Научная статья на тему 'OʻZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING JAHON TAJRIBASI MUAMMO VA ISTIQBOLLAR'

OʻZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING JAHON TAJRIBASI MUAMMO VA ISTIQBOLLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
3384
366
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Covid-19 / pandemiya / turizm / jahon / Oʻzbekiston. / Covid-19 / пандемия / туризм / мир / Узбекистан.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — T.N. Shovdirov

Ushbu maqolada Covid-19 pandemiyasi davrida jahon turizm bozorida yuzaga kelgan muammolar haqida fikr – mulohazalar yuritilib iqtisodiy statistik maʼlumotlar tahlil qilingan hamda Oʻzbekistonda turizm rivojlanishining jahon tajribasiga oid fikr-mulohazalar yuritilgan boʻlib ushbu fikrlar asosida qisqacha takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

МИРОВОЙ ОПЫТ РАЗВИТИЯ ТУРИЗМА В УЗБЕКИСТАНЕ: ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ

В данной статье анализируется экономическая статистика мирового туристического рынка в период пандемии Covid-19, анализируется экономический опыт и мировой опыт развития туризма в Узбекистане, и на основе этих взглядов даются краткие рекомендации.

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING JAHON TAJRIBASI MUAMMO VA ISTIQBOLLAR»

Builders of The Future SJIF-2022-5.752

BUILDERS OF THE FUTURE

journal homepage:

https://kelajakbunyodkori.uz/

WORLD EXPERIENCE IN TOURISM DEVELOPMENT IN UZBEKISTAN PROBLEMS

AND PROSPECTS

T.N. Shovdirov

Lecturer

Tashkent State University of Oriental Studies Tashkent, Uzbekistan

_ABOUT ARTICLE_

Key words: Covid-19, pandemic, Abstract: This article analyzes the economic tourism, world, Uzbekistan. statistics of the world tourism market during the

Covid-19 pandemic, analyzes the economic experience and the world experience of tourism Received: 02.06.22 development in Uzbekistan, and makes brief Accepted: 04.06.22 recommendations based on these views. Published: 06.06.22_

O'ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING JAHON TAJRIBASI MUAMMO

VA ISTIQBOLLAR

T.N. Shovdirov

O'qituvchi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Toshkent, O'zbekiston

_MAQOLA HAQIDA_

Kalit so'zlar: Covid-19, pandemiya, Annotatsiya: Ushbu maqolada Covid-19 turizm, jahon, O'zbekiston. pandemiyasi davrida jahon turizm bozorida

yuzaga kelgan muammolar haqida fikr -mulohazalar yuritilib iqtisodiy statistik ma'lumotlar tahlil qilingan hamda O'zbekistonda turizm rivojlanishining jahon tajribasiga oid fikr-mulohazalar yuritilgan bo'lib ushbu fikrlar _asosida qisqacha takliflar berilgan._

МИРОВОЙ ОПЫТ РАЗВИТИЯ ТУРИЗМА В УЗБЕКИСТАНЕ: ПРОБЛЕМЫ И

ПЕРСПЕКТИВЫ

Т.Н. Шовдиров

преподавател ь

Ташкентский государственный университет востоковедения Ташкент, Узбекистан

_О СТАТЬЕ_

Ключевые слова: Covid-19, пандемия, Аннотация: В данной статье туризм, мир, Узбекистан. анализируется экономическая статистика

мирового туристического рынка в период пандемии Covid-19, анализируется экономический опыт и мировой опыт развития туризма в Узбекистане, и на основе этих _взглядов даются краткие рекомендации._

