Научная статья на тему 'XXR VA O’ZBEKISTONNING ENERGETIKA SOHASIDAGI INVESTITSION HAMKORLIGI: MUAMMO VA YUTUQLARI'

XXR VA O’ZBEKISTONNING ENERGETIKA SOHASIDAGI INVESTITSION HAMKORLIGI: MUAMMO VA YUTUQLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
58
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
energiya / energiya xavfsizligi / energetika sohasida milliy strategiya / energiya iste’molchisi / energy / energy security / national energy strategies / energy consumers.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Sadibekova, Bibisara Djapparovna

Bugun deyarli barcha davlatlar uchun energetika xavfsizligi bilan bog’liq muammolarni hal qilish va energetika sohasida milliy strategiyalarni ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi. Xitoy Xalq Respublikasi o’zining bir millarddan ortiq energiya iste’molchisiga ega bo’lgan mamlakat sifatida eng ko’p energiya ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi davlatlardan biridir. XXR energetika sektori rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, unda Xitoy o’zida mavjud an’anaviy energiya resurslaridan oqilona foydalanish, iqtisodiy o’sish va ijtimoiy himoyani ta’minlagan holda (atrof muhitni asrash maqsadida) yangi ekologik toza energiya manbalarini o’rganish va topishga yo’naltirilgan harakatlar strategiyasini tuzishni maqsad qilgan. Ekologik muammoni hal etish yo’lida an’anaviy energiya resurslari iste’molini tartibga solish, kamaytirish ortidan bu turdagi resurslar o’rniga muqobil energiya manbalaridan foydalanib ortib borayotgan iste’mol talabini qondirish muammosi yotadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INVESTMENT COOPERATION BETWEEN THE PRC AND UZBEKISTAN IN THE ENERGY FIELD: PROBLEMS AND ACHIEVEMENTS

Today, it is important for almost all countries to address energy security issues and develop national energy strategies. The People's Republic of China, as a country with over one billion energy consumers, is one of the largest producers and consumers of energy. The development of the PRC's energy sector is characterized by the development of new environmentally friendly energy sources, while ensuring the rational use of China's existing traditional energy resources, economic growth and social protection (in order to protect the environment) actions to explore and search. The solution to the environmental problem is to regulate and reduce the consumption of traditional energy resources, and then meet the growing demand for alternative energy sources through alternative energy sources. Given the above factors, the study of the features of the development of the energy complex of the PRC is relevant.

Текст научной работы на тему «XXR VA O’ZBEKISTONNING ENERGETIKA SOHASIDAGI INVESTITSION HAMKORLIGI: MUAMMO VA YUTUQLARI»

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

XXR VA O'ZBEKISTONNING ENERGETIKA SOHASIDAGI INVESTITSION HAMKORLIGI: MUAMMO VA YUTUQLARI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2023-21-664-674

Sadibekova Bibisara Djapparovna

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

Annotatsiya: Bugun deyarli barcha davlatlar uchun energetika xavfsizligi bilan bog'liq muammolarni hal qilish va energetika sohasida milliy strategiyalarni ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi. Xitoy Xalq Respublikasi o 'zining bir millarddan ortiq energiya iste'molchisiga ega bo'lgan mamlakat sifatida eng ko'p energiya ishlab chiqaruvchi va iste 'mol qiluvchi davlatlardan biridir. XXR energetika sektori rivojlanishining o 'ziga xos xususiyatlari bo 'lib, unda Xitoy o 'zida mavjud an 'anaviy energiya resurslaridan oqilona foydalanish, iqtisodiy o'sish va ijtimoiy himoyani ta'minlagan holda (atrof muhitni asrash maqsadida) yangi ekologik toza energiya manbalarini o 'rganish va topishga yo 'naltirilgan harakatlar strategiyasini tuzishni maqsad qilgan.

Ekologik muammoni hal etish yo 'lida an 'anaviy energiya resurslari iste 'molini tartibga solish, kamaytirish ortidan bu turdagi resurslar o 'rniga muqobil energiya manbalaridan foydalanib ortib borayotgan iste'mol talabini qondirish muammosi yotadi.

Kalit so'zlar: energiya, energiya xavfsizligi, energetika sohasida milliy strategiya, energiya iste 'molchisi

Annotation: Today, it is important for almost all countries to address energy security issues and develop national energy strategies. The People's Republic of China, as a country with over one billion energy consumers, is one of the largest producers and consumers of energy. The development of the PRC's energy sector is characterized by the development of new environmentally friendly energy sources, while ensuring the rational use of China's existing traditional energy resources, economic growth and social protection (in order to protect the environment) actions to explore and search. The solution to the environmental problem is to regulate and reduce the consumption of traditional energy resources, and then meet the growing demand for alternative energy sources through alternative energy sources. Given the above factors, the study of the features of the development of the energy complex of the PRC is relevant.

