bozorlarida xomashyo narxlarining pasayishi eksport operatsiyalarining kamayishida o'z aksini topdi. Eksportning kamayishi asosan energiya tashuvchilar, rangli metallar, shuningdek turistik xizmatlar sohasida yuz berdi. Natijada tovarlar eksporti 22,6 foizga qisqardi. 2020-yilning yanvar-iyunida investitsion faollikning keskin pasayishi kuzatildi, 2019-yilning mos davriga nisbatan asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalarning o'sish sur'ati 87,2 % ni tashkil etdi[3].

Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoni bilan pandemiyaning iqtisodiyotga salbiy ta'sirini yumshatish maqsadida qiymati 10 trln. so'mni tashkil etgan Inqirozga qarshi kurashish jamg'armasi tashkil etildi.

Xalqaro moliya institutlarining mablag'larini jalb qilish hisobiga Inqirozga qarshi kurashish jamg'armasini tashkil etish, mablag'larni karantin davrida aholining daromadlardan mahrum bo'lgan qismiga yordam ko'rsatish uchun maxsus jamg'armalarga jamlash pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatishga yordam berdi. Bu chora-tadbirlar 2020-yilning ikkinchi yarmida faollikning tez tiklanishiga yo'l ochdi. Natijada O'zbekiston 2020-yilda umumiy o'sish sur'ati 1,6 foizni tashkil etgan kam sonli davlatlar qatoriga kirdi.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, garchi koronavirus pandemiyasining ta'siri salmoqli darajada pasaygan bo'lsa-da, ko'plab korxonalar o'rtasida buzilgan aloqalar to'lig'icha tiklanmadi. Ayni vaqtda ushbu pandemiyaning takrorlanish xavfi investorlar qarorlariga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Global investitsiyalar oqimi va milliy iqtisodiyotda investitsiya muhitiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan omillardan yana biri global iqlim o'zgarishi bilan bog'liq. Antropogen ta'sir natijasida global darajada iqlim sharoitining o'zgarishi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar hukumatlari oldiga yangi vazifalar qo'ydi. Shu munosabat bilan so'nggi yillarda yirik mamlakatlar rahbarlari iqlim o'zgarishlari oqibatlari bilan kurashishga yo'naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish majburiyatlarini o'z bo'ynilariga oldilar. 2015-yilda iqlim o'zgarishi bilan bog'liq o'sib borayotgan global tahdidlarga kompleks javob qaytarish maqsadida Parij Bitimi qabul qilindi[8]. Yangi kelishuvning asosiy qirralaridan biri rivojlangan davlatlar bilan bir qatorda rivojlanayotgan davlatlar ham tashlanmalar miqdorini kamaytirish majburiyatini olishi belgilab qo'yildi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Kelishuvning asosiy maqsadi issiqxona gazlari tashlanmalarini sezilarni darajada kamaytirib, sayyoramizda global isishni industrial rivojlanish davridagi o'rtacha haroratga nisbatan Selsiy shkalasi bo'yicha 1,5-2 gradus chegarasida ushlab turishga erishishdan iborat. Mutaxassislarning fikrlariga ko'ra, agar bu amalga oshirilmasa, sayyoramiz yildan yilga ko'proq keskin iqlim o'zgarishlariga duchor bo'ladi.

2017-yil 19-aprelida BMTning Nyu-Yorkdagi Bosh qarorgohida O'zbekiston Parij Bitimini imzoladi. Bitimni imzolash uchun BMT Iqlim o'zgarishlari to'g'risidagi Hadli Konvensiyasi kotibiyatiga issiqxona gazlar tashlanmalaridagi milliy miqyosda belgilanadigan hissasini kamaytirish to'g'risida hujjat taqdim etildi. Mazkur bitim 2018-yili 3-oktabrda ratifikatsiya qilindi.

Jahon miqyosda barcha davlat hukumatlari iqtisodiyotning barqarorligini ta'minlash uchun, ayniqsa, investitsiya bitimlari va investorlar majburiyatlari sohasida qo'shimcha chora-tadbirlar qabul qilmoqdalar. Xalqaro investitsiya bitimlari va savdo bitimlariga tobora rivojlanishning barqarorligi, yashil investitsiyalar va ekologik majburiyatlarga tegishli qoidalar kiritilmoqda[9].