KIRISH

Ma'lumki turizm sohasi mamlakat iqtisodiyotiga eng tez daromad keltiruvchi tarmoqlardan biri hisoblanadi, shu boisdan ham hozirda ko'plab mamlakatlar milliy iqtisodiyoti tarkibida turizmdan keladigan daromadlarni oshirishga harakat qilmoqda. 2019 yilda boshlangan koronavirus infeksiyasi va 2020 yil boshlarida e'lon Covid-19 pandemiyasi jahon turizm sanoatiga jiddiy ta'sir o'tkazdi. Bu pandemiya davrida tabiiyki birinchi bo'lib turizm sohasi jiddiy yo'qotishlarga uchradi. Hozirda turizmning turli shakllari mavjud bo'lib eng tez rivojlanayotgan turizm sohasi bu dam olish turizmi hisoblanadi. Ko'plab mamlakatlar qulay geografik hududda joylashgan bo'lsa-da, lekin dam olish turizmining rivojlanishi sekin kechmoqda. Buning bir qator sabablari mavjud eng avvalo ushbu sohaga tikiladigan investitsiya, qulay geografik hudud, sayohat qilishning qulaylik darajasi, infratuzilma va kadrlar muammosi mamlakatlarda turizm rivojlanishiga u yoki bu ma'noda ta'sir o'tkazadi.

ASOSIY QISM

Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, Pandemiya sharoitida mamlakatlar turizm sohasidan jiddiy zarar ko'rdi agar, jahon bo'yicha turistlar tashrifi sonining o'zgarishini tahlil qiladigan bo'lsak, pandemiyadan oldingi yillarda uning doimiy tarzda o'sish tendensiyasiga ega bo'lganligini kuzatish mumkin. Agar 1995-yilda jahon bo'yicha turistik tashriflar soni 536 mln kishini tashkil etgan bo'lsa, 2014-yilga kelib bu ko'rsatkich 1135 mln. kishiga yetgan bo'lib, 2019 yilda bu ko'rsatgich 1460 million kishi u yoki bu mamlakatga sayohat qilgan, ya'ni bu oldingi yillarga nisbatan o'sish tendensiyasiga ega. Hozirda mutaxassislar turizm va ishchi kuchi migratsiyasini alohida hisoblashga harakat qilmoqda sababi ayrim mamlakatlarda statistik ma'lumotlar uzatishda turistlar tashrifiga ishchi kuchi migrantlarining sonini birgalikda hisoblayotganini ham kuzatishimiz mumkin bu esa mamlakatlar iqtisodiyotiga turizmdan kelayotgan daromadlarni aniq hisoblash imkonini bermaydi. Masalan 2019 yil turizm bozorida yuqori o'sish yili bo'ldi, ammo xalqaro ishchilar soni 2017 (+ 7%)

va 2018 (+ 6%) da qayd etilgan istisno darajadan pastroqqa o'sdi, sababi bu migrantlarga bo'lgan turli cheklovlar bilan bog'liq.

Jahon turizm bozoridagi iqtisodiy vaziyatga baho beradigan bo'lsak, 2019 yil quyidagi tendensiyalar yuzaga keldi.

- Turli mintaqalardagi rivojlangan mamlakatlarga sayohat qilish talab biroz zaiflashdi sababi turistlar rivojlangan megapolislarga sayohat qilishdan ko'ra tabiat infratuzilmasiga ko'proq intilmoqda.

- Brexit atrofidagi noaniqlik, geosiyosiy va savdo munosabatlar va global iqtisodiy pasayish turizm bozori o'sishiga o'z ta'sirini o'tkazdi.

- Yevropa turizm bozori pasayishi va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida turizm bozorining o'sishi yuzaga keldi (+ 8%), 2019 yilda ushbu mintaqalarga turistlarning kelishi oshib bordi, va Yevropa oldingi yillarga nisbatan past o'sishga erishdi (+4%) bu esa jahon turizm bozoriga o'z ta'sirini ko'rsatdi.

Основной Основной Основной Основной Основной Основной Основной Основной

4 H lllli.........

й

* уV*

1-rasm. 2019 yilda dunyo bo'yicha turistlar tashrifidan eng ko'p daromad ko'rgan mamlakatlar tarkibi. ( mlrd AQSh dollarida).

Fransiya xalqaro turistik xarajatlarning dunyodagi eng yaxshi o'nta bozorlar orasida eng kuchli o'sishga erishganligini ko'rishimiz mumkin, (+ 11%), Amerika Qo'shma Shtatlari esa mutlaq o'sishda (+ 8 mlrd. AQSh dollari) o'sishga erishgan. 1-rasm ma'lumotlarida ko'rib turganimizdek, 2019 yilda ko'plab mamlakatlar turizmdan yuqori miqdorda foyda olgan bo'lsa, 2020 yilga kelib bu tendensiyaga butunlay pasayib ketganligini keyingi raqamlarda kuzatishimiz mumkin.