Key words: energy, energy security, national energy strategies, energy consumers.

Xitoy hukumati neft va gaz georazvedka va qazib olish sohasini raqobatbardosh qilish uchun bu sohaga chet el investitsiyalari va ularning ilg'or va yangi texnik

664

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

bilimlarini jalb qilishni maqsad qilgan. Ilgari energetika xavfsizligi va boshqa proteksionizm siyosati sabab chet el va xususiy investitsiyalarni bu sohaga ko'p ham jalb qilinmas edi. Qolaversa chet el kompaniyalari neft va gaz kompaniyalarning asosiy ulushiga egalik qila olmas edi. Endi esa 43 mln. AQSh dollarlik sof aktivlarga ega xorijiy korxonalar va mahalliy mustaqil kompaniyalar Xitoydagi neft va gaz zaxiralarini izlash va o'zlashtirishda ishtirok etishlari mumkin. Ushbu tashabbus texnik jihatdan qazib olish murakkab bo'lgan zaxiralarda neft olishni ko'paytirish imkonini beradi. CNOOC kompaniyasi ma'lumotiga ko'ra, Xitoyda 2030-yilga kelib 60 mln. tonna xom neft olinishi mumkin. CNOOC 2022-yilda Xitoy dengizlarida Kenli 6-1 10-1 Shimoliy blokda (7100 barrel/kun), Kenli 6-1 5-1, 5-2, 6-1 neft bloklari (36100 barrel/kun), Bozhong 29-6 (15300 barrel/kun), Weizhou 12-8 (4700 barrel/kun), Enping 15-1/10-2/15-2/20-4 (35500 barrel/kun) neft loyihalarini ishga tushirishni reja qilgan.1

Xitoyda oxirgi 10 yilda LNG importi yillik o'rtacha 26,6% ga o'sib bordi. 2020-yilda 94 mlrd. kubometr LNG import qilingan bo'lsa, 2021-yilda Fitch ma'lumotlariga ko'ra 114 mlrd. kubometrga yetgan. Natijada Xitoy Yaponiyani ortda qoldirib LNG - suyultirilgan gazni import qiluvchi eng yirik davlatga aylandi. 2022-yilda ham LNG importi miqdori 124 mlrd. kubometrga yetishi kutilyapti. Xitoyning umumiy tabiiy gazga bo'lgan talabi 2022-yilda 395 milliard kub metrga yetishi kutilmoqda, bu 2021-yilda taxmin qilingan 370 milliard kub metrdan 7% ga ko'p. Xitoyning umumiy gaz iste'moli 2025-yilda 430-450 mlrd kub metrga yetishi prognoz qilingan edi, deyiladi NEA 2021-yilgi tabiiy gazni rivojlantirish hisobotida. Bu esa kelgusi to'rt yil ichida gazga bo'lgan talab bir xonali foizda o'sishini anglatadi (oxirgi 10 yilda har yili o'rtacha 13% ga o'sgan edi).

2019-yil oxirilarida, Xitoyda 99,1 mlrd. kubometr umumiy quvvatga ega bo'lgan 21 ta LNG regasifikatsiya terminallari mavjud edi. Xitoy tezda butun qirg'oq chizig'i bo'ylab turli terminallarni qurmoqda va yana 53,8 mlrd. Kubometr quvvatga ega terminallar qurilmoqda va 2023-yilga kelib ishga tushishi rejalashtirilgan. So'nggi bir necha yil ichida Xitoyning tabiiy gazga bo'lgan talabining ortishi natijasida Xitoyning xususiy neft, energetika kompaniyalari va boshqa kompaniyalar uchun LNG bilan bog'liq sohada ishlash imkoniyatlari ochildi.

2020-Dengiz bo'yidagi hududlarda gaz olish hajmi oshib bormoqda. 2021-yilda dengiz bo'yidagi hududlaridagi yirik gaz obyektlarida gaz olish ishlari boshlab yuborilgan. 2021-yilda Janubiy Xitoy dengizida joylashgan Lingshui 17-2 gaz obyektida eng maksimum miqdorda - 10 mln. kubometr gaz olingan. Agar Lingshui 17-2 obyektidan to'liqligicha foydalanilsa yiliga 3 mlrd. kubometr gaz olish mumkin bo'ladi, bu miqdor esa, Xitoydagi gaz iste'molining 1% tashkil etadi. Lingshui 17-2 obyektida (dengiz tubida) 100 mlrd. kubometr gaz zaxirasi mavjudligi isbotlangan. 2024-yilga kelib ushbu Lingshui obyekti CNOOC kompaniyasi jami yetkazib bergan

1 CNOOC raises 2022 production target, sees oil peak by 2030 | Reuters

665

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

gazning 20% ni tashkil etishi mumkin.2 Lingshui loyihasi unga yaqin joylardagi boshqa dengizdagi gaz zaxiralarini topish va rivojlantirishga turtki berishi mumkin va bu esa Hongkong a.r., Guangdong, Guanxi va Hainan provinsiyalarini ta'minlovchi, trillion kubometr gaz zaxirasiga ega gaz klasterini shakllantirishga yordam beradi. 13-besh yillik reja (2016-2020) bo'yicha Xitoy 169 mlrd. metr3 oddiy gaz, 28 mlrd. metr3 slanets gazini olish rejalashtirilgan.