Barqarorlik va dekarbonizatsiyaga intilish tanlash mezonlariga o'z ta'sirini ko'rsatar ekan to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar uchun ham imkoniyat, ham qiyinchiliklar yaratadi. Investor manfaati nuqtai nazardan qaraganda yashil iqtisodiyot va ekologiyaga oid qoida va majburiyatlar ularga qo'shimcha xarajatlar hisoblanib, ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlar tannarxi va raqobatbardoshligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ammo investitsiyalarni qabul qilayotgan mamlakat manfaati nuqtai nazaridan ular amalga oshirilishi lozim bo'lgan obyektiv zaruriyatdir.

Ta'kidlash lozimki, so'nggi yillarda "yashil" tarmoqlarga investitsiyalar hajmi o'sib bormoqda. Qayta tiklanadigan energiya manbalari kapital qo'yilmalar bo'yicha asosiy sektor sifatida neft va gaz o'rnini egalllamoqda. Bu holat O'zbekiston uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Yaqin istiqbolda iqtisodiy rivojlanishning keng dasturlarini qo'llab-quvvatlash va iqlim o'zgarishlari oqibatlari bilan kurashish uchun ekologik sof energiya infratuzilmasiga investitsiyalarni salmoqli tarzda oshirish zarurati yuzaga keladi. Mamlakatda keng ko'lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda davlat moliyasiga bosim hajmini hisobga oladigan bo'lsak, xususiy sektor, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etish o'ta muhim ahamiyatga ega bo'ladi.

O'zbekiston ekologik toza energetikaga investitsiyalar oqimini oshirishi uchun ushbu investitsiyalarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan ichki siyosat mexanizmini ishlab chiqishi va amalga oshirishi taqozo etiladi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Ta'kidlash lozimki, respublikamiz hukumati tomonidan bu yo'nalishda qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2019-yil 5-oktyabrda "Iqtisodiyot energiya samaradorligining past darajasi, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanish, texnologiyalar yangilanishining sustligi, "yashil iqtisodiyot"ni rivojlantirish uchun innovatsion yechimlarni joriy etishda kichik biznes ishtirokining yetarli emasligi mamlakatni barqaror rivojlantirish sohasidagi ustuvor milliy maqsadlar va vazifalarga erishishga to'sqinlik qilayotgani", "uzoq muddatli strategiyaning mavjud emasligi "yashil" texnologiyalarni joriy etish va "yashil" iqtisodiyotga o'tish bo'yicha tizimli choralar ko'rishni ta'minlashga imkon bermayotganligi"[1]ni hisobga olib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2019-2030-yillar davrida O'zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o'tish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4477-son qarori qabul qilindi.

Keyinchalik O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-dekabrdagi "2030-yilgacha O'zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o'tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-436-son qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-sentyabrdagi "Yashil" iqtisodiyotga o'tish jarayonini boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 510-son qarori qabul qilindi. Prezident qarorida 2030-yilgacha O'zbekiston Respublikasida "yashil" iqtisodiyotga o'tish va "yashil" o'sishni ta'minlash bo'yicha maqsadli ko'rsatkichlar ishlab chiqilgan bo'lsa, Vazirlar Mahkamasi qarorida uni amalga oshirishning yo'l xaritasi tasdiqlangan.

Shuni ham qayd etish lozimki, O'zbekistonda fotoelektr stansiyasi kabi tiklanadigan energiya manbalarining bazaviy salohiyati yuqori bo'lib, uzluksiz energiyaga bo'lgan ichki ehtiyoj doimiy xarakterga ega. Shu paytgacha tiklanadigan energiya manbalarini ishlab chiqarish va uzatishga investitsiyalarni rag'batlantirishga yo'naltirilgan siyosatning samarali bo'lmaganini ta'kidlash lozim.