Jahon turizm sanoati 2020 yilning birinchi chorakligidayoq 22 foizga tushib ketdi, keyin bu ko'rsatgich yil o'rtalariga kelib 57 foizga pasayib dunyo bo'yicha jami 67 million kishining ishsiz qolishiga olib keldi. Bu iqtisodiyotga xalqaro turizm eksportidan tushadigan daromadlarning taxminan 80 milliard AQSh dollariga teng zarar keltirganligini aytishimiz mumkin. Mintaqalar miqyosida qaraydigan bo'lsak, Osiyo tinch okeani mintaqasi COVID-19 pandemiyasidan eng ko'p zarar ko'rgan mintaqa sifatida baholandi, mintaqaning turizmdan ko'rgan zarari 35 foizga pasaydi.

Mintaqalar doirasida, 2020 yil 1-choragida eng katta pasayish Yevropada -19 foiz, Amerika qit'asida -15 foiz, va Yaqin Sharqda -11 foizni tashkil qildi. Bunday pasayish keyingi yillarda, pandemiya davri davom etadigan taqdirda, yanada tushib borishi kutilmoqda, keyingi davrlarda bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga turist sifatida tashrif buyuruvchi kishilar soni 850 million kishidan, 1,1 milliard kishiga qadar yetishi kutilmoqda. Bu esa iqtisodiyotga 860 milliard AQSh dollaridan 1,2 trillion AQSh dollarigacha bo'lgan eksport daromadlari tarixiy seriyadagi eng katta pasayish bo'lishi mumkin.

Pandemiya davri ko'rsatdiki, mamlakatlarda turizmni rivojlantirish mamlakatlarning o'z ichki imkoniyatlariga tegishli bo'lmagan taqdirda inqirozlarga yuz tutdi, O'zbekistonda ham turizm sohasiga keyingi yillarda davlat darajasida jiddiy e'tibor qaratmoqda. Turizm sohasining o'ziga xosligi shundaki, uning mamlakat iqtisodiyotiga ta'siri turistlar talabi va iste'molidan kelib chiqadi. Bizga ma'lumki, turistga tovar va xizmatlar yetkazib berilmaydi, balki turist-iste'molchining o'zi xizmatlar ishlab chiqariladigan va iste'mol qilinadigan joyga yetib keladi. Xizmatlar uchun pul to'lab, turist biron-bir joyga tashrif buyurishdan taassurot olishni xohlaydi, shuning uchun tashrif buyuradigan mamlakatlar tarixiy, ma'daniy, arxitektura, etnografik va boshqa resurslarga ega bo'lishi kerak.

Bizning mamlakatimiz esa ana shunday o'zining boy tarixiy-madaniy merosi, noyob moddiy va nomoddiy madaniy qadriyatlari, me'moriy obidalari bilan jahonda alohida mavqega ega. O'zbekistonda turizm sohasi rivojlanishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar mavjud. Ushbu soha yangi ish o'rinlarini yaratish, aholi farovonligini oshirish, valyuta va soliq tushumlari ko'payishida muhim ahamiyatga ega.

Bugungi kunda mamlakatimizda, turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirishga olib keladigan o'rta muddatli istiqbolda O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasiga asosan, shuningdek, 2017-2021-yillarda Konsepsiyani amalga oshirishga doir aniq chora-tadbirlar Dasturini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Mazkur vazifaning amalga oshirilishi turizm sohasining tezkor rivojlanishi, uning iqtisodiyotdagi ulushining ortishi, turistik xizmatlar sifatining oshishiga olib keladi.