2019-yilda Xitoy davlati investitsiya darajasini oshirish va infratuzilmani tezroq rivojlantirish uchun xorijiy kompaniyalarga shahar tabiiy gaz taqsimlash gaz quvurlariga sarmoya kiritishga ruxsat bera boshladi. Yaqin qisqa muddatda PipeChina qurilish ishlarini davom ettirish, texnik xizmat ko'rsatish, ekspluatatsiya qilish va tadqiqotlarni davom ettirish vazifalarini o'z zimmasiga oldi. Shuningdek, kompaniya yagona boshqaruv platformasi hamda yagona savdo platformasini yaratishni rejalashtirgan. Bu orqali PipeChina kompaniyasi o'z aktivlarini boshqarishda uchinchi tomonlarni ham ishtirok etishga taklif qilmoqchi. Uzoq muddatda, ya'ni 2025-yilgacha PipeChina butun Xitoy bo'ylab milliy gaz quvurlari tarmoqlari bilan qamrab olishni reja qilgan.

2019-yilda CNOOC Xitoyga qarashli dengiz hududlarining 227 ta zaxiralarida, hamda quruqlikdagi 132 ta zaxiralarda gaz olishni rejalashtirgan. CNOOC kompaniyasi ma'lumotiga ko'ra, Xitoyda 2035-yilga kelib 40 mlrd. kubometr gaz olinishi mumkin. CNOOC 2022-yilda Xitoy dengizlarida Jinzhou 31-1 va Dongfang 1-1, Ledong 22-1 gaz loyihalarini ochishni reja qilgan.3 Xitoy o'zining dengiz hududlaridagi mavjud yirik gaz zaxiralaridan foydalanish orqali 2030-yil uchun mo'ljallangan siyosatga, ya'ni ko'mirdan foydalanishdan voz kechish, uglerod chiqimini kamaytirish va toza energiya mabasidan foydalanishga o'tish jarayonini tezlashtirmoqchi. Energiya resursiga keskin ravishda o'sib borayotgan talabni qondirish va ayni damda 10 yil ichida toza energiya manbalaridan foydalanishga o'tishda Xitoy hukumati hozircha aynan tabiiy gazni yagona yechim va muhim yoqilg'i deb bilgan. Chunki tabiiy gaz boshqa ananaviy yoqilg'ilarga qaraganda atrof muhitga nisbatan kamroq zarar yetkazadi.

Tahlilchilarning fikriga ko'ra, qayta tiklanadigan energiya sohasiga subsidiyalar berishni bosqichma-bosqich bekor qilish siyosati hamda mamlakatning 2022-yilda energetika sohasida ko'mirga bog'liqligi o'zgarmaganligiga qaramay, Xitoy kelgusi besh yil ichida qayta tiklanadigan energiya salohiyatini oshirish bo'yicha jahon yetakchi davlatlardan bo'lib qoladi. Qayta tiklanadigan energiya manbalariga subsidiyalar berishni bosqichma-bosqich bekor qilish siyosati boshlanganligiga qaramay, 2021-yilda Xitoy Xalq banki (markaziy banki qayta tiklanadigan energiya, energiyani tejash va uglerod gazini kamaytirish texnologiyalarini o'z ichiga olgan yashil loyihalarni kreditlashni subsidiyalash uchun tijorat banklariga arzon moliyalashtirishni taklif qilish maqsadida yangi kredit liniyalarni taqdim etdi. Iqlim

2 China's CNOOC dives into uncharted deep waters in bold gas pivot | Reuters

3 CNOOC raises 2022 production target, sees oil peak by 2030 | Reuters

666

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

bo'yicha soha mutaxassislari qayta tiklanadigan energiya sektorining 2022-yildagi istiqboliga optimistik ruh bilan qaramoqda, qayta tiklanadigan energetika sohasidagi shamol va quyosh energiya yo'nalishlari quvvatini oshirish uchun beriladigan subsidiyalar bosqichma-bosqich to'xtatilganiga qaramay, kuchli o'sish sur'atni saqlab qolaveradi. Quyosh va shamol energetikasining hozirgi ulushi hali ham juda kichik, shuning uchun qayta tiklanadigan quvvatlarni kengaytirish 2022-yilda asosiy maqsadlardan biri bo'lib qoladi.