NATIJALAR

Ishlab chiqarish sohasida barqaror rivojlanishga qaratilgan qarorlarning asosiy tendensiyalari iqtisodiyoti kuchli tarzda tabiiy resurslarga bog'liq bo'lgan mamlakatlar (O'zbekiston ham shunday mamlakatlar jumlasiga kiradi) uchun tahdid hisoblanadi. Bunday mamlakatlarning iqtisodiyoti tarkibi mohiyatan barqarorlik bilan bog'lanmagan, yangi jarayonlarni joriy etish imkoniyati esa cheklangan. O'zbekistonda amaldagi rag'batlantirish tizimi resurslarni tejovchi va qayta ishlashning yuqori texnologiyalaridan foydalanishni rag'batlantirmaydi. Bu tahdid hozirgi kunda O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning murakkab emasligi tufayli yanada chuqurlashadi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Shunga qaramasdan, O'zbekistonda xorijiy investitsiyalarni barqaror rivojlanish yo'nalishlari - muqobil energiya manbalari, dekarbonizatsiya, "yashil iqtisodiyot" va ekologiya talablari hamda majburiyatlariga yo'naltirish tizimini yaratish chora-tadbirlari mavjud bo'lib, ular quyidagilarni o'z ichiga oladi:

- energiya ishlab chiqarishni tartibga soluvchi me'yoriy-huquqiy bazani qayta qo'rib chiqish va takomillashtirish;

- elektr energiyasini sotib olish to'g'risidagi kafolatlangan bitim yoki yuqori samarali ishlab chiqarish texnologiyalaridan foydalanganlik uchun imtiyozlar joriy etish kabi bozor tarkibini belgilab beruvchi maxsus dastaklarni joriy qilish.

O'zbekistonda investitsiya muhitiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan global tahdidlardan yana biri - geosiyosiy, xususan, Rossiya va Ukraina o'rtasidagi mojarolar hisoblanadi. Bu mojaro O'zbekiston investitsiya muhitiga ikki jihatdan ta'sir ko'rsatadi. Birinchidan, ushbu mojaro tufayli oziq-ovqat va yoqilg'iga bo'lgan narxning oshishi inflyatsiyaning jadallashuviga olib keladi. Bu esa o'z navbatida global noaniqlik sharoitida global investitsiyalar uchun keng miqyosli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Yuqori noaniqlik va beqarorlik sharoitida odatda boyliklarning xavfsiz hududlarga ko'chishi yuz beradi va bu holat investitsiyalarning mintaqa mamlakatlar bo'yicha qayta taqsimlanishiga olib keladi. Shuningdek, UNCTAD ta'kidlaganidek, yoqilg'i resurslariga bo'lgan narxning oshishi investitsiyalarning qazib olish sanoatiga qaytishiga olib kelishi mumkin. Bu esa nafaqat mojaro ishtirokchilari bo'lgan mamlakatlarda, balki boshqa mamlakatlarda ham yangi loyihalarga investitsiyalardan voz kechish xatarini keltirib chiqaradi[10].

Ikkinchidan, mojaro ishtirokchisi hisoblangan Rossiya Federatsiyasi O'zbekistonning eng yirik savdo va investitsiya hamkorlaridan hisoblanadi. Shu sababli bu mamlakatda yuz berayotgan o'zgarishlar O'zbekistonga ham ta'sir ko'rsatishi tabiiy. Mutaxassislar fikricha, yaqin kelajakda O'zbekistonda investitsiyalarning o'sishi uning Rossiya kapitali importi hamda davlat va xususiy investitsiya loyihalarining Rossiya banklari tomonidan moliyalashtirilishiga kuchli bog'liqligi tufayli sekinlashadi. Garchi mojaro davrida Rossiya investitsiyalaring o'sishi kutilayotgan bo'lsa-da, mojarodan so'ng Rossiyadan O'zbekistonga investitsiyalar hajmi qisqaradi[11].