Turizm korxonalar faoliyatida iqtisodiy erkinlikning ta'minlanishi erkin raqobat muhitini shakllantiradi. Bu uchun esa turistik korxonalarda davlat buyurtmasi, uni boshqarishda va nazorat qilishda davlatning aralashuvi kamroq bo'lishi lozim. Bu borada juda ko'p ishlar qilinmoqda. Juda ko'p tadbirlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar, tadbirkorlik subyektlari faoliyatining erkinligini kafolatlovchi bir qancha qonunlar qabul qilindi.

Ushbu qonuniy va normativ hujjatlarning hammasi mamlakatimizda raqobat muhitini yaratishga qaratilganligi tufayli barcha sohalar singari turizm sohasida ham erkin raqobat muhiti

yaratiladi, bu bir qancha muhim qonuniyatlarni amalga oshiradi va tartibga soladi. Bular jumlasiga turistik infratuzilmaning yaratilishi, ularning hududlar bo'yicha turistlar tashrifining tashkil qilinishi, ishlab chiqarish va sotish o'rtasidagi mutanosiblikni nazorat qilishi kabilarni kiritish mumkin.

Mamlakatimizda 2017-yildan to 2019-yilga qadar turizm sohasidan olingan daromad - ushbu xizmatlar eksporti hajmi hamda ularning mamlakat YaIMdagi ulushi 2,5 barobar oshdi. 2019-yilda turizm xizmatlari eksporti umumiy hajmining YaIMga nisbati 2,3 foizni tashkil qildi. O'zbekistonda turizm sohasining so'nggi bir necha yil davomida jadal rivojlanishi, undan tushadigan daromadning umumiy hajmi bir necha milliard dollarga yetishi mumkin edi. Biroq, boshqa mamlakatlarda bo'lgani kabi, joriy yil boshida dunyo bo'ylab tarqala boshlagan koronavirus pandemiyasi ushbu rejalarni chetga surib qo'ydi. Jahondagi barcha mamlakatlar turizmida boshlangan inqiroz O'zbekistonni ham chetlab o'tmadi. 2019-yilda turistik xizmatlar eksporti hajmi 1,3-1,4 milliard dollarni tashkil qilgan edi (Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra — $1,3 mlrd., Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra — $1,4 mlrd.). 2020-yilning 1-yarim yilligida esa turistik xizmatlar eksportidan tushgan daromad jami 203,5 million AQSh dollariga yetdi. Ushbu daromadning 99,5 foizi ($202,4 mln.) 2020-yilning 1-choragiga to'g'ri keladi, 2-chorakda bu ko'rsatkich atigi 1,1 million dollarga teng bo'ldi.

So'nggi uch yilda mamlakatimizga keluvchi xorijlik sayyohlar soni 4 barobar oshdi. Shu uch yilda turizmni rivojlantirishga qaratilgan o'nlab hukumat hujjatlari qabul qilindi. Ular tarkibiga -Turizm to'g'risidagi yangi qonun, 2019 — 2025-yillarda O'zbekistonda turizmni rivojlantirish konsepsiyasi, turizm sohasidagi biznesga turli imtiyoz va preferensiyalar berish, ushbu sohaga investitsiyalar jalb qilish va ularni rag'batlantirish, chet ellik investorlarga turli imtiyozlar taqdim etish kabi chora-tadbirlar kiradi.

2017-yil boshida fuqarolari O'zbekistonga vizasiz kiruvchi mamlakatlar soni 10 tadan oshmas edi. Oradan uch yil o'tib, ushbu ro'yxat deyarli 10 barobar kengaytirildi. Chet elliklarga 5 kungacha mamlakatda mehmon bo'lishga ruxsat beruvchi vizasiz tranzit rejimi joriy etildi. Chet el fuqarolarini hisobga va ro'yxatga olish tartibi ancha soddalashtirilib, elektron vizalarni rasmiylashtirish tartibi qabul qilindi.