Xitoyning uglerod chiqimini nazorat qilish siyosati bo'yicha 2060-yilga borib mamlakatning 80% energiyasi qazib olinmaydigan energiya manbalari orqali olinishi kerak hamda 2030-yilga borib esa quyosh va shamol energiyasi jami quvvati 1200 GVtga yetkazish reja qilingan.

Iqlim bo'yicha COP26 (2021-yilgi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasi) muzokaralarida e'lon qilingan iqlim sohasidagi kuchli siyosiy qo'llab-quvvatlash va qo'yilgan oliy maqsadlar tufayli global qayta tiklanadigan elektrenergiya quvvatlari 2020-yildan 2026-yilgacha 60% ga o'sib, 4800 GVtga yetishi kuzatilyapti. Fotovoltaik quyosh texnologiyasining rivojlanishi ham rekord darajaga yetdi, 2022-yilga kelib yillik o'sish surati 162 GVtga yetishi kutilyapti, bu 2019-yildagi pandemiyadan oldingi o'sishdan deyarli 50 foizga yuqori.

Qayta tiklanadigan energiya sanoati pandemiya oqibatida yuzaga kelgan yangi bozor sharoitlariga ham tez moslasha oldi, bu Xitoy, Amerika Qo'shma Shtatlari va Vyetnam kabi mamalaktlarda belgilangan muddatlarda yangi qayta tiklanadigan energiyada ishlaydigan qurilmalarni tezda ishga tushirishga imkon berdi. Bundan tashqari, inqiroz davrida ko'plab hukumatlar, shu jumladan AQSh, Xitoy, Hindiston va Yevropa Ittifoqi hukumatlari qayta tiklanadigan texnologiyalarni tezroq joriy etishga ko'proq moyil ekanliklarini ko'rsatdi.

Barcha qayta tiklanadigan energiya texnologiyalari uchun bu sohadagi uzoq muddatli ko'zlangan maqsadlar va siyosat barqarorligi investorlarning ishonchini va doimiy rivojlanishni ta'minlash uchun muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, hukumatlar raqobatbardoshlikni oshirish va qayta tiklanadigan energiya manbalarining dunyo energetika tizimiga integratsiyalashuvini yaxshilash uchun o'zgaruvchan bozor sharoitlariga doimiy ravishda moslashib borishlari kerak.

Elektrenergiyaga bo'lgan talab yiliga 3,9% ga o'sishi kutilyapti. 2021-2024 yillar qayta tiklanadigan energiya manbalari quvvati yiliga 9,5% ga o'sishi kutilsa ham ortib borayotgan energiyaga bo'lgan talabni qondira olmasligi mumkin. Xitoy, shuningdek, faqat ko'mir yoqish orqali ishlab chiqarilgan energiya miqdorini yiliga 30 GW ga yetkazmoqchi4. 2021-2024 yillar davomida ko'mir iste'moli bilan elektrenergiya ishlab chiqarish quvvati yiliga 1,4% ga oshib borishi prognoz qilinyapti, elektrstansiyalarining samaradorligi ortishi hisobiga esa ko'mir iste'moli sezilarli darajada ortmaydi. Havoning birdaniga sovib yoki isib ketishi

4 Coal Analysis and forecast to 2024. IEA Publications International Energy Agency | Typeset in France by IEA - December 2021

667

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

elektrenergiyaga bo'lgan talabni, pirovardida esa ko'mirga bo'lgan talabni ham oshirib yuboradi, chunki ko'mir elektrenergiya ishlab chiqarishda asosiy resurslardan hisoblanadi. Qayta tiklanadigan energiya manbalari quvvatining ortib borishi, ob-havo shart-sharoitlari elektr ta'minotiga ta'sir kop'rsatadi. Xitoydagi ob-havoning o'zgaruvchanligi ko'mir iste'moliga ham ta'sir ko'rsatmay qolmaydi. Ko'mir hali ham 50% birlamchi energiyani ta'minlab beradi. Qolaversa, ko'mir energetika sektorida muhim ahamiyatga ega bo'lib, mamlakatning iqtisodiy faoliyatini ta'minlab turuvchi omillardandir. Umuman olganda, energiya sig'imi yuqori bo'lgan sohalarda ko'mir iste'moli 2024-yilgacha barqaror bo'lib qolishi prognoz qilinmoqda.