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4(02), Feb., 2024

_SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7_www.oriens.uz

1-jadval

2023-2024-yillarda Xalqaro valyuta jamg'armasi va Jahon bankining mintaqadagi va asosiy savdo hamkor davlatlar uchun iqtisodiy o'sish prognozlari, foizda[12]

2023 2024 2023 2024

Jahon iqtisodiyoti 3,0 2,9 2,5 2,1

Rossiya 2,2 1,1 1,6 1,3

Xitoy 5,0 4,2 5,1 4,6

Turkiya 4,0 3,0 4,2 3,1

Qozog'iston 4,6 4,2 4,5 4,3

Qirg'iziston 3,4 4,3 3,5 4,0

Tojikiston 6,5 5,0 6,5 5,0

Ozarbayjon 2,5 2,5 1,5 2,4

Gruziya 6,2 4,8 5,9 4,8

Yana shuni qayd etish lozimki, geosiyosiy mojarolar natijasida jahon iqtisodiyotida yuzaga kelgan yuqori global inflyatsiya sharoitida Xalqaro valyuta jamg'armasining 2023-yil oktyabr oyi hisobotiga ko'ra, qat'iy monetär siyosatning davom ettirilishi, shuningdek, bir qator mamlakatlarda davlat qarzi yukini qisqartirish maqsadida fiskal konsolidatsiyalashuvni amalga oshirishi natijasida keyingi yilda iqtisodiy o'sish sur'atlari sekinlashishi kutilmoqda. Xususan, mazkur hisobotga ko'ra 2023-yilda jahon iqtisodiyoti 3,0 foizdan, 2024-yilda 2,9 foizga, rivojlangan davlatlar iqtisodiyoti esa mos ravishda 1,5 foizdan, 1,4 foizga sekinlashadi.

XULOSA

Rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotida joriy yildagi 4 foizlik iqtisodiy o'sish sura'ti saqlanib qolinayotgan bo'lsada, mamlakatimizning asosiy savdo hamkorlari jumladan, Rossiya iqtisodiyoti 2023-yilda 2,2 foizdan 2024-yilda 1,1 foizga, Xitoy 5,0 foizdan 4,2 foizga, Turkiya iqtisodiyoti 4,0 foizdan 3,0 foizga hamda Qozog'iston 4,6 foizdan 4,2 foizga sekinlashishi prognoz qilinmoqda. Bunday pasayish mamlakatimiz investitsiya muhitiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Shunday qilib, mamlakatlarning bir-biriga bog'liqligi yuqori bo'lgan globallashuv sharoitida global tendensiyalar O'zbekistonning investitsiya muhitiga u yoki bu yo'nalishda ta'sir ko'rsatadi. Bunday o'zgarishlarga imkon qadar samarali moslashish mamlakat hukumati tomonidan puxta ishlab chiqilgan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqishni talab etadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-oktabrdagi "2019-2030-yillar davrida O'zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o'tish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4477-son qarori /https://lex.uz/docs/4539502

2. O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati 2020 yil yanvar-iyun.T.: 2020. - Б.188-190.

3. O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati 2020 yil yanvar-iyun.T.: 2020. - Б.192.: Б.110

4. World Investment Report 2021. Investing in sustainable recovery. United Nations Geneva, 2021. - P.12.

5. «Рекомендации для национальной стратегии по прямым иностранным инвестициям с дорожной картой для Узбекистана: новые источники роста». Всемирный банк, Округ Колумбия, 2022. - С.29-30.

6. Японская экономика в 2020 году испытала сильнейший с 2009 года спад. -https://www.kommersant.ru/doc/4692192

7. Дробот Е.В. Влияние пандемии COVID-19 на рынок труда США // Экономика труда. - 2020. - Том 7. - № 7. - С. 577-588.

8. https://unfccc.int/sites/default/files/russian_paris_agreement.pdf

9. ОЭСР (2021). Будущее инвестиционных договоров - потенциальные направления. 6-я ежегодная конференция по инвестиционным договорам, март 2021 г

10. ЮНКТАД. 2022. Влияние войны в Украине на торговлю и развитие. экспресс-оценка ЮНКТАД. 16 марта 2022 г. https://unctad.org/system/files/official-document/osginf2022d1_en.pdf

11. Экономический бюллетень Всемирного банка по региону Европы и Центральной Азии, весна 2022.

12. Перспективы развития мировой экономики Международный Валютный Фонд / Адаптация к расхождениям в мировой экономике. Международный валютный фонд Октябрь 2023. - С.25. (https://www.imf.org/ru/Publications/WE0/Issues/2023/10/10/world-economic-outlook-october-2023) ва https://www.worldbank.org/ru/about/annual-report ma'lumotlari asosida tuzilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.