2020-yilning yanvar-dekabr oylarida MDH davlatlaridan O'zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari 1420,3 ming kishidan iborat bo'lib, bu jami tashrif buyurganlarning 94,4 % ini tashkil etdi, uzoq xorijiy davlatlardan esa 83,8 ming kishi (yoki 5,6 %) tashrif buyurgan.(1-jadval)

1-jadval

Turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari bo'yicha soni (2020-yil yanvar-dekabr, ming kishi)

Jami Safar maqsadlari

Xizmat yuzasidan O'qish Bo'sh vaqt Qarindoshlarni yo'qlash Davolanish Tijorat

dam olish

Jami 1504,1 17,4 4,7 129,3 1321,4 15,0 16,3

MDH mamlakatlaridan 1420,3 7,2 3,4 87,9 1304,9 15,0 1,9

Boshqa xorijiy davlatlardan 83,8 10,2 10,2 41,4 16,5 0,0 14,4

Manba: Tashkenbayeva Z.U., O'zbekiston Respublikasida turizm sohasining hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalari, "Raqamli iqtisodiyot sharoitida investitsiya faoliyatini rivojlantirishning dolzarb masalalari" - mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasining materiallari to'plami, 5-may 2021-yil. 500-503 betlar "Iqtisod-moliya".

O'zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari sonining tahlilidan ko'rinadiki, 2020-yilning yanvar-dekabr oylarida 2019-yilning shu davriga nisbatan 5244,4 ming nafarga kam chet el fuqarolari tashrif buyurgan. 2020-yil mart oyining oxiri va aprel oyidan boshlab, O'zbekiston hukumati respublika iqtisodiètiga pandemiyaning ta'sirini kamaytirish maqsadida qator chora-tadbirlarni belgiladi. Bunga misol sifatida pandemiyadan zarar ko'rgan iqtisodiyotni tiklash va rag'batlantirish rejalari, korxonalar, tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlashda joriy qilingan imtiyozlarni aytish mumkin. Huquqiy hujjatlarda belgilangan ushbu chora-tadbirlar xizmat ko'rsatish sohasi, shuningdek, turizmga ham taalluqlidir.

May oyining oxirida Prezident Shavkat Mirzièyev — Koronavirus pandemiyasining salbiy ta'sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo'llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlar to'g'risidagi farmonga imzo chekdi. Farmonga muvofiq, sohada faoliyat yurituvchi biznes subyektlariga ko'plab imtièzlar berildi. Foyda solig'ining 50 foiz kamaytirilishi, zararni keyingi davrga ko'chirish huquqi, sayèhlardan olinadigan yig'imni to'xtatib turish, olib kelingan sayèhlar uchun mukofot tariqasida subsidiyalar berish, turoperatorlarning avia va temiryo'l chiptalari uchun xarajatlarini subsidiyalar bilan qoplash, turoperatorlar, turagentlar, shuningdek, mehmonlarga tunash uchun joy beruvchi korxonalar uchun qo'shimcha èrdam choralari shular jumlasidandir. Bundan tashqari, turoperatorlar va mehmonxonalarga xarajatlarni ma'lum darajada qoplash va xodimlarga maosh berib turilishi uchun Turizmni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash jamg'armasidan foizsiz qarzlar ajratilishi ham belgilandi.

Boshqa iqtisodiy sohalardan farqli o'laroq, turizmni tiklash va jonlantirish bevosita turistlar oqimiga, sohadagi xizmatlar eksporti hajmi esa - xorijdan tashrif buyurgan fuqarolar soniga bog'liq.

O'zbekistonda ham turizm milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog'iga aylanishi uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Hozirgi kunda O'zbekistonda milliy turizm modeli rivojlanish bosqichida bo'lib, unda o'zbek xalqining mentaliteti - sharqona mehmondo'stlik va g'arb xizmat standartlarining uyg'unlashuviga erishishga asosiy e'tibor qaratilmoqda. Turizm sohasida yuz berayotgan tub

ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar mazkur sohada bozor munosabatlariga asoslangan turizm modelini shakllantirishga yo'naltirilgan.

Shunga qaramasdan hozirgi kunda mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasi ancha past. Respublikamizda mavjud 8 mingdan ortiq madaniy va tabiiy meros obyektlaridan atigi 5-8 foizidan turistik maqsadlarda foydalaniladi, xolos.