Xitoy bir necha yillar davomda qayta tiklanadigan energiya manbalariga bo'lgan global talab va taklif markazida bo'lib kelgan. 2021-yilda qayta tiklanadigan elektr energiyasining global o'sishining deyarli yarmi Xitoyga to'g'ri kelgan, undan keyin AQSh, Yevropa Ittifoqi va Hindiston hissasiga to'g'ri kelgan. Qayta tiklanadigan energiya quvvatlarining global o'sishida Xitoy, AQSh, Yevropa Ittifoqi va Hindiston ulushi 80% ni tashkil etadi. Prognozlarga ko'ra 2020 va 2026-yillarda bu ko'rsatkich 87% ga yetishi mumkin.

Xitoy 2021-2025 yillarga mo'ljallangan 14-besh yillik rejasini e'lon qildi. Xitoy o'zining atom energetikasi quvvatini 2020-yildagi 50 GVtdan 2025-yilda 40 foizga, ya'ni 70 GVtgacha oshirish maqsadini e'lon qildi. Bundan tashqari, mamlakat 2025-yilga kelib jami energiya iste'molining 20 % ni (2020 yilda 15,9%) qazib olinmaydigan yoqilg'i turlaridan olishni maqsad qilgan. Shuningdek, 2021-2025 yillar davomida energiya sig'imi (ya'ni YalM birligiga to'g'ri keladigan energiya iste'moli)ni 13,5 foizga va uglerod sig'imini (ya'ni, YAIM birligiga to'g'ri keladigan CO2 emissiyasi) 18 foizga kamaytirish maqsad qilingan. Mamlakatda 2015-2020 yillar davomida uglerod sig'imi 18,8 foizga kamaydi, bu esa 18 foizga qisqartirish bo'yicha belgilangan ko'rsatkichdan o'tib ketganligidan darak.

Xitoy atom energetikasi sohasida texnologiyalar alamashuvi va xalqaro hamkorlikni keng yo'lga qo'ygan, lekin yadroviy reaktorlar texnologiyalarini ishlab chiqish va loyihalash ishlarida mustaqil bo'lishga intilgan. 2030-yilga borib Xitoy "bir makon bir yo'l" tashabbusi doirasida ishtirokchi mamlakatlarda 30 ga yaqin yadroviy energiya reaktorlarini qurishni rejalashtirgan.5 2021-yilda o'tgan BMTning Iqlim o'zgarishi konferensiyasida Xitoy 2035-yilgacha 150 ga yaqin fuqarolik atom reaktorlarini qurishini e'lon qildi. Bu esa oxirgi 35 yil ichida butun dunyoda qurilgan reaktorlar sonidan ko'proqdir. Bu loyihalar qiymati jami 440 mlrd. AQSh dollarga baholandi. O'n yildan so'ng Xitoy reaktorlar soni bo'yicha hamda atom energiyasini ishlab chiqarish bo'yicha AQShdan o'tib ketishi prognoz qilinnoqda.

O'zbekiston boy yoqilg'i-energetika resurslari zaxirasiga ega davlatdir. "O'zbekneftegaz" Milliy kompaniyasi dunyoda gaz olish bo'yicha 11 o'rinni egallaydi. Mamlakatda 194 ta uglevodorod xom-ashyo konlari mavjud bo'lib, unda 98 tasi gaz va kondensat konlaridir, 96 tasi esa neftgaz, neft va neftgazkondensat

5 https://www.reuters.com/article/us-china-nuclearpower-idUSKCN1TL0HZ

668

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

konlari. Neft geologik zaxirasi 5 mlrd. tonna baholangan. Tasdiqlangan neft zaxirasi 530 mln.tonna deb qayd etilgan (2016-yil 81 mln.tonna edi). Tabiiy gazning geologik zaxiralari 5 trln. kubometr deb baholangan. Tasdiqlangan gaz zaxirasi 3,4 trlnkub.m.dir. Mamlakatda yiliga 3,5 mln.tonna neft qazib olinadi. O'zbekistonning energetika sohasidagi yirik neft-gaz kompaniyalari quyidagilar: CNPC (China National Petroleum Corporation), Petronas (Malaysia), KNOC (Korea), Gazprom, Lukoyl, Uzbekneftgas, Sanoat Energetika Guruhi.

Asosiy neft konlari Qoraqalpog'iston Respublikasi va oltita - Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo, Namangan, Andijon va Farg'ona viloyatlarida joylashgan. Zaxiralarning asosiy qismi mamlakatdagi eng yirik Ko'kdumaloq konida to'plangan. Ushbu konni o'zlashtirish (zaxiraning 50% dan ortig'i Turkmaniston hududida to'plangan) 1997-yil mart oyida imzolangan O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasidagi hukumatlararo bitimga muvofiq amalga oshirilmoqda. Shartnoma shartlariga muvofiq, ishlab chiqarilgan neftning bir qismi Turkmanistondagi Seydi neftni qayta ishlash zavodiga bepul yetkazib beriladi.

Shu bilan birga, Xitoyning "Petrochina" kompaniyasi 2016-yilda Turkmanistondan Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga qariyb 111 ming tonna gaz kondensati (2015 yilda - 125 ming tonna edi) yetkazib berdi. O'zbekistonda ikkita yirik neftni qayta ishlash zavodi faoliyat yurityapti: Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi va Olti-Ariq. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, neft qazib olishning pasayishi tufayli ushbu zavodlar 50% quvvat bilan ishlayapti xolos.

Bugungi kunga kelib, mamlakatimizning birlamchi yoqilg'i-energetika resurslari tarkibida neft va gaz 97%, ko'mir 2,3%, gidroenergetika 0,7% ni egallaydi. Respublikada iste'mol qilinadigan neft mahsulotlarining 52 foizi transport sohasida, 16 foizi qishloq xo'jaligida, 13 foizi elektroenergetikada, 5 foizi esa sanoatda ishlatiladi. O'zbekiston Iqtisodiy tadqiqotlar markazi (ITM) ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi tendentsiyalar va resurslarni iste'mol qilish hajmlari davom etsa, O'zbekistonda tabiiy gaz va ko'mir zaxiralari yaqin 20-30 yilga yetadi, neft zahiralari esa deyarli tugaydi.

Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi (1959-yilda foydalanishga topshirilgan) bugungi kunda 60 ga yaqin turdagi neft mahsulotlari ishlab chiqarmoqda. Zavodning loyiha quvvati yiliga 5,5 million tonna neftni tashkil etadi. Muborak gazni qayta ishlash zavodida (1971-yilda ishga tushirilgan) gazni qayta ishlab kelinyapti. Ayni paytda zavod qariyb 30 milliard kub metr tabiiy gaz va yiliga 570 ming tonnadan ortiq gaz kondensati ishlab chiqarish quvvatiga ega.

O'zbekistonda 1832,8 million tonna ko'mir zahiralari o'rganilgan, jumladan: kulrang ko'mir - 1786,5 million tonna, toshko'mir - 46,3 million tonna. Prognoz qilingan ko'mir resurslari 323,4 mln. tonna. Respublikada ko'mir qazib olish uchta konda amalga oshiriladi: Angren (kulrang ko'mir), Sharg'un va Boysun (tashko'mir) konlari. "O'zbeko'g'ol" aksiyadorlik jamiyati mamlakatimizda ko'mir qazib olish

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

sanoatini yurituvchi yagona korxona hisoblanadi. Ko'mir yoqilg'isining asosiy iste'molchisi elektr energetikasi bo'lib, umumiy ko'mir iste'molining 85% dan ortig'ini tashkil etadi.

Xitoy hukumati neft va gaz georazvedka va qazib olish sohasini raqobatbardosh qilish uchun bu sohaga chet el investitsiyalari va ularning ilg'or va yangi texnik bilimlarini jalb qilishni maqsad qilgan. Ilgari energetika xavfsizligi va boshqa proteksionizm siyosati sabab chet el va xususiy investitsiyalarni bu sohaga ko'p ham jalb qilinmas edi. Qolaversa, chet el kompaniyalari neft va gaz kompaniyalarning asosiy ulushiga egalik qila olmas edi. Endi esa 43 mln. AQSh dollarlik sof aktivlarga ega xorijiy korxonalar va mahalliy mustaqil kompaniyalar Xitoydagi neft va gaz zaxiralarini izlash va o'zlashtirishda ishtirok etishlari mumkin. Ushbu tashabbus texnik jihatdan qazib olish murakkab bo'lgan zaxiralarda neft olishni ko'paytirish imkonini beradi.

O'zbekneftegaz korxonasining ma'lumotiga ko'ra, O'zbekistonda hozirda 50 dan ortiq neft qazib olish quvvati kamayib borayotgan neft konlari mavjud. Bular asosan, kichik yoki qazib olish murakkab bo'lgan konlardir. Uzbekneftegaz ma'lumotiga ko'ra hozirda korxona bu konlarda ishlash imkoni yo'q yoki bu konlarga investitsiya kiritishdan manfaatdor emas. Bu borada Xitoy tajribasiga tayanib, ushbu kichik konlarini chet el inevstorlariga taklif qilgan holda, ularning yangi texnologiyalarini jalb qilish orqali neft olish ishlarini oshirish mumkin.