XULOSA

O'zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirish, turistik salohiyatdan oqilona foydalanish mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatining rivojlanishiga, valyuta tushumining o'sishiga, eksport tarkibining takomillashuvi va diversifikatsiyalashuviga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu sohada Saudiya Arabistoni tajribasini umumlashtirish xalqaro turizmni quyidagi yo'nalishlarda rivojlantirish maqsadga muvofiq ekanligini ko'rsatadi:

- turizm sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, xalqaro turistik tashkilotlar bilan aloqalarni yo'lga qo'yish, turizm sohasiga xorijiy investitsiyalar va xalqaro kreditlarni jalb qilish bo'yicha keng chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish;

- yangi mehmonxonalar, kempinglar, turbazalar, otellar, motellar qurish va mavjudlarini ta'mirlash hamda zamonaviylashtirish hisobiga turizmning xalqaro talablarga javob bera oladigan moddiy-texnika bazasi va zamonaviy xalqaro turizm infratuzilmasini barpo etish va ulardan samarali foydalanish;

- aeroportlarda, temiryo'l vokzallarida, avtobus stansiyalarida xalqaro terminallar qurish, ularni ta'mirlash va kengaytirish, shuningdek, barcha turistlarni qabul qilish markazlarida zamonaviy kommunikatsiya tizimlarini barpo etish;

- xalq amaliy san'ati, hunarmandchilik, ustaxonalar, an'anaviy milliy buyumlar, suvenirlar va turistlar tomonidan talab yuqori bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash;

- respublikamizning tabiiy, iqtisodiy va tarixiy salohiyatidan kelib chiqqan holda turizmning turli shakllari — ekskursiya va o'rganish turizmi, arxeologik turizm, rekreatsion turizm, sarguzasht turizmi, ekzotik turizm, ekologik turizm, konferens-turlar, diniy turizm, etnik va nostalgiya turizmini rivojlantirish;

- turizm sohasini axborot bilan ta'minlash va turistik biznesda eng yangi texnologiyalardan foydalanish asosida respublikamizning turistik imkoniyatlari to'g'risidagi ma'lumotlarni internet saytlari orqali xorijiy mamlakatlarga tarqatishdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. World tourism barometer. Volume 18, Issue 2, May 2020.

2. www.e-unwto.org. International Tourism Highlights. 2020 Edition.

3. Tashkenbayeva Z.U., O'zbekiston Respublikasida turizm sohasining hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalari, "Raqamli iqtisodiyot sharoitida investitsiya faoliyatini rivojlantirishning dolzarb masalalari" — mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasining materiallari to'plami, 5-may 2021-yil. 500-503 betlar "Iqtisod-moliya".

4. Хакбердиев, К. К. (2021). СОТРУДНИЧЕСТВО УЗБЕКИСТАНА И КИТАЙСКОЙ НАРОДНОЙ РЕСПУБЛИКИ В ОБЛАСТИ ДОБЫЧИ МИНЕРАЛЬНЫХ РЕСУРСОВ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 1), 713718.

5. Sayfullayev, D. Cultural Diplomacy of Uzbekistan and Shanghai Cooperation Organization in the Framework of the Shanghai Cooperation Organization (SCO).

6. Karimova, N., Sadibekova, B., & Usmonova, S. (2021). The Roads of Central Asia-to the History of Buddhism. TJE-Tematics journal of Education, 6.

7. Odilov, B. A., & Karimov, N. R. (2020). Analysis of Targeted Research in 20-30 Years of the XX Century. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(6), 8887-8893.

8. Karimova, N. E., Sadibekova, B. D., Hasanova, N. N., Sadullayeva, S., & Abdurashidov, N. (2020). Smart management as an innovative way to manage change in the process of globalization. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(6), 12211225.

9. Odilov, B., & Karimov, N. Archaeological Research is an Important Source in the Study of Traditional Economic Activities of the Uzbek People (On the Example of SomeResearchers of the Twentieth Century).

10. Sayfullayev, D. (2022). Cultural Relationship between Uzbekistan and Shanghai Cooperation Organization in the Field of Tourism. International Journal of Social Science Research and Review, 5(5), 367-370.

11. Usmanova, S., & Rikhsiyeva, G. (2017). Intercultural Communication. Tashkent State Institute of Oriental Studies.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.