Har bir mamlakat uchun neft zaxiralari mamlakat energiya xavfsizligini ta'minlashda muhim omil hisoblanadi. Strategik neft zaxiralari bir oz murakkab tizim bo'lib, bunday obyektlarni qurishda qulay hududni tanlash zarur, sababi hudud strategik neft zaxiralari dasturi ishlashiga ta'sir qiladi. Xitoy strategik neft zaxiralarini qurishda ham bugungi kunda yetakchi mamlakatlardan biri bo'lib kelyapti. Bunda Xitoy tajribasini o'rganish muhim hisoblanadi. Strategik neft zahiralarini qurish uchun hudud tanlanayotganda Xitoyda uchta muhim omil hisobga olingan:

1) Yetkazib berish (transportirovka) qulayligi omili. Ko'plab neft zaxiralari neftni chetdan import qilib olib kelinganda qabul qilib olish uchun qulay hamda neftga talab yuqori bo'lgan markaziy shaharlarga yaqin bo'lgan hududda joylashgan. Bu esa qisqa vaqtda va kamroq xarajatlar bilan yetkazib berish imkonini beradi.

2) Ikkinchi omil, bu xavfsizlikni hisobga olinganligi. Yetkazib berish masofasi qanchalik uzoq bo'lsa xavf shunchalik yuqori bo'ladi, shuni hisobga olgan holda bu hududlar tanlangan.

3) Neft iste'moli va import qilib olib kelish yo'llari bilan bog'liq omil.

Shuni ta'kidlash joizki, Xitoyda jami ishlab chiqarilgan suyuq uglevodorodlar ichida xom neftning ulushi 80% ni tashkil qiladi. Qolgan 20% ga esa ko'mir va metanolni qayta ishlab suyuq yoqilg'iga aylanitirlgan mahsulotlar kiradi. 2019-yil ma'lumotiga ko'ra ko'mirni suyultirish orqali olingan yoqil'gi miqdori kuniga 108 000 barrelni tashkil etgan. Metanolni suyultirish orqali olingan yoqilg'i miqdori kuniga 500 000 barrelni tashkil etdi. O'zbekiston ham ko'mir zaxiralariga boy

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

mamlakat ekanligini e'tiborga olinsa, bunday tajribadan foydalanish orqali ko'mirni qayta ishlab qo'shimcha qiymat yaratish va toza yoqilg'i mahsulotlarini olish mumkin.

Shuningdek, energetika sohasi nuqtai nazardan nisbatan samarasiz bo'lgan investitsiyalar past daromadli mamlakatlarga kirtiladi, deb tahmin qilingan. Qisqa muddatda past daromadga ega mamlakatlar 2020-yildagi inqiroz sabab ishchi o'rinlarning kamayishini oldini olish uchun bu turdagi (energetika sohasi nuqtai nazardan nisbatan samarasiz bo'lgan) investitsiyalarni kiritishga qiziqish bildirishlari mumkin. Ammo uzoq muddatdagi kelajakda bunday investitsiyalarning energiya samaradorligi yuqori bo'lmaganligi oqibatida ularga qimmatga tushishi mumkin ekanligi uchun ham bu turdagi investitsiyalarni kiritishga unchalik ham qiziqish bildirmasliklari mumkin.

Xalqaro Energiya Agentligining tahlillari shuni ko'rsatdiki, qurilish sohasidagi energiya samaradorligiga sarflangan 1 million AQSh dollari tahminan 15 ta ish o'rinlarini yaratishi mumkin, bu esa energetika sohasining muhim omillaridan biridir. Shuningdek, shahar trasnport infrastrukturasi, tezyurar poyezd temir yo'llari, sanoat samaradorlig va boshqa shu kabi samaradorlikni oshirish bilan bog'liq sohalarda ham 1 mln. AQSh dollari miqdorida kiritilgan investitsiya o'rtacha 9 ta ish o'rinlarini yaratishi mumkin .6

1 mln. AQSh dollari miqdorida kiritilgan investitsiya orqali yaratilgan ish o'rinlari7

6 Global Energy Review 2021. International Energy Agency (IEA), France, 2021

7 Xalqaro Energiya Agentligining 2022 yil ma'lumotlari

671

'Uzbekistan-China: development of historical, cultural, scientific and economic relations"

VOLUME 3 | SPECIAL ISSUE 21

ISSN 2181-1784 SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

O'zbekistonda aholi va sanoatni elektr energiya bilan ta'minlash masalasi eng dolzarb masalalardan biri bo'lib turibdi. O'zbekistonning 2019-yilda jami elektroenergiya iste'moli 61.6 Terovatt • soatni tashkil qilgan. Agar sohalar bo'yicha elektr iste'molini tasniflasak: sanoatda 40%, aholi iste'moli 23%, qishloq xo'jaligi 20%, qurilish 1%, boshqa sohalarda 16%.8 Elektrenergiya ishlab chiqarish quvvatini oshirish, yangi stansiyalarni qurish bilan birga iqtisodda energiya sig'imini oshirish zarur hisoblanadi.

XXRning o'rtacha energiya sig'imi - 793.28 kilovatt • soat/10 000 yuan. XXRning 17 ta provinsiyasi energiya sig'imi mamlakatning o'rtacha energiya sig'imidan past yuradi. Qolgan 12 ta provinsiyaning o'rtacha energiya sig'imi 1501.5 kilovatt • soat/10 000 yuanga teng. Energiya sig'imi eng yuqori bo'lgan prov insiya bu Ningxia provinsiyasi: 2647.59 kilovatt • soat/10 000 yuan. Energiya sig'imi eng kam bo'lgan hudud bu Pekindir: 315 kilovatt • soat/10 000.9

2020-yil Elektr istemoli bo'yicha 2-o'rinni egallasa ham Guangdong provinsiyasi XXR provinsiyalari orasida YIM bo'yicha 1-o'rinni egallaydi: 11 076 mlrd. yuan = 1 696.17 mlrd. AQSh dollari (yil oxiri kursi bo'yicha). 2020 -yil jami

8 IEA Statistic Data Service: Uzbekistan energy profile 2019

9 2021

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

YIMning 10.9% aynan Guangdong provinsiyasiga to'g'ri keladi. Bu ko'rsatkich bo'yicha Guangdong provinsiyasi 32 yildan birinchilikn i egallab keladi. Ammo bu yil eng ko'p elektroenergiya iste'molchisi hisoblangan Shandong provinsiyasi YIM bo'yicha provinsiyalar orasida 3-o'rinda turibdi: Ammo, shunga qaramay boshqa provinsiyalar orasida bu 3 provinsiyalar energiya sig'imi reytingida yuqori o'rinlarda turadi. Misol uchun Jiangsu provinsiyasida 10000 yuan yaratish uchun 620,53 kilovatt/soat elektrenergiya sarf etiladi. Jiangsu provinsiyasi elektr iste'moli bo'yicha 2-o'rinda turadi. Bu provinsiya YIM bo'yicha Xitoyda 2-o'rinni egallagan: 10 271.9 mlrd. yuan = 1 573 mlrd. AQSh dollari (Xitoy YIMdagi ulushi: 10,1%). Ushbu tahlildan mamlakatda elektrenergiya bilan ta'minlanganlik bilan birga iqtisodda energiya sig'imini oshirish qanchalik muhim ahamiyat kasb etganligini ko'rishimiz mumkin.

Xulosa sifatida shuni ta'kidlash lozimki, 2030-yilgacha O'zbekistonda geologorazvedka, uglevodorodlarni qazib olish va qayta ishlash ishlari bo'yicha 30 investitsion loyihalarni amalga oshrish reja qilingan edi. Neft qazib olishni intensifikatsiyalash masalasi O'zbekistonda juda dolzarb bo'lib turibdi. Hozirgi kunda O'zbekiston ko'proq neft import qilishga muhtoj, chunki yildan yilga mamlakatning neft qazib olish quvvati kamayib boryapti, ammo neft iste'moli ko'lami esa ortib boryapti. O'zbekiston Qozoqistondan 2 mln.t/yiliga neft import qilishni reja qilyapti. Ammo bu miqdordagi neftni qabul qilib olish uchun mamlakatimiz hududida zarur bo'lgan nefttransport va neftni qayta ishlaydigan infratuzilmalarini qurib bitkazish kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. "2019-2030-yillar davrida O'zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o'tish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida". 4.10.2019-yildagi PQ-4477-son.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. O'zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida". 09.04.2021 yildagi PQ-5063-son.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. "Hayotiy muhim infratuzilmani qo'llab-quvvatlash dasturi: elektr energetika sohasini qo'llab-quvvatlash" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida". 02.08.2021 yildagi 478-son.

4. Mirziyoyev Sh. M. Yangi O'zbekiston Strategiyasi. T.: O'zbekiston 2021.

5. Vahabov A., Sh. X. Xajibakiyev, Toshmatov Sh. A. Jahonda "yashil iqtisodiyot"ni rivojlantirish modellari va uni O'zbekistonda amalga oshirish xususiyatlari. - Toshkent: Universitet, 2020.

6. Е.А.Городилова. Китай в XXI веке: глобализация интересов безопасности. - М.: ИМЭМО, 2007.

7. Sadibekova B.D. Xitoy iqtisodiyoti, O'quv qo'llanma, TDSHU, 2018 y. 296 b.

8. Tracking SDG7 The Energy Progress Report 2021, International Bank for

673

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

Reconstruction and Development / The World Bank, 2021.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

9. Statistical Review of World Energy - 2021 © BP p.l.c. 2021

10. FACTS Global Energy, East of Suez Gas Databook 2019, China Natural Gas Outlook, September, 2019.

11. Coal Analysis and forecast to 2024. IEA Publications International Energy Agency | Typeset in France by IEA - December 2021

12. IEA Statistic Data Service: Uzbekistan energy profile 2019

13. 2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.